Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə44/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Java MAJMUA

Frame yaratish va joylashtirish

Frame Java dasturlash tilining yuqori darajali oynasi xisoblanadi. Ushbu oyna barcha grafikli foydalanuvchi interfeysi elementlarini o’z ichiga oladi. Frame Swing o’ramining JFrame klassi yordamida yaratiladi. Frame bilan ishlashni quyidagi misol orqali ko’rib chiqamiz.
import javax.swing.*;
public class SoddaFrameTest{
public static void main(String[] args){
JFrame frame = new JFrame();
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE);
frame.setSize(300, 200);
frame.setVisible(true);
}
}
Yuqoridagi dastur ekranga bo’sh oynani chiqarib beradi.

JFrameyordamida yaratilgan bo’sh oyna
Ushbu dasturni xar bir qatorini ko’rib chiqamiz.
Birinchi qatorda Swing o’rami import javax.swing.*; ifodasi orqali import qilingan. Keyingi qatorlarda SoddaFrame klassi va uning main() metodi e’lon qilingan. Oltinchi qatorda oynani xosil qiluvchi frame obyekti Frame klassi andozasi asosida yaratilgan. Yettinchi qatorda foydalanuvchi ushbu oynani yopganda qanday amal bajarilishi frame obyektini setDefaultCloseOperation() metodi orqali berilgan. Bizning misolda dasturdan chiqib ketish amali berilgan. Sakkizinchi qatorda oynani yangi o’lchamlari frame obyektini setSize() metodi orqali berilgan. Yangi frame obyekti yaratilganda oyna o’lchami 0x0 piksel bo’ladi. Yangi oyna yaratilganda u avtomatik ravishda ekranda chiqarilmaydi. Buning uchun frame obyektini setVisible() metodini chaqirish kerak bo’ladi.
JFrame klassi aksariyat metodlarini o’zining superklasslaridan meros qilib oladi. Asosiy metodlari quyidagilardan iborat:
- dispose() – oynani yopadi va u egallab turgan sistema resurslarini bo’shatadi;
- setIconImage() – oynaning sarlavxa qismiga yorliq chiqarib beradi;
- setTitle() – sarlavxa qismidagi matnni o’zgartiradi;
- setResizable() – oyna o’lchamini foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilish imkonini belgilaydi;
- setLocation() – oynani ekranda joylashishini o’zgartiradi, metod argument sifatida (x, y) qiymatlarini qabul qilib x qiymati gorizontal va y qiymati vertikal koordinata o’qlarini bildiradi. (0, 0) koordinatali nuqta ekranni yuqori-chap qismida joylashgan.
- setBounds() – metod argument sifatida (x, y, kenglik, balandlik) qiymatlarini qabul qilib x va y qiymatlari oyna joylashish nuqtalarini, kenglik va balandlik qiymatlari oyna kengligi va balandligini belgilaydi.

Quyidagi misolda ushbu metodlardan ba’zilarini qo’llagan xolda oyna yaratib olamiz.


import javax.swing.*;
import java.awt.*;
public class SoddaFrame2{
public static void main(String[] args)
{
JFrame frame = new JFrame();
frame.setDefaultCloseOperation(JFrame.EXIT_ON_CLOSE);
frame.setTitle("Sarlavhaga ega oyna");
Toolkit kit = Toolkit.getDefaultToolkit();
Image img = kit.getImage("euro.png");
frame.setIconImage(img);
frame.setSize(300, 200);
frame.setVisible(true);
}}
Dastur quyidagi sarlavha matni va sarlavha yorlig’iga ega oynani ekranga chiqarib beradi:

Sarlavhaga ega oyna
Shuni eslatib o’tish kerakki sarlavha yorlig’i uchun ishlatiladigan rasm fayli dastur klassi bilan bitta papkada joylashishi kerak.




  1. Yüklə 1,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin