Kurs ishining ilmiy farazi: agar, bo’lajak psixolog mutaxassislarda kasb haqidagi tasavvurlar to’g’ri shakllantirilsa, ular kasbga doir metodik bazaga ega bo’lishsa, o’z kasblarini rivojlantiruvchi treninglardan foydalanishsa, kasbiy motivasiyani to’g’ri yo’naltirishsa, chet el rivojlangan metodlaridan samarali foydalanib, ularni o’z shart-sharoitlarimizga mos holda qo’llashni o’rganishsa psixologik xizmatning barcha sohalarida rivojlanish va samara bo’ladi.
Kurs ishining vazifalari: psixolog kasbini tanlagan bo’lajak mutaxassislarda o’z ishining mahsuldorlik omillarini bilishiga erishish, psixologning funksiyalari, psixologning bolalar muassasalaridagi ishi, bo’lajak psixologlarning kasb haqidagi tasavvurlari, psixologning kasbiy mahorati mezonlari, kasbiy yo’nalganligi treninglarini yoritish va tavsiyalar berishdan iborat.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: bu sohadagi yangiliklarni so’nggi yillarda chop etilgan Z.T. Nishonova, N. Kamilova, G. To’laganova kabi olimlarning chop etilayotgan yangi asarlaridan, shuningdek, «O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi», «Respublika bolalar ijtimoiy-moslashuv markazi» tajribasidan olish mumkin bo’lib, ushbu kurs ishi yuqoridagi ishlarning davomi bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |