Axborot xavfsizligi – axborot sohasida ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda (shaxs, jamiyat va davlat manfaat-lari miqiyosida) axborotning himoyalanganlik holati.
Axborotga ishlov berish – texnologik jarayoni belgilangan ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmui: dastlabki axborotni to’plash, birlamchi ishlov berish va ro’yxatga olish (birlamchi tashuvchilarda qayd qilish); ma’lumotlar va abonentlarning so’rovlarini aloqa kanallari bo’yicha uzatish; ma’lumotlar va so’rovlarni qabul qilish va hisobga olish; qabul qilingan axborotning ishonchliligini nazorat qilish va xatolarini bartaraf etish; ma’lumotlarni tashuvchi mashinalarga ko’chirish va ko’chirishning to’g’riligini nazorat qilish; ma’lumotlarni EHMga kiritish kiritish to’g’riligini nazorat qilish; ma’lumotlarga mashina ichida ishlov berish va chiqish axborotini tuzish; chiqish hujjatlarini tayyorlash va ularni foydalanuvchiga uzatish.
Axborotga mashinada ishlov berish – foydalanuvchilarning so’rovlarini amalga oshirish uchun bajariladigan (izlash, saralashning foydalaniladigan usullari bilan) ishlov berish jarayonlari xarakteri bilan va axborot massivlarini yuritish jarayonlarini tashkil etilishi bilan belgilanadi.
Axborotlarning tarkibiy birligi – rekvizitlarning mantiqiy o’zaro bog’langan jamlanmasi (butunligi).
Axborotlashgan jamiyat – bu tuzilishi, texnik bazasi va kishilik salohiyati bilimlarni axborot resurslarga muvofiq aylanishi va passiv shakllardagi (kitoblar, maqolalar, patentlar va h.k.) faollarga (modellar, algoritmlar, dasturlar, loyihalar) aylantirish maqsa-dida ishlab chiqish uchun moslashtirilgan jamiyat.
Axborotni kodlash – axboroni ma’lumot sifatida yozish va mazmunini aynan saqlab qolgan holda axborotni boshqa shaklga o’tkazish.
Axborotni soxtalashtirish — haqiqiy axborotni soxta (qalbaki) axborotga o’zgartirish.