masalasining qo’yilishi. Chiziqli programmalashtirish chiziqli funksiyaning eng katta va eng kichik qiymatini o`zgaruvchilarga nisbatan chiziqli chegaraviy shartlar qo`yilgan holda aniqlash bilan shug`ullanadi. Shuning uchun, chiziqli programmalashtirish masalalari funksiyaning shartli ekstremum masalalari qatoriga kiradi. Lekin chiziqli programmalashtirish masalalari ko`p o`zgaruvchili bo`lgani uchun matematik analizdagi funksiya ekstremumini aniqlashning klassik usulini to`g`ridan-to`g`ri qo`llash mumkin emas. Shuning uchun chiziqli programmalashtirish masalalarini yechishning maxsus usullari ishlab chiqilgan. Ular yordamida, ko`pgina masalalarni, ayniqsa, iqtisodiy masalalarni yechish maqsadga muvofiq.
Ta’rif. Berilgan
*esa , , = belgilaridan biri.
Chiziqli chegaraviy shartlar (chiziqli sistema)ni qanoatlantiruvchi va
Funksiyaga ekstremum (max, min) qiymat beruvchi nomanfiy o’zgaruvchilarning qiymatlarini toppish masalasiga chiziqli programmalashtirish masalasi deyiladi.
Bu yerda - berilgan o’zgarmas sonlar.
Ba’zan, chiziqli programmalashtirish masalasining o`zgaruvchilariga ba’zi yoki barcha lar uchun yoki hartlar ham qo`yilishi mumkin. O`zgaruvchilarga nisbatan bunday chegaralanishlarga to`g`ri chegaralanishlar deyiladi.
Chiziqli programmalashtirish masalalarini yechishga qo`llaniladigan usullarning ko`pchiligi chegaraviy shartlarning o`ng va chap qismlarini bog`lovchi belgilarning qo`yilishiga ham ma’lum shartlar qo`yadi, masalan, eng keng qo`llaniladigan simpleks usul (bu usulga keyinroq 21 to`xtalamiz) yordamida quyidagi ko`rinishda beriladigan chiziqli programmalashtirish masalalari echiladi:
(2.1.1)
(2.1.2)
(2.1.3)
bu yerda, « » belgi berilgan shartlarda f maqsad funksiyaning qiymatini maksimallashtirish (minimallashtirish) ma’nosiga egadir. (2.1.1), (2.1.2), (2.1.3) – ko`rinishida beriladigan chiziqli programmalashtirish masalasini kononik formadagi chiziqli programmalashtirish masalasi deyiladi. Chiziqli programmalashtirish masalasi shartlari chiziqli tenglamalar va tengsizliklar sistemasidan iborat quyidagi ko`rinishda berilgan bo`lsin: