Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Dars № 5. Javada obyektlar, klaslar va metodlar tushunchasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə29/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Java MAJMUA

Dars № 5. Javada obyektlar, klaslar va metodlar tushunchasi
Reja:
1. Javada o’zgaruvchilar va ularni o’zgartirish
2. Java dasturlash tilida massivlar
3. Java dasturlash tilida operatorlar: arifmetik, bit, solishtirish va mantiqiy
4. Java dasturlash tilining asosi va uning strukturasi
Dasturlashning bir necha yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, qo‘yilgan vazifa asosida ulardan biri tanlanadi va shu asosida dastur tuziladi. Shunday yo‘nalishlardan biri — strukturali dasturlash hisoblanadi. Bunda, murakkab dasturiy kodlar bloklarga bo‘linib, kerakli joylarda shu bloklar chaqiriladi. Bloklarga bo‘lish, dasturda takrorlanadigan kodlar asosida amalga oshiriladi. Bu bloklar, qism dasturlar deb yuritiladi va ularning ikki ko‘rinishi mavjud: funksiya va protsedura.
Dasturning ishlashi asosiy blokdan boshlanadi(java dasturlash tilida main() funksiyasi), keyin boshqa qism dasturlar chaqirilib davom ettiriladi. Qism dasturlar ma’lum bir parametrlar yoki umuman parametrlarsiz chaqirilishi mumkin.
Protsedura va funksiyalar — qism dasturlar deb yuritiladi, ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlashda esa klass metodlari deyiladi.
Qism dastur — dastur kodining ma’lum bir qismi bo‘lib, o‘z nomiga egadir. Bunda, ma’lum bir jarayonlar aks etadi va istalgancha chaqirib ishlatish mumkin bo‘ladi. Qism dasturlar, ma’lum bir qiymatlarni qabul qilishi va qaytarishi mumkin.
Funksiya — bu qism dastur turi bo‘lib, parametrlar qabul qilishidan tashqari, bu parametrlar bilan amallar bajarib, natija qaytarishi ham mumkin.
Protsedura — bu ham qism dastur bo‘lib, faqat parametr qabul qiladi, lekin natija qaytarmaydi.
Qism dastur quyidagicha e’lon qilinadi:
qaytaradigan_tip qism dastur_nomi(parametrlar)
{
qism dastur tanasi
}
Agar hech qanday natija qaytarilmasa, «void» tip beriladi. Bunda, qism dastur protsedura deb yuritiladi. Misol ko‘ramiz,

1
2
3
4
5
6
7
8
9

class test {
static void Count(int dan, int gacha)
{
for(int i = dan; i<=gacha; i++)
System.out.println(i);
}
public static void main(String args[]) {
}
}

Qism dastur main() metodi tashqarisida e’lon qilindi, bu degani, qism dastur chaqirilsagina ishga tushadi, aks holda umuman ishlamaydi(chunki dastur ishlashi main() ichidan boshlanadi).

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin