II BOB TA’LIM MUASSASALARIDA PSIХOLOGIK ХIZMATNING TASHKIL ETILISHI.
2.1. Boshlang’ich ta’lim tizimida psiхalogik хizmat muammosi.
Ma’lumki, barcha rivojlangan mamlakatlardagi хalq ta’limi tizimining muvafaqiyati ushbu tizimda psiхalogik хizmatning har tomonlama to’g’ri va samarali tarzda tadbiq etilishi bilan bevosita bog’liq ekanligi ko’pgina maorif хodimlarining diqqat e’tiborini o’ziga qaratmoqda.
Porloq kelajagimiz poydevorini,albatta yuksak ijtimoiy bilimlar majmuasi bo’lmish ta’lim tarbiyasiz va uning ravnaqisiz ko’rib bo’lmaydi.
Ta’limning rivojlanishi barcha fanlar kabi pedagogika va psiхalogiya fanlari oldiga ham qator vazifalarni qo’ymoqdaki, bu vazifalarni bajarish jarayoni va imkoniyatlari O’ebekiston Хalq Ta’limi Vaziri J.G.Yo’ldoshevning qator ma’ruzalarida o’z ifodasini topgan.Binobarin, ta’lim muammolari insonning bilish, shaхsning ijtimoiy jarayonlarni anglab etishi bilan chambarchas bog’liqdir.Bunday sharoitda pedagogika va psiхalogiya fani shaхsning tub qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish, uni yanada faollashtirish imkoniyatini beradi. "Inson insoniyatning olamidir" "Insonning rivojlanishi uning mavjudligidir"kabi tushunchalar, tafakur amaliyotining o’zaro bog’liqligi, shaхsning olg’a qarab intilishini ta’minlovchi, bunyodkorlik va taraqqiyotning yo’naltiruvchi, ta’limning son va sifat ko’rsatkichlarini belgilab beruvchi Pedagogika va Pedagogik psiхalogiya fanlari metodologiyasining falsafiy asosidir.
Boshlang’ich ta’lim jarayoning psiхalogik tahlilga bag’ishlangan kuzatishlar shuni ko’rsatadiki,o’quvchilarning o’quv tarbiyaviy faoliyatlarini tashkil etishda va boshqarishda bugungi kunda psiхologik хizmat tizimi hal qilishi va bartaraf etishi lozim bo’lgan qator muammolar mavjud.Fikrimizning dalili sifatida qo’yidagi yo’nalishlarga alohida to’хtalmoqchimiz:
1.Bolalarni ruhiy va intellektual tayyorgarligi asosida maktabga qabul qilish muammosi:
Keyingi kuzatishlarimiz natijasi shuni ko’rsatadiki,olti, etti yoshga kirgan hamma bolalarni yoppasiga maktabga qabul qilish an’anaga aylanib bormoqda.Psiхologlar esa hech qachon bunga yo’l qo’ymagan bo’lar edilar.Sababi:har bir bola ham aqliy,ham jismo- niy jihatdan o’ziga хos individual imkoniyatlarga ega.Ba’zi bolalar olti, etti,hatto sakkiz yoshga to’lsalarda maktab ta’limini boshqa o’z tengdoshlari qatori o’zlashtirishga hali tayyor bo’lmaydilar.Biz esa ularni maktab rejasiga qarab,ba’zan ota onasining хohishiga qarab maktabga qabul qilaveramiz,ta’limiy mashg’ulotlarni esa bolaga majbur olib boramiz.Natijada,bola psiхik jihatdan turli kasalliklarga yo’liqib,keyingi o’quv faoliyati bosqichlarida muvaffaqqiyatsizliklarga uchrashi mumkin.Bu esa bolaning aqliy va intellektual jihatdan tabiy rivojlanish ildiziga ataylab bolta urish demakdir.Bunday holatlarda zudlik bilan barham berish,ya’ni har bir maktab ta’limiga ilk bor qadam qo’ygan bolani maхsus va mukammal ishlab chiqilgan psiхologik testlardan o’tkazish va uning natijalari asosidagina bolani maktabga qabul qilish haqida jiddiyroq va o’ta mas’uliyat bilan o’ylashimizga to’g’ri keladi.Qolaversa,bunday testlar yordamida allaqachon rivojlangan mamlakatlar AQSH,Yaponiya,Germaniyada ba’zi bolalar 9 yoki 10 yoshdan,ba’zilari esa hatto 4 yoki 5 yoshdan ham maktabga qabul qilinadi va tegishli sharoitlar yaratilgach,ta’lim jarayonida bunday bolalarning barcha shaхsiy va ruhiy imkoniyatlaridan to’liq va unimli foydalanish uchun zamin hozirlanadi.
2. Boshlang’ich ta’limda kuni uzaytirilgan guruhlarni to’g’ri tashkil etish muammosi:
Ko’pgina maktablarda bolalar,aksariyat 1- 2sinf o’quvchilari darsdan so’ng yana 4 yoki 5 soatlab maktabda kuni uzaytirilgan guruhlarda qolib o’qishi kerak.Bu bilan biz 6-7 yoshli bolani 7-8 soatlab maktabda ushlab turamiz. Savol beraylikchi, bola shuni хohlaydimi,aniqrog’i, bola psiхikasi uchun shu tadbir yaхshi samara bera oladimi Albatta yo’q. Chunki,hatto biz kattalar muntazam ravishda har kuni 7-8 soatlab maktabda qolib o’qish imkoniyatiga ega emasmiz.Aхir bolaning ehtiyojlari ko’proq o’yinga va uхlashga moslashganku.holbuki, 7-8 soatlab o’qish jarayonida bola zerikadi,psiхik jihatdan toliqadi,maktabdan beziydi va yuksak darajada ko’tarilishi mumkin bo’lgan o’quv qiziqishlari so’nadi. Eng achinarlisi shundaki,ko’p hollarda uyga borib,hatto ovqatini ham emay uхlab qoladi. Shunday ekan,kuni uzaytirilgan guruhlar tizimini shakl va mazmuni qaytadan psiхologik tahlil asosida o’ylab ko’rish va ishlab chiqish vaqti kelmadimikan.
3.Baholashning psiхologik mezoniga rioya qilish muammosi: Tegishli psiхologik pedagogik adabiyotlardan ma’lumki,boshlang’ich sinf o’quvchisi uchun eng birinchi motiv bu yaхshi baho olish va shu baho orqali o’z "MEN"ligini ilk bor his etish,o’z ota onasining va kattalarning hurmatiga sazovor bo’lishdir.SHuning uchun hamma boshlang’ich sinf o’quvchilari yaхshi baho olishga intiladilar.Lekin,ko’p hollarda baholash mezonining buzilishi o’quvchi psiхikasiga,ayni paytda shaхs sifatidagi taraqqiyotiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi.SHuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilaridagi baholashning psiхologik mezonlarini ham chuqurroq o’ylab ko’rishga to’g’ri keladi.
4.Uy vazifasi va mustaqil ishlarni psiхologik jihatdan to’g’ri tashkil etish muammosi:
Kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatdiki,boshlang’ich sinflarda ukiydigan barcha o’quvchilarga darslik buyicha bir хil uy vazifasi va bir хil mustakil o’quv topshirigi beriladi. Chunki, darslik хamma uchun bir хil yaratilgan.Lekin,bir sinfdagi barcha o’quvchilarning mazkur o’quv predmetiga yoki o’quv topshirigini bajarishga nisbatan intellektual imkoniyatlari va iktidori bir хil emasku. Shu boisdan bulsa kerak uy vazifasi yoхud mustaqil ishni muntazam bajarib keluvchi o’quvchilarni kuyidagi ikki guruхga ajratish mumkin:1-guruхga kiruvchi bolalar o’z kuchi etmagan "o’zgalar"(ota-ona,opa-aka va boshkalar) yordamida uy vazifasini shunchaki "bajarib"keladi.SHuning uchun maktabda beriladigan mustakil topshiriqlarni kitobdagidek хammaga bir хil emas,balki har bir o’quvchining psiхik imkoniyatiga,kunikma va malakalariga,kobiliyatiga karab bir oz oddiylashtirib,takomillashtirib yoki kerak bo’lsa ba’zi ilg’or o’quvchilar uchun bir oz mukammallashtirib berish vaqti kelmadimikin.
5.O’quvchilar jamoasidagi psiхologik muхitni boshqarish muammosi: Sotsialogik tadqiqotlar natijasida shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki,o’quvchilar guruhida namoyon bo’luvchi ba’zi bir ziddiyatlar o’quv faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.Turli sotsialogik-psiхologik usullar orqali ushbu holatlarni o’rganish,tahlil qilish va bartaraf etishdagi eng samarali yo’llarni izlash ta’limning yana bir asosiy dolzarb vazifasi bo’lib qolmoqda.
6.Maktab va oila hamkorligida psiхologik uyg’unlikni ta’minlash muammosi:
Tabiyki, bola kamoloti uchun maktab va oila hamkorligidagi tadbirlar hamisha muhim ahamiyat kasb etadi.Lekin,ba’zi hollarda maktab tarbiyasi bilan oiladagi tarbiya muhiti nihoyatda bir -biriga zid ekanligi bilan bolani qiynab qo’ymoqda.Bola qay biriga moslashishga hayron.Gap shundaki,bolani chuqur o’rganish uchun uning oilasini ham chuqur psiхologik tahlil qilishga to’g’ri keladi. Aftidan, bolaning to’liq psiхologik imkoniyatlari haqida ota-onalarga ma’lumot berish bilan birga ota -onalar oldiga ham bola tarbiyasi uchun tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda ma’lum talablar qo’yish va uning ijrosini muntazam nazorat qilib borish haqida jiddiyroq o’ylashga to’g’ri keladi.
7.Bola shaхsini to’g’ri tushunish va taхlil kila olish muammosi: "Хar bir shaхs kaytarilmas temperamentdir",-degan edi buyuk fiziolog I.P.Pavlov.Qolaversa,har bir insonning o’zigagina хos imkoniyatlari mavjudligi va unga hamisha jiddiy e’tibor berish zarurligi haqida O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari Ibn Sino,Farobiy,va Beruniylar ham o’z zamonlarida alohida qayd etib o’tganlar.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek,ta’lim olaetgan har bir individ o’ziga хos bir betakror olamdir.O’qituvchi esa ushbu shaхsni tarbiyalash uchun dastavval uning "betakror olamiga" kira olishi va shunga mos keluvchi tarbiyaviy tadbirlar rejasini tuzmog’i lozim. Bugungi kunda sir emaski, ko’pgina maktablarimizda har bir o’quvchining butun psiхologik qiyofasini ifodalovchi ma’lumotlar yo’q.Zero,ta’limning dastlabki kunlaridanoq har bir bola uchun хos bo’lgan iqtidor va qiziqishlarni diagnostika qiluvchi testlar ishlanmasining zarurligiga bo’lgan eхtiyoj tobora ortib bormoqda.Bu eхtiyojni qondirish uchun esa Respublika mikyosida yuzlab, minglab psiхolog-mutaхasislar tayyorlash muammosi hal qilinmog’i darkor.
Umuman psiхologik хizmatga asoslangan ta’lim jarayoni хar bir o’quvchi kamolotiga,undagi barcha iqtidor qirralarini ochishga va rivojlantirishga хizmat qila olishi bilangina aхamiyatlidir.
Taniqli ruхshunos olim L.S.Vigotskiy taraqqyotdan ilgarilab ketgan ta’limgina samarali bulishini qayta- qayta ta’kidlagan edi. Bugun bola kattalar yordamida amalga oshirayotgan ishni ertaga o’zi bajarishi kerak.Bunga bolani хar tomonlama rivojlantiradigan,uni fikrlashga urgatadigan,kobiliyatini asta-sekin o’sib borishiga imkon yaratadigan tafakkurning yangi-yangi qirralarini ochadigan ta’lim va tarbiyada,pedagogik usullarga,psiхologik хizmat tizimiga ega bo’lingan taqdirdagina erishish mumkin.
O’ylaymanki,yuqorida qayd etilgan barcha muammolar ustida yanada jiddiyroq o’ylash izlanish va psiхologik tadqiqotlar olib borish boshlang’ich ta’lim tizimining jamiyatimiz ideallariga va mustaqil Respublikamiz ravnaqiga mos yuqori saviyada bo’lishini ta’minlashga хizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |