Operatsiya (amal) – hisoblash mashinasi berilgan kattaliklar ustida dasturning biror komandasi bo’yicha bajariladigan qandaydir amal; bir ish joyida bajariladigan muayyan harakatlar majmui.
Optik tolali kabel – mahalliy hisoblash tarmog’ida foydalaniladigan eng yangi texnologiya bo’lib, bunda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi, u tarmoq tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi.
Optimal boshqarish – eng kam vaqt va mehnat yoki eng kam miqdordagi narsa va energiya sarflagan holda tizimni bir holatdan boshqa yangi holatga o’tkazish jarayoni.
Paketlar – ma’lumotlarning qismlarga bo’linishi.
Parol bilan arxivlash – begona foydalanuvchilar ochmasliklari uchun faylga parol qo’yib arxivlash.
Plastik karta – shaxsiy to’lov vositasi bo’lib, u mazkur vositadan foydalanadigan shaxsga tovar va xizmatlarni naqdsiz pulini to’lash, bundan tashqari bank muassasalari va bankomatlardan naqd pulni olishga imkon beradi.
Port – xabarlarni jo’natish yoki qabul qilish maqsadida mijoz va server tomonidan ishlatiladigan va, odatda, 16 bitli son bilan nomlanadigan dastur.
Provayder – kompyuterlarning tarmoqqa ulanish va axborot almashishini tashkil qiladigan tashkilot.
Revizor dasturlar – dastlab dastur va diskning tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni xotiraga olib, so’ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradigan va mos kelmagan hollarda foydalanuvchiga ma’lum qiladigan virusga qarshi dasturlar.
Rezident virus — operativ xotirada saqlanadigan virus.
Rekvizit– axborotning moddiy tarkibiy birligi bo’lib, ma’no darajasida bo’linmaydi, muammo sohasining miqdoriy yoki mazmuniy ta’rifini aks ettiradi.
Robot – antronomorf (insonga o’xshash) harakatlar qiluvchi mashina.
Sahifa (sayt) – grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia hujjatlari ko’rinishidagi mantiqan butun axborot.