Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


I BOB. PSIXOLOGIK XIZMAT XODIMI KASBIY TAYYORLIGINING NAZARIY MASALALARI



Yüklə 167 Kb.
səhifə8/20
tarix02.01.2022
ölçüsü167 Kb.
#43051
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
I BOB. PSIXOLOGIK XIZMAT XODIMI KASBIY TAYYORLIGINING NAZARIY MASALALARI
1. O’zbekistonda psixologik xizmat tarixi va uning mohiyati

1989 yilda O’zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi2.

Psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin:


  1. Ilmiy nuqtai nazar,

  2. Tashviqot nuqtai nazar,

  3. Amaliy nuqtai nazar.

Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi. Ilmiy nuqtai nazar psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo’nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan iborat.

Tashviqot nuqtai nazari xalq ta’limi xodimlarini psixologik bilimlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu yo’nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo’lib, pedagoglar, metodistlar maydonga chiqadi.

Xizmatning amaliy nuqtai nazarini maktab psixologlari amalga oshiradilar, ularning vazifasi - u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun ota-onalar, o’qituvchilar, sinf jamoasi, bolalar bilan ish olib borishdan iborat.

Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish o’quvchilar ta’lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular hulq-atvoridagi, muloqotidagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Kelajak yo’nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o’quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g’oyani olib kiradi. Ikki yo’nalish ham bir-biri bilan bog’liq.

Prof. Z. Nishonova: «Kollejlardagi va akademik liseylardagi psixologik xizmat o’rta maxsus ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o’quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligiga qarab psixologik xizmat to’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin» - deb ta’kidlaydi3.

Psixolog o’zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlariga, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o’quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.


Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin