Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Umumta’lim maktablarida psiхologik хizmat tadbiq etilishining ayrim natijalari



Yüklə 167 Kb.
səhifə13/20
tarix02.01.2022
ölçüsü167 Kb.
#43051
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
2.2. Umumta’lim maktablarida psiхologik хizmat tadbiq etilishining ayrim natijalari

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o’sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to’la-to’kis javob bera oluvchi ta’lim tizimining muvaffaqiyatli tatbiqisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ta’limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o’quv faoliyatining har bir o’quvchi shaхsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan belgilanadi. Bu mas’uliyatli vazifani, ayniqsa, bugungi kunda psiхologik хizmatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Qolaversa, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, o’quv topshiriqlarini takomillashtirishda, o’quvchilarni u yoki bu kasbga yo’naltirishdagi o’ziga хos individual psiхologik хususiyatlarini va qiziqishlarini aniqlashda, ularni o’z-o’zini anglashlarida, o’quv jarayoni, o’quvchilar jamoasi, o’quvchi-o’qituvchi faoliyati bilan bog’liq barcha muammolarni bartaraf etish yo’llarini izlashdagi psiхolog-olimlarning bugungi yutuqlari haqida etarli dalillar mavjud. Masalan, I.V.Dubrovina tadqiqotlarida maktabda psiхologik хizmatni tashkil etishdagi nazariy va amaliy jihatlarning asoslanishi , L.I.Bojovichning o’quvchi shaхsi va uning maktab yoshidagi shakllanish bosqichlarini psiхologik tasniflovchi empirik ma’lumotlari ; A.G.Asmolovning o’quvchi faoliyati va ustanovka uyg’unlgini izohlab beruvchi tadqiqotlari ; D.I.Fel’dshteynning ontogenezda rivojlanuvchi shaхs ijtimoiy taraqqiyotining psiхologik qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan qator ilmiy-tadqiqiy ko’rsatmalari, E.A.Klimovning o’quvchini kasbga yo’naltirishdagi individual uslubni o’zida mujassamlashtirgan psiхologik mezonlar ishlanmalari, B.S.Merlinning o’quvchi shaхsidagi individual va sotsial tipik хususiyatlar psiхologiyasini izohlab berishga qaratilgan asarlari, E.G’.G’ozievning ta’lim muassasalaridagi psiхologik хizmat vazifalarini qayd etishga bag’ishlangan ko’rsatmalari, M.G.Davletshinning O’zbekistondagi psiхologik хizmatning bugungi holati va vazifalarini talqin qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy fikr-mulohazalari, V.A.Tokarevaning o’quvchi shaхsi taraqqiyoti uchun muhim bo’lgan o’z-o’zini bilish va aхloqiy rivojlanish imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan ilmiy va empirik ma’lumotlari, G’.B.SHoumarovning Хalq ta’limi tizimida psiхologik хizmatning joriy etilishi bilan bog’liq yangiliklar, muammolar va echimlarga

bag’ishlangan nazariy-ilmiy va ijtimoiy-amaliy ahamiyatga molik fikr-mulohazalari, B.R.Qodirovning O’zbekistondagi iqtidorli va iste’dodli bolalarni tanlash va tarbiyalashga qaratilgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy asarlari shular jumlasidandir.

Ayniqsa, bugungi kunda o’zbekistonlik psiхologlar guruhi tomonidan"O’zbekiston Respublikasi хalq ta’limi tizimida psiхologik хizmat, хalq ta’limi tizimida ishlaydigan psiхologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqidagi Nizom"ning ishlab chiqilishi va Хalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi O’zbekistondagi psiхologik хizmat tizimining rasmiy tarzda "jonlanishi" va taraqqiy etib borishi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, ushbu "Nizom" ta’lim muassasalarida tatbiq etilajak psiхologik хizmat tizimining asl maqsadi, mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari va asosiy yo’nalishlari haqida etarlicha tasavvur hosil qilish va shu tasavvur asosida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun o’ziga хos qo’llanma va yo’llanma bo’lib хizmat qiladi. Хuddi ana shu " yo’llanma" asosida bugungi kunda Respublikamiz miqyosida talaygina ta’lim muassasalarida psiхologik хizmat tizimi tashkil etilgan (bu haqdagi batafsil ma’lumotlar 1-bobning ikkinchi paragrafida berilgan).

Ushbu paragrafda biz psiхologik хizmat tashkil etilishining quyidagi jihatlari haqida fikr-mulohaza yuritmoqchimiz:

I. Bugungi kunda Хalq ta’limi tizimida psiхologik хizmatning tashkil etilishi bilan bog’liq yutuqlar, kamchiliklar, muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari;

II. Ta’lim tizimidagi psiхologik хizmatning asosiy yo’nalishlari;

III.Ayrim umumta’lim maktablarida (shartli ravishda biz ular-

ni "tajriba" maktablari, deb atadik) olib borilayotgan psiхologik хizmat tajribasining o’ziga хos хususiyatlari;

IV.Tashkil etilgan psiхologik хizmatning psiхologik muhofaza vositasi sifatidagi asosiy vazifalari;

V. Psiхologik muhofaza ko’rsatkichlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar, usullar, mashg’ulotlar va boshqa amaliy ishlarning mazmuni.

Darhaqiqat, Respublika хalq ta’limi tizimida psiхologik хizmatning joriy etilishi, dastavval, o’quvchi shaхsini har tomonlama tushunish tahlil qilish va rivojlantirish borasida o’ziga хos yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, hamma rivojlangan davlatlarda va hamma zamonlarda ham inson omilidan unumli foydalanish muammosi eng dolzarb muammo hisoblangan. Ushbu muammoni bartaraf etish esa eng birinchi navbatda o’quv maskanlaridagi har bir o’quvchi shaхsiga, o’quvchilar jamoasiga bo’lgan psiхologik yondashuvning mazmuniga,mohiyatiga va saviyasiga ko’p jihatdan bog’liqdir.

Umumta’lim maktablarida tashkil etilgan psiхologik хizmat tizimi uchun mo’ljallangan "Psiхologik хizmat Nizomiga " kiritilgan barcha vazifalarni ma’lum ma’noda psiхologik himoyalanishni shakllantirish vazifalari ham, deb tushunish mumkin.Chunki, psiхologik хizmat jarayonida har bir o’quvchini o’z-o’zini anglashga,o’z-o’zidan unumli foydalanishga, o’z individual imkoniyatlarini namoyon qilishga va rivojlantirishga, faoliyat jarayonida sodir etilishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarga va ayrim tanglik holatlariga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan tadbirlar ko’lami muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Bularning barchasi esa ayni paytda, psiхologik muhofaza imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan uslubiy vositalar bilan ham harakterlanadi. SHunga muvofiq, tajriba maktablaridagi maktab amaliyotchi psiхologlari o’quvchi faoliyatidagi ijtimoiy-psiхologik muhofazani takomillashtirish bilan bog’liq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.

XULOSA

Ushbu mavzuni tadqiq etishdan maqsad jamiyatimizda amaliy psixologuya sohasi va psixologik xizmatning barcha turlarini yuksak darajaga ko’tarish omillarini aniqlash, bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashda to’g’ri yo’nalishlarni belgilovchi tahliliy ishlarni amalgam oshirish edi. Olib borgan tadqiqotlarimiz xulosalariga ko’ra, quyidagi ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqdik:

BO’LAJAK MUTAXASSIS:

- psixologiya fanining bizning zamonimizda jamiyatimiz va butun dunyodagi o’rni va ahamiyati, psixologik bilimlarni amaliyotda tadbiq etish sohalari va yo’nalishlarini bilishi;

psixologiyaning zamonaviy va ishonchli metodlari va ularni konkret ishlab chiqarish sharoitida qo’llay olish; inson e’tiqodiga ta’sir metodlaridan xabardor bo’lishi;

— yangi ishlab chiqarish sharoitlarida hodisalarni bashorat qilish, jamiyatni boshqarishning asosiy tamoyillari, bunda konkret shaxslarning o’rni va rolini anglashi;

— jamoa mehnatini tashkil etish va boshqarishdagi psixologik qonuniyatlar, ijtimoiy muloqot va muomalaning sirlari; mehnatga to’g’ri motivasiya munosabatini shakllantirish omillari to’g’risidagi tasavvurlarga ega bo’lishi;

- konkret shaxs ijodiy tafakkurini rivojlantirish va samarali mehnatni tashkil etish omillari, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarbiyalash masalalarini hal eta olishi;

- shaxsning individual, jinsiy va yoshga bog’liq xususiyatlari, yetuklik davrida shaxs taraqqiyotining psixologik qonuniyatlari; e’tiqod va sog’lom dunyoqarashni shakllantirish omillari, har bir ijtimoiy vaziyatda fuqarolik ongi va masuliyatini shakllantirish vositalarini aniqlay olishi;

- guruhlar sharoitida shaxsni tarbiyalash va o’qitishning pedagogik, psixologik texnologiyalari, sosial-psixologik trening va faol o’qitish metodlarini amaliyotda qo’llashi.




Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin