Arxivni yangilash – arxivdagi fayllarning eskiroq versiyasi ustiga yangiroq versiyasini yozish.
Audiokonferensiya – biror firma yoki tashkilotning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’limlari o’rtasida kommunikasiyani saqlab turuvchi ikki tomonlama audioaloqa.
Axborot (lot. tushuntirish, bayon qilish) – og’zaki, yozma yoki boshqa usulda (masalan, shartli signallar, texnika vositalar va boshqalar yordamida) berilgan, fan tilida esa, odam bilan avtomat, avtomat bilan avtomat o’rtasida almashinuvchi hamda manbalari va taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumot.
Axborot jamiyati – ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborot zahiralari (resurslari) – bu alohida hujjat va alohida hujjatlar to’plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to’plamidir.
Axborot izlash tizimi – kerakli axborotni saqlash, izlash va kerak bo’lganda berish (chiqarish) uchun ishlatiladigan vositalar to’plami.
Axborot madaniyati – axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni bilish orqali inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni joylarda tadbiq etishni anglatadi.
Axborot mulkdori – o’z mablag’iga yoki boshqa qonuniy yo’l bilan olingan axborot egasi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Axborot nazariyasi – kibernetika sohasi, matematikaning axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayonlarini o’rganuvchi bo’limi.