Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


- Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Jamoa tarbiya ob’yekti va sub’yekti sifatida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə138/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

5- Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Jamoa tarbiya ob’yekti va sub’yekti sifatida.
REJA:

  1. “Tarbiya” tushunchasining mohiyati. Tarbiya xususiyatlari.

  2. Sharq mutafakkirlari barkamol shaxs tarbiyasi haqida.

  3. Tarbiya jarayonining qoidalari va prinsiplari.

  4. Tarbiya jarayonidagi ziddiyatlar va uni harakatlantiruvchi kuchlar

6. Bolalar jamoasi - pedagogik ta’sirning asosiy shakli
7. Shaxsning bolalar jamoasida qaror topishi. Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari
Tayanch so’z va iboralar:Asosiy maqsad, barkamol, sharqona axloq, odob, ma’naviy kamalot, najod, xalokat, hayot, yangicha fikrlaydigan, uzoq, uzluksiz jarayon, hokim, tobe, ichki tashqi ziddiyatga, o’z-o’zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash, aql kuchi moddiy manfaat kuchi, tashkilotchi, qoida, qonuniyat, talablar, majmui, milliy tarbiya, milliy ong, o’zlikni anglash, insonparvarlik, demokratiya, inson shaxsini hurmatlash, milliy, umummilliy qadriyat, jamoa, mehnat va hokazo.


Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur»2. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni engillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi.
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. SHaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol toptirish va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan maxanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmokda.
Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin! (Avesto).
Avvalom bor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi, tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika huquqshunoslik, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. (Tarbiya nazariyasi o’z navbatida pedagogika fanining boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, pedagogika tarixi, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog’langandir).
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Bugungi kunda XXI asrda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi insonnn tarbiyalash zamon taqozosidir.
Tarbiya jarayonida kishining qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy-axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-qudratlari mustahkamlanadi.
Hamma davrning ilg’or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Zardusht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yassaviy, Maxmud Koshg’ariy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Burxoniddin Zarnujiy, Burxoniddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Havoiy, Zaxiriddin Bobur, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbayada deb bilganlar.
“Qobil odamni tarbiya qilmaslik – zulmkor va noqobil odamga tarbiyani behuda sarf qilish xayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoya ketkizma”, - deb ta’kidlaydi A.Navoiy.
“Qayerda rag’batlantirish bo’lsa, umid shu tomonga yo’l oladi, qayerga don sepilsa, shu yerga qush qo’nadi” , - degan Al-Buxoriy (Al-jomye as-saxix 114-bet).
Farobiy deydi: Muallim shogirdiga nisbatan o’ta hokimlikka ham yo’l qo’ymasligi lozim, chunki o’ta hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi. Agar shogird muallimning bo’shlig’ini sezsa, unda muallimga va uning o’qiyotgan ilmiga nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi, - deb ta’kidlaydi.
J.J.Russo “Agar siz bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, hech qachon dono odamlarni voyaga yetkaza olmaysiz”, - degan fikrni bildirgan.
A.S.Makarenko “...Men ta’sir qilishning jismoniy metodiga qarshiman... Umuman jismoniy jazoni metod sifatida tan olmayman. Men jismoniy jazo foyda keltirgan biror bir oilani ko’rmadim”, - degan.
Tarbiya metodlarida insonni har tomonlama kamol toptirish maqsadida bola ongi, his-tuyg’ulari, irodasi va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatishga aytiladi. A.S.Makarenko tarbiya metodlarini insonga ta’sir ko’rsatishni quroli deb ta’riflagan.
Qimmatbaho marvarid donachasini oxirigacha parmalashda hadiksirab, ustalar uning bahosini tushunib yetmagan shogirdlariga berishadi. Shogirdlari butun borlig’i bilan ishga kirishib ketadi. Bunda ular qo’llari qaltiramay, qo’rqmasdan parmalashni davom ettirgan. Agar bu ishda xavfsirash bo’lsa, parmalash davomida biron bir tasodif bilan dur maydalanib ketsa, usta shogirdini shapaloq bilan tushurgan. Tarsaki zarbi ularni yaxshiroq, sifatliroq ishlashga ko’niktirgan. Dur tirmalanib bo’lgandan so’ng xavfli vaziyat o’tib ketgan.
A.R.Beruniy tarbiyachi bolalarga faqat nasihatgo’ylik qilmay, balki o’z хatti-harakati bilan namuna bo’lib ta’sir ko’rsatishi zarur", deb hisoblangan.
Bola o`qishni, tarbiya olishni istaydi, katta bo`lib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola o`zini o`zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim.
Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishga, uning atrofdagi dunyoga, jamiyatga, odamlarga, o’ziga nisbatan munosabatlari doirasinn vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgan.
Shaxsning turmushdagi turli jihatlarga munosabatlari tizimi keng, xilma-xil va chuqur bo’lsa, uning ma’naviy dunyosi shunchalik boy bo’ladi. Tarbiya shaxsni ijtimoiylashtirish, uning aniq hayotiy mavqeini shakllantirish jarayonidir. Tarbiya shaxsning ongliligi, faolligi, fidoiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi va boshqa fazilatlarini shakllantiradigan jarayondir. Tarbiya o’z tabiatiga ko’ra ko’p faktorli xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, ijtimoiy muhit va yaqin atrofdagi vaziyatga bevosita yoki bilvosita ta’siri ostida ro’y beradi. Hamma narsa: odamlar, ashyolar, hodisalar, voqealar, avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaylilar. (A.S.Makarenko)
Tarbiya jarayonini mashhur pedagog A.Avloniy "Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, - yo mamot, yo najot, - yo halokat, yo saodat, - yo falokat macalacidip" deb ta’riflagan va yana "Har mamlakatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyachiga bog’liq".
Ta’lim orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa Farobiy fikricha "bu kishilar muloqotda etnik qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo’ldir", deb ta’riflaydi hamda "Insoniy maqsad - oliy baxt saodatga erishuvni o’ziga g’oya va oliy maqsad qilib olish kerak".

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin