O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#161900
Oila psixologiya darsligi G.B.Shoumarov 2010



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
OILA
PSIXOLOGIYÀSI
Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilari uchun
o‘quv qo‘llanma
Uchinchi nashr
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT — 2010


P r o f e s s o r
G

. B. Shoumarov tahriri ostida
M u a l l i f l a r: 
G

. B. Shoumarov, I. O. Haydarov, N. A. Sog

inov, 
F. A. Akramova, G. Solihova, G. Niyozmetova
T a q r i z ch i l a r: psixologiya fanlari doktori, 
professor 
V. M. Karimova,
falsafa fanlari doktori 
R. S. Samarov,
psixologiya fanlari nomzodi, dotsent 
B. M. Umarov.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan tavsiya etilgan
© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati, 2006, 2009, 2010.
© «TURON-IQBOL», 2010.
ISBN 978-9943-00-188-6
Oila psixologiyasi:
Akad. litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-
lari uchun o‘quv qo‘l. / G. B. Shoumarov, I. O. Haydarov, N. A.
Sog‘inov va boshq.; G‘. B. Shoumarovning tahriri ostida; O‘zbek-
iston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi markazi. — T.: «Sharq», 2010. — 296 b.
1. Shoumarov G‘. B.
BBK 88.5ya722
BBK 88.5ya722
O –38


K I R I S H
Qadrli o‘quvchilar, aziz yoshlar, qo‘lingizdagi «Oila
psixologiyasi» darsligi oila munosabatlari va masalalariga
bag‘ishlanadi. 
Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish,
yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha
murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish
kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi. Ma’lumki,
hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan, chinakam,
to‘laqonli insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har
tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan, bizning bax-
timizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir.
Sobiq Ittifoq davrining so‘nggi bosqichlarida yoshlarni
oilaviy hayotga maxsus tayyorlashga dastlabki urinish ham mu-
vaffaqiyatsiz tugadi. Chunki u vaqtlarda masalaga ilmiy yon-
dashilmagan, jumladan, har bir xalqning o‘ziga xos etno-
psixologik xususiyatlari hisobga olinmagan, nomi psixologiya
bo‘lsa»da, mazmunan pedagogikaga yaqin turgan qo‘llanmalar
bilan o‘qitilgan edi.
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli Respublikada oila muam-
molari davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan masalalar qatoridan
rasmiy ravishda o‘rin oldi.
1998-yilni «Oila» yili deb e’lon qilinishi, «Oila» ilmiy-
amaliy Markazining tashkil etilishi, Respublikada oila man-
faatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul qilinishi,
uning mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni «Ayollar yili» deb
e’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli masla-
hatxonalarning tashkil etilishi, oila muammolarini ilmiy tadqiq
etish maqsadida O‘zbekiston tarixida birinchi bor oila
psixologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan
ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil eti-
lishi, ularga aspirantlarning qabul qilinishi yuqoridagi fikri-
mizning dalilidir.
Mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari-
ning o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, ilk bor yaratilgan
3


sinov darsligi sifatida shu mavzudagi boshqa an’anaviy darslik-
lardan birmuncha farq qiladi. 
Oila psixologiyasini ilmiy jihatdan har tomonlama to‘liq
ifodalashga harakat qilindi.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi, ijodiy
tafakkurini o‘stiruvchi turli hikmatlardan, xajviy aforizmlardan
keng foydalanildi. Chunki hikmat — hayotiy saboq bo‘lsa,
hajv — hayot to‘lqinlaridagi qutqaruv eshkagidir.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
Markazi tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, u respublikamizning
yetakchi psixolog, oilashunos olimlari tomonidan yaratildi.
4


I b o b. OILA PSIXOLOGIYASINING 
UMUMIY ASOSLARI
1.1. OILA PSIXOLOGIYASI FANI PREDMETI, 
MAQSADI VA VAZIFALARI
Ushbu o‘quv kursining maqsadi Siz yoshlarni oilaviy ha-
yotga tayyorlashdan iboratdir. Bu o‘rinda haqli ravishda: «Bu
fan bizga nima beradi? Nega endi aynan hozirga kelib, bizni
oilaviy hayotga tayyorlash zarur bo‘lib qoldi? Axir ota-bobo-
larimiz bunday kurslarni o‘qimay ham tinch-totuv, ahil-inoq,
baxtli hayot kechirishgan-ku? Aksincha so‘nggi yillarda yosh-
larni oilaviy hayotga tayyorlash borasida qanchalik ko‘p
gapirib, yozib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli
oilalar, ajralishlar miqdori ortsa ortayaptiki, kamaymayapti-
ku?» — kabi savollar ro‘yxatini cheksiz davom ettiraverish
mumkin. Ularning har birining yuzaga kelishiga asos bor.
Xo‘sh, qanday zarurat hozirgi vaqtda yoshlarimizni oilaviy
hayotga tayyorlash va ularga «Oila psixologiyasi» fanining o‘qi-
tilishi zarurligini taqozo qiladi?
Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari
odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan
o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar
orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar
ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi.
Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish
munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat
ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida
yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi
bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan
inson omiliga, inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar
qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti
bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-
psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning
o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada
chegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda kuzatilgan tabiiy-
5


likni ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida
mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yuzaga ke-
lishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va unda-
gi psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi. 
Yîshlarimizda bu masala bo‘yicha aniqroq tasavvur hosil
qilish uchun, bundan 90—100 yillar oldingi ularning tendosh-
lari va bugungi kunlarimizdagi 15—16 yoshli yigit-qizlar
o‘rtasidagi tafovutlarni solishtirib o‘tamiz.
Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o‘tkazilgan tadqiqotlar
natijalarida kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil ichida odamlarda
kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko‘ra ularning jinsiy,
fiziologik balog‘atga yetishi 2—3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan
100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog‘atga yetish davri
15—16 yoshga to‘g‘ri kelgan, hozir esa bu holat o‘rtacha
12—13 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Endi shu yoshlarning oilaviy
hayotga tayyorlik jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Ilgarigi tengdoshlaringiz 15—16 yoshlarida oilaviy hayotga
yetuklik talablaridan biri bo‘lmish jinsiy yetuklikka, balog‘atga
yetar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o‘sha
davrlar uchun xos va lozim bo‘lgan, unchalik murakkab
bo‘lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-as-
rorlaridan deyarli boxabar bo‘lganlar (chunki u vaqtlarda bo-
lalarni odatda, 13—14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o‘sha
davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayon-
lar ulardan maxsus yoki oliy ma’lumot talab qilmagan, 3—4 yil
ustoz ko‘rgan shogird 16—17 yoshida o‘zi mustaqil ish yurita
oladigan ustaga, o‘z ishini uddalay oladigan mutaxassisga ay-
langan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigandek bo‘lsa, o‘z
hunari orqali mehnat qilib, o‘zini va oila a’zolarini iqtisodiy
jihatdan ta’minlay olishi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari,
u vaqtlardagi 18—20 yoshli yigit mahalla-ko‘yda, jamoatchi-
lik orasida ma’lum darajada ijtimoiy yetuk shaxs sifatida
qabul qilingan, turli tadbir va marosimlarda uning haqli
ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan, ya’ni uning ij-
timoiy jihatdan balog‘atga yetganligi jamoatchilik tomonidan
qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat ol-
dida o‘ziga xos mas’uliyat yuklagan, mas’uliyatni his qilish esa
uning psixologik yetukligi alomatlaridan biri bo‘lib xizmat qil-
gan.
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko‘rib
6


chiqaylik. Ular 12—13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuklikka
erishadilar (bu haqda keyinroq to‘xtalib o‘tamiz), biroq ular
biror-bir kasb-hunar egasi bo‘lib, mustaqil ishlab, o‘zini va
oilasini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan bo‘lishi uchun,
avvalo maktabni bitirishi, so‘ng u yoki bu kasb-hunar kolleji
yoki litseyda o‘qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning
uchun 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o‘qishi zarur
bo‘ladi.
12 yillik barcha uchun majburiy ta’limdan so‘ng yosh-
larimizning ma’lum bir qismi o‘qishni oliy o‘quv yurtlarida
davom ettiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yoshlarimizning
iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning ma’lum qismi
uchun 20—21, boshqalari uchun 23—25 yoshga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, odamlarning turmush tarzi rivojlanishi bilan
birga oilalarining kundalik hayoti o‘zgarib, kiyinishga, maishiy
buyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga bo‘lgan ehtiyoji ham
ortib boradi.
Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning madaniy
takomillashuviga, u esa shaxslarni bir-birlariga qo‘yadigan ta-
lablari oshishiga va shaxslararo munosabatning noziklashuviga
olib keladi. Buning yorqin dalili sifatida ajralishlar miqdori oliy
ma’lumotlilar ichida umumiy o‘rta ma’lumotlilarga nisbatan
yuqoriroq ekanligini e’tirof etish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo‘lmagan
jamiyatdagi oila a’zolari o‘zlarining oilaviy yumushlarining ak-
sariyatini qo‘lda bajaradilar. Unga oilaning barcha a’zolari va
birinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko‘p jalb qilinadi.
Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma’lum
malakalarni, shu jumladan oiladagi tegishli rollarni bajarishni,
oilada bir-birlari bilan qanday muloqotda bo‘lish malakalarini,
oilada har bir shaxsning iyerarxik mavqeyiga ko‘ra o‘z huquq
va vazifalarini aniqlab olishga imkon beradi.
Moddiy ta’minot, yuqori madaniy saviya esa shaxsning
boshqa shaxsga qo‘ygan talabini, shu jumladan oilada yanada
kuchaytiradi. Oila a’zolarining o‘zaro muloqotda bo‘lish vaqti
miqdorini qisqartiradi. Bu esa ko‘pgina yoshlar uchun ota-ona
oilasi shaxsiy oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligiga olib
keladi.
Shulardan ko‘rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi
yoshlar 16—18 yoshida oila qursalar, ular shu vaqtga kelib
7


oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush kechirib ketishlari
uchun zarur bo‘lgan yetuklik darajalarining barchasiga erish-
ganlar, bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan muammolarning bartaraf etilishiga asos bo‘lib
xizmat qilgan. 
Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek,
12—13 yoshlarida jinsiy balog‘atga yetadilar va aksariyat hol-
larda oradan 7—8 yil o‘tgandan so‘ng, ya’ni qizlar 19—20
yoshda, yigitlar esa 21—22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda
esa ular na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na
psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo‘ladilar. Bunday
holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi teng-
doshlari hayotida kuzatilmagan muammolarni keltirib chiqara-
di. Bundan tashqari, jamiyat taraqqiyotining bugungi holati
hozirgi zamon oilasi oldiga o‘ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarni
ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni
oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasi eng dolzarb
masalalardan biri bo‘lishligini taqozo qilmoqda. Shuning
uchun ham so‘nggi 15—20 yil davomida dunyoning barcha
rivojlangan mamlakatlarida, jumladan, bizning respublikamizda
mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridanoq, oila
masalalariga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda
komil shaxsni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berib
kelinmoqda. Umuman insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib
boraverar ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shunga
mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo‘lgan e’tibor ham
kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq bo‘ladi.
Chunki oila jamiyatning kichik bir ko‘rinishi bo‘lib, u qancha
inoq, ahil va mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik
qudratli bo‘ladi. Bu keltirilgan omillar yoshlarga «Oila
psixologiyasi» kursini o‘qitishning dolzarbligini ifodalaydi.
«Oila psixologiyasi» kursining yaratilishi va uning o‘quv
predmetlari qatorida maktab, kollej, litseylarda o‘tiladigan
darslar jadvaliga kiritilishi ham Respublikamiz hukumati
tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mantiqiy
va mazmuniy davomidir.
8


1 - j a d v a l
Oilapsixologiyasi fanining predmeti,
maqsadi va vazifalari
9
«Oila psixologiyasi» fanining maqsadi
— oila psixologiyasiga doir eng
muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar,
ko‘nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir
«Oila psixologiyasi» fanining 
predmeti
oilaning ijtimoiy va 
etnopsixologik xususiyatlarini tashkil etadi
«Oila psixologiyasi» fanining 
vazifalari
Oilali shaxsning shakllanishida-
gi roli haqida yoshlarga ta-
savvur berish
Yoshlarni oilaviy hayotda bo‘-
ladigan muammolar, qonuni-
yatlar haqida ilmiy tasavvurlar
bilan tarbiyalash, ularni bu
jarayonlarga tayyorlash
Yoshlarda muammoli vaziyat-
lardan psixologik jihatdan oqi-
lona chiqish malakalarini o‘r-
gatish
Yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy
asosda tayyorlash
Yoshlarni oilaviy muloqotga
tayyorlash.
Yoshlarni oilaviy hayotda kuza-
tiladigan o‘zgarishlar haqidagi
ilmiy bilimlar bilan tanishtirish
Yoshlarni oilaviy hayotda yuza-
ga keladigan muammolarga
konstruktiv tus berishga, de-
struktiv 
yo‘nalishdagilardan
saqlanishga o‘rgatish
Yoshlarning o‘zlariga turmush
o‘rtog‘ini to‘g‘ri tanlash mala-
kalarini shakllantirish
Yoshlarda 
oilaning 
mus-
tahkamligini ta’minlovchi bilim
va malakalarni shakllantirish
Yoshlarni oilani rejalashtirishga
o‘rgatish


1.2. JAMIYAT VA OILA
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning, oilalar mus-
tahkamligining o‘rni beqiyosdir. Chunki tirik organizmning sa-
lomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog‘lomligiga
bog‘liq bo‘lganidek, butun organizm o‘z faoliyatini maqsadga
muvofiq amalga oshirishida har bir hujayraning munosib o‘rni
bo‘lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir or-
ganizmni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog‘lom
bo‘lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana
shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi
yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o‘z davlatining iqti-
sodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta’minlovchi, hal qiluv-
chi omil bo‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni be-
qiyosdir. 
2 - j a d v a l
O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasida oila
10
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir, hamda jamiyat va davlat muho-
fazasida bo‘lish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 63-modda
Ayollar va erkaklar 
huquqlarining tengligi
Onalik va bolalik
muhofazasi
Nikoh 
erkinligi
Nikohlangan shaxslarning 
teng huquqligi
Oilani muhofaza qilish
Konstitutsiyaning
oilaviy munosabatlar
sohasidagi tamoyillari


Nima sababdan biz ko‘proq oila va unda yuz beradigan
munosabatlarga e’tiborli bo‘lamiz, nima sababdan oila
maskanida o‘zimizni yaxshi, baxtli his etsak, ishimiz ham
yurishgandek, omadimiz chopgandek bo‘ladi? Chunki oila
bizning hayotimizdagi eng aziz va muqaddas dargoh! Faqat
oilagina insonning baxtli bo‘la olishi, o‘zini kimlargadir kerakli
his eta olishi yoki bo‘lmasa o‘zini ezilgan, omadsiz sezishiga
sabab bo‘la oladi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan
darajaga chiqa olmasligi, uning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluv-
chi, uning inqiroziga olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishi-
da ham oilaning hissasi kattadir. Chunki nosog‘lom psixologik
muhitli, nizo-janajalli, o‘zaro mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga
kelib, shakllangan bola, keyinchalik nafaqat o‘z ota-onasi, aka-
ukalariga nisbatan balki atrofdagilarga, qolaversa, o‘zi yashagan
jamiyatga nisbatan ham mehr-oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xud-
bin, yurt manfaatlariga zid, tashqi kuchlar ta’siriga oson
beriluvchan, shu asosda esa o‘z oilasi, o‘z xalqi, o‘z yurti
uchun xavfli odam bo‘lib yetilishi mumkin.
3 - j a d v a l
11
Konstitutsiya va oila munosabatlari
XIV bob
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat
va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.
Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng
huquqligiga asoslanadi.
Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga
qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiya-
lash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ish-
langan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantiradi.
Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va
fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida
tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan
muhofaza qilinadi.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z
ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majbur-
dirlar.
63-modda
64-modda
65-modda
66-modda
Oila va uning jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos bo‘lib,
Konstitutsiyaning 14-bobi maxsus oilaga bag‘ishlangan. 


4 - j a d v a l
O‘zbikiston Respublikasi oila kodeksining
tuzilishi va qabul qilinishi
12
O‘zbekiston Respublikasining yangi Oila kodeksi Oliy majlisning
1998-yil 30-apreldagi Qarori bilan qabul qilindi va 1998-yil 1-sen-
tabrdan amalga kiritildi.
Oila kodeksining tuzilishi
I bo‘lim.
Umumiy qoidalar.
I—II boblar,
1—12-moddalar
II bo‘lim.
Umumiy qoidalar.
III—VIII boblar,
13—56-moddalar
III bo‘lim.
Qon-qarindoshlik va bo-
lalarning 
nasl-nasabini
belgilash.
IX—X boblar,
57—64-moddalar
IV bo‘lim.
Ota-ona hamda voyaga
yetmagan 
bolalarning
huquq va majburiyatlari.
XI—XII boblar,
65—95-moddalar
VI bo‘lim.
Ota-ona 
qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalarni
joylashtirish shakllari
XIX—XXII boblar,
VIII bo‘lim.
Chet el fuqarolari va fu-
qaroligi bo‘lmagan shaxs-
lar ishtirokidagi oilaviy
munosabatlarni 
tartibga
solish.
201—233-moddalar
V bo‘lim.
Oila a’zolarining va bosh-
qa shaxslarning aliment
majburiyatlari.
XIV—XVIII boblar,
VII bo‘lim.
Fuqarolik holati dalolat-
nomalarini qayd etish.
XIII—XXX boblar,
201—233-moddalar
Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini bel-
gilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jamiya-
timiz uchun, insoniyat taraqqiyoti uchun, mustaqilligimiz is-


tiqbollari uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, ekologik, ichki va tashqi omillarning tahdidi ortib bo-
rayotgan ayni vaqtda oilalar mustahkamligini ta’minlash va bu
masalani to‘g‘ri hal etilishining asosiy yo‘li bo‘lmish yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hech kechiktirib bo‘lmaydi-
gan, sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan, o‘ta jiddiy yon-
dashishlarni talab etuvchi davlat, hukumat miqyosidagi dolzarb
masaladir. Buning muvaffaqiyatli amalga oshishiga jamiya-
timizning har bir fuqarosi, Siz o‘quvchilar, ota-onalar hamma
birdek mas’uldir. Bu masala hech qachon kun tartibidan tush-
maydigan, o‘z dolzarbligini hech qachon yo‘qotmaydigan o‘ta
nozik, nihoyatda jiddiy masaladir. Chunki insoniyat va jamiya-
timiz taraqqiyoti shu masalani biz bugun qanday hal qi-
lishimizga bog‘liq.
5 - j a d v a l
Oila va jamiyat uyg‘unligi tamoyillari
13
Jamiyat hayotida oila huquqining asosiy tamoyillari
Erkak va ayollar o‘rtasidagi
nikohning uyg‘unaish
Farzandlar farovonligi va 
ravnaqi haqida g‘amxo‘rlik
qilish
Ichki oilaviy masalalarni
o‘zaro kelishuv asosida hal
qilish
Oilani kafolatlovchi manbalar
Oilada er-xotinning teng
huquqliligi
Prezidentning Farmon va 
farmoyishlari
Hukumatning me’yoriy-
huquqiy hujjatlari
Xalqaro huquq normalari
Oila kodeksi
Konstitutsiya
Qonunlar
Fuqarolik kodeksi


II b o b. OILA XUSUSIDA SHARQ
MUTAFAKKIRLARINING QARASHLARI
2.1. OILA XUSUSIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING
FALSAFIY QARASHLARI
Ma’lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan
axloqiy mas’uliyat, o‘zaro hurmat, tushunish va mehr-muhab-
bat umumiyligi bilan bog‘langan kichik ijtimoiy guruhni oila
deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o‘zining bir
qator jihatlari bilan ajralib turadi: 
birinchidan,
oila ko‘p muddatga, ya’ni bir necha o‘n yillar
va ko‘p yillarga mavjud bo‘ladi;
ikkinchidan,
oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha
turlari amalga oshadi, ya’ni milliy mafkuramizga oid ilk
tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobo-
lar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda
oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, hissiy, moliyaviy,
jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
uchinchidan,
oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy
yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a’zolaridan kim-
ningdir kimgadir ta’siri oqibatida shaxs yoki yaxshi shakllanishi
va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og‘ir, xulqi
buzuq odam bo‘lib tarbiyalanishi mumkin.
Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan
ota-ona va bola, er va xotin, oila a’zolarining o‘zaro muno-
sabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar aynan oila negizida
yuzaga keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan bosh-
lab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning do-
nishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o‘rganilib kelingan-
ligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini
kuzatamiz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga
havola etish orqali oila, o‘zaro munosabatlar muammolari
bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini
qayd etamiz.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti
muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg‘or
14


kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning
diqqat markazida asosiy masalalardan bo‘lib kelgan. Sharqning
buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud
Qoshg‘ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin,
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Avloniy kabi ko‘plab olim va yozuvchilar bu masalalar
yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ket-
ganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va
mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va
oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan, shuning
uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim pedagogik
va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali
talabalarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini
bayon etamiz.
Sharq mutaffakirlarining barchasini g‘oyaviy jihatdan bir-
lashtirgan asos shu bo‘lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamoloti-
da oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo‘yishgan,
ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o‘rni,
ota-ona va yaqin kishilarning yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi
vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina
rivojlanishi mumkin bo‘lgan sifatlar — halollik, poklik,
mardliq, mehribonlik, haqgo‘ylik kabi qator fazilatlarni barcha
sifatlardan yuqori qo‘yishlari bilan birga insoniy munosabatlar-
da namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan
bolaga o‘tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri
kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko‘rsatmalarni o‘z
falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab
berganlar.
Zardushtiylikning qadimiy kitobi — «Avesto»da oila
muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning
teng mas’ulligi, farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlar bayon etil-
gan. Oilaning tinch va farovon bo‘lishi nimalarga bog‘liq ekan-
ligi haqida esa: «Porso, inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin
va farzandlariga o‘rin ajratib bersa, uyida noz-ne’matlari
muhayyo bo‘lib, xotin va farzandlari farovon yashasa, uyida
e’tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalari ham mo‘l-ko‘l
bo‘lsa, o‘sha manzil muhtaramdir», — deb yozilgan.
Bu kitobda ko‘rsatilishicha, oilada ota yetakchi bo‘lgani
ma’qul. Shuningdek, unda ifodalangan oila va oilaviy muno-
15


sabatlarga hamma rioya etishi lozim bo‘lgan. Eng ahamiyatli
jihati shundaki, unda er-xotinni o‘zaro sodiq, g‘amxo‘r, meh-
ribon bo‘lishlari lozimligi va ayolning haq-huquqini himoya
qilish o‘sha davrda ham qonun darajasiga ko‘tarilganligi
ma’lumdir. Umuman olganda, zardushtiylik davridanoq oila
masalalariga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu esa oilaning
jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeyini mustahkamlash uchun
azal davrlardanoq zamin yaratilganligini kuzatamiz. 
Ma’lumki, Islom dinining muqaddas manbalaridan
bo‘lmish Qur’on va Hadislarda ham odob-axloq, ayollarning
turmushdagi o‘rni va vazifalari, er va xotin o‘rtasidagi muno-
sabatlar, bolalar tarbiyasi, oila yuritish, nikoh va muhabbat
masalalariga keng o‘rin berilgan.
Quyida hadislar to‘plamidan bir necha misollar keltiramiz:
«Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o‘z ahli-ayoliga
foydasi ko‘p tegadigan kishidir» /18-hadis/ , «Odamlar ichida
xotin kishiga nisbatan haqlirog‘i uning eridir. Erkak kishiga
nisbatan odamlarning haqlirog‘i — bu uning onasidir» /34-
hadis/;
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-
odobini ham yaxshilangiz» /38-hadis/; «Qachonki er o‘z xo-
tiniga va xotin o‘z eriga qarashsa, Tangri ham ularga rahmat
nazari bilan qaraydi, bordi-yu kaftini kaftiga qo‘ysa, barmoq-
lari orasidan gunohlari duv-duv to‘kiladi» /44-hadis/;
«Sizlarning har biringiz bamisoli cho‘pondirsizlar va o‘z qo‘l
ostingizdagilarga mas’uldirsizlar, Podshoh o‘z fuqarolariga, er
o‘z ahli ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o‘z xojasi moliga,
farzand o‘z otasi mulkiga mas’uldir. Demak har birlaringiz
mas’uldirsizlar» /116-hadis/; «Hech bir ota o‘z farzandiga
xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi /136-hadis/.
Keltirilgan namunalardan ko‘rinadiki, demak diniy man-
balarda ham oilaning muqaddas ekanligi, erkak va ayollarning
oila oldidagi burch va mas’uliyatlari, ota-onaning bola va o‘z
navbatida farzandning ota-onasi oldidagi vazifalari, erning xo-
tiniga hurmat va e’zozi muqaddas qadriyatlar sifatida qaralgan
ekan.
Agar xalq eposi va diniy risolalar odamlarda og‘izdan
og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib saqlanib kelgan bo‘lsa,
xalqning eng donishmandlari va olimlari o‘z qimmatli fikrlarini
xalq an’analariga tayangan holda o‘z asarlarida yoritib, ularni
kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar, shunday faylasuf-olimlar-
16


dan biri 
Abu Nasr Forobiy
dir. Uning inson kamoloti, baxti,
ta’lim va tarbiyasi, umuman axloqi, dinga munosabati haqida-
gi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan ibo-
rat o‘git bo‘lib, axloq nazariyasini boyitdi. Uning ta’limotlari-
da keltirilishicha, haqiqiy baxt bir odamning boshqasiga nis-
batan g‘ayirligi, zulmi yo‘qolgandagina bo‘ladi, oila
a’zolarining bir-birlariga samimiy munosabatlari, mehr-u oqi-
batlari esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, har bir ota-onaning o‘z farzandlari uchun
birlamchi ustoz, yo‘l ko‘rsatuvchi ekanligi va aynan ular bolada
ta’lim-tarbiyaga kerakli tayyorgarlik holatini shakllantirish
ta’siriga ega ekanligi to‘g‘risidagi xulosalar mutafakkir qarash-
larining hozirgi kunlar uchun ham naqadar ahamiyatli ekanli-
gini ko‘rsatadi.
O‘rta asrlarning buyuk arbobi, olim-ensiklopedist 
Abu
Rayhon Beruniy
/973—1048/ Forobiy qarashlari ta’sirida qa-
tor fanlar bobida o‘z izini qoldirgan donishmanddir. Uning
ko‘pgina asarlarida inson odobi va axloqi xususidagi noyob
fikrlar o‘z ifodasini topgan, Mutaffakkir o‘zining «Mine-
rologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «O‘tgan avlodlar obida-
lari» nomli asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-
idroki, halovat va lazzati, sabr-toqat va kamtarlik, go‘zallik va
did, poklik va xudbinlik kabi tushunchalarga inson ruhiyatining
bilimdoni sifatida ta’rif bergan. U bunday yozadi: «Inson
jamiyatda o‘z qarindosh-urug‘lari bilan birlashib olishga maj-
burdir, bundan maqsad bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda har
bir kishining ham o‘zini, ham boshqalarini ta’minlash uchun
ishlarni bajarishdir». ( Minerologiya, 1966, 10-bet).
Abu Rayhon Beruniy «ozodalik va orastalik olijanoblikning
o‘zagi» bo‘lishi kerakligini uqtiradi; insonning tashqi yoqimli
qiyofasi bilan uning axloqiy qiyofasi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqi-
da gapirib, «tishni yuvib, ko‘z va qovoqlarni toza tutish, ularga
surma qo‘yish, sochni esa zarur bo‘lganda bo‘yab, tirnoqlarni
olib turish va silliqlash» inson salomatligi va ruhiy pokligining
asosidir, deb ta’kidlaydi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q, chunki oila a’zolarining, er-
xotinning ushbu ko‘rsatmalarga amal qilishi oila totuvligining
zaminlaridan biridir.
Axloq-odob egasi bo‘lgan inson eng avvalo o‘z yurish-tu-
rishi, muomala madaniyatida, hayot kechirishida, oila bar-
qarorligida namuna bo‘lishi kerakligi haqidagi fikrlari olimning
17


oila etikasi bo‘yicha ibratli qarashlaridan namunadir: «Inson
o‘z ehtiroslariga hukmron, ularni o‘zgartirishga qodir, o‘z jon
va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagudek
narsalarga aylantirishga, uni ma’naviy shifokorlik bilan
davolashga hamda asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko‘rsa-
tilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir».
Shunday qilib, Beruniy ustozlari izidan borib, o‘zining gu-
manistik qarashlari bilan oila psixologiyasiga munosib hissasini
qo‘shdi. U insonlar o‘rtasida o‘zaro bir-birlarini tushunish,
tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu
qarashlar bizning davrimizda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani
yo‘q.
Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida
Sharq mutaffakkirlaridan biri, butun Yevropa xalqlari ham
uning qomusiy bilimdonligini tan olgan alloma 
Abu Ali ibn
Sino
dir /980—1037/. Buyuk olim sifatida u barcha hodisalar-
ning ilmiy mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Ibn
Sinoning pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy asosda
qurilgan bo‘lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilning
qo‘llanilishini yoqlab chiqqan va tarbiyachi ota-onalarga bolani
qattiq tana jazosidan ko‘ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash
ma’qulligini uqtirgan. Mutafakkirning qalamiga mansub
bo‘lgan «Donishnoma», «Risolayi ishq», «Tib qonunlari», «Uy
xo‘jaligi» kabi qator asarlari O‘rta Osiyo xalqlari axloq-odobi,
psixologiyasi va tabobat olamida alohida o‘rin tutgan yirik
ilmiy tadqiqotlar hisoblanadi.
Axloqiy tarbiya masalalarida alloma oilaning o‘rnini alohi-
da ta’kidlagan. Oila va oilaviy munosabatlar masalasi uning
«Tadbiri manzil» asarida o‘ziga xos tarzda bayon etilgan.
Oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan,
Ibn Sino, avvalom bor oila boshlig‘i oldiga qator talablarni
qo‘yadi. Oila boshlig‘i, deb yozadi u, ham nazariy, ham amaliy
jihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i
lozim. Agar oila boshlig‘i tajribasiz bo‘lsa, u o‘z a’zolarini
yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir-oqibat u yaxshi ijobiy nati-
jalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki
qo‘shnilarga, mahalla-ko‘yga ham yomon ta’sir qilishi
mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan
mavqeyidan qat’i nazar, ularniig birlamchi vazifasidir, deb
hisoblaydi Ibn Sino. Ota-ona davlat boshlig‘imi yoki oddiy
fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Davlat
18


boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat
bo‘lmoqlari lozim.
Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rah-
barlarga qo‘ygan ushbu talablari o‘sha davrda qanchalik
taraqqiyparvar va zarur bo‘lsa, bizning bugungi kunimizda ham
u o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.
Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona «nafaqat so‘z bi-
lan, balki amalda ham bola ruhiga ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim»
/Ibn Sino. Tadbiri manzil, 44-bet/.
Ibn Sinoning sevgi-muhabbat va er-xotin munosabatlari
borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir, «Eng yuksak sevgi
deb, ta’kidlaydi u, — bu insoniy sevgi bo‘lib, bunday sevgi
kishini saxovatli qiladi, uni oqko‘ngil va jozibali kishiga aylan-
tiradi». Allomaning fikricha, sevgi inson zimmasiga juda katta
axloqiy va huquqiy mas’uliyat yuklaydi. U inson baxtining ne-
gizi, deganda oshiqlik emas, balki oshiq-ma’shuqlikni tushu-
nadi. Oshiq-ma’shuqlik bilan turmush qurish oila mustahkam-
ligining asosi sifatida ta’kidlanadi.
Turmush qurgan er-xotinlar munosabati borasida esa mu-
tafakkir, «Erkak kishi oila boshlig‘idir, u oilaning barcha ehti-
yojlarini qondirmog‘i lozim, chunki bu uning birlamchi vazi-
fasidir», — deb yozadi. Ayol esa erkakning munosib yo‘ldoshi,
u bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchidir.
Uning er-xotin munosabatlari xususidagi fikrlari ham o‘sha
davr uchun o‘ta ilg‘or va ahamiyatli edi. U o‘zining «Oila
xo‘jaligi» kitobida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori sifatlarga
ega bo‘lmoqlari lozim, deb yozadi, Shu kitobning «Afsofiy bex-
tarin zanxo» /Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida/ bo‘limida
ularning quyidagi fazilatlari ta’kidlanadi: «Ayol aqlan dono,
uyatchan, iboli, iffatli bo‘lib, ko‘p gapirmasligi lozim: u eriga
bo‘ysunmog‘i, uni sevmog‘i, farzandlar tug‘ib, doimo halol,
pok, to‘g‘ri so‘z, kamtar bo‘lishi kerak, injiq bo‘lmasligi, o‘z
iffati va obro‘sini to‘kmasligi lozim; u hech qachon eriga nis-
batan dimog‘dorlik, viqor hissini ko‘rsatmasligi, o‘z ishlarini
yaxshi, o‘z vaqtida bajarib, oilaning moddiy boyliklarini te-
jamkorlik bilan ishlatmog‘i lozim; o‘z xulq-atvori bilan o‘z
erining qalbida hadiksirash hissiga o‘rin qoldirmasligi kerak»
/Ibn Sino. «Tadbiri manzil», 38-bet/.
Bizning fikrimizcha, oila va ayol o‘rni xususida Ibn Sino
ba’zan bir tomonlilikka yo‘l qo‘ygandek tuyuladi, chunki bun-
da asosiy e’tibor va urg‘u faqat ayol shaxsiga qaratiladi, lekin
19


bu fikrlarning asosida ayollarning psixologik jihatdan oila
muhitini ifodalaydigan kishilar sifatida qarash hozirgi davr
uchun ham ahamiyatlidir.
Umuman, Ibn Sino ayol kishiga insoniy munosabatda
bo‘lib, er va xotin o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat va
bir-birini tushunishga asoslanmog‘i lozimligini himoya qilib
chiqqanligi diqqatga sazovor jihatdir.
Ibn Sinoning mehnat tarbiyasi borasidagi fikrlaridan biri,
masalan, har bir bolani, deydi u, «Biror hunarga o‘rgatmoq
shart, yosh yigit biror hunarni o‘rgansa, uni hayotda tatbiq eta
olsa va mustaqil hunar tufayli oilani ta’minlaydigan bo‘lsa-
gina, otasi uni uylantirib qo‘ymog‘i lozim», — deb hisoblaydi.
Demak, allomaning oila qurish uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy
yetuklik haqidagi fikrlari biz uchun hozir ham zarurdir. Sababi,
oilaning mustahkamligi va baxtli bo‘lishi aynan oila qurganlar-
ning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan yetukliklariga va
ayniqsa, yigitning oila qurishga tayyorgarligiga bog‘liqdir.
XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri 
Yusuf Xos Hojib
o‘zining «Qutadg‘u bilig» — «Saodatga boshlovchi bilim» —
kitobida va undan keyingi qator asarlarida o‘zining axloq ham-
da hayotga oid qarashlarini bayon etadi.
Inson faqat jamiyatdagina kamolotga yetishi mumkin,
muloqot va ijtimoiy-foydali mehnat uning rivojlanishi va
yashashining mezonidir, deb hisoblaydi. «Boshqa odamlarga
foydasi tegmaydigan inson — o‘likdir», — deb yozadi u.
/O‘sha asar, 529-bet/. Odam kim bo‘lishidan qat’i nazar,
shohmi, gadomi, avvalo, insoniy bo‘lishi kerak, chunki
«dunyoda o‘lmas bo‘lib, faqat insoniylik qoladi», «Yaxshi
axloqiy fazilatlarga ega kishi — har qanday qimmatbaxo
durlardan ham qimmatlidir».
Shoirning fikricha, farzand ko‘rish va unga tarbiya berish
har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning ma’nosi
yo‘q. Lekin bu narsa ota-onaga juda katta mas’uliyat yuklaydi-
ki, uning uddasidan chiqmoq, har bir ota-ona uchun ham
farz, ham qarzdir. Shuning uchun ham Yusuf Xos Xojib oilaviy
tarbiyani bola axloqiy taraqqiyotining asosi, deb hisoblagan:
«Agap bolaning xulqi yomon bo‘lsa, bunda bolaning aybi yo‘q,
hamma ayb — otasida». Shuning uchun ham ota-ona, ayniqsa,
ota bunga katta e’tibor bermog‘i lozim.
Ma’lumki, so‘fizm insoniy muhabbat, sevgini inkor etib,
faqat Ollohga nisbatan sevgi va muhabbatninggina borligini
20


e’tirof etgan. Bundan farqli o‘laroq, Yusuf Xos Hojib, odamlar
o‘rtasidagi sevgi-muhabbatni tarannum etgan. U sevgini oilaviy
baxt va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning garovi, deb hisoblagan.
«Yigit uylanmasdan avval kelinning kimligini, uning kelib
chiqishi, xarakteri va xulq-atvorini bilishi kerak», — deydi u.
Uning axloqiy didaktikasi O‘rta Osiyodagi ilg‘or fikrlarning
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, shuning uchun ham uning
qarashlari musulmon xalqlari o‘rtasida keng tarqalgan va
ko‘pgina shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.
Kaykovus Unsurulmaoni
— 63 yoshida o‘g‘liga atab
«QOBUSNOMA» yozib, unda o‘zining bola tarbiyasi, oilaviy
hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Kitobdagi
asosiy g‘oya — yoshlarni ota-onani hurmat qilishga, e’zozlash-
ga chaqirishdir. Uning bu boradagi fikrlari pandnomaning
«Ota-ona haqqini bilmoq zikrida» bobida bayon etilgan: «Har
bir farzandki, oqil va dono bo‘lsa, ota-ona, mehr-muhabbati-
ni ado etmakdin bosh tortmagay». U bu borada «Nima eksang,
shuni o‘rasan» degan maqolni ishlatib, u oilada bola tarbiyasi-
ning qo‘yilishi ana shu muhim maqol asosida qurilsa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Ma’lumki, «QOBUSNOMA» tarbiya borasida shunchalik
nodir asarlardan hisoblanadiki, uni mashhur hind masali
«Kalila va Dimna», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Ahmad
Yugnakiyning «Xibat ul xaqoniq», Alisher Navoiyning
«Mahbub ul qulub», «Vaqfiya» kabi asarlar qatorida ko‘radilar.
Undagi fikrlar va ko‘rsatmalar ota-onalar uchun, ayniqsa
o‘smir va o‘spirinlik yoshidagi yigit-qizlarni tarbiyalanishida
muhim dasturdir.
Turmush madaniyati, odob-axloq, sevgi-muhabbat borasi-
da o‘ziga xos qaytarilmas fikrlar sohibi buyuk bobokalonimiz
Alisher Navoiy
ning «Mahbub ul-qulub» yoki «Qalblarning
sevgisi» deb nom qo‘yilishi bejiz emas. Chunki bu asarda
Navoiy insonlarga qalbidagi eng kerakli o‘gitlarini bayon etib,
ularni turmushdagi, oilaviy hayotdagi turli hodisalar va vaziyat-
lardan chiqishga imkon beruvchi yaxshi fazilatlar, ularni tar-
biyalash masalalariga diqqatni qaratadi. Risolaning «Uylanish
va xotinlar to‘g‘risida» bobida u uylanish va uning foydasi,
oilaviy munosabatlar haqida durdona fikrlarni bayon etadi,
Unda asosan insoniyat dunyosida mavjud bo‘lgan 3 xil sevgi-
ning naqadar go‘zal, tabiiy va insoniyat taraqqiyoti uchun
zarurligini zikr qiladi. Insoniy sevgi, chin muhabbat, ikki xil —
21


jinsning turmushda barkamollik kasb etishi kabi g‘oyalarni
tarannum etgan bu nodir asar bugungi davrimiz uchun ham
g‘oyat g‘immatlidir. Navoiy ayol kishining oiladagi o‘rniga
quyidagicha to‘xtaladi:
«Yaxshi xotin — oilaning davlati va baxti. Uyning ozodali-
gi, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli
bo‘lsa — ko‘ngil yozig‘i, xushmuomala bo‘lsa — jon ozig‘idir.
Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob-anjomlar
saranjom turadi. Kishi bu kabi jufti halol bilan qovushsa, agar
bunday baxtga erishsa, g‘am va kulfatda sirdoshga, oshkor va
pinhoniy dard-alamda hamnafas tan mahramiga ega bo‘ladi.
Turmushda boshingga har qanday jafo tushsa, hamdarding u.
Teskari aylanuvchi falakdan har balo kelsa, ko‘makdoshing u.
Ko‘nglingga g‘am yuzlansa, u hamroh, badaningga xastalik va
zaiflik kelsa, uning ham joni halak, ammo xudo ko‘rsatmasin,
nomuvofiq xotin uchrasa, o‘z uyingda halokatli illat paydo
bo‘ladi. U beandisha, shallaqi bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor
chekadi va yomonlik axtaruvchi bo‘lsa, undan ruh azob cheka-
di. Tili achchiq bo‘lsa, barchaning dilini yaralaydi, pokiza
bo‘lmasa, eriga yuzi qoralik keltiradi, agar mayxo‘r bo‘lsa, uy
odobi yo‘qoladi, axloqsiz bo‘lsa, oila rasvo bo‘ladi».
Buyuk allomaning oilaviy baxt, sevgi va er-xotin muno-
sabatlari, ularga zarur bo‘lgan fazilatlar borasidagi bunday fikr-
larini bilish, ularga rioya qilish har bir yoshning muqaddas
burchi bo‘lmog‘i shart.
Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan
jiddiy ahamiyat berilgan. Ular «Nasihatnoma», «Pandnoma»,
«Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbalarda
qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy
fazilatlar shakllangan bo‘lishi, oila muqaddas, uni avaylab-as-
rash aynan uy bekalariga bog‘liq ekanligi haqida turli tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalar hikoya qilinadi.
Shunday kitoblardan biri turk olimi Yusuf Tovasliy to‘pla-
gan «Hikmatlar xazinasi»dir, unda kelin bo‘luvchi qizga beri-
ladigan ona o‘giti kishining diqqatini o‘ziga tortadi. Unda ona
uzatilayotgan qiziga quyidagilarni nasihat qiladi: 
«Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat
har kimga lozimdur, o‘git hammaga zarurdir. Nasihat bilma-
ganga o‘rgatadi, bilganni esiga soladi. Alloh bergan qonunga
ko‘ra, hayotga qadam qo‘yadigan har bir qiz erga, har bir
erkak ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar
22


erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni
hech kim buza olmaydi.
Shu sababli, sen tug‘ilib o‘sgan va voyaga yetgan uyingdan,
yayrab-yashnab, o‘ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o‘zing
bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir.
Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo‘lsin!
Sen unga yer bo‘lki, u senga osmon bo‘lsin! Sen unga uy bo‘l,
ul senga ustun bo‘lsin!
Aytganlariga amal qilsang, ering bilan go‘zal hayot kechi-
rasizlar, mas’ud, baxtiyor va saodatli turmush qurasizlar.
Bizlar ham (har ikki oila — bizning ham eringning oilasi ham)
huzur-halovatda baxtiyor bo‘lamiz. Aks holda (ya’ni aytgan-
larimga amal qilmasang) ikkala oilada ham huzur-halovat
bo‘lmaydi. Sen o‘zing bir jahannamda yashagandek bo‘lasan.
Qizim! Endi senga aytadigan o‘n o‘gitimga quloq sol!
Bularni doimo yodingda tut:
1. Qanoat sohibasi bo‘l. O‘z holingga shukur qil. Ya’ni
ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan xoh kiyadigan
narsa bo‘lsin, xushfe’llik bilan, go‘zal odob bilan qabul qilib ol,
eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko‘rsat. Zero, baxtli hayot
kechirmoqning bir yo‘li o‘z holiga shukur etmoqlikdir. Holiga
shukur etmagan, o‘z nafsini tiymagan kishida ko‘ngil huzuri,
qalb rohati bo‘lmaydi.
2. Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini
qilma! Ya’ni, ering bilan suhbatlashganda, muloqotda bo‘l-
ganda itoatli bo‘lishingni, uning so‘zlarini odob bilan tinglab,
ado etishingni sening so‘zlashib, quloq solishingdan tushunib
oladigan bo‘lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyi-
ngiz saodat nuridan porloq bo‘ladi.
3. Eringning ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi etibor ber!
Ya’ni uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday
qilki, eringning ko‘ziga bir chirkin yer ko‘rinmasin.
4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo‘yni sezsin,
dimog‘iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hidlar ering
ko‘z o‘ngida sening obro‘yingni tushiradi. Sendan irganishiga
sabab bo‘ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zariflik eng
yaxshi narsalardir. Inson ko‘ziga xush ko‘rinishlik shular bi-
landir.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech
qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o‘rgangan
bo‘lsa, o‘sha paytda ovqatini tayyorlagin. U kelishi bilan darhol
23


dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik insonning tez
jahlini keltiradi.
6. Uyqu vaqtini, uyg‘onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni,
uning qachon uyquga ketish payti bo‘lsa, o‘rnini tayyorlab
qo‘y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asabning buzu-
lishi, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-
sekin so‘ndiradi.
7. Eringning moli va ashyosiga juda e’tiborli bo‘l! Ya’ni,
eringning mol-dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla,
muhofaza qilgil. Chunki uning mol-dunyosi senikidir. Erning
mol-dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga yetish de-
makdir.
8. Eringning qarindosh va yaqinlariga hurmat ko‘rsat!
Ya’ni eringning qarindoshlari va yaqinlariga hurmat, uning
e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish eringni
hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir.
9. Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni eringning
ba’zi sirlarini bilgan vaqtingda ehtiyot bo‘lib, uni saqla,
birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo‘ysang, uning g‘azabini
keltirib qo‘yasan, ishonchini yo‘qotasan. Bunda tuzayotgan
oilangiz buziladi.
10. Eringning dinga to‘g‘ri keladigan barcha buyruqlarini
ado qil! Hech qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat
bo‘lmasin. Agar bir shunday harakat bo‘lsa, senga kin saqlab,
oxiri dushman bo‘ladi. U senga dushmanlik yo‘lini tutsa, sen
ko‘p zarar ko‘rasan va qo‘lingdan hech narsa kelmaydi.
Shuni yaxshi bilib olginki, ering xafa bo‘lganda sen
nash’ali, xursand bo‘lishdan, u xursand bo‘lganda, sen xafa
bo‘lishdan juda ehtiyot bo‘lgin. Chunki uning xafa bo‘lgan
paytida sening xursand ko‘rinishing, uning quvonchli bo‘lgan
vaqtlarida sening g‘amgin bo‘lishing unga hamdard bo‘lmaslik
kabi bir qusurni o‘rtaga tushiradi. Bu esa, fahmsiz va tarbiyasi
yomon odamlarga munosib ishdir.
Bu sen kabi yuksak bir tarbiya ko‘rgan aqlli va oqila xotin-
larga munosib emas.
Bolajonim! Eringga qanchalik ko‘p sevgi va hurmat
ko‘rsatsang, o‘zing shunchalik muhabbat va hurmatiga erisha-
san. Aytganlarini qanday bajarsang, so‘zlarini tinglasang, shu
darajada muhabbat va hurmatga sazovor bo‘lasan.
Farzandim! Shuni yaxshi bilginki, bu o‘gitlarimni o‘rniga
qo‘yib bajarib, keragicha amal qilib, o‘zingning shaxsiy istak va
24


orzularingga erishishing uchun ering ham o‘z istaklariga erishi-
shi kerakdir. Ering istaklarini o‘zingning orzu-istaklaring deb
bilsang, u holda bu o‘gitlarimga amal qilgan bo‘lasan!»
Bu nasihat oila uyasida jannat hayotida yashashni istagan
kelinchaklarga qaratilgandir. Bu o‘gitlar butun hayoti davomida
o‘z tajribasidan o‘tkazgan onaning nasihatidir.
Bu nasihat hozirda ham shirin turmush qurish va uni chi-
royli idora etish uchun har bir turmushga chiquvchi aqlli qizga
suv va havodek zarurdir.
Qanoat, sabr-bardoshli bo‘lish, erning xohishiga qarab, uni
hurmat qilish, oilada tozalikka, hayot gigiyenasiga rioya qilish,
pazanda bo‘lish, ovqatni vaqtida, mazali pishirish rejali te-
jamkor bo‘lish har bir oilaning barqarorligini, osoyishtaligini
ta’minlovchi omillardir.
Yusuf Tovasliy o‘gitlariga ko‘ra, erining mol-mulkini
saqlash — bu o‘zining, bolalarining mol-mulkini saqlash de-
makdir. Uyda er mulkini tejamaydigan, saqlashni bilmaydigan
xotin oila zavolidir. Shuningdek, erning qarindoshlariga hurmat
ko‘rsatish aqlli ayol uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ota-bobolarimiz
«gulni sevgan tikonni e’zozlaydi», — deydilar. Erining qarindosh-
lariga izzat va hurmat ko‘rsatishni bilmaydigan ayol huzur ichi-
da yashash yo‘llarini bilmaydigan ayoldir. Gul sevilib, tikon sevil-
maydimi? Tikonni izzat qilmagan, gul isidan bebahra qoladi.
Erining qarindosh yaqinlariga hurmat ko‘rsatishni bilmagan ayol
erining ko‘nglini ololmaydi, uning mehrini qozona olmaydi, u
erining nafratiga uchraydi, muhabbatini so‘ndiradi. Aqlli ayollar
bunday yo‘lni tanlamaydilar.
Shu o‘rinda donishmandlar ayol kishi erning sirini
o‘zgalarga oshkor etmaslik ham ularning eng yaxshi fazilati
ekanligini uqtiradilar. «Erning siri — oilaning siri. Haqiqatda er
sirini qalbining eng to‘rida tutgan aqlli xotinlar o‘z oilalarida
huzur va rohat quradiganlardir».
Shuning uchun har bir oqila ona, qizini uzatar ekan yoki
qizini oilaviy hayotga tayyorlar ekan — baxtli yashashi, baxtli
yashash uchun esa faqat oilada yashamog‘ini uqtirishi kerak.
Chunki juft bo‘lib yashamoq hayot sunnatidir. Nikoh vositasi-
da, shar’iy yo‘l bilan juft bo‘lib yashash — axloqiy poklik va
sog‘lik garovi, jamiyat mustahkamligi asosi ekanligini anglatish,
unga amal qilishini tushuntirishi kerak.
Yuqorida keltirilgan fikrlar yoshlarning yaxshi oila qurishi
va baxtli yashashi uchun zarur dasturulamal hamdir.
25


Mana shunday o‘gitlar bilan o‘stirilgan qizlarimiz ibo-ha-
yoli, andishali bo‘lishgan. Ular ota, aka-uka va erlarining hur-
matida bo‘lishgan.
Turkiston xalqlarining psixologiyasi, turmush tarzidagi
o‘ziga xosliklar, o‘zbek ayolining odobi va axloqi, oilada o‘zini
tutishi juda ko‘p olimlar va allomalarni qiziqtirib kelgan.
Masalan, XIX asrning 70-yillarida farangistonlik etnograf,
olima, musavvir Burdon xonim Turkiston ellari o‘rtasida
tadqiqot olib borgan edi. U bu xalqlarning hayot tarzi bilan
tanishish jarayonida ayollarning odobi, bolalarga munosabati va
er-xotin munosabatlarining guvohi bo‘ldi. Unga o‘zbek ayoli-
ning o‘z uyida, to‘y-marosimlarda, qo‘ni-qo‘shnilar bilan mu-
loqotda o‘zini tutishi, axloq-odobi, sharm-hayosi uni hayratda
qoldirdi. «Biz, — deb yozgan edi u, — madaniylashgan
Ovro‘po ayollari axloq-odobni, iffatni bizning nazarimizda
yovvoyi hisoblangan turkistonlik ayollardan o‘rganmog‘imiz
joiz ekan... Lesgaft, Didro nazariyalaridan mutlaqo bexabar bu
ayollar axloq nazariyasidan qo‘llanma yozsalar arzir ekan...»
/«Saodat»,1993, 10/.
Olima xonimning zamondoshi va maslakdoshi XIX asrning
oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Faxr-ul banot
Sibgatulloh qizi ham o‘z davrining olimasi edi. Uning asarlari
birinchi navbatda xotin-qizlarga qaratilgan bo‘lib, «Qizlar tar-
biyasi», «Oila saboqlari» kabi kitoblari qizlar maktablarida
darslik sifatida ham qo‘llanilgan. Bu risola 87 saboqdan iborat
bo‘lib, unda xulq-atvor, yurish-turish, muomala madaniyati-
ning psixologik asoslari berilgan.
Qadimdan qizlar tarbiyasi, ularni e’zozlash, ularga
o‘zgacha mehr bilan qarash xalqimizning oliy fazilati bo‘lgan.
Shu sababdan xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham bu masala-
ga e’tibor berilgan. Buning tasdig‘i sifatida ushbu rivoyatni
keltirishni lozim deb topdik. 
«Bir vaqtlar davlatmand aqlli odamning qizi aqlli-odobli
yigitga uzatilibdi. Kuyov odobli bo‘lganligi uchun qaynota
tomonidan juda sevikli kuyov bo‘libdi.
Qizning ukalari atrofidagilarning ta’siridanmi, yoki yoshlik
qilibmi, otalari pochchasini bunchalik yaxshi ko‘rishiga g‘ayr-
lik qila boshlabdilar.
O‘g‘illaridan biri akasiga bir kun: — Akajon, otam hadeb
«Kuyovim, kuyovim» degani degan. Hamma vaqt pochchamiz
uyga kelganda turli shirin ovqatlar qilinadi. Otam «kuyov un-
26


day, kuyov bunday» deb maqtaydi, xolos. Kuyov shunday
yaxshimi? — deydi.
Bu gaplardan xabar topgan ota — ey, mening aqli to‘lish-
magan o‘g‘ilginam, kuyovimni nega yaxshi ko‘rishimni bilasan-
mi? — deydi. U sen bilan mening nomusimizni qo‘riqlaydi.
Qizimizni, onangni, farzandimizni, bolajonimizni himoya qi-
ladi. Aslida men qizimni himoya etishim kerak, lekin hozir u
himoya qilayapti. Men uni yaxshi ko‘rmay kimni yaxshi
ko‘ray? Qizimizni juda yaxshi ko‘rganim uchun kuyovimni ju-
da yaxshi ko‘raman. Kuyovimni sevish qizimni sevish de-
makdir. Agar qizimga kuyovim qaramasa, men qarashim kerak
bo‘ladi. Sevikli o‘g‘illarim, ko‘zim nurlari! Ayol, ona, qiz
oilaning nomusidir. Nomusni saqlash, qo‘riqlash mard erkak-
larning ishidir. Mana, nomus nimaligini sizlarga o‘rgatdim.
Men qanday bo‘lsam, siz ham shunday bo‘lasiz. Onangiz siz-
ning nomusingizdir. Men o‘lsam, pochchangizga bir gap
bo‘lsa, opangizga siz qaraysiz, uning nomusini siz qo‘riqlaysiz.
Shun-day ekan, mening aytganimga quloq solib, pochchangiz-
ga mehr va hurmat ko‘rsatasiz, deydi.»
Shariatda qizini turmushga chiqarib, undan aloqasini uzgan
ota haqiqiy ota hisoblanmagan. Haqiqiy ota qiz farzandini
ham astoydil tarbiyalaydi, ham turmushga beradi, ham keyin-
chalik unga mehribonligini ko‘rsatib turadi. Farzandi, avlodi
qadr-qimmatini bilmagan, avlodiga muhabbati bo‘lmagan,
avlodini yomon yo‘ldan qaytarmagan, to‘g‘ri yo‘lga boshlama-
gan ota haqiqiy, chin musulmon emas, deyiladi.
Shuning uchun ham Hadisi Sharifda har kimki uch qiz
farzand o‘stirib, ularni turmushga berib, ularga yaxshilik qilish-
ni davom ettirsa, ul kimsa jannatidir, deyilgan.
Fan va ilm-u ma’rifat taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr olim, ma’rifatparvar-
lari — Ahmad Donish, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Avaz O‘tar,
Abdulla Avloniy kabilar esa Sharq mutafakkirlaridan ruhlanib,
axloq-odob, oila etikasi va psixologiyasiga oid qator asarlar
yaratdilar.
Abdulla Avloniyning oila pedagogikasi va psixologiyasiga
oid fikrlari ham diqqatga sazovordir. Uning 1913-yilda yozgan
va 1917-yilda ikkinchi marta nashr qilingan «Turkiy guliston
yoxud axloq» asari Kaykovusning «Qobusnoma», Yusuf Xos
Hojibning «Qutadg‘u bilik», Nosir Xisravning «Saodatnoma»,
Sa’diyning «Guliston va bo‘ston», Jomiyning «Bahoriston»,
27


Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarlariga o‘xshash janrda
yozilgan bo‘lib, muallif unda oilada bola tarbiyasi va umuman
oilaning ijtimoiy rolini ochib bergan. Avloniy tarbiya jarayoni-
da oilaning va jamoatchilikning o‘rnini alohida ta’kidlaydi.
Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida
ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar
g‘oyat katta ahamiyatga ega.
Bolaning shaxs sifatlariga to‘xtalib, unda oilaning rolini
ko‘rsatar ekan, «Qush uyasida ko‘rganini qiladur», — deydi.
«Inson javhari qobildir, agar yaxshi tarbiya topib, buzuq
xulqlardan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, har
kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo‘lub chiqar...».
Demak olim, bola tarbiyasida oilaning rolini birlamchi qilib
qo‘yadi: “... tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamoq lozim ekan.
Tarbiyani kim qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu
savolga «birinchi uy tarbiyasi — bu ona vazifasidir. Ikkinchi
maktab va madrasa tarbiyasi — bu ota, muallim, mudarris va
hukumat vazifasidir, — degan javob bersak». Ko‘rinib turibdi-
ki, Avloniy bolaning mukammal tarbiyasi nafaqat oilaga, balki
maktab va jamoat tashkilotlariga ham bog‘liqligini e’tirof etib,
tarbiya masalasini umuminsoniy vazifalar darajasida talqin et-
gan.
Yuqoridagi qisqacha tahlillarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki,
musulmon olami, Sharq mutafakkirlari orasida oila muammo-
lari bilan shug‘ullangan va shu xususda o‘zlarining qimmatli
fikrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko‘p.
Biz ularning ayrimlariga to‘xtaldik xolos.
2.2. NIKOH-OILA MUNOSABATLARINING 
EVOLYUTSIYASI
Mazkur darslikning kirish qismida ta’kidlab o‘tilganidek,
ushbu kurs davomida biz sizlar bilan nikoh-oila munosabatlari
psixologiyasiga oid masalalar bilan tanishib chiqamiz. Gap
nikoh-oila munosabatlari haqida borar ekan, dastavval, hozirgi
zamon oilasining, umuman nikoh-oila munosabatlarining
yuzaga kelishi va rivojlanish tarixi haqida zarur ma’lumotlarga
ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.
Nikoh-oila munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasiga,
hozirgi zamon oilasida kuzatiladigan ko‘plab holatlarga
psixoanalitik nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa, ularning
28


ildizi nikoh-oila munosabatlari evolyutsiyasining uzoq o‘tmishi
bilan bog‘liqdir. Shuni nazarda tutgan holda mazkur masalani
batafsilroq yoritishni lozim topdik.
Maxsus manbalarda qayd etilishicha, yer yuzida bundan
4 mlrd yillar muqaddam hayot nishonalari, jonzotlar yuzaga
kelgan. Hozirgi zamon odamlarining dastlabki ibtidoiy ajdod-
lari (Homo-sapiens) fikrlovchi odam bundan 3 mln. yillar
muqaddam shakllangan. Uzoq muddat davom etgan ibtidoiy
taraqqiyotdan so‘ng asta-sekinlik bilan ibtidoiy jamoalar, kishi-
lik jamiyatlari yuzaga kela boshlagan va odamlar o‘rtasida dast-
labki o‘zaro munosabatlar, muloqotlar shakllana borgan. Lekin
ularni hali tom ma’noda insoniy munosabatlar deb bo‘lmas
edi.
Umuman erkak va ayollarning bir-birlariga nisbatan qara-
ma-qarshi jins vakillari sifatida o‘zaro munosabatlarining ilk
ko‘rinishlarida, ya’ni nikoh munosabatlarining yuzaga kelishi-
ning ilk bosqichlarida jinslar o‘rtasidagi munosabatlar asosan
biologik omillar bilan boshqarilgan. Xuddi maymunlarda
bo‘lgani kabi ibtidoiy odamlarning ayollari ham vaqti-vaqti bi-
lan, qisqa muddatli (oy davomida 4—5 kungacha, faqat ayrim
turlardagina 19 kungacha) «estrus» degan holatni, estrus davri-
ni his qilganlar (estrus — qo‘shilishga moyillikning shiddatli,
kuchli nomoyon bo‘lishi). Bunday kunlarda ayollar kimni
xohlasa o‘shalar bilan farqlab o‘tirmay qo‘shilavergan, qolgan
kunlari esa qo‘shilish bo‘lmagan. Odamlarning tik yurishga
o‘tishi bilan odam organizmida ro‘y bergan o‘zgarishlar, «ilk
ayollarni» ko‘z yorish jarayonida ko‘p nobud bo‘lishiga va oqi-
batda odamlar to‘dasida ularni sonining keskin kamayib
ketishiga olib kelgan. Shu tufayli erkaklar o‘rtasida ko‘plab ni-
zolar yuzaga kelgan, ularning ko‘pchiligi qonli to‘qnashuv
ishtirokchilaridan birining nobud bo‘lishi bilan tugagan.
Bunday tabiiy tanlanish estrus hodisasi uzoqroq muddat davom
etgan urug‘larning ko‘proq yashab qolishiga olib kelgan. 
Biroq bu biologik omil «ilk ijtimoiy» rejadagi yangi
to‘siqlarni yuzaga keltiradi: hech bir organizm bunday uzoq
vaqt davom etgan o‘ta shahvoniy, asabiy zo‘riqishlarga dosh
bera olmas edi. Shuning uchun estrus muddatining uzayishi bi-
lan ayollar bu davrda «sovuqroq», o‘zining jinsiy maylini nazo-
rat qiladigan va endi kim to‘g‘ri kelsa o‘sha bilan emas, balki
faqat o‘zlariga yoqadigan erkaklar bilangina qo‘shiladigan
bo‘lib borganlar.
29


Erkaklarga nisbatan «tanlab» munosabatda bo‘lish — o‘ziga
xos insoniy muhabbatning biologik poydevori yuzaga kela
boshlaganligidan dalolat beradi. 
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishimiz joizki, hozirgi odam
tushunadigan, his qiladigan «sevgi» hissining ilk elementlari,
ayollarning shu holati xususiyati evaziga insoniyat ruhiyatiga
singib borgan. Shulardan so‘ng, asta-sekinlik bilan, garchi
hech qanday ijtimoiy me’yorlar bilan boshqarilmasada, bir-bir-
larini shahvoniy ma’qul ko‘radigan juftlardan iborat unchalik
katta bo‘lmagan guruhlar tashkil topa boshlaydi. Shunday
qilib, estrusning uzayishi hamma uchun ham qulay, ma’qul
bo‘lmagan. Bu esa urug‘ tarkibiga kiruvchi erkaklar o‘rtasida
yana janjallar, qon to‘kilishlarga sabab bo‘ladigan holatlarni
keltirib chiqargan. Odamlar jamoasi xo‘jalik faoliyatining jiddiy
buzilishi, urug‘ning yashab qolishi uchun xavfning ro‘yobga
chiqishiga olib keldi. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda,
urug‘ ichidagi jinsiy muloqotni boshqarish, biologik instinkt,
zoologik individualizmni jilovlash uchun maxsus ijtimoiy me’-
yorlar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me’yorlardan
biri mazkur urug‘ ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqot-
larini ma’lum bir muddatga (ovga tayyorlanish, ov vaqtlarida)
taqiqlovchi jinsiy tabular (taqiqlash)ning yuzaga kela boshla-
ganligidir.
Tabu — axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy va
qattiq taqiqdir. Axloqiy me’yorlarni buzuvchilarni jamoa jazo-
lashi, uni yo‘q qilib yuborishi ham yoki kechirib tirik qoldirishi
ham mumkin. Ko‘pincha esa tabularni buzganlar, ular buni
bilib qilganmi yoki bilmaymi, bundan qat’i nazar so‘zsiz ja-
zolangan, yo‘q qilib yuborilgan. 
Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabularning yuzaga kelishi urug‘
o‘rtasida erkak va ayolni maishiy ajratib qo‘yish bilan kuzatila-
di. Tabu vaqtida erkaklarga nafaqat ayollarga teginish, balki
ularga qarash, ular bilan gaplashish, ular tayyorlagan ovqatni
iste’mol qilish, hatto ular bilan bir tom ostida ya’ni «bir uyda»
bo‘lishi taqiqlangan.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi, mavsumiy dala ishlari-
ning ortib borishi bilan jinsiy tabulardan xoli vaqtlar borgan
sari kam muddatli bo‘lib boravergan. Erkaklarda ham, ayollar-
da ham jinsiy zo‘riqishning jadalligi ortib borgan. Shuning
uchun tabulardan xoli qolgan vaqt oralig‘i o‘ziga xos shahvoniy
aysh-u ishratlarga aylana borgan. 
30


Atoqli psixolog Z. Freyd bu davrni o‘z navbatida bayram-
larga qiyoslagan. Chunki aksariyat bayramlarda, boshqa kun-
lari taqiqlangan deyarli barcha narsaga ruxsat beriladi. Bu
bayramlarda hech nima bilan cheklanmagan, jo‘shqin jinsiy
muloqotlar amalga oshirilgan.
31
6 - j a d v a l
Nikon-oila munosabatlarining evolyutsiyasi
Yer yuzidan bundan 4 mlrd
yillar muqaddam hayot 
nishonalari, jonzotlar 
yuzaga kelgan
Hozirgi zamon odamlarining
dastlabki ibtidoiy ajdodlari
(Hamo-sapiens) fikrlovchi
odamlar bundan 3 mln yillar
muqaddam shakllangan
Nikoh munosabatlarining yuzaga kelishining ilk bosqichlari jinslar
o‘rtasidagi munosabatlar asosan biologik omillar bilan boshqarilgan
Ibtidoiy odamlarning ayollari
Vaqt-vaqti bilan
Qisqa muddatli (oy davomida, 
4—5 kungacha)
Tabiiy-axloqiy
me’yorlarga
qaraganda 
ancha jiddiy
va qattiq
taqiqdir
Egzogam nikoh
Juft nikoh
Er va xotin, ularning
bolalari oilasi
Urug‘-
lararo
nikoh
Qabilalar
aro
nikoh
«Estrus» degan holatni < estrus 
davrini his qilganlar


Shunday qilib, qisqa muddatli estrus yuzaga kelgan, biroq
endi bu estrus biologik sabablar bilan emas, ijtimoiy sabablar
bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu vaqtlarda hali na nikoh va na oila
mavjud bo‘lgan.
O‘z navbatida tabular keyinchalik nikohning ilk turlaridan
bo‘lmish ekzogam nikohlarni yuzaga keltiradi (ekzogam
nikoh — urug‘lararo, qabilalararo nikoh). Chunki tabular faqat
o‘z urug‘i uchungina taalluqli bo‘lib, unda qon-qarindoshlar
o‘rtasida jinsiy muloqot taqiqlangan, boshqa qabila yoki urug‘
a’zolariga esa taalluqli bo‘lmagan. Shuning uchun erkaklarga
qayerdadir, ovloq joyda boshqa urug‘ga mansub bo‘lgan ayolni
uchratib qolib, undan shahvoniy obyekt sifatida foydalanishi
mumkin bo‘lgan. Mabodo erkaklar uzoq muddat qishloq xo‘ja-
lik ishlari bilan band bo‘lgan vaqtlarida biron-bir begona erkak
bilan ayollar ham bu ishni qilishgan. Tabu davom etayotgan
davrda bir urug‘ erkagi o‘z ayollaridan uzoqda, o‘z kulbasida
boshqa urug‘ga mansub ayolni saqlashi mumkin bo‘lgan.
Keyinchalik bu tasodifiy aloqalar qabila qoidalarida odatiy,
zaruriy, ko‘zda tutilgan odatlarga aylanib bordi. Bu o‘rinda
odamlarga, bu «boshqa urug‘dagilar» bilan bo‘lgan aloqalardan
tug‘ilgan nasllar nisbatan bo‘ydor, baquvvat abjir ekanligi
sezilib bordi. Bu aynan hozirgi zamon odami gomosapiens
shakllana boshlagan davrga, taxminan bundan 42—45 ming yil-
lar muqaddamga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib endogamiya (faqat bir urug‘ vakillari
o‘rtasidagi jinsiy aloqa)dan, agomiya, ya’ni jinsiy munosabatlarn-
ing vaqtinchalik taqiqlanishi orqali ekzogamiya (turli qabila
vakillari o‘rtasidagi muntazam jinsiy aloqa) yuzaga keldi. Bundan
nikohning guruhli nikoh (äóàëüíî ðîäîâîé) turi yuzaga kelgan.
Guruhli nikohda bir urug‘ erkaklari boshqa urug‘ning barcha ay-
ollari uchun er va aksincha ikkinchi urug‘ning erkaklari birinchi
urug‘ ayollarining erlari hisoblangan.
Guruhli nikohning yuzaga kelishi qaytanga nikoh juftlari
doirasini ma’lum bir guruh a’zolari bilangina chegaralab, bir-
muncha, qisqartiradi. 
Bunday hollarda boshqa urug‘dagi «erkak» bu qabilaga
faqat bitta maqsadda, «nikoh» maqsadidagina kelar edi, o‘zlari
esa ona oilalarida yashardi va ishlashardi, ular o‘zlarining
«xotin»lari yashaydigan oilada hech qanday huquqqa ega emas
edilar.
Guruhli nikoh ikki urug‘ning nikoh aloqalaridan iborat
32


bo‘lgan — nikoh munosabatlarining birinchi shakli bo‘lgan.
Albatta, bunday urug‘larni hali moddiy ne’matlar ishlab
chiqish emas, balki bolalarni dunyoga keltirishgina bog‘lab tur-
gan. Ishlab chiqarish va bolalarni dunyoga keltirish muno-
sabatlari bir-biridan ajratib qo‘yilgan edi. Jinsiy aloqalar esa
faqat bir-birlari bilan mulkiy ishlab chiqarish ishlari bilan
bog‘lanmagan odamlar o‘rtasidagina mavjud bo‘lgan.
Guruhli nikoh shaxsiy nikoh bo‘lmagan, ya’ni unda biron-
bir doimiy «er-xotinlik» juftlari mavjud bo‘lmagan. Har bir
ayolning nikoh jufti aynan kim bo‘lishligi urug‘ tomonidan bel-
gilanmagan, bu faqat odamlarning xolis xohishlari, istaklarining
namoyon bo‘lishi bo‘lgan xolos. Urug‘ faqat zo‘ravonlik, maj-
burlash hollari kuzatilgandagina aralashishi mumkin bo‘lgan,
ya’ni har bir individga o‘zi qanday xohlasa, shunday yo‘l tutish
huquqi ta’minlangan. Bunday munosabatlarni hozirgi zamon
tili bilan «nikoh», deb atash mushkul, chunki bunday muno-
sabatlar juftlardan na huquq, na majburiyat va na o‘zaro
mas’uliyatni talab qilgan. Shuningdek, oila deb atash mumkin
bo‘lgan, bolalarni boqish va tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan
alohida bir muhabbat ham bo‘lmagan.
Tabiiyki, guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi kim
ekanligini aniqlash mushkul bo‘lgan, shuning uchun bolalar-
ning kelib chiqishi faqat ona tomonidangina hisoblangan.
Urug‘ni faqat ayolga tegishli tomoni tan olingan. Bolalar faqat
o‘z onasinigina bilganlar. Ularning singillari, singillarining bo-
lalari, tug‘ishgan aka-ukalari va boshqa qarindoshlar ona
urug‘ini tashkil qilgan.
Guruhli nikohning moddiy asosi bo‘lib asosan uy xo‘jaligi-
ni yuritish hisoblangan, chunki bu vaqtga kelib ovchilik ham-
ma vaqt ham urug‘ ehtiyojini qondira olmay qolgan. Bu davrda
ayol uy xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni ba-
jargan va shu bilan bog‘liq holda urug‘ a’zolari o‘rtasida o‘ziga
xos hurmatga ega bo‘lgan, urug‘ oqsoqollari kengashida e’ti-
borli o‘rin egallagan. Matriarxat (onalik) davri bir necha o‘n
ming yillar davom etgan.
Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o‘zaro mayllar zaminida
yetarlicha doimiy juftlar shakllana boshladi. Bundan paydo
bo‘lgan juftli nikoh dastavval bir erkak doimo faqat bitta ayol
bilan yashashligini bildirmagan. Erkak kishi bir necha ayol
bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan, xuddi shuningdek ayol ham bir
necha erkak bilan munosabatda bo‘lgan. Aniqrog‘i, bunday
33
2 — Oila psixologiyasi


nikohni juftli nikoh emas, balki ibtidoiy-egalitar, ya’ni teng
huquqli nikoh deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Tabiiyki, urug‘ning bir-
muncha boobro‘ a’zolari bir necha ayolga ega bo‘lishi mumkin
bo‘lgan. Bu davrga kelib ko‘p erlilik kamroq uchragan. 
Bunday juft nikohlar taxminan bundan 25—24 ming yillar
muqaddam urug‘ ichida xo‘jalik va iqtisodiy munosabatlarning
yangi shakllariga o‘tish bilan xususiy mulkchilikning yuzaga ke-
lishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu yo‘lda qo‘yilgan birinchi qadam
«sovg‘a ayirboshlash» deb atalgan odat bo‘lgan.
Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan
urug‘ning, qabilaning har bir a’zosi mehnati mahsuldorligi
sezilarli darajada ortgan va bu ortiqcha iste’mol mahsulotlari-
ning yuzaga kelishiga olib kelgan. Har bir ishchi o‘zi yaratgan
mahsulotni qabilaning «umumiy qozoniga» tashlaydigan es-
kicha taqsimot shakli endi ishlab chiqarishning yanada rivoj-
lanishiga to‘sqinlik qila boshladi (chunki bu qabilaning nopok,
dangasa a’zolarini ham ishlab chiqish faoliyatidan jazosiz
qutulib qolishligiga olib kelgan). Shuning uchun qabila or-
tiqcha mahsulotni ma’lum bir qismini qabila mulkiga o‘zining
abjirligi, chaqqonligi, ishlab chiqarish faoliyatida ko‘proq mu-
vaffaqiyatlarga erishganligi bilan farqlanib turgan a’zolariga
«mukofot» tariqasida taqsimlashga ruxsat berishga majbur
bo‘lgan. Hammaga teng taqsimlash bilan birga asta-sekin
odamning imkoniyatiga, uning qabila mulkiga qo‘shayotgan
ulushi miqdoriga qarab «mehnat haqi» taqsimlana boshlangan.
Agar teng taqsimlanishda jamoa mahsulotidan ulush olish
«huquqi» mazkur urug‘ga taalluqliligiga qarab berilgan bo‘lsa
(jamoa mulkiga qancha hissa qo‘shganidan qat’i nazar), endi
bu «huquq» mahsulot yaratishdagi ishtirokiga asoslanadigan
bo‘ldi.
Urug‘ning ayrim a’zolarida ortiqcha mahsulot, shaxsiy
mulkning paydo bo‘lishi, oilaning shakllanishi tomon qo‘yilgan
yangi qadam bo‘lgan «sovg‘a ayirboshlash»ni yuzaga keltirdi.
Erkak kishi boshqa urug‘dagi «o‘z ayoliga» «mukofotini» sovg‘a
qilgan, shuningdek ayol ham o‘zinikini unga bergan. Toki ular
o‘rtasida sovg‘a ayirboshlash davom etar ekan, erkak bilan ayol
o‘rtasidagi jinsiy aloqa ham davom etavergan. Sovg‘a ayirbosh-
lashning to‘xtatilishi esa ular o‘rtasidagi aloqaning ham tu-
gashini bildirgan. Shunday qilib, nikohning yana bir turi indi-
vidual juft nikoh yuzaga kelgan.
Bunda ayolni o‘zining qondosh qarindoshlari, ya’ni o‘z
34


urug‘i erkaklari bilan teng taqsimlash munosabatlari, boshqa
urug‘dagi erkaklar bilan esa sovg‘a ayirboshlash munosabatlari
bog‘lab turgan. 
Shuni aytib o‘tish joizki, juftli oilaning yuzaga kelishi,
boshidanoq uni o‘z urug‘iga qarshi qo‘yishni va onalik urug‘i
asoslarining buzilishiga olib kelishini bildirgan. Ya’ni erkak
kishi o‘z mukofotini boshqa urug‘dagi «o‘z ayoli» va uning
bolalariga qanchalik ko‘p bersa, uning o‘z onalik urug‘iga
shunchalik kam ulush qolgan.
Biroq «er» hali «xotinning» va uning bolalarining yagona
boquvchisi bo‘lmagan. Juftli oilalarni yanada asosliroq bo‘lishi
uchun sovg‘a ayirboshlash noadekvat bo‘lishi kerak edi, ya’ni
er-xotiniga, xotin eriga berganga qaraganda ko‘proq berishi
lozim edi, shunday qilib u(er) xotinning bolalarini boquvchisi
bo‘lib qolishi, sovg‘a ayirboshlash munosabatlari boquvchilik
munosabatlariga aylanishi lozim edi. Shu bilan birga erkakni
xotin va uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq mud-
datli bo‘lib bordi. Nihoyat (äóàëüíî ðîäîâîé) qabilalararo
nikoh zaminida doimiy o‘rin olgan xo‘jalik birligi — jamoa
tashkil topdi, unga erlar o‘z xotinlari va ularning bolalari bilan
kirdi. Erkaklar o‘z singillaridan, ayollar esa mos ravishda o‘z
aka-ukalaridan ajralishdi. Yangi iqtisodiy xo‘jalik birligi yoki
oilaning yana bir turi — juft oila yuzaga keldi, unga, asosan er,
xotin va uning bolalari kirdi. 
Endi nikoh o‘ziga xotinning bolalarini tarbiyalash va bo-
qishni ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan erkak va ayolning it-
tifoqiga aylandi. Buning uchun er-xotinning har biri o‘z
urug‘idan olgan ulushidan, mahsulotidan foydalanishgan. Juft
nikohning yuzaga kelishi bilan juftlar o‘rtasidagi jinsiy muno-
sabatlar nafaqat shunchaki axloqiy me’yorlar bilan boshqari-
ladigan doiralarga, balki, ijtimoiy-iqtisodiy doiraga (ramkaga)
kiritildi.
Oilani ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi rivojlanishining
umumiy ko‘rinishlari asosan nikoh rishtalarini mustahkamlash
sari borib, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi aloqalarni
chegaralab borgan. Masalan, Yangi Gvineyadagi papauslarda
nikoh mustahkamligini ta’minlovchi shunday iqtisodiy vosita-
lardan biri bo‘lib kelin uchun to‘lanadigan to‘lovlar(qalin) xiz-
mat qilgan. Er xotinini, uning bevafoligi uchun jazolash
huquqini olgan, shuningdek yetkazilgan «axloqiy ziyon uchun»
uning o‘ynashidan moddiy rag‘bat ham talab qilishi mumkin
35


bo‘lgan. (Albatta, bu erkakni shu xotinning bolalarini boqishda
faqat uning eri bo‘lganligi uchungina ishtirok etishga majburligi
bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu bolalarni onasining eri — ota deb
atalgan, bu o‘rinda biologik nuqtayi nazardan u haqiqatan ham
shu bolalarning otasi bo‘lmasligi mumkin. Hali u vaqtlarda bi-
ologik qarindoshlik ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi va mustahkamla-
nishi bilan sinfiy munosabatlar shakllana borgan, bu esa
nikohning hozirgi zamon shakli — monogamiyaning shaklla-
nishiga asos bo‘lgan. Monogam oila va monogam nikoh o‘zi-
ning klassik shaklida faqat sinfiylik jamiyatining yetilishi bilan
tasdiqlana borgan.
Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi bir odam ishlab
chiqarish vositalarining to‘la yoki boshqaruvchi egasi bo‘lib
qolishini, boshqa odam esa ulardan butunlay mahrum bo‘lish-
ligini yoki xususiy mulk egasi tobe bo‘lishligini bildiradi. Agar
avvalida ijtimoiy (jamoa) mahsulotini olish uchun faqat shu
jamoaning a’zosi bo‘lishgina kifoya bo‘lsa, keyinchalik buning
uchun odamning ijtimoiy (jamoa) mehnatidagi haqiqiy ishtiro-
ki talab qilindi, so‘ng esa nafaqat jamoaga a’zolik va na
mehnat, balki aynan ishlab chiqarish vositalariga, xususiy
mulkka egalik jamiyatda ishlab chiqilgan mahsulotni taqsim-
lashga asos bo‘lib qoldi.
Teng taqsimlash va mehnatiga yarasha taqsimlash o‘rniga
xususiy mulkka egaligiga qarab taqsimlash yuzaga keldi.
Mehnatning o‘zi, o‘z-o‘zicha jamoa tomonidan yaratilgan
mahsulotdan ulush olishga huquq berolmay qoldi. Qul o‘zi
yaratgan mahsulotning arzimagan qismini olish huquqiga ham
ega bo‘lmagan, chunki uning o‘zi ham (butun borlig‘icha, hat-
to uning hayoti ham) to‘laligicha xususiy mulk egasiga, quldor-
ga tegishli bo‘lgan. Bu jamiyat miqyosida, oila miqyosida ham
shunga o‘xshash o‘zgarishlar ro‘y bergan. Xususiy mulkchilik-
ka, sinfiylik jamiyatiga o‘tish bilan, teng taqsimlanishning bu-
tunlay yo‘qolishi bilan bolalarni boqish, tarbiyalash majburiyati
butunlay oila zimmasiga yuklatiladi. Bunda er faqat ishlab
chiqarish vositalarining egasi, mulkdori bo‘lganligi uchungina
boquvchi hisoblanadi. Bu o‘rinda u mehnatda ishtirok etishi
yoki ishtirok etmasligi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Ayol esa faqat xususiy mulk egasi bo‘lmaganligi uchun bo-
quvchi rolida mavjud bo‘lgan. Uning mehnatda ishtirok etishi
(hatto oiladagi barcha moddiy boyliklar faqat uning mehnati
36


evaziga yaratilgan bo‘lsada) hech qanday rol o‘ynamaydi.
Shunday qilib, sinfiylik jamiyatida er-xotin o‘rtasidagi aloqalar
asosida ularning ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan muno-
sabatlari yotadi.
Agar hatto ijtimoiy taqsimot bo‘yicha kelayotgan mahsu-
lotning hammasi xotin tomonidan yaratilgan bo‘lsa ham, agar
hatto er xotinni emas, balki xotin erni ta’minlaydigan bo‘lsa
ham xususiy mulk egasi bo‘lib er hisoblangan, aynan u bo-
quvchi hisoblangan. Shunday qilib, bu davrga kelib xotin qul
rolini bajarishga tushib qolgan. Ayollar ko‘plab fuqarolik
huquqlaridan mahrum etilgan, u qonun oldida ham o‘z eri bi-
lan teng bo‘lmagan. Quldorlik va feodal jamiyatlarda faqat
erkaklargina bevosita ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish muno-
sabatlari tizmiga kirishgan. Ayollar esa bu tizimlar bilan faqat
o‘z erlari vositachiligi orqaligina aloqada bo‘lgan.
Shu bilan birga erga oila uchun barcha majburiyat, barcha
mas’uliyat yuklatilgan. Er qonuniy tartibda oilani barcha a’zo-
larining, o‘z farzandlarining xo‘jayini deb e’lon qilingan.
Qondoshlikni onalik chiziqlari bo‘yicha hisoblash mumkin
bo‘lmay qolgan, uning o‘rniga qarindosh-urug‘chilikni otalik
chizig‘i, shajarasi bo‘yicha hisoblab kelingan. Masalan,
Napaleon kodeksida jumladan, otasi kimligidan qat’i nazar
«nikohda urug‘langan bolaning otasi er hisoblanadi», — deb
ta’kidlangan. Bu erkakni o‘zining biologik jihatdan ham ota-
likning ishonchliligini ta’minlashga o‘z xotinini begona erkak
bilan aloqaga kirishish ehtimolini bartaraf etishga intilishlarini
tug‘dirdi. Xotindan vafodorlikni talab qilish ham, kelindan if-
fatlilikni talab qilish ham shundan kelib chiqqan. Hatto er
ko‘pincha xiyonat ustida tutib olingan xotinini o‘ldirish uchun
qonuniy huquqqa ham ega bo‘lgan. Masalan, Fransiyada XIX
asrning o‘rtalarida ham xotinning eriga xiyonat qilganligi
uchun unga 3 oydan 2 yilgacha qamoq jazosi belgilangan. Bu
talablar (monogamiyaning bu turi) aslida faqat ayollar uchun
tarqatilgan. Ayol kishi uchun jinoyat deb hisoblangan va jiddiy
oqibatlarga (huquqiy va ijtimoiy) olib keluvchi xatti-harakat
(masalan, turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilish), erkak uchun,
qandaydir obro‘ yoki juda yomon baholanganda unchalik
ahamiyatli bo‘lmagan, faxr bilan «osib yurish» mumkin bo‘lgan
axloqiy dog‘dek hisoblangan. 
37


Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. Nikoh-oila munosabatlari qanday yuzaga kelgan?
2. «Tabu» nima va u nikoh-oila munosabatlarining yuzaga ke-
lishida qanday rol o‘ynagan?
3. Estrus hodisasi nima?
4. Nikoh-oila munosabatining ilk turlaridan qaysilarini bilasiz?
5. Xususiy mulkchilikka o‘tish bilan oilaviy munosabatlarda qan-
day o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
6. «Sovg‘a ayirboshlash» nima va u nikoh-oila munosabatlarining
yuzaga kelishida qanday rol o‘ynagan?
7. Xususiy mulkchilikka asoslangan sinfiylik jamiyati nikoh-oila
munosabatlari xarakteriga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
8. Oila deb qanday guruhga aytiladi?
9. Oilaga oid qanday fikrlar va falsafiy qarashlarni keltirishingiz
mumkin? 
Oila va nikoh haqida fikrlar:
* * *
Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir.
J.Santayana
* * *
Oila — jamiyatning dur-u gavhari.
V.Gyugo
* * *
Nikoh kishilik jamiyatining birinchi pog‘onasidir.
Sitseron
* * *
Har qanday nikoh ustidan bir narsa amr qilib turmog‘i
lozim: har bir odam o‘z huzur-halovati uchungina emas, balki
davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda nikohdan o‘tmog‘i
kerak
.
Aflotun
38


* * *
Nikoh ko‘p tashvish tug‘diradi, ammo nikohsiz turmushda
ham hech qanday shodlik yo‘q.
S.Jonson
* * *
Nikoh odamzod avlodlari davomiyligini ta’min etuvchi
zaruratdir.
Lukian.
Bu keltirilgan fikrlarni tahlil qilib ko‘ring.
39


III b o b. OILA TASNIFLANISHI 
3.1. HOZIRGI ZAMON OILALARINING TURLARI
Oldingi mavzuimizda oila, nikoh haqida, nikoh-oila
munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi, oilaning klas-
sik turlari haqida fikr almashdik. Unda keltirib o‘tilgan oila
turlari klassifikatsiyasiga ko‘ra hozirgi zamon oilasi «Monogam
oila»lardan iboratdir. Biroq hozirgi zamon monogam oilasi
ham o‘z navbatida bir-biridan tuzilishi, tarkibi, mohiyati va
boshqa xususiyatlariga ko‘ra yana bir qator turlarga bo‘linadi.
Hozirgi zamon oilalarining qanday turlarga ega ekanligi va
ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos
muammolarni o‘rganish, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan noxushliklarning oldini olish imkonini beradi. Quyida
shular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko‘ra quyidagi-
larga farqlanadi:
1. To‘liqligiga ko‘ra: to‘liq, noto‘liq va qayta tuzilgan
(ikkinchi nikoh) oilalar.
2. Bo‘g‘inlar soniga ko‘ra: nuklear (ota-ona va bolalardan
iborat bo‘lgan) va ko‘p bo‘g‘inli (ikki va undan ortiq avloddan
iborat oila a’zolari birga yashovchi) oilalar.
3. Bolalar soniga ko‘ra: farzandsiz, bir bolali, ikki bolali,
3—4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. Turli mamlakatlar-
da bu mezonlar turlichadir. Masalan, AQSH, Fransiya, Ger-
maniya, Gretsiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda
3—4 bolali oilalar ko‘p bolali oilalar hisoblanadi. O‘zbekiston-
da bunday oilalar farzandlar soni o‘rtacha bo‘lgan oilalar
sarasiga kiradi.
4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra: ishchilar,
dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, aralash tipdagi oila.
5. Er-xotinning ma’lumot saviyasiga ko‘ra: oliy ma’lu-
motlilar, o‘rta-maxsus, o‘rta, tugatilmagan o‘rta, maxsus yor-
damchi maktab ma’lumotiga ega bo‘lgan qayliqlardan tashkil
topgan oila.
40


6. Oilaning «yoshiga» ko‘ra: yosh oila (1 yilgacha, 3—5 yil-
lik, 6—10 yillik turmush tajribasiga ega bo‘lgan oilalar), o‘rta
yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila (qariyalar oilasi).
7. Qayliqlarning ota-ona oilasi (ota-onasi)ning moddiy
ta’minlanganlik darajasi jihatidan qudalarning bir-biriga mos
ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi bo‘yicha bir-
biriga mos va mos bo‘lmagan oilalar.
8. Regional jihatlariga ko‘ra: shahar, qishloq, aralash tipda-
gi oila.
9. Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga ko‘ra, ajralish saviyasi-
da — nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada bo‘lgan oila,
o‘rta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori
saviyadagi oila.
10. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga ko‘ra: er yetakchi
bo‘lgan oila, xotin yetakchi bo‘lgan oila, er va xotin yetakchi-
likni birga bajaradigan (biarxat) oila.
11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga ko‘ra: avtori-
tar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar.
12. Er-xotinlarning millatiga ko‘ra: bir millatli yoki bay-
nalmilal oilalar. Baynalmilal oilalarni o‘z navbatida ikkiga
bo‘lish mumkin:
— dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirgan millat
vakillari orasida nikohlar, masalan, o‘zbek-tojik, o‘zbek-qozoq,
o‘zbek-turkman, rus-ukrain, o‘zbek-tatar va boshqalar; 
— dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan millat
vakillari orasidagi nikohlar, masalan, o‘zbek-rus, o‘zbek-
ukrain, o‘zbek-eston, o‘zbek-nemis va boshqalar.
Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko‘ra: sinovdagi oila (birga
yashashadi, ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki
bir-birlarini norasmiy nikohda sinashayapti), rasmiylashtirish
arafasidagi oila (birga yashashadi, oila qurish maqsadi aniq,
ammo ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra rasmiylashtirish kechik-
tirilayapti), nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila (ayrim erkak
kishilarning ikkinchi, uchinchi, yuridik jihatdan norasmiy
oilasi). Nikohdan tashqari oilalarning ayrimlari pinhona bo‘lsa,
ko‘pchiligi haqida erkak kishining birinchi oilasi va qarindosh-
lari bilishadi.
41


42
8 - j a d v a l
7 - j a d v a l
Oilaning tasniflanishi
Ijtimoiy kelib 
chiqishiga ko‘ra 
oila turlari
Xizmatchilar oilasi
Ishchilar
oilasi
Dehqonlar
oilasi
Aralash
tipdagi
Ziyolilar
oilasi
Oilaning to‘liqligiga ko‘ra turlari
To‘liq oila
Qayta tuzilgan oila
(ikkinchi nikoh)
Noto‘liq oila
9 - j a d v a l
Oilaning bo‘g‘inlar soniga ko‘ra turlari
Nuklear oila
Ota-onalar va bolalardan
iborat bo‘lgan oila
Ikki va undan ortiq
avloddan iborat birga
yashovchi oila a’zolari
Ko‘p bo‘g‘inli oila


43
10 - j a d v a l
11 - j a d v a l
Oilaning bolalar soniga ko‘ra turlari
Farzandsiz
oilalar
3—4 bolali oilalar
5 va undan ortiq 
bolali oilalar
Oliy 
ma’lumotlilar oilasi
O‘rta 
ma’lumotlilar oilasi
Tugallanmagan
o‘rta 
ma’lumotlilar oilasi
Turli saviyadagi
ma’lumotga ega
bo‘lganlarning
oilasi
Maxsus 
yordamchi maktab 
ma’lumotiga ega
bo‘lgan oilalar
Er-xotin 
ma’lumoti
saviyasiga ko‘ra
oila turlari
O‘rta 
ma’lumotlilar oilasi
Ikki bolali
oilalar
Bir bolali
oilalar


44
13 - j a d v a l
Qayliqlar ota-onasi oilasining moddiy ta’minlanganlik 
darajasiga ko‘ra turlari
Qayliqlarning 
bir-biriga mos ekanligi
Qudalar orasida katta
tafovut mavjudligi bo‘yicha
bir-biriga mos va mos
bo‘lmagan oilalar
12 - j a d v a l
Oilaning yoshiga qarab turlari
Yosh oilalar
1 yilgacha bo‘lgan
oilalar
3—5 yillik oilalar
6—10 yillik oilalar
Yetuk yoshdagi
oilalar
Qariyalar oilasi
O‘rta yoshdagi
oilalar


45
14 - j a d v a l
Oilalarning regional jihatiga ko‘ra turlari
Shahar tipidagi
oilalar
Aralash tipidagi
oilalar
Qishloq tipidagi
oilalar
15 - j a d v a l
Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga ko‘ra turlari
Er yetakchi bo‘lgan
oila
Er va xotin yetakchi
bo‘lgan oila
Xotin yetakchi
bo‘lgan oila
Oilaning nikohdan qoniqqanlik saviyasiga ko‘ra turlari
Ajralish saviyasida — nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviya-
da bo‘lgan oilalar
Nikohdan qoniqqanlik darajasi o‘rta saviyada bo‘lgan oilalar
Nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyada bo‘lgan oilalar


46
17 - j a d v a l
Oilaning yuridik rasmiylashtirilganligiga ko‘ra turlari
Sinovdagi oila
Birga yashashadi, ammo hali nikohni
rasmiylashtirmagan, chunki bir-birini
norasmiy nikohda sinashayapti
Rasmiylashtirish
arafasidagi oila
Birga yashashadi, oila qurish 
maqsadi aniq, ammo ayrim obyektiv
sabablarga ko‘ra rasmiylashtirish
kechiktirilayapti
Nikohdagi oila
Birga yashashadi, nikohi qonuniy
rasmiylashtirilgan
Nikohdan
tashqari oila
Ayrim erkak kishilarning ikkinchi,
uchinchi, yuridik jihatdan norasmiy
oilasi
16 - j a d v a l
Oilaning er-xotin orasidagi munosabatlariga ko‘ra turlari
Avtoritar oila
Liberal oila
Aralash oila
Demokratik oila


O‘zbek oilasining yuqoridagi ijtimoiy-psixologik klassifika-
tsiyasi, ularga xos psixologik xususiyatlar mutaxassis (sotsiolog,
psixolog)lar tomonidan ilmiy o‘rganilishi va yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlashda xizmat qilishi kerak.
3.2. HOZIRGI ZAMON OILASINING 
ASOSIY VAZIFALARI
Har bir oila ijtimoiy tizim struktura sifatida jamiyat oldida
ma’lum bir vazifalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifalari
haqida gapirganda, bir tomondan jamiyatning oilaga ta’sirini,
ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy tizimda oilaning
o‘rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik) vazifala-
rini hisobga olish lozim.
Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy vazifalarni
bajargan: 
iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv, kommu-
nikativ, regulyativ (boshqaruv)
.
Bu haqda Sharq allomalari Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino,
Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish va boshqalar o‘z
asarlarida yozib qoldirganlar.
Albatta, bu sanab o‘tilganlar hozirgi zamon oilasini asosiy
vazifalarining yagona klassifikatsiyasini tashkil eta olmaydi.
Chunki ayrim manbalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy,
xo‘jalik va o‘zaro yordam kabi vazifalar hozirgi zamon oilasi-
ning muhim vazifalari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan, sotsiolog
olimlar (U.M.Sverdlov, V.A.Ryasensov, V.P.Klyuchnikov) esa
47
18 - j a d v a l
Er-xotinlarning millatiga ko‘ra, oila turlari
Bir millatli oilalar
Dini, urf-odatlari yoki tili
bir guruhga kirgan 
millat vakillari orasidagi
nikohlar
Dini, urf-odatlari yoki tili
bir guruhga kirmagan 
millat vakillari orasidagi 
nikohlar
Baynalmilal oilalar


inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va xo‘jalik
vazifalarini farqlaydi; S.D. Laptenok xo‘jalik-maishiy, aholi
sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a’zolari dam olishi —
hordig‘ini tashkil etish; N.G.Yurkevich — ma’naviy muloqot,
seksual, bolalarni dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi
hamkorlik, uy xo‘jaligini yuritish uchun zarur vositalarni
ta’minlash, dam olishni tashkil qilish, o‘zaro moddiy va ma’-
naviy qo‘llab-quvvatlash; A.G. Xarchev — aholi sonini qayta
tiklash, ijtimoiylashuv, xo‘jalik, iste’mol va dam olishni tashkil
qilish kabilarni farqlaydi. Mana yuqoridagilardan ko‘rinib
turibdiki, qator oilashunos mutaxassislar tomonidan oilaning
asosiy vazifalari turlicha klassifikatsiya qilinmoqda. Bu o‘rinda
oila vazifalarini shunchaki sanab o‘tish emas, balki ularni bir
tomondan odamlarning moddiy, xo‘jalik-maishiy va ikkinchi
tomondan emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini
qondiruvchi vazifalarga farqlash muhim.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, hozirgi zamon oilasida
emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish vazi-
fasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakter-
ga ega bo‘lgan vazifalarda ham hissiylik ko‘proq tus olib bor-
moqda. Hissiy, emotsional kontaktlarning ahamiyati shahar
oilalarida kuchliroq anglanmoqda. Qishloq oilalari esa uy
hayvonlari va tomorqa yerlarining borligi evaziga shahar
oilalariga qaraganda jamiyatning ishlab chiqaruvchi bo‘g‘inini,
ishlab chiqaruvchilik vazifasini ko‘proq saqlab qolmoqda.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida bugungi za-
mon oilasining asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni sanab
o‘tish mumkin: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv,
kommunikativ, regulyativ (boshqaruv), feliotsitologik kabilar.
48
OILA VAZIFALARI
œ
iqtisodiy;
œ
reproduktiv;
œ
tarbiyaviy;
œ
rekreaktiv;
œ
kommunikativ;
œ
regulyativ (boshqaruv);
œ
feliotsitologik.


3.3. OILANING IQTISODIY VAZIFASI
Oilaning iqtisodiy vazifasi uning asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Oila iqtisodi, budjeti, daromadini rejali sarflash,
kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha
yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejab
ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega
bo‘lishlariga bog‘liq. Shuningdek, oilada o‘sayotgan bola ham
mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligi-
ni unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni
o‘rgata borish lozim. Keyingi yillarda oilalarda yuzaga kelayot-
gan iqtisodiy muammolar oiladagi shaxslararo munosabatlarga
salbiy ta’sir etishi bilan birgalikda, bolalar bilim saviyasining
pasayishiga ham olib kelmoqda. Bunday noxush holatlarning
oldini olish maqsadida moddiy qiyinchiliklar tufayli hosil
bo‘ladigan muammolarni bartaraf etishda odamlarga psixologik
yordam ko‘rsatish lozim. 
Oila o‘zining shu vazifasi tufayli jamiyatga, davlatga katta
iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqti-
sodiy ta’minlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi
katta miqdorni tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat
muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16—18 yil tarbiya-
lab, ishchi kuchi sifatida yetishtirish uchun (uni boqish, kiyin-
tirish, o‘qitish, moddiy ta’minlash va sh.k.) davlat tomonidan
har bir bolaga sarflanadigan mablag‘ va aynan shunday ishchi
kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari
miqdorini solishtiradigan bo‘lsak, o‘rtadagi farq birinchilar foy-
dasiga bir necha yuz ming so‘mni tashkil qiladi. 
Tasavvurga osonroq bo‘lishi uchun aytish mumkinki, har
bir bolani voyaga yetkazish uchun oila davlatga kamida o‘n-
o‘n besh million so‘mdan ortiq miqdorida iqtisodiy foyda kelti-
radi. Bu boradagi, ya’ni har tomonlama kamol topgan ma’-
naviy-axloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog‘lom shaxsni
yetishtirishning ma’naviy-axloqiy jihatlarini hech qanday iqti-
sodiy me’zon bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Bu, oilani iqtisodiy vazifasining atigi birgina shaxsni shakl-
lantirish borasidagi qimmatini ko‘rsatadi xolos. Hozirgi zamon
oilasida xo‘jalik ishlarini yuritish, ishning yo‘lga qo‘yilishi,
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, fermer xo‘jaligi, shaxsiy
ishlab chiqarish kabilarning o‘sib borishi, uning jamiyat oldida-
gi iqtisodiy vazifasi ahamiyatini yanada ortib boraverishini
ko‘rsatadi.
49


50
19 - j a d v a l
Oilaning iqtisodiy vazifasi
Oila o‘zining iqtisodiy vazifasi orqali jamiyatga, 
davlatga katta foyda keltiradi
Oilaning iqtisodiy vazifasi
Er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo‘lishlariga bog‘liq
Oila iqtisodi va budjeti
Oilaning kundalik 
xarajatlariga, zarur 
buyumlarga pul ajratish
Bir necha yildan so‘ng 
olinadigan narsalarga
mablag‘ yig‘ish, tejab
ro‘zg‘or yuritish
Oila daromadini rejali
sarflash
Quyidagi mezonlar jamiyat oldida oilaning iqtisodiy vazifasi 
ahamiyatini tobora orttiraveradi
Xo‘jalik ishlarini yuritish
Fermer xo‘jaligi
Shaxsiy ishlab chiqarish
omillari
Moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish


51
3.4. OILANING REPRODUKTIV VAZIFASI
Oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan yana biri bu uning
reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bo-
lalarni dunyoga keltirish) vazifasidir. Bu vazifaning asosiy
mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir. Oila faqatgi-
na yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, ularni in-
soniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy
va madaniy yutuqlari bilan tanishtirish, ularning salomatligini
saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod
qoldirish instinkti odamda farzand ko‘rishga, ularni o‘stirishga
va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni
qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his qila ol-
maydi. Shuningdek, er-xotinda, farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq
holda butunlay yangi hissiyotlar: ayolda — onalik, erkakda —
otalik hissi paydo bo‘ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini
yanada mustahkamlovchi asosiy omil hamdir. 
Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv vazifasi va uning ba-
jarilishi deyilganda aholi sonining qayta tiklanishi uchun har
bir oilada nechtadan farzand bo‘lishi lozimligi nazarda tu-
tiladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, agar har bir oilada bittadan
farzand bo‘ladigan bo‘lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan
keyin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin ekan. Har bir oilada ikki-
tadan farzandning bo‘lishi ham aholi sonini saqlab turishni
ta’minlay olmaydi. Demograflarning ta’kidlashlaricha, oila
o‘zining reproduktiv vazifasini bajarishi uchun har bir oilaga
o‘rtacha 2,6 ta farzand to‘g‘ri kelishi kerak.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi vazifalarini bajarib
qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga o‘z vazifalarini muvaf-
faqiyatli bajarishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib
berishi lozim. Bu o‘rinda hukumatimiz tomonidan yuritilayot-
gan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar
bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bunday siyosatning asosiy
yo‘nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko‘p bolali va
kam ta’minlangan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh
oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar va shu kabilardan
iborat.


3.5. OILANING TARBIYAVIY VAZIFASI
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir vazifasi
tarbiyalashdir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tar-
biyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni
faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning
so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona — san’atkor,
bola — san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng milliy qadriyatlarimizning
tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-
odatlarimiz, an’analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan
tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug‘, mahallaning ham ta’siri)
bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oilaning tar-
52
20 - j a d v a l
Oilaning repeoduktiv vazifasi
Oilaning reproduktiv vazifasining mohiyati inson turini davom
ettirish, ularni ilmiy va madaniy yutuqlar bilan tanishtirish, salomat-
ligini saqlab turishdan iborat
Oilaning reproduktiv vazifasi
Er-xotinda farzand tug‘i-
lishi bilan bog‘liq holda
butunlay yangicha qarash-
ning paydo bo‘lishi
Oilaning 
reproduktiv
vazifasi
Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv
vazifasi va uning bajarilishi deyilganda
aholi sonini qayta tiklanishi uchun har
bir oilada nechtadan farzand bo‘lishi lo-
zimligi nazarda tutiladi
Oilaning o‘zining reproduktiv
vazifasini bajarish uchun har
bir oilada, o‘rtacha 2,6 ta
farzand to‘g‘ri kelishi kerak
Erkaklarda — otalik hissi
Paydo bo‘ladi
Ayolda — onalik hissi


biyaviy vazifasining susayishi va targ‘ibot-tashviqot ishlarining
kamligi natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning
(ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta’siriga
berilish, ma’naviy buzuqlik yo‘liga kirish) paydo bo‘lishi
tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini
shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur
vazifasi darajasiga kiradi.
Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga
oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-
g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’yorlar va xulq namunalari,
53
Jamiyatning siyosiy-g‘oyaviy dunyo-
qarashi shakllangan komil fuqarosini
tarbiyalash
Ma’naviy tarbiya
Estetik tarbiya
Axloqiy tarbiya
Madaniy tarbiya
Diniy tarbiya
Komil inson 
tarbiyasi
Jismoniy 
tarbiya
Milliy urf-
odatlarimizga
asoslangan 
tarbiya
Milliy 
qadriyatlarga
asoslangan 
tarbiya
Aqliy tarbiya
Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va
e’tiqodiga aloqador ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi,
oila haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, tarbiya omili va muhitidir
Oilaning 
tarbiyaviy 
vazifasi 
yo‘nalishlari
21 - j a d v a l
Oilaning tarviyaviy vazifasi


jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalqimizda «qush uyasida
ko‘rganini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadi-
gan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar
va qadriyatlarni o‘zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.
3.6. OILANING KOMMUNIKATIV VAZIFASI
Oilaning kommunikativ vazifasi oila a’zolarining o‘zaro
muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga
xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ij-
timoiy yo‘nalganlik, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning
axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o‘zaro,
ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqotda
psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy-
psixologik iqlimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. 
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika
taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotining ur-
banizatsiyalashuvining (radio, televideniye, video, kompyuter
va boshqalar) ortib borishi, oilalarning tobora nuklearlashib
borayotganligi bilan oilaning kommunikativ vazifasining aha-
miyati, oila a’zolarining bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbat-
lashib olishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu o‘rinda
o‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyati: ko‘p avlodlilik, ko‘p
farzandlilik kabilar bunday oilalar a’zolari o‘rtasida o‘zaro mu-
loqot to‘laroq amalga oshishiga asos bo‘ladi, ularning o‘zaro
muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynay-
di. Biroq so‘nggi yillarda ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar
o‘rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e’tiborning pasayishi,
oila a’zolari o‘rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa
qishloq oilalarida), holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o‘zaro
munosabatlarning yomonlashuvi natijasida oila a’zolarining
ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o‘z joniga qasd qi-
lish) kabi noxush holatlarning kelib chiqishi ham kuzatilmoq-
da. Bunday noxushliklarning oldini olish uchun eng avvalo oila
a’zolari o‘rtasida oshkora, yaqin, o‘zaro tushunishli, ishonchli
muloqotning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish, lozim bo‘lsa, bu borada, yoshlarga tegishli bilimlarni
berish aholi uchun psixologik maslahatxonalar faoliyatini
yo‘lga qo‘yish, treninglar tashkil etish, «Ishonch telefonlari»,
«Qalb markazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini
takomillashtirish lozim.
54


3.7. OILANING REKREATIV VAZIFASI
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy
zamonlardan buyon unga xarakterli bo‘lib kelgan xususiyatlar-
dan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni
o‘z a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash,
shuningdek bolalarga va mehnatga yaroqsiz yoki keksa
qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilar-
dan iborat bo‘lib kelgan.
55
Kommunikativ — oila aa’zolarining muloqotga va o‘zaro
tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga
Oilaning kommunikativ vazifasi yo‘nalishlari
Oilaning kommunikativ vazifasi oila a’zolarining o‘zaro muloqot va
o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi
Oiladagi o‘zaro ichki mulo-
qot xarakteri
Oiladagi axloqiy-psixologik
iqlim mavjudligi
Turli 
ijtimoiy 
holatlar,
vaziyatlar va hissiy mada-
niyat rivojlanganligi
Oiladagi yoshi katta a’zo-
larning o‘zaro muloqotida
psixologik yondashuvlarning
namoyon bo‘lishi
Odamning axloqiy, ma’-
naviy va psixologik
Oilalarning tobora nuklear-
lashib borayotganligi
Oila a’zolarining bir-biri bi-
lan «odamlarcha» suhbat-
lashib olishi
Fan-texnika rivojlanib odam-
lar kundalik hayotining ur-
banizatsiyalashuvi ortib bo-
rishi
22 - j a d v a l
Oilaning kommunikativ vazifasi


Bu holat o‘z navbatida oilaning asosiy vazifalaridan yana
birini, uning rekreativ vazifasini tashkil qiladi. Oilaning
rekreativ — o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik
yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash,
oila a’zolari dam olishini tashkil etish vazifasidir. Bu vazifa
keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila
a’zolari salomatligini mustahkamlash, oila a’zolarining dam
olishini tashkil etish, oila a’zolarining bevosita mehnat, o‘qish
va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda, ya’ni bo‘sh vaqt-
larni birgalikda o‘tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda
bularning o‘zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bu-
gungi kun oilasi mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan omillardan hisoblanadi. Bo‘sh vaqt jamiyatning niho-
yatda muhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan
odamlar turlicha foydalanadilar. Bo‘sh vaqtini muntazam
ravishda qanday o‘tkazishiga qarab har bir odamning yetuklik
56
Oila a’zolarining
mehnat qilish,
o‘qishdan tashqari
dam olishlarini
tashkillashtirish
O‘zaro ma’naviy
va psixologik yor-
dam ko‘rsatish
Oila a’zolarining dam olishini
tashkil etish
O‘zaro jismoniy va
moddiy yordam ko‘r-
satish
Oilaviy tadbirlar 
doirasini
kengaytirish
Oiladagi o‘zaro tib-
biy yordam ko‘r-
satish
Milliy qadriyatlar-
ga asoslangan tar-
biya
Oila a’zolarining salomatligini
mustahkamlash
Oilaning rekreativ vazifasi
o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va
psixologik yordam ko‘rsatish, bir-birining salomatligini mustahkam-
lash, oila a’zolari dam olishini tashkil etish
Oilaning 
rekreativ 
vazifasi 
yo‘nalishlari
23 - j a d v a l
Oilaning reketativ vazifasi


darajasiga, ma’naviy dunyosiga baho berish mumkin. Bu bora-
da erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki — dam olish va
sog‘lomlashtirish ishlariga davlat miqyosida ahamiyat berila
boshlandi. Lekin ko‘pchilik turli sabablar bilan (ularning o‘zlari
ko‘proq moddiy sababni ko‘rsatishadi) madaniy dam olishga
e’tibor bermay qo‘yganligini ham aytib o‘tish lozim. Hozirgi
vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qator oilaviy tadbir-
lar doirasi kengayib bormoqda.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning
rekreaktiv vazifasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o‘z zimmasi-
ga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini ta’minlash, qariyalarga
bepul tibbiy yordam ko‘rsatish (bizning milliy xususiyatlarimiz-
ga yot bo‘lsa-da, qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam
olishlari va o‘z sog‘liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradi-
gan dam olish uylari va sanatoriylarning ochilishi kabilar shular
jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oila a’zolarining axloqiy-
psixologik himoyalanganligini ta’minlashdagi roli tobora ortib
bormoqda. Chunki odam faqat o‘z oilasidagina va faqat o‘z
yaqinlari qurshovidagina o‘zini tom ma’noda xotirjam, erkin
his qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning o‘rnini hech
bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.
3.8. OILANING FELITSITOLOGIK VAZIFASI
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayot-
gan vazifalaridan biri uning felitsitologik vazifasidir (italyancha
«felitsite» — baxt). Shaxsiy baxtga erishishga intilish oilaviy
munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi bo‘lib bor-
moqda. Baxt nima o‘zi? Hozirgi zamon oilasi o‘z a’zolarining
baxtini ta’minlashda qanday rol o‘ynaydi? Baxtga intilish har
bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila
qurishga undaydi. Inson o‘ziga ato etilgan baxtning to‘rtdan
uch qismini oiladan choraktaga yetar-etmas qismini boshqa
narsalardan topadi. 
Oilada er-xotinning bir-birini to‘liq tushunishi — ularning
o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. 
Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar
(iqtidor)ni ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash
ham insonga o‘zini baxtli his qilish imkonini beradi. Keyingi
vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga inti-
57


lish darajasi ham ortib bormoqda. Lekin ba’zan nopok yo‘llar
bilan pul topish orqali baxtli bo‘lishga intilish yoki o‘zgalar
hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab
turadi. Ba’zan esa oila a’zolarining (ayniqsa, er-xotinning)
shaxsiy baxtga o‘z-o‘zicha intilishi oilalarda noxush holatlar
(xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuning
uchun har bir shaxs o‘zida ko‘proq vijdonlilik, poklik, halollik
kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berishi
lozim.
58
24 - j a d v a l
Oilaning felitsitologik vazifalari
Oilaning felitsitologik vazifasi — oilaviy munosabatlar tizimida shaxsiy
baxtga erishishga intilish
Inson o‘ziga ato etilgan baxtning to‘rtdan uch qismini oiladan, 
choraktaga yetar-etmas qismini boshqa narsalardan topadi
Oilani baxtli bo‘lishini ta’minlovchi omillar
Baxt italyancha «feli-
tsite» so‘zidan olingan
Baxtga intilish har bir inson uchun
tabiiydir va aynan shu baxtga in-
tilish ularni oila qurishga undaydi
Oilada er-xotinning bir-
birini to‘liq tushunishi
ularning o‘zlarini baxtli
his qilishlarini ta’min-
laydi
O‘zidagi mavjud tabibiy-
ijodiy imkoniyatlar, iqti-
dorini ro‘yobga chiqarish
insonga o‘zini baxtli his
qilish imkonini beradi.
Insonning jamiyat va oila
doirasida iqtidorini sarflash
unga o‘zini baxtli his qilish
imkonini beradi
Har bir shaxs o‘ziga vijdonlilik,
poklik, halollik kabi ma’naviy-
axloqiy fazilatlarni tarbiyalash-
ga e’tibor berishi lozim.


3.9. OILANING REGULYATIV
1
VAZIFASI
Oilaning regulyativ vazifasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijti-
moiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni
o‘z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazo-
rat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo‘llab-
quvvatlash nazarda tutiladi. O‘tgan zamonlarda oilaning
boshqarish vazifasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab
ham qo‘yilgan. Unga ko‘ra oilada kim oila boshlig‘i bo‘lishligi,
uning obro‘si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shu a’zosi
(asosan ota) butun umri davomida o‘z farzandlari va oila a’zo-
lari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo‘lgan. Ota-onasiga
bo‘ysunmaganlarni jazolash hollari ham nazarda tutilgan.
Hozirgi zamon egalitar oilalarida esa oilaning boshqaruv
vazifasi asosan axloqiy me’yorlar, oila a’zolarinig shaxsiy
obro‘si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan
bo‘lgan munosabatlaridagi obro‘si kabilar yordamida amalga
oshiriladi. Shunga ko‘ra ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga
boshchilik qilish oila a’zolarining qiziqish va imkoniyatlarini
hisobga olgan holda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda (er-xotin-
ning alohida-alohida) liderlikka intilishi natijasida oilaviy nizo-
larning ortib borishi, bolalarning har tomonlama e’tibordan
chetda qolishi, natijada jinoyatchilik ko‘chasiga kirib ketishi
kabilar kuzatiladi. Ba’zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi
o‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning ko‘payib bo-
rishiga olib kelishi mumkin. 
Shu bilan birga oilaning boshqaruv vazifasi oila a’zolari-
ning xulqi, mas’uliyati, majburiyati kabilarni ham boshqarishni,
nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Odam oila qurganidan so‘ng,
albatta, uning ijtimoiy mavqeyi o‘zgaradi. Endi u «uylanmagan
yigit», «turmushga chiqmagan qiz» emas, balki «oilali»
odamdir. Shunga ko‘ra u o‘zining xatti-harakatlari, xulqini
ham oilali odamga xos tarzda qaytadan ko‘rib chiqadi. Oila
qurish tufayli uning mas’uliyati ortadi. Erning va xotinning
xulqi ham endi o‘ziga xos boshqariladi. 
59
1
Regulyativ
— bu o‘rinda boshqarish ma’nosida qo‘llaniladi.


3.10. OILANING RELAKSATSIYA VAZIFASI
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy vazifalaridan yana biri
relaksatsiya vazifasidir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy,
emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qo-
biliyatini yana qayta tiklash demakdir. Ma’lumki fan-texnika
tarqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabat-
larining jadallashuvi, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida yangi
texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson
ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruhiy
zo‘riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab
chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, bu-
tun vujudi bilan ishlashni va o‘zining kasb-hunar mahoratini
muntazam oshirib borishni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish
jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jara-
yonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib,
o‘zining mehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.
Ish kuni davomida ko‘tarinkilik, kuchli zo‘riqish bilan ishlagan
xodim, ishchi ishdan so‘ng o‘z uyida, oila a’zolari qurshovida
boshqa tashvishlarni unutib, ular unga ko‘rsatadigan mehr-oqi-
batdan bahramand bo‘lib, ular bilan bo‘ladigan o‘zaro mulo-
qot, ular tomonidan bo‘ladigan emotsional qo‘llab-quvvatlash,
beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olib, ertangi kun mehnat
faoliyatiga o‘zini qayta tiklab olishi lozim bo‘ladi. Buning
uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o‘zaro tushunish,
o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim hukm sur-
mog‘i lozim. Aks holda odam bu oilada emotsional jihatdan,
ruhiy jihatdan o‘zini qayta tiklab ololmaydi. Bu esa oqibatda
odamning mehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik,
jarohatlarga yo‘l qo‘yishiga, turli kasalliklarga duchor bo‘lishiga
olib kelishi mumkin. Yuqoridagi vazifalarning muvaffaqiyatli
bajarilishi har qanday oila uchun oila baxtini ta’minlovchi me’-
zon hisoblanadi. 
Shuni ham nazarda tutish kerakki, oila — jamiyatning bir
bo‘lagi, uning asosiy yacheykasidir. Shuning uchun oilaning
o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki ho-
latiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham
ta’sir etadi. Shunday ekan, jamiyatni sog‘lomlashtirish uchun
eng avvalo oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, oilaning faqat
ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammo-
larni ham hal qilishga hissa qo‘shishini ta’minlash lozim.
60


Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. Hozirgi zamon oilasining qanday turlari mavjud?
2. Hozirgi zamon oilasining qanday asosiy vazifalari farqlanadi?
3. Oilaning har bir vazifasi jamiyat va shaxs uchun qanday
ahamiyatga ega?
Mavzuga oid rivoyatlar
1. Isrofgar xotin va uning eri
Bir vaqtlar qishloqda yashaydigan er-xotin bo‘lgan ekan.
Er juda xushfe’l, vazmin, sabr-qanoatli zot ekanlar. Ammo xo-
tini yaxshi tarbiya olmagan, er qadrini bilmagan, uy-ro‘zg‘or
ishidan bexabar, isrofgar, xojasini qon qustirgan badbaxt ayol
ekan.
Ko‘p vaqtlar o‘tgach ul odam xotinidan xafa bo‘la boshlab-
di. Chunki u nasihat qilsa, quloq solmas emish. Yaxshi gapirsa,
tushunmasmish. Qo‘pol gapirishga esa erning odobi yo‘l
qo‘ymas ekan. Er yana nasihat qilarmish:
— Xonim, tejamli, tutumli ro‘zg‘or yuritgin. Men ko‘p
charchadim , avvalgi kuch-quvvatim qolmadi.
Bir kuni ul odam uyda qolibdi. Havo sovuq bo‘lganidan o‘sha
kuni ishga bormabdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, kecha olib kelgan
o‘tinlarini xotini quchoq-quchoq o‘choqqa solib yoqardi.
— Ey, xonim! Sen nima qilyapsan, o‘zi? Shuncha ham
o‘tin yoqiladimi? Sal ayab yoqqin o‘tinlarni, — dedi u odam
tutoqib.
— Nima qilay, bundan ham kam o‘tin yoqsam, uy isimay-
di, — javob berdi xotini.
Oradan vaqtlar o‘tib, ul odam xastalanib qoldi. Tog‘dan
o‘tin kesib keltirish xotinning o‘ziga qoldi. Xotin borib, o‘tin
kesib, orqalab keldi. Eri turib, o‘choqqa bir quchoq o‘tin soldi.
Buni ko‘rgan xotini:
— Siz qanday odamsiz, nima qilyapsiz, o‘tinni kesib orqa-
lab keldim, yelkam yara bo‘ldi. Ayab yoqing, mening holimga
tushuning, — dedi.
— Yaxshi xonim, xo‘p bo‘ladi. Sen xafa bo‘lma. Bir tutam
o‘tinni bekorga yoqmayman, sen aytgancha bo‘la qolsin, —
xotinini tinchitdi u.
Ul odam oxiri tushundiki, ota-bobolarimiz: «Ming nasihat-
dan bir mashaqqat, musibat yaxshi», «Odamga ming o‘git
61


bergandan, qiyinchilik tezroq aql kirgizadi», «Nasihat bilan
tuzalmaganning haqqi azobdir», deb juda to‘g‘ri aytgan ekan-
lar.
2. Boylikmi, oqila xonimmi?
Bir vaqtlar Bag‘dodda yuz bergan kuchli yong‘inda boy-
ning hamma boyligi kuyib kul bo‘ldi. Butun mol-dunyosining
bir zumda yo‘q bo‘lganiga chidamagan odam Bag‘dod
ko‘chalarida faryod-u fig‘on chekib yig‘ladi. U odam ham
yig‘lardi, ham uyiga qarardi. Bu falokatni ko‘rib, uning
qarshisidan bir oqil odam chiqib debdi:
— Ey do‘stim, bu kap-katta odamga yig‘lash nimasi?
Uyi yongan odam:
— Men yig‘lamay kim yig‘lasin?.. Bir zumda hamma
mol-u mulkim kul bo‘ldi-ketdi! Bir lahzada faqir va qashshoq
bo‘ldim, — dedi.
Ko‘pni ko‘rgan-kechirgan oqil odam:
— Yaxshi, uydagi umr yo‘ldoshing qanday? Aqllimi, eri-
ning dardi, erining kayfiyatini, erining qadrini biladimi? — deb
so‘radi. 
Uyi yongan kishi bir zumda o‘ylanib qoldi va:
— Ha, bu jihatdan baxtiyorman. Ollohga shukur, farosatli,
soliha xonimim bor, — dedi.
Ko‘rgan-kechirgan kishining xotini afsuski, ko‘ngildagidek
emas, bu jihatdan baxtsiz edi. U uyi kuygan odamga bunday
debdi:
— U holda nega yig‘laysan, ey nodon?! Bu dunyoda mato
uchun ham ko‘zyoshi to‘kadimi? Men shunday bir xotinga uy-
langanmanki, aqli kalta, er qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen
falokatning nimaligini bilmaysan. Sen aqli kalta, tili uzun, jag‘i
tinmas bir xotinga uylangin, o‘shanda bilasan falokat nimaligi-
ni! Do‘konlaring yonibdi, nima bo‘libdi? Sen sog‘ bo‘lsang,
hammasini topasan. Yoningda ko‘nglingdagidek xotining senga
madadkor bo‘lib, ma’naviy quvvat berib turganidan keyin tezda
o‘zingni o‘nglab olasan.
62


IV b o b. O‘SMIRLIK YOSHIDAGI O‘G‘IL VA 
QIZLARNING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI 
4.1. O‘SMIRLIK DAVRI HAQIDA TUSHUNCHA
Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo‘lmish yosh
psixologiyasi fani bevosita inson psixologiyasining namoyon
bo‘lishi va rivojlanishini turli yoshlarda qanday kechish
xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganadi. Psixo-
logik xususiyatlarni namoyon bo‘lishining yosh xususiyatlari
o‘rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, yosh psixo-
logiyasida turli yosh davrlari bir-biridan sezilarli farqlanadi.
Bular: chaqaloqlik, ilk bolalik, maktabgacha ta’lim yoshi,
kichik maktab yoshi, o‘smirlik, ilk yoshlik, yoshlik, yetuklik va
keksalik davrlaridir. Bu davrlarning har biri o‘ziga xos xususi-
yatlarga, sifatlarga ega bo‘lib, ular bir-biridan odamning
xronologik yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ragina emas, balki shu
davrda inson ruhiyatida kechadigan hodisalar, ro‘y beradigan
o‘zgarishlar, uning ruhiyatidagi umumiy qonuniyatlarga ko‘ra
ham farqlanadi.
Biz o‘smirlik davri psixologiyasi haqida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘smirlik davri insonni bolalikdan — yoshlikka o‘tuvchi va
o‘z navbatida boshqa davrlardan o‘zining nisbatan keskinroq,
murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr
taxminan bolalarning 5—8-sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri
keladi va 11—12 yoshdan 14—15 yoshgacha bo‘lgan davr
oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1—2 yil ertaroq
yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. 
O‘smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyotlarda
«o‘tish davri», «og‘ir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan
ham ataladi. Bu davrning «og‘irligi», «keskinligi», «murakkabli-
gi» nimalar bilan asoslanadi?
O‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab
psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda
rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijti-
moiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o‘zgaradi. Bu
63


64
25 - j a d v a l
O‘smirlarning yosh psivologik xususiyatlaari
O‘smirlik davri haqida tushuncha
O‘smirlik davri — in-
sonning 
bolalikdan
yoshlikka o‘tuvchi va
boshqa davrlardan mu-
rakkabroq kechishi bi-
lan farqlanib turuvchi
davrdir
Bu davr taxminan bolalarning
5—8 sinflarda o‘qish paytlariga
to‘g‘ri keladi
11—12 yoshdan 14—15 yosh-
gacha bo‘lgan davr oralig‘ida
kechadi
«O‘tish davri»
Inqiroz davri
Og‘ir davr
Psixologik omillar
Fiziologik omillar
Ijtimoiy omillar
Bog‘liq
O‘smirlik davrida
O‘smirning qiziqishlar tizimi
O‘z-o‘zini anglashi, baholashi,
qadriyatlari
Ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan
shakllanadi
Uning o‘z «men»i va shu
«men»ning ahamiyati ortadi
O‘zgaradi


65
davrda o‘smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining
fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lgan turli xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib
bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham
emas. Uning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan bo‘lgan
munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi.
Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan shakl-
lanadi, o‘z-o‘zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o‘zgaradi.
Uning uchun o‘z «men»i va shu «men»ning ahamiyati ortadi.
4.2. O‘SMIR ORGANIZMIDA RO‘Y BERADIGAN 
O‘ZGARISHLAR 
O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar shundan
iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik,
fiziologik yetukligi borasida tub o‘zgarishlar amalga oshadi.
Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetish jarayonining
yangi bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita
o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishi bilan boshlanadi. Bu
davrda gipofiz bezining vazifalari faollashadi. Uning old qismi-
dan ajralib chiqadigan garmon organizm to‘qimalarining o‘sishi
va boshqa muhim ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez,
buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Ularning
faoliyati o‘smir organizmida ko‘plab o‘zgarishlarni yuzaga
keltiradi, jumladan bo‘y o‘sishining keskin tezlashishi (bir yil-
da o‘g‘il bolalarda 4—5 sm, qizlarda 3—4 sm o‘sishi kuzatila-
di), jinsiy balog‘atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi va
ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo‘lishi amalga oshadi. Bu
jarayonlar qiz bolalarda 13—15 yoshlarda nisbatan jadal kecha-
di. Jismoniy rivojlanish va jinsiy yetilishning aksele-
ratsiyalashuvi kuzatilayotgan hozirgi vaqtda ayrim qizlar 9—10
yoshda, o‘g‘il bolalar esa 11—12 yoshlarida jinsiy balog‘atga
yetishning boshlanish bosqichida bo‘lishi mumkin.
Bo‘yning o‘sishi, vaznning ortishi, ko‘krak qafasining
kengayishi — bularning barchasi jismoniy rivojlanishning
o‘smirlik yoshiga xos xususiyatlaridir. Shular tufayli o‘smirning
tashqi ko‘rinishi bolaning tashqi ko‘rinishiga qaraganda farq qi-
ladi: tana proporsiyasi kattalarga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shuningdek o‘smirning yuz tuzilishi ham o‘zgarib, bosh
suyagining yuz qismi jadal rivojlana boradi. O‘smirlik yoshida
3 — Oila psixologiyasi


umurtqa pog‘onasining o‘sishi bo‘yning o‘sish tempidan orqada
qoladi. Chunki 14 yoshgacha umurtqa pog‘onalari o‘rtasidagi
oraliqlar tog‘aylar bilan to‘lgan bo‘ladi, bu esa ortiqcha jismo-
niy zo‘riqish, tana holatining noto‘g‘ri turishi tufayli umurtqa
pog‘onasining noto‘g‘ri rivojlanishga moyilligini bildiradi.
Umurtqa rivojlanishini buzilishining eng ko‘p holati 11—15
yoshlarga to‘g‘ri keladi va ayni shu yoshlarda ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan defektlarni ham bartaraf etish ham oson
kechadi. 20—21 yoshlarga yetib toz suyaklarining o‘sishi
yakunlanadi (shu davrda qizlarning jinsiy organlari ham yeti-
ladi). 
Muskul vazni va muskul kuchlarining ortishi jinsiy
balog‘atga yetishning oxirlarida nisbatan jadalroq amalga osha-
di. Bunda o‘g‘il bolalarda muskullarning rivojlanishi erkaklarga
xos tipda, qiz bolalarning yumshoq to‘qimalari esa ayollarniki-
ga xos tipda amalga oshadi. Bu esa har bir jins vakiliga o‘ziga
xos erkaklik va ayollik sifatlarini beradi. Bu jarayonlarning ni-
hoyasiga yetishi esa o‘smirlik davridan keyin amalga oshadi. 
Muskul kuchlarining ortishi o‘smir jismoniy imkoniyatlari-
ni kengaytiradi. Buni bolalar juda yaxshi anglaydilar va ular-
ning har biri uchun bu juda muhim ahamiyatga ega. Biroq
o‘smir muskullari kattalarnikiga qaraganda tez toliquvchan
bo‘ladi va davomli kuchlanishlarga dosh berolmaydigan bo‘la-
di. Shuning uchun sport va jismoniy mehnat bilan shug‘ulla-
nishda buni inobatga olish lozim.
Turli organ va to‘qimalarning o‘sishi yurak faoliyatiga ham
yuqori talablar qo‘yadi. O‘z navbatida yurak ham qon tomir-
lariga qaraganda tezroq o‘sadi. Bu jarayon yurak-qon tomir sis-
temasi faoliyatidagi funksional buzilishlarga sabab bo‘lishi, yu-
rak urishining tezlashishi, qon bosimining ortishi, bosh og‘rig‘i,
bosh aylanishi, tez toliquvchanlik kabilar ko‘rinishida namoyon
bo‘lishi mumkin. 
Shuningdek, o‘smirlik davrida ichki sekretsiya bezlari
faoliyati bilan bog‘liq ravishda organizmda keskin o‘zgarishlar
ro‘y beradi. Ayniqsa qalqonsimon bez va jinsiy bezlar ajratib
chiqaradigan gormonlar organizmda modda almashinishining
katalizatori vazifasini bajaradi. Chunki endokrin va nerv sis-
temalari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Shunga ko‘ra o‘smirlik
davri bir tomondan quvvatning keskin ortishi va ikkinchi
tomondan patogen ta’sirlarga o‘ta sezgirligi bilan xarakterlana-
di. Shuning uchun aqliy yoki jismoniy ortiqcha toliqish, uzoq
66


67
muddatli asabiy zo‘riqish, affektlar, kuchli salbiy hissiyotlar
(qo‘rqish, g‘azab, xafagarchilik) endokrin buzilishlarga ( men-
strual siklning vaqtincha buzilishiga) va nerv sistemasi vazi-
fasining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday buzilishlar
ta’sirlanuvchanlikning ortishi, o‘zini tuta bilmaslik, parishon-
xotirlik, ishda mahsuldorlikning pasayishi, uyquning buzilishi
kabilarda namoyon bo‘ladi. 
O‘smirlik davrida endokrin va nerv sistemalari faoliyatining
bolalik davrida mavjud bo‘lgan muvozanati buziladi, yangisi
esa endigina o‘rnatilayotgan bo‘ladi. Bunday qayta qurilishlar
albatta o‘smirning ichki holati, kayfiyati, ruhiyatiga ta’sir
ko‘rsatadi va ko‘pincha uning umumiy noturg‘unligiga, ta’sir-
lanuvchanligiga, serjahlligiga, harakat faolligiga, vaqti-vaqti bi-
lan hamma narsalarga befarq bo‘lib qolishligi va lanjligiga asos
bo‘ladi. Bunday holatlarning yuzaga kelishi ko‘pincha qizlarda
menstrual sikl boshlanishidan biroz oldinroq yoki sikl davrida
ko‘proq kuzatiladi.
Jinsiy balog‘atga yetish va jismoniy rivojlanishdagi o‘sish
o‘smir ruhiyatida yangi psixologik tuzilishlarning yuzaga ke-
lishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu o‘smir uchun
juda sezilarli bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘lib, ular o‘smirning katta
bo‘lganini his qilishining yuzaga kelishining obyektiv manbasi
bo‘lib xizmat qiladi (uning asosida o‘smir o‘zining kattalarga
o‘xshashligini his qiladi). Ikkinchidan, jinsiy balog‘atga yetish
boshqa jins vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi kechinma,
hissiyot, tuyg‘ularni yuzaga keltiradi. O‘smirning ichki bandligi
va yangi taassurotlar, kechinmalarga munosabati darajasi ular-
ning o‘smir hayotidagi o‘rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan,
o‘smir hayotining konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi
va muloqoti xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu o‘rinda o‘smir
shaxsi shakllanishiga faqat kattalar uchun mo‘ljallangan kitob-
lar va kinofilmlar salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.. Bularning
barchasi, shuningdek o‘rtoqlari bilan sevgi va jins muammolari
haqida gaplashishlari o‘smirlarda odamlar munosabatlarining
intim jihatlariga ko‘tarinki qiziqishni yuzaga keltirishi, erotik
an’analar va ilk seksuallikni rivojlantirishi mumkin. Har ikkala
jins o‘smirlari uchun bu davrda ilk romantik hislarning yuzaga
kelishi «birinchi muhabbat»ga duch kelishi, birinchi bo‘salarni
olish kabilar me’yoriy hol hisoblanadi. 


68
26 - j a d v a l
O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar
O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar
O‘smirlik davrining tavsiyalanishi
O‘smirlik
avtonomiyasi
o‘smirlarda
kuzatiladigan
avtonom
holatlardir
Tub o‘zgarishlar amalga 
oshadi
Fiziologik rivojlanish 
jarayonida
Jinsiy balog‘atga yetish 
jarayonida
Biologik yetuklik borasida
Yangi bosqichi boshlanadi
Quvvatning keskin ortishi
Patogen ta’sirlarga o‘ta sezgirligi
Huquqiy avtonomiya
Emotsional avtonomiya
Makoniy avtonomiya
Turlari
farqlanadi
Fiziologik yetuklik borasida


69
4.3. O‘SMIRLIK AVTONOMIYALARI
O‘smirlik davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri —
bu davrda o‘smirlarda kuzatiladigan o‘smirlik avtonomiyasi ho-
latidir. O‘smirlik avtonomiyasining huquqiy avtonomiya, emo-
tsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqla-
nadi.
Ma’lumki, bola dunyoga kelgan kundan boshlab kim-
ningdir qaramog‘iga muhtoj bo‘ladi. Ota-onasi va boshqa
yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va bolani
muntazam nazorat ostida tutadi. Ular bolani har tomonlama
qo‘llab-quvvatlab turadilar va bola bunday qo‘llab-quvvatlash,
daldalarga muhtojlik his etib turadi.
O‘smirlik davrida esa bola o‘z hayotini, xavfsizligini
ta’minlash borasida nisbatan mustaqillikka erishadi. Endi u
o‘zini-o‘zi himoya qila olishi, lozim bo‘lsa o‘zi o‘z imkoniyat-
lari darajasida mehnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi,
o‘z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o‘zi qondira olishi mumkin
bo‘ladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan huquqiy avtonomiya ayni vaqtda
bola o‘smirlik yoshiga yetishi bilan unga qator huquqiy
imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bola
yuridik shaxs hisoblanib, ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Mabodo bu davrda o‘smir ota-onasi ajralib ketgudek bo‘lsa, bu
holatda o‘smirning qayerda va kim bilan qolishi bola xohishiga
qarab hal etiladi. Shuningdek bola bu davrda o‘z imkoniyati-
dan kelib chiqqan holda rasmiy ravishda jismoniy mehnat bilan
shug‘ullanishi ham mumkin. Lozim bo‘lsa, ulardan o‘z xatti-
harakati, qiliqlari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu
kabi huquqiy imkoniyatlarga ega bo‘lish va bundan o‘smirning
xabardorligi uning huquqiy avtonomiyasining yuzaga kelishini
ta’minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega bo‘lish o‘smirda o‘z
xatti-harakati uchun javobgarlik, mas’uliyatlilik hissini yuzaga
keltiradi.
O‘smirlik avtonomiyalaridan yana biri — emotsional
avtonomiyadir. Ma’lumki bola dunyoga kelgan ondan boshlab
u onasi va atrofidagilarning emotsional, hissiy qo‘llab-quvvat-
lashiga, mehr-muhabbatini namoyon qilishiga, erkalashiga
ehtiyoj his qiladi. Shuning uchun ham ilk bolalik yoshidagi,
maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni suyub,
erkalab ularni quchib, boshini silab, yoqimli gaplar va muoma-


la bilan ularga hissiy yaqinlik namoyon qilinsa, ular bundan
quvonib, xursand bo‘ladilar va erkalayotgan shaxsga nisbatan
talpinadilar. Buni yosh bolalarning onasiga suykalishi, ularning
pinjiga suqilishi, ularga erkalanishi hollarida kuzatishimiz
mumkin. Shuningdek, bolalar o‘z tengdoshlari bilan bo‘ladigan
o‘zaro munosabatlarida nizo-tortishuvlarga duch kelganida va
ayniqsa, tengdoshlaridan «jabrlanganda», «yengila boshlagani-
dan», ota-onasidan va atrofidagi yaqinlaridan emotsional dal-
da, hissiy qo‘llab-quvvatlash kutadi va bu borada ularga muro-
jaat qiladi. Agar o‘z vaqtida shu hissiy daldani ola olsa, o‘zini
erkin, tetik, g‘olib his qiladi va ular bilan quvonib yuradi.
O‘zining kichkinagina hayotida duch kelgan «muammolari»ni
hal qilishda kattalar yordamiga muhtojlikni his qiladi, ulardan
muntazam foydalanishga intiladi.
O‘smirlik davrida esa aksincha, o‘smir endi «yosh bola»
emas, endi u «katta odam» katta odam esa mustaqil bo‘lishi,
o‘z muammolarini o‘zi hal qilishi kerak. Bu davrda kattalar
yordamiga murojaat qilish tengdoshlar tomonidan qoralanadi.
Va buni o‘smirning o‘zi ham xohlamaydi. Bu davrda o‘smir-
larga kattalar tomonidan oldingidek ko‘rsatiladigan iltifot,
erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o‘zlarini erkalab, silab siy-
pashlarini, «arzimagan narsalar» uchun kattalar tomonidan
bildiriladigan olqishlarni «yoqtirmaydi». Endi ular atrofdagi-
larni hissiy qo‘llab-quvvatlashlaridan xoliroq bo‘lishga, o‘z
muammolarini o‘zlari shaxsan hal qilishga intiladilar. Oldinlari
ko‘chada, bog‘chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida
uyidagilarga shikoyat qilib ota-onasidan yordam so‘ragan
bo‘lsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki eshitib,
kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda ota-onasiga
bildirmaslikka harakat qiladi va imkon qadar ota-onalarini
uning «ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi. Bularning bar-
chasi o‘smirlarda bevosita kuzatiladigan emotsional avto-
nomiyaning ta’siridir.
O‘smirlarda kuzatiladigan avtonomiya holatining yana biri
makoniy avtonomiyadir. Bunga ko‘ra o‘smirlar imkon qadar
o‘z xonasida yolg‘iz qolishga, biron-bir ishni bajarayotgan yoki
biron-bir joyda bo‘lgan vaqtlarida imkon qadar yolg‘iz bo‘lish-
ga, ayniqsa, o‘z ota-onasi, oila a’zolari nazaridan chetroqda
bo‘lishga, o‘z o‘y-hayollari bilan mashg‘ul bo‘lib vaqt
o‘tkazishga intilib qoladi. Suhbatlashsa ham asosan o‘z teng-
doshlari, yaqin o‘rtoqlari bilangina muloqotda bo‘lib o‘z ota-
70


onasi bilan imkon qadar kamroq muloqotda bo‘lishga intilib
o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Ayni vaqtda o‘smirda kuza-
tilayotgan bu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim
ota-onalar ularning bunday holatidan xavotirlanib, ular bilan
oldingiga qaraganda ko‘proq qiziqib qoladilar. Boshqacha qilib
aytganda ularning avtonomiyasiga «bostirib kiradilar». Buni esa
o‘smirlar yoqtirmaydi. Bunday holatlar o‘smirlar va ularning
ota-onalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarida kelishmovchilik-
lar, nizolarning yuzaga kelishiga asos bo‘lishi mumkin.
Yuqorida qisman to‘xtalib o‘tganimizdek o‘smir ruhiyatida
kuzatiladigan xarakterli xususiyatlardan biri ularning o‘ta ta’sir-
lanuvchan, jizzaki, qo‘rs, sal narsaga xafa bo‘lishi uning hissiy
noturg‘unligi ifodasidir. Bunday holatlarning yuzaga kelish
sabablaridan biri bevosita jinsiy balog‘atga yetish, ichki sekre-
tsiya bezlari, ayniqsa jinsiy bezlar vazifalarining faollashuvi va
shular bilan bog‘liq holda o‘smir organizmida ro‘y beradigan
psixofiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan
shakllana boradi. Uning atrofidagilarga, ayniqsa, o‘z-o‘ziga
bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin
o‘zgaradi. Uning o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori kuchayadi.
O‘smirlik davrida shaxs egotsentrizmi boshqa davrdagilarga
qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. Bu davrda o‘smir o‘z
shaxsiyatini boshqalardan ustun qo‘yadigan, o‘ziga ko‘proq bi-
no qo‘yadigan bo‘lib qoladi. Shu davrda o‘g‘il bolalarda ham,
qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilib emas, balki
tom ma’noda o‘zining xatti-harakatini nazorat qilish, o‘zining
yurish-turishi, kiyinishi, tashqi ko‘rinishiga astoydil e’tibor
berish, pardoz-andoz bilan shug‘ullanish kabi holatlar kuzatila-
di. Biroq bu davrdagi endokrin sistemasi faoliyati, epofiz, jinsiy
sekretsiya bezlari ajratib chiqaradigan gormonlar ta’siri ostida
o‘smir organizmida va tana tuzilishida o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Uning tana tuzilishi proporsiyasi buziladi (u nisbatan
beso‘naqayroq bo‘lib qoladi), tovushlari o‘zgarib, do‘rillab qo-
ladi. Jinsiy balog‘atga yetishning boshlanishi bilan yuzlariga
husnbuzar chiqa boshlaydi. Bularning barchasi o‘smir uchun
kutilmagan, uncha xush kelmaydigan holatlardir va aynan ana
shu holat o‘smirning ta’sirlanuvchanligini, jizzakiligini ortishiga
olib keladi. Shu davrda o‘smirning tashqi ko‘rinishi, shaxsi-
yatiga oid bildirilgan arzimagan nojo‘ya gap uning uchun jiddiy
salbiy kechinmalarga asos bo‘lishi mumkin.
71


4.4. JINSIY BALOG‘ATGA YETISH
Jinsiy balog‘atga yetish haqida tushuncha.
O‘smirlik davri-
da kuzatiladigan xarakterli holatlardan biri jinsiy balog‘atga
yetishdir. Jinsiy balog‘atga yetish qanday amalga oshadi. Jinsiy
bezlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy belgilar bola hali ona
qornidaligidayoq paydo bo‘ladi va bola tug‘ilganidan boshlab
to o‘smirlik davrigacha jinsiy rivojlanishni belgilab beradi.
Jinsiy bezlar va ularning vazifalari bolani rivojlanish jarayoni-
ning yaxlitligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ontogenetik
taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida jinsiy rivojlanish keskin
jadallashadi va fiziologik jinsiy yetuklik amalga oshadi. Jinsiy
rivojlanishning tezlashishi va jinsiy balog‘atga yetish davri jinsiy
balog‘atga yetish davri deb ataladi va u aksariyat hollarda
o‘smirlik yoshiga to‘g‘ri keladi. Qiz bolalarning jinsiy balog‘at-
ga yetishishi o‘g‘il bolalarga qaraganda 1—2 yil ilgarilab ketadi.
Jinsiy balog‘atga yetish nisbatan individual xarakterga ega
bo‘lib, u vaqti va tempiga ko‘ra turli bolalarda turlicha kechishi
mumkin. 
Jinsiy balog‘atga yetish muddati va uning jadalligi turlicha
bo‘lib, u ko‘plab omillarga: salomatlik holati, ovqatlanish
xarakteri, iqlim, maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga
bog‘liq. Bunda nasliy xususiyatlar ham muhim rol o‘ynaydi.
Noqulay maishiy sharoitlar, yetarlicha va to‘g‘ri ovqatlan-
maslik, ularda zarur vitaminlarning yetishmasligi, og‘ir yoki
qaytalanuvchan xastaliklar jinsiy balog‘atga yetish davrini
kechiktirib yuborishga olib kelishi mumkin. Odatda katta sha-
harlarda o‘smirlarning jinsiy balog‘atga yetishishi qishloq joy-
lardagiga qaraganda ertaroq amalga oshadi.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida gipofiz va qalqonsimon
bezlar ajratib chiqaradigan gormonlar ta’siri ostida o‘smirda
bo‘yining o‘sishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi,
ovozning o‘zgarishi, muskul kuchlarining ortishi, tananing
ayrim qismlarini jun bosishi, ko‘krak bezlarining rivojlanishi
kabilar kuzatiladi.
Jinsiy balog‘atga yetish bosqichlari. Jinsiy balog‘atga yetish
tekis kechadigan jarayon emas. U ma’lum bir bosqichlarga
bo‘linadi va ularning har biri ichki sekretsiya bezlarining va bu-
tun organizmning o‘ziga xos vazifalari bilan xarakterlanadi. Bu
bosqichlar birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar majmui
bo‘yicha belgilanadi.
72


O‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham jinsiy balog‘atga
yetishning 5 bosqichi farqlanadi (27-jadval).
27 - j a d v a l
Jinsiy balog‘atga yetish
73
I bosqich
Pubertat oldi bos-
qichi — jinsiy balo-
g‘atga yetishdan ol-
dingi davr, ya’ni
ikkilamchi 
jinsiy
belgilarning 
bo‘l-
masligi
IV bosqich
O‘g‘il bolalarda jinsiy a’zo eniga
kengaya boradi, tovush o‘zgara-
di, somatotropinning yuqori
darajasi saqlanib qoladi, qiz bo-
lalarda sut bezlari jadal rivojlana
boshlaydi, androgen va etsrogen
gormonlar kuchli ajralib chiqa
boshlaydi
V bosqich
O‘g‘il bolalarda jinsiy organ-
lar va ikkilamchi jinsiy belgi-
lar to‘la rivojlanib bo‘ladi,
qiz bolalarda sut bezlari va
jinsiy a’zolarning jun bilan
qoplanishi 
ayollarnikidek
bo‘ladi.
III bosqich
O‘g‘il bolalarda tu-
xumdonning katta-
lashishi davom eta-
di, qiz bolalarda
sut bezlarining ri-
vojlanishi 
davom
etadi
II bosqich
Pubertat 
boshla-
nishi, o‘g‘il bola-
larda 
tuxumdon
o‘lchami biroz kat-
talashishi, qiz bo-
lalarda ko‘krak bez-
larining to‘lisha bo-
rishi
Jinsiy rivojlanishning tezlashishi va jinsiy balog‘atga yetish davri —
jinsiy balog‘atga yetish davri deb ataladi
Jinsiy balog‘atga yetish bosqichlari


74
28 - j a d v a l
Jinsiy bosqichlari balog‘atga yetish
Bosqichlar
O‘g‘il bolalardagi
o‘zgarishlar
Umumiy
o‘zgarishlar
Qiz bolalardagi
o‘zgarishlar
1-bosqich
2-bosqich
3-bosqich
4-bosqich
5-bosqich
Ikkilamchi 
jinsiy
belgilar hali na-
moyon bo‘lmaydi.
Yuzlarda, 
qo‘ltiq
osti va qov sohalari-
da mayin tuklar
o‘sa boshlaydi
Badandagi 
tuklar
qalinlashib, dag‘al-
lashadi, 
ularning
maydoni kengayib
boradi. Ovoz toni
anchagina dag‘al-
lashib qoladi.
Jinsiy a’zolar eniga
kengaya boradi, ba-
danning tuk bilan
qoplanishi jadalla-
shadi, yuzlarda so-
qol, 
mo‘ylovning
mayin tuklari da-
g‘allasha boshlaydi,
tungi pollyutsiyalar
deyarli 
barchada
kuzatila boshlaydi
Jinsiy a’zolar va
ikkilamchi 
jinsiy
belgilar to‘la rivoj-
lanib bo‘ladi
Ikkilamchi 
jinsiy
belgilar hali namo-
yon bo‘lmaydi.
Ko‘krak 
bezlari
rivojlanishi, qo‘ltiq
osti, qov sohasida
mayin tuklar o‘sa
boshlashi kuzatiladi.
Ko‘krak bezlarining
rivojlanishi davom
etadi, jinsiy a’zo-
larni tuk qoplashi
qov tomon kengayib
boradi
Ko‘krak bezlarining
rivojlanishi tezlasha-
di, badanning ba’zi
joylarini tuk qopla-
nish sohalari katta-
larnikiga yaqinroq
holatga kela bosh-
laydi, hayz davri
mo‘tadillasha bosh-
laydi.
Ko‘krak bezlari ri-
vojlanishi kattalar-
nikiga tenglashadi,
hayz davri turg‘un-
lashadi
Bo‘y cho‘zili-
shi, ichki va
tashqi jinsiy
a’zolar 
o‘l-
chamlarining
kattalashishi
kuzatiladi.
Bo‘y o‘sishi
t e z l a s h a d i ,
jinsiy a’zolar
kattalashishi
davom etadi.
Yuz va ba-
danning ay-
rim joylariga
husnbuzarlar
chiqa bosh-
laydi.


75
Ilova: Har bir yosh guruhi bo‘yicha mazkur bosqichlarning kuzati-
lishi (foizlarda).
I bosqich
— pubertat oldi bosqichi (jinsiy balog‘atga
yetishdan oldingi davr). Bu davr ikkilamchi jinsiy belgilarning
bo‘lmasligi (namoyon bo‘lmasligi) bilan xarakterlanadi.
II bosqich 
— pubertat boshlanishi. O‘g‘il bolalarda tuxum-
don shakli biroz kattalashadi. Qovning jun bosishi minimal
bo‘ladi. Junlar har-har joyda va to‘g‘ri bo‘ladi. Qiz bolalarda
ko‘krak bezlari to‘lisha boradi. Jinsiy lablar atrofini biroz jun
bosadi. Bu bosqichda gipofiz keskin faollashadi, uning ge-
nodotrop va somatotrop vazifalari ortadi. Somatotrop gormon-
lar ajralishining kuchayishi bu bosqichda qizlarda ko‘proq
kuzatiladi. Bu esa ularda bo‘y o‘sish jarayonlarining kuchayi-
shini ta’minlaydi. Jinsiy gormonlarning ajralishi kuchayadi,
buyrak usti bezining vazifasi faollashadi.
29 - j a d v a l
7—17 yoshlardagi o‘g‘il va qiz bolalarda jinsiy balog‘atga
yetish bosqichlarining kuzatilishi
I
II
III
IV—V
I
II
III
IV—V
Yoshi
O‘g‘il bolalar
Qiz bolalar
7
10 0







8
10 0



99
1


9
10 0



90
10


1098
2


67
32
1

11
94
6


39
51
8
2
12
71
25
4

1042
28
20
13
33
35
26
6
1
12
38
49
14
9
27
44
20—
4
17
79
15
2
7
36
55

1
11
88
16

1
14
85



100
17


4
90—


10
0


III bosqich
— o‘g‘il bolalarda tuxumdonning kattalashishi
davom etadi. Jinsiy a’zoning kattalashishi boshlanadi, asosan u
uzaya boradi. Qovda junlar qalinlashib, dag‘allashib, ularning
maydoni kengayib boradi. Qiz bolalarda sut bezlarining rivoj-
lanishi davom etadi, jun qoplashi qov tomon kengayib boradi.
Qon tarkibida genodotrop gormonlar miqdorining ortishi amal-
ga oshadi. Jinsiy bezlar vazifalari faollashadi. O‘g‘il bolalarda
somatotropik gormoni ajralishining kuchayishi bilan ularning
bo‘yi o‘sishi tezlashadi.
IV bosqich
— o‘g‘il bolalarda jinsiy a’zo eniga kengaya bo-
radi, tovush o‘zgaradi, yuzlarga sepkil chiqa boshlaydi, yuzlari-
ga, qo‘ltiq osti va qovlariga jun chiqa boshlaydi. Qiz bolalarda
sut bezlari jadal rivojlana boshlaydi, badanning ba’zi joylarini
jun bosishi kattalarnikiga o‘xshagan bo‘ladi, biroq kamroq tar-
qaladi. Bu bosqichda androgen va estrogen gormonlar kuchli
ajralib chiqa boshlaydi. O‘g‘il bolalarda bo‘yi jadal o‘sishini
belgilab turuvchi somatotropinning yuqori darajasi saqlanib qo-
ladi. Qiz bolalarda esa somatotropin miqdori kamayadi va mos
ravishda bo‘yining o‘sishi ham sekinlashadi.
V bosqich
— o‘g‘il bolalarda jinsiy organlar va ikkilamchi
jinsiy belgilar to‘la rivojlanib bo‘ladi. Qiz bolalarda sut bezlari
va jinsiy a’zolarining jun bilan qoplanishi katta ayollarnikidek
bo‘ladi. Bu bosqichda qiz bolalarda menstruatsiya turg‘un-
lashadi. Menstruatsiyaning yuzaga kelishi jinsiy balog‘at
davrining boshlanganidan dalolat beradi. Bu vaqtga kelib tu-
xumdonlar urug‘lanishga tayyor yetilgan tuxum hujayralarini
yetiltirib chiqara boshlaydi.
O‘smirlarda suyak skletlari va muskul sistemasining jadal
o‘sishi ortida uning ichki organlari — yurak, o‘pka, oshqozon-
ichak yo‘llarining rivojalanishi hamma vaqt ham ulguravermay-
di. Yurakning o‘sishi qon tomirlari o‘sishidan ilgarilab ketadi,
oqibatda qon bosimi ortadi va birinchi navbatda yurakning ish-
lashi qiyinlashadi. Yurakning yetarlicha ishlay olmasligi esa
o‘g‘il va qiz bolalarda ko‘pincha bosh aylanishi, rangning oqa-
rishi holatlarining kuzatilishiga olib keladi. Bundan bosh
og‘rig‘i, tez toliqish, vaqti-vaqti bilan lanjlanib turish kabilar
kelib chiqadi. Jinsiy balog‘atga yetish davri tugashi bilan bun-
day o‘zgarishlar odatda izsiz yo‘qolib ketadi.
Rivojlanishning bu bosqichida gipotalamusning faollashuvi
munosabati bilan markaziy nerv sistemasi vazifasi ham sezilarli
76


77
darajada o‘zgaradi. Emotsional jihatlar ham o‘zgaradi. O‘smir-
ning hissiyoti o‘zgaruvchan, qarama-qarshi bo‘lib qoladi: o‘ta
ta’sirlanuvchanlik ko‘pincha jizzakilik, tortinchoqlik bilan
uyg‘unlashib ketadi. Haddan tashqari tanqidiylik va ota-
onasining qaramog‘iga betoqatlik namoyon bo‘ladi. Bu davrda
ba’zan ishchanlikning pasayishi, asabiylik, serjahllik, yig‘loqilik
(ayniqsa, qizlarda menstruatsiya davrida) kabilar kuzatiladi.
Bu davrda o‘smir shaxsi jadal shakllana boradi, kattalik
hissi yuzaga keladi, qarama-qarshi jins vakillariga munosabat
o‘zgaradi, ularga qiziquvchanlik ortadi.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o‘smir organizmining nor-
mal jismoniy rivojlanishi muhim rol o‘ynaydi. Bu davrda turli
xil, servitamin ovqatlarni yetarlicha iste’mol qilish, shuningdek
ochiq havoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish zarur.
Jinsiy balog‘atga yetishning alohida e’tibor talab qiladigan
jihatlari ham mavjud.
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o‘smir organizmida, uning
ruhiyatida ro‘y beradigan bunday tabiiy o‘zgarishlardan xabar-
dor bo‘lishlik, ularning sabablari, kechishi haqida aniqroq
ma’lumotlarga ega bo‘lishlik «o‘smirlikdek» og‘ir, murakkab
davrni jiddiy, salbiy asoratlarsiz kechishini ta’minlaydi. Buning
uchun birinchi navbatda shu o‘smirlarning yaqin kishilari, ota-
onasi, o‘qituvchilari hozirgi kun o‘smir psixolgiyasi, psixo-
fizilogiyasi masalalariga oid eng zamonaviy ilmiy ma’lumotlar-
dan xabardor bo‘lishi va o‘smirlar bilan bo‘ladigan o‘zaro
munosabatlarda ulardan o‘rinli foydalana olish malakalariga
ega bo‘lishlari lozim. 
4.5. JINSIY BALOG‘ATNI ERTA YOKI KECH YUZAGA 
KELISH XUSUSIYATLARI
Biz yuqorida o‘smirlarda jinsiy balog‘atga yetishning
umumiy xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekanmiz, uning
individuallik xususiyatlariga ham ega ekanligini ta’kidlagan
edik.
Umuman jinsiy yetilish o‘g‘il bolalarda 12 yoshdan 19
yoshgacha, qiz bolalarda 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan
yoshlar oralig‘ida ro‘y beradi. Shunga ko‘ra u ayrim o‘smirlar-
da ertaroq, ayrimlarida esa kechroq boshlanishi mumkin. Jinsiy
yetilish ertaroq yoki kechroq boshlangan bolalar odatda,


ma’lum bir noqulaylikni yuzaga keltiradigan psixologik muam-
molarga duch keladilar.
Bu borada alohida e’tibor qaratiladigan 4 xil holatni kuza-
tish mumkin:
Jinsiy balog‘atga yetishishi kechikayotgan o‘g‘il bola.
Bu
o‘smir, uning o‘rtoqlari, tengdoshlari yetilib, kattalar qatoriga
qo‘shilgan ayni vaqtda u hali ham bolaligicha qolayotganini ju-
da yaxshi tushunadi. U birontasi bilan gaplashib qolgudek
bo‘lsa (ayniqsa, telefonda), uni ovozining ingichkaligi tufayli
ikkinchi tomon uni qiz bola deb o‘ylashi mumkin. Yoki unga
qiz bola deb murojaat qiladi. Uning uchun bu o‘ta haqoratdir!
U sport bilan shug‘ullanishga juda qiziqadi, biroq u o‘z teng-
doshlari bilan musobaqalasha olmaydi, chunki ular unga qara-
ganda ancha gavdali. Cho‘milish joylarida yechinish, kiyim al-
mashtirish xonalarida bolalar uning muskullarining zaifligi, jin-
siy a’zosi boshqa bolalarnikidan kichikligini ko‘rsatishib uning
jahlini chiqarishadi. Bunday vaziyatlarda, o‘smirda, o‘zining
haqiqiy holati, ahvolining nomunosibligini his qilish chu-
qurlashadi: mana ikkinchi yilki uning bo‘yi hatto ko‘pchilik
qizlarnikidan ham past, ular ham bunga qaraganda tez
o‘sishyapti. Boshqalarda kuzatilayotgan o‘zgarishlar va o‘sish-
lar bunda hali kuzatilgani yo‘q. U o‘zida mutlaqo noto‘g‘ri ni-
madir sodir bo‘layotganligidan xavotirlanadi, biroq bu haqda
birontasi bilan o‘rtoqlashishga jur’at eta olmaydi. Bunday holat
o‘ta noxushdir. Bunaqa bola ko‘pincha maktabda sodir etilishi
mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning manbayiga aylanib qolishi
mumkin, chunki unga doimo atrofdagilarning (ayniqsa, teng-
doshlarining) uni erkak ekanligidan shubhalanishlarini inkor
etishiga, ularga o‘zining «erkak» ekanligini ko‘rsatib turishiga
to‘g‘ri keladi.
Jinsiy balog‘atga yetishishi kechikayotgan qiz bola.
Ichki
soati kechikib qolayotgan qiz bola uchun ham yashash oson
bo‘lmaydi. U o‘zining tekis ko‘kragiga qaraydi, so‘ng ko‘kragi
bo‘rtib chiqqan, byusti «risoladagidek» dugonasiga nazar tash-
laydi. Mana ikki yoki uch yildirki, uning dugonalari o‘zlarida
ro‘y berayotgan menstruatsiya bilan bog‘liq kechinmalar haqida
o‘zaro fikr almashadi, u esa bunday muhokamalarda qatnasha
olmaydi. Uni, uning yuz tuzilishi xuddi «yosh bolanikidek»
ekanligini aytishib jahlini chiqarishadi. Haqiqatan ham, uning
yuzi sakkiz yashar bolanikidek ko‘rinadi. Agar o‘smir yoshi
78


uchun o‘z-o‘zini baholashda bolani jismoniy jozibadorligi, o‘z
chiroyini baholashini qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini
hisobga oladigan bo‘lsak, unda bunday qiz, hatto u tabiatan
chiroyli, go‘zal bo‘lgan taqdirda ham o‘z nuqsonini qanday his
qilishini tushunish oson. Bunday vaziyatlarda bu qiz endi
«hech qachon katta bo‘lmayman, hammadan orqada qol-
dim», — deb adashayotganligini kimdir oqilona tarzda, ilmiy
asoslangan holda tushuntirib berishi lozim.
Tengdoshlaridan oldin jinsiy balog‘atga yetgan qiz.
Jinsiy
balog‘atga yetishi boshqalardan oldinroq boshlangan 10—11
yoshlardagi qiz bola ham qator psixologik muammolarga duch
keladi. Odatda, qiz bolalarning jinsiy balog‘atga yetish davri
o‘g‘il bolalarnikidan 1—2 yil oldin boshlanadi, shuning uchun
bu davrga o‘z tengdoshlaridan oldinroq kirib borgan qizlar
odatda o‘z tengdoshlarining aksariyat qismidan o‘zining jis-
moniy rivojlanganligiga ko‘ra ancha ilgarilab ketadi. Biroq jis-
moniy rivojlanishda ilgarilab ketish unga hech qanday afzallik
keltirmaydi. Jismoniy rivojlanishda o‘z tengdoshlaridan ilgari-
lab ketgan qiz bola 2—3 yil davomida o‘z tengdoshlari va
atrofidagilar bilan hamqadam ketmayotganligi tufayli turli no-
qulayliklarni boshdan kechiradi. Bizning etnik xususiyatimiz,
bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jinsiy tarbiya ishlarining yo‘lga
qo‘yilmaganligi, jins psixofiziologiyasiga oid ma’lumotlarning
ayanchli darajada pastligi, ota-onalar, hatto pedagog-tarbi-
yachilarning ham bu borada yetarli ilmiy asoslangan ma’lumot-
ga ega emasligi bu o‘rinda jiddiy muammolarning yuzaga ke-
lishiga asos bo‘lishi mumkin. Jinsiy yetilish davriga erta yetish-
gan qiz bola hali bu haqda, bu davrda ro‘y beradigan
o‘zgarishlar, bu davrda o‘zini qanday tutish, nimalar qilish ke-
rakligi kabilar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi mumkin.
O‘zlarida kechayotgan holatlar haqida tengdoshlari bilan
o‘rtoqlashay desa, bu holatlar ularga mutlaqo yot. Misol uchun
shuni ham aytishimiz mumkinki, respublikamiz viloyatlari
qishloq hududlarining birida ilk bor menstruatsiyani boshidan
kechirgan 6-sinf o‘quvchisi o‘tirgan joyida va kiyimida qon
izlarini ko‘rgan sinfdoshlari uni buzuqlikda, qizlik iffatini
yo‘qotganlikda ayblashib, uning ustidan mazax qilishgan. O‘zi-
da ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sababini tushunmagan va teng-
doshlari haqoratiga chiday olmagan qiz shu kuniyoq o‘ziga o‘t
qo‘ygan.
79


Shunga o‘xshash holatlar o‘smirlik davridagi va undan
oldinroq yoshdagi bolalarni jins psixologiyasi, jinsiy tarbiya
masalasiga oid bilimlar bilan imkon qadar ertaroq qurollan-
tirish naqadar muhim ekanligini bildiradi.
Tengdoshlaridan oldin jinsiy balog‘atga yetgan o‘g‘il bola.
Jinsiy rivojlanishda o‘z dugonalaridan ilgarilab ketgan qizlardan
farqli o‘laroq, jinsiy yetilish alomatlari o‘z tengdoshlaridan er-
taroq namoyon bo‘layotgan o‘g‘il bola o‘z tengdoshlariga qara-
ganda ancha afzalliklarga erishayotganidan xursand bo‘ladi. U
o‘zining tengdoshlari jismonan kuchli bo‘lishni xohlayotgan,
shunday bo‘lishga intilayotgan ayni bir vaqtda jismonan baquv-
vat bo‘la boradi. Uning o‘ziga ishonchi sportda, jismoniy
o‘sishda yangidan yangi muvaffaqiyatlarga erisha borishi,
muskullarining kattalashishi, shuningdek atrofdagilar o‘rtasida
mashhurlashib borayotgani kabilar evaziga tobora ortib bora-
veradi. Erta jinsiy rivojlanish bunday bolani uning o‘z sinfidagi
shu muammolar bilan qiziqayotgan qizlar bilan teng sharoitga
qo‘yadi. Hamma narsalar uning foydasiga hal bo‘ladi va u
taxminan 2—3 yil davomida vaziyatning xo‘jayini hisoblanadi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jismoniy va jinsiy yetilish davri
tengdoshlaridan ertaroq boshlangan bolalar odatda hissiy holat-
larining turg‘unligi, o‘ziga ishonganligi va o‘z tengdoshlariga
qaraganda atrofdagilar tomonidan ko‘proq tan olinganligi bilan
farqlanadilar. Shuningdek, bunday bolalar kelgusi yillarda ham,
ya’ni ular katta bo‘lganlarida ham hayotda ko‘proq muvaf-
faqiyatga erishadilar.
O‘smirlik davri arafasida kuzatiladigan yuqorida aytib o‘til-
gan ayrim holatlarning, ya’ni jinsiy balog‘atga yetishning erta
yoki kech ro‘y berishi bu salomatlikning buzilishi yoki nor-
malligini bildirmaydi. Ular faqat jinsiy balog‘atga yetish, jis-
moniy va jinsiy rivojlanishning individual xususiyatlarga ega
ekanligining ko‘rinishlari xolos. Shuning uchun ularning erta
yoki kech boshlanishi hech qanday xavotirlanish, qo‘rqish,
shubhaga asos bo‘la olmaydi.
80


4.6. O‘SMIR QIZLARDA KUZATILADIGAN 
O‘ZGARISHLAR
O‘smirlik davrining xarakterli jihatlaridan biri jinsiy
balog‘atga yetish hisoblanadi. Qizlarda menstrual siklning
boshlanishi bilan bog‘liq bir qator o‘zgarishlar mavjudki,
ular nafaqat jismoniy, balki psixologik belgilar bilan xarakter-
lanadi.
Qizlarda, ayollarda kuzatiladigan menstrual sikl 4 bosqich-
dan iborat bo‘lib, o‘rtacha 28 kun davom etadi va bu bosqich-
larda shaxs ruhiyatida kuzatiladigan o‘zgarishlarni shartli ra-
vishda yilning to‘rt faslidagi ob-havo o‘zgarishlariga qiyoslash
mumkin. Jinsiy bezlar estrogen va androgen garmonlarini ajra-
tib chiqaradi. Estrogen garmonlari odamda ruhiy quvvatni
oshiruvchi garmonlar bo‘lsa, androgen garmonlari aksincha,
ruhiy quvvatni yemiruvchi garmon hisoblanadi. Ularning ajra-
lib chiqish miqdori minstrual siklning turli bosqichlarida
turlicha bo‘ladi. 
Menustrual sikl tugagandan keyingi birinchi haftada estro-
gen garmonlarining ajralib chiqishi ko‘payib ayol, o‘smir qiz
organizmi tabiat xuddi qishdan keyingi bahor kunlarida yayrab-
yashnab, yangi quvvatlarga to‘lib borgani kabi yashnab-yayrab
ruhiy quvvatlarga to‘yinib boradi. Bu davrda qizlarning o‘z-
o‘ziga va atrofidagilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlari yaxshi-
lanib, ularning o‘ziga ishonchi, o‘zini-o‘zi baholashlari ortib
boradi. Navbatdagi ikkinchi haftani hayot yengil va yoqimli
bo‘lgan yoz fasliga qiyoslash mumkin. Bu davrda androgen
miqdori juda kamayib, estrogen eng ko‘p miqdorda ajralib
chiqarila boshlaydi. Odamning ruhiyati ham eng yaxshi daraja-
da bo‘ladi. Bu bosqichda qizlarning o‘ziga ishonganligi sikl-
ning boshqa davrlariga qaraganda eng yuqori darajada bo‘ladi.
Bu kunlar, qizlar uchun eng ko‘p quvvatga, zavq-shavqqa
to‘lgan, atrofdagilar bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan va
o‘z-o‘zini baholashi ko‘tarilgan vaqtlardir. Davr o‘rtalariga
borib optimizm o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetadi. Bu
«yoz» kunlarida qizlarning atrofdagilar, ayniqsa qarama-qarshi
jins vakillari bilan bo‘ladigan munosabatlari eng a’lo darajada
bo‘ladi. Tabiatda issiq yoz o‘rnini o‘zining izg‘irin shamollari
bilan kuz egallaganidek, menstrual siklning uchinchi haftasida
organizm uchun quvvat manbayi bo‘lgan estrogen miqdori ka-
81


mayib, androgenning ajralib chiqishi kuchaya boradi. U estro-
gen ta’sirini kamaytirib, hayz ko‘rish boshlanishi oldidan ruhiy
siqilishlik holatini yuzaga keltiradi, organizmni qishga ya’ni
navbatdagi menstruatsiyaga tayyorlaydi. Bu davrda o‘smir qiz-
lar ruhiyatida tajanglik, jizzakilik, befarqlik, o‘z-o‘ziga nisbatan
ham, atrofdagilarga nisbatan ham ishonchsizlik ortib boradi.
O‘z-o‘zini baholash keskin pasayadi. Bu holat qizlarda nafaqat
noqulaylik hissini, balki «Men hech kimga kerak emasman!»,
«Naqadar xunukman» — degan fikrlarni ham tug‘diradi.
Bunday fikr, bunday baho o‘smir qiz uchun qay darajada og‘ir
ekanligini faqat shu holatni boshidan kechirganlargina his qila
olishi mumkin. Ayni shu davrda atrofdagilar, sinfdoshlari, o‘qi-
tuvchilar, ota-onalar tomonidan o‘smir qiz shaxsiyatiga taal-
luqli bo‘lgan arzimagan gap ham unga o‘ta haqoratdek tuyu-
lishi va fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu holat hafta
davomida kuchayib boraveradi. To‘rtinchi hafta menstruatsiya
sikli boshlanganda esa bu holatlar yanada kuchayadi. Bu davr-
da o‘smir qizlarning o‘z-o‘zini baholash darajasi nihoyatda
pasayib, ular nafaqat atrofidagilarni, hatto o‘z-o‘zini ham
yomon ko‘rib ketadilar. O‘zlarini o‘ta noqulay, o‘ta xunuk,
yolg‘iz, hech kimga kerak emas deb his qiladilar. Ayni shu
vaqtlarda o‘z ruhiyatida, organizmida ro‘y berayotgan bunday
o‘zgarishlarning asl sababi va mohiyatini tushunib yetmagan
ayrim o‘smirlar atrofidagilar bilan bo‘ladigan o‘zaro muno-
sabatlarining buzilishiga, ayrim noxush hodisalarning sodir eti-
lishiga yo‘l qo‘yishlari mumkin.
Qiz bolalarda ilk menstruatsiya umumiy ahvolining yomon
bo‘lishi, holsizlanish, og‘riqlar yoki ko‘p miqdorda qon kelishi
bilan kuzatilishi mumkin. Gohida isitma chiqishi, qayt qilish,
ich ketishi yoki ichi qotib qolishi, bosh aylanish kabi holatlar
kuzatilishi mumkin. 
Menstruatsiya davrini, albatta, yotib o‘tkazish kerak degan
fikrlar u qadar to‘g‘ri emas. Odam o‘zini yaxshi his qilayotgan
bo‘lsa, odatdagi turmush tarzini davom ettirishi, ertalabki
gimnastika bilan shug‘ullanishi, unchalik murakkab bo‘lmagan
jismoniy mashqlarni bajarishi mumkin. Faqat bu paytda
sakrash, velosiped haydash, og‘ir yuk ko‘tarish man etiladi,
shuningdek uzoq masofaga piyoda yurish, katta suv havzalarida
cho‘milish, vanna qabul qilish, oftobda qorayish tavsiya etil-
maydi.
82


Asabiy zo‘riqish, kuchli jismoniy og‘riq, uzoq masofaga
ko‘chib o‘tish kabilar menstrual siklni buzishi mumkin. Uzoq
vaqt va og‘ir mehnat, kuchli toliqish menstruatsiyani to‘xtab,
uzilib qolishiga olib kelishi mumkin. Agar menstruatsiya juda
og‘riqli, ko‘p qon ketadigan bo‘lsa, vrachga murojaat qilish
lozim. Menstruatsiya vaqtida organizmning umumiy holatining
yomonlashuvi kuzatiladi, qizlar mashg‘ulotlardan yoki ishdan
ozod qilinadi. Menstruatsiya vaqtida qizlar o‘zlarini, ayniqsa
oyoqlari va qorindan past qismini sovuqdan saqlashlari lozim.
Buning uchun uzun va issiq kiyimlar kiyish, sovuq tosh, se-
ment yoki sovuq narsalarga o‘tirmaslik lozim.
Bu kunlarda o‘tkir taomlar, qalampir, murch, uksus, gor-
chitsa yemasligi, alkogol ichimliklar (pivo, vino, shampan va
boshqalar) ichmasligi shart. Chunki bular qon harakatini
kuchaytirib, menstrual qon ketishiga olib kelishi mumkin.
Siydik pufagi va to‘g‘ri ichak yo‘llarini o‘z vaqtida toza-
lanib turishga alohida e’tibor berish lozim, chunki ularning
to‘lib, to‘silib qolishi matkaning to‘silib qolishiga, og‘riqlarning
paydo bo‘lishiga, ajralishning kechikishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Menstruatsiya vaqtida o‘z badani tozaligiga alohida
ahamiyat berish kerak, chunki qon kelayotgan vaqtda matka-
ning ichki yuzasi o‘ziga xos yarali yuzaga aylanib qoladi va
unda mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hosil bo‘la-
di.
Menstruatsiya o‘rtacha 2 kundan 5 kungacha davom etadi.
Bu vaqtda 50—150 sm
3
atrofida qon ajralib chiqadi. Agar men-
struatsiya to‘la shakllangan bo‘lsa, unda taxminan har
24—28 kunda qaytalanib turadi. Menstruatsiya bir xil vaqt
oralig‘ida boshlanib va bir xil miqdordagi kunlarda, bir xil
jadallikda kechgudek bo‘lsa, uning sikli normal hisoblanadi.
Dastavval menstruatsiya 7—8 kun davom etishi, bir necha oy,
yil, hatto undan ham ko‘proq vaqtga to‘xtab qolishi ham
mumkin. Faqat asta-sekinlik bilan uning doimiy sikli tiklanadi. 
83


4.7. O‘SMIR O‘G‘IL BOLALARDA KUZATILADIGAN 
O‘ZGARISHLAR
Jinsiy balog‘atga yetish davrida o‘g‘il bolalarda beixtiyor
urug‘ ajralish hollari — pollyutsiya ro‘y berishi mumkin (lot.
Pollutio — bulg‘anish). Pollyutsiya ko‘pincha uyqu vaqtida
ro‘y beradi. Birinchi pollyutsiyaning yuzaga kelishi o‘g‘il
bolalarda spermatazoidlar ajralib chiqa boshlaganidan dalolat
beradi. Urug‘donlardan ajralib chiqqan urug‘ pufakchalari
va pubertat bezlari aralashib ular urug‘ ko‘rinishida jinsiy
yo‘llarda to‘planadi va jinsiy a’zo taranglashuvi bilan tabiiy
ravishda tungi beixtiyor ajralishlar ko‘rinishida ajralib chi-
qadi.
Birinchi pollyutsiyalar o‘rtacha 15—16 yoshlarda ro‘y bera-
di. Shu fursatdan boshlab pollyutsiya uzoq muddat jinsiy tanaf-
fusda bo‘lgan katta yoshdagi erkaklarda ham ro‘y berishi
mumkin.
Tunda urug‘ning ajralishi mutlaqo normal, fiziologik
hodisadir. U jinsiy hayot bilan yashamaydigan har bir yigit yo-
ki erkakda kuzatiladi. Shuning uchun pollyutsiyadan xavotir-
lanish ham kerak emas. Ulardan so‘ng hech qanday buzilish
ro‘y bermaydi.
Pollyutsiyalar odatda, oyda 1—3 marta ro‘y berish
mumkin. Ular bundan kamroq ham, 1,5—2 oyda bir marta
ham bo‘lishi mumkin. O‘rtacha pollyutsiya 10 kundan 60 kun-
gacha oralig‘ida bo‘ladi. Agar pollyutsiya har kecha yoki bir
kechada bir necha marta ro‘y bergudek bo‘lsa, unda vrachga
murojaat qilish lozim.
Pollyutsiya vositasida organizm ortiqcha urug‘ suyuqligi-
dan va jinsiy zo‘riqishdan xalos bo‘ladi. Bu organizmning
maqsadga muvofiq va tabiiy reaksiyasi bo‘lib jinsiy to‘xtalish
uchun fiziologik sharoit yaratadi.
Pollyutsiya haddan tashqari tez takrorlanmasligi uchun yi-
gitlarga yotishdan oldin o‘tkir taomlar iste’mol qilishi, ko‘p
suyuqlik ichishi, issiq ko‘rpaga o‘ranishi, plavka yoki badanga
zich yopishib turadigan trusada yotish tavsiya etilmaydi. Yotish
joyi o‘ta yumshoq ham bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari jin-
siy organlarni toza saqlash kerak.
Shuni ham nazarda tutish joizki, biologik jinsiy yetilishni
ijtimoiy yetilish bilan uyg‘unlashtirib yubormaslik kerak.
84


Menstruatsiya siklining boshlanishi bilan qiz bola homilador
bo‘lishi mumkin bo‘lgani bilan uning organizmi hali normal
jinsiy hayotga tayyor emas. Bu holat xuddi shuningdek o‘g‘il
bolalar, o‘smirlarga ham taalluqli. O‘g‘il bolalar — o‘smirlar-
ning jinsiy balog‘atga yetishi fiziologik jihatdan ham butun
yoshlik davri davomida amalga oshadi. Ijtimoiy jinsiy yetuklik
deb, faqat shaxsning shakllanishi nihoyasiga yetib, axloqiy va
fuqarolik yetukligi shakllangan yoshini hisoblash mumkin.
Ijtimoiy jinsiy yetuklik faqat bolani dunyoga keltirish imkoni-
yati bilan emas, balki uni har tomonlama normal rivojlanishi
uchun eng maqbul sharoitlarni yaratib bera olish bilan belgi-
lanadi.
4.8. O‘SMIRLARDA DO‘STLIK, YOQTIRISH, 
SEVGI HISLARI
Ko‘pchilik uchun jinsiy yetilish nafaqat tanadagi o‘zgarish-
larni bildiradi, bu davrda inson his-tuyg‘ulari ham o‘zgarib bo-
rayotganligini sezish mumkin.
Ba’zida o‘g‘il-qizlarning kayfiyati ko‘tariladi, ba’zida esa
tushkunlik holatida o‘zini sezishi ham mumkin. Yonidagi
o‘rtoqlari va tengdoshlariga nisbatan do‘stlik, yoqtirish yoki
yoqtirmaslik kabi xislatlarni ham boshidan kechirishi yoki
bo‘lmasa tengdosh o‘g‘il yoki qizlarga nisbatan sevgiga
o‘xshash hislarni o‘zidan o‘tkazishi ham mumkin. Shuning
uchun unda tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatda mu-
rakkabroq va mazmunliroq jihatlar ham kuzatila boradi. Bir xil
qiziqishlar, mashqlar, manfaatlar birligi asosida o‘rtoqlik va
do‘stlik munosabatlari vujudga keladi. Do‘stlar bilan suhbat-
lashuv gohida shunchalik yoqimli va muhim bo‘ladiki,
qarindoshlar bilan bunchalik zavqli bo‘lmasligi mumkin.
Chunki bu davrda yaqin, tushunadigan kishi bilan dardlashish,
sirlashish ehtiyoji yuqori bo‘ladi. Shuning uchun bu davrda har
bir o‘smirning orzusi chin do‘st topish va unga ham do‘st
bo‘lishdir. Unda bu davrda do‘stlarga muhtojlik ehtiyoji yuzaga
keladi, o‘z his-tuyg‘ulari va muammolarini o‘rtoqlashmoq-
chidek ko‘rinadi va haqiqatan ham bunga intiladi. Psixolog tili
bilan aytganda, do‘st — bu «alter Ego», ya’ni ikkinchi «Men»
bo‘lib, u o‘sha paytdagi «Men» ning bir qismi sifatida idrok
qilinadi. Do‘st o‘smir uchun shunday odamki, u bilan barcha
85


dard-u hasratlarini muhokama qiladi, qalbidagi muammolarini
unga to‘kib solgisi keladi. Shuning uchun uni xush ko‘rishlarini
va unga maslahatlar berishlarini xohlaydi. Do‘stlik tuyg‘usi
psixologik jihatdan o‘z-o‘zini anglash va boshqa odamni tushu-
nishga yordam beradi. Bu davrga xos ikkita xususiyat u ham
bo‘lsa, o‘z tengdoshlari bilan muloqot qilishning ehtiyoji ortishi
va shu muloqotni amalga oshirish hisoblanadi. Muloqotni
kutish — murakkab o‘ziga xos holat bo‘lib, bunda o‘smir
shartli va shartsiz ravishda qiziqarli va muhim, takrorlanmas
uchrashuv va muloqotni kutadi. Shu sababdan ular ota-onalari,
atrofidagi kattalar va umuman boshqalarga diqqat va qiziqish
bilan qaraydilar. Muloqot ko‘payishi natijasida do‘stlik kelib
chiqadi va bu do‘stlik o‘smir uchun o‘zini mustaqil va katta
odam sifatida hisoblay olishiga turtki bo‘la oladi. Do‘stlikning
asosiy sharti esa — o‘zaro bir-birini tushunish hisoblanadi.
Do‘stlar gohida gap-so‘zsiz ham yuz ifodasi, yurish-turishga
qarab ham tushuna oladilar. O‘smirlik davridagi o‘gil-qizlarda
bu his muhim bo‘lganligi uchun o‘qituvchi ularda kim bilandir
do‘st bo‘la olishlari uchun o‘zlarida qaysi sifatlarni mujassam
eta olishi kerakligini uqtirishi kerak. Bu xislatlar esa ushbu-
lardir:
œ
hurmat, uni o‘z xatti-harakatlari va fikrlashi bilan ko‘rsa-
tish mumkin. Doimo oldida bo‘lish, e’tibor bilan tinglash, ke-
rak bo‘lsa yordam bera olish, kechira olish;
œ
rostgo‘y bo‘lish, o‘zini boshqalardan ustun, yuqori
qo‘ymaslik, ikkiyuzlamachilik qilmaslik;
œ
dilkashlik, boshqa odam fikriga quloq tutish, o‘zaro
tushunishga erishish.
Bilish kerakki, do‘stlar osmondan tushmaydi. Buning
uchun har bir odam o‘zi birinchi qadamni tashlashiga to‘g‘ri
keladi. Bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil qilib turli to‘garaklar, jis-
moniy mashqlarni o‘rgatadigan maskanlarda shug‘ullanilsa ham
do‘st orttirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Qiz bola bilan o‘g‘il
bolaning orasida do‘stlik hislari va munosabatlari bo‘ladi, buni
inkor etib bo‘lmaydi. Bu do‘stlik tufayli ular bir-birlariga ijobiy
ta’sir etadilar, ular bir-birlarini tarbiyalaydilar. Qizlar bilan
o‘g‘il bolalar do‘stlik munosabatida bo‘lmasalar, o‘g‘il bolalar
johil, qo‘pol, shavqatsiz bo‘lib qolishlari mumkin. Qizlar esa
shalpaygan, beqaror bo‘lishlari mumkin. 
Do‘stlik munosabatlarining ahamiyatini ifoda etuvchi mil-
86


liy merosimizdan biri — xalq maqollarida ham do‘stlikning
odam uchun kerakligi bayon etilgan: 
— «Do‘stsiz boshim, tuzsiz oshim»;
— «Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa u vayrona ham, do‘st
qadam qo‘ymas ekan, vayronadir koshona ham». 
Do‘stlikni ifodalovchi qanday maqollarni yana keltirish
mumkin? Shuningdek, o‘quvchilarda do‘stlik mavzusiga qi-
ziqishni orttirish uchun darsda kim ko‘proq maqol yoki hik-
matlar keltirish musobaqasini tashkil etish mumkin.
Tanadagi bo‘layotgan o‘zgarishlar va jinsiy rivojlanish
mobaynida yigit va qizlarning o‘zaro qiziqishi kuchayadi va bu
kuchayish yoqtirish, sevgi tarzida ham namoyon bo‘ladi. Agar
do‘stlik o‘zaro bir-birini tushunishga asoslangan o‘zaro muno-
sabatlar ko‘rinishi bo‘lsa, sevgi esa qalblar yaqinligiga asoslan-
gan va his-tuyg‘ularining namoyon bo‘lishining muhim aloma-
tidir. Sevgi bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qo-
biliyati va sevimli bo‘la olishdir. Shu sababdan o‘smirlar uchun
bu hissiyotning borligi juda katta ahamiyatga egadir. O‘smirlar
bir-biriga mehr qo‘yishganda asosan tanlagan odamlarining
tashqi ko‘rinishlari, aqliy imkoniyatlari va obro‘lariga e’tibor
beradilar. Lekin keyinchalik yosh ulg‘ayib borgan sari odamlar
sevgi obyektini tanlashda uning tashqi qiyofasi, aqli yoki qan-
daydir afzalliklariga emas, balki uning insoniy fazilatlariga
ko‘proq e’tibor berishlari kuzatiladi. Aytish mumkinki, sevgi
hissini dastlabki bosqichi — o‘zaro yoqtirib qolish, yoki sim-
patiya bo‘lib, bunda tanlagan odamning tashqi qiyofa belgilari-
ga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, chiroyli kiyingan va
orasta bo‘lib ko‘ringan qiz bola davrada ko‘pchilikning nigohi-
ni o‘ziga tortadi va natijada davradagilarning ko‘pchiligi uni
yoqtirib qolishlari mumkin, lekin shu yoqtiruvchilar orasida
qaysi biri shu qizga ham ma’lum darajada yoqsagina, ular
o‘rtasida o‘zaro yoqtirish yuzaga kelishi mumkin bo‘ladi. Shu
tarzda o‘g‘il-qizlar orasida o‘zaro yoqtirishdan keyin boshqa
bosqich — sevgiga aylanishi mumkin. Demak, o‘smirlik
davridagi o‘g‘il-qizlar ko‘pincha davralarda bo‘lishni, bi-
rovlarga yoqish uchun tashqi ko‘rinishlariga alohida e’tibor be-
radilar. Shuning uchun yoqimtoy bo‘lsa-yu, lekin biror
odamning e’tiboriga sazovor bo‘lmasa, o‘smir o‘g‘il-qizlarda
xafalik hissi yuzaga kelishi mumkin. O‘smirlarda sevgi muno-
sabatlarining kechishida faqat qarama-qarshi jins vakili emas,
87


balki aynan shu davrda ota-onaning qadrlanishi va ularga nis-
batan sevgi-muhabbat, yaqin aka-uka yoki opa-singilga nis-
batan muhabbat, qiziqqan predmeti yoki narsasiga nisbatan
ham muhabbat ko‘rinishlari yuzaga kelishi va namoyon bo‘lishi
mumkin. O‘smirlar o‘zlarining qiziqqan obyektlarini nuqsonsiz,
ideal tarzda tasvirlaydilar o‘z tuyg‘ularini o‘zlari ham hali
anglab yetmaydilar, ular his tuyg‘ularini qanday qilib izhor
etish va o‘zlarini qanday tutishni ham bilmaydilar, ularning bu
hissiyotlari ko‘proq mavhum o‘ylarga olib keladi. Natijada kim
to‘g‘risida ko‘proq o‘ylash ehtiyojga aylanadi.
Agar o‘smir kimgadir nisbatan o‘z his-tuyg‘ularida do‘stlik-
ka qaraganda boshqacha ekanligini payqasa, kuchayib borayot-
ganini sezsa, demak, bu o‘smirda do‘stlikdan boshqacha hissi-
yotni kechayotgani ayon bo‘ladi. Sevish va sevilish ajoyib
tuyg‘u bo‘lib, bunda o‘ziga xos hayajonli daqiqalarda bezovta-
lanish, tanlagan kishisi bilan birga ko‘proq vaqt o‘tkazish xaqi-
da o‘ylash ko‘payadi va bu holat asosiy maqsadga aylanib qola-
di. Aytish kerakki bu tuyg‘u o‘zaro hurmat, xushmuomalalik va
ishonchga asoslanadi. Xayoliy muhabbat og‘ushida inson
ko‘pincha boshqalarning kamchiligini payqamaydi chunki xa-
yolot va tasavvur ko‘proq ifodalanadi. 
Har bir odamning sevish qobiliyati qaysi yoshida qanday
kechishi mumkinligi olimlar tomonidan aniqlangan. Bu davr-
larni keltiradigan bo‘lsak, bu uch yosh atrofidagi davr, bunda
birdaniga bolaga o‘z yoshi yoki kattaroq yoshdagi qiz yoki
o‘g‘il bola yoqa boshlaydi. O‘sha yoqtirib qolgan odamiga
o‘zining yaxshi konfeti, pecheniysi, olmasini ravo ko‘ra bosh-
laydi. O‘zaro iliqlik munosabatlari asosida yarim bolalarcha
muhabbat kichik maktab yoshidagi davrda, ya’ni 7—8 yoshlar-
da ham ko‘rinadi. O‘smirlik davrida ham qarama-qarshi jins
vakiliga nisbatan bu kabi hissiyot namoyon bo‘ladi. Bunda
ko‘proq muloqotga kirishish, sevib qolgan kishisiga nisbatan
ko‘proq qiziqish, yoki tashqi qiyofasidagi qandaydir jihatini
kuchli yoqtirib qolish tarzida sevgi hislari kuzatiladi. O‘smirlik
davridagi o‘g‘il-qizlar hali to‘la shakllanmagan shaxs pallasida
ekanliklari tufayli ulardagi sevgi hislari o‘ziga xos belgilarga ega
ekanligi ko‘rinadi:
Birinchidan, sevgi hislari masalalari ularni sevgi hislari
paydo bo‘lishidan ancha oldinroq qiziqtira boshlaydi, o‘qigan
kitoblari, eshitgan qo‘shiqlari, ko‘rgan filmlaridan va kattalar-
88


ning suhbatlaridan ular sevgi qanday his ekanligini, bu hisga
odamlar intilishi va kutishlarini yaxshi biladilar. Bu sirli tuyil-
gan hisni o‘zlarida ham his etish, sevib ko‘rish, uni o‘zida
kechirish istagi kuchayib boradi. Bu o‘ziga xos o‘smir orga-
nizmida yuz berayotgan fiziologik jarayonlar ta’siriga ham
bog‘liqdir. 
Ikkinchidan, bu yangi sohada o‘z-o‘zini anglash, sevib
ko‘rish va sevilish ehtiyoji yuzaga keladi. Shuning uchun
o‘smirlik davridagi o‘g‘il-qizning sevgi hislari bu sevgi debo-
chasi bo‘lib, bu hali jiddiy parvarishni taqozo etuvchi nozik
tuyg‘udir. 
Uchinchidan, o‘smir sevgisida hali ko‘p fantaziya bor.
Sevib qolgan kishisi timsolida u xayolidagi kishining eng yaxshi
sifatlarini tasavvur etadi. Muloqot olib borish ehtiyoji kuchlili-
gi, ko‘ngil yaqinligini his etish xohishi mavjudligi kabilar bilan
xarakterlanadi. Shuningdek unda o‘ziga ishonch hislari ham
kuchsizdir, unda uyatchanlik bor.
To‘rtinchidan, o‘smirning sevgi hislari u uchun o‘ziga xos
qiziqarli kitobga o‘xshaydi, shuning uchun u hayotdan uzilgan
va hayot bilan bog‘lanmagandir.
Bu keltirilgan xususiyatlarni bilgan holda, o‘smirlar uchun
sof sevgi tuyg‘usini his qilishda adashmaslik, har qanday hissi-
yotlar qurboni bo‘lmay, aql-u farosat bilan yondashishni
tavsiya qilamiz.
Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. O‘smirlik davri qaysi yoshlarga to‘g‘ri keladi?
2. O‘smir organizmida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
3. O‘smirlik avtonomiyalari nima va uning qanday turlari farq-
lanadi?
4. Menstrual sikl nima va u qanday kechadi?
5. Jinsiy balog‘atga yetish deyilganda nima tushuniladi?
6. Jinsiy balog‘atga yetishning erta yoki kech yuzaga kelishi
o‘smir ruhiyatiga qanday ta’sir qiladi?
7. O‘smirlik davrida qanday his-tuyg‘ular muhim hisoblanadi?
8. O‘smirlik davrida do‘stlik hissining ahamiyati qanday?
9. O‘smir uchun sevgi-muhabbat hislarining belgilari qanday
bo‘ladi?
89


Hikmatlar xazinasidan:
1. Donishmandlardan biri bo‘lmish Husayn Voiz Koshifiy
«Kim bilan do‘stlashish kerak?» degan savolga quyidagicha
munosabat bildirgan:
œ
do‘st aqlli bo‘lishi kerak, zero, aqlsizlik yaxshilik belgisi
emas;
œ
do‘st xushfe’l bo‘lishi kerak, chunki badxoxlar bilan til
topishish qiyin;
œ
do‘st badfe’l bo‘lmasligi lozim;
œ
u beg‘araz bo‘lmog‘i lozim;
œ
do‘st aldoqchi, riyokor, qallob bo‘lmasligi kerak.
Shuningdek, agar do‘st topsang, u holda ushbularga amal
qilgin: 
œ
do‘stingdan hech narsani ayama;
œ
uning sirlarini qalbingda saqla, hech kimga oshkora qilma;
œ
odamlardan uning nuqsonlarini yashir, kamchiliklarini
faqat o‘ziga ayt, toki ularni tuzatsin;
œ
uning gaplariga diqqat bilan quloq tut;
œ
undan achchiqlanma, uning gaplaridan nuqson izlama;
œ
do‘stingga hurmat bilan munosabatda bo‘l;
œ
uning xushfe’lligiga minnatdorchilik bildir;
œ
do‘stingni o‘zi yo‘qligida doimo yaxshi so‘zlar bilan esla;
œ
agar do‘stingga biror narsani o‘rgatmoqchi bo‘lsang, buni
ehtiyotkorlik va samimiylik bilan amalga oshir;
œ
uning ayblariga e’tibor berma, ularni kechir;
œ
do‘sting quvonsa — quvon, qayg‘ursa — qayg‘urgin;
œ
do‘stingga aytadigan birinchi so‘zing uning uchun sog‘liq
tilamoq bo‘lsin;
œ
do‘stingning gapirayotgan gapini bo‘lma;
œ
o‘zingga nimani ravo ko‘rsang, do‘stingga ham shuni ra-
vo ko‘r;
œ
kerak bo‘lgan paytda do‘stingni himoya qil.
Shu ko‘rsatilgan amallarni bajarsang, sening do‘sting
ishonchli va sadoqatli bo‘ladi.
Donishmandning bu fikrlarini muhokama qiling. Bu
qoidalarni amalga oshirish odamlarga yordam beradimi yoki
yo‘qmi? Fikringizni bildiring.
2. Bir donishmand:
— Gapirmoqdan eshitmoq ma’qul, — debdi.
— Nima uchun? — deb so‘rashibdi undan.
90


Shunda donishmand:
— Bo‘lmasa xudo bitta til-u ikkita quloq bermas edi-da, —
debdi. 
Bu holatni tahlil qiling.
3. Abdulla Qahhor ushbu hikmatli so‘zni aytib ketgan:
«Taningda filning kuchi, chumolining g‘ayrati bo‘lsin». Bu bi-
lan adib nima demoqchi?
Yazshilik qilgan yaxshilik ko‘radi
Bir vaqtlar kemada sayohatga chiqqan ikki do‘st dengizga
tushib ko‘rdilar. Shu vaqt to‘lqin kuchayib ketdi. 
Yo‘lovchilar hammasi baqirib chaqira boshladilar.
Kema darg‘asi darhol dengizga o‘zini tashlab, do‘stlardan
yoshrog‘ini qutqarib qoldi. Boshqasini qutqarishga esa harakat
qilmadi, ikkinchi do‘st cho‘kib ketdi. U yerdagilarning bir qan-
chasi darg‘aga: 
— Darg‘a, agar tezroq harakat qilganingda ikkinchi
odamni ham qutqarsa bo‘lardi. Juda imillading, — dedilar.
Darg‘a bunday javob berdi:
— Menga yaxshilab quloq soling. Bu yigitni qutqarishni
xohlagan edim, qutqardim. Chunki u menga avvaldan yaxshilik
qilib kelgan. Boshqasini cho‘kib ketishini xohlagan edim, u
cho‘kib ketdi. Chunki uning ko‘p yomonligini ko‘rganman. U
meni ranjitgan, ko‘nglimni og‘ritgan. Shuning uchun uning
cho‘kib ketishini istagandim, — dedi.
Nima uchun shunday bo‘ldi? Fikringizni bildiring.
91


V b o b. MUHABBAT PSIXOLOGIYASI
5.1. SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKKIRLARINING 
SEVGI-MUHABBAT VA DO‘STLIK HISSI 
HAQIDAGI QARASHLARI
Kishilik jamiyati yuzaga kelibdiki, insonlar orasidagi ijobiy
va salbiy munosabatlar barcha kishilarning diqqat markazida
muhim masalalardan bo‘lib kelgan. Shuning uchun bu
masalalar qadim zamonlardan boshlab xalq og‘zaki ijodi namu-
nalarida, doston, qo‘shiq va ertaklarda, donishmandlarning fikr
va qarashlari sifatida o‘ziga xos ravishda munosabat bildirish va
tahlil qilish obyekti bo‘lib kelgan. 
Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asar-
larini olib ko‘rmang, ularning hech qaysisi o‘z ijodiy faoliyatida
inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi
hisoblangan muhabbatni chetlab o‘ta olmagan. Insoniyat bor
ekan, muhabbat odamni sirli tuyg‘ular olamiga yetaklagan, uni
yengib bo‘lmas g‘ovlardan o‘tishga va cho‘qqilarni zabt etishga
undagan, uni rag‘batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa et-
gan. Hatto o‘lim to‘shagida yotgan kishiga ham umid bag‘ish-
lab, hayot nash’asini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilo-
larini arg‘umon etgan, uning atrof-muhitni hamda o‘zligini
idrok qilishi uchun turtki bo‘lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o‘ziga
ham noma’lum bo‘lgan qudratni kashf etgan. Ko‘hna va
hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg‘u hammaga
barobar aziz va muqaddasdir.
Sharqda qadimgi Xitoy ilmiy qarashlarida Konfutsiy
ta’limoti, Hindistonda Budda, Islom olamining muqaddas
Qur’on va hadislarida insonlar orasida yaxshi insoniy muno-
sabatlarini qaror toptirish lozim ekanligi aytib o‘tilgan. Deyarli
bir davrda, boshqa-boshqa joyda Hindistonda Budda, Xitoyda
Konfutsiy ta’limotlarida bir g‘oya, qarash shakllanganini kuza-
tish mumkin: «O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga
ravo ko‘rma». Konfutsiy merosida asosan odamlar orasidagi
munosabat, insonparvarlik, do‘stlik, insonni sevish jihatlariga
keng o‘rin berilgan: «Odamlarni sevish va iliq munosabatda
92


bo‘lish deganda o‘zini inkor etish emas, balki boshqa
odamlarni ham, o‘zini ham bir xil ko‘rish kerak» ekanligi
talqin etilgan.
Islom olamining muqaddas kitobi Qur’onda insoniy
munosabatlarni tushunish uchun insonlar tomonidan faqat
yaxshilik, ezgulik, do‘stlikni amalga oshirish kerakligi (79-oyat,
Niso surasida), insonlar orasida faqat va faqat yaxshi muno-
sabatlar amalga oshirish lozimligi (160-oyatda), bunday
munosabatlarni amalga oshirish esa yaxshilik alomati ekanligi
63, 98, 139-oyatlarida bayon etilgan.
Hadislarda esa yaxshi insoniy munosabatlarni qay yo‘sinda
olib borish lozimligi tushuntiriladi: «Oralaringda salom berishni
tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo‘ladi»
(142-hadis); shuningdek katta yoshdagilarga e’tiborli bo‘lish
(373-hadis); ilm ahliga e’tiborli bo‘lish (141-hadis), ota-onalar
va farzandlarga mehrli bo‘lish kabi munosabatlar asosiy mavzu
sifatida yoritiladi. 
Yaxshi insoniy munosabatlar va u bilan bog‘liq axloq-
odob, tartib-qoidalar O‘rta Osiyo mutafakkirlarining o‘rganish,
kuzatish va munosabat bildirish masalalaridan bo‘lib kelgan.
Abu Ali Ibn Sino o‘zining «Donishmandnoma» asarida har
bir kishi baxtli bo‘lishi uchun o‘zidagi axloqi, odobi, yurish-
turishi va atrofdagilarga munosabatini ijobiy qilishi kerakligini
uqtiradi. Abu Ali ibn Sino o‘z asarlaridan birida kuchli muhab-
batni izohlar ekan, uni kasallik sifatida ta’riflaydi va «davola-
nish» yo‘llarini ko‘rsatib o‘tadi: muhabbat o‘tida qiynalib azob
chekayotgan ikki qalbni birlashtirishni maslahat beradi.
Shuningdek u yana ma’lum obyektiv sabablarga ko‘ra, ya’ni
dinidagi, salomatligidagi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidagi va
shu kabi tafovutlarga asoslanib qalblarni birlashtirish imkoni
bo‘lmasa, unda odamning ruhiy xususiyatlariga ko‘ra turlicha
davo choralarni qo‘llashni tavsiya etgan. Masalan, hissiyotni
boshidan kechirayotgan odamni sevgilisidan sovutish, hissiyot-
ni zaiflashtirish, hissiyotni boshqa shaxsga ko‘chirish,
chalg‘itish, organik ehtiyojlarni qondirish orqali muhabbat his-
larni susaytirish shular jumlasidandir.
Abu Rayhon Beruniy esa insonning tashqi qiyofasi, uning
axloqiy qiyofasi bilan uzviy bog‘liqligini, kishidagi olijanoblik
va orastalik insonlar bilan muomalasida muhim o‘zak ekanligi-
ni asoslaydi. 
93


Yusuf Xos Hojib insonlar bilan do‘st bo‘lish uchun asosiy
kalit «bu tildir, til tufayli kishi o‘z ilmi, aqliga jilo beradi.
So‘zni o‘ylab so‘zlash, uning ulug‘ bo‘lishiga olib keladi, yoki
o‘ylamay so‘zlansa, uning qadrini tushiradi» kabi fikrlari orqali
insoniy munosabatlarda muomalaga yuqori e’tibor berish ke-
rakligini uqtiradi.
Xoji Ahmad Yassaviy hikmatlarida esa har bir insonning
orzusi insonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘st ort-
tirish, sevish va sevilish ekanligi ko‘rsatib berilgan.
Faylasuf shoir Umar Xayyom ruboiylarda ikki kishi
orasidagi munosabatlarda bir-biriga do‘stlik, mehr ko‘rsatish,
e’tibor berish shu insonlarning shaxs sifatida rivojlanishiga kat-
ta zamin yaratishi ifodalanadi.
Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» asarida axloq-
odobga loyiq inson ikki fazilatiga ega bo‘lmog‘i lozimligi va bu
fazilatlar tarkibida muomala odobi, insonlarning o‘zaro bir-biri
bilan xush muloqotligi, do‘stligi kabilarni kiritadi. Mutafakkir-
ning fikricha, insonga uni go‘zal amallar qilishi uchun
yo‘naltiriladigan odat mahsuli bo‘lishiga yetuk xulq lozim.
Xulqning yaxshiligi xatti-harakatlarda me’yor qay darajada
saqlanganligi bilan belgilanadi. Odobni esa u badavlatning
davlatini bezaydigan va kambag‘alning kambag‘alligini o‘g‘ir-
laydigan axloqiy hodisa sifatida ta’riflaydi. 
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida: «Shundoq kishini
do‘st tutinginki, senga uning suhbatidan rohat yetsin. Shunda
uni qabul qil, chunki oshiqlik boshqa va do‘stlik boshqadir», —
deyilgan bo‘lsa, «Xotamnoma» asarida esa saxiylik, to‘g‘rilik,
rostgo‘ylik, sevgi va sadoqat, odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va
muruvvat, tinchlik va farovonlik kabi ezgu g‘oyalar tarannum
etilgan.
Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub» asarida kishi xulq-
atvorida namoyon bo‘ladigan odob va tavoze do‘stlik paydo
bo‘lishida eng asosiy shart sifatida qaraydi: «Tavoze — kishiga
xalqning muhabbatini jalb qiladi, odamlarni u bilan do‘stlashtira-
di. Tavoze — do‘stlik gulshanida toza gullar ochadi va gulshanda
oshnolik va ulfatchilik bazmiga xilma-xil gullar sochadi».
Sharq mutafakkirlari asarlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki,
ularning boy va sermazmun meroslari o‘ziga xos ensiklopediya
hisoblanadi. Bu merosni biz o‘qib, o‘rganib shu kunlarda ham
uni hayotga tatbiq etish kerakligini tan olamiz.
94


Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (Platon) o‘z dialoglarida
insondagi hislardan bo‘lmish sevgi-muhabbatning ma’nosini
tushuntirib deydi: «Muhabbat hissi mangu, negaki u na tug‘il-
ganini, na mag‘lubiyatini, na ko‘payganini, na kamayganini bi-
ladi».
Aflotun muhabbat haqidagi fikrlarini rivojlantirib, odamlar
uning haqiqiy ahamiyatini anglab yetmasliklari, «agar ular
muhabbatning haqiqiy kuchini va qudratini anglab yetganlarida
edi, ular uning uchun buyuk haykallar qurib, katta qurbonliklar
keltirar edilar...», deydi. Aflotun qarashlariga ko‘ra sevgi va
muhabbat tuyg‘ulari insondagi tana go‘zalligini ko‘rish bilan
cheklanmaydi, buning uchun qalb go‘zalligini ham tushunish
lozim ekanligi, muhabbat yo‘lida o‘ziga xos bilimlar va yo‘l
egallanishi kerakligi uqtiriladi. Deyarli yigirma olti asr avval
aytilgan bu fikr va qarashlar bizning davrimizda ham o‘z ijti-
moiy ahamiyatini, qadrini va qimmatini yo‘qotmagandir.
Arastu (Aristotel), qadimgi yunon faylasufi birinchi navbat-
da muhabbat tuyg‘usida oila va jamiyat uchun foyda qidiradi,
masalan, oilada muhabbatning maqsadi do‘stlik ekanligini uqti-
radi. Arastu fikricha, sevgidagi do‘stlik hissiy intilishga nisbatan
e’tiborliroqdir, sevgi shu tufayli aksariyat holda do‘stlikdan ke-
lib chiqadi. Agar u ko‘p holda do‘stlikdan kelib chiqsa, demak,
do‘stlik sevgining maqsadi ekanligi ayon bo‘ladi.
Qadimgi rim so‘z ustasi, faylasufi Mark Tuliy Sitseron esa
bu tuyg‘uni qandaydir mavhumlik deb qaraydi. Bu insonda tel-
balik, aqlsizlikni vujudga keltiradi, shuning uchun undan
saqlanish lozim ekanligini uqtiradi. Sitseron: «Agar muhabbat
tabiiy hissiyot bo‘lganida edi, u holda hamma sevardi, doimo
sevardi, o‘ylamasdan, uyalmasdan, to‘yinmasdan sevardi».
Yunon axloqparvar faylasufi Plutarx qarashlarida insoniylik
va ma’rifat g‘oyalari mujassamlashgan. Uning fikrlari asosan
oilaviy munosabatlarni barqaror olib borishga, shaxsning o‘zini
bilib olib boshqalarga munosabat ko‘rsatishi kerakligiga qaratil-
gandir. Uning fikricha, sevish sevilishga nisbatan ancha
ma’quldir, chunki, sevish orqali kishi ko‘p nuqsonlardan, xato-
lardan xalos bo‘lishi, atrofidagilarni boshqacha tushunishi va
boshqacha munosabatda bo‘lishga qodir bo‘la olishiga kuch
topa oladi.
G‘arb faylasuf mutafakkirlarining qarashlari va asarlarida,
diniy qarashlarda sevgi, do‘stlik kabi emotsional munosabatlar
95


va hissiyotlar mavzusi markaziy o‘rinni egallagan. Biroq ularda
ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar bu hislarning inson uchun
ahamiyati yoki zararini ta’kidlash bilan, shu tushunchalarga
ta’rif berish darajasida qolgan.
5.2. MUHABBAT VA UNING TURLARI
Shunisi taassuflanarliki, hozirgi kunga qadar muhabbat
tushunchasiga yagona ilmiy ta’rif, tavsif berilmagan, bevosita
unga bag‘ishlangan ilmiy asarlar nihoyatda kam. Kishilar ongi-
da bo‘lgani kabi badiiy asarlarda ham muhabbat haqidagi
turlicha, ko‘pincha bir-biriga zid fikr va ta’riflarni uchratish
mumkin. 
Ba’zi mualliflar esa muhabbat hislarini sof ruhiyat kompo-
nenti sifatida bayon etib, undagi fiziologik komponentni inkor
etadilar. Fiziologik komponent hayvonlarga xos bo‘lgan or-
ganik ehtiyojlarni qondirishdan iborat instiktning ifodalanishi
sifatida idrok etiladi. Shu sababli ham ular odam hayvo-
niy hirsdan, jinsiy intilishlardan ozod bo‘lishi kerak deb
hisoblashadi va muhabbat hislariga biryoqlama yondashishadi.
Klassik asarlarda jumladan qadimgi hind traktatida muhabbat-
ga birmuncha to‘liq ta’rif beriladi: «Aql mayli hurmatni
tug‘dirsa, qalb mayli do‘stlikni, tana mayli xohishni tug‘diradi.
Aql, qalb va tana bir bo‘lib sevgi muhabbatni tug‘diradi».
Volter: «Sevgi-muhabbat — bu ham qalb, ham aql va tanaga
bir vaqtning o‘zida hujum qilinadigan eng kuchli, zavqli his-
tuyg‘ulardan biridir», — deb ta’rif beradi. Bu ta’riflarni o‘zaro
taqqoslash va ruhiy tahlil qilish, sevgi muhabbatda zaruriy
ruhiyat komponenti bilan bir paytda fiziologik komponent ham
hisoblanadi.
Qadimgi yunonlar sevgi-muhabbatni qanday yo‘nalishda
ketishiga qarab ikki turga — «eros» va «agape»ga bo‘lganlar,
vaholanki, ular muhabbatning ikki muhim tomonidir, ya’ni
«eros» — muhabbat obyektiga ega bo‘lishga, uni o‘ziniki qilib
olishga qaratilgan bo‘lsa, «agape» — hissiyotni boshidan kechi-
rayotgan shaxsning hissiyot obyektiga o‘zini bag‘ishlashdir. Ana
shu hissiyot har bir odamda uchraydi. Shu hissiyotlarda qaysi
biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, aniqrog‘i
hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va uning muhab-
batdagi istiqbolini ham oldindan aytib berish mumkin. Basharti
96


«agape» ustunlik qilsa, hissiyotning umri uzoq bo‘lishi va
aksincha «eros» ustun bo‘lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir
bo‘lib, bunday odamdagi muhabbat hislarining umri nihoyatda
qisqa bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi. 
Sevgi-muhabbat tuyg‘ularini D.A. Li bir necha turlarga
bo‘ladi:
1. EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo‘lib, bu hislar
asosida yotgan motiv muhabbat obyektiga jismoniy ega bo‘lish.
Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.
2. LYUDUS — sevgi hislarini unchalik chuqur bo‘lmagan
muhabbat o‘yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari obyekti
oson almashishi mumkin bo‘lgan turi.
3. STORGE — tashqi ko‘rinishidan kuchli ifodalanmagan,
ammo ishonchli muhabbat — do‘stlik turi.
4. PRAGMA (L+S) — lyudus va storgelardan iborat
doimo ong nazoratida bo‘lgan, sevgan shaxsining manfaatlarini
ko‘zlagan maqsadlari asosida yuzaga kelgan sevgi hislaridir.
5. MANIYa (E+L) — eros va lyudusdan iborat bo‘lib,
sevgan kishi sevgi obyektidan tobeligi bilan xarakterlanadi.
Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi sevgan shaxsda o‘zi-
ga ishonch hislari yetarli bo‘lmaydi.
6. AGAPE (E+S) — eros va storgelar yig‘indisidan iborat
kuchli ifodalanadigan sevgan kishi muhabbat obyektiga hamma
narsasini va hatto o‘zini ham bag‘ishlashga tayyor bo‘lgan his-
lar turi va hokazo.
Kuzatishlarga ko‘ra erkaklarning sevgi muhabbat hislarida
ko‘proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va
maniya turlari tashkil etadi.
O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalarda ko‘proq
maniya turi, katta yoshdagilarda esa boshqa turlar kuzatiladi.
Bir shaxsning hayotida muhabbatning yuqoridagi bir necha
turlari alohida kuzatilishi mumkin. Ba’zilarda esa faqat bitta
tur uchraydi. Bizning fikrimizcha, muhabbat turlari sevgan va
sevilgan kishilarning yoshiga, husniga, ma’lumotiga, madaniy
saviyasiga, jamiyatda tutgan mavqeyiga, hayot tarziga, dunyo-
qarashiga, qaysi muhitda tarbiya ko‘rganligiga, xarakteriga, jin-
siy hulqiga, qarama-qarshi jins haqidagi tasavvuriga, nerv sis-
temasiga, milliy psixologik xususiyatlariga bog‘liq. Ba’zi yigit
va qizlarda sevgi hislari bir turda boshlanib, ma’lum vaqtdan
so‘ng o‘zga turiga o‘tishi mumkin. Masalan: «Eros» turida
97
4 — Oila psixologiyasi


boshlanib «agape»ga aylanish yoki «lyudus» tarzida yuzaga ke-
lib, «storge» turiga o‘tishi mumkin.
Agar muhabbat turiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, erkin
muhabbatning shakllanishi o‘rta asrlarga to‘g‘ri keladi. Xususiy
mulkchilikning ravnaqi, antagonistik sinflarning mavjudligi,
ayollarning huquqsizligi erkin muhabbatning ravnaq topishiga
to‘sqinlik qiladi. «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra»,
«Farhod va Shirin», «Romeo va Julyetta» kabilarni erkin
muhabbatning yuzaga kelishi va uning taqdiri haqidagi ilk asar-
lar deb aytish mumkin.
Taraqqiy etgan jamiyatda yangi tartiblarga asosan yuzaga
kelgan oila, erkak va ayol o‘rtasidagi mavjud tengsizliklarni
yo‘qotish muhabbatning yuqori darajada ravnaq topishiga
zaruriy shart-sharoit yaratadi.
Lekin afsuski, ba’zi yoshlar «erkin hayot», «erkin muhab-
bat» kabi ruhiyat omillarini noto‘g‘ri tushunib, ma’naviy axloq-
sizlikka mayl qo‘yishyapti, insonlar o‘rtasidagi eng nozik
bo‘lmish jinsiy munosabatlardan esa «boylik orttirish», «go‘zal
hayot» kechirish manbayi sifatida foydalanishmoqda. Bu axlo-
qiy tubanlik, nosog‘lom dunyoqarash oqibatidir. Bu hol ba’zi
oilalarda ma’naviy tarbiya masalasi unutib qo‘yilganligining,
ayrim ta’lim-tarbiya muassasalari va ularning pedagogik
jamoalarining o‘z vazifalarini yetarli darajada uddalay olmayot-
ganliklari natijasidir.
5.3. MUHABBAT VA YOSH
Muhabbat ontogeneziga nazar tashlanganda sevgi hissining
ilk kurtaklarini bog‘cha yoshidagi bolalarda ham ko‘rish va
buni har bir tarbiyachidan so‘rab, ishonch hosil qilish mumkin.
Lekin tabiiyki, bu hali to‘laqonli muhabbat bo‘la olmaydi.
Bolalikdagi sevgi hislarida fiziologik komponent, ya’ni jinsiy
intilish deyarli bo‘lmaydi. Ulardagi hissiyotning aksariyat qismi
ruhiy komponentdan iborat.
Maktab yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi muhabbat
hislari esa birmuncha farq qiladi.
O‘spirinlik yoshidagi qiz bolalarda ruhiy komponent jinsiy
komponentdan ustunlik qilsa, o‘g‘il bolalarda hissiyot diver-
gensiyasi — bo‘linishi kuzatiladi. Ya’ni ular muhabbat hislarini
bitta qizga nisbatan boshidan kechirsalar, jinsiy intilishni katta
98


yoshli ayolga nisbatan his etadilar, ulardagi hissiyot ikki
obyektga bo‘linadi. Bu faqat o‘g‘il bolalarga xos bo‘lib, qizlarda
bunday hol kuzatilmaydi.
O‘smirlik yoshida o‘g‘il bolalarda giperseksuallik natijasida
ularning hissiyotida jinsiy intilish ustunlik qiladi yoki uning
ahamiyati keskin ortadi. Qiz bolalarda esa ruhiy komponent-
ning ustunligi saqlanib turadi.
17—25 yoshlardagi yigit-qizlarda o‘z juftini topishga inti-
lish va hirs keskin ortadi. Sevish va sevilishga bo‘lgan ehtiyoj-
ning ortishi natijasida yoshlar yorini tezroq qidirib topishadi va
oila qurishadi, ba’zan bunday yoshlar qisqa vaqt ichida ajra-
lishga ham ulgurishadi.
25 yoshdan keyin qizlarning oila qurish imkoniyatlari an-
cha kamayib boradi. Unda bo‘lg‘usi kuyovga (yigitga) nisbatan
talabchanlik oshib, tanqidiy qarash kuchayadi. Endi unda his-
larga berilish kamayib, uning o‘rniga bo‘lg‘usi yoriga butunlay
boshqacha qaray boshlaydi. Bunday ruhiy o‘zgarishlar yigitlar-
da ham kuzatiladi, ammo qizlardan farqli ravishda ularning
oila qurish, uylanish imkoniyatlari kamaymaydi, aksincha bir-
muncha ortadi. Chunki bu yoshda ularning ko‘pchiligi oliy
o‘quv yurtini yoki o‘rta-maxsus bilim yurtini bitirib, ma’lum
bir ixtisosni egallagan, mehnat faoliyatini boshlagan bo‘ladilar.
Ya’ni oilani mustaqil tebratish imkoniga ega bo‘ladilar.
Muhabbat hislari erkak va ayollarda o‘ziga xos shahvoniy
hirs uyg‘otadi.
Erkak kishida deyarli doimo fiziologik komponent ustunlik
qiladi. Jinsiy intilish, jinsiy hayot ular hissiyotida nihoyatda
muhim o‘rin egallaydi. Yigit sevgan qizininig tashqi ko‘rinishi-
ga ko‘proq e’tibor beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarga qizlar ham befarq
qarashmaydi. Bu xususiyatlarning yigit tomonidan idrok etilishi
ayol uchun katta ahamiyatga ega. Ammo shu bilan birga
ayollarning erkaklardan farq qiluvchi tomonlaridan biri shun-
daki, ular ko‘proq yigitning bo‘y-bastiga, xulqiga, muomalasiga
e’tibor beradilar.
Erkaklarda jinsiy (fiziologik) intilish ustunlik qilgani uchun
ularda hissiy qoniqish tezroq yuzaga kelsa kerak, deb taxmin
qilinadi. Ayollarda esa aksincha, ruhiy intilish yetakchi bo‘lgani
uchun ularning muhabbat hislari erkaklarnikidek tez orada
so‘nmaydi va nisbatan uzoq davom etadi. 
99


Ammo so‘nggi yillarda ayollar hissiyotida, jumladan,
muhabbatda ham jinsiy hayotning va uning asosi hisoblangan
jinsiy intilishning ahamiyati keskin oshib borayotganligini
ko‘rish mumkin.
13—14 yoshli o‘g‘il bolalarning 40%i, qizlarning 26%i ilk
sevgi hislarini boshidan kechirayotgan yoki kechirgan bo‘ladi-
lar. Bu hol 15—16 yoshli o‘g‘il bolalarda — 17%, qizlarda 30%,
17—24 yoshli yigitlarda — 10%, qizlarda — 9%ni tashkil qiladi.
A.R.Lemexova (1973) qizlar va yigitlar orasidagi o‘zaro
munosabatlarni o‘rganib, uni uch turga bo‘ladi.
1. Uyg‘un tur — bunda qiz va o‘g‘il bolalarda axloqiy
tushunchalar shakllangan, hissiyot madaniyati rivojlangan
bo‘lib, ular muhabbatga, qarama-qarshi jinsga, oilaviy hayotga
birmuncha aniq qarashadi.
2. Oilaviy romantik tur — bunda muhabbat, jinslar
orasidagi munosabatlar hayotdan yulingan holda, nihoyatda
ideallashtirilib olingan bo‘lib, hayotdagi mavjud borliq bilan
to‘qnashganda esa barcha tasavvurlari parchalanib, ruhan
tushkunlikka uchraydi.
3. Ma’naviy kambag‘al tur — bunda yoshlar muhabbatni
noto‘g‘ri tushunadilar. Muhabbatda ma’naviy yaqinlikni, ruhiy
omilning ahamiyatini ko‘ra bilmaydilar. Muhabbatda asosiy
rolni jinsiy yaqinlik o‘ynaydi, deb biladilar. Bunday toifadagi
yoshlar ko‘p hollarda jinsiy hayotni erta boshlaydilar.
O‘g‘il va qiz bolalarning turli yosh bosqichlaridagi o‘zaro
munosabatlarni o‘sib rivojlanishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
quyidagicha yaqqol ifodalangan manzarani ko‘rishimiz
mumkin.
Bog‘cha yoshidagi qizlar o‘g‘il bolalar bilan birga o‘ynash
jarayonida juda yaqin muomalada bo‘ladilar, bir-birlari bilan
do‘stlashadilar. Hatto ba’zan bolalikning ilk sevgi hislarini ham
boshlaridan kechirishadi. Bu albatta, ularning kattalarga havas
qilishi, ularga taqlidi oqibatida kelib chiqadi.
Boshlang‘ich sinflardan o‘smirlik yoshigacha o‘g‘il bolalar
ko‘pincha o‘g‘il bolalar bilan, qiz bolalar esa qiz bolalar bilan
yaqin munosabatda bo‘lishi tufayli jinslarning bir-birlaridan
uzoqlashishi kuzatiladi. 
O‘smirlik yoshidan boshlab ular orasida yaqinlashish mayli
paydo bo‘la boshlaydi. O‘smirlikning birinchi davrida bolalar
o‘zaro biror narsadan qo‘rqqan tengdoshiga «qiz bolamisan,
100


qo‘rqasan», «o‘z so‘zining ustidan chiqmagan qiz bola» kabi
iboralarni qo‘llashadi. Bu iboralar ularning asosan o‘z jinsini
ustun qo‘yishga intilishi, qiz bolalarni tan olmasligini ko‘rsatsa,
qizlar ham o‘z navbatida o‘g‘il bolalarni nazar-pisand qil-
masliklarini ko‘ramiz.
5.4. MUHABBAT BOSQICHLARI
To‘laqonli sevgi — muhabbatni his etgan har bir inson
muhabbatning boshlang‘ich, alangalangan va o‘zaro hurmat
bosqichlarini bosib o‘tadi.
Boshlang‘ich bosqich haqiqiy, istiqboli porloq, bir umrlik
sof muhabbatning boshlanishi yoki aksincha shunchaki bir
havas bo‘lishi yoki umri qisqa sevgining biror-bir ko‘rinishi
bo‘lishi mumkin. Mazkur bosqich muhabbatning «agape»
turining boshlanishi yoki «lyudus» turining o‘zginasi bo‘lishi
mumkin.
101
30 - j a d v a l
Muhabbat yoshi va bosqichlari
Haqiqiy, istiq-
boli porloq, bir
umrlik sof mu-
habbatning
boshlanishi yoki
aksincha shun-
chaki bir havas
bo‘lishi mumkin
Jinsiy hayot-
ning boshla-
nishi, erga va
xotinga bo‘lgan
muhabbatning
yanada oshishi
tushuniladi
Uzoq yillar
birga yashash
tufayli erning
xotinga
bo‘lgan hissi-
yotini keskin
kuchayishidir
To‘laqonli sevgi-muhabbatni his etgan har bir inson muhabbatning
quyidagi bosqichlarini bosib o‘tadi:
Boshlang‘ich
muhabbat
O‘zaro 
hurmat
Alangalangan
muhabbat


Bu albatta, sevib qolgan odamning dunyoqarashiga, uning
o‘ziga xos xususiyatlariga, ya’ni tez sevib qolishiga, hissiyotni
paydo qilgan omillarga, ya’ni o‘z shaxsini tasdiqlash, o‘zgalar-
dan qolishmaslik, bo‘sh vaqtini xursandchilik bilan o‘tkazish,
oila, ota-onalar iskanjasi yoxud nazoratidan ozod bo‘lish,
erkinlikni qo‘lga olish, oila qurish, haqiqiy umr yo‘ldoshini
uchratib, bir umr unga g‘amxo‘rlik qilish, unga hayotini
bag‘ishlashi va hokazolarga bog‘liq.
Birinchi bosqichning o‘sib ikkinchi va uchinchi bosqich-
larga o‘tishi zarurmi, yo‘qmi? — degan savol ko‘pchilikni qi-
ziqtiradi. Birinchi bosqichda, yuqorida aytganimizdek, hamisha
ham to‘laqonli muhabbat bo‘lavermaydi. Ikkinchi bosqichga
o‘tgandagina uni haqiqiy to‘laqonli muhabbat deyish mumkin. 
Birinchi bosqich ko‘p kishilarda kuzatiladi va ikkinchi
bosqichga o‘tmasdan so‘nib qoladi. Muhabbatning bu bosqichi
estetik didimizga birmuncha to‘g‘ri keladigan, estetik va jinsiy
ehtiyojlarni qondirish (jinsiy yaqinlik shart emas) mumkin
bo‘lgan ikki jinsni ma’lum vaqtgacha bo‘lgan o‘zaro muno-
sabati natijasida yuzaga keladigan hissiyotdir. Bu ko‘pincha
muhabbatning «lyudus» turini tashkil qiladi. Lekin ko‘chada
uchratib, birdan yoqtirib qolish kabi hollarni birinchi bosqichga
kiritib bo‘lmaydi. 
Ikkinchi, ya’ni alangalangan bosqichdan birinchi bosqichga
qaytilmaydi. Ikkinchi bosqichdan faqat uchinchi — o‘zaro hur-
mat bosqichiga o‘tish mumkin, xolos. Demak, faqat birinchi
bosqichgina qaytish xarakteriga ega, ikkinchi bosqichdan bosh-
lab hissiyot ortga qaytmas xususiyat kasb etadi. Faqat ma’lum
sabablarga ko‘ra bu bosqichlar «tez» bosib o‘tilishi mumkin. Bu
ayniqsa, yoshlikda ilk sevgi — muhabbatni boshdan kechirishda
yoki birdan sevib qoladigan yengil tabiatli kishilarda uchrashi
mumkin. Buni birdan alanga olib tez so‘ngan gulxanga
o‘xshatish mumkin. Demak, bunday hissiyot uzoq davom et-
maydi. Bundan muhabbat o‘tkinchi tuyg‘u ekanda, degan xu-
losa kelib chiqmasligi kerak. 
Birinchi bosqichning o‘rtacha davom ettirish vaqti hissiyot-
ni boshidan kechirayotgan shaxsning yoshiga, jinsiga, hayot
tarziga, shaxsiy xulq atvoriga shuningdek bir qancha tashqi va
ichki sabablarga bog‘liq bo‘lib, ba’zida hatto bir necha soatdan
bir necha kungacha, bir necha yilgacha davom etishi mumkin.
Buning aniq o‘lchovi bo‘lishi mumkin emas. 
102


Qizlar hissiyotidagi ruhiy omil yigitlardagiga nisbatan
kuchli bo‘lganligi va oilaviy hayot bilan oilaviy baxt qizlar ha-
yotida muhim o‘rin egallashi sababli sevgan kishisiga fidoyilik,
uning manfaatlarini o‘z manfaatidan yuqori baholash, sevgan
kishisiga o‘zini bag‘ishlash fazilatining kuchliroq ifodalanishi
sababli ko‘proq qizlarda bu bosqich tezroq o‘tadi.
Hayotda ko‘p qizlarning aldanish oqibatida homilador
bo‘lib qolishi, yigitlarning boshqa qiz bilan turmush qurib
ketishi bu bosqichning qizlarda nisbatan tez kechishini ko‘rsa-
tadi. Buning sababini qizlarning shunchaki yengiltakligidan
qidirmasligimiz, ruhiy jarayonga bog‘liq ekanligini tushu-
nishimiz lozim.
Birinchi bosqichni nisbatan tezroq bosib o‘tgan qiz-
lar uchun ikkinchi bosqich yigitlardagiga nisbatan uzoq
davom etadi. Buning sababini quyidagicha tushuntirish
mumkin:
— avvalo qizlarda ruhiy omilning jinsiy omilga nisbatan
ustunligi ko‘pincha jinsiy hayot ularda hissiyotning ikkinchi
bosqichida boshlanadi. Yigitlarning hissiyotida jinsiy omilning
kuchliligi sababli ruhiy qoniqish tezroq kechadi, chunki ruhiy
omil miqdorining o‘zi kamdir;
— jinsiy hayot kechirish bilan his-tuyg‘ular yigitlar uchun
oila qurgandan so‘ng paydo bo‘ladigan yangilik emas, chunki
ularning ba’zilari uylanmasdan oldin ham ancha-muncha
tajribaga ega bo‘ladilar.
Qizlar esa oila qurganlaridan ya’ni jinsiy hayot kechira
boshlaganlaridan so‘ng ilgari ularga batamom noma’lum
bo‘lgan his-tuyg‘ular oilaviy hayotning ahamiyatini yanada
oshiradi, Erga bo‘lgan mehr-muhabbat yanada oshadi. Shu
bois qizlarda ikkinchi bosqichning umri uzayadi. 
Uchinchi bosqich ikkinchi bosqichdan hissiyotning kuchi
va tashqi ifodalanishining birmuncha susayayishi bilan muhab-
bat obyektini ideallashtirgan tarzda emas, balki sevgilsining
shaxsidagi yutuq hamda kamchiliklarini obyektiv idrok qilinishi
bilan farq qiladi.
Aksariyat sevishganlar va er-xotinlar uchun ikkinchi
bosqichdan uchinchisiga o‘tish ular orasidagi munosabatlarni
saqlanib qolishiga shubha tug‘diradi. Bu shubha bosqichdan
bosqichga o‘tishda emas, balki har bir sevishgan juftlarda
muqarrar yuzaga keladigan sevgini o‘zaro hurmat bosqichiga
103


o‘tishini oldindan bilmaslik o‘tishdagi hissiy o‘zgarishlarni no-
to‘g‘ri talqin etish, «muhabbat obyektini tanlashda adashdim
shekilli», kabi yanglish fikrlarni yuzaga kelishidadir.
Aksariyat yosh oilalarda shunday vaqtda er-xotin orasida
kelishmovchiliklar ko‘payadi va ko‘pchilik yoshlar bunday
vaziyatda oiladan chetda yangi sevgi-muhabbat obyektini
qidirib qolishadi. Ayrim oilalar esa bu o‘zgarishlarni noto‘g‘ri
talqin etib, ajralib ham ketishadi. Shuning uchun yoshlar
muhabbat hislarini turli bosqichlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni
oldindan bilishlari va o‘z hissiyotlarini oldindan qurbon qil-
masliklari kerak.
Uchinchi bosqich umrning oxirigacha davom etishi yoki
turli va chetdan bo‘ladigan ta’sirlarga ko‘ra barham topishi
mumkin.
Agar er-xotinlarning birida «yangi muhabbat» tug‘ilib qol-
sa, turmush buzilib ketishi mumkin. O‘rtada «yangi muhab-
bat»ga sababchi uchinchi shaxs paydo bo‘lmasa oila buzil-
maydi. Chunki odam qariganda yolg‘iz qolishdan, o‘g‘il-qizlar,
kelinlar, nabiralar, tanish-bilishlar oldida gap-so‘z bo‘lish-
dan, obro‘ni yo‘qotishdan qo‘rqadi. Bunday to‘siqlarni
yengib o‘tish uchun esa albatta o‘rtada muhabbat bo‘lishi ke-
rak. Aks holda oilaviy burch zo‘rma-zo‘raki bajarib boriladi
xolos.
Uzoq yillar uchinchi bosqichda yashagan er-xotinlar
ikkinchi bosqichga qaytishlari mumkin emas.
Ikkinchi bosqich konkret sevgilisi bilan bir marotaba bosh-
dan kechirilib shu shaxs bilan ikkinchi bosqichga qaytish
bo‘lmaydi.
Alangalangan bosqichni odam o‘z hayotida bir necha ma-
rotaba his etishi mumkin, ammo har birida yangi sevgi
bo‘ladi.
Uchinchi bosqichni uzoq yillar davomida birga yashagan
oilalarda kuzatish mumkin. Bunda erning xotiniga yoki xotin-
ning erga bo‘lgan hissiyoti keskin kuchayadi. Ya’ni hissiyotda
umrning ayrim yoshlarida ko‘tarilishi kuzatiladi. Bu ayniqsa
tashqi sabablarga ko‘ra ma’lum vaqt ayriliqda yashaganda,
oilaviy hayotdagi mayda-chuyda narsalar ilgarigi ahamiyatini
yo‘qotganda, o‘rtadagi sevgi-muhabbat hislari qayta tiklanadi.
Va hatto zo‘rayib ketadi. Ba’zan esa bu hol katta fojialarni
boshdan kechirish yaqin kishilarini yo‘qotishdan so‘ng ham
104


bo‘lishi mumkin. Er-xotinlardan birining oiladan tashqari jinsiy
munosabatda bo‘lganidan so‘ng ham o‘z turmush o‘rtog‘iga
bo‘lgan hissiyotining kuchayishi kuzatilishi mumkin. 
Er-xotin o‘rtasidagi his-tuyg‘ularining susayishiga o‘ta faol
jinsiy hayot kechirish, oilada bo‘lib turadigan mayda-chuyda
kelishmovchiliklar ham sabab bo‘ladi. Nikohgacha bir-birlariga
yaxshi ko‘rinish, dilni rom qilish maqsadida chiroyli kiyinish,
pardoz andozga zo‘r berish, xulq atvorning faqat yaxshi
tomonlarini ko‘rsatishga urinish, to‘ydan keyin sal vaqt o‘tmay
ma’lum bo‘lib qoladi. Ya’ni insonning asli namoyon bo‘la
boshlaydi. Hatto bir-birimizsiz yashay olmaymiz deganlar bir-
birini haqorat qilishgacha boradi. Bularning bari o‘rtada chin
sevgi bo‘lmaganidan yoki uni asray olmaganlikdan dalolat be-
radi.
5.5. MUHABBAT VA MIJOZ
Sevgi-muhabbatning paydo bo‘lishini bevosita mijoz
toifasiga bog‘lash xato bo‘lar edi, ammo mijoz bilan hissiyot-
ning ifodalanishi orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni inkor etib
bo‘lmaydi.
Xolerik va sangvinik toifadagi yoki ularning aralashuvidan
iborat toifadagilar o‘zgalar bilan tez va oson til topishadi. Bu
toifadagi erkak va ayollar o‘zlariga do‘st topishda unchalik qiy-
nalmaydilar. Shuningdek, bunday toifadagi odamlar flegmatik
va melonxoliklarga nisbatan tez va oson sevib qoladilar.
Chunki ularda hissiyot tashqi tomondan kuchli ifodalangan va
shu sababli ham hissiy qoniqish osonroq va tezroq sodir bo‘la-
di. Bundaylar yuqoridagi aytib o‘tilgan bosqichlarni birmun-
cha tezroq bosib o‘tishlari ham mumkin. 
Flegmatik va melonxoliklar esa o‘zgalar bilan til topishish-
lari ancha qiyin. Ular duch kelgan kimsa bilan do‘stlashib ke-
tavermaydilar. Ammo do‘stlikning qadriga yetadilar va arzima-
gan sabab uchun do‘stlikdan kechmaydilar. Bu toifadagi kishi-
larda hissiyot nihoyatda chuqur va pinhona kechadiki, buni
boshqalarning tashqi tomondan sezishi qiyin. Buni xuddi dar-
yoning chuqurligini uning sathiga qarab bilib bo‘lmaganiga
o‘xshatish mumkin.
Muhabbatning qay darajada ifodalanishi. Mijoz turidan
tashqari o‘sha odam yashayotgan sharoit, muhit, tevarak-
105


atrofdagilar qarashi, sotsial axloqiy va milliy mezonlarga ham
bog‘liq bo‘ladi. Masalan ba’zi millatlarda qizlarning nikoh-
gacha jinsiy hayot kechirganligiga yoki bu borada ma’lum tajri-
ba orttirganligiga birmuncha odatiy hodisa sifatida qaralsa,
boshqa joylarda bunday qizlarga nafrat bilan qaralib, ularning
bu ishlari sharmandalik hisoblanadi. Jumladan, Kavkaz va
O‘rta Osiyo mamlakatlarida mahalliy millatlar uchun qiz bola-
ning nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo‘lishi axloqsiz-
lik, — deb qaraladi. Hatto O‘zbekistonning ba’zi qishloqlarida
«qiz yigit bilan yurar emish» — degan mish-mish gaplarning
o‘zi shu qizga sovchilarning kelmasligiga, qizlik obro‘sining
tushishiga, turmushga chiqish imkoniyatining keskin pasayishi-
ga olib keladi.
5.6. MUHABBATNING BELGILARI
Hissiyotdagi ayrim bosqichlarga ko‘ra muhabbat turini,
bosqichini va umuman sevgi hislarining bor-yo‘qligini aniqlash,
Ibn Sino kabi «og‘ir xastalik»ka tashxis qo‘yib, uni davolash
choralarini ko‘rish mumkin. Bu hissiyotlarning ayrimlari aslida
birinchi bosqichdayoq kuzatiladi va ikkinchi bosqichida niho-
yatda kuchli, hamda har tomonlama ifodalanadi. Ular
quyidagilardan iborat:
«Birgalik» effekti.
Bunday hollarda muhabbat hislarini
boshdan kechirayotgan shaxsning ongida, tasavvurida, xayolida
doimo sevikli yori gavdalanib turadi. Nima ish qilmasin va
106
31 - j a d v a l
Xolerik toifa
Flegmatik toifa
Melanxolik toifa
Sangvinik toifa
TEMPERA-
MENT MIJOZ


qayerda bo‘lmasin, hatto yoridan juda uzoq masofada bo‘lsada,
xayolan u bilan gaplashadi, yashaydi.
Idrokning ideallashishi.
Bunday hollarda sevilgan inson
ideallashtirilgan holda idrok etiladi. Takrorlanmas darajadagi
shaxs sifatida, har tomonlama mukammal shakllangan, niho-
yatda chiroyli, aqlli, odobli va o‘zga ijobiy xislatlarni o‘zida
mujassamlashtirgan yigit yoki qiz sifatida namoyon bo‘ladi.
Fe’l-atvoridagi salbiy tomonlar yoki biror jismoniy nuqsonlar
kamchilik sifatida emas, balki betakror, noyob fazilat sifatida
qabul qilinadi. Sevgilisi va u bilan bog‘liq barcha narsalar
(uning qarama-qarshi jinsdagi tengdoshlaridan tashqari) va
yaqin kishilari ham faqat ijobiy jihatdan idrok etiladi.
Altruizmning keskin ifodalanganligi.
Bu bosqichda altru-
izmning og‘irlik markazi muhabbat timsoli bo‘lgan qiz yoki
yigitga yo‘nalgan bo‘ladi. Altruizm nihoyatda kuchli bo‘lganda
inson sevgan kishisi uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. U
sevgan kishisini manfaatini o‘zining manfaatidan ustun qo‘yadi
va buni birinchi darajali zarurat hisoblaydi. 
Muhabbat kuchiga cheksiz ishonish.
Bunday holatda
muhabbat hislarini boshdan kechirayotgan shaxs o‘z sevgilisi
bilan birga bo‘lishni, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazishni, tezroq
u bilan oila qurishni va umrining oxirigacha birga bo‘lishni
orzu qiladi, shunga intiladi, u ko‘pincha bu rejasini amalga
oshiradi. Bunday oliy baxtga erishish yo‘lida turli to‘siqlar
uchrashi muqarrardir. Chunki hayot bitmas-tuganmas, turli-tu-
man qiyinchiliklar va qarama-qarshiliklardan, jumladan ota-
onalarning qarshiligi, sevgisining o‘zga kishi bilan nikohda
107
MUHABBAT BELGILARI:
1. «Birgalik» effekti.
2. Idrokning ideallashishi.
3. Altruizmning keskin ifodalanganligi.
4. Muhabbat kuchiga cheksiz ishonish.
5. Sevgilisida boshqalar ko‘rmagan jihatlarni ko‘rish.


ekanligi, ikkalalarining ham nikoh yoshida emasligi, ijtimoiy va
iqtisodiy yetuklikka erishmaganligi, uy-joyining yo‘qligi, biri-
ning o‘zga shahardan yoki qishloqdan kelganligi, o‘zga millatga
mansubligi va hokazolardan iboratdir. 
Yuqoridagi sabablar sevgi hissiyotini boshidan kechirayot-
gan yoshlar uchun to‘siq bo‘la olmaydi va ular bu to‘siqlarning
bariga e’tiborsizlik bilan qarashadi. Ularning fikricha muhabbat
barcha narsaga qodir, barcha to‘siqlarni yenga oladi, ayni vaqt-
da muhabbatlari haqiqiy bo‘lsa ular barcha qiyinchiliklarga bir-
galikda bardosh berishadi. Haqiqatan ham chin muhabbat bu
to‘siqlarning so‘zda yoki tasavvurda emas, balki hayotda
amalda yengib o‘tadi va oila qurishda, hayotiy qiyinchiliklarni
yengib o‘tishda katta omil hisoblanadi. Lekin yoshlar faqat ikki
narsani oldindan ko‘ra bilmaydilar: 1) muhabbatning hissiy
kuchi uchinchi bosqichga o‘tgandan keyin birmuncha susayi-
shini; 2) hissiyot kuchi susayishi bilan hayot qiyinchiliklari
ahamiyatining keskin oshishi va sevishganlarning o‘zaro
munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini, ko‘pgina sevishgan-
lar o‘z muhabbatlarini boshqalarnikidan ustun qo‘yishadi va
umrlarining oxirigacha shunday qoladi, deb o‘ylaydilar.
Sevgilisida boshqalar ko‘rmagan jihatlarni ko‘rish, o‘zgalar
ahamiyat bermagan xislatlarni sezish,
hali yaqqol ifodalanma-
gan qobiliyatni aniqlash, uning qanday mutaxassis bo‘lib
yetishishini oldindan ko‘ra bilishning barchasi muhabbat
ziyrakligining namoyon bo‘lishidir. Bu, albatta, sevgan odam-
ning qanday ko‘z bilan qarashiga bog‘liq. Bu qarashning o‘ziga
xos ruhiy tomoni shundaki, u basharti ijobiy tomonlarini bo‘rt-
tirib ko‘rsatsa, salbiy tomonlarga e’tibor bermaydi. Shular tu-
fayli ko‘pincha sevgilisining ota-onasi ham ko‘ra bilmagan is-
tiqbolini aytib bera oladi.
Sevgan odamda hayotga nisbatan muhabbat kuchayadi.
Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: ularda ruhiy jihatdan kes-
kin o‘zgarish sodir bo‘ladi, dunyoni o‘zgacha tasavvur qilisha-
di, hayotni chuqurroq idrok eta boshlaydilar, o‘zgalarni qalb-
dan tushunish, ularga hamdardlik bildirish kuchayadi, ilgari
yaqqol ifodalanmagan rahmdillik hislari paydo bo‘ladi va orta-
di. O‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zish, tevarak-atrofdagi
go‘zallikni ko‘ra olish — estetik idrok qilish kuchayadi. Axloqiy
qarashlar yuksaladi, oldingi yomon odatlarini tashlaydi (bu
muhabbatning tarbiyaviy ta’siri o‘zgalarga bo‘lgan hurmatning
108


oshishi tufaylidir), ijodiy faoliyati va ish qobiliyati ortadi
(chunki muhabbat kishi faoliyatiga kuchli ta’sir qiladi) va h.k.
5.7. SEVGINING FASLIY O‘ZGARISHIGA TAYYOR BO‘LING
Tabiatda yil fasllarining o‘zgarib turishi, har bir faslning
o‘ziga xos takrorlanmas go‘zalliklari borligini bilamiz.
Tabiatdagi o‘zgarishlarni orziqib kutamiz, ulardan zavqlanamiz.
Lekin o‘z ruhiy olamimizda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni
ko‘ra bilmaymiz. Bu esa bizning hissiyotlarimizga, oilaviy ha-
yotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu o‘rinda so‘z
muhabbatdagi fasllar o‘zgarishi, undagi eng murakkab va xavfli
bo‘lgan ikkinchi bosqichdan uchinchi bosqichga o‘tish haqida
boryapti. O‘tish har qanday davr uchun ma’lum bir inqirozlar
bilan kechgani sababli bu bosqichda ham qator qiyinchilik-
larga, turmush urinishlariga ro‘baro‘ kelish mumkin. Chunki
aynan shu davrdan boshlab sevgilisini ideallashtirib idrok qi-
lishga moyillik kamayib boradi. Endi shaxs qanday bo‘lsa,
shundayligicha, real, aniq va xolisona idrok qilinadi. Mehr-
muhabbatning yo‘nalishi o‘zgarib farzandlar tomonga og‘adi va
turmush o‘rtog‘iga nisbatan esa kamayib boradi. Ruhiy to‘yi-
nish — er-xotinning bir-biridan to‘yib qolishidan, oiladagi turli
ikir-chikirlardan nizolar kelib chiqa boshlaydi.
Er-xotin qanchalik yosh bo‘lsa, bu davr shunchalik og‘ir
o‘tadi. O‘zaro kelishmovchiliklar ko‘payadi. Ularning yoshligi,
hayotiy tajribalarining yo‘qligi oqibatida «muhabbatimiz o‘ldi»
yoki «muhabbatda, umr yo‘ldoshi tanlashda adashdim, men
hali yoshman xatoyimni to‘g‘rilab olaman», deb oilaviy
yong‘inni alanga oldirish bilan ahvol yanada og‘irlashadi.
Kuyov o‘zicha: «Ko‘cha to‘la xotin», — desa, kelin: «Er qurib
qolibdimi, ko‘chaga chiqsam son mingta er, xohlasam erta-
gayoq birontasiga tegib olaman» — degan xayolga borishlari
mumkin. Natijada to‘yinishga uchragan hissiyotlarni va o‘zaro
munosabatlarni ruhiy jihatdan tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqa-
rish o‘rniga salbiy munosabatlar yuzaga keladi va ikki yosh
ham bu munosabatning quliga aylanib qoladilar.
Bunda, albatta, kelin yoki kuyovning ota-onasidagi kam-
chiliklar, do‘sti yoki qarindoshining to‘ydan avval ogohlantir-
gani yoki to‘ydan oldin sevishganlar orasida bo‘lib o‘tgan may-
da-chuyda gaplar kuyov va kelin ma’lumotidagi tafovutlar:
109


«Savodsiz bo‘lmasa shu ishni qilarmidi?», «Oliy ma’lumotli
xotin olgandan ko‘ra uylanmasdan o‘tgan yaxshi»; yosh
orasidagi tafovutlari: «Xotining pedagog bo‘lsa, bir umr tar-
biyalaydi», «Ering san’atkor bo‘lsa, oilaviy hayoting sahnaga
aylanadi, xotining san’atkor bo‘lsa, vafosizlik soya kabi ajral-
maydi»; milliy tafovutlar: «O‘z millatim bilan turmush qurga-
nimda shunday xorlanmas edim»; ota-onaga aloqadorlik:
«piyanista otaning o‘g‘li kim bo‘lardi?», «it emganiga tortadi»
va shu kabi o‘zini oqlab, bor gunohni umr yo‘ldoshiga ag‘da-
rishga intilish salbiy munosabatlarning shakllanishiga imkon
yaratadi.
Bunday munosabat shakllangandan so‘ng oilaviy hayotdagi
har qanday kelishmovchilik va nizolar xuddi shu munosabat
zaminida hosil bo‘layotgandek idrok etiladi. Bu munosabatga
aloqador bo‘lmagan voqealar xotirada saqlanmaydi, unga alo-
qadorlar esa uzoq muddatgacha xotirada saqlanib qoladi.
Undan so‘ng er-xotin salbiy munosabatlar quliga aylanadilar.
Bu esa asta-sekin oila poydevorini yemirib, uning barbod
bo‘lishiga olib keladi. Endi o‘zaro er-xotinlar emas, balki ular
orasida yuzaga kelgan salbiy munosabatlar kurashadi. Er-xotin
esa mazkur munosabatlarning jasur jangchilariga aylanadilar.
Ular orasidagi jang muhabbat tamomila barbod bo‘lgunicha
davom etaveradi. Lekin barcha oilalarda ham o‘tish davri
yuqorida ifodalangandek kechavermaydi. 
Yuqorida sevishganlar o‘rtasidagi salbiy munosabat va
uning oilaviy munosabatga zarbasini aytib o‘tdik xolos. Ammo
munosabatlar ijobiy ham bo‘ladi. Muhabbatning birinchi
bosqichida hissiyotli inson ijobiy munosabatlar ta’sirida va
ayniqsa, ikkinchi bosqichda o‘zining yuqori nuqtasiga yetadi.
Ammo ba’zi er-xotinlar (ko‘pincha ayollarda) uchinchi
bosqichga o‘tishda va o‘tgandan so‘ng atrofdagi er-xotinlarga
havas bilan qaraydilar, ularni o‘z erlariga o‘rnak qilib ko‘rsata
boshlaydilar. Bunda aksariyat ayol kishining o‘z hayotiga
xolisona ko‘z bilan qaramasdan chiqargan xulosalari ustunlik
qiladi. Bunday ayol va erkak o‘z eri yoki xotiniga ularning
hamkasblari, do‘stlari, tanish-bilishlari ko‘zi bilan qarab
ko‘rishlari kerak. Shunda ular o‘z umr yo‘ldoshlarida qan-
chadan qancha ijobiy xislatlarni ko‘radilar, ulardan boshqalar-
da bo‘lmagan, biroq o‘zlari qadrlay bilmagan qimmatli tomon-
larni topadilar.
110


Xalqimizda «oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q», degan
maqol bor. Bu eng avvalo oilaviy hayotga, er-xotin o‘rtasidagi
munosabatlarga taalluqlidir. Shuning uchun doimo o‘rtadagi
sevgi-muhabbatning qadr-qimmatini arzimagan sabablarga
ko‘ra yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, ko‘ngilsizliklarning oldini
olib yashash kerak. Aks holda keyingi afsus va pushaymonlar
bir umr ruhiy azob berishini, yo‘l qo‘yilgan bu xatoni bir umr
tuzatib bo‘lmasligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Hayot murakkab jarayon, unda nimalar bo‘lmaydi, deysiz.
Arzimas sabablardan janjal chiqarishga, uni avj oldirishga
harakat qilmaslik kerak. Bizda «er-xotinning urishi — doka
ro‘molning qurishi», degan ibratli gap bor. Xususan, o‘rtada
farzandlar paydo bo‘lgandan keyin juda ehtiyot bo‘lish zarur.
Barbod bo‘layotgan muhabbat tuyg‘usini hech bo‘lmaganda
norasida go‘daklar hurmati uchun, ular taqdirini o‘ylab ham
asrab qolish shart. Loaqal oila saqlab qolinmaganida ham sev-
gi-muhabbat hislarining nafratga aylanib ketmasligiga yo‘l
qo‘ymaslik zarur.
Oilaviy hayotdagi xursandchiliklarni, o‘tib ketgan shirin
damlarni, iliq munosabatlarni eslash ham arzimas nizolarni
ro‘yobga chiqishining oldini oladi. Bu o‘rinda er-xotin bir-bir-
larining xulq-atvorlaridagi ijobiy xususiyatlarini eslab turishlari
ham muhim rol o‘ynaydi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, muhab-
batning ikkinchi — alangalangan bosqichi umrini uzaytirishga,
o‘zaro hurmat bosqichiga inqirozsiz, nizolarsiz o‘tishga yosh-
larni tayyorlash zarur. Bu esa oilaning totuv yashashiga yordam
beradi. Buning zaruriy shartlari o‘ta madaniyatli bo‘lish, oilaviy
turmushga ijodiy yondoshishdir.
Umuman oilaviy hayotda, jumladan, yosh oilalarda kelish-
movchiliklarga, qo‘ydi-chiqdilarga olib keluvchi sabablar ko‘p.
Shulardan biri — rashk tuyg‘usidir. Ba’zan rashk og‘ir va kutil-
magan oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham
biz quyida rashk tuyg‘usi, uning ko‘rinishlari haqida to‘xtalib
o‘tishni lozim topdik. Bu haqda bilib qo‘yish va ma’lum
tasavvurga ega bo‘lish, Siz yoshlar uchun ham foydadan xoli
emas.
111


5.8. RASHK HISLARI
Sevishganlar yoki oila qurayotganlarning o‘zaro muno-
sabatlarini xarakterlovchi vaziyat, sharoitlardan biri bu —
rashkdir. Sevikli odamidan ajralib qolish, uni yo‘qotib qo‘yish
xavfini hech qachon boshdan kechirmagan odam rashkni qan-
daydir tushunarsiz aqlsizlikdek tasavvur qilishi mumkin. Sevikli
odamidan ajralib qolish nima ekanligini bir marta bo‘lsa ham
boshidan kechirgan odam esa rashkchini osongina tushunadi va
unga ma’lum darajada hamdardlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Oldingi vaqtlarda, ayniqsa sobiq ittifoq davrida (40—60-yillar-
da) ayrim salmoqli adabiyotlarda, rashk — bu «o‘tmishning
jirkanch qoldig‘i», «xususiy mulkchilik asosida tug‘ilgan past
hissiyot»dir, odamning shaxsiy erkinligini va boshqa odamlar
shaxsiyatini hurmat qilish darajasiga erishilsa, rashk haqidagi
gaplar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi, chunki bunaqa sharoit-
larda uning yuzaga kelishi uchun hech qanday asos bo‘lmaydi,
deb yozilar edi.
Haqiqatan ham, rashk aksariyat hollarda xususiy mulkchi-
lik psixologiyasi izlarini o‘zida namoyon qiladi, ayrim
odamlarda «rashk qiladimi — demak sevadi!» — degan qarash
hozir ham mavjud. Ko‘pchilik odamlar uchun rashk — sevgi-
ning o‘ziga xos zarur «ziravor»laridan biridir. 
Hozirgi vaqtlarga kelib bu o‘tmish «qoldig‘i» asta-sekinlik
bilan qayta oqlanmoqda. Nafaqat badiiy adabiyotlarda, balki
publitsistik va ilmiy asarlarda ham bu hissiyotning yashashga,
mavjud bo‘lishga haqqi borligi tez-tez qayd etilmoqda. O‘z
navbatida A.I.Gersen rashk haqida gapirib, «Rashkni bir yoqla-
ma qat’iy yo‘q qilib yuborish, shu bilan birga ayolga, erkakka
bo‘lgan sevgini jinsga bo‘lgan sevgi bilan aralashtirib, uni bu-
tunlay yo‘q qilib yuborishdir», — degan edi. Sevuvchi va shu
sevgan odamiga nisbatan hech qachon rashkini his qilmagan,
sevgan odami xulqiga nisbatan bee’tibor munosabatda bo‘lgan
birorta odamni topish qiyin, rashk bu sevgini himoya qiluvchi
vosita sifatida vujudga kelgan. Shuning uchun ham uni faqat
sevgi bilan birgalikdagina yo‘qotish mumkin. Shoir Uyg‘un
aytganidek: 
Rashkim uchun nolima jonim, 
Rashk sevgiga soqchi doimo....
112


Umuman olganda, albatta rashkchi odamlarga havas qilib
bo‘lmaydi. O‘zidagi bu hisni yenga olmaydigan odamlar —
doimo xavotirda, hadikda yashaydigan baxtsiz odamlardir.
Ularning ikki karra baxtsizligi yana shunda hamki, ular bir
vaqtning o‘zida ham jabrlanuvchi, ham azob beruvchi, ham
zo‘ravon, ham quldirlar. 
Ishonchsizlik, doimo xiyonat, shubhalanish muhitini yuza-
ga keltirar ekanlar, bundan ularning o‘zlari birinchi bo‘lib
azoblanadilar. Ular arzimagan bahona tufayli yoki uning
bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar yolg‘iz yoki oshkora
janjallarni yuzaga keltirishga doimo tayyor bo‘lishadi. Bu esa
ularning uyda, ishda va butun hayotida boshqa odamlar bilan
bo‘ladigan o‘zaro munosabatlariga, jumladan jinsiy munosabat-
lariga ham jiddiy ta’sir qiladi va ko‘pincha ayanchli psixologik
xastaliklar, shikastlanishlarga ham olib kelishi mumkin.
Bunday holatlarda har ikki jins vakillari o‘z juftiga rashk qilish
uchun hech qanday sabab, asos, bahona yaratib qo‘ymaslikka
harakat qilishi, ayniqsa «sevgining uyqu» davrida ko‘proq
iliqlik, sabr-toqat, chidamlilikni namoyon qilishlari lozim
bo‘ladi. 
Psixologlar rashkni zolimona rashk va «izzat-nafsi poymol
qilinganlikdan» bo‘ladigan rashklarga farqlaydilar. Zolimona
rashkni odatda xudbin (egoist), qaysar, zolim, hissiy sovuq va
begonalashib ketgan, yotsiraydigan, yetarlicha avtoritar
odamlar yuzaga keltiradilar. Bunday odamlar odatda turmush
o‘rtoqlariga faqat bir buyumdek, o‘z manfaati, farog‘atini
qondirish obyekti, o‘z mulkidek qaraydilar. Ularda boshqa
odamning shaxsiy xususiyatlarini sezish, hurmat qilish qobili-
yatlari rivojlanmagan bo‘ladi. Izzat-nafsi, sha’ni kamsitilganlik-
dan bo‘ladigan rashk — bu odatda hayajonlanadigan, har
narsadan gumonsirayveradigan, o‘ziga ishonmaydigan, xavf-
xatar va noxushliklarni bo‘rttirishga moyil, nuqsonlar komplek-
sidan jabrlanuvchi odamlarga xosdir. Ularning rashki unchalik
g‘azabli, qahrli bo‘lmasligi, biroz yumshoqroq namoyon
bo‘lishi mumkin. Biroq uning ham o‘z mohiyatiga ko‘ra oilaviy
baxt uchun zahri, zarari kam emas.
Ba’zan «undalma» deb nomlanuvchi rashk ham farqlanadi.
Bunday rashkning manbayi bo‘lib, o‘zining turmush o‘rtog‘iga
vafosizligini unga ko‘chirish yoki o‘zining ishonchsizligi tur-
mush o‘rtog‘iga doimo xiyonat qilishga tayyorligi kabilar xiz-
113


mat qilishi mumkin. Bu, ayniqsa nikohdan oldingi «boy» sek-
sual tajribaning xavfli asoratlaridan hisoblanadi.
Lov etib yongan rashk mumkin bo‘lgan barcha «fakt»lar-
ning «qulog‘idan» tortib, turmush o‘rtog‘ining eng arzimagan,
beozor xatti-harakatlari, qiliqlarini o‘zining yovuz, zolim,
tuban nurlari, ranglari bilan talqin qilib, arzimagan narsalarni
shubha botqog‘iga bulg‘ab, ulardan o‘zining namoyon bo‘lishi
uchun qo‘shimcha quvvat manbayi sifatida foydalanadi. Ishdan
ozgina kechikib qolish, do‘stlar davrasidagi beozor imo-ishora
yoki so‘z allaqachon unutib yuborilgan bolalik ishtiyoqlari va
shu kabi hayot ikir-chikirlarining hammasi g‘oyat darajada
puxtalik bilan o‘z turmush o‘rtog‘iga qarshi, uni ayblovchi akt-
larning qalin tomlariga yig‘iladi.
Qizig‘i shundaki, bunday rashkka qarshi kuchli asoslangan
ta’sirlar ham, uni to‘xtatib qolishga urinishlar ham qaytanga
uni kuchaytiradi va yanada qizdirib yuboradi. Xuddi qopag‘on
itni zanjirga bog‘lab qo‘yilsa battar darg‘azab bo‘lib, «tartib
buzuvchilariga» tashlanishi va hurishi, ichib olgan janjalkash
odamning qo‘lidan tutib turilsa, o‘z, tajovuzkorligini yanada
kuchli namoyon qilganidek, rashk ham shunga o‘xshash holat-
ni namoyon qiladi. Aynan shuning uchun ham umuman
«taqiqlangan meva»ning mazasi odamlar uchun shu qadar
shirin tuyulsa kerak, balkim.
5.9. RASHK HISLARIDAN XALOS BO‘LISH YO‘LLARI
Rashk hislaridan qutilishda psixologlar quyidagi yo‘llarni
tavsiya etishadi:
1. Rashk hislarini boshdan kechirayotgan shaxs yaxshilab
mulohaza qilishi, o‘z rashk hislariga tanqidiy qarashi, rashk
hislarini yuzaga keltirayotgan sabablar reallikdan ancha yiroq
bo‘lib aksariyat hollarda rashk qiluvchi shaxs o‘zini tasavvur
xayoli ekanligini tushunib yetishi. Haqiqatni tushunib yetgan
shaxs tegishli xulosa chiqarib rashk hislari azobidan qutulish
imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur uslubni qo‘llash har bir inson
qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun shaxs yetarli aql, kuchli
analitik tafakkur egasi bo‘lishi kerak.
2. Rashkni yuzaga keltiruvchi shaxsni ijobiy sifatlarini o‘zi-
da mujassam qilib, o‘z «raqibi»ni sog‘lom raqobatda ma’naviy,
axloqiy, aqliy, madaniy jihatdan mag‘lub qilish yo‘li orqali o‘z
114


sevgilisini qaytarish (agar shunday real raqibni o‘zi bo‘lsa). Bu
uslubni qimmatli tomoni shundaki, sevgilisini qaytara olmagan
taqdirda ham shaxsda ijobiy o‘zgarishlar, qimmatli sifatlar
shakllanadi. Ular esa yo‘qotilgan sevgilidan ko‘ra afzalroq
muhabbat obyektini uchratishga xizmat qiladi. 
3. Rashk hislari asosli faktlarga tayangan, avvalgi
tavsiyalarimizdan foydalanish imkoni bo‘lmagan shaxslar azob
beruvchi rashk hislaridan quyidagicha qutilishlari mumkin.
Rashk qilayotgan kishingiz shaxsini muhabbat ko‘zoynagini
yechib, tanqidiy ko‘z bilan o‘rganing. Oqibatda uning shaxsida
qator kamchilik va nuqsonlar borligiga iqror bo‘lasiz. Shuncha
kamchiliklari bo‘lgan, Sizga bevafolik qilayotgan shaxs uchun
azob chekishingiz o‘rinlimi? Bu shaxs sizning beg‘ubor,
muqaddas sevgi hislaringizga loyiqmi? Mazkur vaziyat o‘z
vaqtida ko‘zingizni ochib, uni haqiqatan kim ekanligini to‘g‘ri
idrok qila olishingizga minnatdor bo‘ling. Sizdek vafoli, axloq-
odobli insonni qadriga yetmagan shaxs sevgi muhabbatingizga
loyiq emasligiga ishonch hosil qiling. Agar yuqoridagi fikr-
larimiz Sizni holatingizga to‘g‘ri kelsa, demak rashk qiluvchi
shaxsning obyektiv bahosini berish natijasida uni idrokingizda
qadrsizlantiradi. Qadrsizlangan shaxs odatda rashk qilinmaydi
va siz rashk hislaridan xalos bo‘lasiz.
Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. Sevgi haqida qanday mulohazalar, rivoyatlar, ta’riflarni bila-
siz?
2. Sevgining qanday turlari mavjud?
3. Sevgi hissi va yosh o‘rtasida qanday bog‘liqliklar mavjud?
4. Yigit va qizlarda sevgi tuyg‘usining ifodalanishida qanday
tafovutlar mavjud?
5. Qizlar va yigitlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qanday
turlari farqlanadi?
6. Muhabbat bosqichlari qanday namoyon bo‘ladi?
7. Muhabbat va inson mijozi o‘rtasida qanday bog‘liqliklar
mavjud?
8. Muhabbat belgilari qanday namoyon bo‘ladi?
9. Sevgining fasliy o‘zgarishi nimalardan iborat?
10. Rashk hissi nima? Uning sevgiga qanday ta’siri bor?
115


Mavzuga oid jumboqlar
1. Avval sog‘ ko‘zlarga rangli parda qoplab, so‘ngra uni
yaxshi, ravshan, real ko‘radigan qiluvchi xastalikning nomini
toping.
(sevgi-muhabbat)
* * *
2. Eng ko‘p tarqalgan ko‘z kasalligini toping.
(sevgi-muhabbat)
* * *
3. Qaysi og‘ir xastalikdan kishilar tuzalishni istamaydilar?
(sevgi-muhabbatdan)
* * *
4. «Muhabbat — bamisoli baland tog‘ cho‘qqilariga
o‘xshaydi. Ular zabt etilganidan so‘ng pastga tushishdan o‘zga
chora qolmaydi» iborasini psixologik tahlil qiling va muhabbat
hislariga xos xususiyatlarni sanab o‘ting.
* * *
5. «Muhabbat — bu erkak kishini yagona ayol bilan
qoniqish va cheklanishga bo‘lgan intilishi» iborasini psixologik
tahlil qilib, mohiyatini ochib bering.
* * *
6. «Muhabbatda baxtli bo‘lish uchun ko‘rishdan qolish
shart emas, faqat vaqti-vaqti bilan ko‘zni yumib turish kerak»
iborasini psixologik tahlil qilib, mohiyatini ochib bering.
Aforizmlar:
œ
Muhabbat eng qadimiy va navqiron tushuncha. U shun-
gacha qarigan emas, bundan keyin ham qarimaydi. U hamisha
oftob yanglig‘ qalbga yaqin, ammo har bir zamon, har bir
avlod va har bir qalb uni yanada yangi, mazmunli, ko‘rkam va
fayzli bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
T. Qorayev
116


œ 
Muhabbat insoniyatni hayvonot olamidan sug‘urib olgan
kuchdir.
Z. Freyd
œ 
Muhabbat degan narsa juda oz kishiga nasib bo‘ladirg‘on
bir duri bebahodir.
A. Qodiriy
œ 
Yaqin odamga nisbatan bo‘ladigan sevgining ikki turi
mavjud. Agar biz boshqa odamga nisbatan bo‘lgan o‘zimizning
sevgi hissimizni sevsak — bu sevgi, agar biz boshqaning bizga
nisbatan bo‘lgan sevgisini sevsak — bu do‘stlik.
V. Klyuchevskiy
œ 
Muhabbatning ming qirrasi bor, har biri o‘z nuri, o‘z
g‘ussasi, o‘z baxti va o‘z totli bo‘yiga ega.
Konstantin Paustovskiy
œ 
Xushtoringizdan hech qachon u sizni nima uchun sevish-
ligini so‘ramang: agar u bu haqda o‘ylab ko‘rgundek bo‘lsa,
balkim sizda sevishga arzigulik xislatning o‘zi topilmay qolishi
mumkin.
K. Melixan
Eng yaxshi kun — bugun.
Eng katta xato — umidsizlikka berilish.
Eng katta ojizlik — nafrat.
Eng katta tinchlikni buzuvchi — ko‘p gapiradigan odam.
Eng xavfli odam — yolg‘onchi.
Eng katta hayot — hamjihatlik hissi.
Sen berishing yoki olishing mumkin bo‘lgan eng katta
sovg‘a — sevgi!
* * *
œ 
Sevish degani — bu o‘zimizdagi va atrofimizdagi minglab
to‘siqlarni yengib o‘tish deganidir.
J.Anuy
117


œ 
Erkak kishi ayolni chanqoqdan azob chekib suvga inti-
layotgan yo‘lovchidek sevadi. Undan o‘z hirsini (ehtiyojini)
qondirib bo‘lganidan so‘ng u o‘zi talpinayotgan predmetga qi-
ziqishini yo‘qotadi.
œ 
Ayol kishi erkakni issiqdan toliqib salqinga intilayotgan
yo‘lovchidek sevadi. U hatto o‘zi xohlagan narsaga erishsa ham
u sevgiga to‘ymaydi. 
Syuy Syuemo. O‘rta asr xitoy aforizmi 
Nokas kishi hech mahrami jon bo‘lmas,
Sho‘r yer uzra bog‘-u guliston bo‘lmas,
Kim dardi diloromni sevmasa jondek,
Hargiz o‘zganing dardina darmon bo‘lmas.
Hofiz Xorazmiy
œ 
Rashk bu boshqalardan ko‘ra o‘ziga ko‘proq azob berish
san’atidir.
A. Dyuma
œ 
Rashkdan maqsad — xotinni yomon yo‘lga kirishining
oldini olishdir.
Ahmad Donish
œ 
Qalbida olovi yo‘q ayolning o‘zi yo‘q, uni faqat yoqa bi-
lish malakasiga ega bo‘lmagan erkaklar bor.
G‘. Shoumarov
Mavzuga oid latifalar
Bir erkak boshqasidan so‘rayapti:
— Agar sen, seni hali ham kechiradigan, senga juda mehri-
bon bo‘ladigan, sen uchun hamma narsaga tayyor ayolni
uchratib qolsang, unga nima deysan?
Ikkinchi erkak biroz o‘ylanib turdida va javob berdi:
— «Assalomu alaykum oyijon!».
118


* * *
— Xotinimning tug‘ilgan kuniga nima sovg‘a tayyorlab
qo‘yishni bilolmayapman. U unchalik qimmat bo‘lmasa va shu
bilan birga xotinimni xursand qilsa.
— Unga o‘nta imzosiz ishqiy maktub yoz!
* * *
Yigit qizga dedi:
— Jonginam, sizsiz hayot menga qorong‘i. Agar turmushga
chiqsangiz osmondagi yulduzni olib ber, desangiz olib bera-
man.
— Yulduzning hech hojati yo‘q, — dedi qiz. Maoshingiz-
ning bir tiyinini nari-beri qilmay olib kelib tursangiz, kerakli
narsani o‘zim sotib olaveraman.
* * *
— Yaxshi qiz, men bilan kinoga tushishni istamaysizmi?
— Istamayman.
— Siz o‘ylamang, men har qanday qizni ham kinoga taklif
qilavermayman.
— Men ham har qanday yigitga yo‘q deyavermayman.
119


VI b o b. NIKOH OLDI OMILLARI 
XUSUSIYATLARI VA ULARNING NIKOH 
MUSTAHKAMLIGIGA TA’SIRI
Avval g‘ishtin qiyshiq qo‘yarkan me’mor,
Yulduzga yetsa ham qular bu devor.
(Mirzo Bedil)
6.1. NIKOHGA YETUKLIK XUSUSIYATLARI
Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mus-
tahkamligi shu qasrning poydevori bo‘lmish nikoh oldi omillari
xususiyatlariga, ularning qay darajada to‘g‘ri va mustahkam
qo‘yilishiga bog‘liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam
bo‘lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko‘rkam, yorug‘,
unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik,
huzur-halovat bag‘ishlaydigan bo‘ladi.
Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo‘lmaganidek,
Sizning qurajak oilangizning ham o‘ziga xos poydevorlari bor.
Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo‘lgan
nikoh oldi omillaridir.
Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga
ta’siri noo‘rin bo‘lsa, u shoshilinch, bo‘sh, qiyshiq qurilsa,
uning ustiga o‘rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va
omonat bo‘lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib
qulashi, buzilib ketishi xavfini tug‘diradi. Bunday poydevor
ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, buzilib ketmagani
taqdirda ham unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinch-
lik, quvonch baxsh eta olmaydi. Ular doimo qandaydir bir
xavotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to‘g‘ri
keladi. Xo‘sh, shu poydevorlar ya’ni nikoh oldi omillari ni-
malardan iborat?
Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shuni ta’kidlab
o‘tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga
kelishiga asos bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik,
fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng
muhim bo‘lmish psixologik omillarni o‘zida mujassamlashtir-
gan, ko‘p qirrali omillar kompleksidan iborat bo‘lib, oila
qurayotgan yoshlarning, shu o‘zlari qurayotgan oilaviy hayot-
120


lariga qay darajada «yetilgan»liklarini belgilab beradi. Bu yerda
eng muhimi shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga
qay darajada javob bera olishligi nazarda tutiladi. 
Nikohga yetuklik tushunchasi ham o‘z navbatida o‘ta mu-
rakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib,
takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy
va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan yangi cho‘qqi-
larga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu
faoliyatga «to‘la yetukligi» haqida gapiradigan bo‘linsa, demak
bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq
rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham
odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida
gapirilganda «yetuklik» tushunchasi tom ma’noda o‘rinli bo‘la
olmaydi. Shuning uchun ham odamning «yetukligi», ayniqsa
nikohga, oilaviy hayotga «yetukligi» haqida gapirilganda bu
tushunchadan ma’lum bir umumqabul qilingan standart,
o‘rtacha me’yor, ma’lum bir shartli «o‘lchov birligi», ko‘rsat-
kichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi.
Masalan, barcha o‘quv yurtlari (maktab, litsey, kollej,
institutlar) uchun bitirish imtihonlari (davlat imtihonlari tizimi,
diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo‘ladi va
ular yordamida bitiruvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘rtacha
bilimlar va malaka yig‘indisini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu
esa ularga keyinchalik yana o‘qishni davom ettirish yoki
ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha ishlashi mumkinligi haqida
ma’lum bir huquq beradi. Shu nuqtayi nazardan olinganda
121
Nikon oldi omillari:
1. Oilaviy hayotga yetukligi.
2. Oila qurish motivlari.
3. Nikohgacha tanishish muddati.
4. Nikoh qurish yoshi.
5. Nikoh qurish shartlari.
6. Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari.


«yetuklik» — rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi,
chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy xarakteristikasini
ma’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib xiz-
mat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga yetukligi
masalasi esa o‘ta murakkab biron-bir qat’iy me’yor bilan
o‘lchab bo‘linmaydigan individual xarakterga ega bo‘lgan
ko‘rsatkichdir.
Shu keltirib o‘tilganlarning o‘ziyoq nikoh oldi omillari qay
darajada murakkab xarakterga ega bo‘lgan muammolardan
ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik muammolari-
ni yoritishga bag‘ishlangan psixologik adabiyotlarda nikoh oldi
omillarining turlicha shakllari, ko‘rinishlari farqlanadi. Quyida
Sizning e’tiboringizga ularning ayrimlari haqidagi ma’lumot-
larni havola etamiz.
Nikoh oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlar-
ning: oilaviy hayotga yetukligi; ularning oila qurish motivlari;
ularning oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanishlik mud-
dati (qancha vaqt bir-birini tanishligi) shartlari va sharoitlari;
ularni o‘zlarining bo‘lg‘usi oilaviy hayotlari haqidagi tasav-
vurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta, bu omillarning har
biri turli yoshlarda turlicha xarakterda bo‘lishi mumkin, shu bi-
lan birga ularning har biri o‘z navbatida yana bir necha
turlarga farqlanadi.
Masalan, nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yosh-
larning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’-
naviy-axloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash
mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy yetuklik ko‘rsat-
kichlari yetarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega bo‘lgan va
bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda
ko‘plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo‘lsa, iqtisodiy, ma’-
naviy-axloqiy, psixologik jihatlar biroz murakkabroq, qat’iy bir
ko‘rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Jinsiy yetilish qat’iy jinsiy ehtiyojlarning shakllanishiga olib
keladi. Bu davrga kelib bolalarda ikkilamchi jinsiy alomatlar
namoyon bo‘la boshlaydi. Jinsiy sekretsiya bezlarining faolligi
ortadi. Qiz bolalarda oylik sikllari (menstruatsiya), o‘g‘il bo-
lalarda pollyutsiyalar ro‘y bera boshlaydi. Boshqacha qilib ayt-
ganda, ularda pubertat davr boshlanadi. (Bu davr haqida va
uning xususiyatlari haqida 4-mavzuda batafsil ma’lumotlar
122


berilgan). Demak bu davrga kelib bolalarning moddiy va ma’-
naviy qiziqishlarining o‘sib borishi bilan bir qatorda jinsiy
ehtiyojlar shaxs faolligining kuchli manbalaridan hisoblanib, u
turli psixologik va ijtimoiy shakllarda namoyon bo‘la boshlaydi.
Jinsiy maylning, jinsiy ehtiyojning yuzaga kelishi odamni
biologik rivojlana boshlashining o‘ziga xos bosqichidir. Ular
bola ruhiyatining rivojlanishiga, uni shaxsining shakllanishiga,
hayot faoliyatining boshqa jihatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Jinsiy hayotning ko‘plab muammolarini nafaqat yoshlarga,
balki uzoq vaqt oila qurgan, farzandli bo‘lgan katta yoshlilarga
ham tushuntirib o‘tish lozim bo‘ladi, chunki ularda ham shu
asosda ko‘plab jiddiy nizolar yuzaga kelishi mumkin. Jinsiy
munosabatlar masalasi o‘ta nozik masaladir, bu borada ko‘pin-
cha «yolg‘on, bachkanalarcha uyatchanlik»ka duch kelinadi.
Ba’zi bir ota-onalar va o‘qituvchilar hatto maorif rahbarlari
ham maktabda jinsiy tarbiya berish masalasiga e’tiroz bildiradi-
lar va «Jinsiy tarbiya, jins masalasiga oid barcha zarur ma’lu-
motlar biologiya kurslarida berilgan, buning ustiga «ota-bobo-
larimiz bunday jinsiy savodxonliksiz ham binoyidek yashagan-
lar», — qabilida mulohaza yuritadilar. Albatta, bunday nuqtayi
nazar o‘ta qoloq, bugungi kun nikoh-oila munosabatlari ta-
lablarini, hozirgi zamon oilasi vazifalarini hisobga olmay
chiqarilgan xulosalardir. Aynan shunaqa yo‘llar bilan yoshlarga
jinsiy tarbiyadek o‘ta nozik va zarur masalalar yuzasidan bera-
digan har qanday sanitar-gigiyenik oqartuv ma’lumotlarning
ahamiyati butunlay kamsitib kelinmoqda. Bu esa millionlab
o‘smirlarning jinsiy balog‘atga yetishish vaqtida g‘aflatda qo-
lishlariga va buning oqibatida ayrim hollarda hayotda tuzatib
bo‘lmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yishiga olib kelishiga sabab
bo‘lmoqda.
Hech nima bilan asoslanmaydigan xavotir, hadik, gohida
esa haqiqiy vahima zaminida o‘smir xulqida turli xil og‘ishlar,
nerv-fiziologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bularning
barchasi sanitar-gigiyenik tarbiyaning yaxshi yo‘lga qo‘yilma-
ganligi va jinsiy tarbiyani berilmaganligining natijasidir. Bu
masala ayniqsa bizning etnosimizda o‘ta jiddiy mohiyat kasb
etadigan masaladir.
Jinsiy tarbiya masalasiga ko‘pincha yo alohida e’tibor talab
qilinmaydigan va hech qanday qiyinchilikni yuzaga keltirmay-
digan, har bir yosh guruhi uchun osongina o‘zlashtirish
123


mumkin bo‘lgan, yoki o‘ta shaxsiy, intim, ko‘pchilik orasida,
ayniqsa bolalar orasida muhokama qilib bo‘lmaydigan masala
tarzida qaraladi. Shu kabi mulohazalar qator mamlakatlarda,
ayniqsa sobiq ittifoqda jinsiy tarbiyaga oid materiallarni, bunga
taalluqli tadbirlarni maktab dasturidan chiqarib tashlanishiga
asos bo‘lgan. Bu o‘rinda jinsiy tarbiyani, organizmning faoliyati
haqidagi bugungi kunda har bir odam o‘zlashtirishi, bilishi
zarur bo‘lgan sanitar-gigiyenik, psixogigiyenik ma’lumotlar bi-
lan uzviy bog‘liq tarzda qaralishi maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy hayotda esa jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bi-
limlarga ega bo‘lish o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masa-
ladir. Turli mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarni
kompleks tahlil qilgan holda aytish mumkinki, har bir to‘r-
tinchi ajralishgan er-xotinlarda (ajralishlarning 29%ida) jinsiy
mutanosiblikning u yoki bu tarzda buzilishi (er-xotinning jinsiy
nomutanosibligi) sabab bo‘lmoqda. 
Albatta, o‘zaro sevgi, ishonch va hurmat hislari, qiziqishlar
va niyatlarning umumiyligi hislari qisqa vaqt oralig‘ida yuzaga
kelgan va shunga ko‘ra shoshilinch oila qurgan juftlarga jinsiy
hayot psixologiyasi borasidagi bilimlar o‘z-o‘zidan yordam bera
olmasligi mumkin. Bunday tezlikda, qisqa vaqtda (sovchilar,
qarindoshlar orqali bir-ikki haftadayoq) yuzaga kelgan oilalar
miqdori, ayniqsa, so‘nggi yillarda bizning millat vakillari
o‘rtasida ortib bormoqda. Yoshlarning bir-birlariga nisbatan
bo‘lgan yoqtirishi va ijobiy emotsional hislari kompleksisiz bu
bilimlarning samarasi past bo‘ladi. Ular faqat er-xotinlar bir-
birlarini yoqtirganlari, bir-birlari uchun jozibali bo‘lgan holat-
lardagina, er-xotinlarining intim hayotini muvofiqlashtiradi.
Boshqa tomondan nikohdagi jinsiy hayot psixogigiyenasi
muammolaridan qandaydir «bo‘lmag‘ur, uyat narsa» sifatida
voz kechish ham kerak emas. Chunki, ko‘pchilik hollarda jin-
siy hayot psixogigiyenasi sohasidagi ilmiy bilimlar yosh er-
xotinlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ayanchli xatolardan
qutulishga va shu bilan o‘z nikohlarini saqlab qolishlariga yor-
dam berishi mumkin.
Shunday qilib, jinsiy yetuklik odam anatomiyasi va
fiziologiyasi nuqtayi nazaridan yetarlicha aniq va ravshan
bo‘lgan hodisadir. Biroq uning psixologik, axloqiy jihatlari o‘ta
murakkab. Shuning uchun ham odamning nikohga jinsiy
yetukligi deyilganda uning fiziologik nuqtayi nazardangina
124


yetilishini nazarda tutish jinsiy yetuklikning to‘liq mohiyatini
bildirmaydi, bundan tashqari odam jinsiy hayot psixogigiyenasi
borasida ham zarur ilmiy psixologik bilimlarga, to‘g‘ri
tasavvurlarga ham ega bo‘lmog‘i zarur. Bu esa shubhasiz alo-
hida e’tibor, maxsus tayyorgarlik, o‘qitishni talab qiladigan
jarayondir. 
Yoshlarni nikohga jinsiy yetuklik masalasidan tashqari
yuqorida keltirib o‘tilganidek yana bir nechta ijtimoiy yetuklik
turlarini farqlash mumkin. Bular: jinsiy, fuqarolik, kasb-hunar,
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik yetuklik-
lardir. Bularning orasida yoshlarning jinsiy (fiziologik) yetukligi
boshqalariga qaraganda ancha erta amalga oshadi, quyida
bu masalalarga bog‘liq ravishda yana qanday muammolar
majmuining yuzaga kelishi mumkinligi haqida to‘xtalib
o‘tamiz.
Fuqarolik, huquqiy yetuklik
— bu odamning huquqiy jihat-
dan balog‘atga yetish yoshi bilan, u huquqiy jihatdan oila qur-
ish, farzand ko‘rish huquqiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lib
hisoblanishi bilan belgilanadi. Bizning mamlakatimizda bu 18
yosh deb ko‘rsatilgan. Bu vaqtda u Konstitutsiyada belgilangan
barcha huquq va majburiyatlardan foydalana oladigan bo‘ladi.
18 yoshni shaxsning huquqiy yetuklik yoshi deb hisoblash
mumkin.
Kasb-hunar yetukligi
— bu ham ancha murakkab tushun-
chadir. Uning murakkabligi shundaki, bir tomondan u qanday-
dir bilim yurtini, o‘quv kurslarini bitirish, ya’ni ma’lum bir ish
turini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarga ega
bo‘lish bilan belgilanadi. Biroq odam u yoki bu bilim yurtini
(kollej, litsey, texnikum, institutni) bitirganidan keyin o‘zi tan-
lagan kasbi bo‘yicha bir necha yil ishlab ko‘rishi kerak bo‘ladi
va shundan keyingina uning kasb-hunar yetukligi haqida
gapirish mumkin.
Shu bilan birga ba’zi bir kasblar bo‘yicha 19—20 yoshlar-
dayoq kasb-hunar yetukligiga erishish mumkin bo‘lsa,
boshqalarda masalan xirurg-vrachlikda kechroq 29—30 yoshga
yetganda bunga erishish mumkin.
Shaxsni yetukligining yana bir jihati 
ijtimoiy-iqtisodiy
yetuklikdir. Bunda odamning o‘zini va o‘z oilasini moddiy ji-
hatdan mustaqil ta’minlay ola bilishligi nazarda tutiladi.
Yoshlarni oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi alo-
125


hida ahamiyatga ega. Bu o‘rinda ham turlicha yosh chegaralari
mavjud, yoshlarninig ayrimlari 18—19 yoshidayoq ota-onasi
oilasidan iqtisodiy mustaqillikka erishishi mumkin, boshqalari
esa 25—30 yoshlarida ham ota-onalarining moddiy yordami-
dan foydalanadilar.
Bu yetuklik jihatlari orasida shaxsning ma’naviy va 
axloqiy
yetukligi haqida gapirish eng murakkabidir. Chunki bu jihat
haqida aniq bir mezon va tavsif hozircha ishlab chiqilmagan.
Shunday qilib, «yetuklik» tushunchasi o‘zicha ko‘plab ji-
hatlarni mujassamlashtiradi. Shuni aytib o‘tish joizki «yetuklik»
tushunchasi, albatta ma’lum bir hayotiy tajriba bilan, ya’ni
«hayotiy bilimlar» bilan uzviy bog‘liqdir. «Hayotiy bilimlarni
o‘zlashtirish», «Hayot universitetlaridan» o‘tishning ham o‘ziga
xos individual xususiyatlari mavjud. Kimdir 20 yoshidayoq
«hayotni yaxshi bilib oladi», kimdir 30 yoshida ham bolaligicha
qolaveradi. Bunga mavjud ijtimoiy sharoit, jamoatchilik va ijti-
moiy tartibning ta’siri katta. Ma’lumki oldingi vaqtlarda,
ayniqsa urush yillari bolalar kattalar ham hamma vaqt uddalay
olavermagan hayotiy qiyinchiliklarni boshidan kechirganlar. U
vaqtlarda 12—14 yoshdanoq bolalar onalariga oilani ta’min-
lashda yordam berganlar. Shuningdek shahar va qishloq joylar-
da istiqomat qiladigan, kam farzandli va ko‘p farzandli oilalar-
da, nuklear yoki ko‘p tabaqali oilalarda o‘sayotgan bolalarning
ham oilani moddiy, ijtimoiy ta’minotiga hissa qo‘shish, bu ish-
lar bilan shug‘ullanish muddatlari va miqdori turlichadir.
Hayotni bilish, hayotiy tajribalar turli individlarda turlicha
jadallikda amalga oshishi mumkin va bu o‘rinda qandaydir bir
yosh, vaqt oralig‘ini ko‘rsatishi mutlaqo mumkin emas. Buning
ustiga hayotni, bizni o‘rab turgan atrof olamni bilish o‘z nav-
batida cheksizdir.
Shunga qaramay ijtimoiy va iqtisodiy yetuklikning ma’lum
bir minimum chegaralarini belgilab olish mumkin, ya’ni shun-
day hayotiy tajriba, bilimlar «minimumi» mavjudki, ularsiz
biron-bir yoshni, yigit-qizni tom ma’noda yetuk deb hisoblab
bo‘lmaydi.
Mana yuqorida keltirib o‘tilganlarning o‘ziyoq «yetuklik»
tushunchasi naqadar keng tushuncha ekanligini ko‘rsatib turib-
di. Shunga qaramay biz undan foydalanishga majburmiz.
Chunki u nikohning mustahkamligini belgilab beruvchi muhim
shart-sharoitlarni, vaziyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 
126


Gap shaxsning 
psixologik yetukligi
haqida borgudek bo‘lsa,
bunda dastavval uning turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni
hushyor baholay olishi nazarda tutiladi. Bu hushyorlik amaliy-
lik, voqelikni to‘g‘ri baholay olish shaxsda o‘zining yutuq va
kamchiliklarini, bilim, malaka va qobiliyatlarini yetarlicha
obyektiv baholay olishda ham namoyon bo‘lishi kerak. Afsuski,
ko‘pincha yoshlar o‘z qobiliyatlarini orttirib baholab, o‘z
oldilariga erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘yib olishi hol-
lariga duch kelinadi. Ayniqsa, oilaviy hayotni tasavvur qilish,
unda o‘z o‘rnini baholash masalasida yoshlarimiz ko‘proq
xatoga, o‘zlarini orttirib baholashga, oilaviy hayotdan mumkin
bo‘lganidan ko‘proq narsani kutish hollari ko‘proq kuzatiladi.
Natijada muvaffaqiyatsizliklar, pushaymon bo‘lishlar, asab
buzilishlar yuzaga keladi. Psixologik yetuk shaxs esa aksincha,
o‘z oldiga erishishi muqarrar bo‘lgan, bunga imkoniyatlari
yetarli bo‘lgan maqsadlarni qo‘yadi, o‘z hayot yo‘lini va unga
erishish vositalari va usullarini to‘g‘ri belgilaydi. Bunday shaxs
o‘z hissiyoti, kechinmalarini yetarlicha yaxshi nazorat qila bi-
lishligi, ya’ni ichki intizomining yuqori rivojlanganligi bilan
xarakterlanib turadi. Psixologik yetuklik boshqa odamlarning
xohish, istaklari, kechinmalarini tushunish bilan ma’lum dara-
jada bog‘liq. Bu o‘z navbatida muloqotning, hamkorlikning
yaxshi yo‘lga qo‘yilishiga, oilada, turli guruhlarda gormonik
munosabatlarning o‘rganilishiga imkon beradi. Turli yoshdagi,
mansab, lavozim, toifadagi odamlar bilan, qiziqishi, odati,
ta’bi, turmush tarzi mutlaqo boshqacha bo‘lgan odamlar bilan
o‘rinli munosabatda bo‘la olish — shaxsning psixologik yetuk-
ligining asosiy xususiyatlaridan biridir. 
Yoshlar oila qurayotganlarida bu xususiyatlar hal qiluvchi
bo‘lib hisoblanadi. Albatta, bunday qobiliyatlar bir kunda
shakllanmaydi. Ular oldingi hayoti davomida unga berilgan
tarbiya ta’sirida asta-sekinlik bilan shakllanadi. Psixologik
yetuklik, shaxs xulqini turli yashash sharoitlariga moslashuv-
chanligida ifodalanadi. Psixologik yetuklik shaxsning boshqa
odamlarga nisbatan bo‘lgan ijobiy munosabatlari: hamdardlik,
hamfikrlik, g‘am-tashvishga sherik bo‘la olish, o‘zaro yordam
kabilar tarzida namoyon bo‘la oladigan ma’naviy sifatlarning
tarkibiy jihatlarini o‘zida biriktiradi. Psixologik yetuklikning
muhim mezonlaridan biri shaxsda oilaviy muammolarni
adolatli hal etishga xizmat qiluvchi o‘z mustaqil fikri, qarashi,
127


pozitsiyasi bo‘lishi, zarur bo‘lganda oila manfaatida o‘z qarash-
larini ota-onalari oldida himoya qila olishidir.
Nikoh oldi omillari orasida eng xarakterlilaridan yana biri
oila qurayotgan yoshlarning yosh xususiyatlaridir. Chunki bu
ko‘rsatkichlar ham nikoh mustahkamligida hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Quyida shular haqida to‘xtalib o‘tamiz.
6.2. NIKOH YOSHI XUSUSIYATLARI
Demografik nuqtayi nazardan olinganda, oila qurish
ma’lum bir kishilarning emas, balki butun bir avlodning oila
qurishi nazarda tutiladi. Bu o‘rinda to‘liq ishonch bilan aytish
mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo‘lsa (uning
yoshi qanchalik yuqori bo‘lsa), u biz ko‘rib chiqayotgan jihat-
larning har biri bo‘yicha ko‘proq yetuk bo‘ladi. 20—24 yoshda-
gi yosh guruhini o‘ziga birlashtirgan yosh guruhi, 20 yoshdan
kichik bo‘lgan avlodga qaraganda ko‘proq hayotiy tajribaga ega
bo‘ladi. Birinchi avlod vakillarida ijtimoiy-iqtisodiy yetuklik
darajasi yuqoriroq bo‘ladi, chunki aynan shu yoshda ko‘pchilik
yoshlar o‘rta yoki oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu
kasb-hunarni egallagan bo‘ladilar. 25—29 yoshlarda esa 20—24
yoshdagilarga qaraganda, ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar
yetukligi bo‘yicha yanada yuqoriroq darajaga ega bo‘ladilar.
Hozirgi zamon demografiyasida keng foydalaniladigan ushbu
ko‘rsatib o‘tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari yoshlar-
ning ijtimoiy yetukligining turli jihatlarini ijtimoiy psixologik
tahlil qilish uchun juda noqulay hisoblanadi. Chunki hech
kimga sir emaski, bugungi kunda yoshlarning kattalashuvi, vo-
yaga yetishi juda jadal amalga oshmoqda. Yuqoridagicha gu-
ruhlashga ko‘ra bir demografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24
yoshlilarning yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25
va 29 yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin.
29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi nihoyasiga yetadi va bu
davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo‘lgan va xatto
farzandli bo‘lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagi
yoshlar 25 yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko‘ra
ham va boshqa asosiy komponentlarga ko‘ra ham sezilarli
darajada farqlanib turadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da erkak va
ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 18 yosh ko‘rsatil-
128


gan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko‘ra alohida istis-
noli holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqar-
tirish mumkin.
Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an’analarga
bog‘liq ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh
yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan
(Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida)
21 yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skan-
dinaviya davlatlarida) bo‘lgan davr orasiga to‘g‘ri keladi.
Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng
deb, yoki ulardan bir necha yosh kichik deb belgilanadi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, yoshlarni voyaga yetish
masalasi, ularning nikohga yetukligi ko‘rsatkichlari ayrim hol-
larda bir-biriga qarama-qarshi va noturg‘undir. Odamning
ahloqiy va ma’naviy qiyofasi, uning shaxsiy ta’bi, didi, odatlari
hayot davomida bir necha bor o‘zgarishi mumkin. Hozirgi
davrda bilimlar va hayotiy tajribani yig‘ish g‘oyat yuqori jadal-
likda amalga oshib bormoqda. Shunga ko‘ra 16 yoshdan
29 yoshgacha bo‘lgan davrni oila qurish uchun garmonik davr
deb hisoblash qiyin. Chunki bu davrda yoshlarning o‘ziga
bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab obyektiv sharoitlarni, qara-
ma-qarshi holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, yoshlarda jin-
siy yetilish 14—16 yoshlarda, huquqiy yetuklik — 18 yoshda,
129
32 - j a d v a l
Uzrli sabablar bo‘lganda, alohida hollarda nikohga kirishni xohlov-
chilarning iltimosiga ko‘ra tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi
bilan bir yilga kamaytirishi mumkin
Nikoh yoshi
Erkaklar uchun
18 yosh etib belgilanadi
Ayollar uchun
17 yosh etib belgilanadi
5 — Oila psixologiyasi


kasb-hunarni egallash va kasbiy yetuklik ko‘p hollarda 28—30
yoshlarga kelib yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga boqiman-
da bo‘lmaslik darajadasida iqtisodiy mustaqillikka erishish esa,
odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amal-
ga oshadi.
Ko‘pincha katta avlod vakillari, yoshlarni yetuk emaslikda,
hayotga tayyor emaslikda ayblaydilar, lekin ayni paytda bunday
yetilmaslikning obyektiv sabablari va shart-sharoitlari e’tibor-
dan chetda qoladi. Yoshlarni ijtimoiy va iqtisodiy hayotga
to‘liq kirishib ketishlari uchun ularga keng ko‘lamdagi raqobat
bardosh bilimlarni, kasb-hunar ko‘nikmalarini berish zarur
bo‘ladi. Yoshlar egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar hajmi har
o‘n yilda ikki martaga ortib bormoqda. Ijtimoiy, ma’naviy ish-
lab chiqarish va ilmiy texnik tajribani kelgusi avlodga uzatish
jarayoni shu darajaga borganki, u har bir yoshni hayotga to‘la
iqtisodiy tayyorlash uchun kamida 12—15 yil o‘qishini taqozo
qiladi. Ba’zida bu muddat kamlik qilib, u 18—20 yilgacha uza-
yishi mumkin (o‘rta maktab + kollej ( litsey) + oliy o‘quv yurti
+ aspirantura). 
Ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy va texnik taraqqiyot
jarayonlarining kechishi yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-
hunar, texnik yetukligining kechikib ketishiga olib kelmoqda.
Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy yetilishi
bosqichlari va fazalarida obyektiv qarama-qarshiliklarning
yuzaga kelishi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi
ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy haqiqatni doimo nazarda
tutish lozimligidir.
Quyida shunday qarama-qarshiliklarning biri haqida
to‘xtalib o‘tamiz. Buning uchun bundan 70—100 yillar oldingi
davrdagi vaziyatlarni bugungi kunlarimiz bilan solishtirib
ko‘ramiz. U vaqtlarda mamlakatimiz aholisining 80—85%ini
qishloq aholisi tashkil qilgan va butun aholining deyarli shun-
cha qismi dehqonchilik, chorvachilik, kosiblik va boshqa hu-
narmandchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan. U vaqtlarda dehqon,
chorvador, kosib-hunarmand yigit 16—17 yoshida jinsiy ba-
log‘atga yetgan va bu vaqtga kelib u unchalik murakkab
bo‘lmagan dehqonchilik yoki chorvachilik malakalarining de-
yarli barchasini egallab ulgurgan va bu sohada mustaqil faoliyat
olib borishga tayyor bo‘lgan. Agar u 18—22 yoshida uylansa,
oila qursa, unda uning jinsiy balog‘atga yetishi, mehnatga tay-
130


yorligi va oilaviy hayotni boshlash omillari o‘rtasida unchalik
katta farq bo‘lmagan.
Bugungi kunlarimizda esa biz mutlaqo boshqacha vaziyatni
kuzatamiz. Akseleratsiya jarayoni va boshqa omillar tufayli bo-
lalarda jinsiy balog‘atga yetish, ularning bundan 70—100 yil
oldingi tengdoshlariga qaraganda 2 yillarga erta ro‘y bermoqda.
Shu bilan bir vaqtda maxsus ta’lim olish, kasb-hunar egallash
va iqtisodiy mustaqillikka erishish kamida 22—25 yoshga va
undan keyinga surilib ketyapti.
Yoshlarning jinsiy balog‘atga yetishishi va ularning to‘la
iqtisodiy mustaqillikka erishish vaqti o‘rtasida kamida 5 yildan
10 yilgacha uzilish yuzaga kelib qolmoqda. Bu holat, oldingi
avlodlarda kuzatilmagan bir qator murakkabliklarni va ularga
bog‘liq ravishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning
yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Keltirib o‘tilgan ushbu nikoh oldi omillari bilan bir qatorda
nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan
omillardan yana biri — oilaning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan
nikoh qurish motivlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Quyidagi mulohazalar ana shu xususda boradi.
6.3. NIKOH QURISH MOTIVLARI XUSUSIYATLARI
Nikoh oldi omillaridan yana biri — shu nikoh qurilishiga
asos bo‘lgan 
nikoh motivlaridir.
«Motiv» iborasi psixologiyada
ma’lum bir xulq, faoliyatning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan
kuch, turtki, manba, asosni bildiradi. Xo‘sh, oilalar qanday
motivlar tufayli yuzaga kelishi mumkin? Psixologik adabiyot-
larda bir necha o‘nlab nikoh motivlari farqlanadi. Lekin ular
umumlashtirgan holda uchta klassifikatsiyaga farqlanadi. Bular:
sevgi tufayli 
oila qurish, ya’ni yoshlar oila qurishdan avval bir-
birlarini sevib, ma’lum bir muddat sevib-sevilib yurganlaridan,
so‘ng shu o‘zaro sevgining mahsuli sifatida bir-birlarining vi-
soliga to‘y qilib, oila qurib yetishadilar. 
Motivlarning ikkinchi klassifikatsiyasi 
moddiy yoki o‘zga
manfaatdorlik tufayli
oila qurish. Bunda yoshlar oila qurar
ekanlar nimanidir hisobga olgan holda, ma’lum bir maqsadni
ko‘zlab oila qurishlari mumkin, masalan, boylikni, mansabni,
moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni ko‘zlagan holda: «Agar
shu yigitga turmushga chiqsam, boy-badavlat yashayman» yoki
131


«Shu qizga uylansam, uning ota-onasi yordamida ma’lum bir
mansab, mavqega erishaman», — degan fikrlar asosida o‘zining
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan qutulish, «yolg‘izlikdan qutulish»
va boshqalar. Shu kabi hisobga olinadigan narsalarni ko‘plab
sanab o‘tish mumkin.
Nikoh motivlari klassifikatsiyasidan yana biri — 
stereotip
bo‘yicha
oila qurish deb ataladi. Bu toifa yoshlarda oldingi mo-
tivlarning ikkalasi ham kuzatilmasligi mumkin. Ular oila qurar
ekanlar, stereotiplarga qaraydilar. Bunday yoshlardan nima
uchun oila qurganliklari so‘ralsa, odatda «Hamma tengdosh-
larim uylanayotgandi, men ham uylandim!» yoki «Hamma
dugonalarim turmushga chiqishayotgandi, men ham turmushga
chiqdim!» qabilida javob beradilar.
Xo‘sh, shu sanab o‘tilgan uchala motiv: 
sevgi, moddiy yoki
o‘zga manfaatdorlik tufayli, stereotip
bo‘yicha qurilgan
oilalarning qay biri mustahkamroq bo‘ladi, ya’ni qaysi motiv
nikoh oila mustahkamligini kuchliroq ta’minlaydi?
Albatta, bu savolga yoshlarning aksariyati, birinchi motivni,
ya’ni sevgi motivini tanlab javob berishadi. Chunki ular sevgi
tufayli oila qurish nikoh mustahkamligini ta’minlovchi eng
ishonchli, mustahkam poydevor deb hisoblaydilar. Haqiqatan
ham, sevgining oila mustahkamligidagi o‘rni beqiyosdir.
Haqiqatan ham, sevgi — bu o‘ta qudratli kuchdir. U tufayli in-
son nimalarga qodir emas?! Insoniyat o‘z taraqqiyotida erish-
gan eng yuksak cho‘qqilar ham sevgi tufaylidir. Z.Freyd
ta’kidlaganidek: «Sevgi — bu insoniyatni hayvonot olamidan
sug‘urib olgan kuchdir!». Inson yaratgan buyuk mo‘jizalarning
barchasi sevgi tufaylidir.
Bu aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, sevgi tufayli oila qu-
rish baxtli va mustahkam nikohning asosini ta’minlaydi.
Albatta, sevishib turmush qurgan juftlarning aksariyati eng
baxtli oilaviy hayot kechiradilar. Lekin statistik ma’lumotlarga
qaraganda, oilalar ajralishining ko‘pchilik qismi ham xuddi shu
sevishib oila qurgan juftlarga to‘g‘ri kelar ekan. Xo‘sh, nega
endi sevishib oila qurgan juftlar oilaviy hayotlarida hamma vaqt
ham baxtli bo‘lavermaydilar? Nega kechagina bir-birlarini se-
vib, bir-birlarisiz yashay olmasligiga to‘la amin bo‘lgan yoshlar
bugun nikohlarini bekor qilish haqida sudga ariza berayaptilar?
Ularning sevgisiga nima bo‘ldi? Sevgi — o‘zi nima? U bor
narsami yoki yo‘qmi? Bu o‘rinda haqli ravishda «Sevgi oilaviy
132


hayotning mustahkam bo‘lishiga yordam beradimi yoki xalaqit
qiladimi?», degan savol tug‘iladi. Bu kabi savollar azal-azaldan
yoshlarni, umuman insoniyatni qiziqtirib kelgan savollardir. Bu
haqda o‘tmish mutafakkirlarimiz, olimu, shoir, yozuvchilari-
mizning asarlaridan, xalqimizning dono ma’naviy meroslarida
ba’zan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ko‘plab misollarni
ko‘rishimiz mumkin. 
Sevgi, agarda u haqiqiy bo‘lsa, sevishganlar bir-birlarini
hurmat qilib, tushunib, e’zozlab, avaylab, kerak bo‘lsa biri
ikkinchisining baxti, shodligi, quvonchi, manfaati uchun o‘z
manfaatidan voz kechib, o‘ta nozik bo‘lgan tuyg‘u sevgini har
kuni, har doim parvarish qilib yashasalar, unda sevgi ularning
munosabatlarini yanada yaqinlashishiga, ularning oilaviy ha-
yotining mustahkamlanishiga va birgalikdagi hayotlarida eng
oliy zavq-shavqlarni his qilishlariga asos bo‘lishi mumkin. Bu
esa albatta, yoshlardan sabr-toqat, chidam, o‘z sevgisini saqlab
qolish va uni yanada rivojlantirish uchun tinimsiz izlanish,
mehnat qilish, «jafo chekish»ni talab qiladi. Shundagina sevgi
o‘zining lazzatli mevalarini berishi, o‘zining kuch-qudratini
ko‘rsatishi mumkin. Albatta har bir yigit-qiz o‘zaro oila rishta-
larini bog‘lar ekan, ular o‘z hayotlaridagi bu muhim voqeaga
umid, orzu bilan yondashuvi tabiiy.
Agar sevishganlar oila qurganlaridan keyin «murod-
maqsadimga erishdim» deb sevgisini himoya qilishni, uni par-
varish qilishni unutsa, uning uchun kurashmasa, qarovsiz qol-
gan har bir nozik nihol nobud bo‘lganidek, eng nozik tuyg‘u
bo‘lgan sevgi ham nobud bo‘ladi. Shundan so‘ng sevgi nomi
bilan qilingan orzu-niyatlar sarobga aylanadi, yoshlarning oila,
nikoh, sevgi fonida shakllangan tasavvurlari «noto‘g‘ri» bo‘lib
chiqadi. Oqibatda oilaviy hayotdan kutgan narsalari qolib
ketib, mutlaqo kutmagan narsalariga duch kelishlari kuzatiladi.
Bunday holatda sevgi yoshlarning baxtiga, ularning oilaviy ha-
yoti mustahkamligiga xalaqit berishi mumkin. 
Navbatdagi motiv moddiy yoki o‘zga manfaat tufayli oila
qurishdir. Bu motivning oila mustahkamligiga ta’siri uning
keyinchalik qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq. Oila qu-
rishdan oldin yoshlarning hisobga olgan, ko‘zda tutgan
narsalarining hammasi ro‘yobga chiqaversa, bu motiv ma’lum
darajada nikoh mustahkamligini ta’minlashga xizmat qilishi
mumkin. Afsuski, oilaviy hayotda hamma narsa ham yoshlar
133


kutganidek bo‘lavermaydi. Bu o‘rinda L.N.Tolstoyning:
«Badiiy asarlarda, romanlarda, kinolarda sujet voqealar rivoj-
lanib-rivojlanib borib, oxirida hammasi to‘y bilan, yaxshilik bi-
lan tugaydi. Hayotda esa aksincha, hamma narsa to‘ydan keyin
boshlanadi», — degan fikrini ta’kidlash maqsadga muvofiq.
Shuning uchun ham oilaviy hayotda kutilgan hisobga olin-
gan narsalarga hamma vaqt ham erishib bo‘lavermaydi.
Nimanidir hisobga olib oila qurgan yoshlarning oilaviy hayotda
ana shu hisobga olganlari amalga oshmay qolgundek bo‘lsa,
unda ularning oilaviy hayoti g‘urbatga, turgan-bitgani azobga,
nizo-janjalga aylanadi. Ular uchun bunday oilada yashagandan
ko‘ra yashamagani afzal ko‘rinadi. Bu ham oxir-oqibat
oilalarning inqiroziga va «hisob» poydevori ustiga qurilgan
imoratning qulashiga olib keladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yuridik jihatdan eng mus-
tahkam, turg‘un oilalar stereotip bo‘yicha oila qurgan juftlarga
to‘g‘ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajrashishlar miqdori oldingi
ikki motiv asosida qurilgan oilalarga qaraganda juda kam
ko‘rsatkichni tashkil qiladi. Chunki ular «hamma qatori» oila
qurishgan. Qarashsa-ki «hamma binoyidek yashayapti» — bular
ham yashayverishadi. Bu motiv asosida qurilgan oiladagi er-
xotinlar o‘ta baxtli ham, o‘ta baxtsiz ham bo‘lmaydilar. Lekin
birgalikdagi hayot tufayli er-xotin o‘rtasida bir-birlariga
moslashish, bir-birini tushunish, bir-biriga nisbatan mehr-oqi-
bat yuzaga kelib, ular rivojlanib yuqorida aytganimizdek, sevgi-
muhabbat darajasiga o‘sib yetishi ham mumkin. Bunday holat-
lar, shubhasiz, bu toifa oilalarni nafaqat rasmiy, yuridik jihat-
dan, balki emotsional, psixologik jihatdan ham turg‘un
bo‘lishini ta’minlashi mumkin.
Endi yuqorida berilgan savolni yana takrorlasak: qanday
motiv asosida oila qurgan ma’qul? Sevishibmi? Moddiy yoki
o‘zga manfaat asosidami? Stereotip bo‘yichami? Bu o‘rinda
yoshlarimiz endi biroz o‘ylanib qolishlari mumkin. Sevgi tu-
fayli deyilsa, uning ham o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor.
Moddiy yoki o‘zga manfaat tufayli oila qurishning oqibatlari
ma’lum. Stereotip bo‘yichami? Unda ehtiros, jo‘shqinlik
yetishmayaptiku? Yoshlik g‘ururi, jo‘shqinlik buni qabul qila
olmaydi.
Bunday savollarga, bunday o‘ylarga javobni bugun yosh-
larning maktab, litsey, kollej partalarida o‘tirgan vaqtida,
134


berishning aybi yo‘q. Chunki Sizning oila qurishingizga hali bir
necha yil bor. Shu fursatni boy bermasdan yaxshilab o‘ylab,
fikr-mushohada yuritib olishingiz mumkin. Lekin yodda
saqlangki: bu masalalarni oila qurib bo‘lingandan keyin o‘yla-
gandan ko‘ra hozir yaxshilab o‘ylab, eng maqbul bir fikrga ke-
lib olgan ma’qul. Chunki bu masalalar va bu savollarning
yechimi maktabda o‘tiladigan boshqa fanlar bo‘yicha beriladi-
gan topshiriq, vazifa, masalalarning yechimini topishdan ham
mazmun, ham mohiyat, ham ko‘lam jihatdan keskin farq qila-
di. Bu fanlardan berilgan jumboqlarni yechish yoki yecha ol-
masligingiz Sizning hayotingizda va taqdiringizda unchalik hal
qiluvchi rol o‘ynamasligi mumkin, lekin o‘zingizning bo‘lajak
oilangizga oid muammolarni hozirdan to‘g‘ri hal etib borishga
o‘rganishingiz va ularning eng maqbul javoblarini topishingiz
kelgusida o‘zingizning va yaqinlaringizning taqdirini hal qili-
nishida muhim ahamiyatga ega. Bu borada befarqlik, bee’tibor-
lik, tavakkalchilik bilan yo‘l tutishga hech kimning haqqi yo‘q.
Bu masala nafaqat Siz uchun shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan,
balki jamiyat, davlat, xalq, millat ahamiyatiga ega bo‘lgan
masaladir. Siz bu masalani o‘zingiz uchun muvaffaqiyatli hal
etib, mustahkam oila qurish bilan birga butun boshli yaxlit or-
ganizm-jamiyatning sog‘lom bir hujayrasini yaratgan bo‘lasiz.
Sizlarga ham oila qurishda, albatta, sevib-sevilib oila qu-
rishingizni tilab qolamiz, negaki faqat sevgi tufayligina inson
o‘ziga ato etilgan eng oliy, insoniy zavq-shavqlardan bahra-
mand bo‘lishi mumkin. Oilaviy hayotdagi zavq-shavqlar esa
o‘z-o‘zidan, g‘oyibdan berilmaydi. Buning uchun kurashish,
intilish, sevgining «qahraton qishu», «jazirama yozlariga»,
azob-uqubatlariga bardosh berish, uning sinovlaridan muvaf-
faqiyatli o‘tish va uni berilgan umrning oxirigacha parvarish
qilib, saqlab qolishga va umrning yakunida uni farzandlarga,
kelajak avlodga eng muqaddas meros qilib qoldirishga harakat
qilish kerak. Har bir odam u xoh ona bo‘lsin, xoh ota bo‘lsin,
o‘z farzandlariga ularning otasini, onasini sevishdan-da or-
tiqroq meros qoldira olmaydi. Farzandlaringizga qanday meros
qoldirishni hozirdanoq, hali o‘zingiz farzand ekanlik vaqtingiz-
danoq, qat’iy o‘ylab oling.
135


6.4. NIKOHGACHA TANISHISH SHARTLARI 
VA MUDDATLARI
Nikoh oldi omillari klassifikatsiyasida qayd etib o‘tilgan
omillardan yana biri yoshlarni oila qurgunlariga qadar bir-bir-
larini qancha vaqt bilganliklari, ular qanday sharoitlar va shart-
larga ko‘ra tanishib oila qurishlaridir. Bu omillar nikoh mus-
tahkamligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Albatta, oila qurishdan oldin bo‘lajak er-xotinlar bir-birla-
rini ma’lum bir muddat bo‘lajak er yoki xotin sifatida bilib
yursalar, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, individual sifat-
lari, qiziqishlari, dunyoqarashlari, shaxsiy yo‘nalganliklari haqi-
da adekvatroq tasavvur va ma’lumotlarga ega bo‘lsalar, bu
tasavvur va ma’lumotlar ularga birgalikdagi hayotlarida bir-bir-
larini tushunib, bir-birlariga moslashib ketishlariga yordam
berishi mumkin.
Hozirgi yoshlarimizga juda yaxshi ma’lumki, oila kodeksiga
binoan nikohdan o‘tish uchun ariza berganlaridan so‘ng bir oy
(aniqrog‘i 33 kun) muhlat beriladi. Mabodo, shu fursat
mobaynida ular o‘z niyatlaridan qaytib qolgudek bo‘lsalar,
ularning talabi qondirilib, ko‘zda tutilgandek, nikoh qayd qilin-
maydi. Hech bir yashiradigan joyi yo‘qki, respublikamizda is-
tiqomat qilayotgan yoshlarning hammasi ham nikohdan o‘tish-
ga oid mavjud qonun-qoidalardan yetarli darajada xabardor
emaslar va ayrim hududlarda hamma vaqt ham bu qoidalarga
amal qilinavermaydi. Lekin yoshlarimiz ayniqsa, Siz —
o‘quvchi yoshlarimizga nikoh-oila munosabatlarining qonuniy
jihatlaridan ham xabardor bo‘lib qo‘yish foydadan holi emas.
Xo‘sh, shu fuqarolik holatini qayd etish bo‘limlari tomonidan
berilgan 33 kun muhlat yoshlarimizning bir-birlarini mumkin
qadar bilib olishlari uchun yetarlimi? Bo‘lajak er-xotinlar bir-bir-
larini to‘la bilib olishlari uchun qancha vaqt kerak?
Bu yerda gap biror-bir buyumni, texnika yoki kompyuterni
emas, odamni bilish haqida ketayapti. Psixologlarning ta’kid-
lashicha, odam bu eng murakkab bilish obyektidir. Uni hech
qachon va hech kim mutlaq va batafsil bila olmaydi. Chunki u
har kuni rivojlanishda, shakllanishda, o‘sishda, o‘zgarishda
bo‘lgan murakkab biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy
psixologik, ijtimoiy jarayonlar, holatlar, xususiyatlar majmuini
o‘zida mujassamlashtirgan eng oliy va shu bilan birga eng mu-
136


rakkab mavjudotdir. Uning sir-sinoatlari koinot sir-asrorlari-
dan ortiq bo‘lsa ortiqki, aslo kam emas. Shuning uchun bir
yil, o‘n yil birga o‘qigan yoki bolalikdan birga o‘sgan biron-bir
o‘rtog‘ingizning xulqida, xatti-harakatida kuzatiladigan ayrim
holatlar hozirgacha ham Sizni hayron qoldirishi yoki odamlar
bir umr birga yashab bir-birlarida kutilmagan holatlarni, xulq-
atvor ifodalanishini ko‘rishi mumkin.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, odamni to‘la-to‘kis bilib
bo‘lmaydi. Lekin birga turmush qurib, yaxshi yashab ketish
uchun lozim bo‘lgan minimum bilimlarga ega bo‘lish uchun
bo‘lajak turmush o‘rtoqlar bir-birlarini qancha vaqt bilishlari
kerak? Ko‘pchilikda «qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi-da»,
degan javob xayolga kelishi mumkin. Haqiqatan ham, nikoh-
gacha tanishish muddatining qisqaligi — maqsadga muvofiq
emas. Bizning o‘tkazgan tadqiqotlarimiz oila qurgunga qadar
bir-birlarini bir oy va undan kam vaqt bilgan er-xotinlar miq-
dori ajrashib ketgan er-xotinlar orasida ko‘pchilikni tashkil qi-
lishini ko‘rsatdi. Shuningdek, bir-birlarini oila qurgunga qadar
5—10 yil va undan ko‘p vaqt bilishlari ham bo‘lajak er-xotin-
larga bir-birlariga nisbatan hissiylikning o‘tmaslashib qolishiga
olib kelishi ham mumkin ekan. 
Psixologik adabiyotlarda bo‘lajak er-xotin sifatida bir-bir-
larini yarim yildan bir yilgacha bilishlik muddati eng maqbul
muddat deb ko‘rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar bir-birlari haqi-
da nisbatan bilish mumkin bo‘lgan bilimlar, ma’lumotlar mini-
mumiga ega bo‘lishga ulgurishlari mumkin. Albatta bu vaqtni
ham ideal vaqt deb hisoblab bo‘lmaydi. Bu yerda muhimi
yoshlar bir-birlarini qanday jadallikda, qanday maqsadda, qan-
day vosita, usullar yordamida va qanday «ko‘z» bilan o‘rga-
nishligidadir.
Ma’lumki sevishganlar nafaqat bir-birlariga, hatto olamga
ham «rangin ko‘zgu» orqali qaraydilir. Seviklisining hatto kam-
chiliklari, nuqsonlarini ham fazilat deb qabul qiladilar. To‘ydan
keyin esa hatto ayrim fazilatlar ham kamchilikdek ko‘rinadi.
Shuning uchun yoshlarimiz bir-birlariga (ayniqsa, kamchilik-
lariga) to‘ydan oldin ikkala ko‘zlari bilan, to‘ydan keyin esa
yarimta ko‘z bilan qarashlari lozim. Ya’ni to‘ydan oldin bir-
birlarini yaxshilab, sinchiklab o‘rganishga va to‘ydan keyin
ayrim kamchiliklariga ham e’tibor bermaslikka odatlanishlari
lozim.
137


6.5. BO‘LAJAK ER-XOTINLARNING TANISHISH SHARTLARI
Nikoh oldi omillarining xarakterlilaridan yana biri yosh-
larning tanishish shartlaridir. Ular ham o‘z navbatida turli-tu-
manlikka ega. Kimdir o‘qish, ish joyida, kimdir o‘zi, kimdir
biror-bir o‘rtog‘i, dugonasi, qarindoshi, kimdir sovchilar yor-
damida, kimdir ko‘chada, jamoatchilik joylarida, transportda,
turli marosimlar, to‘ylar, kechalar, o‘tirishlar va hokazo shart-
sharoitlarga ko‘ra tanishishlari mumkin. Albatta, bularning
hammasida shu yoshlarning individual xususiyatlari, ma’naviy-
axloqiy jihatlari, madaniyati, tarbiyasi, shu yoshlar yashagan
hudud, undagi milliy urf-odatlar, an’analar, etnik xususiyatlar
muhim ahamiyatga egadir.
O‘zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan hol-
da yosh oilaning yuzaga kelish shartlari orasida keng tarqalgan-
laridan biri sovchilik tufayli oilalarning yuzaga kelishidir.
Chunki bizda deyarli barcha oilalarning yuzaga kelishi yigit
tomonidan kelinnikiga sovchilar borishi bilan boshlanadi.
Bunda yoshlar bir-birlarini oldindan bilishlari, sevishlari, shun-
chaki uchrashib qolishi yoki sovchilar orqali qidirib kelin to-
pishidan qat’i nazar albatta, kelinnikiga sovchilar borishi
nikohning yuzaga kelishidagi etnik shart, rasm-rusum, urf-
odatlardan biri hisoblanadi. Bularning barchasini nikoh mus-
tahkamligida o‘ziga xos o‘rni bor.
Agar yoshlar o‘zlari sovchilar yordamisiz bir-birlari bilan
tanishgan, bir-birlarini topishgan bo‘lsalar, bunda ular birinchi
navbatda, tanlagan odamining o‘zlarining ko‘ngliga, didiga,
idealiga mos kelishi yoki kelmasligiga e’tibor beradilar. Bu al-
batta, kelgusi hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
omillar hisoblanadi. Lekin bu o‘rinda hamma yoshlarimiz ham
o‘zlariga va bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga adekvat baho bera ol-
masliklari, o‘z «tengi»ni topishda adashishlari, bu borada
ularning «yoshligi» hayotiy tajribalarining yetishmasligi kabilar
ularga xalaqit berishi ham mumkin. Agar ular sog‘lom fikrlay
oladigan, yuqorida aytib o‘tganimizdek, oilaviy hayotga
psixologik yetuk bo‘lsalar, ularning xatoga yo‘l qo‘yishi,
adashishi ehtimollari kam bo‘ladi. Agar shoshma-shosharlik
qilsalar, «yetti o‘lchab bir kesmasalar» shak-shubhasiz omad-
sizlikka uchrashlari mumkin.
Umuman o‘zlariga juft tanlashda psixologik yetuklikka
138


asoslangan holda, yetuk nigoh bilan va mas’uliyat bilan yon-
doshib o‘zlari mustaqil ravishda juft tanlashi yoshlarda keyin-
chalik o‘z qarorlari uchun mas’uliyatlilikni his qilish, o‘z oilasi
mustahkamligi uchun kurashish, hatti-harakat qilishni, uning
muvaffaqiyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni
ta’minlaydi. Yoshlarimizni qarorlarining yetukligi, qat’iyligi
ulardagi oilaviy hayot uchun, o‘z oilasi uchun mas’uliyatlilik,
javobgarlikning yuqori bo‘lishi hissi ham oila mustahkamligini
ta’minlovchi muhim omildir. 
Xalqimizning etnik xususiyatlariga xos bo‘lgan nikohning
yuzaga kelish shartlaridan biri — sovchilikdir. Sovchilik ham
azal-azaldan shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biridir.
Uning ham o‘ziga yarasha talablari, shartlari, mas’uliyati
mavjud. Sovchilikka borilganda sovchilar bo‘lajak er-xotinlar,
qudalarni har tomonlama o‘rganib, ularning bir-birlariga qay
darajada mos kelishlik jihatlarini puxta o‘rganib chiqishga
harakat qiladilar. Sovchilikda surishtirish orqali bo‘lajak kelin-
kuyov, uning oilasi, avlodi haqida har tomonlama ma’lumotlar
olishga harakat qilinadi. Umuman sovchilikning milliy, etnik,
an’anaviy amallariga, talablariga rioya qilish ham nikoh mus-
tahkamligining muhim shartlaridan hisoblanadi. Shuning
uchun ham sovchilik masalalariga o‘tmishda katta e’tibor beril-
gan va sovchilikka eng tajribali, mulohazakor, oqil odamlar
tanlangan. 
Biroq hozirgi vaqtda sovchilik talablariga amal qilmaslik,
uni qo‘pol buzish hollari ham tez-tez uchrab turibdi. Hozirgi
vaqtda sovchilikka borilar ekan, tanlanajak kelinning, bo‘lajak
qaynona yoki sovchi bo‘lib borgan odamning didiga qay dara-
jada mos tushishi, uning ota-onasi, har ikkala oilaning moddiy
ijtimoiy holati, mavqeyi kabilarga ko‘proq e’tibor berilib, bu
jarayonlarning bosh sababchilari, bo‘lajak kelin va kuyovning
manfaatlari, ularning bir-birlariga mos kelishi yoki kelmasligi
jihatlari unutilib qo‘yayotganlik hollarini ham kuzatishimiz
mumkin. Bunday vaziyatlarda shubhasizki, yoshlarning o‘zlari-
ni oilaviy hayotlari haqidagi masalalarini hal etishdagi ishti-
roklari, ularning fikri, bunga nisbatan munosabatlari hisobga
olinmay qolishi mumkin. Bu esa ularga qurilajak oila mustah-
kamligi, uning manfaati uchun mas’uliyatlilik, javobgarlik his-
larining shakllanmasligiga, oilaviy hayotda qiyinchilik, mu-
rakkablik, turli to‘siqlarga (ularning bo‘lishi muqarrar) duch
139


kelib qolinganda, javobgarlikni sovchilar, bu oilaning yuzaga
kelish masalasini «hal qilgan» boshqa bir odam zimmasiga yuk-
lash, uni ayblash hollarini yuzaga keltirishi mumkin. Bu kabi
holatlar shubhasiz, yosh oila mustahkamligiga jiddiy xavf
tug‘diradi.
6.6. OILAVIY HAYOT HAQIDAGI TASAVVURLAR
Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta’sir etuvchi nikoh oldi
omillaridan yana biri — yoshlarning o‘z oilaviy hayoti haqidagi
tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bo‘lishi, shu
oila mustahkamligining bosh garovi hisoblanadi. Afsuski, ham-
ma vaqt ham yoshlarimizning oilaviy hayot haqidagi
tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hol-
larda reallikdan tubdan farq qiladi. 
Hind afsonalaridan birida yoshlarning oilaviy hayot
haqidagi tasavvurlari va ularning reallikka nisbatini qiyoslashga
mos keladigan ajoyib bir rivoyat mavjud.
Rivoyatda aytilishicha, tug‘ilganidan ko‘zi ojiz bo‘lgan to‘rt
nafar ko‘rga «Qarshinglarda fil turibdi, sizlar uni umuman
ko‘rmagansizlar, lekin uni borib ushlab, paypaslab o‘rganib
chiqinglarda, so‘ng fil qanday maxluq ekanligini aytib
beringlar», — deyilgan. Ko‘rlar borib filni «o‘rganib» qaytish-
ganlaridan so‘ng ulardan fil qanday hayvon ekanligi so‘ralgan-
da, ulardan biri: «Fil — badani dag‘al, daraxtga o‘xshagan
hayvon» — debdi, ikkinchisi uni inkor etib: «Yo‘q, fil yerdek
yumaloq, odamning qulochi yetmaydigan bir hayvon» — deb-
di. Uchinchisi esa, ularni ikkovlarini ham inkor qilib: «Fil ichi
teshik uzun, yo‘g‘on ichakka o‘xshaydigan hayvon» — debdi.
To‘rtinchisi esa: «Fil yoyiq yapaloq katta bargga o‘xshagan
hayvon» — deb javob bergan ekanlar va ularning har biri o‘z
fikrini ma’qullayman, o‘tkazaman deb bir-birlari bilan janjal-
lashib qolgan ekanlar. Chunki ularning biri filning oyog‘iga,
ikkinchisi — qorniga, uchinchisi — xartumiga va to‘rtin-
chisi — qulog‘iga to‘g‘ri kelib qolib o‘zlarining imkoniyatlari
doirasida filni tasavvur qilgan ekanlar. Xuddi shu to‘rtta ko‘zi
ojizdek yoshlarimiz ham oilaviy hayotni butun borlig‘icha,
to‘la, yaxlit tasavvur qila olmaydilar, buning imkoni ham yo‘q.
Oqibatda oilaviy hayot haqida turli tasavvurlarga ega bo‘lgan
yoshlarimiz oila qurgudek bo‘lsalar, o‘z tasavvurlarini reallikka
140


aylantirish, ya’ni juftiga ham shunday ekanligini uqtirishga
harakat qiladilar. Va ular ham yuqoridagi ko‘zi ojizlardek har
biri «o‘zicha haq» bo‘la turib, bir-birlari bilan janjallashib, ke-
lisha olmay qolishlari mumkin. 
Esini tanigandan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar,
romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarimizda
hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida to‘g‘ri tasavvurlar shakl-
lanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborot vositalari orqali,
teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy ha-
yotga tayyorlash borasida berilayotgan materiallarda, oilaviy
hayotni bir yoqlama, faqat ijobiy tomondan talqin qilish hollari
ham ko‘p kuzatiladi. Bu kabi holatlar ham yoshlarda oilaviy
hayot haqidagi tasavvurlarning noto‘g‘ri shakllanishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik yoshlarimiz, ayniqsa muvaffaqiyatli oilalarda
tarbiya topgan yoshlar, oila qurish arafasida bo‘lar ekanlar ak-
sariyat hollarda o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlari uchun o‘z
ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Chunki ular shu oilada
tarbiyalanar ekanlar, «eslarini taniganlaridan buyon» ota-
onasining nizolashib tortishganlarini, bir-birlarini hurmatsiz
qilganlarini eslay olmaydilar. Bunday oilalarda ota-onalar ham
o‘zlarining o‘zaro munosabatlaridagi noxush jihatlarini far-
zandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Yoki ularning
o‘zaro munosabatlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nizoli
damlar, bir-birlariga moslashish jarayonlari nikohning boshida,
hali farzandlari dunyoga kelmaslaridan oldin bo‘lib o‘tib ket-
gan. Bolalar esa ular turmushining faqat yaxshi, tinch-totuv,
ahil-inoqlik, bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli, ibratli jihat-
laridangina xabardor bo‘ladilar. Shunday oila qurishni tasavvur
qilgan yoshlarimiz, oila qurganlaridan so‘ng o‘zlari kutgandek
turmush kechira olmasalar, nikohning dastlabki eng nozik,
murakkab, qiyin, yangi ijtimoiy vaziyatlar, sharoitlar, bir-bir-
lariga moslashish jarayonlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar,
to‘siqlar, muammolar oldida esankirab qolib, oila qurishda
«adashganliklari»dan nolib qolishlari mumkin. 
Shuning uchun ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda
oilaviy hayot, er-xotin munosabatlarini faqat bir yoqlama va
faqat yaxshi tomondangina ko‘rsataverish ham maqsadga mu-
vofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: baland-
pasti-yu shirin-achchig‘i, rohat-farog‘ati-yu azob-uqubati,
141


qorong‘i kechalari-yu yorug‘ kunduzlari bilan ko‘rsatgan
ma’qul. Shundagina yoshlarimizda oilaviy hayot haqida nis-
batan adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin.
Bu borada oiladagi katta yoshli oqil kishilar yoshlarga hayot-
da ko‘prik bo‘lmog‘i, ularning bosib o‘tgan ko‘p qirrali hayot yo‘li
farzandlariga saboq bo‘lishi kerak. Ular yoshlarimizni mustaqil,
yetuk bir shaxs sifatida qabul qilib, oilaviy hayotning past-
balandlari haqida to‘la-to‘kis ma’lumotlar berishi maqsadga
muvofiqdir. Toki yoshlarimizning oilaviy hayotlari poydevoriga
qo‘yayotgan ilk g‘ishtlari to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilsin.
Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. Nikoh oldi omillari deyilganda nimani tushunasiz?
2. Nikohga, oilaviy hayotga yetuklik nima? Uni qanday jihatlari
farqlanadi?
3. Nikoh yoshi nima? U qanday belgilanadi?
4. Nikoh motivlari nima? Uning qanday turlari farqlanadi?
5. Nikohgacha tanishish shartlari va muddatining nikoh mus-
tahkamligiga qanday ta’siri bor?
6. Bo‘lajak er-xotinning tanishish shartlari va ularning nikoh
mustahkamligidagi ahamiyati nimalardan iborat?
7. Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari nikoh mus-
tahkamligiga qanday ta’sir qiladi?
Hikmatlar xazinasidan:
1. Inson pokiza bo‘lmog‘i lozim
Bir kun Hazrat Umar (R.A.)ning huzuriga bir xotin keldi
va qo‘li bilan ko‘rsatib:
— Yo Amiral-Mo‘minin! Bu kishi mening erim bo‘ladilar.
U bilan qurgan turmushimizni o‘ylab ko‘rdim. Uch oydirki,
bular bilan totuv yashash uchun ko‘p harakat qildim. Ammo
erimda bunga rag‘bat ko‘rmadim. Uch oy davomida bir-biri-
mizni tushuna olmasligimizga aqlim yetdi. Biz ajrashamiz, —
dedi. 
— Hazrat Umar (R.A) qarshisida indamay turgan
odamdan so‘radi:
— Xotiningga nima deysan, — dedi.
U odam:
142


— Yo Amiral Mo‘minin! Mening hech qanday shikoyatim
yo‘q. Men ajralishni istamayman, — dedi.
— Hazrat Umar ahvolni yaxshi tushundi. U odamning
kiyinishi yaxshi emas, g‘alati edi. Hazrat Umar u xotinga:
— Hozir uyingga ketginda, birozdan keyin kelasan. Biz
ering bilan suhbatlashib olamiz, — dedi. 
Hazrat Umar (R.A.) ul odamni hammomda yuvintirib,
uqalab, toza kiyimlar kiygizishni, chiroyli ko‘rinishga keltirish-
ni buyurdi. Ul odamni pokiza bir holga keltirdilar. Picha vaqt
o‘tgach, xotini keldi. Erini bashang kiyimlarda, chiroyli bo‘lib
ketganini ko‘rgan ayol beixtiyor quvonib ketdi. Hazrat Umar
(R.A): 
— Xonim, mana eringiz. Endi xushchaqchaq, suyunib
uyingizga boring, — dedi. 
Xotin erining qo‘lidan ushlab, «yuring ketamiz», dedi.
Xalifa Hazrat Umar (R.A.)ga ular rahmat aytib, uylariga ketdi-
lar. 
Mo‘minlarning Xalifasi Hazrat Umar (R.A.) u yerda hozir
bo‘lganlarga: 
— Sizlar oilalaringizning (ayollaringizning) yaxshi va po-
kiza kiyinib, sizni kutib olishlarini sevganingiz kabi, ular ham
sizni pokiza va yaxshi kiyinganingizdan zavq oladilar, sizlarni
yasangan holda ko‘rishni istaydilar, — dedi.
Bu hikoyatdan qanday xulosa chiqarish mumkin?
Gapning tagida gap...
¾
Oila orkestrida er so‘zsiz birinchi skripka, faqat sharti —
dirijyor xotin bo‘lsa.
¾
Xotin bamisoli ushlagichsiz jomadonga o‘xshaydi, ko‘ta-
rish og‘ir, biroq tashlab yuborish mumkin emas.
¾
Boshida erkak ayolni qanday qilib gapirtirishni bilmaydi,
so‘ng uni qanday qilib o‘chirishga aqli yetmay qoladi.
¾
Ayol uchun hammasi muhabbatdan boshlanadi, erkak
uchun esa hammasi muhabbat bilan tugaydi.
143


Donolar deydiki:
œ 
Chinakam baxtiyor bo‘lish uchun quyidagi xislatlar lo-
zim: ilmdan orttirilgan fazilat, tashqi ko‘rinishdan topilgan
haqiqat, aql tufayli hosil qilingan fe’l-atvor, mol-u mulkdan
ziyoda salomatlik.
œ 
Sodda va tabiiy holda umr kechirish hayotning eng
go‘zal va to‘g‘ri yo‘lidir. Bu yo‘l insonni samimiy, haqiqatgo‘y,
nomusli va matonatli bo‘lishga olib boradi.
œ 
Muhabbat muhabbatni jalb qiladi. Boshqalarning o‘zi-
ngizga muhabbatli bo‘lishini istasangiz, avvalo o‘zingiz ularga
muhabbat bog‘lang.
œ 
O‘tgan ishlar uchun pushaymon qilib o‘tirishdan, kelajak
uchun yo‘l-yo‘riqlar izlash ma’qul.
œ 
Baxt-saodatni izlasangiz topa olmaysiz; zimmangizdagi
insoniy vazifalarni ado eting — baxtning o‘zi keladi.
œ 
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollollohu alayhi
vassalam aytibdilar: sakkiz narsa sakkiz narsaga to‘ymaydi.
1. Ko‘z qarashga.
2. Yer suvga.
3. Ayol erkakka.
4. Olim ilmga.
5. Gado so‘rashga.
6. Ochko‘z dunyo jamlashga.
7. Dengiz suvga.
8. O‘t o‘tinga to‘ymaydi.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki,
sakkiz narsa sakkiz narsaga ziynatdir.
1. Iffatli, pokiza bo‘lmoqlik, ya’ni haromdan saqlanmoqlik
faqirlik ziynatidir. 
2. Shukur qilmoqlik, ya’ni Allohning amriga bo‘ysunmoq-
lik ne’matning ziynatidir.
3. Sabr qilmoqlik, ya’ni balo-ofatga duch bo‘lganda
Xudoning g‘azabi keladigan gaplar aytib dod-faryod chek-
maslik baloning ziynatidir.
4. Halimlik, muloyimlik ilmning ziynati, ya’ni ilmli kishi
qo‘pol va badfe’l bo‘lmasligi lozim.
5. O‘zini xor-u has tutmoqlik ta’lim oluvchining ziynatidir,
ya’ni tolibi-ilm ustozi, o‘rtoqlari orasida manmansiramasligi
lozimdir.
144


6. Ko‘p yig‘lamoq — qo‘rquvning ziynati, ya’ni Xudoning
g‘azabidan va oxirat ahvolidan qo‘rquvchi inson kunduzlari
ham kulib, kechalari yig‘lamog‘i lozimdir.
7. Minnatni tark qilmoq ehsonning ziynatidir, ya’ni ehson
qiluvchi kishi ehson oluvchi kishidan hurmat talab bo‘lmasligi
lozimdir.
8. Tavozelik — namozning ziynatidir.
Mavzuga oid aforizmlar
Xotunlarning eng go‘zali hayo va iffat pardasiga o‘ral-
ganidur.
Suqrot
Ayollarni seving va izzat qiling; ulardan faqat yupanch
emas, balki ilhomingizga kuch, ma’naviy va aqliy qobiliyat-
laringizni ikki baravar oshiruvchi qudrat axtaring.
J. Madzini
Ayollar asablarimizni, ortiqcha shaxsiyatparastligimizni
yumshatadi; ular bizga qaydan bunyod bo‘lganimizni eslatib
turishadi.
M. Barres
Agar ayol erkaklikni da’vo qilmay, oxirigacha ayolligini qil-
sa, u ko‘proq izzat-hurmatga sazovor bo‘ladi. Ayolda ayolga
xos fazilatlarni cheklab, erkaklik xislatlarini kuchaytirish unga
ziyon yetkazish demakdir.
J. J. Russo
Ayolsiz hayot tongi va oqshomi zaif, kunduzi esa — g‘am-
gin bo‘lib qolar edi.
P. Buast
Xotin-qizlarning axloq masalasidagi qat’iyliklari —
bamisoli upa-elik, bu bilan ular o‘z husnlariga oro beradilar.
F. Laroshfuko
Muhabbat bobida ayollar erkaklarga nisbatan ancha sermu-
145


lohazakordirlar, chunki muhabbat ayol uchun chin ma’nodagi
ulug‘ tuyg‘u va butun hayotining mazmunidir.
U. Irving
Tabiat ayolga shunday deydi: uddasidan chiqsang go‘zal
bo‘l, xohlasang oqila bo‘l, ammo idrokli bo‘lmog‘ing shart.
P. Bomarshe
O‘z muhabbati bilan olishayotgan ayolning qat’iyati olam-
da mavjud jami qat’iyatlarning eng olijanobidir.
Stendal
Har bir kishi o‘zida sevilishdek bir ehtiyoj sezadiki, bu
tuyg‘u uni ko‘zi o‘ngida yuksaklikka ko‘taradi, ammo odamni
turlicha: birinchi beadad mehr-shafqat bilan, yana birini esa
doimiy jiddiyat bilan sevmoq kerak.
J. Sand
Erkak bilan ayol muhabbati — bu ixtiyoriy kelishuvdir,
buni ularning qay biri buzsa, faqat hiyonatda ayblanadi, ammo
ayol ona bo‘lgach, uning burchi yanada kuchayadi, binobarin
tabiat unga zurriyot masalasini ishonib topshirgan.
G. Mopassan
Erkak kishi tanlagan qayliqqa qarab, u odamning kimligi,
o‘z qadr-qimmatini biladimi-yo‘qmi, osongina bilsa bo‘ladi.
I. Gyote
Agar qalbimiz sof bo‘lsa, «ayol» so‘zi biz uchun ulug‘vor-
likka limmo-limdir.
E. Senekur
O‘z sevganingni sog‘inib ahvoling tang bo‘lishi, ko‘rarga
ko‘zing yo‘q odam bilan yashashdan yuz chandon yengilroqdir.
J. Labryuver
146


Ayol ishonchini suiiste’mol etib, muhabbatini oyoqosti qil-
gan, ojizgina vujudini qiynab, ko‘zidan alam yoshlarini oqizgan
odam, mening nazdimda, ablah va razildir.
Sh. Node
Tan go‘zalligi oshiqlarni shaydo qilishi mumkin, ularni bir
umr maftun etish uchun esa qalb go‘zalligi talab qilinadi.
K. Kolton
Ayollarda go‘zal bo‘lmoqlikning birgina, lekin jozibador
bo‘lmoqlikning esa yuz ming imkoniyati bor.
Sh. Monteskye
Ayol erkak zotining buyuk murabbiysidir.
A. Frans
Oqila rafiqam! Agar ering yoningda bo‘lishini istasang,
shuning payiga tushginki, toki u hech yerda sening huzu-
ringdagi kabi rohat-farog‘at va muloyimlikka duch kelmasin.
Pifagor
Kimda yo‘qdir qalbda otash, kimda yo‘qdir ehtiros, 
Men uni suvsiz, quruq daryoga qilgayman qiyos.
Barcha daryolar shoshar, ummonni ko‘zlab, har qachon,
U qochar ummon qolib, go‘yoki sahrolar tomon.
Mirza Shafiy
Chinakam sevish — o‘zi haqida o‘ylashni unutishdir.
Jan Jan Russo
Izzat-hurmatsiz sevgi uzoqqa bormaydi, yuksaklikka ham
ko‘tarila olmaydi, u bir qanotli farishtadek gap.
A. Duma
Har ko‘ngilnikim vafo maskan qilur, hayo ham qilur va har
maskandakim, ul topilur, bu ham topilur. Vafosizda hayo yo‘q,
hayosizda vafo yo‘q.
A. Navoiy
147


Begona ayolni sevmoq — sarimsoq yemoqning o‘zi. Buni
har qancha berkitganingga qaramay, oxir-oqibatda hidi bilina-
di.
Oltin va ayollar, naq olovning alangasiga o‘xshaydilar,
ularga boqsang — tanang qiziydi, tegsang — kuyasan.
Ko‘p bilish va sevmagandan, oz bilish va ko‘p sevish
yaxshi.
Kabir
Yomon ko‘rgan kishing bilan yashagandan, yaxshi ko‘rgan
kishingni sog‘inib yashash ancha yengil.
Qaynota kuyovni xush ko‘rmaydi, kelinni yoqtiradi;
qaynona kuyovni xush ko‘radi, kelinni yoqtirmaydi; dunyoda
hamma narsa muvozanatlashadi.
Erkak kishi begona sirni o‘zinikiga qaraganda ishonchliroq
saqlaydi, ayol kishi esa o‘z sirini begona sirga qaraganda
yaxshiroq saqlaydi. 
Jan Labryuver
Muhabbatning davosi nikoh.
A. Unekovskiy
Nikoh — hayot maktabi bo‘lib, unda o‘quvchi roli ko‘proq
erkaklarga tushadi.
Y. Bulatovich
Uylanish — bu bamisoli lotoreya, ammo unda yutuqsiz
chiptani yirtib tashlash imkoniyati yo‘q.
L. Piter
Odam sabrli va yaxshi axloqli bo‘lmasa, halol mol topib,
halol kasb qilmasa, bunday odamning uylanmagani yaxshiroq-
dir. Unday odam uylansa, dunyo va oxiratiga zarar yetkazadi.
A. Donish
148


VII b o b. OILADA SHAXSLARARO 
MUNOSABATLAR VA MULOQOT 
PSIXOLOGIYASI
7.1. OILADA MULOQOT
Odamlar o‘rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyat-
lari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa
odamlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatining eng muhim
shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy
madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokatliligi va shu kabilarning
barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan bir-
ga uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, nevrozlar, insultlar, infarktlar va
boshqa turli kasalliklar, shuningdek ichkilikka, giyohvand mod-
dalarga ruju qo‘yish, hatto o‘z joniga qasd qilish kabilar ham
shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono
Ezop o‘z xo‘jayinining «Menga avval, dunyodagi eng mazali,
shirin taomni keltir va undan so‘ng aksincha eng bemaza,
yaramas taomni keltir», — deb buyurganida, u har ikkala safar
ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot in-
son hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish,
qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli
bo‘lishi yoki aksincha eng fojiali bo‘lishi ham mumkin.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kun-
dalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi,
odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy
zo‘riqish va ta’sirlanuvchanligining kuchayib borishi kabi ho-
latlar bugungi kunda odamlarning muloqot madaniyatining
yuqori darajada bo‘lishini taqozo etadi.
Muloqot madaniyati. 
Muloqot madaniyatiga birinchidan,
o‘z-o‘zini bilish va boshqa odamlarni tushuna olish qobiliyati,
ya’ni ularning psixologik xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olish,
ikkinchidan, ularning xulqi va holatlariga nisbatan mos (adek-
vat) munosabat bildira olish, uchinchidan, har bir odamga nis-
batan uning shaxsining individual xususiyatlariga eng ma’qul
keladigan muloqot shakli, usuli va stillarini tanlay bilish kiradi.
149


Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk yoshlikdan
boshlab boshqa odamlarga hurmat va samimiyat bilan muno-
sabatda bo‘lishni, ularga hamdardlik, insonparvarlik, mehri-
bonlik qilish qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak bo‘ladi.
Muloqot eng avvalo odamni odam tomonidan idrok qili-
shidan boshlanadi, unda dastlabki o‘zaro baholash amalga
oshadi, dastlabki hissiy-intellektual munosabatlar shakllanadi
va shundan so‘ng tegishli muloqot shakli amalga oshiriladi. Bu
jarayonda odam haqidagi ma’lumot, idrok etilayotgan odam-
ning hayotiy tajribasi, u yoki bu munosabat shaklini yoqtirishi
yoki yoqtirmasligini yuzaga keltiradigan bevosita emotsional
munosabatlar muhim rol o‘ynaydi.
Muloqotda buyruq ohangining ustunligi, do‘q-po‘pisa
ohangida keskin shaklda muomalada bo‘lish, suhbatdosh nomi-
ga tez-tez bildirilib turiladigan e’tirozlar, uning xatti-harakati
va fikrlaridan norozilikni ifodalash, yo‘l bermaslik va
tajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o‘zaro raqobat (yoki
hukmronlik-bo‘ysinuvchanlik) munosabatlarini yuzaga keltira-
di. Befarqlik, e’tiborsizlik, qo‘pollik, bemehrlik, behurmatlik
kabilar oiladagi samimiy muloqotga putur yetkazadi. Agar ak-
sariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o‘zaro kelishuvli
savol-javoblardan, o‘z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini
xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan foydalanilsa, agar oilada
o‘zaro yordam, o‘zaro tushunish, bir-birlariga yon berish odat
bo‘lsa, unda bunday oilalarda do‘stona munosabatlar o‘rnatila-
di, oilaviy hayot uchun eng maqbul bo‘lgan psixologik muhit
yuzaga keladi. 
Odamlar o‘rtasida bir-birlarini tushunishning yetishmasligi
ko‘pincha muloqotdagi to‘siq, shaxslararo munosabatlarni
buzilishining sababi bo‘lib hisoblanadi. Bizlar boshqa odamlar
bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarimizda nima uchundir,
o‘zimizning fikr-o‘ylarimiz, niyatlarimiz suhbatdoshimizga
ayon deb hisoblaymiz. Bundan tashqari hamma odamlar ham
bolaligidan boshqa odamlarning emotsional holatlarini his qi-
lish, ularni ko‘rish, ular bilan hisoblashish, ularni tushunishga
intilishga o‘rgatilavermaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik
holatlarda hatto bir-biriga eng yaqin, bir-biriga zid manfaat-
larga ega bo‘lmagan odamlar ham hayotda bir-biriga noxush-
liklarni yetkazishi mumkin. Albatta, bu ishlarni ular bir-birlari-
ga yomonlik, yovuzlik qilish niyatida, yoki o‘zlari yovuz
150


odamlar bo‘lganliklari uchun emas, balki, shunchaki bir-birini
tushunmaganliklari «nima qilayotganliklarini bilmaganliklari»
uchun sodir etadilar. Shunga o‘xshash holatlar odamlarning
o‘zaro munosabatlari, muloqotlarida o‘ziga xos to‘siq vazifasini
bajaradi.
7.2. MULOQOT JARAYONIDA YUZAGA 
KELADIGAN TO‘SIQLAR
Ijtimoiy psixologlar muloqot jarayonida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan to‘siqlarning quyidagilarini farqlaydilar:
psixologik, vaziyatli, mazmuniy
va 
motivatsion 
to‘siqlardir.
Psixologik to‘siq
— bu sherigiga ma’qul tushmay qolish,
tushunilmay qolishdan qo‘rqish, u tomondan inkor etilish va
kalaka qilinishdan yoki keskinlikdan qo‘rqish, eng ezgu hislari-
ni va niyatlarini samimiy izhor etishiga javoban qo‘pollik bilan
javob berilishi mumkinligidan xavotirlanish kabilar tufayli
intellektga oid, mehribonlikka oid, kuchga oid shaxsiy imkoni-
yatlarini namoyon qilish va amalga oshirishga xalaqit beruvchi,
o‘ziga hos ichki psixik tormozdir.
Vaziyatli to‘siqlar
— bu suhbatdoshlarning bir xil vaziyatni
turlicha tushunishlari, unga turlicha yondashishlari bilan
bog‘liq. 
Mazmuniy to‘siqlar 
— odatda suhbatdoshini tushunmagan-
lik tufayli, uning mazkur jumlasi qanday ma’noda aytilgani, u
qanday fikrni ilgari surayapti, nimani nazarda tutayapti, nima-
ga olib boradi va shu kabi mulohazalarga borish tufayli yuzaga
keladi. 
Motivatsion to‘siqlar
— shunday vaziyatlarda yuzaga ke-
ladiki, bunda gapirayotgan odam yo o‘zi bayon qilayotgan
fikrning motivini yetarlicha anglay olmaydi yoki u atayin ularni
(asosiy motivni) yashirishga harakat qilayotgan bo‘lishi
mumkin.
Bulardan tashqari muloqotga to‘siq bo‘lib, suhbatdoshlarni
psixologik madaniyatlilik nuqsonlaridan biri, ya’ni ularning na
eshitishni va na tinglashni bilmasligi, «teskari aloqaning»
yo‘qligi xizmat qilishi mumkin. Odamlar o‘rtasidagi suhbat
ko‘pincha ularda aqlning yetishmasligi tufayli emas, balki
ularning xudbinligi tufayli: har biri o‘zi haqida yoki o‘zini qi-
ziqtiradigan masalalar haqida gapirishga intilishligi tufayli ku-
151


tilganidek amalga oshmay qolishi mumkin. Oqibatda bitta
«aqlli» dialog o‘rniga, ikkita behuda, hatto zararli monolog
amalga oshadi. Shuning uchun ham muloqotga, suhbatlashish
san’atiga o‘rganish, ijtimoiy-psixologik madaniyatni egallash,
o‘zi, o‘z kayfiyati va hissiyotlarini boshqara olish, bilim va
malakalarini ishlab chiqish, o‘z gapi bilan suhbatdoshini qi-
ziqtira olish qobiliyatini rivojlantirishga erishish kerak. Biroq,
buning uchun birinchi navbatda har qanday muloqotning umu-
miy qoidasi: boshqa odamlarning, o‘z suhbatdoshlarining
ehtiyojlari, xohishlarini qondira oladigan odamgina hurmatga
erisha olishligini yodda tutishi lozim.
7.3. OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
Yosh oilalarda er-xotin munosabatlari o‘ziga xos hududiy,
etnik, jinsiy, yosh va individual psixologik xususiyatlarga ega
bo‘lgan er-xotin munosabatlari shakllanishining eng nozik va
hal qiluvchi shakli hisoblanadi. U yoki bu yosh oilaga xos
bo‘lgan er-xotin munosabatlari boshqa bir er-xotinga mos kel-
masligi mumkin. Chunki yosh oilani yuzaga keltirgan er-xotin-
lar turli xil shaxslararo munosabatlar tizimi, turlicha taomilga
ega bo‘lgan oilalarda tarbiyalangan, shaxs sifatida shakllangan
individlardan tashkil topadi. Lekin shunga qaramasdan maxsus
psixologik tadqiqotlarda va ulardan olingan natijalar asosida
yozilgan ilmiy psixologik adabiyotlarda yosh oilalarda er-xotin
munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishining umumiy
mexanizmlarga oid tegishli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Umuman yosh oilalarda er-xotin munosabatlarining qay
tarzda rivojlanishi avvalo shu yosh oilaning yuzaga kelishiga
asos bo‘lgan nikoh oldi omillarining xarakteriga, shu oilalar-
ning yuzaga kelish shart-sharoitlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bular
haqida oldingi mavzuda qisman to‘xtalib o‘tdik.
Albatta, yosh oila yuzaga kelar ekan, ular bir-birlarini sevib
turmush qurishganmi, qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchi-
lik, sovchilik, hisob tufaylimi yoki stereotip bo‘yichami, qan-
day bo‘lishidan qat’i nazar nikohning ilk kunlarida ularning
bir-birlariga nisbatan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida, er-xotin
o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarda emotsional ko‘tarinki-
lik, hissiy rang-baranglik darajasi yuqori bo‘ladi. Bir-birlarini
ma’lum bir muddat sevishib oila qurgan juftlarda bunday
152


emotsional ko‘tarinkilik darajasi nihoyatda yuqori bo‘ladi.
Chunki ular bir necha yil kutib, intilib yashagan, visol damlari-
ga nihoyat yetishgan bo‘ladilar. Bunday juftlar nikohi boshida
er-xotin o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarda ko‘tarinkilik,
bir-birlariga emotsional intilish juda yuqori darajada bo‘ladi.
Nafaqat sevishib oila qurganlar, balki deyarli barcha motivlarga
ko‘ra oila qurgan yoshlarda ham nikohning boshida er-xotin
o‘zaro munosabatlarida bir-biriga yaqinlik, bir-birini qadrlash,
hurmat qilish nisbatan yuqori bo‘ladi. Ularning bir-birlariga,
o‘z nikohlariga, o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlari haqidagi
niyat, orzu, umidlari ezgu, ijobiy bo‘ladi. Chunki hech kim va
hech qachon ertaga bo‘lajak turmush o‘rtog‘im, yangi oilam-
ning yangi a’zolari bilan nizo-janjalga boraman, ular bilan
urishaman va oxir-oqibatda oilam buzilib, ajrashib ketaman,
deb oila qurmaydi (Ayrim hollarda majburan oila qurganlar
bundan mustasno). Inson oila qurar ekan ahil-inoq yashab,
murod-maqsadga yetishishni orzu qiladi, nikoh arafasida va
nikoh kechasi ham barcha yaqin birodarlar, qarindosh-
urug‘lar, to‘yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu
niyatlar bildiradilar. Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida
va nikohlarining dastlabki kunlarida turmush o‘rtog‘i timsolida,
o‘zining shu orzu-istaklariga, murod-maqsadlariga yetishishda
yordam beruvchi, uni qo‘llab-quvvatlovchi, uni har soniya, har
onda tushunuvchi o‘z tabiatiga yaqin odamini tasavvur qiladi
va unga imkon qadar shunday ijobiy, iliq munosabatda bo‘lish-
ga harakat qiladi.
Biroq hayotda, ayniqsa, oilaviy hayotda hamma narsa ham
odam kutganidayin bo‘lavermaydi. Oilaviy hayotning o‘ziga
yarasha notekisliklari, past-balandliklari, murakkabliklari,
muammolari bo‘ladi. Shunday murakkabliklardan biri yosh er-
xotinning yangi ijtimoiy statusga, mavqega: er, kuyov, uylan-
gan, oilali yigit, xotin, kelin, turmushga chiqqan ayol rollariga,
o‘zlari uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy muhitga, yangi oilaga
moslashish jarayoni bilan bog‘liq. Xo‘sh bu yangi sharoitlarga
moslashish jarayoni kimda qanday kechadi?
Albatta, bu jarayon erkaklarda ayollarga nisbatan yengilroq
kechadi. Chunki ular, o‘zbek oilasining etnik xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda aksariyat hollarda erning uyida, uning ota-
onasi va boshqa qarindoshlari bilan yashaydi. Ya’ni yigit uylan-
ganidan keyin ham o‘z oilasida, o‘z yaqinlari va o‘zi uchun
153


oldindan odat bo‘lib qolgan oilaviy, shaxslararo munosabatlar
tizimida qoladi. Ayol kishining esa nikohdan keyingi holati,
oldingisidan keskin farq qiladi. Birinchidan, u o‘zi uchun de-
yarli yangi bo‘lgan, oldingisidan tubdan farq qiladigan muhitga
tushadi. U o‘ziga xos shaxslararo munosabatlar tizimi, rollar
taqsimoti, o‘ziga xos «xulqqa» ega bo‘lgan o‘zining qizlik
oilasidan, boshqa bir oilaga, boshqacha bir shaxslararo muno-
sabatlar tizimiga ega bo‘lgan yangi oilaviy muhitga tushadi.
Undagi mavjud turmush tarzi oldingisiga mos tushmaydi,
bundagi oilaviy rollar taqsimoti ham oldingisiga o‘xshamaydi,
u yerdagi ma’lum bir ishni bajarish tartibi, u yoki bu ishga
qo‘yiladigan talablar ham oldingisiga o‘xshamaydi. Buning
ustiga yosh oilada yosh kelin zimmasiga yuklatiladigan vazifalar
ham uni qizlik vaqtida bajaradigan ishlaridan ham miqdor,
ham mazmun jihatdan tubdan farq qiladi. Yangi ijtimoiy
sharoitga moslashish jarayonining o‘zbek oilalarida ayol kishi
uchun qiyin kechishining asosiy sabablaridan yana biri unda
yosh kelin yuqorida aytib o‘tilgan vaziyatlarga tushishi bilan
birga ularda bu yangi oilada kelin o‘zini «begona» deb his
etishidir, ya’ni undagi «begonalik effekti»ning mavjudligidir.
Yuqorida keltirib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, yosh
oila yuzaga kelganidan so‘ng unda er-xotin munosabatlarining
«kutilganidek» rivojlanishiga xalaqit qiladigan ko‘plab ijtimoiy
psixologik, etnik, hududiy, jinsiy omillar borki, yoshlarimiz bu-
larning barchasi haqida oldindan xabardor bo‘lishligi va ular-
ning salbiy ta’sirlarini yumshatib, ijobiy jihatlarini rivojlan-
tirishga tayyor bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, eng ezgu niyatlar bilan oila qurgan yoshlar-
da er-xotinning shaxsiy munosabatlari baxtga qarshi yaxshidan
yomonga qarab rivojlana boshlaydi. Chunki nikohning boshida
kuzatiladigan er-xotin o‘rtasidagi ko‘tarinki emotsional yaqinlik
asta-sekinlik bilan pasayib, ular hissiyotlarining o‘tmaslashuvi
ro‘y beradi. Bu holatlar albatta har qanday oilada shaxslararo
munosabatlar rivojlanishining o‘ziga xos dinamikasini tashkil
qiladi. Bu holatdan voqif bo‘lish va uning o‘zgarishlariga tay-
yor turish yosh oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim
ko‘ngilsizliklarning oldini olishga asos bo‘ladi.
154


7.4. ER-XOTIN MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI
Er-xotinlarning oiladagi muloqoti, shaxslararo muloqotning
umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunish bilan birga, dastavval ish-
dan tashqari, bo‘sh vaqtlarini birgalikda o‘tkazish bilan shart-
langan o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega. Hamkasblar, o‘rtoq-
lar, do‘stlar va sevishganlar hamma vaqt ham birga bo‘lish
imkoniyatiga ega emaslar, qaytanga, o‘z muloqotlarini o‘zlari
xohlagan vaqtlarida biroz kamaytirib, hatto uzib (to‘xtatib)
qo‘yishlari ham mumkin (uchrashuvga borishi lozimligini
«unitib» qo‘yish, kutilmaganda «juda band» bo‘lib qolishi
mumkin va sh.k). Er-xotinlar esa ko‘pincha bunday imkoniyat-
lardan mahrumdirlar. Ular bir xonadonda, ko‘pincha bir xona-
da birga bo‘lishga «mahkum» etilgan. Albatta, bu gaplar
ko‘pchilik yoshlarimizda (ayniqsa, bir-birlarini sevuvchi yosh-
larda) tushunmovchilik, ishonmaslik, e’tiroz tug‘dirishi mum-
kin, chunki ular, o‘zing uchun aziz, sevimli bo‘lgan odam bi-
lan birga bo‘lish, uning yonida bo‘lish «majburiyati» bu eng
orziqib kutilgan orzuning ro‘yobga chiqishi-ku deb hisoblash-
lari mumkin. Biroq bu «mahkumlik» bilan hisoblashmaslik
ham mumkin emas. Turli aholi turar joylarida, mahallalarda,
qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida ko‘pincha faqat ayollardan yoki faqat
erkaklardan iborat «kompaniyalar» ham behudaga yuzaga
kelavermaydi.
Qadimiy, afsonaviy Sparta qonunchiligida er-xotinlarni
ishqiy munosabatlarining sovuqlashib ketishidan saqlash
maqsadida ularning muloqotlari imkon qadar chegaralab
qo‘yilgan. Unga ko‘ra erlar xotinlaridan ajratilgan holda, ya’ni
er va xotin boshqa-boshqa yashaganlar va ular faqat ovloq joy-
lardagina, «begona ko‘zlardan» yashirin tarzda uchrashib tu-
rishlari mumkin bo‘lgan. Bu tadbir nafaqat Sparta jangchilari
o‘zlarining jangovar ruhlarini yo‘qotmasligi, o‘zlarining yosh
xotinlari bilan mashg‘ul bo‘lib qolmasliklari uchungina emas
edi. Bunda «taqiqlangan meva» effektidan foydalanilgan.
Uchrashishlarning qiyinligi, xuddi tuzsiz taomga tuz, ziravorlar
qanchalik maza berganidek, er-xotinlarning bir-birlariga hissiy
yaqinligini sezilarli darajada kuchaytiradi, nikoh rishtalarini
mustahkamlaydi. Yoki Shekspirning qahramonlari Romeo va
Julettalar ham, agar ular unashtirilganlaridan so‘ng barcha
qulayliklari bilan alohida «koshona» berilganda edi, ular o‘zla-
rini boshqacha tutgan bo‘lishardi.
155


Doimiy muloqot bir xillik ko‘rinishini yuzaga keltiradi,
tabiiyki, bundan hayotdagi kundalik ikir-chikirlar ko‘payadi,
ayni vaqtda chuqur hissiyotlar o‘z obyektining yaqinligi tufayli
kundalik odatlar shaklini oladi. Odamlar bir-birlaridan biroz
muddat ayri yashashsa hammasi joyiga tushadi: muhim
to‘siqlardek tuyulgan narsalar arzimagan mayda-chuydalarga
aylanib qoladi, qisqa muddatli hijron ta’sirida chuqur hissiyot-
lar kuchayadi va yana o‘ziga yarasha kuchga ega bo‘ladi.
Er-xotin muloqoti, muomalasining o‘ziga xos nozik jihat-
laridan yana biri ularning bir-birlari bilan yetarli darajada intim
munosabatlarda bo‘lishligidir. Bu albatta, ularning o‘zaro
munosabatida shubhasiz o‘z izini qoldiradi. Bu o‘rinda shuni
ham aytib o‘tish joizki, bizni bolalikdanoq olgan o‘ziga xos tar-
biyamiz jinsiy munosabatlar, jinsiy muloqotga noma’qul uyat,
go‘yoki axloqsiz hodisadek qarashga majbur qiladi. Biz jinsiy
moyillikni uzoq vaqt bir yoqlama past, sharmandali, odam
hissiyoti uchun noo‘rin narsa deb atab kelganmiz (ba’zilar
hozir ham shunday deb hisoblaydi). Nima uchun shunday
bo‘lgan? Chunki u hayvonlar uchun ham odam uchun ham
umumiy. Biroq, ochlik ham, chanqoqlik ham hayvonlarda
qanday bo‘lsa, odamda ham shunday bo‘ladi. Ammo bizning
axloq va odatlarimiz, ma’naviyatimiz doirasida ular haqida
nafaqat oshkora gapirish, balki ularga bo‘lgan ehtiyojlarni
boshqalarning ishtirokida, ko‘z o‘ngida qondirish mumkin,
ya’ni ular odamlarga xos deb qabul qilingan. Nima bo‘lgan
taqdirda ham biz o‘zimizning «hayvoniy» tabiatimizdan bari-
bir qutula olmaymiz. Bunda hammasi bu hislarning yuzaga ke-
lishiga emas balki, ularni qachon, qayerda, qanday sharoitda
va qanday tarzda namoyon qilamiz, biz ularga so‘zsiz bo‘y-
sunadigan qullarmizmi yoki mulohazakor va mehribon
xo‘jayinlarmizmi, mana shunga bog‘liq.
Odamlar oila qurishar, nikohdan o‘tishar ekanlar, tabiiyki,
seksual munosabatlarga kirishadilar. 
Endi nikohdan keyin bu «mumkin». Biroq bolalikdan jin-
siy aloqa, jinsiy akt haqida qandaydir bir «yomon» narsa deb
tasavvur qilib tarbiyalanganlik, ayrim er-xotinlarga ong ostida
bo‘lsada, xalaqit qiladi va bu ba’zan ularning bir-birlariga
axloqsiz qiliqlarni qilishda o‘ziga xos sherik deb qarashga maj-
bur qiladi. 
Vaqt o‘tishi bilan er-xotinlarning bir-biri oldidagi «sir as-
156


rorlari tobora ochilib» boraveradi. Afsuski, shu bir-birlari
uchun oshkoralashib borishi faqat ma’lum bir zaruriy
chegaradagina amalga oshadi. Ozoda, muloyim, ehtiyotkor
yigit endi o‘ziga qaramaydigan, befarosat, qo‘pol erga aylanadi.
Ozoda, bejirim, did bilan kiyinadigan, kamtarin, nozik qiz,
bo‘lajak kelin endi beo‘xshov kiyingan, o‘ziga qaramaydigan,
vaysaqi xotinga aylanadi. Uning oldingi jozibasi, go‘zalligi
go‘yoki «yo‘qoladi».
Har bir xalqda, har qaysi zamonda go‘zallikning o‘ziga xos
belgilari, etalonlari bo‘ladi. Go‘zallik va go‘zal emaslik haqida-
gi tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan so‘zsiz o‘zgaradi. Biroq,
umumxalq tomonidan qabul qilingan va e’tirof etilgan go‘zallik
etalonlari bilan bir qatorda individual, shaxsiy, xususiy etalon-
lar ham bo‘ladi. Aytishlaricha, boyo‘g‘li qushlarning orasida
eng go‘zallari uning bolalari ekanligidan maqtanar ekan, chun-
ki «ularning hammasining quloqlari uzun, boshi katta, umu-
man o‘ta go‘zal» ekan. Kim biladi, bu borada kabutar nima
degan bo‘lar ekan. Aynan shu sababga ko‘ra xalq ichida
tipratikon o‘z bolasini yumshog‘im, qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im
deydi, — degan maqol bor. Shuning uchun ma’lum bir namu-
naga o‘zini urish, o‘zini o‘shanday bo‘lishga majburlash kerak
emas. Har joyning ham o‘z tosh-u tarozusi, o‘lchami mavjud.
Xotinini sevuvchi er uchun uning xotini (yoki erini sevuvchi
xotin uchun uning eri) umumiy etalonga mos keladimi yoki
yo‘qmi, bundan qat’i nazar ko‘pincha eng go‘zal, chiroyli, ke-
lishgan odam deb tasavvur qilinadi. Aynan mana shu go‘zal-
likni o‘ziga xos «ziravorlar»: kiyimlar, soch turmagi, xatti-
harakat, imo-ishoralar, qiliqlar, so‘zlar va shu kabilar bilan
saqlab qolish kerak bo‘ladi. Uni nafaqat «xalq ichida» balki uy-
da ham saqlash kerak. 
Intim munosabatlar.
Bu nafaqat seksual munosabat,
nafaqat jinsiy aloqa, balki ancha ochiq, yaqin, ma’naviy mulo-
qotdir. Intim (fransuz tilida — intime — «yaqin», «qulay»,
«ko‘ngildan», lotinchada intimuz — «chuqur», «chin dildan»)
muloqotlar deyilganda, psixologiyada shunday muloqotlar
tushuniladiki, unda odam boshqa odam oldida qandaydir bir
ijtimoiy rolni (rahbar yoki xodim, sotuvchi yoki vrach va shu
kabi) bajaruvchi emas, balki aynan «yagona» shaxs sifatida —
nodir, takrorlanmas mavjudot sifatida namoyon bo‘ladi, bunda
u mutlaqo oshkora, ochiq, hech narsadan qo‘rqmay, o‘zining
157


ichki olami, o‘zining barcha xususiyatlarini uyalmasdan
namoyon qila oladi. Bunday muloqotda suhbatdosh odamlar
o‘rtasida chuqur va keng o‘zaro oshkoralik (jismoniy,
psixologik, shaxsiy, ma’naviy) amalga oshadi. Bunda suhbat-
doshlarning tanasi, fikri, hissiyoti, xarakteri va hayotiy rejalari,
qadriyatlari va fikrlari ochiladi.
Intim munosabatlarga sevgi, do‘stlik, dushmanlik, yolg‘iz-
lik kabilarni kiritish mumkin. Biroq intim muloqotlar nafaqat
istalgan muloqotlar sifatida, balki xavfli, «qo‘rqinchliroq» mu-
loqotlar sifatida ham idrok qilinishi mumkin. Bu muloqotlar
tushunish va hamdardlikka, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, dalda
berish, bir-birini tushunishga bo‘lgan ehtiyojlarni qondiradi.
Shu bilan birga er-xotin o‘rtasidagi muloqot jarayonida tomon-
lar o‘z hissiyotlarini, ichki kechinmalarini jilovlashga, fosh
bo‘lib qolishdan, pinhoniy tuyg‘ularini ochilib qolishidan ha-
yiqish hissi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ayrim odamlar
muloqotda ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan muloqotlar
darajasida qolishga harakat qiladilar. Buning boisi, avvalo
odamning ichki kechinmalarini oshkora qilib qo‘yishdan
qo‘rqish yoki jufti oldida o‘zini «fosh» qilib qo‘yishni xohla-
maslik, o‘zini pinhoniy, hatto o‘zi ham o‘zida ko‘rishni ista-
maydigan xislatlarni fosh qilib qo‘yishdan qo‘rqishdir.
Odamlarning «tashlab ketilishdan» qo‘rqishi ham shu bilan
bog‘liq (o‘zini borlig‘ini oshkora qilib qo‘yganingdan so‘ng sen
jufting uchun qiziqarli bo‘lmay qolasan, u seni barcha xislatla-
ringni bilib, ko‘rib bo‘lganidan so‘ng, senga qiziqmay qo‘yadi
va seni tashlab ketishi mumkin), «jiddiy tanbehlar»dan qo‘rqish
(bunaqa erkin, oshkora, ochiq muloqotda o‘zing haqingda she-
riging yoki biror-bir muhimroq masala haqida biror-bir nojo‘ya
gapni «gapirib», «laqillab» qo‘yishing mumkin). Bulardan
tashqari muloqotlarning intimligidan (yaqin bo‘lishidan)
ko‘pincha o‘zining ajratuvchi (destruktiv), buzuvchi impulslari-
dan qo‘rqish ham ushlab qolishi mumkin. Intim muloqotlarda
biz xulqning ijtimoiy me’yorlari, ijtimoiy taqiqlarga eng kam
darajada bog‘liq bo‘lamiz va shuning uchun o‘zimizga eng
yaqin odamga nisbatan bo‘lgan munosabatlarimizda biz
o‘zimizni shunday tutishimiz mumkinki, boshqa hech bir
odamga nisbatan o‘zimizni bunaqa tuta olmaymiz. Nihoyat,
muloqotlarning intim bo‘lishidan, ayrim odamlarni boshqa
odamning individualligiga haddan tashqari ortiqcha kirishib,
158


qo‘shilib ketish, boshqa odamga «aralashib», singib ketish tu-
fayli o‘zining individualligini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqish ham
ushlab turadi. Shuning uchun «birlashishdan oldin va birlashish
uchun dastlab chegarani, aloqalarni yaxshilab belgilab, aniqlab
olish» o‘z individualligi va shaxsini mustahkamlab olish lozim.
Er-xotinlarning oiladagi muloqotining muhim xususiyatla-
ridan biri shuki, u ma’lum darajada kundalik, maishiy prozaik
fonda amalga oshishidir. Boshqa odamlar, boshqa erkaklar va
ayollar bilan bo‘lgan muloqotda biz ko‘tarinkilikni, uyda esa
uning oshxonasini ko‘ramiz. Bular esa bir-birlaridan juda uzoq
va odamlarga turlicha talablarni qo‘yadigan tushunchalardir.
Psixologlar muloqotning o‘ziga xos uch xil kommunikativ
pozitsiyasini farqlaydilar. Bular: «ota yoki ona» «katta odam»,
«bola». Ularning hammasi bir odamda mujassam bo‘lishi
mumkin. 
«Ota yoki ona» pozitsiyasida bo‘lish, bu o‘zining
boshqalardan ustunligini anglash, rag‘batlantirish va jazolash
huquqiga egalikni his qilish demakdir. «Ota yoki ona»ning
murojaati odatda pand-nasihatli, e’tirozga o‘rin qoldirmaydi-
gan, uzil-kesil bo‘ladi, u o‘zi buni doimo namoyon qilaver-
masada, biroq o‘ziga hurmatni talab qiladi. U tartibni nazorat
qilishni va odamlarni boshqarishni, juftiga, «otalarcha» («ona-
larcha») unga homiylik qilib, xuddi zaifroq odamga yondash-
gandek yondashishni yoqtiradi.
«Katta odam» pozitsiyasi odamning atrofidagilar bilan
teng darajada muloqotda bo‘la olishni bildiradi. Atrofdagilarga
o‘z hukmronligini ham o‘tkazmaydi yoki o‘ziga nisbatan
ma’qullovchi» munosabatni ham kutmaydi.
«Bola» pozitsiyasida odam xafagarchilikka yuqori sezgirlikni,
ko‘ngli bo‘shlik, oson ishonuvchanlik, o‘yinqaroqlik, injiqlik,
boshqalardan mehr olishni istash, sezishni, kuchliroq odam
tomonidan panoh tutishni va shu kabilarni namoyon qiladi.
Agar shu pozitsiyalar o‘zaro muvofiq kelsa va o‘zaro mos
bo‘lsa, masalan kimdir juftiga nisbatan bo‘lgan munosabatda
«otalik» yoki «onalik» pozitsiyasini tutsa-yu, ikkinchi tomon
esa bajonidil «bolalik»ni namoyish etsa — bu yaxshi, agar ikki-
ta «katta odam» pozitsiyasi o‘zaro to‘qnash kelsa, bu ham
yaxshi, biroq oilada ikkita «ota» («ona») duch kelib qolinsa,
unda ularning muloqotida zo‘riqish, nizoli vaziyatlarning yuza-
ga kelishi muqarrar.
159


Nizoli vaziyatlar odatda uzoq vaqtlar davomida yetiladi,
shuning uchun oqil va tajribali odamlar ularning dastlabki alo-
matlarini o‘z vaqtida payqab, ularga lozim darajada munosabat
bildirib, ularni bartaraf qilishi yoki mumkin qadar zaif-
lashtirishi mumkin.
7.5. ER-XOTINLIK MUNOSABATLARI
Biz yuqorida oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot
psixologiyasiga tegishli masalalarga qisman to‘xtalib o‘tdik.
Endi esa mazkur masalada yosh oila mezonlari haqida fikr
yuritsak. Psixolog va sotsiologlarning fikricha, kelin-kuyovlar-
ning yoshi 30 dan oshmagan birinchi nikohdagilar yosh oila
hisoblanadi. Odatda yosh oila tushunchasi oilaviy hayotning
dastlabki 10 yilini o‘z ichiga oladi.
Nikohdan o‘tib, oila qurilgandan so‘ng u bir necha
bosqichlarni bosib o‘tadi. Shulardan eng ko‘p kuzatiladigani
sotsial va psixologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadigan ham
aynan shu yosh oila bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda er-
xotinlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari shakllanadi,
farzandlar dunyoga keladi, ularni tarbiyalash, voyaga yetkazish
bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ishlar amalga oshiriladi. Shularni
hisobga olgan holda hukumatimiz tomonidan yosh oilalar,
ularning mustahkamligini ta’minlash va ularda ijtimoiy, iqti-
sodiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash yangi oilaning bar-
qarorligini ta’minlashga imkoniyatlar yaratish borasida ham bir
qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oilaning mustahkam bo‘lishi, er-xotinning baxtiyor, tinch-
totuv yashashlarida ularning o‘zaro qovushuvi muhim rol
o‘ynaydi. O‘zaro qovushishlarni shartli ravishda uchta tarkibiy
qismga ajratish mumkin:
1. Biologik qovushuv.
2. Psixologik qovushuv.
3. Sotsial (ijtimoiy) qovushuv.
To‘ydan keyingi dastlabki «asal oyi»
1
odatda, osoyishta,
160
1
Qadimgi yunonlarda nikohdan o‘tib oila qurgan yoshlar ixtiyoriga
echki va asalarilarni topshirib, bir oyga toqqa ko‘chirib yuborardilar. Bir oy
davomida yosh kelin-kuyov echki suti bilan asalni iste’mol qiladilar va tabiat
quchog‘ida yashaydilar. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad — ulardan tug‘ilajak
farzandning sog‘lom bo‘lishini ta’minlash bo‘lgan.


shirin, totuvlik bilan o‘tadi. «Qolgan oylar va yillar ham xuddi
shunday yaxshi, baxtli davom etishi uchun nimalarga e’tibor
berish kerak?», «Yuqoridagi qovushuv turlaridan eng muhimi
va asosiysi qay biri?» degan savollar tug‘iladi. Quyida biz ushbu
savollarga javob berishga harakat qilamiz. 
Biologik qovushuv. Biologik shoxobchaning ruhiy shoxob-
chaga nisbatan birmuncha turg‘unligini, kam o‘zgaruvchanligi-
ni hisobga olish zarur. Ya’ni shakllangan mijoz toifasini o‘zgar-
tirib bo‘lmasligini va bunga intilishning samarasizligini unut-
maslik lozim. Mijoz turi jihatidan kelin-kuyovlar turlicha
bo‘lishi, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi zid toifalarga
mansub bo‘lishi mumkin. Lekin buni oila mustahkamligi
uchun xavfli omil deb hisoblash xato bo‘ladi. Ko‘p hollarda
bunday oilalardagi er-xotinlar bir-birlarida yetishmaydigan
psixologik xususiyatlarni to‘ldirib turadilar. Shu bilan birga xo-
lerik turga mansub bo‘lgan er-xotinlar o‘rtasida salga nizo-jan-
jallar chiqishi muhim omil bo‘lishi mumkin. Qayliqlarning mi-
joz jihatdan turmush qurishlari turli ko‘rinishlardan iborat
bo‘lishi mumkin. Masalan, XX (xolerik kuyov — xolerik ke-
lin), XS (xolerik-sangvinik), XF, XM, SS, FF, FM, MM, va
boshqa murakkab qovushuvlar. Bu yerda eng muhimi mijoz
turi emas, balki ular o‘rtasidagi hissiyot kuchi, psixolo-peda-
gogik bilim saviyasi, oilaviy hayotni mustahkamlashga intilish,
tarbiya va madaniy saviya darajasi, o‘zaro munosabatlardagi
madaniyatdir. 
Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. Oiladagi muloqot bilan oiladan tashqari shaxslararo muloqot-
larning o‘rtasida qanday farq mavjud?
2. Muloqot jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qanday
to‘siqlarni bilasiz?
3. Oilaviy munosabatlar nima?
4. Yosh oilada er-xotin munosabatlari qanday rivojlanadi?
5. Er-xotin munosabatlarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?
6. Intim munosabatlarga nimalar kiradi? Ular qanday namoyon
bo‘ladi?
7. Muloqotning qanday kommunikativ pozitsiyalari farqlanadi?
8. Er-xotinlik munosabatlaridagi moslashuv, qovushuv qanday
amalga oshadi?
9. Nikohgacha bir-birlarini yaxshi bilmagan holda bir-birlarini
to‘liq tushunib, nikohdan so‘ng qancha ko‘p bilgan sari bir-birlarini
161
6 — Oila psixologiyasi


shunchalik tushunmaydilar (tushunishni istamaydilar). (G‘. Sho-
umarov) Mazkur iboradagi paradoksni psixologik tahlil qilib, ilmiy
asoslab bering?
Mavzuga oid aforizmlar
Ayol qalbini ochadigan kalit kamdan kam erkaklarda
bo‘ladi. Aksariyat erkaklar qalb qulfini lom bilan ochadilar.
Leonard Djevetskiy
Erini sevadigan xotin eri uchun har narsaga tayyor. Faqat
ikki narsadan voz kecha olmaydi. Bu — erini tarbiyalash va
uning xatti-harakatlarini tanqid qilishdir.
Djon Pristli
Go‘zal ayolni sevmaslik jinoyat hisoblansa, uni sevish ja-
zodir.
Val Devyatiy
Hech bir ayol aqlsiz erkakni aqlli qila olmaydi, ammo eng
aqlli erkakni ham aqlu hushini olib qo‘yishga qodir.
Vanda Blonskaya
Ayollar erkaklarni baxtli qilishning bitta yo‘lini, baxtsiz qi-
lishning esa mingta yo‘lini biladilar.
Genrix Geyne
Sof yolg‘izlik — bu seni tushunmaydigan odam bilan
yashash.
Elbert Xabbard
Aqlli ayol uchun erkak muammo emas, aksincha muam-
moning yechimidir.
Sari Gabor
Erkak kishi o‘zini yomon his etsa, ayol kishini qidiradi.
Agar juda yaxshi his etsa, yana yangilarini qidiradi. 
162


* * *
Erkak bo‘yniga ayollar qanchalik ko‘p osilsa, erkak o‘zini
shuncha yengil va mag‘rur his etadi.
* * *
Bo‘ydoqning uylangandan farqi nima?
Bo‘ydoq uy ishlarining hammasini o‘zi qiladi, uylangan-
ning esa xotini majbur qiladi. 
Konstantin Melixan
Erkak kishi ayolni har tomonlama o‘rganib bo‘lgach, un-
dan aql qidira boshlaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak o‘ta aql-
li, zehnli, iste’dodli ayollar oila qurishga qiynaladilar.
* * *
Erkaklardagi muhabbat hislarining uzoqqa cho‘zilmasli-
gining sababi ular sevgidan es-hushlarini, shu jumladan xoti-
rasini yo‘qotishadi. Shu sababli ham ular sevgilisini tez
unutishadi.
* * *
Odam Ato bilan Moma Havo juda baxtli hayot kechirish-
gan, chunki ularda qaynonalar va qaynona-kelin munosabatlari
bo‘lmagan. Ammo ular bir masalada zerikishgan, ya’ni g‘iybat
qiladigan odam bo‘lmagan.
* * *
Ayol kishi erkakni jannatdan olib chiqib ketgan. Ammo
erkakni jannatga olib kiradigan ham ayoldir.
Mavzuga oid latifalar
Er ishdan kelib kechki ovqatni yeyapti. To‘satdan boshini
ko‘tarib xotinidan so‘radi:
— Nima uchun sen menga shakarsiz kofe berding?
— Shunchaki, men seni ovozingni eshitishni xohlagan
edim xolos.
163


* * *
— Olamda nima gaplar bor, do‘stim?
— Hech nimadan xabarim yo‘q. Chunki xotinim bir hafta
burun bayram kutgani onasinikiga ketgan.
* * *
Xayolparishonlik:
— Qizim, nega menga bunchalik dag‘dag‘a qilayapsan?
— Voy kechirasiz oyijon, xayolparishonlik, men sizni
qaynonam deb o‘ylabman.
* * *
Yosh kuyov xotiniga dashnom berdi:
— Turmush qurganimizga xali bir kun ham bo‘lgani yo‘g‘u
janjal qilayapsan.
— Axir, men buni naq ikki yil kutdim.
* * *
— Bemor ayol eriga dedi:
— Holingizga achinaman. O‘lib qolsam nima qilar ekan-
siz-a, dadasi?
— Avval o‘l... Keyin nima qilishni o‘zim bilaman...
* * *
— Doim meni «yomonsan» deyaverasiz. Bir yostiqqa bosh
qo‘yganimizga ham o‘n besh yil bo‘libdi. Siz uchun nahot
biron kun ham yaxshi bo‘lmagan bo‘lsam? — dedi xotin nav-
batdagi janjaldan so‘ng.
— Nega endi, uylanmasimdan oldin yaxshi eding, — dedi er.
* * *
Darg‘azab xotin kech kelgan eriga:
— Uyga tonggi soat to‘rtda kirib kelsangiz! Bu ishingizga
biron nima deyishga so‘z topolmayman!
— Er yengil tortib:
— Xudoga shukur...
* * *
— Yo‘q! Bunaqa er bilan yashab bo‘lmaydi!
— Unday bo‘lsa ajrash.
— Bekorlarni aytibsan! U mening hayotimni barbod qilsa-
yu yana men uni baxtiyor qilarkanmanmi?
164


* * *
— Bu uyda o‘zi kim xo‘jayin?! — baqirdi bor ovozi bilan er.
— Men! — dag‘al javob berdi xotini. — Nima edi?
— Yo‘q, hech narsa, hammasi joyida, shunchaki so‘ra-
dim — qo‘ydimda...
Mavzuga oid rivoyatlar
1. Tannoz xotinning tuzalishi
Bir odam juda nozli qizga oshiq bo‘ldi. Ancha noz-
istig‘nolardan keyin turmush qurdilar. Ul ayolda tarbiya juda
oz edi. Shuning uchun erining qadriga yaxshi yetmas edi. Ishi
faqat nozlanish edi, xolos. Turmush qurganlariga bir necha kun
o‘tgandan so‘ng noz bilan:
— Vaqt o‘tib satangligim tutadi. Ul vaqtda menga hech
narsa demagil. Ish qilmayman, zahmat chekmayman. Agar os-
mon boshimga uzilib tushsa ham u kunda biror ish qilmay-
man, — dedi.
Eri aqlli odam edi. Biroz sukut saqlab, xotinining gapiga
tushunganday bo‘lib:
— Durust, satangginam, meni ham vaqt o‘tib eshakligim
tutib ketadi. Ul vaqtda sen mening g‘azabimga duchor
bo‘lma, — deb javob berdi.
Oradan oylar o‘tdi, ayolning satangligi orta bordi. Ul odam
qancha yumshoq bo‘lsa, xotinining nozi shuncha kuchaya bor-
di. Sekin-sekin ishlari er joniga tega bordi.
Bir kuni uyiga kelib:
— Xonim, shu-shu narsalarni hozirla, do‘konga olib keta-
man, — dedi.
Xonim har vaqtdagidek joyidan qimirlamadi. Ul odam
gapini takrorladi. Yana hech sas yo‘q. Ul odam qaytardi.
Xotin:
— Bugun dangasaligim tutib turibdi, hech ish qilmay-
man, — dedi.
Ul odam belidan kamarini yechib, xotinini, «mana senga,
mana senga dangasalik», deb savaladi.
Xotin baqirdi:
— Voy dod! Voy belim, voy qo‘llarim! Voy o‘laman!
165


— Jahlim chiqdi xonim, chida, eshakligim tutib ketdi, —
deb yana kamar bilan savalay boshladi, erkak.
Shundan keyin xotinining aqli kirib:
— Bo‘ldi, afandim, mening dangasaligim ketib qoldi, —
dedi.
Shunday qilib, na erda eshaklik qolibdi, na xotinda dan-
gasalik, tannozlik qolibdi. Xastaliklardan xalos bo‘libdilar.
2. Bunday qaynona do‘stlarga muborak bo‘lsin
Turmushlarining yangiligida, baxtli shirin oylarni o‘tkaza-
yotgan kunlarida yosh kelinchak va kuyovlar ro‘zg‘orning ba’zi
ehtiyojlarini olishni xohlaydilar. Er kechqurun sevikli xotini
xush ko‘rgan narsalarni olib keldi.
Qaynonasi ularni ko‘rgani mehmon bo‘lib kelgan edi.
Kuyov olgan narsalarini xotiniga bir-bir ko‘rsatib, «buni
bunday, bunisini bunday oldim», dedi quvonib. Xotini bepar-
volik bilan:
— Hech narsani tushunmadim, — dedi.
Yigitning ko‘ngli og‘ridi. Qoshlari kerildi, sekin-asta xafa
bo‘la boshladi. Shu payt xushfe’l, tajribali, achchiq-chuchukni
totgan, hayot maktabini o‘tagan aqlli qaynona oraga tushib,
qiziga:
— Ey, mening johil, o‘z qadrini bilmagan qizim! Er keltir-
gan narsalarga ham beparvo bo‘ladimi? Sen bu yomon odatni
qayerdan o‘rganding? Otang biror narsa olib kelganida beparvo
bo‘lganimni hech ko‘rganmisan? Agar men otangga shunday
muomala qilsam, u mening ta’zirimni berardi va shu zahoti
uydan haydagan bo‘lardi. Mening xushfe’l, vazmin kuyovim,
bolam, haqiqatan siz juda sabrli ekansiz, deb johil qiziga nasi-
hat qildi.
Shundan keyin bu johil, tarbiyasiz yosh kelin eri olib kel-
gan narsalarga beparvolik qilmabdi. Yigit qaynonasini duolar
qilibdi, chunki ular huzur ko‘rib yashabdi. Xotinining sovuq
muomalasi, tumtaygan suratidan qutilibdi.
166


3. Sening bir ko‘zing ko‘rar ekan
O‘tgan zamonlarda bir ko‘zi ojiz, boy-badavlat yigit uy-
lanibdi.
Yigit uyiga mehr qo‘ygan, yaxshi fe’lli edi. Har oqshom
uyiga quchog‘ini to‘ldirib narsalar olib kelardi. Xotini erini
quvonch bilan kutib olib, hurmat ko‘rsatar edi.
Oradan yillar o‘tibdi. Ul odamning ishi birdan orqaga
ketibdi-yu bir kuni uyiga qo‘llari bo‘sh kelibdi.
Xotini aqli oz, fe’li yomon va tarbiyasi yaxshi emasligidan,
eri uyiga kirar-kirmas:
— Voy afandim, sizning bir ko‘zingiz ko‘rar ekan-a!.. —
deb yuboribdi. Ko‘pni ko‘rgan ul odam:
— Xonim, shu kungacha ko‘rmaganmiding? — deb
sovuqqonlik bilan javob beribdi. Befahm xotini unga:
— Shu paytgacha qo‘lingizga qarab, ko‘zingizga qarashga
vaqt bo‘lmagandi, — debdi.
— Xonim, — javob beribdi ul odam, — eringning ikki
ko‘zi ko‘rdir. Ko‘r bo‘lmasa, bosh og‘riq qilib, sen kabi aqli
qisqani olarmidi?
167


VIII b o b. OILAVIY NIZOLAR, AJRALISH, 
UNING SABAB VA OQIBATLARI 
8.1. ER-XOTIN NIZOLARI
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin
o‘rtasidagi nizolardir. Xo‘sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birla-
rini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin
ularning o‘zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro‘y beradi?
Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida
nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo‘ladimi? Bu kabi
savollarni yana ko‘p davom ettirish mumkin.
Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo‘lishi mumkin, lekin
nizosiz uy bo‘lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu
haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko‘plab ertaklar eshitib,
keyinchalik o‘zlari ham ularni turli kitoblardan o‘qib o‘sgan
yoshlar o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur
eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda
ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne
mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo‘lda
duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir-oqibatda visolga
erishadilar, el-u yurtga «qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib,
murod-maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha ertaklar,
filmlar, ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha
qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakun-
lanadi. Bunga sizlar ham ko‘p martalab guvoh bo‘lgansiz-
lar.
Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya
topgan yigit-qizlar o‘z ota-onasi oilasini, ularning turmush
tarzini, bir-birlarga nisbatan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini va
qator shu kabilarni o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlari uchun
ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so‘ng
o‘g‘il bolalar xuddi o‘z otasidek va qizlarimiz o‘z onalaridek
«ota», «ona», «er», «xotin» bo‘lishni orzu qiladilar. Chunki ular
o‘z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy muno-
168


sabatda bo‘luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotin-
larni ko‘rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuza-
ga kelib qolgudek bo‘lsa ham ularning ota-onalari bu holatni
farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari
ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar
haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda
er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomon-
dan ko‘rsatish an’analari mavjud. Bularning hammasi yoshlar-
da oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning
shakllanishiga asos bo‘ladi. 
Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og‘ushida oila
qurgan yoshlar, o‘zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muam-
molarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari
o‘zlari kutganlaridek bo‘lmayotganligi, turmush o‘rtog‘ini tan-
lashda «xato qilganligi», ular oldingi (to‘ydan oldingi) holatiga
nisbatan ma’lum darajada (albatta) «salbiy» tomonga o‘zgarib
qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh
oilada er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari rivojlanishining
o‘ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o‘zbek oilasida uning
etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin
va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni
bilan bog‘liq qiyinchiliklar er-xotin munosabatlarida nizoli
vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Afsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila uchun
muqarrar bo‘lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida o‘z
nikohlaridan kutmagan jarayonlardir.
Xo‘sh bu jarayonlar, ya’ni er-xotin nizolari kerakmi? Ular
er-xotinning o‘zaro munosabatlariga qay darajada ta’sir etadi?
O‘tmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizola-
rini garmdoriga qiyoslagan ekan. Garmdori achchiq, lekin u
me’yorda bo‘lsa ishtahani ochadi, me’yoridan ortib ketsa,
og‘iz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi
mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu daraja-
da yuzaga keladi. Oila qanday bo‘lishidan qat’i nazar nizolar-
dan mutlaqo xoli (himoyalangan, kafolatlangan) bo‘la olmaydi.
Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz
bo‘lmaydi. Bu nizolar ma’lum darajada er-xotin munosabat-
larini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o‘taydi. Lekin nizo-
ning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi,
takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko‘ra
169


bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus mezon yo‘qki,
shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va
boshqa ma’lumotlari (ko‘rsatkichlari)ni aniq belgilab berish
(olish) mumkin bo‘lsa. Bunda hamma narsa subyektning o‘zi-
ga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga,
uning qo‘yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa
omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’lumki, bir-birlariga aynan o‘xshash, mos ikki odamning
bo‘lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligi
takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan
(individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlan-
masdir. Bir oila uchun me’yorida bo‘lgan shaxslararo munosa-
batlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi, yoki
biron-bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo‘lmagan nizo va
uning sababi boshqa oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarida
jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkin va hokazo. 
Shunday ekan jamiki oilalarga xos bo‘lgan nizolar va
ularning sabablarini yagona bir o‘lcham yoki xarakteristika bi-
lan ko‘rsatib berish masalasi ham mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan
ishdir. Lekin turli toifadagi oilalarni o‘rganish, ular a’zolarining
o‘zaro munosabatlarini taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim
nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiy-
likdan har bir odam o‘zi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar
chiqarib olishi lozim bo‘ladi. Shuning uchun, biz quyida
oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr yuritar ekan-
miz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli bo‘lishligini
(ekanligini) da’vo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy
mulohazalarimizdir.
170
Oilaviy nizolar turlari
1. Er-xotin o‘rtasidagi.
2. Qynona-kelin o‘rtasidagi.
3. Qaynona-kuyov o‘rtasidagi.
4. Ovsinlar o‘rtasidagi.
5. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi.


171
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning
sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy
hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o‘rtasida yuz
berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. 
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko‘ra ularni
quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin:
œ 
er-xotin o‘rtasidagi nizolar;
œ 
qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar;
œ 
qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar;
œ 
ovsinlar o‘rtasidagi nizolar;
œ 
ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar.
Albatta, bu ro‘yxatni yanada davom ettiraverish mumkin,
lekin biz hozircha shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifo-
yalanib, oilaviy hayotda ro‘y berish ehtimoli nisbatan yuqori
bo‘lgan nizolarning eng asosiysi bo‘lmish er-xotin o‘rtasidagi
nizolarning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga mu-
vofiqdir.
Umuman oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolarning yuzaga ke-
lishi va rivojlanishi taxminan quyida keltirilgan sxemadagidek
bo‘lishi mumkin.
Sxemadan ko‘rinib turibdiki, har qanday oilada er-xotin-
ning o‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kel-
ishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqi-
batlariga ko‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar
bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval muvaf-
faqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro‘y beradigan nizolarni
ko‘rib chiqaylik. Sxemada ko‘rinib turganidek muvaffaqiyatli
oilalardagi nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi
nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham
psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv»
(«biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farq-
lanadi. Ular, o‘zlarining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muam-
molar, bu muammolarning hal etilishi, kechinishi, ishtirokchi-
lari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko‘ra bir-birlaridan
farqlanadi.
Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan
muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning,
butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo‘ladi. Agar ular hal
etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid
muammolar o‘z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi


172
Er
Muvaffaqiyatli oilalar
Muvaffaqiyatsiz oilalar
Biriktiruvchi nizolar
Ajratuvchi nizolar
Qarama-
qarshiliklar hal
etiladi
Qarama-
qarshiliklar
kuchayadi
Qarama-
qarshiliklar
saqlanib qoladi
Nizolar qisman hal 
qilinadi
Hamkorlik
Zo‘riqish
pasayadi
Zo‘riqish
kuchayadi
Yangi
nizo
Munosabatlar
vaqtincha
mustahkam-
lanadi
Munosabat-
lar mus-
tahkam-
lanadi
Xotin
Oiladagi o‘zaro munosabat va muloqot
Qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi
Nizolar
chuqurlashadi
Zo‘riqish eng
yuqori 
darajasiga yetadi
Munosabatlar
buziladi
N i z o l i v a z i y a t
N i z o d a n k e y i n g i v a z i y a t


tartib, intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish, saranjomlik,
tejamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi va
boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo‘la oladi. Ular asosan
er-xotin o‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham
faqat er-xotinlarning o‘zlarigina hisoblanadilar. 
Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotin-
larning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birla-
rining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o‘rganib borish, bir-bir-
lariga moslashish, muammolarni hal etish borasida hamkorlik
qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat
qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda,
bunday nizolar «er-xotinnnig urushi — doka ro‘molning qu-
rishi» kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro‘molning qurishi»
er-xotin o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.
Ajratuvchi nizolarda
ularning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan
muammo va uning yechimi er-xotinlardan birining manfaatiga
qaratilgan bo‘ladi. Bunday nizolarda bir tomon manfaatining
hal etilishi ko‘pincha, ikkinchi tomon manfaatining boy beri-
lishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, erni yoki xotinni
shaxsan o‘zi uchun biron nima xarid qilishi, erning yoki xotin-
ning ishi tufayli, o‘zbek oilasi uchun xarakterli bo‘lgan nizolar-
dan bo‘lmish er yoki xotinning qarindosh-urug‘lari bilan
bo‘ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular
jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning hal qilinishi, ya’ni bir
tomon manfaatlarining qondirilishi ko‘pchilik holatlarda
ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga amalga
oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda
norozilik, e’tiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana
kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal etilgani bilan,
nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi.
Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan
sabablar bevosita er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari doirasi-
dan tashqaridagi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ularning
sababchilari va ishtirokchilari ham ba’zan er-xotindan tashqari
uchinchi odam bo‘lishi mumkin, ularning hal etilishi ham er-
xotinlarning o‘zlarigagina emas, balki shu uchinchi (boshqa)
odamga bog‘liq bo‘ladi. Bularning oqibatida nizolarni yanada
kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi
Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda «chegaralanmagan»
173


nizolar bo‘lib, o‘z xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va oqi-
batlariga ko‘ra er-xotin munosabatlari doirasidan chetga chiqa-
di. Bunday er-xotin nizolariga oilaning boshqa a’zolari:
qaynona, qaynsingil, ovsinlar va boshqalar ham aralashadi.
Ijtimoiy psixologiyada gap, so‘z, nizo haqidagi ma’lumot
bir og‘izdan chiqib, kishilarning keng tomoniga qarab harakat-
lana boshlaydi. Uning ko‘lami ma’lumot manbayidan uzoq-
lashib, undan xabardor bo‘lgan va unga jalb etilgan ishtirokchi-
lar soni ortib borgan sari kengayib boraveradi.
Er yoki xotin bir-birlari bilan urishib qolganlaridan so‘ng
bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan bo‘lsa, imkon qadar
shu nizoda o‘zini aybsiz, haq qilib ko‘rsatishga, shu uchinchi
odamni uning manfaatlarini himoya qilishiga og‘dirib olish
maqsadida bir yoqlama gapiradi. Bunda subyekt foydalanadi-
gan gap-so‘zlar, ohang, imo-ishora, mimika, urg‘u va
boshqalar deyarli barcha verbal va noverbal vositalar ro‘y berib
o‘tgan hodisa (nizo-janjal)ning asl holatiga qaraganda bo‘rtti-
ribroq idrok etilishini ta’minlaydi. Nizo haqida qanchalik ko‘p
odamga gapirib beraverilgan sayin, u ayanchli tus olgan holda
avj olib boraveradi va oqibatda fojiali natijalarga ham olib kel-
ishi mumkin
Shunday ekan, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham, yoki
ularni birdek oqlash ham maqsadga muvofiq emas. Yoshlarimiz
oilaviy hayotda ro‘y beradigan biriktiruvchi nizolarga tayyor
bo‘lishlari, ularni biriktiruvchilik, er-xotinni bir-birlariga
moslashuvlariga, ularning o‘zaro munosabatlarining rivojla-
nishini ta’minlovchi, ularning har ikkalovining ham, ya’ni
«biz»ning manfaatiga qaratilgan nizolarning biriktiruvchanlik
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularni salbiy oqibat-
larga olib keluvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka o‘rga-
nishlari lozim. Albatta ajratuvchi «men» xarakteridagi «chega-
ralanmagan» nizolarni oldini olish, uning oqibatlaridan voqif
bo‘lishlari ham maqsadga muvofiq. 
Sxemada ko‘rinib turganidek er-xotinning o‘zaro muno-
sabatlarida yuzaga keladigan konstruktiv nizolar aksariyat hol-
larda er-xotin o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qara-
ma-qarshiliklarning hal etilishi, ularning o‘rtasida hamkorlik-
ning yuzaga kelishi va oxir-oqibat er-xotin munosabatlarinig
mustahkamlanishiga olib boradi.
174


Ajratuvchi nizolarda yuqorida aytib o‘tganimizdek, bir ni-
zoning hal etilishi (ya’ni er-xotinlardan birining manfaatining
qondirilishi) navbatdagi nizoning yuzaga kelishiga asos yaratar
ekan, o‘z navbatida bunday «men» xarakteridagi, «chegaralan-
magan» nizolar tufayli er-xotin munosabatlarida nizolar «esko-
latsiyasi» shakllanib qoladi va oilaviy hayot er-xotin uchun
«uzluksiz jang maydoni»ga aylanib qoladi. Bunday nizoli muhit
nafaqat shu oiladagi er-xotinning ruhiy olamiga, ularning
asabi, sog‘lig‘i, ijtimoiy holatigagina emas, balki shu oilalarda
dunyoga kelib shunday muhitda tarbiyalanayotgan farzandlar-
ning ruhiy olamiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday oilalar-
da hukm surgan nizoli vaziyat, doimiy janjallar mehr-oqibat-
sizlik, o‘z asoratini faqat shu oilalarning o‘zidagina qoldirmay,
balki shu oila farzandlari tomonidan tuzilajak keyingi avlod
oilalariga ham o‘z asoratini olib o‘tishi mumkin. 
Er-xotin munosabatlarida nizolarning rivojlanish yo‘li
tasviri berilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki, yangi yuzaga kel-
gan oilalarda er-xotin munosabatlarining u yoki bu tarzda rivo-
jlanishi oqibatida shartli ravishda to‘rt xil oilalar shakllanib
boradi. Bular: o‘zaro munosabatlari mustahkamlangan oilalar;
munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar; yangi nizo-
lar yuzaga kelib va takrorlanib turadigan (nizoli) oilalar; va
nihoyat munosabatlar uzil-kesil buzilib ajralishib ketgan oilalar.
Bularning orasida eng maqbuli — 1-toifa oilalar. Yoshlari-
mizning har biri shunday mustahkam oila qurishga intilishlari
lozim. 2-toifa oilalar munosabatlari vaqtincha mustahkamlan-
gan oilalar. Bunday oilalarda bo‘lib o‘tgan nizolardan so‘ng
er-xotinlar o‘z vaqtida bo‘lib o‘tgan nizolar, ziddiyatlardan
to‘g‘ri xulosa chiqarishib, o‘z xatolarini vaqtida anglab yetib,
bir-birlarini tushunishga harakat qilsalar, ularda ham o‘zaro
hamkorlik yuzaga kelishi mumkin. Agarda qulay shart-sharoit-
lar yuzaga kelmasa, er-xotinlar o‘z xatolarini tushunib yetish va
ularni tuzatish borasida yetarlicha bilim, tajribaga ega
bo‘lmasalar, yoki bu xatolarni bartaraf qilishni xohlamasalar,
shuningdek, ularning katta yoshdagi qarindosh-urug‘lari,
yaqinlari o‘zlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan
holda, yoshlarga umumiy yo‘l-yo‘riqlar, maslahatlar berma-
salar, va aksincha yosh oila hayotiga noo‘rin aralashgudek
bo‘lsalar (afsuski bunday holatlar o‘zbek oilalarida tez-tez
uchrab turadi), bunday hollarda vaqtinchalik erishilgan
175


zo‘riqishlarning pasayishi keyinchalik yana yangi nizolarning
yuzaga kelishi bilan avj olib ketishi mumkin. 
Uchinchi toifa oilalar nizodan keyingi vaziyat xarakteriga
ko‘ra: 
«nizolar qisman hal qilinadigan 
zo

riqishlarning
kuchayishi 
yangi nizoning yuzaga kelishi 
ular yana qis-
man hal qilinishi»
zanjiridagi oilalar bu to‘rt tur oilalar ichida
eng xarakterlisi va jiddiy e’tibor talab qilinadiganidir. Chunki
ayrim oilalar (4-toifa) er-xotin munosabatlari yomonligi, nizo-
lar chuqurlashuvi, zo‘riqishlar keskinlashuvi (hatto ayrim hol-
larda arzimagan narsalar) tufayli buzilib ketishi mumkin.
Albatta, ajralish hodisasi bu nikoh oila munosabatlari uchun
ayanchli. Ayniqsa, bunday hollarda oilada farzandlar bo‘lsa,
ular otasiz yoki onasiz qolishadi. Ajralishdan so‘ng har ikki
tomonning ijtimoiy ahvoli keskinlashadi. Lekin birinchi
marotaba oilasi buzilgan odam kelgusi safar o‘z xatolarini tuza-
tishi, balkim keyinchalik «o‘z tengini topib» baxtli hayot
kechirib ketishi ham mumkindir.
Biroq 3-toifa oilalarning o‘zbek etnosi uchun xarakterli
yana bir jihati shuki, o‘zbeklarda, shuningdek, tojik, qirg‘iz,
qozoqlarda ham oilalarning buzilib ketish hollariga boshqa,
yevropa xalqlarida bo‘lganiga nisbatan salbiy munosabatlarda
bo‘lish an’analari kuchli. Ya’ni ajralish jamoatchilik fikriga
ko‘ra qoralanadi. Buning ustiga o‘zbek oilalarida qarindosh-
urug‘chilik nikohlari boshqa qardosh millatlar oilalariga qara-
ganda ko‘proq uchraydi. Mabodo bunday oilalarda er-xotin
munosabatlari kutilgan tarzda rivojlanmasa, ya’ni ular nizo-
janjalli, bir-birlarini tushunmaydigan, bir-birlariga mos tush-
maydigan, psixologik qovusha olmaydigan bo‘lsalar ham «oila
buzilmasin», «qarindosh-urug‘chilik uzilmasin» qabilida ish
tutib, qanday qilib bo‘lmasin oilalarni saqlab qolishga harakat
qilinadi. 
Hozirgi vaqtda nikoh-oila munosabatlari zaminida yuzaga
keladigan noxush hodisalar, har xil asab buzilishlar kasallik-
larning kelib chiqishi, har xil jinoyatlar, qotilliklar, o‘z joniga
qasd qilish, xiyonat, bolalar tarbiyasining buzilishi va shu kabi
qator ko‘ngilsizliklarning aksariyati shu 3-toifa oilalariga to‘g‘ri
keladi. Shuning uchun ham nafaqat yoshlarimiz balki faoliyati
bevosita nikoh-oila muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan mu-
tasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta yoshdagi-
lar ham hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik xusuiyat-
176


lari, er-xotin nizolari, oilaviy nizolar psixologiyasi haqida te-
gishli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Yoshlarimiz esa er-xotin nizolarini jiddiy, ayanchli oqibatlarga
olib keluvchi: ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanma-
gan» turlaridan ogoh bo‘lishi, o‘z hayotlarida shu toifa nizo-
larning yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va bartaraf
etish borasida zarur bo‘lgan bilim va ma’lumotlarga ega
bo‘lishlari lozim.
8.2. OTA-ONALAR VA FARZANDLAR 
O‘RTASIDAGI NIZOLAR
Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo‘lib quyidagilar
xizmat qiladi.
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olin-
masligi.
2. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do‘st-
lar tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi,
modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi
mustaqilligi, umr yo‘ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-
onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo‘yishi yoki or-nomusni
yig‘ishtirib qo‘yib, buzuqchilik qilishi.
4. Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o‘rgatilmaganligi va bu-
ning oqibatida yengil-yelpi hayot kechirishga o‘rganib qolishi.
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo‘yishi
va hokazo.
6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari
yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelish-
movchiliklar.
Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi
kamchiliklar natijasida oiladan halovat yo‘qoladi, o‘rtaga
sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda
tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga qo‘l ko‘taradigan
farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq faxsh-
parastlar borligiga nima deysiz?
Ba’zi ota-onalar bolalarda 3, 6, 13—14 yoshlarda muqarrar
ravishda bo‘lib o‘tadigan krizislarni bilmaydilar. Bu yosh
bosqichlarida bola ruhiyatida yangi psixologik qo‘shilmalar
yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar
177


bilan bo‘lgan munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Buni sezma-
gan ba’zi ota-onalar «bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz bo‘lib
qoldi», deb o‘ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga
qarshi o‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona
va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-ona-
dan bezish hollari kuzatiladi.
8.3. QAYNONA-KELIN O‘RTASIDAGI NIZOLAR
Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko‘pchiligi yuzaga ke-
ladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik
vazifalarini ko‘ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini
ro‘zg‘or tashvishlaridan xalos qiladilar, tezda ularning mehriga
sazovor bo‘ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni «qizim»
deb bag‘rilariga oladilar, bilmaganini o‘rgatadilar, qiynalganida
yordam beradilar, hayotiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar. Ularga uy-
ro‘zg‘or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko‘makdoshga
aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli to‘q-
nashuvlar ham sodir bo‘lib turadi. Gap qaynona-kelin o‘rtasida
borar ekan, shuni aytib o‘tishimiz lozimki, bu masala azal-
azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyandalarining
diqqat e’tiborida bo‘lib kelgan muammolardan biridir.
Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan
sharq mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o‘zining «Navodir
ul-vaqoe» ( Nodir voqealar) nomli kitobda qaynona-kelin
nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: «Qaynona-kelin
nizolari bundan oldingi oilalarda ham bo‘lgan, hozir ham bor
va bundan keyin ham bo‘ladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular
nima uchun urishadilar? Chunki ular nima uchun urishishayot-
ganliklarini o‘zlari ham bilmaydilar. Shuning uchun urishadi-
lar». Demak bu o‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini
aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala
ekanligi ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib
chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga,
qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakl-
langan bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat sal-
biy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib,
tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay
boshlaydilar. Oqibatda ular o‘z tasavvuridagi qaynonaga xos
178


bo‘lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara
boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yo‘g‘ini ham
topishga harakat qiladilar. Chunki tasavvurlari ularni aldaganini
tan olishni istamaydilar.
Hayotda kamchiliksiz odam bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham.
Ideal qaynona, ideal kelin ham bo‘lishi mumkin emas.
Kelinlar o‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga ilk taassurot
asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda,
pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar og‘ir-
bosiq, sabr-toqatli bo‘lishlari, iloji boricha o‘zlari tushgan
xonadon a’zolarining yaxshi tomonlarini ko‘rishga intilishlari,
eri shu xonadon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shun-
da bu oila tinch-totuv bo‘ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh
kunlik mehmon emas, balki bir umrlik a’zo bo‘lib kelganligini
unutmasligi kerak. 
2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or
tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi va keskinlasha-
di.
Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o‘rtasida
tafovut bo‘lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda
qaynona-kelinlar ko‘p jihatdan bir-birining aksi bo‘ladilar.
Ayrim hollarda esa qaynona-kelin andishani yig‘ishtirib qo‘yib,
har birlari o‘z gaplarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Bunday
kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni
kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini ting-
lashi va shu kabi boshqa masalalarda ularni o‘z holiga qo‘yish-
lari lozim. Yoshlar ham o‘z navbatida iloji boricha ota-onalari-
ni tushunishga intilishlari, ularni g‘ashiga tegadigan noo‘rin
qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy «hoyu-
havaslardan» o‘zlarini tiyishlari kerak.
3. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga
tayyor bo‘lmaydilar.
Shunday kelinlar bo‘ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir
yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar. 
Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani ke-
rakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo‘lgan qaynonasi dara-
jasida turishi juda qiyin. U darajada bilmasa ham mayli-ya,
lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikohgacha onalar
qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva-sabzavotlardan qishga
sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saranmjon
179


sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni,
oila budjetini iqtisod qilishni, uy anjomlari, jihozlaridan asrab-
avaylab foydalanishni va shu kabi uy-ro‘zg‘or ishlarini
o‘rgatishga alohida e’tibor berishlari zarur. Chunki el orasida
«qiz birovning xasmi, boshqa oilaga tushishi bor» degan hikmat
bor. Shunga qarab qizlarni puxta tayyorlash kerak.
Qaynonalar ham kelinlardan hadeb kamchilik va qusur ax-
tarmasdan, uni o‘z farzandiday ko‘rib, bilmaganini sabr-toqat
bilan o‘rgatib borishi lozim. Kamchiliklarini yuziga solaver-
masdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak. Yaxshi
so‘z ham, yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi. Qaynonalar
kelinlarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalarning o‘z o‘g‘li
uchun va kelajakda o‘z nabiralari uchun xizmat qilishini esda
tutishlari kerak.
4. Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasi-
da kelisha olmay qoladilar. Ayrim oilalarda bolalar yo bobo-
buvilar yoki ota-onalar tomonidan me’yoridan ortiqcha
erkalatib yuboriladi. Natijada, ota-onalar bilan bobo-buvilar
o‘rtasida «bolaga kim tarbiya berishi kerak» degan masalada
kelishmovchilik kelib chiqadi. Aslida ular ham, bular ham bo-
lalarni kelajakda yaxshi kishilar bo‘lib yetishishini istaydilar,
tanlagan yo‘llari esa turlicha, biroq ular bir bitimga kelib olish-
masa bola tarbiyasining holiga voy deyavering. Buning uchun
ular boladan hali joyda bir murosaga, yakdil qarorga kelib
olishlari lozim. Ana shunda bobo-buvilar ham, ota-onalar ham
ahillik bilan bola tarbiyasi borasida o‘zaro mos chora-tarbir-
larni belgilab olishlari lozim. Bunda bola qanday muhit va
shart-sharoitda, davrda o‘sayotganini, mijozi turini hisobga
olish zarur. 
5. Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qo-
zonish yo‘lida bir-birilaridan rashk qilishlari asosida kelish-
movchiliklar kelib chiqadi.
Oilada ikki va undan ortiq kelin bo‘lsa, qaynona ularning
hammasiga bir xilda qaray olmasligi tabiiy holdir. Kelinlardan
birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, ba’zisi uzoqroq bo‘ladi.
Ayollar o‘ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar.
Natijada «o‘gay» kelin bilan qaynona o‘rtasida kelishmovchilik
boshlanadi. Bunday holning oldini olish va ovsinlar orasiga
sovuqchilik tushirmaslik uchun qaynona o‘z kelinlariga
mumkin qadar bir xilda munosabatda bo‘lishi (ammo bu yerda
180


har bir kelinnnig muomalasi, munosabatini, qaynonaga bo‘lgan
mehrini hisobga olish inkor etilmaydi) rashk qilishlariga imkon
yaratib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bu o‘rinda shaxsan
kelinlardan ham aql-idrok, mulohazalilik va sabr-toqat talab
qilinadi.
6. Ba’zi hollarda qaynona-kelinning yosh xususiyatlarini,
qiziqishini, orzu-havaslarini, ishlashi yoki o‘qishini hisobga ol-
maydi. 
Qaynonalar orasida umr bo‘yi uy bekasi bo‘lganlari ham
bor. Ular ishlash bilan uy-ro‘zg‘or ishlarini barovar olib borish-
ni o‘z boshidan o‘tkazmagan. Ana shunday qaynonalar yosh-
ligida o‘zlarini risoladagiday kelin bo‘lganman deb biladilar,
Qaynota-qaynonalarini qanday izzat qilganliklarini «ularning
soyalariga ko‘rpacha solganlarini» (rostmi-yolg‘onmi, baribir)
tez-tez eslashni yaxshi ko‘radilar va kelinlarining ham «o‘zlari-
day» bo‘lishini istaydilar. Ba’zan esa uni o‘g‘li orqali ochiqdan
ochiq talab qiladilar. Bunga kelinlarining imkoni bormi,
yo‘qmi, o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Bunday qaynonalar «ehtiyo-
jini» qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kelinlar ularning
g‘azabiga uchraydilar. Kelini haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni
o‘g‘illarining qulog‘iga quyadilar. «O‘g‘limga aytib seni
qo‘ydirib yubormasam, yurgan ekanman», deya do‘q-po‘pisa
qiladilar. Ba’zi hollarda maqsadlariga erishadilar ham. Bunday
qaynonalar o‘g‘illari, nabiralari baxtidan ko‘ra o‘z huzur-halo-
vatlarini ko‘proq o‘ylaydilar. Buning oldini olish uchun o‘g‘il-
dan g‘oyat tadbirkorlik talab qilinadi. 
7. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘la-
di, oqibatda, qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib
chiqadi. 
Har bir oilaning o‘ziga xos muhiti, qonun-qoidalari,
an’analari, atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga beradigan
baho mezonlari, hatto faqat shu xonadon a’zolari tushunadi-
gan, shartli ravishda qabul qilingan so‘z, iboralari bo‘ladi.
Yangi tushgan kelin o‘zi bilan o‘z tug‘ilib o‘sgan uyining
muhitini, odat-ko‘nikmalarini ham olib keladi. Shuning uchun
ham ayrim hollarda kelin bilan qaynonaning oilaviy muhitlari
mos kelmay qoladi.
Ota-onalar iqtisodiy, moddiy, ijtimoiy saviyasi orasidagi
tafovut ham aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarni
keskinlashuviga ta’sir qilishi mumkin.
181


Bunda iqtisodiy omil shu bilan ifodalanadiki, kelin yangi
tushgan xonadonda qizlik xonadonidagi iqtisodiy mo‘l-ko‘lchi-
likni ko‘rmasdan, o‘z turmushidan sovishi mumkin.
Shuning uchun ham donolar «Qiz bersang o‘zingdan bir
pog‘ona balandga ber, sening xonadoningda ko‘rmaganini yan-
gi xonadonida ko‘rib, yangi xonadonga ko‘nikishi oson kecha-
di. Qiz olsang o‘zingdan bir pog‘ona pastdan ol. Shunda kelin
o‘z uyida ko‘rmagan mo‘l-ko‘lchilikni sening xonadoningda
ko‘rib, bu muhitga tez ko‘nikadi» deganlar.
Madaniy ijtimoiy omil. Kuyov ma’lumotli, madaniyatli
oiladan bo‘lib, kelin aksincha dehhon, ishchi yoki savdogar
oiladan bo‘lsa yoki er-xotindan biri shahardan, ikkinchisi
qishloqdan bo‘lsa bu ijtimoiy-madaniy tafovutlar ham er-xotin
o‘rtasidagi ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Kelin-
kuyovlar ijtimoiy kelib chiqishida ham, iqtisodiy ta’minlangan-
likda ham bir-biriga mushtarak bo‘lishlari maqsadga mu-
vofiqdir.
Bordi-yu kelin boshqa millatga mansub bo‘lsa, uning yangi
oilaga moslashishi yanada qiyin bo‘ladi. Masalan, o‘zbek xalqi-
da kekirish to‘yganlik — shukronalik belgisi hisoblanib kelgan.
Rus xalqida esa bu odat o‘ta odobsizlik hisoblanadi. Shu
sababli yangi oilaga moslashish ham osonlikcha kechavermay-
di. Buning ustiga kelin uchun bu oila yangi, ayni paytda «be-
gona»dek tuyuladi.
Kelinning yangi oilaga moslashishi uning mijozi turiga ham
bog‘liq. Masalan, ko‘proq xolerik mijozga mansub bo‘lganlar
tez moslashadilar. Biroq yengilroq, tezroq va andishasiz kelin-
larni yangi oilaga moslashishi qiyinroq kechadi.
Yangi sharoitga oson moslashadigan hamda uni osongina
o‘zlashtirishga tayyor bo‘lganlar sangvinik mijozdir.
Flegmatik mijoz esa vazmin, og‘ir karvon bo‘lgani uchun
yangi oila sharoitiga sekinlik bilan moslashadi. Bir moslashib
olganidan keyin esa uni o‘zgartirishni sira-sira istamaydi, un-
cha-muncha gap-so‘zga parvo qilmaydi. Melanxolik mijozlar
ham shunga yaqin. Ammo sal narsadan ularning ruhi tushib
ketadi, bo‘lar-bo‘lmasga xafa bo‘laveradi. Ruhiy jihatdan esa
nihoyatda sezgir bo‘lishadi.
Har bir mijoz turining yuqorida berilgan qisqacha shartli
xarakteristikasini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olgan
qaynona-kelinlarning til topishib ketishlari oson ko‘chadi.
182


Ba’zi qaynonalar o‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi va oqibatda
kelini bilan kelisholmasdan qoladi. Bunday nizolar, odatda
kamfarzand yoki yolg‘iz o‘g‘il otasiz oilada o‘sgan taqdirda
ko‘proq uchraydi.
8.4. QAYNONA-KUYOV ORASIDAGI 
KELISHMOVCHILIKLAR
Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida ham
bo‘ladi. Ichkuyov ba’zi hollarda kelin xonadoniga moddiy ji-
hatdan qaram bo‘ladi (hech bo‘lmaganda uy-joy masalasida).
Qaynona hamisha ham ziyrak va andishali bo‘lavermaydi.
Kuyovning psixologik hushyorligi oshadi, erki esa birmuncha
qisiladi. Bunisi yetmaganday, ba’zan qaynonalar kuyovga
noo‘rin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi (qizim senga ayta-
man, kelinim sen eshit, qabilida). Betayin qaynonaning yosh-
larning oilaviy hayotiga bunday qo‘pol ravishda aralashishi tu-
fayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin ham og‘ir
ahvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan voli-
dasi o‘rtasida qozilik qilishga harakat qiladi. Bunday qobiliyat
esa hammada ham bo‘lavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi,
yoki eri tomoniga o‘tadi. Har ikkala holda ham oila barbod
bo‘lishi mumkin. 
Shunday hollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar
hayotiga kamroq aralashmog‘i kerak. Ba’zi qaynonalar qizini
(ayniqsa, rus oilalarida) kuyovidan yoki aksincha o‘g‘lini keli-
nidan rashk qiladi. Oqibatda esa yana nizolar paydo bo‘ladi.
Bunda birinchi holda rashk qiz onaning yolg‘iz farzandi ekan-
ligidan kelib chiqadi. Ilgari qizi faqat onasi bilangina masla-
hatlashgan, dardlashgan bo‘lsa, ular orasiga kuyov kiradi.
Qizning butun diqqat-e’tibori kuyovga — eriga qaratiladi.
Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning har bir xatti-
harakatini kuzatadi. Ba’zi hollarda qaynonalar nima sababdan
kuyovining qasdiga tushib qolganini o‘zlari ham bila olmaydi-
lar, bunga turli bahonalar topadilar. Aslida esa buning bitta-yu
bitta sababi bor — rashk, faqat qizini qizg‘anishdir. Qizining
oldida uning obro‘sini tushirmoqchi bo‘ladi, kamsitadi. Bunday
holatni kelin erning uyida yashagan juftlarda ham kuzatish
mumkin. Bunda yuqorida bayon qilinganidek, qaynona o‘g‘lini
kelinidan qizg‘anadi.
183


Buning oldini olish uchun turmushga chiqqanlaridan
so‘ng, ayniqsa, onasi bilan birga turadigan bo‘lsa, undan o‘z
diqqat-e’tiborini, farzandlik mehr-muhabbatini darig‘ tutmasli-
gi, yolg‘izlatib qo‘ymasligi lozim. Qaynonalar ham avvalo, o‘z
yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizining kuyoviga, o‘g‘lining
xotiniga mehr-muhabbati, e’tibori ular oilasi baxt-saodatining,
iqbolining garovi ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim
qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini o‘z eri bilan taqqoslaydi-
lar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqeyi va boshqa
bir jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona
nazarida kuyovning obro‘yi pasayadi, qarab turibsizki, yana ke-
lishmovchiliklar chiqishiga sabab bo‘ladi.
8.5. AJRALISH VA UNING OQIBATLARI 
Gap nikoh-oila munosabatlari haqida borar ekan, shubha-
siz, jiddiy muhokama qilinadigan masalalar qatorida nikoh-oila
munosabatlarining buzilishi, er-xotinlarning ajralish muammosi
turadi. Nima uchun oilalar buziladi? Ajralish o‘zi nima?
Ajralish bu yaxshimi yoki yomonmi? Oilalarning ajralishiga
yo‘l qo‘yish kerakmi?
Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining
eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning
uchun chet ellarda ham, O‘zbekistonda ham ajralish muam-
mosini o‘rganishga keng ilmiy jamoatchilik e’tibori qaratilib
kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar,
demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa
fan sohalari mutaxassislari o‘rganmoqdalar. Ularning e’tibori
bu hodisa sabablari, omillari, motivlarini o‘rganish, ularni bar-
taraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish
masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli
nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki
jamiyat ham ko‘p zarar ko‘radi. Ajralishlar ko‘plab noxush
hodisalar: noto‘liq oilalar sonining ortishi, bolalar va o‘smirlar
o‘rtasida qonunbuzarlikning ko‘payishi, pedagogik nazoratsiz
qolgan bolalar sonining ortishi, yolg‘izlik, sobiq er-xotinlar va
qarindoshlarning o‘zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabi-
larning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu o‘rinda, haqli ravishda, agar ajralishlar shu qadar salbiy
oqibatlarni yuzaga keltiradigan bo‘lsa, uni rasmiy ravishda
184


taqiqlab qo‘ysa bo‘lmaydimi? — degan savol yuzaga kelishi
mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlat-
larida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamon-
largacha ajralish huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon
edi. Biroq bu usul ham oila mustahkamligini ta’minlashda ku-
tilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni taqiqlash, ajralish
erkinligini bermaslik, o‘z navbatida nikoh yoshining o‘sishini,
oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy alo-
qa, psixologik nosog‘lom oilalar miqdorining ortishi nikoh-oila
munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik,
xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta, bularning
ham shaxs, inson ruhiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa
jamiyat uchun zarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun
ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi deyarli barcha davlatlar
nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu o‘rinda muhimi
ajralishni taqiqlash va unga rasmiy ravishda xalaqit qilish emas,
balki ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar
va omillarni bartaraf etishdir. Shunday qilib ajralish fojiami yo-
ki fojiadan qutulishmi? Ayrimlar agar oilada farzandlar
bo‘lmasa bu fojiadan qutulishdir, er-xotinlarning o‘zaro
munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakllanmayotgan
bo‘lsa, ularda o‘zaro tushunish, o‘zaro hurmat, bir-birlariga
nisbatan emotsional yaqinlik, mehr-oqibat bo‘lmasa, oila o‘z
vazifalarini bajarmayotgan bo‘lsa, bunday juftlar ajralib ketgani
ma’qul deb hisoblaydilar. 
Ajralishlarning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik va etno-
psixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning
buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish
jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi
er-xotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususi-
yatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga
murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namo-
yon bo‘ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o‘zbek va qishloq oilala-
rida ajralish tashabbuskori ko‘proq erkaklar bo‘ladilar va aksin-
cha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbaniza-
tsiyalashuv darajasi yuqori bo‘lgan shahar oilalarida ajralish
tashabbuskori ko‘proq ayollar bo‘ladi. 
Biz Sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-mulo-
hazalarimizni bildirishdan oldin o‘zbek oilalarida ajralishlar-
ning o‘ziga xos xarakteri, ya’ni boshqa (ayniqsa, chet mam-
185


lakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga to‘xtalib
o‘tishni lozim topdik. Bu quyidagi obyektiv omillarga bog‘liq
bo‘lishi mumkin: birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol
erkakka nisbatan jamoatchilik tomonidan ko‘proq tanqidiy
muhokama qilinadi. Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishgan-
dan so‘ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi,
negaki o‘zbek millatidagi o‘ziga xos urf-odatlar o‘zbek ayoli-
ning uy-joylarni eriga qoldirib, o‘z ota-onasinikiga (uning aka-
ukalari o‘z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrash-
gan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib
yashashga majbur bo‘ladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida
ajralishgandan so‘ng qayta oila qurish imkoni nihoyatda
kamdir. Mana shu obyektiv sabablarni hisobga olgan holda
qishloq joylardagi o‘zbek ayollari muammoli (er-xotin orasida-
gi munosabatlar nihoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi
mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham ko‘nikib
yashayveradilar. Ba’zi ayollar, aslida eri bilan birga yashama-
yotgan bo‘lsalarda (hatto yillab), erlaridan «o‘ch olish» maqsa-
dida, uning boshqaga uylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun rasmiy
ravishda, sud orqali ajrashishga ko‘nmaydilar. Qishloq joy-
lardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan birmuncha
imtiyozli vaziyatda bo‘ladilar: ular ajralishgandan so‘ng o‘z
yaqinlari tomonidan ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. Bolasi yo‘q
bo‘lgan holatda esa ajralishgan erkak uchun turmushga chiq-
magan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tug‘dirmay-
di. Bundan tashqari u ajralishdan so‘ng oldingi sharoitda — o‘z
(ota-onasining) uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish
imkoniga ega bo‘ladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralish-
larning tashabbuskorlari ko‘proq erkaklar bo‘ladilar.
Agar ajralish «ozodlik» deb hisoblanadigan bo‘lsa, unda
hozirgi zamon nikoh-oila qonunchiligiga ko‘ra bu «ozodlik»
«kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda istiqomat qiladigan
Yevropa xalqlariga mansub bo‘lgan yosh oilalarda bu quyidagi
formula tarzida bo‘lishi mumkin. 
Ayollar uchun:
Ajralish = ozodlik + bola + aliment 
uy + yolg‘iz ona-
larga beriladigan imtiyozlar + yangi oila qurish muammosi.
Erkaklar uchun: 
Ajralish = ozodlik 
bola 
aliment 
uy + yangi oila qurish
imkoniyati. 
186


Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko‘rsatadigan asosiy
ta’sirlarini sanaydigan bo‘lsak, ular quyidagicha bo‘ladi:
Jamiyat uchun
— noto‘liq oilalar soni ko‘payadi, oilalararo
yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi
jinsga nisbatan nafrati paydo bo‘ladi, fohishabozlik ortadi, teri-
tanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy
faolligi susayadi.
Erkak uchun 
— yolg‘izlik hissining ortishi, giyohvandlik va
ichkilikbozlikka berilish, turli kasalliklar. 
Ayollar uchun
— yolg‘izlikni his qilishning ortishi, qayta
oila qurish imkoniyatining cheklanganligi, nevrozlar, stresslar,
turli xastaliklar, o‘z joniga qasd qilish.
Yuqoridagilar bilan birga, o‘zbek oilalar ajralishganda
o‘zgacha xususiyatlar ham kuzatiladi. Psixolog olim Faxriddin
Ro‘ziqulov ajralishning asoratlari mavzusida o‘tkazgan maxsus
tadqiqot natijalariga ko‘ra aksariyat holda ajralish qurboni ayol
bo‘ladi. Ya’ni ajralish erkaklarga nisbatan ayollarni kelgusi
oilaviy baxtiga, bolalarning tarbiyasiga, oila budjetiga, ayolning
salomatligiga, o‘z ota-onasi bilan bo‘lgan ota-ona va farzand
munosabatlariga, ajralishgan ayolning ruhiyatiga kuchli salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ayol uchun katta hayotiy
muammolarini — qayta oila qurish va yolgizlik muammosini
keltirib chiqaradi. Bu qishloq va shahar ayollarida deyarli bir
xil ifodalanadi. Ammo shaharlik ayollar shahar turmush tarzida
jinsiy xulq jihatdan birmuncha erkin bo‘lganlari hamda o‘z
kasb faoliyatlari bilan faol shug‘ullanganlari tufayli qishloq
ayollariga nisbatan yolg‘izlikdan kamroq jabr ko‘radilar. 
Noto‘liq oiladagi bolalar tarbiyasi.
Noto‘liq oila haqida
gapirilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, noto‘liq oilalar
ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er-xotinlardan birining
vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli noto‘liq
bo‘lib qolishi mumkin. Albatta, oilada ota yoki onaning vafot
etishi bu ulkan fojia, avvalo, bu fojia hech kimning boshiga tush-
masin, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga
nisbatan, uning sha’niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi.
Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto‘liq
oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetim-
lik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa, bolalar jamoalarida (bog‘-
chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisabatan kuchliroq
qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomo-
187


nidan, ularning yaqinlari tomonidan sobiq turmush o‘rtog‘i
sha’niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo‘yoqlar beruvchi muno-
sabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini
qoralovchi fikr-mulohazalar ko‘proq bildiriladi. Bular, albatta,
bu toifa noto‘liq oilalardagi o‘zaro munosabatlarning shaklla-
nishida qator noxushliklarni yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.
Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish
oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatar ekan. Ayniqsa, ajralish natijasida otasiz o‘sayotgan qiz
bolaning his-tuyg‘ulariga, otasiga bo‘lgan mehriga, qiz bolada
shakllanadigan ota obraziga va otasiz o‘sayotgan qizning
ruhiyatiga kuchli salbiy ta’sir qiladi. Bu esa nafaqat qiz bola-
ning bolalik davrida balki kelgusida o‘zi mustaqil oila qurganda
ham o‘z asoratini ifodalashi mumkin. Ko‘p tadqiqot natijala-
rining ko‘rsatishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha hamda
F.Ro‘ziqulov tadqiqotlarida ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini top-
ganligi asosida o‘z otasiga mehr va hurmati yetarli ravishda
shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda turmush o‘rtog‘iga
ham hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmaydi. 
Mazkur tadqiqot natijalariga ko‘ra ajralishgan oiladagi va
otasiz o‘sayotgan o‘g‘il bolaning o‘qishiga va tarbiyasiga salbiy
ta’sir etishi kuchli bo‘lar ekan. 
Shu bilan birga ajralish kelin-kuyovlarning ota-onalarini
ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi munosabatiga,
qarindoshlar va jamoa orasidagi obro‘si va oila budjetiga salbiy
ta’sir qiladi. O‘ziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga
nisbatan ko‘pgina mezonlar bo‘yicha kelin tomon, ya’ni kelin-
ning ota-onalari ruhan ko‘proq jabrlanar ekan. 
Ma’lumki, o‘zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa mil-
latlar, masalan rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam.
Lekin har bir ajralishgan oilaga to‘g‘ri keladigan «tirik yetim»
bolalar soni o‘zbek oilalarida 2—2,5 martaga ko‘p. Shu bilan
birga, «ajralish madaniyati»ni quyi saviyada ekanligi va o‘ziga
xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi o‘zbek oilalarida
ko‘proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko‘ra ajralishlar-
ning salbiy asoratlari o‘zbek oilalarida boshqa millatlar oilala-
ridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi. 
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish muammosini
ilmiy asosda o‘rganish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Bu o‘rinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muhim
188


ahamiyatga ega. Chunki aksariyat hollarda mahallalarda
nikohni bekor qilish borasida o‘tkaziladigan sud ishlarida ajral-
moqchi bo‘lgan oilani buzilishining asl sababini aniqlab,
nikohni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. 
8.6. AJRALISHLARGA SABAB BO‘LUVCHI OMILLAR
Ko‘pincha ajrashayotganlardan ajralish sababini so‘ralsa,
ular qandaydir hamma uchun standart bo‘lib qolgan sabablarni
ko‘rsatishga harakat qilishadi. Masalan, «xarakterimiz mos
tushmadi», «o‘zga shaxsning aralashuvi», «qo‘pollik», «moddiy
qiyinchilik», «ichkilikbozlikka berilish», «yashash sharoitining
noqulayligi», «ota-onalarning noo‘rin aralashuvi» va h. k. Agar
tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, vaziyatga qarab, bunday ko‘rsat-
kichlar ba’zilarda sabab, ba’zilar uchun esa bahona vazifasini
o‘taydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oiladagi ma’naviy-
ruhiy iqlim qanchalik mustahkam va er-xotinlar bir-birini qan-
chalik yaxshi tushunsalar bu «sabablar» (bahonalar) oilaning
inqiroziga asosiy sabab bo‘la olmaydi. Yoshlar (er-xotin)
o‘rtasidagi munosabat qanchalik noxush bo‘lsa bu bahonalar
shunchalik kuchli va salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bu holatlar ajra-
lishlarning sababi bo‘lib qolishi mumkin. 
O‘zbek oilalarida: «turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi», «tur-
mush o‘rtog‘iga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish», «tur-
mush o‘rtog‘ining ota-onasi va boshqa qarindoshlarining
aralashuvi», «turmush o‘rtoqlardan birining oilani umumiy
masalalariga befarq qarashi» kabilar ko‘proq sabab bo‘lsa,
Yevropa xalqlari oilalari uchun esa ajralish sabablari sifatida
aksariyat hollarda, ichkilikbozlikka berilish, er-xotin xiyonati,
xarakterlarning mos kelmasligi kabilar qayd etiladi.
Ajralishlarning sabablarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘zbek oilalarida ajralishlarning
motivlari sifatida ko‘rsatilgan ta’sirlardan asosiylari, yuqorida
qayd etilganidek, «turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi», «ota-onalar
va boshqa qarindoshlarning aralashuvi», «bir-biriga nisbatan
befarqlik», «er-xotindan birining oilaviy masalalarga nisbatan
befarqligi» kabilar ajralish sabablari sifatida ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, ajralish muammosi hozirgi paytda jamiyat-
ning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Oilalarni ajralishlarining mavjudligi bizning respublikamizda
189


ham keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga qaratib, bu muammo-
ning yechimini topish uchun kerakli choralarni ko‘rishga da’-
vat etmoqda. Chunki yuqorida qayd etilganidek, ajralishlar
natijasida millionlab odamlar — eng avvalo, farzandlar, ayollar,
qolaversa erkaklar va hatto ajralishganlarning yaqinlari ham
«ma’naviy jarohat» oladilar.
Bularning barchasi o‘zbek oilasida ajralish masalasiga jid-
diyroq e’tibor berish lozimligini va uning oldini olish, salbiy
asoratlarni kamaytirish chora-tadbirlarini ilmiy asoslangan hol-
da ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan qanday xulosa chiqarmog

imiz va shaxsiy
hayotimizda nimalarga amal qilmog

imiz, nimalarga e’tibor
bermog

imiz lozim?
1. Turmush o‘rtoq tanlashda shoshilmang va adashmang.
«Nikoh oldi omillari» va o‘zga mavzulardan tegishli xulosa
chiqarib ish ko‘ring.
2. Hayot taqozosi bilan va tajribali kishilar maslahatlariga
ko‘ra ajralishingiz muqarrar bo‘lsa, vaqtni cho‘zib o‘tirmang va
farzand ko‘rishdan saqlaning.
3. Ajralish, Sizga, turmush o‘rtog‘ingizga, ota-onalaringiz-
ga, (agar bo‘lsa) farzandlaringizga imkoni boricha salbiy ta’sir
qilmasligi choralarini ko‘ring. 
Sizning ajralishingiz qarindoshlar orasiga sovuqchilik
tushurmasligi, ular orasidagi munosabatlarning buzilishiga olib
kelmasligi zarur.
4. Ajralishgan turmush o‘rtog‘ingiz bilan ijobiy munosabat-
ni saqlab qolinishini ta’minlang. Bu avvalo Sizning farzand-
laringiz, ota-onangiz, qolaversa shaxsan o‘zingizning man-
faatingiz ekanligini unutmang. 
Er-xotin ajralishi bolalari otasiz yoki onasiz o‘sishiga, ota
va onadan ajralishiga olib kelmasligi kerak.
5. Ajralib ketgan eringiz yoki xotiningiz haqida farzand-
laringizga salbiy ma’lumotlar berib, u haqda salbiy tasavvur
shakllantirishdan saqlaning, chunki bunday tasavvurning shakl-
lanishi bolangizning kelgusi hayotiga, shaxsiy oila munosabat-
lariga, qaynona-kelin munosabatlariga va farzand — ota-ona
munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi.
6. Ajralish eng so‘nggi chora! U faqat Sizning emas, balki
yaqinlaringiz taqdiriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini unutmang.
Shu sababli bu yuzasidan asossiz yengil qarorlar chiqarishdan
190


saqlaning. Bu borada katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan yaxshi
kishilar bilan maslahatlashing.
Imkoniyatingizdan kelib chiqib shu soha mutaxassisi
bo‘lgan psixolog bilan maslahatlashing.
Kim bilan maslahatlashishdan qat’i nazar qarorni har
tomonlama o‘ylagan holda o‘zingiz chiqaring va qaror mas’-
uliyatini o‘z bo‘yningizga oling.
Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. Oilaviy nizolar yaxshimi yoki yomonmi?
2. Oilaviy nizolar qanday turlarga farqlanadi?
3. Er-xotin nizolarining xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Biriktiruvchi va ajratuvchi nizolar qanday nizolar?
5. Er-xotin munosabatlarida nizolar qanday rivojlanadi?
6. Chegaralangan va chegaralanmagan nizolar qanday nizolar?
7. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar qanday xarakterda
bo‘ladi?
8. Qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar qanday yuzaga keladi va
ularning sababi nima?
9. Qaynona-kuyov nizolari qanday xususiyatlarga ega?
10. Ajralish va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari nimalardan
iborat?
11. Qanday sabablarga ko‘ra oilalar buziladi?
12. Ajralish qanday oqibatlarga ega?
13. Ajralishning oldini olish va ajralish yuzasidan nimalarga amal
qilishimiz zarur?
Mavzuga oid aforizmlar
Nikoh uzugi bu oila zanjirining birinchi halqasidir.
Jarko Petan
Nikoh shunday bir romanki, uning bosh qahramoni bi-
rinchi bobdayoq o‘ladi.
Lorens Piter
Ayollarning portlashiga ishonmasangiz, bittasini tashlab
ko‘ring.
Djerald Liberman
191


Rashk kasallik kabi kechga borganda kuchayadi.
Pol Lotan
Sevgi-muhabbatga kuch qolmaganda ham rashk qilish
uchun kuch topiladi.
Mariya Dombrovskaya
Er-xotin mehmonlarni yaxshi ko‘rishardi, chunki mehmon
bo‘lmagan kuni uyda janjal bo‘lardi.
Tibbiyot fani kuzatuvlariga ko‘ra: bo‘ydoqlarning aksariyati
aqldan ozib o‘ladilar. Uylanganlarning aksariyati esa bu yoshga
yetishga ulgurmaydilar. 
A. Chexov
Yomon xotin hayotni zaharlaydi, yaxshisi esa jonga tegadi.
Ular orasidagi farq ana shunda, xolos.
Leonard Djevetskiy
Beladonna: Italiyada bu go‘zal ayoldir, Angliyada esa
kuchli zahardir. Ikki til asosidagi bu o‘xshashlik kishini hayrat-
ga soladi.
Ambroz Birs
Dunyoda ayol kishini mendan ko‘p biladigan erkakning
o‘zi yo‘q, men esa hech narsa bilmayman.
Seymur Xiks
Uylanishga qaror qilish erkak kishining hayotida so‘nggi
mustaqil qabul qilgan qaroridir.
Vanda Blonskaya
Erkak kishini uydan haydash yaxshi emas, u qaytib kel-
masligi ham mumkin.
Mavzuga oid latifalar
— Xotinimni sanatoriyaga yuborish uchun olgan putyovka
menga juda qimmatga tushdi, biroq u o‘zini to‘la qopladi.
192


— Xotining davolanib, tuzalib ketdimi?
— Yo‘q, u uyga qaytmadi.
* * *
Er xotiniga murojaat qilayapti:
— Luiza, agar men sendan oldin o‘lsam, sen faqat Karelga
turmushga chiq.
— Nima uchun aynan Karelga?
— Faqat Karelga, boshqa hech kimga emas! Boshqa hech
kim menga hayotda unchalik yomonlik qilmagan.
* * *
— Ikki xotinlik nima bilan jazolanadi?
— Ikkita qaynona bilan!
* * *
— Xudoyim-ey! Basharangga nima qildi?
— Unga uchar tarelka tegdi.
— Uchar tarelka?! U qayoqdan kelib qoldi?
— Tasavvur qila olmayman, xotinim ularni qayoqdan xarid
qilar ekan...
* * *
Er xotini bilan uzoq vaqt tortishib oxiri, noiloj bo‘l-
ganidan:
— Xo‘p!... mayli, hammasi sen aytgandek bo‘la qolsin...
— Endi kech bo‘ldi! Men u fikrimdan allaqachon qaytdim!
Boshqasini o‘yladim!
Mavzuga oid rivoyatlar
1. O‘rta yoshdagi bir xoja tarbiyalagan yosh xonim
Bir vaqtlar Uskudorda istiqomat qiluvchi o‘rta yoshlardagi
bir zot birinchi xotini vafot etgach, yosh xonimga uylandi. Bu
zotning axloqi, go‘zal odati, tabiatini hamma yaxshi ko‘rar edi.
Ayni zamonda fikri tiniq, qarashlari qat’iy, ilm-irfon sohibi
edi.
Avvaliga yosh xonim xojasining fe’l-atvorini juda yaxshi
ko‘rar, unga qo‘lidan kelgan barcha hurmat, iltifotini ko‘rsatar,
193
7 — Oila psixologiyasi


xojasiga nisbatan o‘z vazifalarini chiroyli bajarardi. Xojasiga
oliy darajada hurmat izhor qilardi. Yosh xonim qisqa vaqt ichi-
da barcha qo‘shnilari bilan tanishdi, qo‘shnilar uni, u esa
qo‘shnilarni hurmat qilardi. Ammo o‘sha mahallada yomon
fe’lli, hasadgo‘y bir xotin bor edi. Bu yosh xonimning xojasiga
nisbatan hurmati bo‘lgani va shirin turmushlari ul xotinining
rashkini keltirardi. Yosh xonim bilan qo‘shni bo‘lganlaridan
beri uni xojasiga nisbatan itoatsizlikka tashviq qilardi:
— Qizim, sen juda yoshsan, go‘zalsan, shunday katta
yoshdagi kishiga turmushga chiqqansan. Sen yosh, o‘zing kabi
chiroylik erga turmushga chiqmabsan, — deb juvonning boshi-
ni aylantirardi. Yosh xonim, «men xojamdan juda mamnun-
man, fe’li, axloqini sevaman» desa ham, yomon ayoldan qutula
olmaydi. Bir kuni ul juvon tashviqotlar ta’siridanmi, «erimdan
ajralishaman» deydi. Yomon fe’lli, hasadgo‘y ayol:
— Qo‘lingdagi qimmatli ashyolaringni asta-sekin sotsang,
xojangga yomon ko‘rinasan, uning sendan ko‘ngli soviydi, —
deb ko‘nglini buzadi.
Yosh ayol uyidagi qimmatli narsalarni birma-bir sota bosh-
laydi. Har kuni eri oqshomda uyiga kelganida, bugun qimmatli
falon narsani, ertasiga — bugun bunday qimmatli narsani sot-
dim deyaveradi, nihoyat uyda hech narsa qolmadi. Ammo chi-
royli, xushxulqli, ilm-irfon sohibi bo‘lgan ul zot xotiniga: «jo-
ning sog‘ bo‘lsin yangisini olarmiz», — der edi. Xonim uyida
sotiladigan ashyo qolmaganidan keyin, hojatxonadagi har kuni
foydalaniladigan o‘ttiz yillik obdastani toshga urib sindirdi.
Kechqurun eri kelganida ul xonim:
— Hojatxonadagi obdastani toshga urib sindirdim, parcha-
parcha qilib tashladim, — dedi.
— Ana xolos! Bu nimasi! — deb xojaning ko‘zlariga yosh
keldi.
— Men sizga hayronman, — dedi xonim. — Uydagi shun-
cha qimmatli narsalarni yo‘qotganimda jahlingiz chiqmay,
«o‘zing sog‘ bo‘lsang bas» degan edingiz. Endi hojatxonadagi
oddiy ko‘za singanida, ko‘zingizdan yosh to‘kdingiz, nega?
— Xonim, ul ko‘za o‘ttiz yildir-ki mening eng mahram
yerlarimni ko‘radi. Hozir yangi bir ko‘za olib, unga mahram
yerlarimni qanday ko‘rsataman? — deb javob berdi xoja yosh
ayoliga.
— Yosh xotin bir onda g‘aflatdan uyg‘ondi va kechirim
194


so‘rab erining qo‘llarini o‘pdi, oyog‘iga yiqildi. «Meni afv
eting, sizning amringizdan hech chiqmayman, sizga nisbatan
ozgina bo‘lsada, itoatsizlik qilmayman», deb yolbordi.
Vazifa: Psixologik tahlil qilinsin.
2. Aqlli xotinlar erlar baxti
Bir odam juda aqlli, odobli va yaxshi tarbiya olgan qizga
uylandi. Ul odam xonimidan juda mamnun, uylarida g‘alva-
g‘avg‘o yo‘q.
Bu yigit bir kun do‘stlarining huzuriga bordi. U axloqsiz
odamlarning xotinlarini «unday urdim, bunday urdim», deb
maqtanganlarini eshitdi. Yigit hayrat bilan ulardan so‘radi:
— Nega xotinlaringizni urasiz? Hech gunohi yo‘q xotinni
qanday urib bo‘ladi?
Do‘stlari:
— Dunyoda bundan oson ish yo‘q. Uyga bir qadoq qiyma
go‘sht olib kelasan. Qiymali suyuq ovqat tayyorlab kelsa,
«boshqa ovqat yeyishni xohlayman», deysan, deb aql
o‘rgatishibdi.
Yigit ertasiga kechqurun uyiga kelib, dasturxon oldiga
o‘tirdi. Xotini qiyma solib tayyorlangan sho‘rva olib keldi. Ul
xotiniga jerkib:
— Men kartoshka bilan qiyma yeyishni xohlayman, — dedi.
— Qiyma ham bor, — dedi xonimi.
— Men tok bargiga o‘ralgan qiyma xohlardim.
— U ham bor.
Xojasining odatlarini juda yaxshi bilgan odobli xotin eri
xush ko‘radigan barcha narsani qo‘lidan kelguncha harakat
qilib, tayyorlagan va uning ko‘nglini olgan.
Yigit ertasiga yana do‘stlari oldiga chiqdi. Ular darhol qi-
ziqib so‘radilar:
— Nima bo‘ldi? Xotiningni kaltakladingmi?
Yigit bo‘lgan voqeani aytgan ekan, do‘stlari:
— Sen baxtli ekansan, xotining aqlli, chaqqon ayol ekan, —
debdilar.
195


3. Mahkamada xotinining yuzini ochishni istamagan odam
Bir vaqtlar uylangan bir odam, oylar o‘tdi, yillar o‘tdi, xo-
tinining mahrini bermadi, shu burchini ado eta olmadi.
Bir kuni xotini bilan kelisha olmay qoldilar. Xotini o‘sha
zamon mahkamasiga shikoyat qilib, qozining huzuriga bordi va
eridan mahrini talab qildi. Ayol yuzida chimmat (parda) bor
edi. 
Qozi ul ayolga:
— Ikki shohid lozim, — dedi.
Ayol:
— Shohidlarim bor, ular shu yerdalar, — dedi.
Qozi:
— Juda yaxshi, yuzingizni oching, so‘ng hukm chiqaza-
man, — dedi.
Shu yerda bo‘lgan eri darhol o‘rnidan turib:
— Bunga (ya’ni yuzini ochishga) hojat yo‘q. Men zavjam
(xotinim)ning mahrini berishga so‘z beraman, oz-ozdan bo‘lsa
ham beraman, — dedi.
Qozi:
— Yaxshi, lekin shu kungacha nega bermagan eding, —
deb hayron bo‘ldi.
Ul odam:
— Bilmadim, qozi janoblari, lekin siz hozir ayolimning
yuzini ochishni buyurganingizda aqlimni yig‘ib oldim. Shu
paytgacha xotinim — bekamning yuzini mendan boshqa hech
kimsa ko‘rmagan. Endi ham ko‘rmaydi, — dedi.
Ayol erining bu muomalasidan juda mamnun bo‘ldi va:
— Ey Qozi janoblari, shohidlar oldida Sizga ushbuni ayt-
moqchimanki, men ham erimdan mahr haqqimdan voz
kechdim. Uni tasdiqlashingizni so‘rayman, — dedi.
196


IX b o b. REPRODUKTIV SALOMATLIKNING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
9.1. KONTRATSEPTIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH
Erkaklar tashviqot qildi tinmasdan,
Har xil maqolalar yig‘averishdi.
Gazeta o‘qishga qo‘li tegmasdan
Xotinlar yiliga tug‘averishdi.
Jurnalistlarga-ku mavzu topildi,
Hamma tug‘aversa kim qilar ishni?!
Pilla topshirildi,
G‘o‘za chopildi.
Ayollar yiliga tug‘averishdi.
Olimlar o‘ylandi,
O‘ylarga tolib,
Kitoblar titishdi cho‘k tushib olib.
Qo‘ymoqchi bo‘lishdi rejaga solib...
Ayollar yiliga tug‘averishdi.
Kimdir vahima qildi qay kuni yonib:
Bola bosib ketdi butun dunyoni!..
Baribir ming azob ichra to‘lg‘onib, 
Ayollar yiliga tug‘averishdi.
Ag‘yor to‘ldi, qo‘yni toshga, deyishdi,
Tili boshqa, ko‘ngli boshqa, deyishdi.
O‘nta bo‘lsa — o‘rni boshqa deyishdi,
Ayollar yiliga tug‘averishdi.
Chirqirab Shokirlar dunyoga keldi,
Barnolar, Botirlar dunyoga keldi.
Shu mo‘min yurt uchun kerak bo‘lganda
O‘lmoqqa qodirlar dunyoga keldi.
Kelishdi kimgadir yoqsa-yoqmasa,
Hali tili chiqmay paxta terishdi.
Kuchuk boqishsinmi, bola boqmasa?!
Ayollar yiliga tug‘averishdi....
197


Balki sen osmondan tushgandirsan ham,
Mayli, bilma qadrin, yetma dodiga.
Faqat bir iltimos, ey aziz odam,
Qo‘ygil, qancha tug‘sa o‘zi bilar, sen
Tug‘ishni o‘rgatma AYOL zotiga!
Muhammad Yusuf
Sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf yuqorida keltirib
o‘tilgan she’rida ayollarimizning gazeta, jurnal, kitob o‘qishga
qo‘li tegmasada yiliga tug‘averishganlari va shu bilan birga pil-
lalarni topshirib, g‘o‘zalarni chopib, boshqa hamma ishlarni
bajarib ulgurganliklari, olimlar oilani rejalashtirish chora-tad-
birlarini ishlab chiqqanlariga va kimlarningdir «hammayoqni
bola bosib ketdi» — deganiga qaramay, «O‘nta bo‘lsa — o‘rni
boshqa» — deb yiliga tug‘averishganini, buning oqibatida «shu
yurt uchun kerak bo‘lganda o‘lmoqqa qodirlarning» dunyoga
kelishligini ta’kidlaganlar. Bunda Ayol zotini bejiz bosh harflar
bilan yozmagan.
Darhaqiqat, Ayol zoti muqaddasdir. Shuning uchun ham
insoniyat o‘zi uchun muqaddas bo‘lgan har bir narsani ayol
nomi bilan atagan: Ona — Vatan, Ona — til, Ona — xalq!
Dunyodagi barcha go‘zalliklar va tugalliklar, xalq san’atining
eng noyob durdonalari ayollarga atalgan. Hayotning mazmuni
ham, lazzati ham ayol nomi bilan bog‘liq. Ayol mo‘tabar zot.
U farzandga hayot bag‘ishlovchi ona sifatida benazir ardoqda.
«Ayol fidoyilikni tushunibgina qolmay o‘zini fido qilishni ham
biladi». Hazrat Navoiy aytganlaridek: «Uyning oroyishi andin,
uylikning osoyishi ondin». Ayol benazir hilqat. Uning latofati,
uning mehri oldida tosh ham eriydi. Toshbag‘ir odamlar ham
ayolga shafqat qiladi. Agar u ayollik o‘rnida tursa.
Xo‘sh hozirgi vaqtda barcha ayollarimizni ham «o‘z o‘rni-
da» — deb ayta olishimiz mumkinmi? Ular o‘zlarining ma’-
naviy, axloqiy, ruhiy va tibbiy salomatliklari, sog‘lomligi nuq-
tayi nazaridan «Shu mo‘min yurt uchun kerak bo‘lganda
o‘lmoqqa qodir», uning istiqboli, ravnaqi, xavfsizligini ta’min-
lashga tayyor munosib o‘g‘lonlarni, sog‘lom avlodni dunyoga
keltirish va ularni komil insonlar qilib tarbiyalashga tayyormi-
lar? Hozirgi tug‘ayotgan ayollarning va tug‘ilayotgan bolalar-
ning hammasi ham sog‘lommi? Albatta, bu kabi masalalar,
savollar bugungi kunlarimizda, ayniqsa, bizning etnos misolida
198


juda muhim bo‘lgan muammolardan hisoblanadi. Chunki
o‘zbek oilalari ko‘p bolaliligi, ko‘p avlodliligi va avlodlararo
munosabatlarning mustahkamligi bilan farqlanib turadi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, odamlar kun-
dalik hayoti kundan kunga urbanizatsiyalashib borayotgan ayni
davrda, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan keng foydalanib
borilayotgan bir paytda, onalar xastaliklari, bolalar o‘limi, zaif
nogiron bolalarning tug‘ilishi miqdorining ortib borayotganligi,
onalar va bolalar salomatligining yomonlashuvi kabi qator
noxushliklarning ham kuzatilayotganligi bevosita oila masa-
lalariga, onalar va bolalar salomatligiga, oilani rejalashtirish
masalalariga alohida e’tibor berishni, yoshlarni, hali oila qurib
ulgurmaslaridanoq ularni oilaviy hayotga har tomonlama tay-
yorlash bilan bir qatorda, ularga oilani oqilona rejalashtirish
masalalariga oid ilmiy asoslangan bilimlarni o‘z vaqtida va
yuqori saviyada berishni taqozo etadi.
Gap oilani rejalashtirish haqida borganda, ayrim odamlar
uni oilada tug‘ilishi lozim bo‘lgan bolalar sonini rejalashtirib,
cheklab qo‘yishni tushunishi ham mumkin. Oilani rejalashtirish
degani bu «Ayol kishiga qachon va qancha bola tug‘ishni belgi-
lab, ko‘rsatib berish, o‘rgatish» — degani emas. Qachon va
qancha farzand ko‘rish masalasini hal qilish bu birinchi nav-
batda ayolning o‘ziga havola, bu ayolning huquqi, uni ayolning
o‘zi hal qilishi kerak va unga hech kim o‘rgatishi, ayol uchun
uni belgilab, chegaralab berishi kerak emas. Shoir aytganlari-
dek bu masalada ayolga o‘rgatish kerak emas. Lekin ayollari-
miz bu masalani oqilona hal eta oladilarmi, ularning hammasi
ham farzandni dunyoga keltirishdek, faqat ayolninggina qo‘li-
dan keladigan o‘ta nozik masalani maqsadga muvofiq hal eta
olish borasida yetarli bilimlarga egami? Bu bilimlardan xabar-
dor bo‘lish, ularni o‘zlashtirish, bu boradagi maxsus adabiyot-
lar, gazeta, jurnallar o‘qish uchun ayollarimiz vaqt topa oladi-
larmi? Bu kabi savollarning o‘rinliligi yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash ishlarini tashkil qilishda, ularga oilani rejalash-
tirish masalalariga oid bilimlarni berib borishni yanada
dolzarblashtirib yuboradi. Shu kabi muammolarni nazarda tut-
gan holda biz mazkur mavzuda yoshlarimiz e’tiborini oilani re-
jalashtirishning ijtimoiy-psixologik jihatlariga qaratishni lozim
topdik.
199


Oilani rejalashtirish masalasi yuqorida to‘xtalib o‘tgani-
mizdek faqat oilada tug‘ilajak bolalar sonini cheklash kabi-
larnigina emas, balki o‘z ichiga kengroq masalalarni qamrab
oladi. Bunda asosiy e’tibor oilada oilalar farovonligini ta’min-
lash, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, onalar va
bolalar salomatligini saqlash, oilalarning tom ma’noda mus-
tahkamligini ta’minlash kabilar nazarda tutiladi.
Ma’lumki, onaning farzand ko‘rish yoshi, uni farzandlari-
ning soni, bolalarni tug‘ilishi orasidagi muddat hamda ayol va
bola salomatligi o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud.
Albatta, 16—18 yoshlarda ayol kishi organizmi sog‘lom farzand
ko‘rish uchun hali to‘la yetilgan bo‘lmaydi. Erta farzand
ko‘rish yosh ona salomatligiga ham va undan tug‘ilajak bola
salomatligiga ham ma’lum darajada xavf tug‘dirishi mumkin.
Homilador bo‘lish, homilani yetiltirib va bolani dunyoga
keltirish bilan bog‘liq jarayonlarda ona organizmi o‘zidan juda
ko‘p miqdorda quvvat sarflaydi, «toliqadi». Ko‘zi yorigan ayol
organizmi o‘zini yana to‘liq tiklab olishi uchun, ya’ni u nav-
batdagi farzand ko‘rishga to‘la tayyor bo‘lishi uchun, unga
kamida 3—4 yil vaqt zarur bo‘ladi. Demak, har 3—4 yil oralig‘i
bilan farzand ko‘rish ona organizmi uchun ham, tug‘ilajak
farzand uchun ham normal muddat hisoblanadi.
Oldingi vaqtlarda (bu haqda buvilarimiz, mo‘tabar onaxon-
larimiz guvohlik berishlari mumkin) onalar bolalarini 3—4
yoshga kirgunlariga qadar ko‘krak suti bilan boqqanlar. Bu esa,
bir tomondan bolalarning ona sutiga emin-erkin to‘yib o‘sish-
larini ta’minlagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bola emizayotgan
ayolni navbatdagi homiladorlikdan saqlagan.
Ona sutining bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidagi
ahamiyati beqiyosdir. Ona suti tarkibida, ayniqsa, og‘iz suti
tarkibida maxsus immunitiv garmonlar bo‘lib, ular bola orga-
nizmini har xil kasalliklarga qarshi kurasha oladigan, bolani o‘z
hayotining dastlabki kunlaridanoq sog‘lom, baquvvat bo‘lib
o‘sishini ta’minlovchi hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblangan.
Ona sutining yana bir bebaho xislati shundan iboratki, u bolani
aqliy imkoniyatlarining ortishida, ya’ni bola intellektual koef-
fitsientining (IQ) yuqori bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.
Agar ayollar «yiliga tug‘averishsa», ya’ni bola 3—4 oylik
bo‘lmasidanoq ona homilador bo‘lib qolgundek bo‘lsa, homi-
lador ayolning suti o‘z xususiyatini yo‘qotadi. U bola uchun
200


zararli bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatlarda aksariyat onalar bolasi-
ni ko‘krak suti bilan oziqlantirishni to‘xtatadilar. Oqibatda bo-
lalar o‘zlarining salomatligi va aqliy rivojlanishi uchun eng mu-
him ne’mat bo‘lmish «ONA SUTI»dan bebahra qoladilar. Bu
o‘rinda nafaqat onaning, balki bolaning ham manfaatini, uning
salomatligini ko‘zlagan holda oilani rejalashtirish, tug‘ilishlar
o‘rtasidagi muddatni uzaytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zining bor imkoniyatlarini oldingi bolasiga «sarflab
bo‘lgan» ona organizmi, bir-bir yarim yil ichida dunyoga ke-
ladigan navbatdagi bolaning homilada rivojlantirishi, uning
dunyoga kelishi va hayotining dastlabki kunlari, oylarida olishi
lozim bo‘lgan fiziologik, jismoniy, emotsional-psixologik quv-
vatni bera olmaydi. Bundan tashqari hali yoshiga yetmagan
bolani parvarish qilish ham onalardan ko‘p vaqt, kuch, e’tibor,
emotsional zo‘riqishlarni talab qiladi. Yosh bola tarbiyasi bilan
bog‘liq ravishda ona kechinadigan salbiy ruhiy emotsional ho-
latlar, asabiylik, emotsional zo‘riqishlar, shubhasiz homiladagi
bolaning rivojlanishiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay
qolmaydi. Hali to‘la tiklanib ulgurmagan onalardan «yiliga
tug‘ilavergan» bolalar aksariyat hollarda nimjon, nozik, har xil
kasalliklarga oson beriladigan bo‘lib boraveradi. Bunday
oilalarda onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari ham tug‘ilish-
lar oralig‘idagi farq 3—4 yil bo‘lgan oilalardagiga qaraganda
ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan kabi faktlarning mavjudligi shub-
hasiz oilani rejalashtirish masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bu
borada ayollarnigina emas balki erkaklarni, ayniqsa, nikoh qu-
rish yoshidagi, yoshlarni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash,
ularni oilani rejalashtirish masalalari borasidagi tegishli ilmiy
asoslangan bilimlar bilan o‘z vaqtida qurollantirishni taqozo
etadi. 
Umuman olganda oilani rejalashtirish masalasi bu kecha
yoki bugun paydo bo‘lgan muammo emas. Oilani rejalashtirish
masalasi insoniyat tarixi, nikoh-oila munosabatlarining yuzaga
kelish tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘hna muammolardan
biridir.
Nikoh-oila munosabatlari tarixiga oid adabiyotlarda qayd
etilishicha, ilk ibtidoiy jamoa tuzumlari davrlaridayoq oilani
rejalashtirishning, unda jinsiy hayotning psixogigiyenik
qoidalarga amal qilishning o‘ziga xos usullari mavjud bo‘lgan.
201


Masalan, ushbu qo‘llanmaning nikoh-oila munosabatlari
evolutsiyasi masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi mavzusida qis-
man to‘xtalib o‘tganimizdek, oilaviy munosabatlarning ijtimoiy
boshqarila boshlanishining ma’lum bir bosqichlarida, turlicha
tabular (taqiqlashlar) mavjud bo‘lgan. Bundan bir necha o‘n
minglab yillar muqaddam, poligam oilalarda hukm surgan
shunday tabulardan biri, qabilaning a’zosi bo‘lmish emizikli
ayol bilan jinsiy hayot kechirishni taqiqlashga qaratilgan
tabudir. Buning boisi shundan iborat bo‘lganki, u davrlarda qa-
bila a’zolarining asosiy tirikchilik manbayi ovchilik bo‘lgan,
erkaklar asosan ovchilik bilan shug‘ullanib o‘z o‘ljalari bilan
qabila a’zolarini boqishganlar. U davr odamining tushu-
nishicha, agar erkak kishi ovga chiqishdan oldin emizikli ayol
bilan jinsiy hayot kechirsa, unga sut hidi yuqib qoladi, sut hidi
esa ov vaqtida shu ovchi va uning sheriklari turgan joyga
boshqa yirtqichlarni «chaqirishi» mumkin, oqibatda ovga
chiqqan erkaklarning o‘zlari boshqa bir yirtqichroq hayvonga
o‘lja bo‘lib qolishlari mumkin. Shuning uchun ham ibtidoiy
davrlarda emizikli ayollar bilan jinsiy hayot kechirish taqiqlan-
gan. Bu esa o‘z navbatida oilani rejalashtirishning o‘sha davr-
larning o‘ziga xos qonunlari «Tabiiy tanlanish» va «Yashash
uchun kurash» ta’siri ostida shakllangan usullaridan bo‘lgan.
Bu haqiqatan ham ilk ibtidoiy odamlarning avloddan avlodga,
nasldan naslga rivojlanib, takomillashib borishini ta’minlovchi
asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan. Chunki shu tabular tufayli
onalar bolalarini ular to 3—4 yoshlarga kirib, o‘zlari mustaqil
oziqa topib yashab (yashash uchun kurashib) ketgunlariga
qadar ko‘krak suti (ONA SUTI) bilan oziqlantirishga «majbur
bo‘lganlar». Bu esa onalarning ham, bolalarning ham avloddan
avlodga sog‘lomlashib, takomillashib borishlarini ta’minlagan
ilk ijtimoiy omillardan biri bo‘lgan. Keyinchalik insoniyat
jamiyati taraqqiyoti, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi,
turli insoniy xulq-atvor me’yorilarning yuzaga kelishi va shakl-
lanishi bilan birga, oilani rejalashtirishga oid talablar, me’yor-
lar, ularga nisbatan bo‘lgan munosabatlar ham takomillashib
borilaverdi. Shuningdek, bu masala Qur’onda ham o‘z ifodasi-
ni topgan. Ya’ni, 2-sura 233-oyatda yozilishicha «Ona farzan-
dini ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda ko‘krak bilan bo-
qishi shart». Bu esa bir tomondan ona organizmining homi-
ladorliklar orasida to‘liq tiklanish imkonini bersa, ikkinchi
202


tomondan bolani ko‘pgina kasalliklardan saqlanishini ta’minla-
gan. Bu esa oilani rejalashtirishning jamiyat taraqqiyotida qan-
day ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib
turibdi.
Albatta, hozirgi vaqtga kelib oilani rejalashtirish, bolalar-
ning tug‘ilishi va ular orasidagi davrni shu tug‘ilajak bolaning
ota-onasi, birinchi navbatda onasi, ayol kishi xohlaganidek
tashkil qilishning o‘ziga xos ijtimoiy qabul qilingan an’anaviy
va zamonaviy usullari, vositalari mavjudki, ular dunyo miqyosi-
da keng qo‘llanilib kelinmoqda. 
Oilani rejalashtirishda, ya’ni uning eng asosiy yo‘nalishlari
bo‘lmish bolalarning tug‘ilishini rejalashtirish, kutilmagan
homiladorlikdan saqlanishda foydalaniladigan vositalar kontra-
tseptiv vositalar deyiladi. Ularning an’anaviy va zamonaviy-
usullari farqlanadi. Hozirgi vaqtda turli ommaviy axborot vosi-
talari, keng ommaga mo‘ljallangan ko‘plab ilmiy ommabop,
ilmiy uslubiy qo‘llanmalar, risolalarda, tibbiy adabiyotlarda
oilani rejalashtirishning bu usul, vositalari haqida muntazam
materiallar berib borilmoqda. Ularni yanada kengroq targ‘ib
qilish uchun «Qizil olma» kabi reklama-targ‘ibot xizmatlar
keng yo‘lga qo‘yilgan.
Kutilmagan homiladorlikdan saqlanishning an’anaviy
usullariga hayz siklini nazorat qilish (davriy seksual abstensiya),
bola emizish (laktatsiya), jinsiy aloqani oldindan to‘xtatish ka-
bilar kiradi. Zamonaviy usullarga prezervativlar, diafragma va
servikal qalpoqchalar, sprematsit vositalar va gormonal saqla-
nish vositalari kiradi. Bu usullarning har birini o‘ziga xos afzal-
liklari va nuqsonlari mavjud. Quyida ularning ayrimlari haqida
ma’lumot berib ketamiz. 
9.2. DAVRIY SEKSUAL ABSTITENSIYA (HAYZ SIKLINI 
NAZORAT QILISH, OILANI REJALASHTIRISH USULLARI)
Aksariyat mamlakatlarda (masalan, Yaponiya, Mavrikiya,
Peru, Filippin orollarida) aholining oz qismi — 15—20% ga
yaqin er-xotinlar turli an’anaviy va zamonaviy abstitensiya
usullarini qo‘llaydilar yoki jinsiy aloqani vaqtidan ilgari
to‘xtatadilar.
Ta’sir qilish mexanizmi:
Taqvim usuli hayz siklining
davomiyligini hamda homilador bo‘lish ehtimoli yuqori daraja-
203


da bo‘lgan davrni aniqlash bilan birgalikda ayni shu kunlar jin-
siy aloqa qilmaslik usulidir. Servikal shilliq va ovulatsiya vaq-
tini belgilash usuli esa (Bellingsov usuli) urug‘lanish kunini,
servikal shilliq miqdori va konsistensiyasini nazorat qilish bilan
aniqlashdan iborat. Bazal haroratni o‘lchab borishda haroratni
har kuni o‘lchab, harorat ko‘rsatkichlarini muntazam qayd
qilib borish va urug‘lanish vaqtini belgilash uchun haroratning
ko‘tarilishi aniqlanadi.
Simpato-terminal usulga haroratni o‘lchash usuli bilan bir-
ga bir necha tabiiy usullarni birgalikda qo‘llash kiradi.
Samarasi va afzalliklari:
Mazkur usullar homiladorlikdan
saqlanish uchun juda ishonchli hisoblanmasada, biroq boshqa
yo‘llardan foydalanishni istamagan er-xotinlar uchun qulay
hisoblanadi. Bu usulning afzalligi — organizmning boshqa ti-
zimlariga umuman ta’sir qilmaydi.
Kamchiliklari:
Er-xotin har bir hayz sikli mobaynida kami
bilan 14 kun jinsiy aloqadan tiyilishi kerak. Bundan tashqari,
yuqoridagi usullarni to‘la egallab olish uchun ular bir necha
oy davomida o‘z ustida ishlashi hamda tajriba qilib ko‘rishi
zarur. 
Emizish, qin infeksiyalari, isitma chiqishi kabi hollar
servikal simptomlarni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida, urug‘lanish ehtimoli yuqori bo‘lgan kunlarni qay-
tadan hisob-kitob qilib, aniqlash kerakligini taqozo etadi.
Tekshirishlar an’anaviy usullar zamonaviy usullarga nis-
batan ishonchsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shuni e’tiborga olgan
holda yuqori samaraga erishmoq uchun oilada er-xotinlarning
birgalikda davriy ravishda jinsiy aloqadan voz kechib turishi
lozim bo‘ladi. Bu holat esa insondan o‘ta talabchan va ruhiy
turg‘un bo‘lishini talab etadi.
Tavsiyalar:
Yuqorida keltirilgan usullardan ayollarning
to‘g‘ri foydalanishlari uchun ularga to‘g‘ri maslahat berish lo-
zim. Bu usulni to ayollar o‘zlarida ovulatsiya, ya’ni urug‘lanish
ehtimoli yuqori bo‘lgan kunlarni adashmay hisoblay olgunlari-
ga qadar samara bermaydi. Homiladorlikdan saqlanishning
an’anaviy usullarining samarasini oshirish uchun aralash
usullardan foydalanish, ya’ni bir vaqtning o‘zida erkak va ayol-
lar uchun mo‘ljallangan mexanik vositalarni qo‘llash maqsadga
muvofiqdir.
204


Bola emizish (laktatsiya)
Bola emizish hozirgacha tug‘ruqlar orasidagi tanaffuslarni
cho‘zishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Aksariyat
rivojlanayotgan mamlakatlarda bu usullar boshqa usullardan
ko‘ra muhimroqdir.
Ta’sir qilish mexanizmi:
Bolani emizish fiziologiyasi tu-
xumdonlar vazifasining nisbatan kamayishi va anovulyatsiya
sodir bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Anovulyatsiya tug‘ruqdan keyingi
4—21 oydan to 24 oygacha davom etadi.
Samarasi va afzalliklari:
Bolani emizish tug‘ilishni nazorat
qilishning eng muhim samarali usullaridan biriga aylanishi
mumkin. Emizish davrida homilador bo‘lib qolish har 100 ta
ayoldan faqat 2—12 tasidagina kuzatilganligi bu usulning
boshqa usullarga samarasi jihatidan tenglashishiga dalil bo‘la
oladi.
Kamchiliklari va samarasizligi:
Ba’zi ayollar ko‘krak suti
bilan emizishda tajribasi bo‘lmaganligi sababli ushbu usulning
samarasiz chiqishi hollari sodir bo‘ladi. Ko‘krakda ahyon-
ahyonda emizish, qo‘shimcha ovqatlantirish kabi omillar hayz
siklining qayta tiklanishiga olib keladi. Natijada ayolning
homilador bo‘lib qolish xavfi tug‘iladi.
Tavsiyalar:
Emizikli davr amenoreyasini tez-tez va qisqa
yoki uzoq muddatli emizish bilan saqlab qolish mumkin.
Jinsiy aloqani oldindan to‘xtatish
Taraqqiy etgan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng
tarqalgan usul.
Ta’sir qilish mexanizmi:
Jinsiy olat shahvat to‘kilishidan
oldin chiqarib olinadi.
Samarasi va afzalliklari:
Bu usulning samarasi past
hisoblanadi. Ammo erkak o‘zini boshqara olsagina, bu usulning
samarasi birmuncha ortadi.
Noxush ta’sirlari:
Yuqorida keltirilgan usul hech qanday
ko‘ngilsiz tibbiy oqibatlarga olib kelmaydi-yu lekin er-xotin
orasida jinsiy qoniqmaslik hollariga sabab bo‘lishi mumkin.
Tavsiyalar:
Homiladorlikdan saqlanishning boshqa usulla-
ridan foydalanish imkoni bo‘lmagan hollardagina bu usuldan
foydalanish ma’quldir.
205


Prezervativ
Prezervativ faqat bir martagina ishlatilishi shart. Jinsiy alo-
qa vaqtida prezervativ yirtilib ketsa, ayol darhol qin ichini
kuchsiz kislotali eritma (achigan sut, sirka, limon kislotalari)
bilan yuvib tashlashi lozim. Ushbu usulning samarasi spermi-
tsidlar bilan birgalikda qo‘llanganda ortadi.
Hozirgi vaqtda ishonchli va samarali bo‘lib hisoblangan
homiladorlikdan saqlanish usullaridan yana biri — bu erkak va
ayollar uchun mo‘ljallangan prezervativlardir. Ulardan ko‘proq
rivojlangan mamlakatlarda foydalanishadi. Ayniqsa, OITS
(SPID) kasalligining butun dunyo miqyosida keng tarqalganli-
gi natijasida bu usuldan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib
bormoqda.
Ta’sir qilish mexanizmi:
Ayol qiniga spermatozoidning
kirishiga to‘sqinlik qilish uning asosiy mexanizmi bo‘lib
hisoblanadi. Prezervativlar lateksdan ishlangan bo‘lib, ko‘pchi-
ligi spermitsid bilan (shahvatni o‘ldiradigan modda) shimdiril-
gan bo‘ladi. Ular erkaklarning olati taranglashganidan keyin
kiygiziladi. Ayollarga ishlatiladigan prezervativlar esa bevosita
jinsiy aloqadan oldin qin ichiga tiqib qo‘yiladi.
Samarasi va afzalliklari:
Homiladorlikdan saqlanishdan
tashqari, jinsiy aloqa orqali yuqadigan turli kasalliklar, xususan,
OITSdan himoya vositasi ham bo‘lib, u yetarli darajada
ishonchli va afzal usuldir. Ular arzon, ishlatish uchun qulay,
organizmga zararli ta’siri bo‘lmaydi.
Kamchiliklari:
Prezervativlar jinsiy faollikni o‘zgartirib, jin-
siy qoniqish hissini kamaytirishi mumkin. Ishlatilgan prezerva-
tivdan qayta foydalanish aslo mumkin emas. 
Noxush ta’sirlari:
Qin shilliq devorining yallig‘lanish ehti-
moli bo‘lishi mumkin.
Tavsiyalar:
Har qaysi ayol va erkak, biron-bir tanosil
kasalligiga duchor bo‘lgan bo‘lsa, yoxud bittadan ortiq jinsiy
aloqada bo‘lib tursa, unda lateksdan qilingan yuqori sifatli
prezervativlardan foydalanishi kerak.
Diafragma va servikal qalpoqchalar
Diafragma — rezinadan tayyorlangan gumbazsimon, teva-
ragi egiluvchan halqadan iborat bo‘lib, jinsiy yaqinlashuvdan
206


oldin qinga kiritiladi. Servikal qalpoqcha bachadon bo‘yniga
kiygizilib, sprematozoidlarning bachadon bo‘yniga o‘tishiga
to‘sqinlik qiladi.
Ta’sir qilish mexanizmi: 
Diafragma va qalpoqcha bacha-
don bo‘shlig‘i hamda shahvat-sperma orasida to‘siq vazifasini
o‘taydi. Diafragma va qalpoqcha bilan birgalikda sprematsid-
larni qo‘llash ham shahvat faolligining nihoyatda pasayishiga
sabab bo‘ladi.
Samarasi va afzalliklari:
Diafragma va servikal qalpoq-
chalarning samarasi boshqa turdagi to‘siqli usullar kabi
ishonchli va afzaldir. Ushbu usuldan ham tug‘ish yoshidagi
ayollar va nomuntazam ravishda jinsiy aloqada bo‘ladigan
ayollarning doimiy ravishda foydalanishlari maqsadga mu-
vofiqdir. Bu organizmning boshqa sistemalariga ta’sir etmaydi.
Erkaklar prezervativdan ko‘ra qulayroq va ustunroq
tomonlaridan biri, aloqa paytida o‘z-o‘zini boshqarish va jinsiy
yaqinlashuvdan ancha oldin qinga kiritib qo‘yish imkoniyatiga
egaligidir.
Kamchiliklari:
Diafragma va qalpoqchalar mutaxassis vrach
tomonidan, har bir ayol bachadonining o‘ziga xos xususiyatla-
rini hisobga olgan holda unga tegishli katta-kichiklikda tanla-
nishi, undan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari o‘rgatilishi kerak. Bu
usul ayniqsa, an’anaga ko‘ra jinsiy organlarga qo‘l bilan tegish
man etilgan guruhlarga taalluqlidir.
Noxush ta’sirlari:
Jinsiy aloqadan so‘ng diafragma qin
ichiga 6 soat, qalpoqcha esa 24 soat davomida qolishi mumkin.
Agar bundan ko‘proq vaqt qolib ketadigan bo‘lsa, ko‘ngilsiz
asoratlar qoldiradi: allergik reaksiyalar, mikrotravmalar va
ba’zida infeksion toksik shokni keltirib chiqarishi mumkin.
Tavsiyalar:
Tug‘ruqdan so‘ng, bola tushishi yoki sun’iy
oldirish va kichik tos sohasida o‘tkazilgan har xil jarrohlik
muolajalari, bachadon o‘lchamining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun diafragma va servikal qalpoqchalarning
o‘lchamlari yuqoridagi kabi holatlardan so‘ng, albatta qayta
tiklanishi darkor. Shuningdek, bu usuldan quyidagi sabablarda:
spermitsid yoki diafragma va qalpoqchalarga nisbatan shaxsiy
sezgirlik kuchayganda, qin avtonomiyasi o‘zgarganda, jinsiy
yaqinlik paytida og‘riq hissi paydo bo‘lganida, anamnezdagi in-
feksion-toksik shok holati kuzatilganda hamda tug‘riqdan so‘ng
dastlabki 12 hafta davomida foydalanish man etiladi.
207


Bachadon ichi spirali
Bachadon ichi spirali — atrofida mis sim o‘ralgan kichkina
plastmassa moslamadir. U vrach tomonidan ayolning
bachadoniga o‘rnatiladi. Bachadon ichi spirali hozirgi vaqtda
eng keng tarqalgan, ko‘pchilik ayollar tomonidan foydalanili-
nayotgan vosita hisoblanadi.
Uning afzalligi shundaki:
u uzoq muddat davomida homi-
lador bo‘lib qolishdan saqlanish imkoniyatini beradi.
Kamchiligi:
u bachadon yallig‘lanish xavfini oshirishi
mumkin. Undan foydalanadigan ba’zi ayollarda hayz qoni
odatdagidan ko‘proq va uzoqroq bo‘ladi. Teri-tanosil kasallik-
lari, jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan kasalliklardan himoya
qilmaydi.
Inyeksiyali kontratseptivlar
Inyeksiya (ukol qildirish) usuli har 2—3 yoki har oyda ukol
qildirish orqali amalga oshiriladi. Bu usul odatda 35 yoshdan
katta ayollarga tavsiya etiladi.
Bu usulning samarasi 
shundan iboratki, ukol qildirilgandan
keyin, ko‘rsatilgan muddat ichida kutilmagan homiladorlikdan
saqlanishning boshqa usullaridan foydalanishga hojat qolmaydi.
Ukolni, albatta meditsina xodimi qilishi kerak.
Salbiy asoratlari: 
Inyeksiya hayz muntazamligining buzi-
lishiga olib kelishi mumkin. OITS, JABYKlardan himoya qil-
maydi.
Spermatsid vositalar
Zamonaviy spermatsidlar qator mamlakatlarda ishlatiladi.
Ular krem, g‘alvirak, ko‘pik hosil qiluvchi tabletkalar, tampon-
lar, jele, eritmalar ko‘rinishida ma’lum va turli prezervativlarga
qo‘shimcha moslama sifatida ishlab chiqariladi.
Ta’sir qilish mexanizmi:
Ma’lumki, qin ichida doimiy
maxsus muhit mavjud. Jinsiy yaqinlashuvdan 10—15 daqiqa
oldinroq qinga yuborilgan sprematsidlar, aynan shu muhitni
o‘zgartirish hisobiga shahvat faoliyatini to‘xtatadi. G‘alvirak o‘z
tarkibida zamonaviy spermatsid — nonoksinol — 9 ni tutib,
bevosita spermazoid membranasini buzadi va natijada uning
208


faoliyatini zaiflashtiradi. Mazkur vosita qinga kiritilib,
bachadon bo‘yniga biriktirilishidan avval, spermatsid faolligini
oshirish maqsadida suvda ho‘llanadi.
Samarasi va afzalliklari: 
Keltirilgan bu usul, ayniqsa kat-
ta yoshdagi ayollar yoki nomuntazam jinsiy yaqinlikda bo‘ladi-
gan ayollar uchun juda qulay va eng muvofiq usuldir. Bu usul
organizmning boshqa sistemalariga ta’sir qilmasligi, tibbiyot
xodimlariga murojaat qilmasdan foydalanish mumkinligi bilan
afzal hisoblanadi. G‘alvirak qin ichida 24 soat davomida
saqlanishi mumkin bo‘lib, tarkibida spermatsid bo‘lishi tanosil
kasalliklaridan muhofaza qilish ta’siriga egadir.
Kamchiliklari:
Jinsiy aloqa vaqtida turli noqulayliklar
tug‘dirishi mumkin. G‘alvirak boshqa vositalarga nisbatan qim-
matroq. Shuning uchun bu vositadan istagancha foydalanish
cheklangan.
Bu usulning oz samara berishi uni boshqa xil
to‘siqli usullar bilan birgalikda qo‘llashga majbur etadi. 
Noxush ta’sirlari:
Qin devori yallig‘lanishi yoki umuman
allergik reaksiyalar ko‘rinishida asoratlar kuzatilishi mumkin.
Tavsiyalar: 
Yuqorida ta’riflangan bu usulning samarasini
oshirish maqsadida uni prezervativ, diafragma, servikal qalpoq-
chalar bilan birgalikda qo‘llash mumkin. G‘alvirak har bir jin-
siy yaqinlashuvda qayta ishlatiladi. Va qin ichida 24 soatgina
turishi mumkin, xolos. Spermatsidlardan tug‘ruqdan keyingi
dastlabki 6 oy davomida, homila oldirish, homilaning tushishi
va hayz ko‘rish vaqtida foydalanish qat’iyan man etiladi.
9.3. GORMONAL SAQLANISH VOSITALARI
Murakkab gormonal saqlanish vositalari (MGSV). Gormo-
nal saqlanish vositalari tarkibiga ayollar tuxumdonida ishlab
chiqariladigan gormonlarning, ya’ni estrogen va progesteron-
ning, sintetik analoglari kiradi.
Hozirgi davrda gormonal vositalar tarkibini asosan kam
dozali estrogenlar (EE), ya’ni etinilestradiol va gestagenlar —
19 — nortestosteronlar, ya’ni noretinodrel (I avlod), noretis-
teron, etinodiol diatsetat, lenestrenol, levonorgestrel norgestrel
(II avlod), dezogestrel, gestoden, norgestimat (III avlod) va
17 — gidroksprogesteron, medroksiprogesteronsetat va bosh-
qalardan tashkil topgan. Ular bir qator xususiyatlari bilan
boshqa vositalardan afzalroqdir. Uchinchi avlod gestagenlari
209


progesteron retseptorlariga oz miqdorida ham kuchli ta’sir
qilib, ovulyatsiyani to‘xtatish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan I
va II avlod gestagenlaridan farq qiladi. Mutaxassislarning
fikricha, ushbu vositalarning ahamiyati so‘nggi o‘n yillik ichida
yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. 
Sababi, bu vositalar ko‘pgina ijobiy xususiyatlarga ega.
Avvalo bu vositalar mikrogrammlarda qo‘llanadi, lipid modda
almashinuvini buzmaydi, androgen faolligi nihoyatda kam
bo‘ladi va qolaversa, yurak-qon tomiri sistemasida patologik
o‘zgarishlarni keltirib chiqarmaydi.
Bo‘yida bo‘lishdan saqlovchi gormonal vositalarning turlari
juda ko‘p. Ular tarkibidagi gormonlarning nisbati va dozasiga
ko‘ra bir, ikki va uch fazali vositalarga bo‘linadi.
Bir fazali vositalarning har bir tabletkasi bir xil nisbatda
estrogen va gestagendan tashkil topgan, ular: marvelon
(EE 0Y030
mg va 150 mg dezogestrel), rigevidon
(EE 0Y030 mg va 0,150 mg levonorgestrel), mikroginon-28
(EE 0,30 va 0,150 mg levonoergesrel) kiradi.
Ikki fazali vositalarning birinchi o‘nta tabletkasi faqat
estrogenlardan iborat bo‘lib, qolgan 11 dona tabletkaning tar-
kibi esa ham estrogen, ham gestagenlardan tashkil topgan.
Bunga anteovin kiradi.
Uch fazali vositalardagi tabletkalar tarkibida estrogen va
gestrogenlar miqdori va nisbati hayz siklining fazalariga
munosib bo‘ladi. Ba’zi MGSV lar 28 ta tabletkadan tashkil
topgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda so‘nggi 7 ta
tabletkalar tarkibida gormon bo‘lmay, ularda temir moddasi,
vitaminlar bo‘ladi hamda organizmni umumiy quvvatlantirish
maqsadidadi qo‘llaniladi. Bunday vositalar qatoriga trikvilar,
triregol, triziston kiradi.
Ta’sir qilish mexanizmi:
Gormonal vositalarning ta’sirida
butun hayz sikli davomida tuxumdonlardan ishlab chiqariladi-
gan estrogenlarning miqdori nihoyatda kam bo‘lib erta follikul
fazasiga to‘g‘ri keladi, natijada ovulatsiya ro‘y bermaydi.
Buning oqibatida bachadon bo‘yni shillig‘ining zichlashuvi va
quyuqlashuvi yuz berib, sprematozoidning bachadon ichiga
o‘tishini cheklaydi. Shuningdek, endometriyning funksional va
morfologik o‘zgarishi implantatsiya jarayoniga to‘sqinlik qiladi.
Gormonal o‘zgarishlar ta’sirida bachadon nayining harakat-
lanishi va bachadon tanasining qisqarishi notabiiy tus oladi,
210


shuningdek spermatozoid hamda tuxum hujayralarining to‘g‘ri
yo‘nalishi buziladi.
Samarasi va afzalliklari:
Gormonal saqlanish vositalarini
muntazam to‘g‘ri qabul qilish usulning samaradorligini ta’min-
laydi. Gormonal vositalar yuqori samaradorligi, qabul qilish-
ning qulayligi, organizmning oldingi holatini tiklash mumkin-
ligi va nihoyat xavfsizligi bilan ajralib turadi.
35 yoshgacha bo‘lgan ayollar organizmiga vositalarning
ta’siri ularning homiladorligi va o‘tishiga qaraganda ancha
xavfsiz hisoblanadi. Homiladorlikni oldini oluvchi oral kontra-
tseptivlar bir qator kontratseptiv bo‘lmagan xususiyatlarga ham
egadir. Gormonal vositalar kutilmagan homiladorlikdan 100
foiz saqlovchi usulgina bo‘lib qolmay, balki yagona davolash
xususiyatlariga ega bo‘lgan asosiy vosita hamdir.
Ushbu vositalardan foydalanishda: hayz va hayz o‘rtasidagi
og‘riqlarning kamayishi, ichki jinsiy a’zolarning o‘tkir
yallig‘lanish kasalliklariga chalinish ehtimolini, xususan tuxum-
don va endometriy xavfli o‘smalarining (rak 50%gacha) qisqa-
rishi, xavfsiz o‘smalarning, xususan kista va sut bezlarining fib-
roadenomasi kasalliklarining kamayishi hamda hayz siklining
to‘g‘ri tartibga solinishi, temir yetishmovchiligi anemiyasining
keskin kamayishi kuzatiladi.
Kamchiliklari:
Homiladorlikdan saqlanish uchun mo‘ljal-
langan barcha vositalar singari, gormonal tabletka — preparat-
lar ham o‘z kamchiliklariga ega. Ularga: gormonal preparat-
larni oldindan ehtiyojdan ko‘proq miqdorda jamg‘arib olish,
ularni saqlash, mazkur preparatlarning qimmatligi, ularni har
kuni muntazam ravishda qabul qilib turish sharti, qabuldan
so‘ng ba’zan qo‘shimcha noxush ta’sirlarning paydo bo‘lishi,
OITSdan himoya qilmasligi va depressiya holatlari kelib
chiqishi kiradi.
Gormonal vositalarni qo‘llashda bir necha qarshi ko‘rsat-
malar mavjud bo‘lib, bu vositalardan 35 yoshdan o‘tgan ayol-
lar, kashandalar, og‘ir qandli diabet, gipertoniya kasalliklariga
duchor bo‘lgan ayollar foydalanishlari aslo mumkin emas.
Noxush ta’sirlari:
Gormonal vositalarning qo‘shimcha
ta’sirlarini keltirib chiqarish xususiyati ayol organizmida jinsiy
gormonlarning kamayishi yoxud ko‘payishi bilan izohlanadi .
Eng ko‘p uchraydigan asoratlar tarkibiga sut bezlarining qat-
tiqlashuvi, ko‘ngil ozishi, bosh aylanishi, qusish, tana vazni-
211


ning ortishi, jinsiy ishtiyoqning so‘nishi yoki kuchayishi, ba’zi-
da depressiya, bosh og‘rig‘i, teri qichishi alomatlari, hayz
o‘rtasida qonli ajralmalarning paydo bo‘lishi kiradi.
Tavsiyalar: 
Zamonaviy 3-avlod gormonal vositalaridan
foydalanishda ularning tarkibidagi gormonlar miqdorining
kamligi sababli, ko‘pgina ayollarga manzur bo‘lmoqda. Bu
usulni ilk bor qo‘llamoqchi bo‘lgan har bir ayol uning ta’rifno-
masi haqida ma’lumotlarga to‘la ega bo‘lmog‘i lozim. Shu bi-
lan bir qatorda, mutaxassis vrach tomonidan bu usulni qo‘lla-
nishi mumkinligini aniqlash maqsadida tekshirilishi hamda bu
usuldan to‘g‘ri foydalanish yo‘l-yo‘riqlari o‘rgatilishi, ayolga
mos keladigan xili tanlanib berilishi kerak.
Birinchi marta gormonal preparat hayz siklining 1-kunidan
boshlab 21 kun davomida, kuniga 1 tabletkadan bir xil vaqtda
iste’mol qilib boriladi. Mabodo, ba’zi sabablarga ko‘ra biron
kun tabletka ichilmay qolsa, darhol qo‘sh doza qabul qilinishi
lozim bo‘ladi. Vositani qo‘llash davomida, dastlabki uch oy
mobaynida ayol mutaxassis vrach nazorati ostida bo‘lishi, ke-
yinchalik, shaxsiy ehtiyojga qarab shifokor qabuliga borib tu-
rishi kerak.
Bilimlarni tekshirish uchun savollar:
1. Oilani rejalashtirish qanday ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, tib-
biy ahamiyatlarga ega?
2. Muqaddas kitoblar va o‘tmish mutafakkirlari asarlaridan,
oilani rejalashtirish masalalariga oid bildirilgan qanday fikr-mulo-
hazalarni bilasiz?
3. Oilani rejalashtirish deganda nimani nazarda tutiladi?
4. Nima uchun homiladorlikning oldini olish kerak?
5. Homiladorlikning oldini olishning an’anaviy usullariga nimalar
kiradi? Ularning afzallik va kamchilik jihatlari nimalardan iborat?
6. Homiladorlikning oldini olishning yana qanday vositalari
mavjud?
7. Gormonal saqlanish vositalariga nimalar kiradi va ularning
afzallik va kamchilik jihatlari nimalardan iborat?
212


X b o b. OITS (SPID) VA JINSIY YO‘L BILAN
YUQADIGAN KASALLIKLARNING 
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI 
VA ULARNING YECHIMI
10.1. OITS (SPID) VA JINSIY YO‘L BILAN YUQADIGAN
KASALLIKLARNI BILISHNING ZARURLIGI
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar hozirgi davrda o‘ta
jiddiy ijtimoiy va psixologik muammolardan biri bo‘lib
hisoblanadi. Bunday kasalliklar o‘z ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra
muayyan bir mamlakatda keng tarqalgach, shu mamlakat
aholisi sog‘lig‘iga yetkazadigan zarari, ularning asoratlarini
yo‘qotishga ketadigan kuch va mablag‘lar, jamiyatga yetadigan
ma’naviy zararlar va uning eng ashaddiy oqibatlaridan biri yan-
gi avlodni dunyoga keltiradigan jarayonlarga salbiy ta’siri bilan
o‘lchanadi.
Tanosil kasalliklarining ijtimoiy muammolar turkumiga
mansubligini va bu kasalliklarni tarqalish sabablarini ko‘rib
chiqish ularga yechim topishni osonlashtiradi. Bu borada bir
qator fikrlarni aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bunda bir-biri
bilan bog‘liq bir qancha sabablarni aytib o‘tish joizdir. Bunday
sabablarning eng ahamiyatga moliklaridan biri demografik
o‘zgarishlar bo‘lib, bunda aholi sonining ortishi, jinsiy moyil-
likning erta yuzaga kelishi, bolalarni, yoshlarni ko‘payishi va
ular o‘rtasida jinsiy ta’lim-tarbiyaning sust qo‘yilganligidir.
Yana bir muhim sabab xulq va axloqdagi o‘zgarishlar
hisoblanadi.
Bunga me’yordagi jinsiy talab va shartlarning susayishi,
taqiqlarning kamayishi, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning
buzilishi, jinsiy munosabatda ayollar ustunliklarining oshishi
kiradi. Jinsiy tarbiyani to‘g‘ri va oqilona yo‘lga qo‘yilmaganligi
ham muhim sabablardan biri hisoblanadi. Bunda ota-onalar-
ning bolalarga ta’sirining susayishi, jinsiy aloqa to‘g‘risidagi
tushunchalarning o‘zgarishi, yoshlar o‘rtasida alkogolizm,
narkomaniya, fohishabozlikni avj olishi, oilalarning ajralishi va
213


yuqorida bayon etilganidek, onalarni bir o‘zi yashashni afzal
deb bilishlari va yoshlar o‘rtasida gomoseksualizm (besoqolboz-
lik)ni, orogenital jinsiy aloqalarning ko‘payishi, turli-tuman
milliy axloqiy tushunchalarga zid videofilmlarni yoshlar ichiga
kirib kelishi hisoblanadi. «Sog‘lom tanda sog‘ aql», — degan
xalq hikmati juda o‘rinli va topib aytilgan. Darhaqiqat, sog‘lom
inson to‘g‘ri fikrlaydi, o‘zi va jamiyat uchun munosib xatti-
harakatlar qiladi, natijada bundan shaxsning o‘zi ham, oilasi
ham, jamiyat ham katta manfaat ko‘radi. Agar inson
nosog‘lom bo‘lsa, uning ma’naviy, axloqiy fikrlashlari ham
mantiqsiz, shuursiz, bema’ni bo‘lishidan tashqari, uning ish
qobiliyati (hatto fikrlash qobiliyati ham) susayadi. Oilaga va
jamiyatga keltiradigan foydasidan ziyoni ko‘proq bo‘ladi. 
Tabiiyki, yuqorida bayon qilinganlarning barchasi ijtimoiy
muammo bo‘lib, bundan jamiyatga, shaxsning o‘ziga va oilasi-
ga manfaat kelmaydi. Ayni paytda yuqoridagidek Davlat va
jamiyat talabi va ruhiga zid keladigan xatti-harakatlar, axloq-
sizliklar, benomusliklar, munofiqliklar sodir bo‘ladiki, bular-
ning barchasi yuqoridagi kasallikning kelib chiqishi, ildiz
otishiga olib keladi. 
Hozirda tanosil kasalliklardan zaxm va so‘zak davlat
tomonidan tekin davolanadi. Ularning ovqati, dori-darmonlari
ham kasalxonadagi o‘rinlari, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar
hammasi bepul bo‘lib, davlat budjeti hisobidan bemorlar kasal-
dan (sanatsiya) «tozalanishadi». Agar kasallik ilk davrda
aniqlansa, ularning asoratlaridan inson xoli qoladi, davolanish
sifatli kechadi. Ammo kasalliklar kech aniqlansa yoki avlod-
larga o‘tsa, albatta bu holatlarda bemorni butkul va asoratsiz
davolashni shubha ostiga qo‘yadi.
Bu holat mamlakat iqtisodiga, odamlar ruhiyatiga katta
zarar yetkazadi. Masalan, bunday kasallikka chalingan odam-
lardan dunyoga kelgan bola tug‘ma zaxm bilan tug‘ilsa, u kela-
jakda jamiyatga foyda keltirish o‘rniga, aksincha faqat ziyon
yetkazishi mumkin, xolos. Uni davolash, kelajakda sog‘lig‘ini
nazorat qilinishi uchun mamalakatning ko‘plab mablag‘i sarf
qilinadi. Bemorlarning o‘zi kasal bo‘lishidan ko‘ra boshqalarni
zararlashlari eng ashaddiy ijtimoiy muammodir. Kasallikka
chalinganlar ko‘pincha o‘zining ham, o‘zganing ham sog‘lig‘i
haqida qayg‘urishmay tartibsiz jinsiy aloqa bilan shug‘ulla-
nishadi, bu esa o‘z vaqtida jamiyat taraqqiyotiga putur yetka-
214


zadi. Ba’zi bir shaxslar 2 va undan ortiq tanosil kasallik-
lariga chalinib, ularni umr bo‘yi o‘zi bilan olib yurishi va
boshqalarga ham yuqtirishi mumkin. Shunday bemorlar borki,
jinsiy aloqalarda tartibsizlik tufayli bir vaqtning o‘zida ularda
2—3 ta tanosil kasalliklar aniqlanadi. Bu esa jamiyatga juda
katta ziyondir, kasallik soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularning
salbiy asoratlari ham shunchalik ayanchli bo‘ladi va jamiyat
uchun jiddiy ijtimoiy muammolarni tug‘diradi.
Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki, jinsiy kasal-
likni o‘ziga yuqtirib olganlar eng avvalo davlat va jamiyatga,
ikkinchidan oilasiga, atrofidagi odamlarga, eng mudhishi, o‘zi-
dan keyin sog‘lom nasl qoldirishni xavf ostiga qo‘yadilar.
Shu boisdan ham joylarda fuqarolar, mahalla jamoatchiligi,
o‘quv muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, sog‘lom
oilalar o‘z say’-harakatlarini birlashtirgan holda yengiloyoq-
lar, takasaltanglar, alkogolizm, narkomanlar, fohishaboz-
lar, qo‘shmachilar, ayniqsa, jinsiy kasalliklarni tashuvchi ki-
shilarni davlat va jamiyat manfaatlariga yot unsurlar
sifatida ularga qarshi keskin kurashmoqlari kerak. Zotan
bunday qilishni dinimiz va e’tiqodimiz manfaatlari ham talab
qiladi.
10.2. JINSIY YO‘L BILAN YUQADIGAN KASALLIKLARNING
TARQALISHI VA UNGA SABAB BO‘LADIGAN OMILLAR
Tanosil kasalliklariga turli-tuman omillar, o‘z belgi va
xususiyatlari bilan kechuvchi yuqumlilik jarayonlari kiritilgan.
Bu kasallik tabiatini diqqat bilan o‘rganilsa unda bitta umu-
miylik borligini ko‘ramiz. Ya’ni bu kasalliklar asosan yuqish
orqali ko‘payadi. Boshqacha qilib aytganda, sog‘lom kishi-
ning kasallikka chalingan kishi bilan loaqal bir marta kechgan
jinsiy aloqasi muqarrar tarzda kasallikning yuqishiga olib ke-
ladi.
Hozirda «venerologiya» fanida («venera» — sevgi toji de-
makdir) 20 dan ortiq shu guruhga kiruvchi turli kasalliklar
ma’lum va ular asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi. Shu turkum
kasalliklariga venerologiyada zaxm (sifilis), so‘zak (gonoreya),
trixamoniaz, yumshoq shanker, venerik linfagranulomatoz,
donovanoz xlamidioz, likomlazmaz, gardnerellioz, genital
uchuq (gerpes), o‘tkir uchli kondilimalar, kandidozlar,
215


gepatit V, qo‘tir, bitlilik, giardiaz, amerdiaz, amebiaz,
yuqumli (kantagioz) mollyusk, sitemelegaliya va OITS (odam-
da immuntanqislik sindromi SPID) kiritiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash jamiyatining ma’lumotiga ko‘ra
zaxm, so‘zak, trixamoniaz, xlamidioz dunyoda eng ko‘p tarqal-
gan tanosil kasalliklari hisoblanib, epidemik jihatdan faqat
gripp va bezgakdan so‘nggi o‘rinda turadi.
Shu jamiyatning xabariga ko‘ra har yili dunyo bo‘yicha 200
mln odamda so‘zak, 250 mln trixaminoz, 200—250 mln ida
xlamidioz, 100 mln mikoplazmoz va 50 mln aholida zaxm
kasalliklari qayd etilgan.
Tanosil kasalliklari bir o‘sib, bir kamayib turadi. Biz zaxm
va so‘zakning 50 yil ichida yurtimizda qanday tarqalganligi ho-
latini tahlil qilganimizda, shu kasalliklarni bir xil sharoitda,
yonma-yon tarzda 5 marta o‘sgani va kamayganligining guvohi
bo‘ldik. Lekin ularning o‘sib va kamayib borish jarayoniga turli
vaqtlarda turlicha omillar sabab bo‘lgan. Masalan, 1947—1953
yillardagi o‘sishda ikkinchi jahon urushidan so‘nggi jinsiy alo-
qalarning tartibsizligi sabab bo‘lgan. Bu vaqtda erkaklarning
kamligi va ayollarning ko‘pligi ham ahamiyatga ega bo‘lgan.
Yana shunday misollarga 1966-yildan keyingi «Toshkent zilzi-
lasi»dan so‘nggi o‘sishdagi holatga kelsak, bunda 1972-yilda
shu o‘sishning cho‘qqisi kuzatilgan, ya’ni zaxmning o‘sishi 100
ming aholiga 44ni tashkil qilgan, buni tibbiyotda intensiv
ko‘rsatkich deyiladi. Bu paytda ham zilzila oqibatlarini bartaraf
etish maqsadida hasharga kelgan odamlarning migratsion jara-
yoni kuchayganligi sabab bo‘lgan. Bu vaqt turli-turli joydan
kelgan ishchi-quruvchilar orasidagi «erkinlik», ya’ni jinsiy be-
tartibliklar, ularning orasida esa tushuntirish ishlarining yetarli
darajada olib borilmaganligi va ular kelgan vaqtlarida turli tib-
biy tekshiruvlardan o‘tkazilmaganligi yoki tekshiruvning to‘liq
bo‘lmaganligi kasallik tarqalishining asosiy sabablaridan
bo‘lgan.
Zaxm va so‘zakning respublikamizdagi hozirgi 5-cho‘qqisi
avvalgilariga o‘xshash bo‘lmagan o‘ziga xos sabablarga
bog‘liqligi aniqlandi. Bu 5-o‘sish zaxm bo‘yisha asosan 1991-
yildan boshlangan bo‘lib, bu vaqt yuqoridagi intensiv ko‘rsat-
kich (har 100 ming aholiga) 1,8 ni tashkil etgan. Shu vaqt ichi-
da 1997-yil shu ko‘rsatkich 47,3 ga yetdi. Lekin 1998-yil hiso-
biga bu ko‘rsatkich 45,5 gacha kamaydi. Ammo bu pasayish
216


hech kimni xotirjam qilmasligi kerak. Agar so‘zak bo‘yicha
yuqoridagi ko‘rsatkichni tahlil qilsak, 1997-yilda yurtimizda
100 ming aholiga 26,7 kasallik, 1998-yilda esa bu ko‘rsatkich
27,5 taga o‘sgan.
Respublikamizda yuqorida qayd qilganimizdek, trixomo-
niaz ham o‘sgan. Agar 1997-yili har 100 ming aholiga 85,5
bo‘lgan bo‘lsa, 1998-yilda bu ko‘rsatkich 100 tagacha o‘sgan.
Bu kasallik ham o‘zining ashaddiy asoratlari bilan jinsiy aloqa
bilan yuquvchi kasalliklar turkumiga kiradi. Hozirda respub-
likada asosan mana shu kasalliklar yuqori darajada uchraydi.
Ko‘pincha shu turkumga kiruvchi kasalliklar, ya’ni vene-
rologiya faniga ma’lum bo‘lgan kasalliklarni barchasi ham yur-
timizda uchramaydi.
Yurtimizda xlamidioz, mikoplazmoz va gardnerellioz kasal-
liklarining diagnostikasi kam yo‘lga qo‘yilgan, lekin aniqlangan
kasalliklar miqdori kamchilikni tashkil qilgan.
XX asr «vabo»si deb yuritiladigan jinsiy yo‘l bilan yuquvchi
kasalliklardan biri OITS katta ijtimoiy muammoni tashkil eta-
di. Avvallari bu kasallik 1995-yilgacha yiliga bittadan qayd etil-
gan bo‘lsa, 1996-yilda 3 ta, 1997-yilda esa 8 ta immunitet tan-
qisligi virusi mavjud bo‘lgan odamlar topildi. Hozirda qo‘shni
MDH davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatib turibdiki, agar zaxm-
ning har 100 ming aholiga bo‘lgan ko‘rsatkichi 150 dan o‘ssa,
unda OITSni ko‘payish ehtimoli oshadi. Bu hozirda o‘ziga xos
indikatorlik vazifasini bajarayapti. 
Shu boisdan yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, har bir
o‘sishning o‘ziga xos sabablari bo‘ladi. Bu o‘sishda jinsiy aloqa
orqali yuquvchi kasalliklar uchun eng asosiy sabablardan biri
migratsion jarayondir. Shu bilan birga kasallik o‘sishida yangi
omillar paydo bo‘ldi. Bular mayda, o‘rta biznes bilan shug‘ul-
lanuvchilar, olibsotarlar va ularning xotinlari hisoblanadi. Ya’ni
bunda uy bekalari bo‘lgan o‘ynash va fohishalarning rolini
alohida ta’kidlash kerak. Buni quyidagi raqamlar ko‘rsatadi.
Masalan, 15—17 yoshli bemorlarni Toshkent shahri bo‘yicha
1998-yilda 44 tasi zaxm bilan kasallanishgan. Ular orasida
37 tasi qizlardir. 18—20 yoshli kasallarning 68%ini ayollar
tashkil qiladi, 21—50 yoshlilarning esa 53%i ayollardir. 
Hozirda kasalliklarning aniqlanishi, asosan kech amalga
oshirilmoqda. Bu esa o‘z vaqtida aholi o‘rtasida tushuntirish
ishlarining sust olib borilayotganligidan dalolat beradi.
217


Masalan, zaxmning 67,4% (1998-yilda) respublikada kech
aniqlangan.
Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlovchi misollardan yana shuni
ta’kidlash joizki, avvallari kasalliklar asosan shaharliklar orasida
ko‘p uchragan bo‘lsa, hozirda esa qishloq aholisi o‘rtasida ham
ko‘paygan. 1998-yilda zaxm bilan qishloq aholisi orasida 34%
dan ortiqrog‘i kasallangan. Aholining shu qatlamida so‘zak
30%ni tashkil etgan, lekin bular orasida ayollarning kasallanishi
erkaklarga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Hozirda jinsiy
aloqa orqali yuquvchi kasalliklarning tarqalishi avj olib turgan
bir vaqtda har bir inson o‘zining qadamini o‘ylab bossa, o‘rinli
bo‘ladi. Shundagina bu ixtimoniy kasalliklar tarqalishining oldi
olinadi.
10.3. JINSIY ALOQA ORQALI YUQADIGAN 
KASALLIKLARNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Keyingi yillarda tanosil kasalliklarining oldini olish borasi-
da ko‘pgina ishlar qilinganligiga qaramasdan, ularning yil sayin
oshib borishi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Kasalliklar past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan paytda ularning
oldini olish yuzasidan turkum ishlar susayganligi sababli kasal-
lik kuchayganda bu sohadagi faoliyat ta’sirchanligini keng tahlil
qilishni oshirish, bu sohada yangi ilg‘or chora-tadbirlarni
qo‘llash zarur bo‘lib qoladi.
Hozirda tanosil kasalliklarining o‘sishi boshqa vaqtdagilar-
dan farq qilganligi sababli tushuntirish ishlarini, kasallikning
oldini olish chora-tadbirlarining yangi yo‘nalishlarida izlanish
va taxminlar asosida tashkil etishni taqozo qiladi.
Kundalik hayotda uchraydigan har xil vaziyatlar, por-
nografiya, ota-onalarning o‘zaro munosabatlarining yomonligi,
yoshlar o‘rtasida narkomaniya, alkogolizm va fohishabozlikning
rivoji, yoshlar o‘rtasidagi gomoseksualizmni avj olishi, albatta
shularga qarshi chora-tadbirlarni yangi yo‘nalishlarini ishlab
topishga undaydi.
Yuqoridagi sabablar, albatta bolalarning ruhiy holatiga
ta’sir etadi va o‘quv muassasalarida bu boradagi ta’lim-tarbiya
ishlarini to‘laqonli olib borilishiga xalaqit beradi. Ayni paytda
bular milliy udumlarga rioya qilish chegarasidan chiqaradi.
Bularning hammasi tanosil kasalliklari bo‘yicha birlamchi
218


profilaktikaning sustligidan dalolat beradi va bu kasalliklarning
tarqalishidagi asosiy omillardan biri ekanligi isbot etiladi.
Shuning uchun hozirda hech narsani ayamasdan, aholini
tanosil kasalliklari haqidagi axborotlar bilan to‘liq ta’minlash
zarur. Bunda har xil yoshga va uning jinsiga mos adabiyotlar
bilan ta’minlash kerak. Ularda kasalliklarni belgilari haqida,
ularning yuqish yo‘llari va ularning oldini olish chora-tadbirlari
ko‘rsatilishi hamda odam eng avvalo o‘zini va atrofidagilarning
sog‘lig‘i uchun qayg‘urishi lozimligini tushuntirish zarur.
Birlamchi profilaktikani hozirda yurtimizda past darajada
hisoblashadi. Lekin respublikada keyingi paytlarda gazeta va
jurnallarda maqolalar, radio va televideniyeda chiqishlar biroz
avj olmoqda, ammo yoshlar o‘rtasida har xil tanosil kasalliklari
haqida maxsus eshittirishlar hozircha kam. Birlamchi profilak-
tika uchun yoshlarga, hatto o‘quvchi va talabalar uchun mos
adabiyotlar chop etish va tarqatish foydadan xoli bo‘lmas edi.
Adabiyotlarning yetishmovchiligi, albatta, yoshlarni boshqa no-
munosib adabiyotlarga pornografiya va behayo videofilmlarga
murojaat etishlariga majbur qiladi. Bular, albatta, yoshlar tar-
biyasiga salbiy ta’sir qilib, yoshlarni erta jinsiy aloqaga beri-
lishiga sabab bo‘ladi. «Keyingi pushaymon o‘zingga dushman»,
deganlaridek, agar yoshlar bu jinsiy xulq bilan hayot sahnasiga
chiqsalar albatta kech bo‘ladi. Shuning uchun bu borada jiddiy
ishlar olib borish shart.
Hozirgi vaqtda tanosil kasalliklarining oldini olish uchun
barcha kuchlarni birlashtirish to‘g‘ri bo‘ladi, bular hammasi
bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Bularga quyidagi yo‘na-
lishlar kiritiladi: kasalliklarni tarqatish holatining targ‘iboti,
iqtisodiy omillarni izlash va ijtimoiy holatlarni tahlil etish va
boshqalar birlashib tanosil kasalliklariga qarshi kurash sama-
radorligini oshiradi.
Tanosil kasalliklarining oldini olishda har bir inson ongida
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish haqida tushunchalarni
kengaytirish ham o‘ziga xos omillar hisoblanadi. Agar shu
qoidalarga amal qilinsa, tanosil kasalliklarining oldini olishda
shaxdam qadam qo‘yilgan bo‘lar edi. Buning uchun har bir
inson begonalar bilan jinsiy aloqada bo‘lgach, jinsiy organlarini
tozalab, xo‘jalik sovuni bilan yaxshilab yuvgach, margansovkali
suyuq eritma bilan jinsiy organlarini yuvib, quritib, toza ichki
kiyim kiyishi shaxsiy gigiyena qoidalariga kirishini tushuntirish
219


lozim. Hozirda butun jahonda barcha yoshdagilar orasida
«xavfsiz seks» targ‘iboti keng avj olgan. Bunda har bir jinsiy
aloqa oldidan eng qulay oldini olish yo‘li — bu prezervativlar-
dan keng foydalanish targ‘ibotidir. Albatta, targ‘ibot bilan birga
ular keng savdo tizimida erkin bo‘lishi va ularning baholari ar-
zon bo‘lishi lozim.
10.4. YOSHLARDA JINSIY XULQ VA TANOSIL 
KASALLIKLARI
Jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarning bolalar va
o‘smirlar o‘rtasida yil sayin o‘sib borishi ularning ijtimoiy-
psixologik holatlari qay ahvolda ekanligidan dalolat beradi de-
sak xato qilmagan bo‘lamiz.
Respublikamizda hozirgi vaqtda aholining 40%idan ko‘pini
17 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi. Bu esa o‘z vaqtida
tanosil kasalliklari tarqalishining oldini olish borasida yangidan
yangi yo‘l-yo‘riqlar izlab topishni talab qiladi.
Shulardan asosiysi, yoshlar orasida jinsiy xulq tarbiyasini
yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Bu esa barchaning ishi bo‘lib,
hozirda bu ishda bir qancha kamchiliklar mavjud. Yoshlar
orasida axloq normalarining talqini, avloddan avlodga o‘tib ke-
layotgan milliy tarbiyamiz talablarining e’tibordan chetda qo-
layotganligi, ularga amal qilmaslik, ota-onalar orasidagi
munosabatlar, oiladagi muhit, turli tashqi ta’sirlar, tabiiyki, bo-
lalar va yoshlar orasida tanosil kasalliklarining o‘sishiga sabab
bo‘ladi.
Oxirgi paytlarda bolalar va o‘smirlar orasida jinsiy aloqalar
yo‘li bilan tarqalgan kasalliklar holatini ko‘rib chiqsak, juda
achinarli holning guvohi bo‘lamiz.
Agar 1994-yilda 14 yoshli bolalar ichida 15 ta zaxm kasali
qayd qilingan bo‘lsa, 1995-yil 20 ta, 1996-yil 40 ta va 1997-yil-
da esa bu ko‘rsatkich 61 taga yetgan. 61 tadan 37 tasi 14 yosh-
gacha bo‘lgan qizlarda qayd qilingan bo‘lsa, shulardan
72,5% ini qizlar tashkil etishi yanada achinarli holdir.
1998-yilda 18—20 yoshlilar orasida zaxmning tarqalganli-
gini ko‘rsak, bunda yana «yoqa ushlashga» majbur bo‘lamiz.
Bu guruh yoshlarning 62,7% i ayol-qizlar ekanligi jinsiy
tarbiyaning oilada, jamoatchilik orasida qanchalik oqsayotgan-
ligidan dalolat beradi.
220


Shunday qilib, 1998-yilda zaxm bilan kasallanganlar orasi-
da 14 yoshgacha bo‘lganlar 0,5% ni, 15—17 yoshlilar 1,7% ni
va 18—20 yoshlilar esa 77% ni tashkil qiladi.
Agar zaxm kasalligini qishloq aholisi orasida tarqalganligini
ko‘rsak, boshqacha ko‘rsatkichlarning guvohi bo‘lamiz.
Masalan, zaxm 14 yoshgacha bo‘lganlarda barcha kasallik-
larning 0,7% ini, 15—17 yoshlarning 1,5%ini va 18—20
yoshlilarning 6,5%ini tashkil qiladi. Agar shularni jinsiy
tomondan ko‘rib chiqsak, 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda
zaxmning 65,5%ini qizlarda ko‘ramiz. 15—17 yoshlilar orasida
62,2% ini va 18—20 yoshlilar ichida esa 57,7% ni qizlar tashkil
qiladi.
Zaxmni uch guruh bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalganlik
holatini kuzatsak, shu narsa ko‘rinib turibdiki, asosan jinsiy
moyillikning erta uyg‘onishi va fohishabozlikning avj olishi
omil vazifasini o‘tasa, asosiy sabab bu kasalliklar va ularning
oldini olish haqidagi elementar tasavvurlarning yoshlarda
yo‘qligidir.
So‘zakni bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish darajasini
kuzatsak, yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar o‘z tasdig‘ini topadi.
So‘zak 1998-yili har 100 ming aholiga nisbatan biroz o‘sdi
(1997-yilda 26,7%) va 27,5% ni tashkil qildi. So‘zak umumiy
kasallanganlar orasida 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 1,1% ni,
15—17 yoshlilar orasida 4,9% ni va 19—20 yoshlilarning
10,4% ini tashkil qiladi. 14 yoshlilar orasidagi kasallanganlar-
ning 84,7% ini, 15—17 yoshlilarning 50,5% ini va 18—20
yoshlilarning 48,4% ini qizlar tashkil qilgan. Bunda shuni qayd
etish lozimki, ayollarda so‘zak diagnostikasi biroz qiyin, ya’ni
ularda ko‘pincha yashirin, surunkali so‘zaklar uchraydi.
Qishloq aholisi orasida so‘zak 1998-yilda barcha venerik
kasalliklarning 33,8%ini tashkil qilgan bo‘lib, 14 yoshgacha
bo‘lgan bolalar orasida 0,9%ni, 15—17 yoshlilarda 1,3% ni va
18—20 yoshlilar orasida 8,3% ni tashkil qilgan. 14 yoshgacha
bo‘lgan bolalarning 81,8% ini qizlar tashkil qilgan. 15—17
yoshli bolalar ichida so‘zak o‘g‘il bolalarda ko‘proq qayd etil-
gan, ya’ni 66,6%ni tashkil qilgan. 18—20 yoshli o‘g‘il bolalar
orasida ham so‘zak ko‘p aniqlangan, ya’ni 57,6% ni tashkil qil-
gan. Bu holat qishloq aholisi orasida so‘zakning qizlar orasida
kam aniqlanishi asosan u yerlarda jinsiy xulqning, qiz va o‘g‘il
bolalarning o‘zaro yaqin munosabatlarining cheklanganliligi-
221


dan, kattalar tomonidan qattiq nazorat ostida ekanligi bilan
belgilanadi.
Shu yoshdagilar orasida jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasallik-
lar haqidagi bilimlari ko‘rib chiqilganda, qiziq natijalar olindi.
Tanosil kasalliklari haqidagi bilimlarni sinash shuni ko‘rsatdiki,
har xil kasallik haqida o‘quvchilar turlicha bilimga ega ekanlar.
Eng yaxshi bilim shahar va qishloq yoshlari orasida odamlar
immunitet tanqisligi sindromi (OITS) to‘g‘risidagi bilimlar
ekanligi aniqlandi. Zaxm va so‘zak haqida maktab o‘quvchilari
o‘rtasida bilimlar past darajada bo‘lib, shahar bolalari orasida
qishloqdagi yoshlarnikidan ham pastligi isbot etildi. Bu esa
shaharda maktab yoshlari orasida shu narsalar haqida axborot-
lar olish past darajada ekanligidan dalolat beradi. Nikohgacha
jinsiy hayot tajribasiga ega bo‘lish-bo‘lmasligi haqida o‘ziga xos
natijalar olingan. YUNESKO loyihasi asosida qo‘llanma mual-
liflari tomonidan maxsus o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga
ko‘ra qishloq maktablaridagi 9-sinf qizlaridan 30%ga yaqini
nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo‘lishlikka qarshi
emasligini bildirgan. Shaharda bu ko‘rsatkich 38%ni tashkil et-
gan. Shu raqamlardan kelib chiqqan holda, mazkur yoshda jin-
siy hayotni rad etmagan va shu bilan birga jinsiy yo‘l bilan
yuqadigan kasalliklar va ularning oldini olish vositalari haqida
bilimlarning o‘ta sayozligi mazkur muammoni bugungi kunda
nafaqat o‘zga davlatlar, balki O‘zbekistonda ham nihoyatda
dolzarbligini ko‘rsatadi. Shu sababli ham ta’lim va tibbiyot
xodimlari yoshlar orasida zarur bo‘lgan bilimlarni berib borish-
lari va tushuntirish ishlarini keng tarmoqda olib borishlari
hozirgi kunda ular oldida turgan eng muhim vazifalardan
biridir. Bundan tashqari bolalarni shu tariqa bilimlarini oshi-
rishda har xil jamiyatlar, jamoat turkumlari keng miqyosda
tushuntirish ishlarini olib borishlari kerak. Shunday qilinganda
bu kasalliklar soni kamaytirilib, inson salomatligiga putur
yetkazishning oldini olgan bo‘lar edik.
Bilimlarni tekshirish uchun savollar?
1. Tanosil kasalliklari qanday yuqadi?
2. Bu kasalliklar turi hozirda nechta?
3. Tarqalganlik holati hozirgi kunda qanday?
4. Nima sababdan bu kasalliklar o‘sib turadi?
5. Oldini olish uchun asosan nimalarga amal qilish lozim?
222


6. Birlamchi profilaktika nima?
7. Tanosil kasalliklarining oldini olishda qanday omillarga muro-
jaat qilish kerak?
8. Ikkilamchi profilaktika nima?
9. Shaxsiy gigyena nima?
10. Hozirda tanosil kasalliklarining tarqalish holati qanday?
11. Yoshlar orasida tanosil kasalliklari qay ahvolda?
12. Qishloq va shahar yoshlari orasida tanosil kasalliklarining
farqi?
13. Yoshlar orasida tanosil kasalliklari haqidagi bilimlar qanday?
14. To‘ygacha bo‘ladigan jinsiy aloqaga qanday qaraysiz?
Mavzuga oid rivoyat
O‘zing suymaganni boshqaga ravo ko‘rma
Saodat asrida Payg‘ambarimiz (s.a.v) as’hobi ila suhbatda
edilar. Bir yigit kirib keldi va odobsizlik bilan:
— Yî, Rasululloh! Men falonchi ayol bilan yaqinlashmoq-
chiman, u bilan zino qilmoqni istayman, — dedi. 
As’hobi kirom bu muomaladan qattiq xafa bo‘ldilar. Ular
orasida g‘azablangan, yigitni urib Payg‘ambarimiz (s.a.v)
huzurlaridan chiqarib tashlamoqchi bo‘lganlar bo‘ldi. Ba’zilar
do‘q qildilar, chunki yigit nihoyatda hayosiz muomala qil-
gandi.
Suyukli Payg‘ambarimiz (s.a.v): «Ul yigitga tegmang, beri
kelsin», — dedilar. Yigitni yonlariga o‘tqazib:
— Yigit, birovning onang ila bunday yomon ish qilishini
istaysanmi? Bu jirkanch harakat senga xush keladimi? — deb
so‘radilar.
Yigit shiddat bilan:
— Yo‘q, Rasululloh, — deb javob berdi.
Rasululloh (s.a.v):
— Unday bo‘lsa, bu jirkanch ishni qilmoqchi bo‘lganing —
ayolning avlodlari, yaqinlari ham bundan xursand bo‘lmaydilar.
Agar bu xunuk ishni sening onang, singlingga qilsalar yaxshi-
mi? Yoki xolang, ammang va yoki qarindoshlaringdan biri ila
shu ishni istasalar yaxshi ko‘rasanmi? — deb so‘raganlarida
yigit o‘rnidan sapchib turib «yo‘q» deb javob berdi.
Rasululloh (s.a.v):
— Boshqa odamlar ham bu ishdan xursand bo‘lmaydilar va
223


hech biri buni yaxshi ko‘rmaydilar, — dedilar va yana so‘radi-
lar:
— Ayt, singling shunday qilsa suyunasanmi?
Yigit:
— Yo‘q, aslo! — dedi qat’iy va hech kim bilan bunday ish-
ni xush ko‘rmasligini aytdi.
Shundan keyin Hazrat Payg‘ambarimiz (s.a.v) muborak
qo‘llarini yigitning ko‘ksiga qo‘yib bunday duo qildilar:
— Allohim! Sen bu yigitning qalbini pokiza qil. Nomusi va
sharafini muhofaza ayla va gunohlarini kechir.
Yigit Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning huzurlaridan xursand
bo‘lib chiqdi.
224


XI b o b. OILAVIY MUNOSABATLARNI
O‘RGANISHGA OID PSIXODIAGNOSTIK 
TESTLAR
11.1. YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASHGA 
QARATILGAN TESTLAR
Muhabbat degan narsa juda oz kishiga
nasib bo‘ladirg‘on bir duri bebahodir.
Abdulla Qodiriy
1- test. «Sevgi va yoqtirish mayli shkalasi» testi
Oila qurish motivlaridan biri sevgi-muhabbat hisoblanadi.
Oilaviy munosabatlarning qay darajada kechishi ko‘pincha shu
motivga bog‘liq. Lekin har qanday inson o‘z his-tuyg‘ularining
sevgi obyekti, ya’ni tanlagan kishisiga nisbatan qanday ekanli-
gini bilib olishi kerak. 
Quyida keltiriladigan test shaxsdagi his-tuyg‘ularidan sevgi
va yoqtirishning darajasini aniqlashga yordam beradi. Buning
uchun shu 14 ta tasdiqlarning ushbu javob variantlaridan birini
belgilaysiz:
a) ha, bu shunday;
b) ehtimol shundaydir;
d) u qadar bo‘lmasa kerak;
e) butunlay unday emas.
Bunda iloji boricha tez ishlashga harakat qiling. 
Bu tasdiqlarning toq va juft o‘rinda turganlarining ballarini
summasini hisoblash orqali o‘zingizdagi hissiyot turini
aniqlashingiz mumkin. Buning uchun toq va juft tasdiqlar
bo‘yicha olgan ballaringizni hisoblab chiqing. Ya’ni toq sonda-
gi tasdiqlar orqali sevgi darajasini, juft sondagi tasdiqlar esa
yoqtirish (mayli) darajasini bildiradi.
Qaysi shkala bo‘yicha ballaringizning ko‘p ekanligi, sizning
munosabatingizda shu his-tuyg‘u turining ustunligini ko‘rsatadi.
Muhabbat eng qadimiy va navqiron tushuncha. U shu kun-
gacha qarigan emas, bundan keyin ham qarimaydi. U hamisha
225
8 — Oila psixologiyasi


oftob kabi qalbga yaqin, ammo har bir zamon, har bir avlod va
har bir qalb uning yanada yangi, mazmunli, ko‘rkam va fayzli
bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
T. Qorayev
226
1. Men unga mutlaqo hamma narsani isho-
nishim mumkin.
4
3
2
1
2. Birga bo‘lgan vaqtlarimizda bizning 
kayfiyatimiz doimo mos tushadi.
4
3
2
1
3. U faqat menikidir deb ayta olaman.
4
3
2
1
4. U juda aqlli kishi.
4
3
2
1
5. Uning uchun men mutlaqo hamma 
narsaga tayyorman.
4
3
2
1
6. Ko‘pchilik hollarda, u odamlar bilan 
tanishgan vaqtlarimizda ularga yoqa boshlaydi.
4
3
2
1
7. O‘zimni noxush (yomon) his qilgan 
vaqtlarimda faqat u bilan suhbatlashgim, 
hasratlashgim keladi. 
4
3
2
1
8. Biz u bilan qalban o‘xshashmiz deb 
o‘ylayman.
4
3
2
1
9. Agar, usiz yashashga to‘g‘ri kelib qolsa,
unda menga juda og‘ir (qiyin) bo‘lar edi.
4
3
2
1
10. Men unga o‘xshagan bo‘lishni xohlar 
edim.
4
3
2
1
11. Unga doimo yaxshi bo‘lishi uchun men 
o‘zimni javobgar deb his qilaman.
4
3
2
1
12. U menga nisbatan yaxshi munosabatda 
ekanligiga ishonchim komil. 
4
3
2
1
13. Uning boshqalardan ko‘ra, menga 
ko‘proq ishonishini his qilish menga yoqadi.
4
3
2
1
14. U men bilgan qizlar (yigitlar) orasida eng 
jozibali (yoqimlidir).
4
3
2
1
a b d
e
T a s d i q l a r


2-test. «Bu katta sevgimi yoki yengil-yelpi 
yoqtirishmi?» testi
Quyida beriladigan savolli vaziyatlarga mos kelgan javobni
tanlasangiz, u holda sizdagi hislaringizning qanday ekanligini
bilib olish imkoni tug‘iladi. Javob namunasining o‘zingizga
ma’qulini tanlayotganingizda miyangizga birinchi bo‘lib kelgan
fikrni tanlash maqsadga muvofiq ekanligini unutmang.
1. Uchrashuvga keta turib, Siz:
a) o‘zingiz yoqtirgan ko‘ylagingizni kiyasiz;
b) u yoqtirgan ko‘ylakni kiyasiz;
d) ko‘ylaklaringiz orasida eng yangisini kiyasiz.
2. Siz sevgilingizning ota-onalariga ro‘baro‘ kelib qolsangiz:
a) Siz bundan juda xijolat bo‘lasiz;
b) bu siz uchun yoqimli va qiziqarli;
d) ularga duch kelmasam bo‘lardi, deb o‘ylaysiz.
3. Agar Sizning sevgilingiz Sizga kitob taqdim etsa:
a) Siz boshqa kitobga almashtirishga tayyorsiz;
b) shunday kitobni orzu qilardim, deysiz;
d) bexosdan «Menda bu kitobdan bor!», — deysiz.
4. Agar u sizga qo‘ng‘iroq qilaman deb va’da bergan
bo‘lsa-da, lekin nechundir qilmasa:
a) Siz yig‘laysiz;
b) kun bo‘yi telefon oldida o‘tirasiz;
d) dugonangiz (do‘stingiz) bilan aylangani chiqib ketasiz.
5. Agar Siz uning onasiga yoqmasangiz, ya’ni uning onasi
Sizni yoqtirmasa:
a) Siz uning onasi talablari bilan hisoblashasiz;
b) uning onasiga yoqish uchun astoydil harakat qilasiz (gul
berasiz, yaxshi so‘zlashasiz); 
d) onasidan yoqtirmaslik sababini so‘raysiz.
6. Agar Sizga u biror joyga borishni taklif etsa-yu siz uning
moddiy ahvoli tang ekanligini bilsangiz, u holda Siz:
a) xarajatlarni birgalashib to‘lashni taklif etasiz;
b) shunchaki sayr qilishni taklif etasiz;
d) biror-bir mavzuda suhbat uyushtirasiz (yangi filmlar,
tomoshalar haqida).
7. Janjallashib qolsangiz, janjaldan keyin Siz o‘zingizni
aybdor ekanligingizni his qilsangiz ham, Siz:
a) uning qo‘ng‘iroq qilishini, u birinchi bo‘lib kelishini ku-
tasiz;
227


228
b) undan siz kechirim so‘raysiz;
d) o‘rtoqlaringizga (dugonangizga) bo‘lgan janjalni o‘zi-
ngizni aybdor ko‘rsatmay so‘zlab berasiz.
8. Agar sizning sevgilingiz sportni sevsa, Siz:
a) u bilan musobaqalar tomosha qilgani borasiz;
b) uning «xobbi»sini, qiziqishini ma’qullaysiz;
d) uyda yolg‘iz qolishni afzal ko‘rasiz, gohida uning xob-
bisi ustidan kulasiz.
9. Siz tasodifan ilgari yoqtirgan kishingiz bilan ko‘chada
uchrashib qolsangiz, Siz:
a) u bilan uchrashishdan voz kechasiz;
b) unga, endi boshqa kishini sevishingizni aytasiz;
d) o‘tgan damlaringizni eslab, u bilan uchrashuvga rozi
bo‘lasiz.
10. Sevganingiz bilan uzoq ayriliqdan Siz:
a) yolg‘izlikdan qiynalmaslik uchun, dugona yoki do‘st-
laringiz bilan birga vaqt o‘tkazasiz;
b) yolg‘izlikda o‘zingiz vaqt o‘tkazasiz va doimo (sev-
ganingizga) maktublar yozasiz.
d) undan oldingi yoqtirgan odamingiz bilan uchrashishga
harakat qilasiz va unga o‘zingizni bildirasiz.
Test natijalarini baholash:
¹
a
b
d ¹
a
b
d
1.
2
3
1
6.
2
3
1
2.
2
3
1
7.
2
3
1
3.
2
3
1
8.
2
3
1
4.
2
3
1
9.
2
3
1
5.
2
3
1
10.
2
3
1


229
Test natijalari tahlili:
15 balldan kam: O‘zingizni va uni aldashingiz behuda, siz
uni sevmaysiz.
15—28 ball: Sizning o‘ylashingizcha, Siz uni sevib qolgan-
siz, lekin buni aniq ishonch bilan aytish asosli emas.
28 balldan yuqori: Siz haqiqatan ham uni sevasiz. 
Agar sevsang, muhabbatingga arziydiganni sev. Sevilgan
odam Ptolomey yoki Aflotun darajasida bo‘lishi shart emas,
lekin oz bo‘lsa-da, idrok egasi bo‘lmog‘i kerak. 
«Qobusnoma»dan.
3-test. «Siz uni qay darajada sevasiz?» testi
Quyidagi test orqali sevgi obyektingizga nisbatan sizdagi
hisssiyot darajasini bilib olish mumkin bo‘ladi. Buning uchun
qo‘yilgan savolga javoblarning uchtasidan birini tanlashingiz
zarurdir va tanlash jarayonida uzoq o‘ylamaslik kerak bo‘ladi.
1. Siz odamni bir marta ko‘riboq, shu onning o‘zida sevib
qolish mumkinligiga ishonasizmi?
a) nimaga bo‘lmas ekan, aslida shuning o‘zi haqiqiy sevgi;
b) bunaqasi bo‘lmaydi, bu sevgi emas;
d) ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi.
2. Agar Sizning do‘stlaringiz unga shubha, nafratli muno-
sabatda bo‘lishsa, siz uni sevgan bo‘larmidingiz?
a) so‘zsiz;
b) o‘ylaymanki, ha.
d) hech qachon.
3. Siz u bilan oldin ko‘rgan filmingizni yana qaytadan
ko‘rgani borarmidingiz?
a) agar u buni iltimos qilsa (so‘rasa) borgan bo‘lardim.
b) buni qilishdan baxtiyor bo‘lardim.
d) Siz kinodan so‘ng ham uchrashishingiz mumkin.
4. Agar u sizning do‘stlaringizga yoqmasa, unda Siz nima
qilgan bo‘lardingiz?
a) do‘stlarim bilan munosabatlarimni aniqlab olgan
bo‘lardim;
b) to‘g‘ri tanlaganligimdan shubhalanardim;
d) bunaqasini tasavvur qila olmayman.
5. U haqda gapirayotgan vaqtingizda dastavval nimani es-
laysiz?


a) qaddi-qomatini, yoqimli yuzini, ba’zan chiroyli sochini;
b) aqlini, ma’lumotliligini, tarbiyalanganligini, o‘zini tuta
bilishligini, gaplashganlikdagi tetik manerasini, ba’zan
samimiyligini.
d) nima to‘g‘ri kelsa shuni, chunki o‘zim tanlaganligim-
ning barcha afzalliklarini men sanab o‘tishga qodir emasman.
6. Sizlar birga bo‘lmagan vaqtlaringizda, u nima bilan
mashg‘ul bo‘lishligini bilasizmi?
a) hozircha Siz o‘zingizning raqibingiz (raqibangiz)
yo‘qligiga ishonasiz, shuning uchun bunaqa arzimagan narsalar
bilan boshingizni qotirib o‘tirmaysiz;
b) ha, chunki biz doimo oxirgi uchrashuvimizdan so‘ng
o‘tgan vaqtlarda har birimiz bilan nima hodisa ro‘y berganligini
bir-birimizga gapirib beramiz;
d) biz ikkalamiz ham erkinmiz, shuning uchun u nima
xohlasa shuni qilishi mumkin.
7. Bir kunmas bir kun Sizlarning munosabatlaringizga
yakun yasalishini tasavvur qila olasizmi?
a) men bu haqda o‘ylashga jur’at eta olmayman;
b) ertami kechmi, bu, albatta ro‘y beradi.
d) biz bir-birimizga shu qadar bog‘lanib qolganmizki, bun-
day bo‘lishi mumkin emas.
8. Hayot so‘zsiz go‘zal, faqat ikkovlon bo‘lsa?
a) agar odam sevgan bo‘lsa, aks holda u buni tasavvur ham
qila olmaydi;
b) ha, yolg‘izlikda zerikarli bo‘ladi;
d) birgalikdagi hayot, faqat bir-birini haqiqatan sevuvchi
ikki qalb uchun go‘zal.
9. Agar Sizlar ikkovingiz yolg‘iz qolgan bo‘lsangiz, hayot-
ning «buyuk» masalalari haqida gaplashasizlarmi?
a) bunga deyarli vaqt yetmaydi;
b) nimaga kerak?
d) ha, ko‘p gaplashamiz.
10. Sizda u bilan tanishgan vaqtingizdagiga qaraganda
boshqa odam bo‘lib qolganligi haqidagi tasavvur bormi?
a) Siz uni qanday tasavvur qilganigizcha qoldi;
b) u boshqacha odam bo‘lib chiqdi, biroq u shundayligicha
sizga yana ham ko‘proq yoqadi;
d) albatta, u dastlabki daqiqalarda tasavvur etilganidan
ideal emas.
230


Test natijalarini baholash:
¹
a
b
d ¹
a
b
d
1 108
7
6.
4
7
0
2.
7
3
1
7.
9
4
7
3.
6
7
3
8.
9
1
7
4. 102
7
9.
2
1
7
5.
2
7 10 10. 10
7
5
Test natijalari tahlili:
30 balldan kam bo‘lsa: balkim siz uchun do‘stona muno-
sabatlar uning shaxsidan muhimroqdir. Balkim siz uni yetarli
darajada bilmasdirsiz, aniqroqi uning tashqi ko‘rinishidan
qoniqasiz xolos. «Mana qanday g‘alabaga erishdim, kimni
o‘zimga rom qilib oldim!», — degandek. Ba’zan bunday holat
yoqimli hamdir, biroq ehtiyot bo‘ling, axir Siz birovlar uchun
emas, balki o‘zingiz uchun juft tanlayapsiz!
31 dan 65 ballgacha: Ideal sevgi shunaqa: Siz o‘z tanla-
ganingizning tashqi ko‘rinishini ham, xarakterini ham sevasiz,
uning nafaqat afzalliklarini, yaxshi xislatlarini qadrlab qolmay,
balki yaxlitligicha qabul qilasiz. Siz uni bilishga va tushunishga
intilasiz. Albatta, sizga o‘z hayotingizni bajonidil baham
ko‘rishni istagan odamingiz bilan qiziqmasangiz, yana boshqa
kim bilan qiziqasiz. Siz ikkovingiz hamma narsaga qodir ekan-
ligingizni his qilasiz.
65 balldan ko‘pi: Sevgi — ajoyib narsa! Faqat u agar
ikkovlon sevgining o‘zini emas, balki bir-birlari sevsa uzoq
davom etishi mumkin. Siz o‘z predmetingiz bilan shu qadar
mashg‘ul bo‘lib ketgansizki, odamning o‘zini ko‘rmaysiz,
balkim u haqidagi o‘z tasavvuringizga asoslanasiz. Balkim siz
o‘z sevgilingizda, agar uni o‘z fantaziyangizda yaratilgan ideal
obrazgagina asoslanib qolmay, uni yaqindan bilishga intilsangiz
pushaymon bo‘lmaysiz.
231


Sevgi barcha tuyg‘ular ichida eng qudratlisidir, shuning
uchun ham u aql-u xayolni, qalb va vujudni egallab oladi.
F.Volter.
4-test. «Sevgi-muhabbatga loyiqmisiz?» testi.
O‘zbekistonning taniqli yozuvchilaridan bo‘lgan Pirimqul
Qodirov ta’kidlaganidek «Sevgi — bu shunday bir ulug‘ va ilo-
hiy so‘zdirki, kimdir bu so‘zni bir gap bilan, kimdir ko‘p gap
bilan, va yana kimdir aytolmay qoladi». Quyida taklif etilayot-
gan test biz oilaviy hayot kechishi yoki kimgadir keraklilik hissi
bo‘lishi uchun shaxsning o‘zi bu hisga loyiqligini aniqlash
imkonini beradi. Buning uchun siz quyidagi gaplarni «ha» yoki
«yo‘q» so‘zlari bilan tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi.
1. Erkak kishi, menimcha, hamisha ayolga nisbatan faol-
roq bo‘lishi kerak.
2. Men sevimli kishimga hatto arzimas sababga ko‘ra ham
shodlik bag‘ishlashni yaxshi ko‘raman. 
3. Begona kishilar orasida sevimli, muloyim bo‘lishdan
o‘zimni yo‘qotib qo‘yaman.
4. Sevimli kishimga o‘zimni nihoyatda zarur, deb hisoblay-
man.
5. Hamkorlikdagi hayotning 15 yilidan keyin xislatlar
asosiy narsaga aylanadi.
6. Men osonlik bilan o‘z his-tuyg‘ularimni namoyon eta-
man va ular haqida bamaylixotir gapira olaman.
7. Farzandlarim, uyim, xislatlarim bo‘lmaganida hayotimni
o‘zgartirardim.
8. Taqdirim bilan bog‘liq bo‘lgan kishi men uchun eng aziz
va mehribon inson sanaladi.
9. Ochig‘ini aytganda, sevgi nima ekanini aytishga qiynala-
man.
10. Men sevadigan inson bilan oramizda yuz berayotgan
narsalar juda muhim va asosan o‘zim uchun.
11. Men sevgilimni sog‘inishdan ko‘ra, uni ko‘proq rashk
qilaman.
12. Taqdir meni bog‘lagan insonni juda sevaman.
13. Ayrim paytlari sevgan insondan charchab ketaman.
14. Har doim suyukli kishini shod etishga harakat qilaman.
15. Ba’zi hollarda bir-birimizni tushunmayotgandek va tur-
mushimizni turlicha tasavvur etayotgandek tuyuladi.
232


16. Oilaviy hayot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun muhim
qarorlarni er-xotindan biri qabul qilishi lozim.
Test natijalarini baholash:
2,4,6,8,10,12,14,16 — savollardagi «ha» va
1,3,5,7,9,11,13,15 — savollardagi «yo‘q» 
javobiga 10 balldan, har bir savol belgisiga 5 balldan
qo‘shing.
Test natijalari tahlili:
100—160 ball. Siz his-hayajonga beriladigan odamlar turiga
mansubdirsiz. Chuqur sevish xislatiga egasiz va vafodor bo‘la
olasiz, o‘z muhabbatingizdan tortinmaysiz va uni namoyon eta
bilasiz. Ammo ba’zi bir holatlarda muhabbatingiz Siz uchun
qayg‘u-alam manbayiga aylanishi, yaqin kishingiz bilan muno-
sabatdagi qiyinchiliklar haqiqiy fojiaga sabab bo‘lishi mumkin.
Sevgining murakkab san’atini o‘rganib olish uchun barcha
ko‘rsatkichlarga egasiz, chunki sizda sevish va shunday javob
his-tuyg‘ularini uyg‘otish qobiliyati mujassam.
50—99 ball. Siz ta’sirchan insonsiz. His-tuyg‘u masalasi
hayot uning hamma vaqt ham birinchi o‘rinda turmasligini is-
botlab bergan bo‘lsa-da, siz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday holatlar bo‘lganki, tuyg‘u butunlay sizni qamrab ol-
gan, biroq bu vaziyatlarda o‘zingizni yo‘qotish xavfi sizdan
yiroq. Realizm, sabr-bardosh, ayrim paytlarda g‘urur — aynan
shular sizning xatti-harakatingizni boshqarib turadi. O‘zgarib
turish xususiyatingiz sevgilingiz tomonidan unga nisbatan
sovuqlik yoki erkatoylik, deb qabul qilinishi mumkin.
5-test. «Nikohga ma’naviy tayyorgarlik» testi.
Tekshirilayotgan odam quyidagi keltirilgan 16 ta savol va
tasdiqlarning har biriga berilgan javoblardan birini, ya’ni o‘z
qarashlariga mos kelganini tanlab javob berishi kerak.
Bunda: butunlay qo‘shilaman — 5 ball, qo‘shilaman —
4 ball, biror narsa deyish qiyin — 3 ball, qo‘shilmayman —
2 ball, mutlaqo qo‘shilmayman — 1 ball sifatida baholanadi.
1. Agar odamlar oila-oila bo‘lib yashashni bas qilsalar, un-
da hayot nihoyatda jozibasiz bo‘lib qolgan bo‘lar edi.
233


2. Oilaviy hayotning yaxshi bo‘lishida maxsus bilimlardan
ko‘ra omadning ahamiyati kattadir.
3. Erta boshlangan jinsiy hayot nafaqat sog‘liqqa, balki
bo‘lajak oilaning muvaffaqiyatiga ham katta ziyon keltiradi.
4. Agar turmush o‘rtog‘i bilan yumshoq munosabatda
bo‘linsa, uning holati e’tiborga olinaversa, unga achinilsa,
hamdardlik qilinaversa, o‘z ko‘zlaganingga erishish juda qiyin
bo‘ladi.
5. Topshirilgan ishni oxirigacha bajarish — bu men uchun
burchdir.
6. Ota-onalar va ularning voyaga yetgan farzandlari bilan
bo‘ladigan nizolar bartaraf qilinib bo‘linmaydigan muqarrar ni-
zolardir.
7. Men o‘z tengdoshlarim bilan bo‘ladigan nizolarni bar-
taraf eta olaman.
8. Xotin (er) oldida o‘z odatlaridan qaytishi yoki ularni
o‘zgartirishi kerak emas, chunki bu tobelikka olib keladi.
9. Har kim o‘z baxtini yaratuvchisidir, degan ibora oilaviy
hayotga butunlay taalluqlidir.
10. Men, oila ko‘proq hayotdan qoniqqanlikka olib kelishi-
ga ishonaman.
11. Agar odamda ezgulik, xushmuomalalik bor bo‘lsa, de-
mak oilaviy hayot uchun juda ko‘p narsa bordir.
12. Agar oilaviy hayot xuddi orzu qilinganidek yaxshi
tashkil qilinmayotgan bo‘lsa, unda hech qanday chora uning
buzilishining oldini ola olmaydi, shuning uchun yaxshisi ajra-
lishgan ma’qul.
13. Men doimo ota-onamni tushunishga harakat qilaman,
agar ularning talablari haqligiga ishonsam, ularga bo‘ysuna-
man.
14. Kishining ayrim beparvoligi va yengiltakligi, hatto
oilaviy hayotni mustahkamlaydi ham.
15. Kimki o‘zini oilaviy hayotga to‘la tayyorman desa, tez-
da o‘zini qayta baholashga to‘g‘ri keladi. Chunki doimo ni-
manidir o‘rganish va o‘zida nimanidir o‘zgartirishga to‘g‘ri ke-
ladigan narsalar mavjud. 
16. Qarama-qarshi jins vakillari bilan muloqotda bo‘lar
ekan, odamga o‘zini atay xushmuomala va sertakalluf tutish-
ning zarurati yo‘q.
234


Natijalarni qayta ishlash:
Tasdiqlarning yuqoridagi ro‘yxatdagi tartib raqamlari
bo‘yicha toq va juft raqamli tasdiqlar bo‘yicha olingan ballar
yig‘indilari alohida-alohida hisoblab chiqariladi.
S1 — toq nomerlar yig‘indisi.
S2 — juft nomerlar yig‘indisi.
Natija quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
32+S1-S2 
K=—————————————— 
x 100%
64
Agar topilgan son, ya’ni K 50% dan kam bo‘lsa — shaxs-
ning oilaviy hayotga ma’naviy tayyorgarligi past darajada bo‘la-
di.
Agar K 50% dan ko‘p bo‘lsa — oilaviy hayotga ma’naviy
tayyorgarlik o‘rtacha va yuqori darajada bo‘ladi.
6-test. «Turmushga chiqishga tayyormisiz?» testi
(qizlar uchun test)
Yoshlarning oila deb atalmish muqaddas dargohda yaxshi
yashab ketishlari ko‘p jihatdan ularning oilaviy hayotga jis-
moniy, ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik tayyorgarlik
holatlariga ham bog‘liq. O‘zingizni bu jihatlardan o‘rganib ol-
moqchi bo‘lsangiz, ushbu testning savollarini diqqat bilan o‘qib
chiqib, ularga berilgan javoblardan o‘zingizga ma’qulini tan-
lang va o‘zingizni bilib oling.
1. Turmush qurganingizdan keyin o‘z kasbingizni saqlab
qolasizmi?
a) 1-farzand tug‘ilgach, ishga qaytaman;
b) bunga astoydil harakat qilaman;
d) yo‘q, mening ishim qoniqtirmaydi.
2. Farzand ko‘rishni xohlaysizmi?
a) eng kami 2 ta;
b) yo‘q;
d) turmush o‘rtog‘im xohlagani uchun.
3. Davralarda turmush o‘rtog‘ingiz boshqa ayol bilan qizi-
qayotganini sezib qolsangiz nima qilar edingiz?
a) boshqa kishiga yoqishga harakat qilaman;
235


b) janjal chiqaraman;
d) bu qilig‘i meni ajablantiradi, lekin men sezdirmaslikka
harakat qilaman.
4. Siz rashkchimisiz?
a) ha;
b) unchalik emas;
d) o‘z turmush o‘rtog‘imga ishonaman deb o‘ylayman.
5. Janjallashib qolganda kim past keladi?
a) men;
b) u;
d) bir marta, u bir marta men.
6. Siz shirin taomlar pishirishni yaxshi bilasizmi?
a) bunday bo‘lish uchun o‘qib olish kerak;
b) faqat bir necha taomlarnigina;
d) pishirishni juda-juda sevaman.
7. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingizdan yashiradigan sirlaringiz
bormi?
a) yo‘q;
b) ba’zan;
d) ba’zi bir narsalar borki, men ular haqida aytishga uyala-
man.
8. Sizning turmush o‘rtog‘ingiz futbol ishqibozi bo‘lsa-chi?
a) bu qiziqishni yo‘qotishga harakat qilaman;
b) u tomoshaga ketganida men o‘z sevgan mashg‘ulotim
bilan shug‘ullanaman;
d) o‘zim ham ishqiboz bo‘lib olaman.
9. Ota-onangiz nikohi qanday?
a) chidasa bo‘ladigan;
b) a’lo darajada;
d) ajrashishgan.
10. Sizningcha turmush o‘rtog‘ingiz ishga sho‘ng‘ib ketishi
mumkinmi?
a) ha;
b) uning ishlari bilan qiziqmayman;
d) mansab hayotda uncha kerak emas.
11. «Moda» degan tushuncha sizlarda har xil qarashlar
bo‘lsa, siz nima qilgan bo‘lardingiz?
a) yon berar edim;
b) rozi bo‘lardim;
d) qarashlarini o‘zgartirishga harakat qilardim.
236


12. «Sinash nikohlari»ga munosabatingiz qanday?
a) rozi bo‘lmas edim;
b) bir-birlarini yanada yaqinroq o‘rganish deb tushunaman;
d) bu haqda biron nima deya olmayman.
13. Sizningcha ayol kishi turmush qurishdan oldin boshqa
erkaklar bilan uchrashib yurgan bo‘lsa, yaxshimi yoki yomon-
mi?
a) menimcha bu kerak;
b) yo‘q;
d) vaziyatga qarab.
14. Turmush o‘rtog‘ingiz boshqa ayol bilan uchrashayot-
ganini bilib (sezib) qolsangiz, kechirar edingizmi?
a) ha;
b) yo‘q;
d) vaziyatga qarab.
237
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1011
12
13
14
2
3
2
1
2
1
3
1
2
1
3
3
2
2
3
1
1
2
1
2
2
3
3
2
2
1
1
1
1
2
3
3
3
3
1
2
1
3
1
2
3
3
Savol
javob
a
b
d
Test natijalarini baholash:
Test natijalari tahlili:
14—23 ball.
Balkim vaqt o‘tishi bilan siz hayotga bo‘lgan
nuqtayi-nazaringizni, dunyoqarashingizni o‘zgartirasiz. Hozir-
cha sizlarning oralaringizda nizolar bo‘lib turadi, chunki siz
o‘zingizni bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingizga o‘rgana olmaysiz.
Asosan sabr-toqatli bo‘ling, kelgusida o‘z turmush o‘rtog‘ingiz-
ga yon berishga odatlanishga harakat qiling.
24—32 ball
. Siz uchun turmushga chiqish biroz ertaroqdir.
Bu borada biroz yetilishingiz lozim. Balki bu boradagi, ya’ni
o‘zingizning turmushga tayyorgarligingiz borasidagi ikkila-
nishingiz bejiz emas. Umuman nikoh har doim ham ajralish
emas. Siz turmush o‘rtog‘ingizni tushunasiz. Balki hayotda siz-
ga hayotiy tajriba, o‘z kuchingizga ishonch yetishmayotgandir.
Agar o‘z xatti-harakatlaringizni nazorat qilib borsangiz, sizdan
yaxshi turmush o‘rtoq chiqishiga imkoniyatingiz bor. Ko‘proq


o‘qing, bu bilimlar ko‘proq sizga kuch qo‘shadi, o‘zingizni
kasb-hunarga yo‘naltiring — bu sizning mustaqil bo‘lishingizga
yordam beradi.
33—47 ball
. Sizga «ha» degan odam baxtlidir. Sizning
nikohingizda qora bulutlar paydo bo‘lmaydi (Sizning
ishtirokingizda, ya’ni siz tufayli emas, albatta). Lekin bu sizning
qiziqishlaringizdan voz kechishingizni anglatmaydi. Siz juda
aqlli, farosatli odamsiz. Bu fazilatlaringiz turmush o‘rtog‘ingiz-
ning shaxsiy qiziqishlariga yordam beradi. Shuning bilan birga-
likda Siz o‘z mustaqilligingizga erishasiz. 
11.2. OILA QURGANLAR UCHUN TESTLAR
Bir-birini bilish — bu bir-biri haqida hamma narsani bilish
emas, bu bir-biriga nisbatan ishonchli va yoqimli munosabatda
bo‘lish, bir-biriga ishonish demakdir.
A.Shveysar
1-test. «Siz bir-biringizni tushunasizmi?» testi
Sevgi o‘z yo‘liga, biroq turmush qurganlar, agar ular
haqiqatan ham uzoq va baxtli umr qurishmoqchi bo‘lsalar,
unda yana bir narsa, ya’ni ularning bir-birlarini tushunishlari
ham muhimdir. Shuning uchun ushbu test orqali Siz o‘z oila-
ngizda bir-birini tushunish uchun qanday holatlar mavjudligini
aniqlab olishingiz mumkin. Buning uchun berilgan savolga
javob namunasining o‘zingizga ma’qulini tez belgilashingiz
kerak bo‘ladi.
1. Sizda orangizdagi munosabatni jiddiy hal qilib olish ke-
rak, degan fikr mavjudmi?
a) ha — 1 ball;
b) yo‘q — 0 ball;
d) munosabatlarni hal qilib olish foydasiz — 2 ball.
2. Agar siz muhim bir savol bermoqchi bo‘lsangiz, buni
to‘g‘ridan to‘g‘ri, ortiqcha urinishlarsiz amalga oshirishingiz
mumkinmi?
a) ha — 0 ball;
b) ha, lekin buning uchun qulay vaziyat talab etiladi —
1 ball;
d) bu haqda so‘z bo‘lishi mumkin emas — 2 ball.
238


3. Turmush o‘rtog‘ingiz ko‘pincha o‘zini qiynoqqa solayot-
gan muammolar haqida indamaydi deb hisoblaysizmi?
a) ha — 1 ball;
b) tasavvur qila olmayman — 2 ball;
d) uning barcha muammolarini bilaman — 0 ball.
4. Har qanday vaqtda ham turmush o‘rtog‘ingiz bilan
muhim narsalar haqida gaplasha olasizmi?
a) ha — 0 ball;
b) har doim emas, imkoniyat bo‘lgan vaziyatni kutish ke-
rak — 1 ball;
d) deyarli ko‘p vaqtda yo‘q, chunki uni bo‘sh vaqti yo‘q —
2 ball.
5. Siz bir-biringiz bilan suhbatlashganingizda gaplaringizni
aniq o‘ylab gapirasizmi?
a) ha, har bir gapimni o‘ylab gapiraman — 1 ball; 
b) yo‘q, bir-birimizga nimani o‘ylasak to‘g‘ri gapira-
veramiz — 2 ball;
d) o‘z fikrimni aytaman, lekin boshqaga ham quloq sola-
man — 0 ball.
6. Siz o‘z muammolaringizni turmush o‘rtog‘ingiz bilan
hal qilganingizda unga ham tashvish orttirayotgandek his qila-
sizmi?
a) ha, bunday tez-tez bo‘ladi — 2 ball;
b) u meni muammolarimga e’tibor bermaydi — 1 ball;
d) u muammolarni men bilan doim hal etadi — 0 ball.
7. Sizning biringiz boshqalar bilan maslahatlashmagan hol-
da muhim muammoni hal eta olasizmi?
a) shunday ham bo‘ladi — 2 ball;
b) birgalikda hal qilamiz, lekin har birimiz o‘z fikrimizda
qolamiz — 1 ball;
d) birgalikda muhokama qilamiz va hal etamiz — 0 ball.
8. Siz umr yo‘ldoshingizdan ko‘ra ko‘proq do‘stlaringiz bi-
lan o‘z fikringizni bo‘lishasizmi?
a) ba’zan shunday bo‘lib turadi — 1 ball;
b) yo‘q, men o‘z muammolarimni turmush o‘rtog‘im bilan
muhokama qilaman — 0 ball; 
d) do‘stlarim meni yaxshiroq tushunadi — 2 ball.
9. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan gaplashganda siz boshqa
narsalar haqida o‘ylaydigan holatlar bo‘lib turadimi?
a) shunday ham bo‘lib turadi — 2 ball; 
239


b) yo‘q, men diqqat bilan eshitaman — 0 ball;
d) agar uni jahli chiqqanini sezsam diqqat-e’tiborimni
qaratishga intilaman — 1 ball.
10. Suhbat jarayonida siz fikrlaringizni oldin aytib olishga
harakat qilasizmi?
a) albatta — 2 ball;
b) turmush o‘rtog‘im o‘zini o‘ylantirgan muammoni aytishi
uchun imkon beraman — 0 ball;
d) ikkalamiz birga muammolarni hal etishimiz zarur, deb
hisoblayman. — 1 ball.
Test natijalari tahlili:
0—10 balgacha.
Sizlarda har biringiz o‘z muammolaringiz
haqida gapirib berish qabul qilingan. Shuning uchun sizning
oilangizda o‘z muammolaringiz haqida gapirish yoqimlidir.
Sizlar o‘z muammolaringizni bo‘lishasiz. Sizlarning har
biringiz, o‘zingizni nima bezovta qilayotgan bo‘lsa, shu haqda
gapirasiz va sherigingiz uni diqqat bilan tinglaydi. Sizni uydagi-
laringiz yaxshi tushunganliklari tufayli o‘z muammolaringizni
boshqalar bilan bo‘lishish uchun zarurat yo‘q. 
11—20 ballar. 
Sizlar bir-biringiz bilan o‘z muammolaringiz
haqida maslahatlashmaysizlar, deb bo‘lmaydi. Biroq shunday
masalalar borki, ular haqida Siz gapirmaysiz va ularni muhoka-
ma qilishga jur’at eta olmaysiz. Bu esa begonalanishga olib ke-
ladi. Siz o‘zingizni tushunadigan odamni chetdan qidira bosh-
laysiz. Chunki Siz sizni tushunadigan kishi oldingizda bo‘lishi-
ni istaysiz hamda shunday kishini izlayapsiz.
Kelin-kuyovlar nikohga qadar hamma narsaga ko‘zlarini
kattaroq ochib qarashlari, nikohdan keyin esa ba’zan ko‘rib
ko‘rmaganga olishlari kerak.
Madlen Skyuderi
2-test. «Oilangizda nizolar mavjudmi?» testi
Oilaviy hayot hamisha bayramlar, to‘ylar va betashvish
kunlardan iborat emas. Oilaviy hayotda gohida tushunmovchi-
liklar, nizolar, ziddiyatli holatlar ham yuz beradi. Navbatdagi
test oilangizdagi nizolarning mavjudligini aniqlaydi.
240


1. Siz uchun muhimi nima?
a) nikohning o‘zi oilali kishidir, deb hisoblash imkoniya-
tidir — 1 ball;
b) turmush o‘rtoqsiz, nikohsiz hayot yomon bo‘lmas edi —
0 ball.
2. Nikohga yetilganlik bilan qarab, uni kattalarning o‘yini-
ga o‘xshaydi, deb hisoblaysizmi?
a) ha — 1 ball;
b) yo‘q — 0 ball.
3. Ota-onangizga moddiy bog‘langanmisiz?
a) ha — 1 ball;
b) yo‘q — 0 ball.
4. Sizning nikoh va kutishlar borasidagi qarashlaringiz mos
tushadimi?
a) ha — 0 ball;
b) yo‘q — 1 ball.
5. Oila turmush tarzi, maishiy-xo‘jalik sohasi haqida
tasavvurlaringiz turmush o‘rtog‘ingiz hamda boshqa oila a’zo-
lari bilan bir xilmi?
a) ha — 0 ball;
b) yo‘q — 1 ball.
6. Munosabatlarni oydinlashtirishda nizo va kelishmovchi-
liklar tez-tez bo‘lib turadimi?
a) ha — 1 ball;
b) yo‘q — 0 ball. 
7. Sizlarni umumiy qiziqishlaringiz, qarashlaringiz,
mashg‘ulotlaringiz mavjudmi?
a) ha — 0 ball;
b) yo‘q — 1 ball.
8. Bolalaringiz nechta?
a) 2 ta va undan ortiq — 0 ball;
b) 2 tadan kam — 1 ball.
9. Bolalaringiz tarbiyasi qanday?
a) yuqori — 0 ball;
b) o‘rtacha yoki past — 1 ball.
241


Test natijalari tahlili:
0—2 ballgacha.
Ajralish sizning oilangizga xavf solayotgani
yo‘q. Mustahkam oila qurish, qiyinchiliklarni yengish uchun
barcha imkoniyatlar mavjud. Oddiy tortishuvlar o‘zaro muno-
sabatlaringizga ta’sir ko‘rsatmaydi.
3—5 ballgacha.
Sizning munosabatlaringiz taranglik
chegarasida. Siz turmush o‘rtog‘ingizdan doim mamnun emas-
siz. Siz doim ham o‘zingizni tuta bilmaysiz, qo‘lga ololmaysiz.
Bunday vaziyatlar ajralish uchun xavflidir. Bunday holatlardan
uzoqlashing. Oilaviy hayotingiz ayrim hollarda zerikarli tuyulsa
ham, siz undan qoniqasiz. Sizning o‘zaro munosabatlaringizda
muloqot madaniyatiga e’tibor bering. Bir-biringizga g‘am-
xo‘rlik ko‘rsatishga harakat qiling.
6—9 ballgacha.
Oilangizda ajralish vaziyati yuzaga kelgan.
Oilaviy burchlarni taqsimlanishini haqiqat nuqtayi nazaridan
ko‘rib chiqish, muammolarni bartaraf etish zarur. Oiladagi mulo-
qot jarayonini o‘zgartirishga e’tibor bering, er va xotin har
biringiz o‘zingiz uchun hayotiy qoniqmaslik sababini, turmush
o‘rtog‘ingizni hayotdan qoniqmaslik sabablarini, imkoniyatlarini
o‘rganib chiqish zarur. Bir-biringizga nazokatli, diqqat-e’tiborli,
yumshoq, yaxshi niyat bilan murojaat qiling. O‘z navbatida bir-
biringizga kamroq tanbeh bering. Er-xotinni bir-biri bilan
bog‘laydigan, biriktiradigan xususiyatlarga ko‘proq intiling.
Yaxshi so‘z jon ozig‘i, yomon so‘z bosh qozig‘i
Xalq maqoli.
3-test. «Siz janjalkash insonmisiz?» testi
Gohida oilaviy munosabatlarda oila a’zolari orasida turli
darajada kelishmovchiliklar va nizolar yuzaga kelishi mumkin-
ligini bilamiz. Bunda esa insonning o‘zidagi janjalga moyillik
darajasini ham inkor etib bo‘lmaydi. Siz o‘zingizni qanchalik
janjalkash ekanligingizni aniqlamoqchi bo‘lsangiz, ushbu testni
o‘zingizda sinab ko‘ring. Buning uchun savollarni diqqat bilan
o‘qib, ularda keltirilgan javoblardan o‘zingizga ma’qulini tanlab
javob bering.
1. Tasavvur qiling, jamoat transportida bahslashuv boshlan-
di. Siz qanday yo‘l tutasiz?
242


a) janjaldan qochishga harakat qilaman;
b) qo‘shningiz, ya’ni aziyat chekkan kishi tomoni yoki kim
haq bo‘lsa o‘shaning tomonini olishingiz mumkin;
d) har doim qo‘shilasiz va oxirigacha o‘z fikringizni rostli-
gini isbotlashga harakat qilasiz.
2. Oila davrasida boshqalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato-
lar uchun aybdorni tanqid qilasizmi?
a) yo‘q;
b) ha, lekin unga nisbatan o‘z shaxsiy munosabatingizga
bog‘liq ravishda;
d) xatolar uchun har doim tanqid qilasiz.
3. Sizning oilada bevosita oila boshliqlari sizningcha sama-
rasiz ko‘ringan o‘z ish rejasini bayon qilayaptilar. Sizga afzal
tuyulgan o‘z rejangizni taklif etasizmi?
a) agar boshqalar sizni qo‘llasa unda mayli;
b) albatta, siz o‘z rejangizni quvvatlaysiz;
d) tanqid uchun sizni qattiq koyishlaridan qo‘rqasiz va in-
damaysiz.
4. Siz o‘z yaqinlaringiz, do‘stlaringiz bilan bahslashishni
yaxshi ko‘rasizmi?
a) faqat xafa bo‘lmaydiganlar bilan;
b) ha, lekin jiddiy, muhim masalalar bo‘yicha emas;
d) siz hamma uchun har qanday sababga ko‘ra bahslasha
olasiz.
5. Kimdir navbatsiz sizdan oldinga o‘tib olishga harakat qi-
layapti, deylik, u holda:
a) Siz undan kam emasligingizni hisobga olib oldinga o‘tib
olishga harakat qilasiz;
b) norozi bo‘lasiz, ammo ichingizda;
d) o‘z noroziligingizni ochiq aytasiz.
6. Tassavvur qiling, oilangizda biror ish bo‘yicha tadbirlar
taklif qilinmoqda, unda dadil fikrlardan bir qatorda xatolar
ham mavjud. Bilasizki, sizning fikringiz hal qiluvchi bo‘ladi.
Qanday yo‘l tutasiz?
a) ushbu taklif bo‘yicha ijobiy fikringizni aytasiz;
b) taklifdagi ijobiy tomonlarini ajratib ko‘rasiz va ishni
davom ettirishga imkoniyat berilishini taklif etasiz;
d) ishni tanqid qilasiz, chunki, yangilik bo‘lishi uchun
xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
7. Tasavvur qiling: qaynonangiz (eringiz, xotiningiz) Sizga
243


har doim iqtisod va tejamkorlik zarurligi to‘g‘risida gapiradi va
o‘zi bo‘lsa doimo qimmat narsalarni xarid etadi. Siz bunga ni-
ma derdingiz?
a) ha, xarid qilgan narsasi o‘ziga yoqsa uni ma’qullaysiz;
b) bu narsa didsizligidan dalolat deb bilasiz;
d) shundayligi tufayli u kishi bilan har doim janjallashib
yurasiz.
8. Siz mahalla chekkasida chekib turgan o‘smirlarni
uchratib qoldingiz. Qanday harakat qilasiz?
a) boshqalarni yomon tarbiyalagan farzandlari uchun kay-
fiyatimni buzib nima qilaman, deysiz;
b) ularga tanbeh berasiz;
d) agar bu jamoat joyida bo‘lganida ularning adabini
bergan bo‘lar edim, deysiz.
9. Restoranda, kafeda yoki magazinda sizning haqqingiz-
dan urib qolishganligini sezdingiz. U holda nima qilasiz?
a) choychaqani bermaysiz;
b) boshqatdan hisob-kitobni talab qilasiz;
d) janjal bo‘lishiga olib kelasiz.
10. Siz dam olish oromgohidasiz. Bu yerdagi xodimlar o‘z
ishlarini yaxshi bajarmasa, boshqa narsalar bilan mashg‘ul
bo‘laversa, bu hol sizni achchiqlantiradimi?
a) ha, ammo buni o‘zingizdan noroziligingizning ayt-
ganingiz bilan biror narsani o‘zgartirish amri mahol;
b) ularning ustidan arz qilish yo‘lini topasiz;
d) Siz noroziligingizni xodimlarga ochiq aytasiz.
11. Siz o‘z o‘smir o‘g‘lingiz bilan bahslashib uning haq
ekanligiga ishonch hosil qildingiz. Siz bunda nohaq ekanligi-
ngizni tan olasizmi?
a) yo‘q;
b) albatta, tan olaman; 
d) nohaq ekanligingizni tan olsangiz bola oldida qanday
obro‘ga ega bo‘lishingiz mumkinligini o‘ylaysiz.
Ballarni hisoblash: a — 4 ball; b — 2 ball; d — 0 ball.
Test natijalari tahlili:
30—40 ballgacha. 
Siz farosatli odamsiz, janjalni xohlamay-
siz. Hatto janjalli holatni silliqlab olsangiz-da, bunday holatlar-
dan osonlikcha qochasiz. Agarda mojarolarga aralashishingizga
244


to‘g‘ri kelsa, bu sizning oilaviy munosabatingizda, holatingizda
va do‘stlik munosabatlaringizda qanday aks etishini hisobga
olasiz. Siz atrofdagilarga yoqimli ko‘rinishga harakat qilasiz.
Ammo ularga yordamga kerak bo‘lib qolsa, yordam ko‘rsatish-
ga har doim ham otlanavermaysiz. Bu haqida boshqalar qan-
day fikrda ekanligi to‘g‘risida ham bir o‘ylab ko‘ring.
15—29 ballgacha.
Siz to‘g‘ringizda janjalkash odam de-
yishadi. Bu Sizning oilaviy, shaxsiy va o‘zaro munosabat-
laringizga qanday ta’sir qilishidan qat’i nazar, o‘z fikringizda
dadil turasiz. Shuning uchun ham sizni hurmat qilishadi.
10—14 ballar.
Siz tortishuv uchun sabab izlaysiz. Ammo
ularning ko‘pchiligi arzimas, ortiqchadir. Siz tanqid qilishni
yaxshi ko‘rasiz, ammo bu sizga foyda bermaydi. Hatto siz no-
haq bo‘lsangiz ham o‘z fikringizni o‘tkazishga harakat qilasiz.
Agar sizni janjal qilishni yaxshi ko‘radi desalar, xafa bo‘lmay-
siz. O‘ylab ko‘ring, Sizning xulq-atvoringizda nomukammallik
nuqsoni yashirinmaganmikan?
Boshqalarning baxtini o‘ylab o‘z baxtimizni topamiz
Platon
4-test. «Nikohingizda pul muammosi» testi
Oilaviy hayot tashvishlarsiz hamda baxtli kechishi uchun al-
batta iqtisodiy jihatdan ham oqilona ish yuritish kerak bo‘ladi.
Navbatdagi test hayotimizda pulni iqtisod qilish yoki sarflash
darajamiz qandayligidan xabardor bo‘lishimiz kerakligini bildira-
di. Buning uchun savolga tezda javob berishingiz lozim.
1. Sizning oilangizda moliyaviy muammolarni kim hal qi-
ladi?
a) otam;
b) onam;
d) ota-onam birgalikda;
e) boshqalar.
2. Sizning yoshligingizda onangiz ishlaganmi? (Uy ishlari-
dan tashqari)
a) ha;
b) yo‘q;
d) ha, ba’zida.
3. Sizning ota-onangiz quyidagilardan qaysilariga ega
bo‘lganlar?
245


a) butun chiqimlar uchun umumiy jamg‘arma mavjud edi;
b) umumiy va alohida jamg‘arma mavjud bo‘lgan;
d) pulning boshqa bo‘laklari.
4. Siz o‘zingizni pulga bo‘lgan munosabatingizni qanday
izohlaysiz?
a) pul menda doimo yetishmaydi;
b) pul menga zo‘rg‘a uchma-uch yetadi;
d) yana nimalarnidir sotib olishim kerak, deb tejab-tergab
ishlataman.
5. Pulni qanday sarflaganda o‘zingizni yaxshi his qilasiz?
a) o‘zingizga (kiyim, mayda-chuyda narsalar, turli sayohat
uchun);
b) do‘stlaringiz uchun (sovg‘a, o‘yin-kulgilar uchun);
d) oila a’zolari uchun.
6. Agar siz kutilmaganda 50000 so‘m yutib olsangiz, ni-
malarga sarf etar edingiz?
a) hammasini kundalik chiqimlar uchun sarf qilardim;
b) hammasini saqlab qo‘yar edim;
d) qarzlarim yoki to‘lovlar uchun sarf qalardim.
7. Siz o‘zingizni moliyaviy muammolaringizni hal qilishda-
gi qobiliyatingizni qanday baholar edingiz?
a) a’lo;
b) yaxshi; 
d) o‘rtacha;
e) yomon.
8. Sizda g‘amgin holat mavjud bo‘lib, o‘zingizni notinch,
deb hisoblasangiz, nima uchundir asabingiz tinch emas, shun-
da nima qilar edingiz?
a) bu mavzuda yaqinlarim yoki tanishlarim bilan suhbat-
lashardim;
b) do‘konlarga yaxshi narsalar xarid qilish uchun borardim.
d) sport bilan shug‘ullanardim yoki sayrga chiqardim;
c) uxlar edim.
9. Oilada moliyaviy masalalarni qanday hal etish zarur?
a) er-xotin umumiy jamg‘armasi bo‘lib, chiqimlarni biri
boshqarib turishi kerak;
b) er-xotinlar umumiy jamg‘armasi bo‘lib, chiqimlar
muammosini birgalikda hal etishlari kerak;
d) er-xotin o‘zlarining alohida pullari bo‘lib, chiqimlar
uchun alohida jamg‘arma bo‘lishi kerak.
246


10. Siz ayol (erkak) xohlasa o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish-
lashi mumkin, deb hisoblaysizmi?
a) albatta; 
b) yo‘q;
d) bolalar ancha katta bo‘lib qolishsa, oilaviy iqtisodiy ho-
lat talab etsa ishlashi mumkin. 
Ballarni hisoblash tartibi: agar har ikkalangizni javob-
laringiz bir xil bo‘lsa, har bir javob uchun 10 balldan, har bitta
javobingiz bir xil emas, lekin o‘xshash bo‘lsa, 5 balldan.
Javoblaringiz farq qilsa, 0 balldan hisoblab chiqing.
Test natijalari tahlili:
80—100 ballgacha.
Sizlar o‘z shaxsiy moliyaviy muammo-
laringizni juda yaxshi hal eta olasiz. Sizning har biringiz
boshqa oilalarning moliyaviy muammolarini hal etishda yaxshi
maslahatchi bo‘la olasiz.
60 — 80 ballgacha.
Sizning moliyaviy muammolarni hal
etishdagi qobiliyatingizni kamligi shaxsiy hayotingizdagi qiyin-
chiliklarni keltirib chiqaradi. Siz unga e’tibor bering.
40—60 ballgacha.
Baxt pulda emas. Ba’zan moliyaviy
qiyinchiliklarni ortishi baxtsizlik holatlariga, his-tuyg‘uni
so‘nishiga olib kelishi mumkin. Sizlarni hozirgi kunda nima
uzoqlashtirayotganligi haqida o‘ylang.
40 balldan kam.
Sizdan ko‘ra moliyaviy masalalarni yaxshi-
roq hal etadigan maslahatchini topmaguningizcha chiqimlar
uchun pulni sarf etmang. Sizning oilangizda psixoiqtisodiy
inqiroz mavjud. Siz yaxshi bir maslahatchi yoki psixologga
uchrashingiz zarur.
Kimgadir baxtli ko‘ringan emas, balki o‘zini baxtli sezgan
odam baxtlidir.
Publiliy Sir
5-test. «Siz baxtlimisiz?» testi (erkaklar uchun test)
Sharq oilasida erkakning o‘rni alohida, ya’ni xonadon
hokimi sanaladi. Ammo bundan foydalanib o‘z huzur-halovati-
ni ko‘zlovchi erkaklar ham yo‘q emas. Siz o‘zingizni oilada
qanday tutasiz? Oilangizning huzur-halovati sizni qiziqtiradi-
mi? Mana bu savollarga e’tibor bering.
247


Test natijalari tahlili:
69 va undan ko‘p ball
. Siz o‘z oilangizda unchalik baxtli
emassiz. Buning ko‘p sabablari sizning xulqingiz bilan bog‘liq.
Endigi vazifa: oila a’zolaringizga, ayniqsa, turmush o‘rtog‘i-
ngizga diqqat-e’tiboringizni kuchaytiring, uni shaxs sifatida
qadrlang, shunda siz ham izzat ko‘rasiz. Balki turmush
o‘rtog‘ingizga bo‘lgan sovuq muomalangiz uning sizga bo‘lgan
beparvoligidir. U holda turmush o‘rtog‘ingiz bilan jiddiy
gaplashib oling. Bir-birlaringizni tushunishga harakat qiling.
Jiddiy suhbatni kechi bo‘lmaydi.
40—68.
Siz o‘z oilangizdan rozisiz. Oiladagi shart-sharoit
sizni qoniqtiradi. Shunga qaramasdan ba’zan yoshlik xotiralari
xayolingizni olib qochadi, ammo bu xayolparast ekanligingiz-
248
O‘z hayotingizni qaytadan qurib
chiqsangiz umringizni boshqatdan
boshlashni xohlarmidingiz?
Xotiningizni kiyinishda didi past deb
o‘ylaysizmi?
Jahlingiz chiqsa oila a’zolaringizga
baqirib hovuringizdan chiqasizmi?
Kechqurunlari har doim uyda bo‘lasiz-
mi?
Turmush o‘rtog‘ingiz yoqtirgan nar-
salar (gul, kiyim, kitob)dan ogohmisiz?
Bo‘ydoqlik yillaringizni tez-tez xotirlab
turasizmi?
Turmush o‘rtog‘ingiz bilan sayil (kino,
teatr)ga tez-tez tushib turasizmi?
O‘z turmush o‘rtog‘ingizni boshqa ayol-
lar bilan taqqoslash sizga yoqadimi?
Mehmonga turmush o‘rtog‘ingiz bilan
birga borishni istaysizmi?
105
2
8
2
4
7
3
5
2
5
10
4
9
10
12
5
6
7
5
4
9
2
1
8
2
3
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
Savollar 
ha
ba’zan
yo‘q


dan dalolat beradi va buning oilaga daxli yo‘q. Oilangizda
halovat sizga yetadi.
33 dan kam ball
. Ba’zida oilangiz bilan xarxasha qilib tura-
siz. Oilada nimalar bo‘lmaydi, axir siz baxtlisiz. 
Barchaga iltifotli bo‘l-u, ammo takallufsizlik qilma.
V. Shekspir
6-test. «Bag‘rikenglik qila olasizmi?» testi
(ayollar uchun test)
Oilaviy munosabatlarda bag‘rikenglik, ya’ni hadeb hamma
narsaga e’tibor beravermaslik, har narsani o‘ziga yaqin ol-
maslikni bilib olish uchun biz o‘zimizni qanday ekanligimizni
test yordamida sinab olishimiz mumkin. Bu borada ushbu test
sizlarga qo‘l keladi, deb o‘ylaymiz.
1. Hozir do‘konda eng tig‘iz payt — odam juda ko‘p
bo‘lishini bilsangiz ham xaridga chiqasizmi?
a) boshqa paytda vaqtim bo‘lmaydi (3 ball);
b) zarur bo‘lib qolsa (1 ball);
d) hech qachon (2 ball).
2. Yoqtirmagan ko‘rsatuvingizni ko‘rishga o‘zingizni maj-
bur qilasizmi?
a) kamdan kam (1 ball);
b) o‘zimga bog‘liq bo‘lib qolsa, hech qachon (2 ball);
d) ko‘rib borishga harakat qilaman (3 ball).
3. Sizga muhabbat izhor qilib yurgan erkakning boshqa
ma’shuqasi borligidan xabar topdingiz, deylik. Unga o‘z xatosi-
ni tushunib yetib, anglab olishiga imkon berasizmi?
a) o‘zimni aldashlariga yo‘l qo‘ymayman (2 ball);
b) u chiroyli erkak bo‘lsa imkon beraman (3 ball);
d) oldindan jiddiy gaplashib olaman (1 ball).
4. Dugonalaringiz mehmondorchilikka chaqirishgan, lekin
borgingiz kelmayapti, nima qilasiz?
a) ishonarli bahona topib bormay qo‘ya qolaman
(2 ball);
b) bu taklif go‘yoki esimdan chiqib qoladi (1 ball);
d) borishga to‘g‘ri keladi (3 ball).
5. Yoz, quyosh — dengiz — Siz shunaqa mehnat ta’tilini
orzu qilasizmi?
249


a) men salqinni yoqtiraman (1 ball);
b) menga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar bekorchilik qilib
yotish maroqliroq ko‘rinadi (3 ball);
d) kim ham bunaqa ta’tilni orzu qilmaydi deysiz (2 ball).
6. Siz birovga sovg‘a berdingiz-u, evaziga minnatdorchilik
bildirmadi, qanday yo‘l tutasiz?
a) bu yaxshi emas (1 ball);
b) bu odamga endi hech narsa sovg‘a qilmayman (2 ball);
d) hamma ham yaxshi tarbiya ko‘rmagan (3 ball).
7. Sizni g‘iybat qilgan dugonangiz bilan munosabat-
laringizni aniqlab olayapsiz. Unga nima deysiz?
a) deyarli hech narsa (3 ball);
b) meni sendek dugonam yo‘q, — deyman (2 ball);
d) meni xafa qilganini, lekin yana kechirganimni aytaman
(1 ball).
Test natijalari tahlili:
7—11 ball
. Kimdandir xafa bo‘lsangiz, gina-kuduratlar
bosilgunga qadar undan o‘zingizni chetga tortasiz. U bilan
orani butunlay ochiq qilishni esa hech ham xohlamaysiz.
12—16 ball.
Hammasi o‘zingizni qay darajada aldangan
yoki xafa qilingandek deb hisoblashingizga bog‘liq. Har xil
mayda-chuyda gaplarga e’tibor bermay, bag‘rikenglik qilasiz.
Lekin jiddiy gap bo‘lsa, Sizni «eritish» g‘oyat mushkul.
17—21 ball.
Xatti-harakatlaringizda muntazamlik yo‘qligi-
ni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Tanish-bilishlaringiz shundan
foydalanishga intiladilar. Lekin siz bundan tashvishga tushmay-
siz. Ammo yodingizda tuting, har gal yon beradigan,
«chegara»dan o‘tib ketganlarga ham muloyim munosabatda
bo‘ladiganlarni yon-atrofdagilar yengiltak deb bilishlari
mumkin.
Ayol kishi har qanday sharoitda ham ayol ekanligini unut-
masligi darkor. Buyuk olmon adibi Xansi ta’kidlaganidek,
«Menga yaxshi onalarni bering va men olamni baxtiyor qila-
man». Shuning uchun oiladagi totuvlik va baxt ayol qo‘lida
ekanligini unutmang.
250


11.3. OILADA ER-XOTIN MUNOSABATLARINI 
O‘RGANISH TESTLARI
1-test. «Oiladagi muloqotni o‘rganish» testi
Quyida oiladagi o‘zaro munosabatlar xususiyatlarini
o‘rganishga mo‘ljallangan qator savollar berilgan. Ushbu savol-
larga 4 ta – «a», «b», «d» «e» variant javoblari keltirilgan.
Ushbu savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingiz uchun to‘g‘ri
bo‘lgan javob variantini belgilang. 
1. Xotiningiz (eringiz) ikkalangizga ham odatda bir xil ki-
tob, kino, spektakl va boshqalar yoqadi, deb aytish mumkinmi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
2. Xotiningiz (eringiz) bilan suhbatlashayotganingizda
Sizda tez-tez o‘zaro umumiylik, bir-birovni o‘zaro to‘liq
tushunish hissi paydo bo‘lib turadimi?
a) juda kamdan kam;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) juda tez-tez.
3. Sizlarda ikkalangiz uchun ham bir xil ma’no kasb etadi-
gan va o‘zlaringiz bajonidil ishlatadigan sevimli jumlalaringiz,
ma’noli so‘zlaringiz bormi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
4. Siz xotiningizga (eringizga) biron-bir film, kitob, voqea va
boshqalarni yoqish-yoqmasligini oldindan aytib bera olasizmi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
5. Siz bu to‘g‘risida aytmasangiz ham, xotiningiz (eringiz)
o‘zining gapirayotgan gapi yoki qilayotgan ishi sizga yoqish-
yoqmasligini sezadi, deb o‘ylaysizmi?
a) qariyb har doim;
251


b) deyarli tez-tez;
d) deyarli kamdan kam;
e) qariyb hech qachon.
6. Siz xotiningizga (eringizga) boshqa odamlar bilan
bo‘ladigan munosabatlaringiz haqida gapirib berasizmi?
a) deyarli hamma narsani gapirib beraman;
b) deyarli ko‘p gapirib beraman;
d) deyarli kam gapirib beraman;
e) umuman hech narsa gapirib bermayman.
7. Xotiningiz (eringiz) bilan o‘rtalaringizda qarindoshlar
bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqida qarama-
qarshi fikrlar paydo bo‘lib turadimi?
a) ha, deyarli har doim bo‘lib turadi;
b) deyarli tez-tez bo‘lib turadi;
d) deyarli kam bo‘lib turadi;
e) yo‘q, deyarli hech qachon bo‘lmaydi.
8. Sizni xotiningiz (eringiz) qay darajada yaxshi tushu-
nadi?
a) juda yaxshi tushunadi;
b) ancha-muncha tushunadi;
d) juda kam tushunadi;
e) umuman tushunmaydi.
9. Biror narsadan xafa bo‘lganingiz yoki asabiylash-
ganingizni, buni bildirmaslikka harakat qilayotganingizni xo-
tiningiz (eringiz) sezadi, deyish mumkinmi?
a) ha, xuddi shunday;
b) shunday bo‘lsa kerak;
d) bunday bo‘lmasa kerak;
e) yo‘q, bunday emas.
10. Xotiningiz (eringiz) o‘z muvaffaqiyatsizliklari va xato-
lari haqida sizga gapirib beradi, deb hisoblaysizmi?
a) deyarli har doim gapirib beradi;
b) deyarli tez-tez gapirib beradi;
d) deyarli kam gapirib beradi;
e) deyarli hech qachon gapirib bermaydi.
11. Biron-bir so‘z yoki predmet sizlarning ikkalangizda
ham bir xil narsani eslatadigan hollar bo‘lib turadimi?
a) juda kamdan kam;
b) deyarli kamdan kam;
252


d) deyarli tez-tez;
e) juda tez-tez.
12. Siz uchun noxushliklar bo‘lganida, kayfiyatingiz yomon
bo‘lganida xotiningiz (eringiz) bilan bo‘lgan suhbatdan keyin
o‘zingizni ancha yengil his qilasizmi?
a) ha, deyarli har doim;
b) deyarli tez-tez;
d) deyarli kamdankam;
e) yo‘q, qariyb hech qachon.
13. Xotiningiz (eringiz) uchun siz bilan muhokama qilish
qiyin va noxush bo‘lgan mavzu bor, deb o‘ylaysizmi?
a) bunday mavzular juda ko‘p;
b) bunday mavzular deyarli ko‘p;
d) bunday mavzular deyarli kam;
e) bunday mavzular juda kam.
14. Xotiningiz (eringiz) bilan bo‘ladigan suhbatda siz
o‘zingizni noqulay sezib, kerakli so‘zlarni topa olmay qoladi-
gan hollar bo‘lib turadimi?
a) juda kamdan kam;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez; 
e) juda tez-tez.
15. Xotiningiz (eringiz) bilan «oilaviy an’ana»laringiz bor-
mi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
16. Xotiningiz (eringiz) kayfiyatingiz qandayligini so‘zsiz
tushunadimi?
a) deyarli hech qachon;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) deyarli har doim.
17. Xotiningiz (eringiz) bilan Sizning hayotga bo‘lgan
munosabatingiz bir xil deyish mumkinmi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
253


18. Xotiningizga (eringizga) o‘zingiz uchun muhim
bo‘lgan, lekin unga bevosita aloqasi bo‘lmagan yangiliklarni
gapirib bermaydigan hollaringiz ham bo‘lib turadimi?
a) juda kamdankam;
b) deyarli kamdankam;
d) deyarli tez-tez;
e) juda tez-tez.
19. Xotiningiz (eringiz) o‘zining jismoniy holati haqida
gapirib beradimi?
a) deyarli hammasini gapirib beradi;
b) deyarli ko‘p gapirib beradi;
d) deyarli kam gapirib beradi;
e) deyarli hech qachon gapirmaydi.
20. Sizga bu haqda o‘zi to‘g‘ridan to‘g‘ri aytmasa ham qi-
layotgan ishingiz, gapirayotgan gapingiz xotiningizga (eringiz-
ga) yoqish-yoqmasligini sezasizmi?
a) deyarli har doim;
b) deyarli tez-tez;
d) deyarli kamdan kam;
e) deyarli hech qachon.
21. Sizlarning ko‘pchilik do‘stlaringizni baholashdagi fikr-
laringiz bir-birlaringizga mos keladi, deyish mumkinmi?
a) yo‘q;
b) yo‘q desayam bo‘ladi;
d) ha desayam bo‘ladi;
e) ha.
22. Xotiningiz (eringiz) sizga biron-bir film, kitob yoki
boshqalar yoqish-yoqmasligini oldindan aytib bera oladi, deb
o‘ylaysizmi?
a) ha, deb o‘ylayman; 
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q deb o‘ylayman.
23. Agar siz xato qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, xotiningizga
(eringizga) o‘z muvaffaqiyatsizligingiz haqida aytasizmi?
a) deyarli hech qachon gapirmayman;
b) deyarli kamdan kam gapirib beraman;
d) deyarli tez-tez gapirib beraman;
e) deyarli hamma vaqt gapirib beraman.
254


24. Boshqa odamlar davrasida bo‘lganingizda, atrofda
bo‘layotgan narsalarga qanday munosabatda ekanligingizni
sezish uchun xotiningizning (eringizning) Sizga bir qarab
qo‘yishi kifoya bo‘ladigan hollar bo‘lib turadimi?
a) juda kamdan kam;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) juda tez-tez. 
25. Xotiningiz (eringiz) nechog‘li darajada Siz bilan ochiq,
deb hisoblaysiz?
a) butunlay ochiq;
b) ochiq bo‘lsa kerak;
d) ochiq bo‘lmasa kerak;
e) umuman ochiq emas.
26. Sizni xotiningiz (eringiz) bilan oson muomalada bo‘la
oladi, deyish mumkinmi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
27. Bir-biringiz bilan munosabatda tez-tez hazillashib (jin-
nilik qilib) turasizlarmi? 
a) juda kamdan kam;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) juda tez-tez.
28. Xotiningizga (eringizga) o‘zingiz uchun juda muhim
narsa to‘g‘risida gapirib berib, keyin ortiqcha gapirib qo‘yga-
ningiz uchun pushaymon bo‘lgan paytlaringiz bo‘lib turadimi?
a) yo‘q, deyarli hech qachon;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) ha, deyarli har doim.
29. Agar xotiningizning (eringizning) kayfiyati yomon
bo‘lsa, Siz bilan gaplashgandan keyin ancha yengil tortadi, deb
o‘ylaysizmi?
a) yo‘q, deyarli hech qachon;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) ha, deyarli hamma vaqt.
255


30. Siz xotiningiz (eringiz) bilan qay darajada ochiqsiz?
a) butunlay ochiq;
b) ochiq bo‘lsam kerak;
d) ochiq bo‘lmasam kerak;
e) umuman ochiq emas.
31. Xotiningiz (eringiz) biror narsadan xafa bo‘lganini yoki
asabiylashganini sizdan yashirishga harakat qilsa ham har doim
Siz seza olasizmi?
a) ha, bu shunday;
b) shunaqaroq;
d) bunday bo‘lmasa kerak;
e) yo‘q, bu bunday emas.
32. Siz uchun muhim bo‘lgan biron-bir masala bo‘yicha
qarashlaringiz xotiningizning (eringizning) qarashlariga mos
kelmay qoladigan hollar bo‘ladimi?
a) juda kamdan kam;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) juda tez-tez.
33. Ba’zan xotiningiz (eringiz) o‘zi uchun juda muhim
bo‘lgan, ammo sizga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan
yangiliklar bilan o‘rtoqlashmaydigan hollar bo‘lib turadimi?
a) juda tez-tez;
b) deyarli tez-tez;
d) deyarli kamdan kam;
e) juda kamdan kam.
34. Xotiningizning (eringizning) kayfiyati qanaqaligini Siz
so‘zsiz tushuna olasizmi?
a) deyarli har doim;
b) deyarli tez-tez;
d) deyarli kamdan kam;
e) deyarli hech qachon.
35. Sizda xotiningiz (eringiz) bilan «Bizlik hissi» tez-tez
paydo bo‘lib turadimi?
a) juda tez-tez;
b) deyarli tez-tez;
d) deyarli kamdan kam; 
e) juda kamdan kam.
36. Xotiningizni (eringizni) Siz nechog‘li darajada yaxshi
tushunasiz?
256


a) umuman tushunmayman;
b) ancha yomon tushunaman;
d) anchagina yaxshi tushunaman; 
e) to‘liq tushunaman.
37. Sizga xotiningiz (eringiz) boshqa odamlar bilan o‘z
munosabatlari to‘g‘risida gapirib beradimi?
a) deyarli hech narsa gapirib bermaydi;
b) deyarli kam gapirib beradi;
d) deyarli ko‘p gapirib beradi;
e) deyarli hamma narsani gapirib beradi.
38. Xotiningiz (eringiz) Siz bilan suhbatlashayotganda o‘zi-
ni noqulay sezib, kerak so‘zlarni topolmay qiynaladigan hollar
bo‘lib turadimi?
a) juda kamdan kam;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) juda tez-tez.
39. Xotiningizdan (eringizdan) yashirgan siringiz bormi?
a) bor;
b) bor desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
40. Bir-birlaringizga murojaat qilganingizda tez-tez hazil
laqablardan foydalanasizlarmi?
a) juda tez-tez;
b) deyarli tez-tez;
d) deyarli kamdan kam;
e) juda kamdan kam.
41. Xotiningiz (eringiz) bilan gaplashish Siz uchun qiyin va
noxush bo‘lgan mavzu bormi?
a) bunaqa mavzular juda ko‘p;
b) bunday mavzular deyarli ko‘p;
d) bunday mavzular deyarli kam;
e) bunday mavzular juda kam.
42. Bola tarbiyasi bo‘yicha xotiningiz (eringiz) bilan tez-tez
kelishmovchiliklar bo‘lib turadimi?
a) juda kamdan kam;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) juda tez-tez.
257
9 — Oila psixologiyasi


43. Xotiningizga (eringizga) Siz bilan muloqotda bo‘lish
oson, deb o‘ylaysizmi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
44. Siz xotiningizga (eringizga) o‘z jismoniy holatingiz
haqida gapirasizmi?
a) deyarli hammasini gapiraman;
b) deyarli ko‘p gapiraman;
d) deyarli kam gapiraman;
e) umuman hech narsa gapirmayman.
45. Xotiningiz (eringiz) o‘zi uchun juda zarur narsalar
to‘g‘risida Sizga aytib qo‘yib, keyin pushaymon qilgan hollar
bo‘lgan, deb o‘ylaysizmi?
a) deyarli hech qachon;
b) deyarli kamdan kam;
d) deyarli tez-tez;
e) deyarli har doim.
46. Hech qachon Sizda xotiningiz (eringiz) bilan o‘rta-
laringizda atrofdagilardan hech kim tushuna olmaydigan,
o‘zlaringizning tilingiz borligi to‘g‘risida his paydo bo‘lganmi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
47. Xotiningizning (eringizning) Sizdan yashirgan sirlari
bor, deb o‘ylaysizmi?
a) ha;
b) ha desayam bo‘ladi;
d) yo‘q desayam bo‘ladi;
e) yo‘q.
48. Boshqa odamlar davrasida bo‘lganida, atrofda bo‘layot-
gan narsalarga qanday munosabatda ekanligini sezish uchun
xotiningizga (eringizga) Sizning bir qarab qo‘yishingiz kifoya
bo‘ladigan hollar bo‘lib turadimi?
a) juda tez-tez;
b) deyarli tez-tez;
d) deyarli kamdan kam;
e) juda kamdan kam.
258


Oiladagi muloqot so‘rovnomasining kaliti:
1. Muloqotdagi ishonch. 
a) 6, 23, 25, 39, 44 — o‘ziga munosabat;
b) 10, 19, 30, 37, 47 — turmush o‘rtog‘iga munosabat.
2. Er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro munosabat. 
a) 4, 20, 31, 34, 36 – o‘z-o‘zini tushunish;
b) 5, 8, 9, 16, 22 – turmush o‘rtog‘ini tushunish.
3. Turmush o‘rtoqlarining qarashlaridagi mos kelishlik. 
1, 17, 21, 32, 42.
4. Oilaning umumiy simvollari.
3, 11, 15, 40, 46.
5. Turmush o‘rtoqlarining muloqotini yengilligi.
2, 14, 26, 27, 43.
6. Muloqotdagi «psixoterapevtlilik».
12, 28, 29, 41, 45.
Javob varianti:
a – 4 ball; b – 3 ball; d – 2 ball; e —
1ball. 
Javob:
Ballar yig‘indisi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ko‘rsatkich-
larning namoyon bo‘lishi shunchalik kuchli bo‘ladi. 
2-test. «Oilada rollarning taqsimlanishini o‘rganish» testi
Ko‘rsatma: Quyida Sizdan oilaviy hayotni tashkil etuvchi
ba’zi vaziyatlarga tegishli bo‘lgan savollar berilgan. Har
bir savol uchun ma’qul bo‘lgan javobni tanlashingiz va javob-
lar varaqasiga «yulduzcha» bilan belgilab qo‘yishingiz mum-
kin. 
1. Oilaning qiziqish va manfaatlari er va xotindan qaysi
biriga bog‘liq?
a) asosan bu erga bog‘liq; 
b) ko‘proq erga, lekin xotinga ham bog‘liq;
d) ko‘proq xotinga, lekin erga ham bog‘liq; 
e) asosan bu xotinga bog‘liq. 
2. Oiladagi umumiy kayfiyat er va xotindan ko‘proq qaysi
biriga bog‘liq bo‘ladi?
a) asosan bu xotinga bog‘liq; 
b) ko‘proq xotinga, lekin erga ham bog‘liq;
d) ko‘proq erga, lekin xotinga ham bog‘liq; 
259


e) asosan bu erga bog‘liq. 
3. Agar zaruriyat paydo bo‘lsa, oilada kim birinchi navbat-
da qarzga katta pul topa oladi, deb o‘ylaysiz?
a) bu ishni xotin bajaradi; 
b) buni birinchi navbatda xotin, lekin er ham bajarishi
mumkin;
d) buni birinchi navbatda er, lekin xotin ham bajarishi
mumkin; 
e) bu ishni er bajaradi. 
4. Oilada kim ko‘proq mehmon taklif qiladi, deb o‘ylay-
siz?
a) ko‘proq er taklif qiladi; 
b) odatda er, lekin xotin ham taklif qiladi;
d) odatda xotin, lekin er ham taklif qiladi; 
e) ko‘proq xotin taklif qiladi. 
5. Oilada uyning shinamligi va qulayligi uchun kim
ko‘proq jon kuydirishi kerak deb o‘ylaysiz?
a) asosan er;
b) ko‘proq er, lekin xotin ham;
d) ko‘proq xotin, lekin er ham; 
e) asosan xotin.
6. Er va xotindan qaysi biri odatda turmush o‘rtog‘ini
o‘pish, quchoqlashni birinchi bo‘lib boshlashi kerak deb
o‘ylaysiz? 
a) odatda er;
b) odatda er, lekin xotin ham; 
d) odatda xotin, lekin er ham; 
e) odatda xotin. 
7. Oilada qaysi gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishni yoki
sotib olishni kim hal qilishi kerak deb hisoblaysiz?
a) xotin hal qiladi;
b) ko‘proq bu xotinga bog‘liq, lekin erga ham; 
d) ko‘proq bu erga bog‘liq, lekin xotinga ham; 
e) er hal qiladi. 
8. Ko‘pincha oilada kimning tashabbusi bilan kinoteatr-
larga borish kerak deb hisoblaysiz?
a) erning tashabbusi bilan;
b) asosan erning, lekin xotinning tashabbusiga ko‘ra ham;
d) asosan xotinning, lekin erning tashabbusiga ko‘ra ham; 
e) xotinning tashabbusi bilan. 
260


9. Oilada yosh bolalar bilan kim o‘ynashi kerak deb
hisoblaysiz?
a) asosan xotin; 
b) ko‘proq xotin, lekin er ham; 
d) ko‘proq er, lekin xotin ham; 
e) asosan er. 
10. Yaqin ishqiy munosabatlarda har ikki tomonning
qanoatlanishi oilada kimga bog‘liq bo‘lishi kerak?
a) asosan bu erga bog‘liq;
b) ko‘proq erga, lekin xotinga ham;
d) ko‘proq xotinga, lekin erga ham; 
e) asosan bu xotinga bog‘liq. 
11. Deyarli barcha er-xotinlar orasidagi ishqiy munosabat-
larda vaqti-vaqti bilan qiyinchiliklar bo‘lib turadi. Oilada bu
ahvol ko‘proq (bilib yoki bilmagan holda) kimga bog‘liq bo‘la-
di deb hisoblaysiz?
a) ko‘proq erga; 
b) odatda erga, lekin xotinga ham; 
d) odatda xotinga, lekin erga ham; 
e) ko‘proq xotinga bog‘liq. 
12. Oilada kimning hayotiy e’tiqodlari va tartib qoidalari
(yolg‘onga munosabat, berilgan va’dani bajarish, kech qolish
mumkin emasligi va boshqalar) asosiy va belgilovchi bo‘lishi
kerak?
a) xotinning hayotiy prinsiplari;
b) odatda xotinning, lekin ba’zida erning ham; 
d) odatda erning, lekin ba’zida xotinning ham; 
e) erning hayotiy prinsiplari. 
13. Oilada kichik bolalarning xulqini kim nazorat qilishi
kerak?
a) asosan bu ishni xotin bajaradi; 
b) ko‘proq xotin, ba’zan er ham;
d) ko‘proq er, ba’zan xotin ham;
e) asosan bu ishni er bajaradi. 
14. Oilada bolalar bilan kinoga, teatrga, boshqalarga kim
borishi kerak, deb o‘ylaysiz? 
a) asosan buni er bajaradi; 
b) ko‘proq er, lekin xotin ham; 
d) ko‘proq xotin, lekin er ham; 
e) asosan buni xotin bajaradi. 
261


262
15. Oilada kim o‘z turmush o‘rtog‘ining kayfiyatiga
ko‘proq darajada e’tibor berishi kerak deb o‘ylaysiz?
a) er;
b) ko‘proq er, lekin xotin ham;
d) ko‘proq xotin, lekin er ham; 
e) xotin. 
16. Tasavvur qiling, er va xotin ikkalasida ham o‘z ishini
oylik maoshi katta, lekin qiziqarsiz ishga o‘zgartirish imkoni-
yati paydo bo‘lib qolsa, kim bunday taklifni birinchi navbatda
qabul qilgan bo‘lar edi deb hisoblaysiz?
a) xotin qabul qiladi; 
b) erdan ko‘ra tezroq xotin qabul qiladi; 
d) xotindan ko‘ra tezroq er qabul qiladi; 
e) er qabul qiladi. 
17. Har kunlik xarid bilan oilada kim shug‘ullanishi kerak?
a) asosan er;
b) ko‘proq er, lekin xotin ham; 
d) ko‘proq xotin, lekin er ham; 
e) asosan xotin. 
18. Agar oilada moddiy qiyinchilik paydo bo‘lsa, er va
xotindan qaysi biri qo‘shimcha daromad topish chorasini
izlashi kerak deb hisoblaysiz?
a) bu ishni er bajaradi;
b) birinchi navbatda er, lekin xotin ham bunda ishtirok
etadi; 
d) birinchi navbatda xotin, lekin er ham bunda ishtirok
etadi; 
e) bu ishni xotin bajaradi. 
19. Oilada er va xotindan qaysi biri turmush o‘rtog‘ining
befarqligi, e’tiborsizligi, noo‘rin gaplaridan xafa bo‘lishiga
ko‘proq haqli?
a) er;
b) xotindan ko‘ra ko‘proq er; 
d) erdan ko‘ra ko‘proq xotin; 
e) xotin. 
20. Oilada mehnat ta’tilini qayerda va qanday qilib
o‘tkazishni kim rejalashtirishi kerak deb hisoblaysiz?
a) asosan xotin;
b) ko‘proq xotin, lekin er ham ishtirok etadi; 
d) ko‘proq er, lekii xotin ham ishtirok etadi; 
e) asosan er. 


263
21. Oilada uyga maishiy xizmat vakillarini (har xil remont
ustalarini) kim chaqirib, ular bilan gaplashishi kerak deb
hisoblaysiz?
a) odatda bu ishni xotin bajaradi; 
b) ko‘proq xotin, lekin ba’zan er ham;
d) ko‘proq er, lekin ba’zan xotin ham; 
e) odatda bu ishni er bajaradi.
ORT (RRS) — Oilada rollar taqsimoti metodikasining kaliti:
Savollar
1, 4, 5, 6, 8, 10, 11, 14, 15, 17, 18, 19
Ballar
1 > 4
Savollar
2, 3, 7, 9, 12, 13, 16, 20, 21
Ballar
4 > 1
1) (9q13q14):3
– bola tarbiyasi. 
2) (2q15q19):3
– oiladagi emotsional muhit «Psixotera-
piya»
3) (18q3q16) :3
– oilaning moddiy ta’minlanishi
4) (20q8q4 ):3
– ko‘ngil ochishlarni tashkil qilinishi
5) (17q5q21):3
– uy sohibi va sohibasi
6) (10q6q11):3
– jinsiy sheriklik
7) (1q7q12):3
– oiladagi ichki madaniyatni uyushtirish
3-test. Nikohdan qoniqqanlik darajasini o‘lchash testi
Quyida keltirilgan mulohazalar «Ha» yoki «Yo‘q» deb
javob bering (bu yerda «bo‘lishi mumkin» yoki «bilmadim»
kabi javoblarni berish man etiladi) va shu bilan birga o‘zingiz-
ning shu mulohazalarga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligingizni
ifoda etgan bo‘lasiz. 
Savollarga qanchalik samimiy javob bersangiz, o‘z nikohi-
ngizdan qoniqqanligingiz darajasi haqida shunchalik aniq
ma’lumotga ega bo‘lasiz. 
«HA» «YO‘Q»
1.
Mening kayfiyatim ko‘pincha uyda buzi-
ladi. 
2.
Bizning oilamizda har qanday arzimagan
(mayda-chuyda) narsa nizoga olib keladi. 






3.
Biron-bir ko‘ngilsizlik ro‘y bergan vaqtda
men o‘zimni yolg‘iz his qilaman. 
4.
Hordiq (ta’til) vaqtida turmush o‘rtog‘im
bilan birgalikda dam olish, o‘zim (u kishi-
siz) dam olganimdan ko‘ra maroqliroq. 
5.
O‘zimning ishxonamdagi ishlarim va
jamoatchilik ishlarim haqida turmush
o‘rtog‘im bilan gaplashishni yoqtirmay-
man. 
6.
Menga biron nima bo‘lgan vaqtlarda (to-
bim qochganda, biron ko‘ngilsizlik ro‘y
berganda) turmush o‘rtog‘im menga nis-
batan juda sezgir va e’tiborli bo‘lib qoladi.
7.
Men turmush o‘rtog‘imdan hech qachon
qo‘pol so‘z eshitmaganman. 
8.
Turmush o‘rtog‘imga mehribonlik qilish
menga quvonch (mamnuniyat) baxsh etadi.
9.
Ishonchim komilki, nikohdan so‘ng
(to‘ydan so‘ng) er-xotin sevgisi so‘nadi.
10. Turmush o‘rtog‘im odatda menga mulo-
yimlik va mehribonlik bilan munosabatda
bo‘ladi. 
11. Bizning barcha nizolarimiz tezda yarashish
bilan tugaydi. 
12. Biz doimo nikoh kunimizni nishonlaymiz.
13. Turmush o‘rtog‘im doimo, meni har qan-
day qiyinchiliklarda qo‘llab-quvvatlashga
tayyor. 
14. Turmush o‘rtog‘imning deyarli hamma
o‘rtoqlari(do‘stlari) menga yoqadi.
15. Mening g‘am-tashvishlarimni turmush
o‘rtog‘im ko‘ngliga yaqin olmaydi.
16. O‘z o‘rtoqlarim bilan turmush o‘rtog‘imsiz
uchrashishni ma’qul ko‘raman.
17. Turmush o‘rtog‘im mening ishim haqida
mensimay gapiradi. 
18. Biz turmush o‘rtog‘im bilan odamlarning
qiliqlarini deyarli hamma vaqt bir xilda
baholaymiz. 
19. Turmush o‘rtog‘im ikkovimizning ko‘plab
umumiy qiziqish va mashg‘ulotlarimiz bor. 
264




































20. Men o‘z odatlarimni, hatto ular turmush
o‘rtog‘imga yoqmasa ham o‘zgartirmoq-
chi emasman. 
21. Menimcha, uyda mening huquqlarimdan
ko‘ra, majburiyatlarim (vazifalarim) ko‘p-
roq. 
22. Nikoh mening erkimni, o‘zim kutganim-
dan ko‘ra ko‘proq chegaralab qo‘ydi. 
23. Turmush o‘rtog‘iga yon bermaslik kerak,
bu tobelik va tengsizlikka olib keladi. 
24. Meni, barcha hayotiy muammolarni
yolg‘iz o‘zim hal qilishimga to‘g‘ri kelishi
ranjitadi. 
25. Men oilaviy hayot (turmush) shunchalik
kuch va vaqtni olishini kutmagandim. 
26. Jinsiy munosabatlar (aloqa) doim biz-
ning yarashishimizga ta’sir (yordam) qila-
di. 
27. Turmush o‘rtog‘imni kayfiyatini hisobga
olmaslik mumkin emas. 
28. Men o‘zimni yomon kayfiyatimni kam-
dan kam namoyon (ifoda) qilaman. 
29. Agar oilaviy hayot yaxshi bo‘lmayotgan
bo‘lsa, yaxshisi ajralishib ketgan ma’qul. 
30. Turmush o‘rtog‘im meni shunday tushu-
nadiki, meni u kishichalik hech kim
tushuna olmaydi. 
265






















Test kaliti:
Kalitga mos keladigan javoblarga 1 ball qo‘ying.
«Ha»
4
6
7
8
1011
12
13
14
18
19 26
27
28 30
1
2
3
5
9
15
16
17
2021
22 23
24
25 29
A. Olingan ballar yig‘indisini 30 ga bo‘ling. 
B. Natijasini 100 ga ko‘paytiring:
9 — Oila psixologiyasi
«Yo‘q»


mos kelgan ballar yig‘indisi
Nikohdan qoniqqanlik————————————————— 100
30
Olingan natija sizning nikohdan qoniqqanligingiz darajasini
foiz hisobida ifodalashni ko‘rsatadi. Nikohdan qoniqqanligingiz
darajasi 100 foizga teng bo‘lmasa kerak, albatta. 50 foiz bo‘lsa
ham yomon emas. Lekin shuning o‘zidayoq qanday ish tutish-
ni boshlashingizga asos bo‘la oladi. 
D. Qaysi javoblaringiz kalitdagi javoblarga tushmasligini
aniqlang. 
E. Siz va turmush o‘rtog‘ingiz uchun ham bir xil bo‘lma-
ganlarini yozib oling va ularni qanday qilib normaga (me’yori-
ga) mos keltirish mumkinligini birgalikda muhokama qiling. 
F. Agar kalit baholari bilan mos kelmasa, har bir holatni
o‘zgartirish kerak yoki yo‘qligini hal qilinglar. 
4-test. Munosabatlarni differensial baholash 
(MDB) shkalasi bo‘yicha so‘rovnoma
Munosabatlarni differensial baholash (MDB) shkalasidan
foydalanish uchun tekshiriluvchiga quyidagi savollar varaqasi
va ko‘rsatma beriladi. 
Bu varaqda qarama-qarshi (masalan, issiq-sovuq, qabul
qilish-qabul qilmaslik kabi) iboralar berilgan. Bu so‘zlar yor-
damida turmush o‘rtog‘ingiz bilan oralaringizdagi munosabat-
larni ifodalashga harakat qiling. Bunda gap sizning turmush
o‘rtog‘ingizga, uning sizga bo‘lgan munosabatlaringiz haqida
emas, balki sizlarning oralaringizdagi munosabatlaringiz haqida
boradi. Siz har bir so‘zlar juftligini alohida qarab chiqishingiz
kerak. So‘zlar juftligi orasida 3, 2, 1, 0, 1, 2, 3 shaklida bo‘lin-
gan shkala joylashgan. Siz oldin juftlikdagi qaysi ta’rif sizga
mos kelishini aniqlab oling. Masalan, issiqmi yo sovuqmi.
Shundan keyingina shkaladagi bo‘lingan raqamlaridan bittasini
aylanaga oling. Shkalada 3 ball juda iliq, 2 ball iliq, 1 ball
yo‘qdan ko‘ra iliqroq munosabatlarni ko‘rsatadi. Agar javob
aniq bo‘lmasa 0 ball qo‘yiladi. 
266


Bayonnomani ishlab chiqish
So‘zlar juftliklari shkalasidagi bo‘limlarning har biri
ma’lum mazmunga ega. Masalan, juftlikning «Iliq» muno-
sabatlari quyida turgan 3 raqami 0 ball, 2 raqami 5 ball, va
hokazo, ya’ni salbiy qutbda turgan 3 raqami 0 ball bilan baho-
lanadi.
Shunday qilib, har bir so‘zlar juftligidagi javoblar 6, 5, 4,
3, 2, 1 yoki 0 ball oladi. Barcha shkalalar bo‘yicha ballar
yig‘indisi munosabatlar differensial diagnostikasi bo‘yicha
umumiy baho bo‘ladi. Maksimal baho 90 ballga, minimal baho
0 ballga teng bo‘ladi. 
5-test. MBD (Munosabatlarni differensial baholash)
Bu shkala turmush o‘rtoqlarining «muvaffaqiyatli va mu-
vaffaqiyatsiz» yo‘nalishlardagi munosabatlarni ochib beradi. 
Osgudning fikricha obyekt haqida fikr yuritilganida obyekt-
ning faqatgina xarakteristika va mohiyati aks ettirilibgina qol-
may, balki unga subyektiv emotsional baho ham beriladi.
Emotsional baho bu subyektning obyektga nisbatan individual
munosabatidir. 
Shkala bo‘yicha qancha yuqori ball to‘plansa, baholov-
chining nuqtayi nazarida turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlar
shunchalik muvaffaqiyatli. 
Volkovaning tadqiqotlarida MDB shkalasi bo‘yicha quyida-
gi ko‘rsatkichlardan foydalanilgan:
1. Er bilan munosabatlarni baholash.
2. Xotin bilan munosabatlarni baholash.
3. Tekshirilayotgan er-xotinlar juftligiga beriladigan o‘rta-
cha baho. 
4. Er va xotin baholari orasidagi farq. 
Er va xotin juftligiga berilgan o‘rtacha baho shu juftlik
munosabatlarining darajasini bildiradi. Bu son qanchalik ba-
land bo‘lsa, munosabatlar shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Er
va xotin baholarining farqi ular orasidagi munosabatlarning
o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi. Farq qanchalik katta bo‘lsa, er-
xotin orasidagi bog‘liqlik munosabatlari shunchalik kamligini
ya’ni «bir tomonlama qoniqish» ustunligini ko‘rsatadi. Bu esa
mos kelish qovushish kriteriyasiga asosan qovushuv darajasi-
ning pastligini bildiradi. 
267


MDB (Munosabatlarni differensial baholash)
shkalasi bo‘yicha so‘rov
Varaqasi
3 — Juda iliq
1 — Sovuqroq
2 — Iliq
2 — Sovuq
1 — Iliqroq
3 — Juda sovuq
3 2 10 12 3
Iliq
Sovuq
Yoqimli
Yoqimsiz
Quvonchli
G‘amgin
Yengil
Og‘ir
Siqiq
Erkin
Sodda
Murakkab
Yaqin
Begona
Mo‘rt
Mustahkam
Turg‘un
O‘zgaruvchan
Gormonik
Xunuk
Silliq
Notekis
Qo‘pol
Muloyim
Dushmanlarcha
Do‘stona
Tetiklantiruvchi
Holdan toydiruvchi
Tayyorgarlik
E’tiborsizlarcha
268


6-test. Oilaviy hayotdan qoniqish so‘rovnomasi
(V. V. Stolin, T. M. Romanov, G. G. Butenko)
Yo‘riqnoma: Har bir tasdiqni diqqat bilan o‘qing va uchta
variantdan birini tanlang. Mavhum «aytish qiyin», «aniq javob
bera olmayman» kabi javoblarni chetlab o‘tishga harakat qiling.
Savollarga iloji boricha tez o‘ylanmasdan javob berishga
harakat qiling. 
1. Odamlar oilaviy hayotdagidek bir-birlari bilan yaqin
yashasalar, bir-birlarini tushunush va idrok qilishning o‘tkirligi-
ni yo‘qotadilar. 
a) to‘g‘ri;
b) uncha emas;
d) noto‘g‘ri.
2. Sizning oilaviy hayotingiz sizga:
a) xavotirlik va azob beradi;
b) javob berishga qiynalaman;
d) quvonch va qoniqish beradi.
3. Do‘st va qarindoshlaringiz sizning oilaviy hayotingizni:
a) qoniqarli;
b) o‘rtacha;
d) qoniqarsiz deb baholaydilar. 
4. Agar sizning qo‘lingizda bo‘lsa:
a) turmush o‘rtog‘ingizning xarakteridagi ko‘p xislatlarni
o‘zgartirgan bo‘lardingiz;
b) javob berish qiyin;
d) Siz hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lardingiz. 
5. Hozirgi zamonaviy oilaviy hayotning asosiy muammo-
laridan biri hamma narsaning jonga tegishi, shu jumladan er-
xotinlik munosabatlarini ham:
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
6. O‘zingizning oilaviy hayotingizni do‘stlaringiz va ta-
nishlaringiz hayoti bilan solishtirganingizda, u holda:
a) o‘zingizni boshqalardan baxtsiz;
b) javob berishga qiynalasiz;
d) o‘zingizni baxtli his qilasiz. 
7. Oilasiz, turmush o‘rtoq va yaqin kishisiz mustaqil bo‘lib
yashash, juda qimmatga tushgan bo‘lar edi. 
a) to‘g‘ri;
269


b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
8. Sizsiz turmush o‘rtog‘ingizning hayoti qiziqarsiz bo‘lardi
deb o‘ylaysiz:
a) ha to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
9. Ko‘pchilik odamlar nikohga taalluqli kutishlarda
adashadilar: 
a) to‘g‘ri; 
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri. 
10. Ko‘pgina turli shart-sharoitlar sizga ajralish haqida
o‘ylashingizga xalaqit beradi (bergan): 
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri. 
11. Agar vaqtni orqaga qaytarishning iloji bo‘lganda u hol-
da siz:
a) hozirgi turmush o‘rtog‘ingizdan boshqasiga;
b) javob berish qiyin;
d) balki shu turmush o‘rtog‘ingizga turmushga chiqqan
bo‘lardingiz. 
12. Siz shunday turmush o‘rtog‘ingiz borligi bilan faxrlanasiz: 
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri. 
13. Afsuski, turmush o‘rtog‘ingizning kamchiliklari uning
yaxshi fazilatlaridan ko‘p:
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
14. Oilaviy hayotingizning baxtli bo‘lishiga asosan xalaqit
beradi:
a) turmush o‘rtog‘ingizning xarakteri;
b) javob berish qiyin; 
d) ayb o‘zimda.
15. Oilaviy hayot qurishdagi hissiyotlaringiz:
a) kuchaydi;
b) javob berish qiyin;
d) kamaydi.
270


16. Oilaviy hayot odamning ijodiy ishlashlariga to‘sqinlik
qiladi:
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
17. Sizning oilaviy hayotingizda bir-birini qo‘llab-quvvat-
lash yo‘q. 
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
18. Sizga turmush o‘rtog‘ingiz tez-tez hazil va noto‘g‘ri
ishlarni, noo‘rin hazillar va noto‘g‘ri gapirgandek tuyuladi:
a) to‘g‘ri;
b) javob berishga qiynalaman;
d) noto‘g‘ri.
19. Oilaviy hayotingiz sizning xohish va irodangizga bog‘liq
emas:
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri. 
20. Sizning oilaviy munosabatingiz turmushingizga siz kut-
gan tartib va tashkililik olib kelmadi. 
a) to‘g‘ri;
b) javob berishga qiynalaman;
d) noto‘g‘ri.
21. Aynan oilada kishi hurmat qozona olmaydi deganlar
nohaqdirlar: 
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
22. Odatda turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatingiz sizni
qoniqtiradi (qoniqtirgan):
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
23. To‘g‘risini aytganda oilaviy hayotingizda birorta ham
yorug‘ kuningiz bo‘lmagan:
a) to‘g‘ri;
b) javob berish qiyin;
d) noto‘g‘ri.
271


Kalit:
1;2;4;5;6; — «V»
17; — «A»
7;8 — «A»
18;19;20;21; — «V»
9;10;11; — «V»
22; — «A»
12; — «A»
24; — «V»
13;14;15;16; — «V»
Ballarni hisoblash: kalitga mos tushgan javoblarga – 2 ball. 
Mavhum javobga – 1 ball.
Kalit bilan mos tushmagan javoblar – 0 ball. 
Xomaki ballar 48 dan 0 gacha. 
8-test. Er-xotinning energofiziologik mutanosibligi
1. Sizning turmush o‘rtog‘ingiz bilan uyqu va bedorlik
vaqtingiz bir xilmi? (biringiz uxlaganingizda, biringiz uyg‘oqsiz,
biringiz vaqtli yotganingizda, biringiz uxlamaysiz.)
2. Turmush o‘rtog‘im asabiylashganda yoki jahli chiqqan-
da, men odatda uni yaxshi gap bilan yoki nimadir qilib tinch-
lantira olaman. 
3. Biz turmush o‘rtog‘im bilan yaxshi kelishamiz. 
4. Turmush o‘rtog‘im bilan biror ishni har xil tezlikda ba-
jarishimiz meni jahlimni chiqaradi (men tez, u esa sekin baja-
rishi yoki aksi). 
5. Turmush o‘rtog‘imning tez va ko‘p ovqat iste’mol qilishi
asabimga tegadi. 
6. Ba’zan ovqat tanlashimizdagi farq oilaviy nizoga sabab
bo‘ladi. 
7. Tez-tez men xursand bo‘lganimda turmush o‘rtog‘im
xafa bo‘ladigan yoki aksincha bo‘ladigan hollar tez-tez bo‘lib
turadi. 
8. Uyquga ketishim va to‘yib uxlab olishimga turmush
o‘rtog‘im ko‘pincha xalaqit beradi. 
9. Turmush o‘rtog‘im bilan temperamentimiz juda mos. 
10. Jinsiy aloqa bizning munosabatlarimizga ijobiy ta’sir
etadi. 
11. Jinsiy hayotda turmush o‘rtog‘im meni to‘la qanoat-
lantiradi. 
12. Turmush o‘rtog‘imni jinsiy aloqada qoniqtirishni bila-
man. 
272


13. Jinsiy munosabatga ehtiyoj, aloqaga moyillik ikkala-
mizda ham bir vaqtda paydo bo‘ladi.
14. Bizdan birimiz vannada dush qabul qilishni yoqtirsak,
boshqamiz aksincha. 
15. Biz odatda nizolarni tez va oson bartaraf etamiz. 
16. Jahlim chiqqanda yoki asabiylashganimda turmush
o‘rtog‘im meni tezda tinchlantira oladi. 
17. Men o‘zimni yo‘qotib qo‘yganimda turmush o‘rtog‘im
o‘zini boshqara oladi, turmush o‘rtog‘imda shunday hol yuz
berganida, men o‘zimni tuta bilaman. 
18. Umuman bizning oilaviy hayotimiz tinchlik va o‘zaro
tushunishda o‘tayapti. 
19. Men uy ishlarini qilayotgan vaqtimda turmush
o‘rtog‘imning dam olib o‘tirishi meni juda jahlimni chiqaradi. 
20. Agar turmush o‘rtog‘im menga «zahrini sochsa» uni
kechiraman. 
21. Bizning kayfiyatimiz bir-biriga bog‘liq holda o‘zgaradi:
birimizning kayfiyatimiz yomon bo‘lsa ikkinchimizning ham
kayfiyatimiz tushadi. 
22. Fasllar bizning kayfiyatimizga deyarli bir xil ta’sir qila-
di. 
23. Bizning turmush o‘rtog‘imiz bilan organizmimiz bir-
biriga juda o‘xshash – bir xil reaksiya, hissiyot, jismoniy rhti-
yojlar. 
24. Turmush o‘rtog‘im menga tez-tez dakki berib turadi.
Qattiq chaynama, sekinroq nafas ol, oyog‘ingni chalkashtirma,
oyog‘ingni sudrab yurma. 
Olingan ma’lumotlar tahlili:
Turmush o‘rtoqlarning energojismoniy moslikning ko‘rsat-
kichi javoblarning summasi bo‘yicha aniqlanadi, kalitga mos
tushuvchi, «ha» – 2, 3, 9, 10, 11, 12, 13, 15, 16, 17, 18, 20,
21, 22, 23; «yo‘q» — 1, 4, 5, 6, 7, 8, 14, 19, 24, har bir to‘g‘ri
javob uchun 1 ball beriladi. 
Natijalar tahlili: 0 dan 24 gacha bo‘lgan oraliqda ener-
gofiziologik moslikni aniqlash mumkin. Ball qanchalik yuqori
bo‘lsa, o‘xshashlik yuqori bo‘ladi. 0—8 ballgacha past darajada
moslik, 9—12 noma’lum, 13—18 gacha nisbatan baland 19—24
gacha juda baland. 
273


9-test. «Oilangizda nizolar mavjudmi?» testi
1. Siz uchun muhimi nima?
a) nikohning o‘zi, oilali kishi, deb hisoblash imkoniyati –
1 ball, 
b) turmush o‘rtog‘isiz, nikohsiz hayot yomon bo‘lmas
edi — 0 ball.
2. Nikohga yengil qarab, uni kattalarning o‘yiniga o‘xshay-
di, deb hisoblaysizmi?
a) ha – 1 ball, 
b) yo‘q – 0 ball.
3. Ota-onangizga moddiy bog‘langanmisiz?
a) ha – 1 ball,
b) yo‘q – 0 ball.
4. Sizlarning nikoh va hayotiy kutishlar borasidagi qarash-
laringiz mos tushadimi?
a) ha – 0 ball, 
b) yo‘q – 1 ball.
5. Oila turmush tarzi, maishiy-xo‘jalik sohasi haqidagi
tasavvurlaringiz turmush o‘rtog‘ingiz, hamda boshqa oila a’zo-
lari bilan bir xilmi?
a) ha – 0 ball, 
b) yo‘q – 1 ball.
6. Munosabatlarni oydinlashtirishda nizo va kelishmovchi-
liklar tez-tez bo‘lib turadimi?
a) ha – 1 ball, 
b) yo‘q – 0 ball.
7. Sizlarning umumiy qiziqishlaringiz, qarashlaringiz,
mashg‘ulotlaringiz mavjudmi?
a) ha – 0 ball, 
b) yo‘q – 1 ball.
8. Bolalaringiz nechta?
a) 2 ta va undan ortiq – 0 ball, 
b) 2 tadan kam –1 ball.
9. Bolalaringiz tarbiyasi qanday?
a) yuqori – 0 ball,
b) o‘rtacha yoki past – 1 ball.
274


Olingan ma’lumotlar tahlili:
0 — 2 ballgacha. Ajralish sizning oilangizga xavf solgani
yo‘q. Mustahkam oila qurish, qiyinchiliklarni yengish uchun
barcha imkoniyatlar mavjud. Oddiy tortishuvlar o‘zaro muno-
sabatlaringizga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
3 — 5 ballgacha. Sizning munosabatlaringiz taranglik
chegarasida. Siz turmush o‘rtog‘ingizdan doim mamnun emas-
siz. Siz har doim ham o‘zingizni tuta bilmaysiz, qo‘lga olol-
maysiz. Bunday vaziyatlar ajralish xavfini tug‘diradi. Bunday
holatlardan uzoqlashing. Oilaviy hayotingiz ayrim hollarda
zerikarli tuyulsa ham, siz undan qoniqasiz. Sizning o‘zaro
munosabatlaringizda muloqot madaniyatiga e’tibor bering. Bir-
biringizga g‘amxo‘rlik ko‘rsating, yon bosishga o‘rganing. 
6 — 9 ballgacha. Oilangizda ajralish vaziyati yuzaga kelgan.
Oilaviy burchlarning taqsimlanishini haqiqat nuqtayi-nazardan
ko‘rib chiqish, muammolarni bartaraf etish zarur. Oiladagi
muloqot jarayonini o‘zgartirishga e’tibor bering, er va xotin har
biringiz o‘zingiz uchun hayotiy qoniqmaslik sababini, turmush
o‘rtog‘ingizni hayotdan qoniqmaslik sabablarini, imkoniyatlari-
ni o‘rganib chiqish zarur. Bir-biringizga nazokatli, diqqat-e’ti-
borli, yumshoq, yaxshi niyat bilan murojaat qiling. O‘z nav-
batida bir-biringizga kamroq tanbeh bering. Er-xotinni bir-biri
bilan bog‘laydigan, biriktiradigan xususiyatlarga ko‘proq intil-
ing. 
10-test. Oilada psixologik muhit
Psixologik muhit – bu har qanday jamoa ichida hukm sur-
gan asosiy kayfiyat, shaxslararo munosabatdir. 
Savollarga: «Ha», «Yo‘q», «Ba’zan» deb javob bering. 
1. Bizning oila juda inoq. 
2. Dam olish kunlari nonushta, tushlik va kechki ovqatni
birga iste’mol qilish odat tusiga kirgan. 
3. Oilaning ba’zi a’zolarining ishtiroki menda norozilik
uyg‘otadi. 
4. O‘z uyimda men o‘zimni juda yaxshi his qilaman. 
5. Oilaviy hayotimizda shunday bir holat borki, u oila
ahilligini buzib turadi. 
6. Uy sharoitida men hammadan ko‘ra yaxshiroq dam ola-
man. 
275


7. Oilada norozilik paydo bo‘lsa, hamma uni tez unutadi. 
8. Oilamizda quvnoq, ko‘tarinki kayfiyat hukmronlik qila-
di. 
9. Oilada og‘ir, tushkun va tajang muhit yuzaga kelgan. 
10. Oilamizda ba’zi bir a’zolarnnig yoki hammaning ba-
land ovozda gapirishlari menga yoqmaydi. 
11. Yo‘l qo‘yilgan xatolar, yaratilgan noqulayliklar uchun
kechirim so‘rash oilamizda odat tusiga kirgan. 
12. Odatda bayramlarni keng nishonlaymiz. 
13. Oiladagi noqulay muhit tufayli uyga borgim kelmaydi-
gan hol tez-tez bo‘lib turadi. 
14. Uyda meni tez-tez xafa qilib turishadi. 
15. Uyimizdagi sarishtalik meni doim xursand qiladi. 
16. Uyga kelganimda hech kimni ko‘rishni ham, eshitishni
ham istamagan holat menda tez-tez bo‘lib turadi. 
17. Oiladagi munosabatlar o‘ta taranglashgan. 
18. Men oilamizda ba’zi birovlar o‘zini noqulay his qilishi-
ni bilaman. 
19. Biznikiga tez-tez mehmonlar kelib turishadi. 
Olingan ma’lumotlar tahlili:
«Ha»ga 2 ball, «ba’zan»ga 1 ball, «yo‘q»ga 0 ball. 
Natijalar tahlili: 
0—8 ball.
Mustahkam qat’iy salbiy psixologik muhit. Bu
oraliq er-u xotinning ajralish darajasiga yetib qolganini yoki
birgalikda yashash hayotini «juda og‘ir», «chidab bo‘lmaydi-
gan» darajada ekanligini ko‘rsatadi. 
9—15 ball.
Noqat’iy, o‘zgaruvchan psixologik muhit.
Bunday ko‘rsatkichni birga yashashdan ixlosi qaytgan, o‘zaro
munosabatlarida keskinlik bo‘lgan oilalar beradi. 
16—22 ball.
Noaniq psixologik muhit. Unda ba’zi keskin-
liklar mavjud, lekin ijobiy kayfiyat ustunlik qiladi. 
23—25 ball.
Qat’iy, ijobiy psixologik muhitga ega bo‘lgan
oilalar. 
11-test. «Oilangizda muloqot qanday?» testi
Hurmatli ota-onalar! Siz o‘z oilangizda qaysi muloqot us-
lubi mavjud ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi test
savollariga «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob bering. 
276


1. «Men onaman (otaman), menga hamma narsa
«mumkin» yoki «Men aytdimmi, demak shunday bo‘ladi» de-
gan jumlani ayta olasizmi?
2. Siz bolangizga nisbatan jismoniy jazoni qo‘llaysizmi?
3. Siz o‘z hamkoringizga nisbatan ovozingizni ko‘tarib
gapirishingiz, haqorat qilishingiz mumkinmi?
4. Siz shaxsiy zaruriyatlaringiz uchun turmush o‘rtog‘ingiz-
dan pul yashirasizmi?
5. Agar ishda yoki do‘stlaringiz oldida uzoq ushlanib qol-
sangiz, bu to‘g‘rida turmush o‘rtog‘ingizni ogohlantirishni
o‘zingiz uchun zarur deb hisoblaymizmi?
6. Siz qo‘rqitish maqsadida musht o‘qtala olishingiz
mumkinmi?
7. Turmush o‘rtog‘ingizning qarindoshlariga baqira olasiz-
mi?
8. Xayrlashmasdan turib, uydan chiqib keta olasizmi?
9. O‘zingiz bilan bir shaharda yashovchi og‘ir kasal qarin-
doshingizdan xabar olmay bilasizmi?
10. Siz xotiningizni (eringizni) dugonalari, o‘rtoqlari bo‘l-
masligi kerak deb hisoblaysizmi?
11. Siz o‘z hamkoringizga qarata «siz qayerda edingiz,
qayerlarda yuribsiz?» deya olasizmi?
12. Ma’lum sharoitlarda turmush o‘rtog‘ingizni uzoq vaqt
kutish zaruriyati sizning jahlingizni chiqaradimi?
Olingan ma’lumotlar tahlili:
Agar siz hamma savollarga ijobiy javob bergan bo‘lsangiz,
sizning oilangizda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hukm suradi. 
Agar juda bo‘lmaganda uchta savolga «yo‘q» deb javob
bergan bo‘lsangiz, demak hali umid bor, ko‘p narsa yo‘qotma-
gansiz, yoshingizdan qat’i nazar nimalarnidir o‘zgartirish
mumkin. 
Agar javoblaringizning yarmi salbiy bo‘lsa, siz demokra-
tizmga moyilsiz, charchagansiz, dam olishingiz kerak. Siz
asabiy va jahldorsiz, lekin umuman olganda to‘g‘ri yo‘nalishda
harakat qilayapsiz. O‘zingizni tekshirib ko‘ring va yangi hayot-
ni boshlang. Boshlanishi uchun juda bo‘lmaganda bitta pozi-
tsiyani o‘zgartirishga harakat qiling, masalan uydan ketayotib
o‘z yaqinlaringiz bilan muloyim xayrlashishga, ularga muvaf-
faqiyat, yaxshilik tilashga harakat qiling. Kichkina yoki o‘smir
277


bolalaringiz oldida turmush o‘rtog‘ingizni o‘pib qo‘yishdan
uyalmang. Bu norma, normadan og‘ish emas. Ammo bu bilan
oiladagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etishga yo‘l
ochilgan bo‘ladi. 
O‘zingizni oilangiz a’zolari, hatto bolalaringiz bilan ham
maslahatlashishga o‘rgating. O‘zingiz yakka qaror qabul qil-
mang, siz shu zahoti yashash osonlashganini his qilasiz.
Bularning barchasi oiladagi nizolarni bartaraf etishda katta rol
o‘ynaydi. 
12-test. «Siz bir-biringizga mos tushasizmi?» testi
Haqiqatdan ham bir olmaning teng ikki bo‘lagidek bir-bir-
lariga o‘xshagan juftlarga qarab biz, ko‘pincha «Ular bir-birla-
riga (ideal) mos tushadilar» – deymiz.
Siz o‘z juftingizga (turmush o‘rtog‘ingizga, tanlagan kishi-
ngizga) mos tushasizmi? U sizga mosmi? Nima sizlarni bog‘lab
turibdi? Nima ajratadi? Sizlarning baxtli, muvaffaqiyatli turmush
qurishlaringiz uchun qanday imkoniyatlaringiz bor?
Buning uchun siz o‘z juftingiz bilan birgalikda quyida
keltirilgan savollarga javob berishga harakat qilib ko‘ring.
278
1.
Burj (zodiak) bo‘yicha sizning belgingiz
va juftingizning belgisi quyida keltirilgan
guruhlarning bittasida joylashganmi? a)
Suv (qichqichbaqa, baliq, chayon) b)
Olov (qo‘y, kamonchi, sher); d) Havo
(egizaklar, tarozi, suv quyuvchi) e) Yer
(buzoq, qiz, tog‘ echkisi)
2.
Siz, ko‘pchilik orasida (bazmlarda) tez-
tez bo‘lib turishni yoqtirasizmi?
3.
Siz, necha yil oila qurishganliklaridan
qat’i nazar, er-xotinlar dam olishlarini
(ta’tillarini) birga o‘tkazishlari kerak deb
hisoblaysizmi?
4.
Siz qanday hisoblaysiz, oila qurgandan
so‘ng ham qarama-qarshi jins vakillaridan
do‘stga ega bo‘lish mumkinmi?
«Ha» «Yo‘q»


Olingan ma’lumotlar tahlili:
Endi quyidagi jadvaldan foydalangan holda har biringiz o‘z
ballaringizni hisoblab chiqing. Agar yettinchi savolga bergan
javobingiz ikkovingizda ham bir xil bo‘lsa, unda har biringiz
o‘zingizga yana besh balldan qo‘shasiz, aks holda yuqoridagi
olti savolga olgan ballaringizning o‘zini qoldirasiz.
SAVOL
HA
YO‘Q
1
5
0
2
5
0
3
5
0
4
5
0
5
5
0
6
5
0
279
5.
Sizning ota-onangiz bir-birlari bilan bu-
tunlay 
murosada 
(doimo 
kelishib)
yashaydilarmi (yashaganlarmi)?
6.
Siz otangiz bilan yaxshi munosabatdami-
siz, (yaxshi munosabatda bo‘lganmisiz)?
(Bu savol qizlar uchun). Siz onangiz bi-
lan yaxshi munosabatdamisiz (yaxshi
munosabatda bo‘lganmisiz)? (Bu savol
yigitlar uchun).
7.
Siz uchun er-xotinlikning asosiy maqsadi
nimada? a) Bolalar va ularning tarbiyasi
haqida o‘ylash. b) Moddiy ta’minlangan-
lik; d) Iliq, xotirjam psixologik, hissiy
muhit. Bir-birini to‘la o‘zaro tushunish.


Natijalarni hisoblab chiqing va yiqqan ballaringiz o‘rtasida-
gi farqni taqqoslang.
Ballar o‘rtasida farq 5—10 bo‘lsa: Sizlarning ittifoqingiz
muvaffaqiyatli (yoki muvaffaqiyatli bo‘lish ehtimoli yuqori). U
sizlarning o‘zaro talablaringizning butunlay qondirilishini
ta’minlaydi va sizning o‘z ishonchingizga ko‘ra rivojlanadi.
Sizlarning farzandlaringiz sevgi muhitida oilaviy gormoniyada
o‘sish imkoniyatlariga egalar.
Ballar farqi 15—25 bo‘lsa: Sizlar o‘rtangizdagi farq, sizlar-
ning talablaringiz va intilishlaringizni amalga oshirishda qiyin-
chiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa ko‘pincha bir-
biringizdan qoniqmasligingizga va munosabatlaringizning
sovushiga olib kelishi mumkin. Bir-biringiz bilan ochiqchasiga
gaplashib olinglar.
Sizlar, hali yana umumiy yo‘l topa olishlaringiz mumkin.
Ballar farqi 25 va undan ko‘p bo‘lsa: Sizlarning xarakter-
laringiz juda farqlidir. Oilangizni saqlab qolish uchun, sizlar
ikkovingiz ham doimo bir-biringizga yon berishinglar kerak.
Faqat shundagina oilangiz osuda hayot kechirishi mumkin. O‘z
ustingizda ko‘proq ishlashingiz va juftingizga ko‘proq e’tibor
berishingiz kerak.
14-test. «Qiyin hayotiy vaziyatlardan chiqa olish» testi
Odamlar hayotning qiyin sharoitlaridan turli yo‘llar bilan
chiqa oladilar. Bunday holatlar pedagogik faoliyatda ko‘p
uchraydi. Ba’zilar qiyinchiliklarga moslashadilar va «oqim
bo‘ylab» suzishga harakat qiladilar. Boshqalar esa taqdirdan
norozi bo‘lib, jahl qiladilar, emotsional qarshilik ko‘rsatadilar,
lekin hech narsani hal qilmay sekin tinchlanadilar. Uchinchi
xil odamlar esa muammoni «ko‘rmaslikka» harakat qiladilar.
To‘rtinchi xil odamlar esa qandaydir boshqacha yo‘lni qidi-
radilar. Quyidagi test odamning hayot qiyinchiliklarini hal
qilishda ustunlik qiladigan yo‘llarni topa olgan qobiliyatini bel-
gilab beradi. Testni yechishda har bir savolga bitta variantni
tanlab javob berish kerak.
1. Boshqa kishilarga o‘z ko‘ngilsizliklaringiz va tashvish-
laringiz haqida gapirasizmi?
a) yo‘q, chunki bu menga yordam bermaydi deb hisoblay-
man;
b) ha, agar bunga mos suhbatdosh topsam;
280


d) har doim emas, tashvishlarni eslash o‘zimga og‘ir.
2. Ko‘ngilsizliklarni qanchalik og‘ir kechirasiz?
a) har doim va juda og‘ir;
b) bu muhitga bog‘liq;
d) chidashga harakat qilaman, chunki har qanday ko‘ngil-
sizlikni oxiri bo‘ladi.
3. Agar siz spirtli ichimliklarni iste’mol qilsangiz, qanday
holatlarda ichasiz (spirtli ichimliklar ichmasangiz bu savolga
javob bermasdan keyingi savolga o‘tishingiz mumkin).
a) o‘z tashvishlarimni vinoda «cho‘ktirish» uchun;
b) qandaydir yo‘l bilan muammolardan chalg‘ish uchun;
d) shunchaki o‘zim, chunki menga ba’zan kayfda o‘zimni
erkin his qilish va yoqimli kayfiyatda bo‘lish yoqadi.
4. Biron narsa sizni qattiq ranjitsa nima qilasiz?
a) o‘zimni bo‘sh qo‘yib, anchadan buyon qilmagan ish-
larimni bajaraman;
b) do‘stlarimnikiga mehmonga boraman;
d) uyda o‘z-o‘zimga achinib o‘tiraman.
5. Agar sizni yaqin kishingiz xafa qilsa:
a) hech kim bilan muomala qilmayman;
b) undan tushuntirishni talab qilaman;
d) meni tinglashi mumkin bo‘lgan har qanday odamga bu
haqida gapirib beraman.
6. Baxtli daqiqalarda siz:
a) o‘tgan baxtsizligingiz haqida o‘ylamaysiz;
b) bu daqiqalar tez o‘tib ketishidan qo‘rqasiz;
d) hayotda ko‘p ko‘ngilsizliklar borligini unutmaysiz.
7. Psixiatorlar haqida qanday fikrdasiz?
a) ularning patsiyentiga aylanishni xohlamasdingiz;
b) ular ko‘pchilikka aniq yordam bera oladilar;
d) odam o‘ziga psixiatorlarsiz yordam bera olishi kerak.
8. Taqdir, sizning fikringizcha:
a) sizni ta’qib qiladi;
b) sizga nisbatan nohaq;
d) sizni qo‘llab-quvvatlaydi.
9. Turmush o‘rtog‘ingiz, yoki sevgan kishingnz bilan
urushdan so‘ng, jahldan tushib nima haqida o‘ylaysiz?
a) oldin bo‘lgan yoqimli damlarni eslaysiz;
b) undan xufyona o‘ch olishni orzu qilasiz;
d) undan qanchalik sitam ko‘rganingizni o‘ylaysiz.
281


Test kaliti:
Javob
1
2
3
4
5
6
7
8
9
A
3
4
5
0
3
1
4
5
1
B
1
0
3
2
0
3
2
2
2
D
2
2
]
4
1
5
3
1
3
Olingan ma’lumotlar tahlili:
7–15 ballda
odam qiyinchilikka tez moslashib, to‘g‘ri yo‘l
topa oladi, voqeaga aniq, to‘g‘ri baho bera oladi.
16–20 ball 
yiqqan odamlar hamma hollarda ham taqdir
sinovlariga dosh bera olmaydilar. Ular taqdirdan norozi bo‘lib,
muammolarni o‘ylab qiynaladilar va boshqalarni ham qiynay-
dilar.
27–30 ball
to‘plagan odamlar muammolarga to‘g‘ri baho
bera olmaydilar. Ular qiyinchiliklarni normal kechira olmaydi-
lar. Ularga psixologik noadekvat munosabatda bo‘ladilar.
282


ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. 
Karimov I. A.
O‘zbekiston buyuk kelajak sari. — Toshkent:
«O‘zbekiston». 1998. — 683 b.
2. 
Karimov I. A.
Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. —
Toshkent: «O‘zbekiston», 1998. — 431 b.
3. 
Karimov I. A.
Barkamol avlod orzusi. — Toshkent: «Sharq»,
1999. — 182 b.
4. 
Karimov I. A.
Oila farovonligi — millat farovonligi. /O‘zbe-
kiston Respublikasi Konsitutsiyasining besh yilligiga bag‘ishlangan
majlisdagi tabrik so‘zi, 1997-yil 5-dekabr.
5. 
Karimov I. A.
O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. — Toshkent:
«O‘zbekiston», 1999. — 48 b. 
6. 1998-yil — Oila yili — 1998 god — god semi. — Toshkent:
«O‘zbekiston», 1998. — 128 b.
7. 
Abu Ali Ibn Sino.
Tib qonunlari, 1-jild. — Toshkent., 1994. —
304 b.
8. 
Avloniy A.
Guliston yoxud axloq. Islom odobidan mumtoz na-
munalar. T., 1993. — 120 b.
9. Amir Temur o‘gitlari. T., 1992. — 64 b.
10. 
Akramova F. A., Abdullayeva R. M.
Sharq mutafakkirlarining
oila xususidagi qarashlari.T.: «Shams ASA», 2002. — 25 b.
11.
Akramova F. A., Abdullayeva R. M.
Oilaviy hayotni o‘rga-
nishga oid psixologik testlar. T.: «Shams ASA», 2002. — 58 b.
12. 
Akramova F. A., Abdullayeva R. M.
Oilaviy hayotga oid
psixologik tavsiyalar. T.: «Shams ASA», 2002. — 63 b.
13. 
Akramova F. A.
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. T.:
«Shams ASA», 2005. — 68 b.
14. 
Akramova F. A.
Oilada muomalani tashkil etish psixologiyasi.
T.: «Shams ASA», 2006, — 90 b.
15. 
Akramova F.A., Lutfullayeva N.X., Haydarova X. R.
Shaxsni
ijtimoiy munosabatlarda o‘rganishga oid psixologik testlar. T.:
«Shams ASA», 2006. — 61 b.
283


16. 
Akramova F.A.
Yuqori sinf o‘quvchilarida sevgi-muhabbat
hislari namoyon bo‘lishining ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari.
Dis.p.f.n., T., 1997. — 184 b.
17. 
Aðãàéë M.
Ïñèõîëîãèÿ ñ÷àñòüÿ. Ïåð. ñ àíãë. /Oáù. ðåä. è
âñòóï. ñò. M. Â. Këàðèíè. — M., 1990. — 336 ñ.
18.
Aminov B.
O‘smirlar jinsiy tarbiyasi. —Toshkent: «O‘qituv-
chi», 1979.
19. Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998-yilda amalga
oshiriladigan tadbirlar. Davlat dasturi to‘g‘risida. O‘zbekiston Res-
publikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-yanvar 45-son qarori.
20. Respublika «0ila» ilmiy-amaliy Markazini tashkil etish
to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-
yil, 2-fevral, 57-son qarori.
21. O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. Toshkent: «Adolat»,
1998, — 300 b.
22.
Áîéÿðä Ð. Ã., Áîéÿðä Ä.
Âàø áåñïîêîéíûé ïîäðîñòîê:
Ïðàêò. ðóêîâîäñòâî äëÿ îò÷àÿâøèõñÿ ðîäèòåëåé: ïåð. ñ àíãë. —
Ì., 1991. — 229 ñ.
23. 
Âåëäå Ò. Õ., Âàí äå.
Ñîâåðøåííîå ñóïðóæåñòâî: Ôèçèîëî-
ãèÿ è òåõíèêà èíòèìíûõ îòíîøåíèé /Ïåð. ñ àíãë. Â.Ñ. Ïàâëîâè-
÷à, Ñ. À. Ñåìåíèòñêîãî. — Ìèíñê: «Áåëîðóñ», 1995. — 333 ñ.
24. 
Âèòåê Ê. 
Ïðîáëåìû ñóïðóæåñêîãî áëàãîïîëó÷èÿ: Ïåð. ñ
÷åøñêîãî /Îáù. ðåä. è ïðåäèñë. Ì. Ñ. Ìàòñêîâñêîãî. Ì.,
1988. — 1445 c.
25. 
Âëàäèí Â., Êàïóòñèí Ä.
Èíòèìíûé ìèð ñåìüè. Ìèíñê,
1983. — 190 ñ.
26.
Âëàäèí Â., Êàïóòñèí Ä.
Ãàðìîíèÿ áðàêà. Ìèíñê,
1985. — 238 ñ.
27. 
Âëàäèñëàâñêèé Â. Ç.
Åñëè òû ìóæ÷èíà. 2-èçä. Òàøêåíò,
1992. — 158 ñ.
28. 
Âîëêîâ À. Ã. 
Ñåìüÿ ãëàçàìè äåìîãðàôà. Ì., 1989. —64 ñ.
29. 
G‘afurov A. T., Sodiqov V. S. 
Maktab bilan oiladagi gigienik
va jinsiy tarbiya. Toshkent, 1997. — 184 b.
30. 
Gine I.
O‘spirin voyaga yetayotganda. —Toshkent: «O‘qitu-
vchi», 1970.
31. 
Ãîëîä Ñ. È. 
Ñòàáèëüíîñòü ñåìüè: ñîöèîëîãè÷åñêèå è äå-
ìîãðàôè÷åñêèå àñïåêòû. — Ì.: Íàóêà, 1984. — 135 ñ.
284


32. 
Ãîðïèí÷åíêî È. È. 
è äð. Îòêðîâåííî î ñîêðîâåííîì /
È. È. Ãîðïèí÷åíêî, Ø. Ø. Õàêèìîâ, Ø. À. Çàêèðõîäæàåâ. —
Ò.: Èçä-âî èì. Èáí Ñèíû. 1991. — 144 ñ.
33. 
Gorpinchenko I. I.
va boshq. Hayo va ibo sirlari /
I.L. Gorpinchenko, Sh. Sh. Hakimov, Sh.A. Zokirxodjaev. — T.: Ibn
Sino nomidagi nashriyot. 1992. — 143 b.
34.
Davletshin M.G., Shoumarov G‘.B.
Zamonaviy o‘zbek oilasi
va uning psixologik xususiyatlari / O‘zbek oilasining etnopsixologik
muammolari: Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalari qisqacha
bayoni. — Toshkent, 1993. — 3—7 b.
35. 
Äàâëåòøèí Ì. Ã., Øîóìàðîâ ¢. Á., Ñîãèíîâ Í. À. 
Ïðå-
äóïðåæäåíèå êîíôëèêòîâ â óçáåêñêîé ñåìüå êàê îäèí èç ôàêòî-
ðîâ çäîðîâîãî îáðàçà æèçíè. Ïñèõîëîãè÷åñêèå àñïåêòû ïðîïà-
ãàíäû çäîðîâîãî îáðàçà æèçíè /Òåç. äîêë. ÈÈÈ Ðåñïóáë. íàó÷-
íî-ïðàêò. êîíô. ïñèõîëîãîâ. — Ñûêòûâêàð, 1988. — 81—84 ñ.
36. 
Äîáñîí Æ. ×.
Ðîäèòåëÿì è ìîëîäîæ¸íàì: äîêòîð Äîáñîí
îòâå÷àåò íà Âàøè âîïðîñû. — Ì.: Öåíòð îáùå÷åëîâå÷åñêèõ
öåííîñòåé, 1991. — 575 ñ.
37. 
Öþñêî Ì. Â.
5 øàãîâ ê ñåáå. Êíèãà äëÿ ó÷àùèõñÿ. — Ì.,
1992. — 173 ñ.
38. 
Ibrohimov A.
va boshq. Vatan tuyg‘usi. T., 1990.
39. Èìåëèíñêèé Ê. Ïñèõîãèãèåíà ïîëîâîé æèçíè /Ïåð. ñ
ïîëüñêîãî. Ì., 1973. — 256 ñ.
40. 
Êàãàí Â. Â.
Âîñïèòàòåëþ î ñåêñîëîãèè. — Ì.: Ïåäàãîãè-
êà, 1991. — 256 ñ.
41. 
Klemisheva L. S., Ergashev M. S.
Yoshga oid fiziologiya.
Toshkent, «O‘qituvchi» , 199J. —166 b.
42. 
Êîëåñîâ Ä. Â., Ñåëâåðîâà Í. Á.
Ôèçèîëîãî-ïåäàãîãè÷åñ-
êèå àñïåêòû ïîëîâîãî âîñïèòàíèÿ. — Ì., 1978. — 228 ñ.
43. 
Ëóïÿí ß. À.
Ïñèõîãèãèåíà áðàêà è ñåìåéíûõ îòíîøå-
íèé. — Ìèíñê, «Áåëîðóñ», 1973. — 29 ñ.
44. 
Markosyan A. A.
Yosh fiziologiyasi masalalari. —Toshkent,
1995. — 47 b.
45. Ìèð äåòñòâà. Ïîäðîñòîê /Ïîä ðåä. À. Ã. Õðèïêîâîé:
Îòâ. ðåä. Ã. Í. Ôèëîíîâ. — Ì., Ïåäàãîãèêà. 1982. — 432 ñ.
46. 
Murtazayev M.Y.
Tanosil kasalliklari. — Toshkent:
Meditsina, 1981.
285


47. 
Mahkamov U.
Axloq-odob saboqlari, T., 1994. — 134 b.
48. 
Musurmonova O., Baubekova G.
O‘zbek xalqi pedagogikasi,
T. — 2000. 64 b.
49. 
Karimova V. M.
Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot, T.,
1999.
50. 
Karimova V. M., Akramova F. A.
Psixologiya, T., 2000. —
172 b.
51.
Karimova V. M.
Oilaviy hayot psixologiyasi. T.— 2006. —
142 b.
52. Oila: ijtimoiy himoya omillari. Ilmiy-ommabop maqola-
lar to‘plami., /Prof. V. M. Karimova tahriri ostida. T.: 2007. —
118 b.
53.
Êîí È. Ñ.
Ïñèõîëîãèÿ ðàííåé þíîñòè. Ì., 1989.
54.
Navoiy A. 
Mahbub ul-qulub. T., 1983. — 110 b.
55. 
Íàãàåâ Â.Â.
Ïðîáëåìû ïîëîâîãî âîñïèòàíèÿ è ïîäãî-
òîâêè ó÷àùèõñÿ, ìîëîä¸æè ê ñåìåéíîé æèçíè. — Ñûêòûâêàð,
1990. —120 ñ.
56.
Íèêèòèí Á. Ï., Íèêèòèíà Ë. À.
Ìû è íàøè äåòè. 3-å
èçä. — Ì., 1988. — 225 ñ.
57. Oilani o‘rganish psixodiagnostika metodikalari. /Tuzuvchilar:
N. A. Sog‘inov, F. G‘. Habibullayev. — Toshkent, 1996. — 38b.
58. Oila axloqi va odobi: Majmua. T., 1995. — 200 b.
59. Oila psixologiyasi. /Shoumarov G‘. B. tahriri ostida). T.,
2000.
60.
Ïàíêîâà Ë. Ì. 
Ó ïîðîãà ñåìåéíîé æèçíè. Êí. äëÿ ó÷èòå-
ëÿ. Ì., 1991. — 144 ñ.
61.
Rahmatov B.
Quloqqa aytiladigan gaplar. — T.: Ibn Sino no-
midagi nashr., 1991. — 167 b.
62. 
Ðþðèêîâ Þ. Á.
Ìåä è ÿä ëþáâè. Ñåìüÿ è ëþáîâü íà ñëî-
ìå âðåìåí. — Ì., 1990. — 446 ñ.
63. 
Samatov T.
Qaltis savollarga nozik javoblar. (Jinsiy muno-
sabatlarga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop risola). Toshkent, 1992. —
48 b.
64. 
Ñàòèð Â.
Êàê ñòðîèòü ñåáÿ è ñâîþ ñåìüþ: Ïåð. ñ àíãë. —
Ì., 1992. — 192 ñ.
65. Ñåìåéíîå âîñïèòàíèå: Êðàòêèé ñëîâàðü / Ñîñò.:
È.Â. Ãðåáåííèêîâ, Ë.Â. Êîâèíüêî. — Ì., 1990. — 319 ñ.
286


66. Ñåìÿ. Ñîöèàëüíî-ïñèõîëîãè÷åñêèå è ýòè÷åñêèå ïðîáëå-
ìû: Ñïðàâî÷íèê. À. È. Çàöåïèí, Ï. Ì. Áó÷èíñêàÿ, È. Í. Ãàâ-
ðèëåíêî è äð. — Ê.: Ïîëèòèçäàò Óêðàèíû, 1990. — 225 ñ.
67. 
Sog‘inov N. A., Shoumarov G‘.
B. O‘zbek oilalarida ajralish
va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari /O‘zbek oilasining etno-
psixologik 
muammolari: 
Respublika 
ilmiy-amaliy 
anjumani
ma’ruzalari qisqacha bayoni. — Toshkent, 1993. — B. 109—Ul.
68.
Ñîãèíîâ Í. À.
Ïñèõîëîãè÷åñêîå èññëåäîâàíèå ïðîáëåìû
ñåìüè. Ìåòîä. ðåê. ìîëîäûõ ó÷åíûõ è ñïåöèàëèñòîâ ÒÃÏÈ
èì.Íèçàìè ïî îñóùåñòâ. Ðåøåí. Ôåâð. (1988) Ïëåíóìà ÖÊ
ÊÏÑÑ. /Òåç. Äîêë. íàó÷íî-ïðàêò. êîíô. ìîëîäûõ ó÷åíûõ ÒÃÏÈ
èì. Íèçàìè. — Òàøêåíò, 1988. — 18—19 ñ.
69.
Ñîãèíîâ Í. À.
Î íåêîòîðûõ ìåòîäèêàõ èññëåäîâàíèÿ
ñåìüè â ðàáîòå øêîëüíîãî ïñèõîëîãà. Íàó÷íî-ìåòîäè÷åñêèå îñ-
íîâû è îïûò îðãàíèçàöèè øêîëüíîé ïñèõîëîãè÷åñêîé ñëóæáû
/Òåç. äîêë. Ðåñïóáë. íàó÷íî-ïðàêò. êîíô... — Áóõàðà, 15—16
ñåíò. 1988 ã. ×.1. — Òàøêåíò, 1988. — 32—33 ñ.
70. 
Ñîãèíîâ Í. À.
Ïðîôèëàêòèêà ñóïðóæåñêèõ êîíôëèêòîâ —
îäèí èç îñíîâíûõ ôàêòîðîâ ñåìåéíîãî áëàãîïîëó÷èÿ. Ìàòå-
ðèàëû êîíô. Ìîëîäûå ó÷åíûå è ñïåöèàëèñòû: óñêîðåíèå ñî-
öèàëüíî-ýêîíîìè÷åñêîãî ðàçâèòèÿ. 24—26 ìàÿ 1988 ã. — Òåç.
äîêë. Ðåñïóáë. íàó÷.-ïðàêò. êîíô. — Ñàìàðêàíä, 1988 ã. —
74—75 ñ.
71.
Ñîãèíîâ Í. À.
Ñîöèàëüíî-ïñèõîëîãè÷åñêèå ïðè÷èíû
êîíôëèêòîâ â óçáåêñêîé ñåìüå. Àêòóàëèçàöèÿ ëè÷íîñòè â ñèñòå-
ìå îáùåñòâåííûõ îòíîøåíèé. Ïñèõîëîãè÷åñêèå àñïåêòû èññëå-
äîâàíèÿ ñåìüè. /Òåç.äîêë. ê VII ñúåçäó. Îá-âî ïñèõîëîãîâ
ÑÑÑÐ. — Ì., 1989. — 123—125 ñ.
72. 
Ñîãèíîâ Í. À.
Ñîöèàëüíî-ïñèõîëîãè÷åñêèå îñîáåííîñòè
óäîâëåòâîðåííîñòè áðàêîì â óçáåêñêîé ñåìüå. Àâòîðåôåðàò
äèñ. ê.ï.í., — Êèåâ, 1990. — 20 ñ. 
73. 
Ñîãèíîâ Í. À.
Ñîöèàëüíî-ïñèõîëîãè÷åñêèå îñîáåííîñòè
óäîâëåòâîðåííîñòè áðàêîì â óçáåêñêîé ñåìüå. Äèññåðòàöèÿ
ê.ï.í., — Êèåâ, 1990. — 213 ñ. 
74. 
Ñîãèíîâ Í. À., Êàðèìîâ Õ.
Óðîâåíü çíàíèé âñòóïàþùèõ â
áðàê î âîïðîñàõ ïîëîâîé æèçíè. Ïñèõîëîãè÷åñêèå àñïåêòû ñî-
âåðøåíñòâîâàíèÿ ïîäãîòîâêè ó÷èòåëüñêèõ êàäðîâ â ïåäâóçàõ è
287


óíèâåðñèòåòàõ ðåñïóáëèêè â óñëîâèÿõ íåïðåðûâíîãî îáðàçîâà-
íèÿ. /Òåç. äîêë. Ðåñïóáë. íàó÷íî-ïðàêò. êîíô. Àíãðåí, 12—15
àïðåëÿ 1991 ã. × 4. — Òàøêåíò, 1991. — 38—39 ñ.
75. 
Ñîãèíîâ Í. À., Óìàðîâ Á. Ì.
Ýòíîïñèõîëîãè÷åñêèå îñî-
áåííîñòè ïîäãîòîâêè ìîëîä¸æè ê ñåìåéíîé æèçíè. Òåîðåòèêî-
ïðàêòè÷åñêèå ïðîáëåìû ïåäàãîãè÷åñêîãî öåëåïîëàãàíèÿ. Ñá.
íàó÷í. òðóäîâ. — Òàøêåíò, 1991. — 91—99 ñ.
76. 
Sog‘inov N. A.
Yuqori sinf o‘quvchilarida oilaviy hayot
haqidagi tasavvurlarning shakllanishida maktab psixologining roli.
«Ta’lim-tarbiya muassasalarida psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yishning
nazariy va uslubiy asoslari» muammosi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat-
lararo ilmiy-amaliy anjuman ma’ruzalarining qisqa bayoni. Buxoro,
1994. — 25—27-b.
77. 
Sog‘inov N. A.
Oilani o‘rganish psixodiagnostika metodi-
kalari. Toshkent, 1996. — 35-bet.
78. 
Sog‘inov N. A. 
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash sog‘lom
turmush tarzini shakllantirishning asosiy omillaridan biridir. Çäîðî-
âûé îáðàç æèçíè — îñíîâà âîñïèòàíèÿ ïîäðàñòàþùåãî ïîêîëå-
íèÿ — «Ñîãëîì àâëîä ó÷óí». Ìàòåðèàëû íàó÷í.-ïðàêò. êîíô.
(26 àïðåëÿ 1996 ã.) (Ïîñâÿùàåòñÿ 660-ëåòèþ Ñàõèáêèðàíà Àìè-
ðà Òåìóðà). — Òàøêåíò, 1996. — 168 ñ., 40—44.
79. 
Sog‘inov N. A.
O‘zbek oilalarida yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlashning etnopsixologik xususiyatlari. O‘zbekiston mustaqilligi
uning fani va texnologiyalarini rivojlantirish kafolati. II Respublika
ilmiy kollokviumi materiallari. Toshkent, 1998. — 98—101-b.
80. 
Sog‘inov N. A.
Avlodni shakllantirishning ba’zi ijtimoiy
psixologik jihatlari. //Sog‘lom avlod uchun ¹ 8. 2002. — 28—42-b.
81. 
Sog‘inov N. A.
O‘zbek oilasining ijtimoiy-psixologik tadqiq etish
masalalari. Hozirgi zamon psixologiya fanining dolzarb muammolari.
Psixologiya fani sohasida eng yaxshi maqolalar tanlovida g‘olib chiqqan
maqolalar to‘plami. ¹ 1. — Toshkent, 1997. — 32—40-b.
82. 
Sog‘inov N. A.
Ayollarni asrang erkaklar. //Oila va jamiyat. —
1996, 47-son. 
83. 
Sog‘inov N. A.
Bolalar aqliy imkoniyatlarini o‘stirishning
an’anaviy negizlari. Ta’lim jarayonida mustaqil tafakkur rivojlanishi.
Ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 28-yanvar 2005-y. T., 2005, —
58—60-b.
288


84. 
Ñàíþêåâè÷ Ë. È.
Ïîëîâîå âîñïèòàíèå äåòåé è ïîäðîñò-
êîâ. Ìèíñê, 1979. — 256 ñ.
85. 
Ñòàíêîâ À. Ã.
×òî íàäî çíàòü äî áðàêà è ïîñëå áðàêà. —
Òàøêåíò., Ìåäèöèíà, 1981. —35 ñ.
86. Ñóïðóæåñêàÿ æèçíü: ãàðìîíèÿ è êîíôëèêòû /Ñîñò. Ë.À.
Áîáäàíîâè÷. — Ì., 1990. — 76 ñ.
87.
Ñûñåíêî Â. À.
Ìîëîäåæü âñòóïàåò â áðàê. — Ì.: Ìûñëü,
1986.
88. Òåñòû äëÿ ñóïðóãîâ. — Ìèíñê, 1998. — 32 ñ.
89.
Òîëñòûõ À. Â.
Âçðîñëûå è äåòè: ïàðàäîêñû îáùåíèÿ. —
Ì; 1988. — 128 ñ.
90. 
Tovasliy Yusuf.
Hikmatlar xazinasi, T., 1994. — 284-b.
91. 
Tursunov N. T., Gologsovker A. M. 
Venerik kasalliklar haqi-
da nimalarni bilish kerak. — Toshkent, Meditsina, 1973.
92. 
Uzoqov X. 
va boshqalar. Oila etikasi va psixologiyasi, T.,
1992. — 128-b. 
93. Óçû áðàêà, óçû ñâîáîäû /Ñîñò. Ò. Ðàçóìîâñêàÿ. — Ì.,
1990. — 222 ñ.
94. Ó÷èòåëÿì è ðîäèòåëÿì î ïñèõîëîãèè ïîäðîñòêà /Ïîä
ðåä. ïðîô. Ã.Ã. Àðàêåëîâà. — Ì., 1990. — 304 ñ.
95. Faxr ul Banot Sibg‘atulloh qizi. Oila saboqlari. —Toshkent.
1992. — 96-b.
96. 
Fitrat A.
Oila yoki oila boshqarish tartiblari, — T.,
«Ma’naviyat», 1998. — 112-b.
97. 
Ôîòèíà Ë. À., Áåëåäà Ð. Â.
Î ñàìîì ñîêðîâåííîì: ãàð-
ìîíèÿ ñåêñóàëüíûõ îòíîøåíèé. — Ì., 1990. — 64 ñ.
98. 
Ôðåéä Ç.
Î÷åðêè ïî ïñèõîëîãèè ñåêñóàëüíîñòè. —
Ìèíñê, 1990. — 166 ñ.
99. 
Ôðåéä Ç.
Ïñèõîëîãèÿ ñåêñóàëüíîñòè. — Ìèíñê, 1993. —
160 ñ.
100. 
Ôðîìì Ý.
Èñêóññòâî ëþáèòü: Èññëåäîâàíèå ïðèðîäû
ëþáâè: Ïåð. ñ. àíãë. — Ì., 1990. — 160 ñ.
101. 
Hikmatnoma:
O‘zbek maqollari izohli lug‘ati. T.,1990. —
528 b.
102. 
Xodakov N. M.
Yosh kelin-kuyovlarga. 3-nashr. —Toshkent,
1990. — 173 b.
103. Homiladorlikni oldini olishning zamonaviy usullari. Oilani
oqilona rejalashtiring. — Toshkent, 1998. — 34 b.
289


104. 
Xripkova A. G., Kolesov D. V.
Gigiyena va salomatlik.
Toshkent, 1986.
105. Husayn Voiz Koshifiy. Fatuvvatnomaiy Sultoniy: yoxud
javonmardlik tariqati. — Toshkent, 1994. — 111 b.
106. ×òî âû çíàåòå è ÷åãî íå çíàåòå î ñåáå è äðóãèõ: Ïñèõî-
ëîãè÷åñêèå òåñòû è íàáëþäåíèÿ íàä ñòðàííîñòÿìè ÷åëîâå÷å-
ñêîé ïñèõîëîãèè /Ñîñò. Ñ. Ñòåïàíîâ. — Äóáíà, 1995. — 160 ñ.
107. 
Sharipova D. J., Semyonova A.
O‘quvchilarga gigienik
ta’lim-tarbiya berish. —Toshkent: «O‘qituvchi», 1983,
108. 
Øíàáë Ç.
Ìóæ÷èíà è æåíùèíà: èíòèìíûå îòíîøåíèÿ /
Ïåð. ñ íåì. — Êèøèíåâ, 1982. — 224 ñ.
109. 
Shoumarov Sh. B., Shoumarov G‘. B. 
Muhabbat va oilaviy
hayot. — Toshkent. Ibn Sino nomidagi nashriyot, 1990. — 93 b.
110. 
Shoumarov G‘. B., Shoumarov Sh. B.
Muhabbat va oila.—
Toshkent, Ibn Sino», 1994. — 120 b.
111.
Øîóìàðîâ Ã. Á.
Ïñèõîëîãè÷åñêèå àñïåêòû âëèÿíèÿ
ñåìüè íà ïðîôîðèåíòàöèþ ó÷àùèõñÿ. Ïñèõîëîãî-ïåäàãîãè÷å-
ñêèå àñïåêòû ïðîôîðèåíòàöèè è òðóäîâîãî îáó÷. ó÷àù. â ñâåòå
îñíîâ. íàïð. ðåôîðìû îáùåîá. è ïðîô. øêîëû /Òåç. äîêë. Ðåñ-
ïóáë. íàó÷íî-ïðàêò. êîíô. — Òàøêåíò, 1987. — 47—48 ñ.
112. 
Shoumarov G‘. B., Sog‘inov N. A., Karimov X. K.
O‘zbek
oilalarida nikoholdi omillarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.
Ïñèõîëîãè÷åñêèå àñïåêòû ñîâåðøåíñòâîâàíèÿ ïîäãîòîâêè ó÷è-
òåëüñêèõ êàäðîâ â ïåäâóçàõ è óíèâåðñèòåòàõ ðåñïóáëèêè â óñëî-
âèÿõ íåïðåðûâíîãî îáðàçîâàíèÿ. /Òåç. äîêë. Ðåñïóáë. íàó÷íî-
ïðàêò. êîíô. Àíãðåí, 12—15 àïðåëÿ 1991 ã. ×. 4. — Òàøêåíò.
1991. — Á. 48—50. 
113. 
Øîóìàðîâ Ã. Á., Ñîãèíîâ Í. À.
Ýòíè÷åñêèå îñîáåí-
íîñòè ñóïðóæåñêèõ êîíôëèêòîâ â óçáåêñêîé ñåìüå. Ïñèõîëîãè-
÷åñêèå àñïåêòû ñîâåðøåíñòâîâàíèÿ ïîäãîòîâêè ó÷èòåëüñêèõ
êàäðîâ â ïåäâóçàõ è óíèâåðñèòåòàõ ðåñïóáëèêè â óñëîâèÿõ
íåïðåðûâíîãî îáðàçîâàíèÿ. /Òåç. Äîêë. Ðåñïóáë. íàó÷íî-ïðàêò.
êîíô. Àíãðåí, 12—15 àïðåëÿ 1991 ã. ×. 4. — Òàøêåíò, 1991. —
54—56 ñ.
114. 
Shoumarov G‘. B., Sog‘inov N. A.
Yosh o‘zbek oilalarida
yuzaga keladigan er-xotin nizolarining etnik xususiyatlari. O‘zbek
oilasining etno-psixologik muammolari. Respubl. Ilmiy-amaliy
290


291
Anjumani ma’ruzalarining qisqacha bayoni. — Toshkent, 1993. —
49—51 b.
115. 
Shoumarov G‘. B., Sog‘inov N. A.
O‘zbek oilalarida ajralish
va uning ijtimoiy psixologik xususiyatlari. O‘zbek oilasining etnop-
sixologik muammolari. Respubl. Ilmiy-amaliy Anjumani ma’ruzalar-
ining qisqacha bayoni. — Toshkent, 1993. 109—112 b.
116. 
Shoumarov G‘. B., Sog‘inov N. A.
Er-xotin orasidagi nizo-
larning etnopsixologik xususiyatlari. O‘zbek oilasining etnopsixologik
xususiyatlari. Ilmiy ishlar to‘plami. Toshkent, 1993. — 11—25 b.
117. 
Shoumarov G‘. B., Sog‘inov N. A.
va boshqalar. Onalarga
psixolog maslahati (Ona-bola munosabatlari psixologiyasiga oid ilmiy-
amaliy tavsiyalar). Toshkent, 2002-y.
118.
Øòîëñ Õ.
Êàêèì äîëæåí áûòü òâîé ðåáåíîê /Øòîëñ.
Äåòè è ñåìåéíûé êîíôëèêò, Àíçîðã: Êí.äëÿ ó÷èòåëÿ: Ïåð. ñ
íåì. — Ì., 1997. — 144 ñ.
119. 
Øåáåòåíêî À. È.
Òåñòû äëÿ äåëîâîãî ÷åëîâåêà è äëÿ
âñåé ñåìüè. — Ïåðìü, 1995.
120. 
Ýéäåìèëëåð Ý. Ã., Þñòåòñêèé Â. Â. 
Ñåìåéíàÿ ïñèõîòå-
ðàïèÿ. — Ë., 1989. — 192 ñ.
121. Ýíöèêëîïåäèÿ ìîëîäîé æåíùèíû /Ïåð. ñ ÷åø.
Í.È.Áåëîé, È. Í. Êîçëîâîé. — Íóêóñ, 1992. — 464 ñ.
122. Ýíöèêëîïåäèÿ ïîëîâîé æèçíè. Êí. äëÿ âñåõ. — Âèëü-
íþñ, 1990. — 43 ñ.
123. Ýíöèêëîïåäèÿ ñåìåéíîé æèçíè. Â 2-õ ò. Ò. 1. Âñå äëÿ
æåíùèí. — Äîíåöê. 1993. — 412 ñ.


292
M U N D A R I J A 
Kirish 
................................................................................................ 3
I bob. Oila psixologiyasining umumiy asoslari
1.1. Oila psixologiyasi fani predmeti, maqsadi va vazifalari.............. 5
1.2. Jamiyat va oila.......................................................................... 10
II bob. Oila xususidagi sharq mutafakkirlarining qarashlari
2.1. Oila xususida Sharq mutafakkirlarining falsafiy qarashlari....... 14
2.2. Nikoh-oila munosabatlarining evolyutsiyasi............................. 28
III bob. Oila tasniflanishi
3.1. Hozirgi zamon oilalarining turlari............................................ 40
3.2. Hozirgi zamon oilasining asosiy vazifalari................................ 47
3.3. Oilaning iqtisodiy vazifasi......................................................... 49
3.4. Oilaning reproduktiv vazifasi.................................................... 51
3.5. Oilaning tarbiyaviy vazifasi....................................................... 52
3.6. Oilaning kommunikativ vazifasi............................................... 54
3.7. Oilaning rekreativ vazifasi........................................................ 55
3.8. Oilaning felitsitologik vazifasi................................................... 57
3.9. Oilaning regulyativ vazifasi....................................................... 59
3.10. Oilaning relaksatsiya vazifasi.................................................. 60
IV bob. O‘smirlik yoshidagi o‘g‘il va qizlarning o‘ziga 
xos psixologik xususiyatlari 
4.1. O‘smirlik davri haqida tushuncha............................................. 63
4.2. O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar....................... 65
4.3. O‘smirlik avtonomiyalari.......................................................... 69
4.4. Jinsiy balog‘atga yetish............................................................. 72
4.5. Jinsiy balog‘atni erta yoki kech yuzaga kelish xususiyatlari...... 77
4.6. O‘smir qizlarda kuzatiladigan o‘zgarishlar................................ 81
4.7. O‘smir o‘g‘il bolalarda kuzatiladigan o‘zgarishlar..................... 84
4.8. O‘smirlarda do‘stlik, sevgi, yoqtirish hislari............................. 85


V bob. Muhabbat psixologiyasi
5.1. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining sevgi-muhabbat va do‘stlik 
hissi haqidagi qarashlari................................................................... 92
5.2. Muhabbat va uning turlari....................................................... 96
5.3. Muhabbat va yosh.................................................................... 98
5.4. Muhabbat bosqichlari............................................................. 101
5.5. Muhabbat va mijoz................................................................ 105
5.6. Muhabbatning belgilari........................................................... 107
5.7. Sevgining fasliy o‘zgarishiga tayyor bo‘ling............................. 109
5.8. Rashk hislari........................................................................... 112
5.9. Rashk hislaridan xalos bo‘lish yo‘llari..................................... 114
VI bob. Nikon oldi omillari xususiyatlari va ularning 
nikon mustahkamligiga ta’siri
6.1. Nikohga yetuklik xususiyatlari................................................ 120
6.2. Nikoh yoshi xususiyatlari....................................................... 128
6.3. Nikoh qurish motivlari xususiyatlari....................................... 131
6.4. Nikohgacha tanishish shartlari va muddatlari........................ 136
6.5. Bo‘lajak er-xotinlarning tanishish shartlari............................. 138
6.6. Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar.......................................... 140
VII bob. Oilada shaxslararo munosabatlar va
muloqot psixologiyasi
7.1. Oilada muloqot....................................................................... 149
7.2. Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to‘siqlar....................... 151
7.3. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi......................................... 152
7.4. Er-xotin munosabatlarining o‘ziga xosligi.............................. 155
7.5. Er-xotinlik munosabatlari...................................................... 160
VIII bob. Oilaviy nizolar, ajralish, uning 
sabab va oqibatlari 
8.1. Er-xotin nizolari..................................................................... 168
8.2. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar............................ 177
8.3. Qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar........................................... 178
8.4. Qaynona-kuyov orasidagi kelishmovchiliklar.......................... 183
8.5. Ajralish va uning oqibatlari..................................................... 184
8.6. Ajralishlarga sabab bo‘luvchi omillar....................................... 189
293


294
IX bob. Reproduktiv salomatlikning ijtimoiy-psixologik jihatlari
9.1. Kontratseptiv madaniyatni shakllantirish................................ 197
9.2. Davriy seksual abstitensiya (hayz siklini nazorat qilish, oilani
rejalashtirish usullari)..................................................................... 203
9.3. Gormonal saqlanish vositalari............................................... 209
X bob. OITS (SPID) va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning 
ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning yechimi
10.1. OITS (SPID) va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni 
bilishning zarurligi....................................................................... 213
10.2. Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning tarqalishi va unga 
sabab bo‘ladigan omillar................................................................ 215
10.3. Jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish 
chora-tadbirlari.............................................................................. 218
10.4. Yîshlarda jinsiy xulq va tanosil kasalliklari.......................... 220
XI bob. Oilaviy munosabatlarni o‘rganishga oid 
psixodiagnostik testlar
11.1. Yoshlarni oilaga tayyorlashga qaratilgan testlar..................... 225
11.2. Oila qurganlar uchun testlar................................................. 238
11.3. Oilada er-xotin munosabatlarini o‘rganish testlari................ 251
Adabiyotlar ro‘yxati
....................................................................... 283


OILA PSIXOLOGIYASI
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o

quvchilari uchun
«Sharq» nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati
Toshkent – 2010
Muharrir 
Ulug‘bek Rahimov
Badiiy muharrir 
Muzaffar A’lamov
Texnik muharrir 
Diana Gabdraxmanova
Musahhihlar: 
Nodira Oxunjanova, Jamila Toirova
Sahifalovchi 
Tatyana Ogay

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin