Displey – axborotni elektron nurli trubka ekranida vizual tasvirlaydigan qurilma.
Doktor revizorlar – fayl va diskning tizimli sohasidagi o’zgarishlarni aniqlash, o’zgargan fayllarni dastlabki holatiga qaytara oladigan virusga qarshi dasturlar.
Yo’llovchi – kompyuter tarmog’ida ma’lumotlarni manzilga yetkazuvchi dasturlar paketi.
Yopiq axborot – tarqatilishi faqatgina kafolati mavjud bo’lgan tashkilotlar tomonidan berilgan ruxsat asosida amalga oshiriladigan maxfiy axborot.
Yordamchi diskni tayyorlab qo’yish – kompyuterni ishga tushirishga mo’ljallangan tizimli diskni tayyorlash.
Jarayon– qo’yilgan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan hatti-harakatlarning muayyan majmui.
Zamonaviy axborot texnologiyasi (kompyuter axborot texnologiyasi)– bu kompyuterlarni qo’llash, foydalanuv-chilarning (dasturlash sohasida kasb egasi bo’lmagan-larning) axborot jarayonida faol ishtirok etishiga, «do’stona» foydalanuvchi interfeysning yuqori daraja-siga, umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng qo’llashga, EHMning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kiritishga asoslangan texnologiyadir.
Ikkilik sanoq sistemasi – asosi 0 va 1 bo’lgan pozitsion sanoq sistemasi.
Integrallashgan dasturlar – bir necha soha masalala-rini yechishga mo’ljallangan amaliy dasturlar majmui.
Intellekt – insonning tafakkur yuritish qobiliyati (aql, ong).
Intellektual axborotli izlash tizimlari – ish joyidan turib bilimlar bazasidagi kerakli axborotni izlashga imkon beradigan tizimlar.
Intellektual tizimlar – insonning mantiqiy fikr-lash usulini qo’llagan holda masalani yechadigan tizimlar.
Internet (Internet)– xuddi shu nomdagi jamiyat tomonidan tuzilgan xalqaro axborot tarmoqlarining global tarmog’i bo’lib, u minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi dunyo kompyuter tarmog’idir.