Muammoning o’rganilganlik darajasi: psixologiya fani ruspublikamizning mustaqil bo’lishi davrigacha juda tor mazmunda o’rganib kelindi. Shaxsning o’zligini anglashiga yordam beruvchi psixologiya fani davlat siyosati uchun manfaatli emas edi. Yurtimiz mustaqil bo’lgach, fan-texnikaning barcha sohalari tubdan yangi taraqqiyot pog’onasiga chiqdi. Psixologiya fani ham 1991 yildan keyin fanning yetakchi olimlari, nazariyotchilari va fidoyilari yordamida ilmiy va amaliy taraqqiyotga erishdi. Mustaqillikka erishganimizdan keyingi 30 yil davomida, psixol.f.d., prof. E.G’oziyevning kasb-hunar kollejlari uchun «Psixologiya», OUYu lar uchun «Umumiy psixologiya» darsliklari, o’nlab o’quv qo’llanmalari nashr etilib, respublikaning barcha OO’Yu larida bir xil dastur asosida fan o’qitilmoqda. Prof. G’.B. Shoumarov yaratgan ilmiy asoslar respublikamiz maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishiga sabab bo’ldi. Prof. V.M. Karimova Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazini oyoqqa qo’yib, uning konseptual yo’nalishini belgilab berdi. Ushbu mavzu respublikaning taniqli olimlari Z.T. Nishonova, G. To’laganova, F. Akramova, T. Alimov, A. Mamatov, B. Qodirov, yosh olimlardan N. Kamilova, P. Ergashev ilmiy va amaliy yo’nalishdagi salmoqli ishlar qildilar.
Dostları ilə paylaş: |