Bir xil mazmunga yoki nisbatan oson o’qiladigan alternativ formatdagi darsliklar bilan ta’minlanishi;
O’quvchilar matnni bir vaqtning o’zida ham o’qishlari ham eshitishlari uchun audio-darsliklar bilan ta’minlanishi;
Darslik boblarining qisqa mazmunini keltirish;
Yuqori darajada o’qish uchun qiziq materiallar bilan ta’minlash;
Muhim ma’lumotni aniqlash uchun markerlarni qo’llash;
Tushirib qoldirilgan so’zli gaplarni qo’llash;
Maktab va uy vazifalari uchun ikki komplekt bilan ta’minlanishi;
Asosiy mavzularni yozish uchun kartochkalarni qo’llash;
Matnni o’qishdan oldin shu mavzuni muhokama qilish uchun o’quvchilarga savollar ro’yxatini taqdim etish;
To’g’ri javoblarni topish uchun sahifalar nomerlarini ko’rsatish;
Ko’rishda muammosi bo’lgan bolalarni Brayl tizimiga asoslangan yoki katta shriftlar bilan bosilgan o’quv materiallar va darsliklarning alternativ varianti bilan ta’minlash;
2. O’quv dasturlari
Asosiy tushunchalarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan qisqartirilgan topshiriqlar berilishi;
Nisbatan funksional so’zlarning ustida ishlash uchun yo’naltirilgan qisqa testlar;
Yozma topshiriqlarga alternativ aralashuvlar (yopishtirish, rasm chizish, panorama va boshqalar);
Ko’p qaytariluvchi topshiriqlarni aniq tushuntirish;
Topshiriqqa diqqatning yo’naltirilishi (Masalan "Sen mana shu bobni o’qib chiqsang Vatan urushi yuzaga kelishining uch sababini topasan");
Hajmli yozma topshiriqni alternativ variantini taqdimetish (Masalan bir necha katta bo’lmagan ma’lumotni yozish, belgilangan mavzu bo’yicha og’zaki ma’lumot taqdim etish);