Adres – xotira qurilmasidagi axborot yoziladigan katakcha (yacheyka) larning nomeri.
Algoritm – ma’lum bir turkumdagi hamma masalalarni yechishda ishlatiladigan amallar tizimining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida.
Algoritmik til – belgilar to’plami va bu belgilardan algoritmlarni yozish uchun mo’ljallangan til konstruk-siyalarini tuzish va ifodalash qoidalari tizimi.
Amaliy dasturiy ta’minoti– bu foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimi-ning hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo’ljal-langan bo’lib, operasion tizimlar imkoniyatlarini ken-gaytiruvchi paketlar, umumiy belgilanishdagi paketlar, avtomatik boshqarish tizimida ishlashga mo’ljallangan paketlardan iborat.
Analog (uzluksiz) signallar– biror ma’lum vaqt oralig’ida cheksiz ko’p qiymatga ega bo’ladigan uzluksiz signallar.
Animasiya –obyektlar, kameralar, yorug’lik manbala-rini o’zaro joyini almashtirish yoki ularning para-metrlarini vaqt bo’yicha o’zgarishiga ega vazifa, topshiriq.
Antivirus dasturi –kompyuter viruslarini aniqlash, ularni o’chirish va ulardan muhofazalash uchun dastur: detektor dasturi; doktor (davolovchi) dastur; revizor (taftish) dasturi; filtrli dastur; vaksina yoki immunitet hosil qiluvchi dastur.
Approksimatsiya – matematik miqdorlarni ulardan soddaroq bo’lgan miqdorlar orqali taqribiy ifodalash.
Arifmetik ifoda – ixcham arifmetik yozuv; u talab qilinayotgan qiymatni olish uchun berilganlar bilan qanday arifmetik amallar bajarish kerakligini ko’rsatadi.
Arxiv fayl – siqilgan holda yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning yagona ko’rinishi.
Arxivlash dasturlari – diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar.
Arxivni ochish – arxiv faylda joylashgan fayllarni asl holatiga qaytarish.