Axborotni tutish — uzatilayotgan axborotni qo’lga kiritish.
Axborotni uzatish kabeli – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladigan o’tkazgich.
Axborotni o’zgartirish — axborotni qo’lga kiritib, uni o’zgartirish.
Axborotni himoyalash – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari: shaxs, jamiyat va davlat-ning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning; axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarqalishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishining; axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish.
Axborotni himoyalash tizimi – axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi va axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chiqib ketishiga va yo’qotilishiga to’s-qinlik qiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi.
Autentifikatsiya – foydalanuvchi yoki axborotning haqiqiy ekanligi kafolati.
Bayonnoma (protokol) – kompyuterlar orasida ma’lumot-larni uzatish tartibi va formatini belgilovchi qoidalar majmui.
Bayt – xotiraning eng kichik birligi, sakkizta ikkilik raqamlardan (8 bitdan) iborat.
Beysik (BASIC, ing. boshlovchilar uchun universal programmalashtirish tili) – hisoblash algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik til.
Belgili ma’lumot – alifbo raqamli belgilar maj-muidan iborat ma’lumot turi.
Bilimlar bazasi –fan sohasida to’plangan bilimlarni kompyuterda tasvirlash, murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi, qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo’l-jallangan modellar, qoidalar va omillar (ma’lumotlar) ning majmui bo’lib, u asosiy ekspert tizimi sanaladi.
Bilimlar bazasini boshqarish tizimi – ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va foydalanishga mo’ljallangan dastur va til vositalari majmui.
Billing tizimi – telekommunikatsiya operatorlari tomonidan abonentlarga hisob-varaqlar taqdim etish va boshqa xizmat yetkazib beruvchilar bilan o’zaro hisob-kitoblar uchun ishlatiladigan har bir mijoz uchun aloqa xizmatlarining qiymatini hisoblaydigan va barcha tariflar va boshqa qiymat tavsiflari to’g’risidagi axborotni saqlaydigan tizim; ularning bajaradigan operasiyalar sikli billing deb ataladi.