Gipermatn – boshqa matnli hujjatlarga yo’l ko’rsatuvchi matn.
Gipermedia – matndan tashqari multimedia imkoniyat-larini ham o’zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarga yo’l ko’rsatuvchi hujjatlar.
Global tarmoq– dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyu-terlarni o’zida birlashtirish imkoniga ega bo’lgan tarmoq, bunda yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalaniladi (internet).
Grafyasagich – chizish qurilmasi.
Dastur – qandaydir ijrochi, odatda avtomatik qurilma, EHM bajarishi lozim bo’lgan amallar (harakatlar) rejasi.
Dasturiy ta’minoti – avtomatlashtirilgan axborot tizimining elementi bo’lib, hisoblash texnikasi vosita-lari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va undan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash.
Dasturlash – dastur, amal (harakat) rejasini tuzish jarayoni.
Dasturlash fani – dasturlarni tuzish usullari va yo’llarini o’rgatuvchi fan.
Dasturlashtirilgan o’qitish, ta’lim – o’qitishning bir turi bo’lib, oldindan tuzilgan o’qituvchi dasturi bo’yicha olib boriladi.
Dasturlashtirish tili – axborot va uni hisoblash mashinasida qayta ishlash algoritmlarini tavsiflash uchun mo’ljallangan, inson bilan hisoblash mashinasi muloqatining rasmiy tili (Fortran, Beysik, Paskal, C, C++ va b.).
Dasturli virus — avtonom ravishda ishlovchi, boshqa dastur qismiga o’z – o’zidan qo’shiluvchi, ishga qodir va kompyuter tarmoqlari hamda alohida kompyuterlarda tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan dastur.
Detektor — virusning signaturasi bo’yicha operativ (tezkor) xotira va fayllarni ko’rish natijasida viruslarni topuvchi dastur.
Disklarni optimallashtirish – diskdagi bo’laklarga ajralgan fayllarni diskning boshiga ko’chirib, ularning joylashishini tartibga keltirish.
Diskretlash – analog signallarni raqamli ko’rinishga o’tkazish jarayoni.