Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə53/79
tarix14.12.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#179928
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Java MAJMUA

Qurollar paneli

Qurollar paneli dasturning ko’p ishlatiladigan ammallarini tezda ishga tushirish imkonini beruvchi tugmalar to’plamidir. Qurollar paneli JToolBar klassi yordamida yaratiladi.


JToolBar qurollarPaneli = new JToolBar();
Qurollar paneliga tugma joylashtirish uchun JToolBar klassining add() metodidan foydalaniladi.
Icon saqlashIcon = new ImageIcon("saqlash.png");
JButton saqlashButton = new JButton(saqlashIcon);
qurollarPaneli.add(saqlashButton);
Quyidagi oynada qurollar paneli joylashgan oyna keltirilgan.

JToolBar klassi yordamida yaratilgan qurollar paneli
Ushbu oyna quyidagi dastur tomonidan yaratilgan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class QurollarPaneliTest{
public static void main(String[] args)
{
JFrame frame = new JFrame("Qurollar Paneli Test");
JPanel panel = new JPanel();
JToolBar qurollarPaneli = new JToolBar();
Icon saqlashIcon = new ImageIcon("saqlash.png");
JButton saqlashButton = new JButton(saqlashIcon);
Icon ochishIcon = new ImageIcon("ochish.png");
JButton ochishButton = new JButton(ochishIcon);
qurollarPaneli.add(saqlashButton);
qurollarPaneli.add(ochishButton);
panel.add(qurollarPaneli);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}}
Qurollar panelining boshqa foydalanuvchi interfeysi elementlaridan farqi shundaki uni oyna bo’ylab istalgan joyga siljitish mumkin.
Qurollar panelining kamchiligi shundaki unda joylashgan tugmalar yozuvi odatda faqatgina rasmdan iborat va foydalanuvchi qaysi rasm qanday amalga tegishliligini eslab qolishi qiyin. Ushbu kamchilikni oldini olish uchun tugmalarga biriktirilgan izohlardan foydalanish mumkin. Tugmaga biriktirilgan izoh sichqon ko’rsatkichi ushbu tugma ustiga joylashtirilganda paydo bo’ladi. Tumalarga biriktirilgan izohlarni JButton klassining meros qilib olingan setToolTipText() metodi yordamida biriktirish mumkin.
saqlashButton.setToolTipText("Xujjatni saqlash");
Tugmalarga biriktirilgan izoh quyidagi oynada ko’rsatilgan:

Tugmaga biriktirilgan izoh


  1. Yüklə 1,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin