Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi “Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, o’quv yilining VIII-semestrda o’qitiladi. Fan aniq strukturaga ega bo’lib, u o’zida ijtimoiy ish nazariyasining ilmiy mavqe’ini shakllanishi, uning boshqa fan sohalari tizimidagi o’rni va roli, ijtimoiy ish nazariyasining konseptual asoslari, ijtimoiy ish sohasidagi bilimlarning strukturasi va dinamikasi; inklyuziv ta’lim metodologiyasi va texnologiyasini o’zida qamrab olgan. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan falsafa, sosiologiya, psixologiya, konfliktologiya kabi ilm sohalari haqida yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab etadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar “Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fanida bakalavr talabalar o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fan “Inklyuziv ta’lim” sohasining fundamental nazariy asoslarini, ilmiy-uslubiy yondoshuvlarni egallanilishini nazarga tutganligi sababli mazkur kursda ta’lim berishning ham an’anaviy usullari hamda innovasion pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi. Jumladan, qisqa hajmli ma’ruzalar, aqliy xujum usuli, guruhlarda ishlash, guruhiy namoyishlar, individual tahlilni amalga oshirish; keys-stadi, ya’ni ijtimoiy hayotdan keltirilgan vaziyatlarni modellashtirish orqali rolli ijro etish hamda uni muhokama etish, pover-point namoyish hamda ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslariga mos darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan foydalaniladi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim.Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.