Qaror qabul qilish – vaziyatni tahlil qilish, maqsad-larni aniqlash, bu maqsadga erishish dasturini ishlab chiqishga asoslangan boshqaruv obyektiga aniq maqsadga qaratilgan ta’sir etish hatti-harakati.
Hisoblash mashinasi - axborotlarni qayta ishlash (hisob) jaryonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishga mo’ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui.
Hisoblash texnikasi – hisoblash jarayonlarini hamda axborot-mantiqiy masalalarni yechishni mexanizasiya-lashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui.
Hisoblash tarmog’i – uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmui.
Hisoblash tizimi – hisoblash texnikasi majmui bo’lib, unga kamida ikkita asosiy prosessor yoki hisoblash mashinasi va tashqi qurilmalar (ma’lumotlarni kiritish-chiqarish, tashqi xotira qurilmalari, ichki va tashqi aloqa qurilmalari va boshqalar)ning rivojlangan sistemasi kiradi.
Hujjat – bu ma’lum bir qoidaga ko’ra rasmiylash-tirilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qog’oz, ovoz yoki elektron shaklida aks ettirilgan axborot yoki mustaqil ahamiyatga ega axborotlarning tarkibiy birligi.
Hujjat aylanishi – hujjatlarni yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va arxivlashtirish, shuningdek ularning ijrosini nazorat qilish hamda ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Hujjatlashtirilgan axborot – identifikasiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.