Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə19/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
Java MAJMUA

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • String
0 + 0 = 0
0 + 1 = 1;
1 + 0 = 1;
1 + 1 = 0 va 1 qiymat keyingi razryadga o‘tadi.
Mantiqiy operatorlar, bit razryadlar ustida ham ishlatilishi mumkin(faqat butun sonlar), ular bir necha xil bo‘ladi. Quyida ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.
Dastlabki bitga oid mantiqiy operator bu — «not«. Bu kalit so‘z orqali ikkilik tizimdagi razryadlardagi 0 va 1 larni teskarisiga almashtirish mumkin(0 bo‘lsa 1 ga o‘zgaradi, 1 bo‘lsa 0 ga). Dasturda bu operator tilda(~) orqali ifodalanadi. Bu operator faqat bitta operand bilan ishlatiladi. Misol,
0 0 1 0 1 0 1 0
NOT
1 1 0 1 0 1 0 1
teskari ko‘rinishida bo‘lib qoladi.
Navbatdagi mantiqiy operator «AND«. Bu operator ikkita operand bilan ishlatiladi va dasturda ampersand(&) belgisi bilan ifodalanadi, ma’nosi «VA«. «AND» operatorini ishlatsak, ikki operandda ham 1 qiymat bo‘lsa, natija ham 1 bo‘ladi, qolgan barcha qiymatlar uchun 0 natija bo‘ladi. Misol,
0 0 1 0 1 0 1 0 (42)
0 0 0 0 1 1 1 1 (15)
AND
0 0 0 0 1 0 1 0 (10)
Mantiqiy operatorlarni ko‘ib chiqishni davom ettiramiz, «OR» mantiqiy operatori. Dasturda (|) simvoli ko‘rinishida beriladi va «YOKI» ma’nosini anglatadi. Bu ham ikki operand bilan ishlatiladi, agar ikki operandning mos ravishda razryadlarining bittasi 1 bo‘lsa, natija ham 1 bo‘ladi, agar ikkalasi ham 1 bo‘lsa, natija ham 1, agar ikkalasi 0 bo‘lsa, natija ham 0.
0 0 1 0 1 0 1 0 (42)
0 0 0 0 1 1 1 1 (15)
OR
0 0 1 0 1 1 1 1 (47)
Navbatdagi operator — «XOR«. Ma’nosi «YOKIni rad etish» degani va dasturda (^) simvoli ko‘rinishida bo‘ladi, ikki operand bilan ishlatiladi. Agar razryadlarning bittasi 1 bo‘lsa, natija 1 bo‘ladi, qolgan hamma hol uchun 0, ikkalasi 1 bo‘lsa ham natija 0.
0 0 1 0 1 0 1 0 (42)
0 0 0 0 1 1 1 1 (15)
XOR
0 0 1 0 0 1 0 1 (37)
YUqoridagi barcha bitga oid mantiqiy operatorlarni dasturda ko‘rib chiqamiz.

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20

class test {
public static void main(String args[]) {
String binary[ ] = {
"0000", "0001", "0010", "0011", "0100", "0101", "0110", "0111",
"1000", "1001", "1010", "1011", "1100", "1101", "1110", "1111"
};
int a=3;
int b=6;
int c=a | b;
int d=a & b;
int e=a ^ b;
int f=(~a & b) | (a & ~b);
System.out.println("a = " + binary[a]);
System.out.println("b = " + binary[b]);
System.out.println("a|b = " + binary[c]);
System.out.println("a&b = " + binary[d]);
System.out.println("a^b = " + binary[e]);
System.out.println("(~a & b) | (a & ~b) = " + binary[f]);
}
}


16 ta elementdan iborat massiv yaratildi(String tipida). Massivning har bir elementi0 dan 15 gacha sonni ikkilik qiymatini saqlamoqda. So‘ng «int» tipida o‘zgaruvchilar e’lon qilinib, massivdagi qiymatlar orqali, mantiqiy operatorlar ishlatildi va natijalar ekranga chiqarildi.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin