Moddiy zahiralar – ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan mehnat resurslari yig’indisidir, masalan, xom-ashyo materiallar, yoqilg’i energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar, pul mablag’lari va h.k.
Monitor (lot. eslatuvchi, tasvirlovchi) – axborotni kineskop ekranida sifatli aks ettirish uchun qo’llani-ladigan qurilma.
Multimedia(multimedia-ko’pvositalilik)– kompyu-terning axborotlarni rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, animasiya, shuningdek to’laqonli videokliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyati.
Multimedia vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animasiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia-texnologiya – kompyuter bilan matnli, grafik, audio va video axborot almashinuvini dasturiy-texnik tashkil etish.
Norezident virus — to’laligicha bajarilayotgan fayl ichida saqlanadigan, maqsadga erishgandan so’ng operativ xotirada saqlanmaydiga virus
Normallashtirish – iyerarxik yoki tarmoqli tuzilishga ega bo’lgan ma’lumotlarni relyasion ko’rinishga o’tkazish jarayoni.
Ob’yekt – o’ziga o’xshash narsalardan ajralib turadigan alohida olingan predmet.
Ob’yekt nusxasi – obyektlar to’plamidan olingan muayyan obyekt.
Ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar.
Operatsion tizim – kompyuter qurilmalarini boshqaradigan dasturlari majmui; bu EHM zahiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o’zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig’indisidir.