Ma’lumotlarni uzatish – formal ko’rinishda ifoda-langan (belgilar yoki uzluksiz funksiyalar ko’rinishida) va EHM yordamida qayta ishlashga mo’ljallangan axborotni uzatish masalalarini o’z ichiga oluvchi elektr aloqa sohasi.
Ma’lumotlarni chegirish – axborotlar tizimida ko’rsa-tilgan shartni qanoatlantirmagan elementlarning ma’lumotlar bazasiga kiritmay qoldirish holati.
Ma’lumotlarni chiqarish – axborotni qayd qilish yoki ko’z bilan kuzatish uchun uni hisoblash mashinasidan chetki qurilmalar (masalan, alfavit-raqamli yozish qurilmasi, printer, displey va boshqa)ga uzatish.
Ma’lumotlarning iyerarxik modeli – ma’lumotlarning daraxtsimon joylashish modeli.
Ma’lumotlarning relyatsion modeli – ma’lumotlarning jadval ko’rinishida saqlanishi.
Maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yiladigan hujjatlashtirilgan axborot.
Mehnat zaxiralari – jamiyatda ishlash uchun umumiy ma’lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilar.
Mijoz – server resurslaridan va xizmatidan foydala-nuvchi ish stansiyasi, kompyuter yoki dastur.
«Mizoj-server» modellari – tarmoqdagi kompyuterlar-ning o’zaro aloqa qilish texnologiyasi.
Mintaqaviy tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respub-lika miqyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlash-tirgan tarmoq.
Model (lot. o’lchov, namuna, me’yor) – biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi, namunasi yoki xususiyat-larining belgilangan guruhi.
Modellashtirish – bilish obyektlarini ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o’rganish.
Modem – bu modulyasiya va demodulyasiya so’zlaridan olin-gan bo’lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyasiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyasiya) signalga almashtirib beruvchi maxsus elektron qurilma.