Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə52/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
Java MAJMUA

Menyular

Java dasturlash tili oynaga foydalanuvchi interfeysi elementi xisoblanadigan menyular joylashtirish imkoniyatini beradi. Menyu xosil qilish uchun birinchi navbata menyular ro’yxati joylashgan menyu qatori yaratiladi. Menyu qatori JMenuBar klassi tomonidan yaratiladi.
JMenuBar menyuQatori = new JMenuBar();
Menyu elementi JMenu klassi yordamida yaratilib JMenuBar klassining add() metodi yordamida menyu qatoriga qo’shiladi.
JMenu faylMenyusi = new JMenu("Fayl");
menyuQatori.add(faylMenyusi);
So’ngra, menyu elementlari JMenuItem klassi yordamida yaratiladi va JMenyu klassining add() metodi yordamida menyuga qo’shiladi.
JMenuItem saqlashItem = new JmenuItem("Saqlash");
faylMenyusi.add(saqlashItem);
Menyu elementlari bosilganda ActionEvent xodisasi xosil qilinib uni ActionListener interfeysi yordamida qabul qilib ushbu menyu elementiga tegishli amal bajarish mumkin.
Quyidagi misolda menyu qatori joylashgan oyna keltirilgan:

JMenuBar, JMenu va JMenuItem klasslari yordamida yaratilgan menyu
Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class MenyuTest
{
public static void main(String[] args)
{
JFrame frame = new JFrame("Menyu Test");
JMenuBar menyuQatori = new JMenuBar();
JMenu faylMenyusi = new JMenu("Fayl");
menyuQatori.add(faylMenyusi);
JMenuItem saqlashItem = new JMenuItem("Saqlash");
faylMenyusi.add(saqlashItem);
JMenuItem ochishItem = new JMenuItem("Ochish");
faylMenyusi.add(ochishItem);
JMenu formatMenyusi = new JMenu("Format");
menyuQatori.add(formatMenyusi);
JMenuItem shriftItem = new JMenuItem("Shrift");
formatMenyusi.add(shriftItem);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setJMenuBar(menyuQatori);
frame.setVisible(true);
}
}
Menyu elementlari tugmalar singari yozuvga qo’shimcha rasmga xam ega bo’lishi. Buning uchun JMenuItem klassining quyidagi dastur kodidan foydalanish mumin:
Icon saqlashIcon = new ImageIcon("saqlash.png");
JMenuItem saqlashItem = new JMenuItem("Saqlash", saqlashIcon);
MenyuTest
dasturiga yuqoridagi o’zgarishni kiritib quyidagi o’zgarishni olamiz:

Rasmli menyu elementi
Shuni yodda tutish kerakki, saqlash.png fayli MenyuTest dasturi joylashgan papkada joylashisji kerak.
Menyuga uning elementi sifatida boshqa menyuni ostki menyu sifatida joylashtirish mumkin. Masalan, MenyuTest dasturida yangi Menyu yaratib uni Fayl menyusiga ostki menyu sifatida qo’shamiz.
JMenu importMenyu = new JMenu("Import");
JMenuItem xujjatItem = new JMenuItem("Xujjatni import qilish");
importMenyu.add(xujjatItem);
faylMenyusi.add(importMenyu);
MenyuTest dasturiga ushbu o’zgarishlarni kiritib quyidagini olamiz:

Ostki meyuga ega menyu
Foydalanuvchi menyu elementlarini faqatgina sichqon yordamida emas, balki klaviatura yordamida tanlashi mumkin. Buning uchun menyu elementlariga tegishli klaviatura qisqartmalarini biriktirish kerak. JMenuItem klassining quyidagi konstruktoridan foydalanish mumkin:
JMenuItem ochishItem = new JMenuItem("Ochish", ‘O’);
Natijada menyu elementining konstruktorning ikkinchi parametrida berilgan xarfi tagiga chizilib qo’yoladi va ushbu menyu tanlanishi uchun klaviaturada Alt va tagiga chizilib qo’yilgan xarf bosiladi.

Klaviatura qisqartmasiga ega menyu elementi
Menu elementidan tashqari klaviatura qisqartmasini menyuning o’ziga xam belgilash mumkin. Buning uchun JMenu klassining setMnemonic() metodidan foydalanish mumkin.
faylMenyusi.setMnemonic('F');

Klaviatura qisqartmasiga ega menyu
Endi MenyuTest dasturida Fayl menyusining Ochish elementini tanlash uchun Alt+F va Alt+O tugmalar kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.




  1. Yüklə 1,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin