Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə60/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Java MAJMUA

Axborot sohasi – sub’yektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyati sohasi.
Axborot ta’minotiavtomatlashtirilgan axborot tizimining eng muhim elementi sifatida boshqarilayotgan obyektning holatini ta’riflovchi va boshqaruv qarorini qabul qilish uchun asos bo’luvchi axborotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan bo’lib, tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tavsiflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo’yicha loyiha qarorlarining shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilishi uslubining majmuidir.
Axborot tarmog’ialoqa tizimlarida kompyuterlarning bir biri bilan bog’lanishi.
Axborot texnologiyasiob’yekt (axborot mahsuloti)ning holati, jarayon yoki hodisaning yangi xususiyati to’g’risidagi axborot olish uchun ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullari majmuidan foydalaniladigan jarayon, boshqacha aytganda, axborotlarni yig’ish, uzatish, to’plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi; uning maqsadi – axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo’l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
Axborot texnologiyasi faniaxborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan.
Axborot tizimibelgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakl va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsiplari, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalar (odam-kompyuter)ning o’zaro bog’langan majmui.
Axborot tiliaxborot izlash va mantiqiy axborot tizimlarida semantik axborotni, fakt va ma’lumotlarni tavsiflash maqsadida (masalan, ularni EHM yordamida qayta ishlash uchun) foydalaniladigan sun’iy til.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin