Kriptologiya — maqsadli xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlanishi lozim bo’lgan sirli aloqalar sohasi.
Kriptomustahkamlik — yomon niyatli shaxslarning o’z maqsadiga erisha olmasligi va kriptotahlilchilarning shifrlangan axborotni o’qiy olmasligi kafolati.
Kriptotahlil — maqsadli kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochish.
Ko’rsatkich – axborotlilikni saqlovchi minimal axborotlarning tarkibiy birligi.
Lokaltarmoq – bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beradi va kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa birlashtiradi.
Ma’lumotlarning tarmoqli modeli – ma’lumotning boshqa pog’onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turi.
Mantiqiy ma’lumot– bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) - «1» yoki FALSE (yolg’on) - «0» qiymatlarini qabul qiluvchi ma’lumot turi.
Marshrutlash – kerakli manzilga axborotlar blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayoni.
Matematik model – o’rganilayotgan obyektning mate-matik formula yoki algoritm ko’rinishida ifodalangan xarakteristikalari orasidagi funksional bog’lanish.
Matematik ta’minot – avtomatlashtirilgan axborot tizimining elementi bo’lib, axborot tizimida vazifalar-ni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ish-lash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui.
Material – bu ko’rinadigan xususiyatlar (rang, faktura, aks ettirish, keskinlik yoki noaniqlik) ning kombinasiyasi, ular yordamida bitta sirt boshqasidan farqlanadi.
Matnli prosessor – matnli hujjatlarni yaratish va ishlov berish uchun mo’ljallangan amaliy dasturiy mahsulot turi.
Maqsad – intilish predmeti, oldindan mo’ljallangan yakuniy g’oya, tizim harakatining kutilgan natijasi, tizim nima uchun faoliyat yuritayotganini belgilaydi.