Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Frame deganda nima tushuniladi?
2. Panel nima uchun ishlatiladi?
3. Xodisa deganda nima tushuniladi?
4. Xodisalar qanday boshqariladi?
5. Tugalar qanday yaratiladi?
6. Yozuvlar deganda nima tushuniladi?
7. Tanlash elementlariga nimalar kiradi?
8. Checkbox va Radio tugma o’rtasida farq nima?
9. Matn kiritish uchun qanday grafik elementlardan foydalaniladi?
10. Menyu xosil qilish tartibi qanday?
11. Qanday dialog oynalari mavjud?
12. Joylashuv menedjerlarining vazifasiga nimalar kiradi?
Adabiyotlar [1]. David J.Eck. Introduction to Java. Geneva NY, 14456, (2016) http://math.hws.edu/javanotes
[2]. Daniel Y.Liang. Introduction to Java programming, Comprehensive version.
Prinston Hall 07458, New Jersey, (2011).
[3]. Bruce Eckel. Thinking in Java. MidView Inc, New Jersey (2006).
[4]. Шилдт Герберт. Java 8. Полное руководство; 9-е изд.: Пер. с англ. - М. :
ООО "И.Д. Вильяме", (2015).
[5]. RashidTurg’unboyev. Java2 SE, Zamonaviy dasturlash tili. Toshkent, (2006).
[6]. www.oracle.com
[7]. www.gluon.com
GLOSSARIY
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) – boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmui.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizim – iqtisodiy-matematik usullar, texnik vositalar (kompyuter, aloqa vositalari, axborotni tasvirlash qurilmalari va hokazo) va murakkab obyektni qo’yilgan maqsadga muvofiq oqilona boshqarishni tashkil etish.
Avtomatlashtirilgan ish o’rni – yakuniy foydalanuv-chiga ma’lumotlarni ishlab chiqish va aniq muammoli sohada boshqaruv vazifalarini avtomatlashtirishni ta’-minlovchi axborot, dasturiy va texnik resurslar majmui.
Avtomatlashtirish – bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish, ya’nienergiya, materi-allar yoki axborotni qabul qilish, uzatish va foydalanish jarayonlarida insonni bevosita ishtirok etishdan qisman yoki to’la ozod etuvchi texnik vositalar, iqtisodiy-mate-matik usullar va boshqarish tizimlarining qo’llanishi.