«4»baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
«3»baho yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
«2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
Mustahkamlash uchun savollar:
Ta’lim metodlari nima va ular qanday turkumlanadi?
Ta’lim metodlariga qanday pedagogik talablar qo’yiladi va ularni izohlang?
Ta’limning og’zaki metodlari nima va ularga qaysilar mansub?
Ta’limning ko’rsatmali metodlariga qaysilar mansub va ularni pedagogik asoslang?
Ta’limning amaliy metodlari nima va uning qanday turlari mavjud?
Muammoli ta’lim metodi nima va uning mazmunini asoslang.
Ta’limning yana qanday metodlari mavjud va nima uchun turli nomlar bilan aytiladi?
Nima uchun o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari hisobga olib baholab
4-Mavzu:Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish
REJA:
1.Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha.
2.Ta’limning asosiy shakli-dars va unga qo’yilgan talablar.
3.Darsning xil (tip)lari va ularning tuzilish shakllari.
4. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari.
5. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
Tayanch so`z va iboralar:Ta’lim shakl, dars, ta’limning asosiy shakli-dars, darsga qo’yilgan talablar, darsning xil (tip)lari, sinf-dars tizimi, Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari, seminar va amaliy tajriba ishlari, noan’anaviy shakllar, noan’anaviy dars.Tashxis, nazorat, baho, reyting, joriy, oraliq, yakuniy, baholash tamoyillari.
Dostları ilə paylaş: |