Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə174/283
tarix20.09.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#146051
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   283
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi

Boshqarish omillari
Ishlab chiqarishni boshqarish omillari deganda - boshqaruv mehnatining maxsus turlarini, boshqariluvchi ob`ektlarga ta`sir ko`rsatishning u yoki bu yo`nalishlarini tushunmoq kerak. Boshqaruv omillariga: rejalashtirish, tashkil qilish, sozlash (kordinatsiya qilish), nazorat qilish, hisob-kitob qilish kiradi.
Rejalashtirish - boshqariluvchi ob`ektlarni rivojlantirish va modellashtirishni, prognoz qilishni ham o`z ichiga oladi.
Tashkil qilish - ishlab chiqarish ob`ektining tuzilishini va boshqaruv tuzilishini tanlab olish hamda shakllantirishdir. Tizimning tuzilishi elementlari o`rtasidagi munosabatlarini va ularning o`zaro harakatini belgilashdir.
Nazorat qilish - ishlab chiqarishning amaldagi jarayonini va taraqqiyotini rejaga qanchalik muvofiqligini kuzatib va tekshirib turishdan iboratdir.
Nihoyat, hisob-kitob qilish esa rejani yoki uni amalga oshirishdagi muayyan bosqichlarning qanday bajarilayotganligiga yakun yasashdir. Hisobga olish, axborotlarni yakunlashga, uni tizimga solishga imkon beradi. Shuningdek, u mazkur tizimning keyingi davrga mo`ljallangan ish dasturini ishlab chiqish uchun axborot bazasidan to`liq foydalanishga imkon beradi.
Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, yuqorida sanab o’tilgan boshqarish omillarini xalq xo`jaligimizning hohlagan sohasiga, jumladan, maktab-maorif sohasiga ham to`liq ma`noda tadbiq qilish mumkin. Lekin, mazkur omillarning konkret mazmuni turli boshqaruvchi tizimlarga bog’liq bo`ladi.
Demak, biz fikr yuritayotgan funksiyalar ijtimoiy boshqaruvning mazmunini tashkil qiladi. Modomiki, shunday ekan, maktab-maorif sohasidagi har bir rahbar xodim o`zining boshqaruv ish tuzimini mazkur boshqaruv omillari asosida tashkil qilsa, bu borada so`zsiz yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Buning uchun esa, mazkur boshqaruv omillari va ularning mohiyatiga to`liq tushunib olmoq lozim.
Maktabda boshqaruv mehnati bilan shug’ullanuvchi kishilar (maktab direktori, direktorning o`quv tarbiya va xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosarlari, ma`naviyat bo`yicha o`rinbosari, metod birlashma rahbarlari, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi) boshqaruv apparatlarini tashkil etadi. Boshqarishning barcha bo`g’in va bosqichlaridagi xodimlar ham shu apparatga mansubdirlar. Boshqaruv apparatining bir qismini kishilarni boshqaruvchi shaxslar (maktabdagi rahbarlar) tashkil etsa, ikkinchi qismini ijrochilar (o`qituvchi, tarbiyachi, yoshlar tashkilotchisi, sinf rahbarlari, metod birlashmalarning a`zolari, texnik xodimlar) tashkil etadi.
Boshqarish sohasidagi ijrochi xodimlarni ikkita asosiy guruhlariga:
a) mutaxasislariga( o`qituvchi va tarbiyachilarga):
b) texnik xodimlarga( laborant, farrosh, elektrchi-montyor, maktab korovuli kabilarga) bo`lish mumkin.
Maktabga o`qituvchi, tarbiyachi va texnik xodimlarni to`g’ri tanlash va ularni to`g’ri joyiga qo`yish,- maktab ichki boshqaruvidagi muhim masalalardan biridir. Maktab xodimlarini tanlash bobida quyidagi qoidaga rioya qilish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab xodimlarini tanlashda ularning:
a) siyosiy bilimi jihatidan:
b) xalolligi nuqtai nazaridan:
v) ish bilishi jihatidan:
g) ma`muriy qobiliyati jihatidan yondoshishi o`rinli bo`ladi. Bizningcha, idora qilish uchun ishni bilish kerak, hamma narsadan xabardor bo`lmasdan turib, to’la-to`kis bilimga ega bo`lmasdan turib, idora qilish ilmini bilmasdan turib boshqarish mumkin emas.
Ishning ko`zini bilish, uyushqoqlikni boshqaruv apparati ishidagi asosiy narsa deb hisoblaymiz.


Maktab ma`orifni boshqarish shakllari va metodlari Respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining har bir bosqichida jamiyat xal qilishi lozim bo`lgan vazifalarga muvofiq o`zgarib va takomillashib boradi.
Maktab ichki boshqaruvini boshqarish qoidalari asosida tashkil qilish hozirgi davrining muhim talablaridan biridir. Biz quyida mana shu boshqarish qoidalariga alohida to’xtalib o’tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
1. Demokratizm qoidasi.
Bu qoida hozirgi davrda jamiyatimiz yanada demokratlashtirish, xalqning o`z-o`zini boshqarishni chuqurlashtirish bobida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Demokratizmni asossiz ravishda mustaqillishtirish oddiy xodimlar tashabbusining cheklanishiga, sub`ektivizmga olib borishi mumkin. Demokratizm uchun ilmiy asoslangan pishiq-puxta tashkiliy tuzilish yaratib qo`yilgan bo`lmasa, mehnatkashlarni jamoat ishlarini boshqarish ko`nikmalari ruhida tarbiyalash sohasidagi ish zaif bo`lsa, demokratizmga zid bo`lgan anarxiya tomonga "og’ish" sodir bo`lishi mumkin. Mana shu sabablarga ko`ra demokratizm bobida jamiyat erishgan rivojlanish darajasiga mos keluvchi to`g’ri nisbatni belgilash va davom ettirish hozirgi bozor iqtisodiyoti davridagi muhim vazifalaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Demokratik qoida vazifalarni xal etishdagi andozachilikka ham, shuningdek, ko`pchilikning xohish-irodasini mensimaslikka ham, mahalliy organlarni, mehnat jamoalarini manfaatlariga qarama-qarshi qo`yishga ham toqat qila olmaydi.
Demokratik qoidani amalga oshirilishi tashabbus va izlanishning jamiyat qonunlari va normalariga bekami-ko’st rioya etishga asoslangan juda ham mustahkam intizomlilik, namunali uyushqoqlik bilan uzviy birligini taqozo etadi. Intizomsiz demokratiya, ayrim xodimlarning hisobot bermaydigan "cheksiz qollegialchiligi" muqarrar ravishda tartibsizlik va boshboshdoqlikni keltirib chiqaradi. Shablonlashtirish kam, yuqoridan turib bir xil andoza bichib berish ham, demokratiyaga butunlay yot narsadir.
Bizningcha demokratik qoidaning muhimligini uqtirish bilan birga, uning harakteri yakka boshchililikni qollegiallik bilan qo’shib olib borishda namoyon bo`lishini alohida ta`kidlash lozim.
Gap shundaki, maktab amaliyotda pedagogik mehnatni ilmiy tashkil qilish muammosi ko`pincha darsda vaqtdan unumli foydalanishdan, sinfdan tashqari tadbirlardan va o`qituvchi-tarbiyachilarning ijtimoiy topshiriqlarini tartibga solishdan iborat deb qaraladi. Bular, shubxasiz, muhim, albatta. Lekin pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etish mazmuni ancha keng bo`lib, unga, avvalo, xodimlarning malakasi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularni tanlash va joy-joyiga qo`yish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qo`llanilayotgan metodlar tizimini uzluksiz takomillashtirish va ta`lim-tarbiya jarayoniga texnika vositalarini joriy etish masalalari kiradi.
Unda pedagogik ish rejimini, maktabning kunlar, haftalar, oylar va choraklar bo`yicha ish tartibini takomillashtirish, pedagoglar kengashi majlislari, ilmiy-uslubiy pedagogik harakterdagi konferensiyalar, yig’ilishlar, kengashlar kabi tadbirlarni o`tkazish va bu ishni mohirona rejalashtirish hamda boshqarishni takomillashtirish ko`zda tutilgan.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin