Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə98/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida kro’‘zgn tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:

  1. turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini

ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) 0‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta’lim standarti:

  1. ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo'lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;

  2. o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;

  3. ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o'quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchi- larning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.

0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O'quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo’lgan yoki qiziqarli bo‘lmagan fanni o‘rganishda o‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda, o'quvchi o‘ziga mos keladigan ta’lim yoMini anglagan holda va mustaqil tanlab, o‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shakli va mazmuni bo‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan o'quvchilarga va ularning ota-onalariga vetkaziladi.
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo «standart» termini o‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qo‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. 0‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo'qligi XX asrning 80-yillarida ko‘pchilik bitiruvchilarning haqiqiy bilim darajalari juda past bo‘lishiga olib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti me’yorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab o‘tiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997 yil) O‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingandan so‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘Igan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan iboratdir:

  1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o‘rganish obyektlari va asosiy mazmunli yo‘nalishlari ko‘zda tutiladigan o‘quv fanining umumiy ta’rifi.

  2. O'quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.

  3. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni o‘quvchilarning o‘quv tayyorgarliklari zarur bo’lgan minimal darajasiga talablar.

  4. Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining «oMchamidir», ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o‘quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo’ladi.


O‘qitish metodlari” va “usullari” tushunchalarining mohiyati. O‘qitish metodlarining tasnifi


Keng ma’noda metod yunoncha "Metodost" so’zidan olingan bo’lib, "yo’l", "usul", ”ish uslubi” degan ma’noni anglatadi. Qo’llaniladigan (o’qitish) "metod" - termini kishilarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish, ma’lum ob’yektni o’zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. O’qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi usullari tushuniladi.
Ba`zi didaktik metodistlar ta`lim metodlarini o`quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo`li, ayrim olimlar esa, ularni o`qituvchi va o`quvchi faoliyatini o`zaro bog’lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta`lim metodlarini o`quv ishlari majmui, shuningdek, ta`lim mazmuni shaklida qarash g’oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta`lim metodlarining mohiyati, o`quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta`lim metodlari tasnifi masalasidir.
Ularni ta`lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta`lim metodlarini tasnif etishda shu yo`nalishlardan qay biri ma`qul? Yoki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o`qitish metodlari», «o`qish metodlari» kabi terminlar qo`llanadi. Shunday bo`lgach, «ta`lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda ma`lum bir maqsadga erishish yo`li, faoliyat usuli ma`nolarini anglatadi. Ta`lim metodi deganda ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko`ra ta`lim mazmunini o`zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
Ta`lim metodlari o`quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo`lib, ularsiz ta`lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o`quv materiallari mazmunini o`zlashtirish mumkin emas.
Ta`lim metodlari ham o`quv materiali mazmuniga, binobarin, bolalarning ma`lumoti, taraqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o`qitish, o`qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o`zaro ta`sirning yuzaga chiqishiga yo`nalgan. Ta`lim metodi vositasida o`qituvchi va o`quvchining faoliyati o`zaro muvofiqlashadi. Ta`lim metodi-o`qituvchi va o`quvchilarning ma`lumot mazmuniga yo`nalgan faoliyatini tartibga solish yo`lidir. Ta`lim metodlari tarkiban o`qitish metodlari va o`qish metodlaridan iborat.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida: "Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining maqsadi oshib boradi, televideniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi", deb ta’kidlangan.
Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb - hunar)lar va ularni bajarishga odatlantirish masalaga kelganda, bu odatda ikki yo’l bilan hosil qilinadi: bularda birinchisi - qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, qasd-intilish-harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi (usul) yo’l - majbur etish yo’li, bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishtiladi. Chunki ular o’z istaklaricha so’z bilan g’ayratga kirishadiganlardan emas, deb ta’kidlagan A.H.Forobiy.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin