Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Java dasturlash tilida Class tushunchasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə31/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Java MAJMUA

Java dasturlash tilida Class tushunchasi

Java dasturlash tilining asosiy tushunchalaridan biri bu — klassdir. Dasturlash tilining umumiy tuzilishi, shu tushunchaga borib taqaladi. Klass bilan bir qatorda ob’yektmetod degan tushunchalar yonma-yon keladi. Maqola, klass haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni beradi.
Klass, ob’yekt, metod tushunchalarini yaxshilab tushunib olish uchun, ko‘p joyda uchratishingiz mumkin bo‘lgan «kuchuk» misolini ko‘rib chiqamiz. Bizda ikkita kuchuk bor, birining ismi «Sharik«, ikkinchisiniki «Bobik«. Bu kuchuklar nima qilaoladi? Hamma kuchuklar singari tishlashivovulashiuxlashi mumkin.
YUqoridagi misoldan nimalarni bilib olishimiz mumkin.
1. Kuchuk.
2. «Sharik», «Bobik».
3. Tishlash, vovulash, uxlash.
Endi bu nomlarni dasturlashga o‘giramiz, demak, kuchuk tushunchasi bu — klass, «Sharik» va «Bobik» tushunchalari bu — klassning ob’yektlari, tishlashvovulash va uxlash tushunchalari — klassning metodlari.
Klass — bu umumiy tushuncha bo‘lib, ob’yektlar majmuasini umumiy nomidir. Misol uchun «Mashina» klass, uning ob’yektlari matiz, spark,…
Klass ob’yektlari — biror klassning yaqqol a’zolaridir. Bizning holda «Sharik», «Bobik» kuchuk klassining ob’yektlaridir. Klass ob’yektlarini, ekzemplyar deb ham atashadi.
Klass metodlari — biror bir klassga tegishli bo‘lgan ob’yekt harakatlaridir. Tishlash, vovulash, uxlash bu — kuchuk klasiga tegishli «Sharik» va «Bobik» ob’yektlarining metodlari.
Nazariy qismga xulosa qiladigan bo‘lsak, klass bu ob’yektlar uchun shablon bo‘lib, o‘zida bir yoki bir necha ob’yektlarni saqlaydi, ob’yektlar o‘z navbatida bajarishi mumkin bo‘lgan bir yoki bir necha metodlariga ega. Bitta dasturda bir necha klasslar bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rinishda dasturlash «Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash»(OOP) deyiladi. Bunday dasturlash turini ushbu maqoladan o‘qib olishingiz mumkin.
Endi dasturda klass yaratamiz. Java dasturlash tilida klass yaratish uchun, «class» nomli kalit so‘zdan foydalanamiz. Oldingi darslarda, bu kalit so‘z orqali klasslar yaratgan edik. Unda biz faqat asosiy metod(main())ga konteyner sifatida yaratib, java sintaksisini o‘rganishga harakat qildik, lekin klass imkoniyatlari bu bilan cheklanmaydi.
Quyida biz klass yaratishni sintaksisini ko‘rib chiqamiz.
class klass_nomi {
tip ekzemplyara_1;
tip ekzemplyara_2;
………………………………………………..;
tip ekzemplyara_N;
tip metod_nomi_1 (parametrlar ro‘yxati) {
metod tanasi
}
tip metod_nomi_2 (parametrlar ro‘yxati) {
metod tanasi
}
……………………………………………………………….
tip metod_nomi_N (parametrlar ro‘yxati) {
metod tanasi
}
}
Klassni yangi bitta tip deb ham qarash mumkin, u yaratilgandan keyin shu tipga oid ob’yektlar yaratiladi. Keling endi, «netbeans«da biror klass yaratamiz, oldinlari biz proyekt hosil qilayotganda, «Sozdat glavnыy klass» punktidan belgilashni olib tashlayotgan edik, endi o‘z holicha qoldiramiz. Klass nomiga «dog» deb yozamiz.

Barcha kommentariyalarni o‘chirib, dastur kodini quyidagi holga keltiramiz, bu yuqoridagi misolimizning dasturiy ko‘rinishi

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30



package dog;
class kuchuk {
int age;
double weight;
String name;
String color;
}
class Dog {
public static void main(String[] args) {
kuchuk Sharik = new kuchuk();
kuchuk Bobik = new kuchuk();
Sharik.age = 4;
Sharik.weight = 9;
Sharik.name = "Sharik";
Sharik.color = "qora";
Bobik.age = 7;
Bobik.weight = 19;
Bobik.name = "Bobik";
Bobik.color = "oq";
System.out.println("Birinchi kuchuk " + Sharik.age + " yosh");
System.out.println("Ismi " + Sharik.name);
System.out.println("Ogirligi " + Sharik.weight + " kg");
System.out.println("Rangi " + Sharik.color);
System.out.println("");
System.out.println("Ikkinchi kuchuk " + Bobik.age + " yosh");
System.out.println("Ismi " + Bobik.name);
System.out.println("Ogirligi " + Bobik.weight + " kg");
System.out.println("Rangi " + Bobik.color);
}
}


Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin