Bit (ing.bit – binary digit – ikkili raqam)– axborot miqdori birligi bo’lib, «0» va «1» dan iborat.
Blok-sxema – algoritmni tasvirlashning grafik usuli.
Bosh kalit – ma’lumotlar bazasida saralash ishlarining tez va aniq bajarilishiga imkon beradigan jadvalning bir ustuni.
Boshqarish tizimi – boshqarish subyektlari – boshqa-ruvchi tizimlar va boshqarish obyektlari – turli tabiatli murakkab dinamik tizimlar majmui.
Boshqaruv– insonning turli ob’ektlarga va atrof muhitda kechayotgan jarayonlarga ongli ravishda ta’sir etishi; u jarayonlarga belgilangan yo’nalish berish va istalgan natijalarni olish maqsadida amalga oshiriladi; tashkiliy, reja, hisoblash, tahlil, nazorat, rag’batlantirish kabi funksiyalar amalga oshirilganda qo’yilgan maqsadni ta’minlaydi.
Boshqaruv obyektlari – jahon iqtisodiyoti, mamlakat, uning mintaqalari, hududlarining iqtisodiyoti, sohalar, korxonalar iqtisodiyoti, iqtisodiy resurslar va mehnat vositalari ko’rinishidagi ishlab chiqarish omillari, mehnatning o’zi, mehnat jamoalari, fan-texnika va axborot salohiyati moliyalarini o’z ichiga oladi.
But virus — disklarning yuklovchi sektorini ishdan chiqaruvchi virus.
Bo’lingan (taqsimlangan) ma’lumotlar banki – muayyan hudud bo’ylab tarqalgan va o’zaro bir-biri bilan bog’langan bir nechta alohida ma’lumotlar bazasidan iborat bo’lgan axborot tizimi.
Videokonferensiya – biror firma yoki tashkilotning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’limlari o’rtasida kommunikasiyani saqlab turuvchi ikki tomonlama videoaloqa.
Virtual kanal – qayd etilgan yo’nalish bo’lib, u ushbu aloqa seansida barcha uyalarni bir foydalanuvchidan ikkinchisiga o’tkazadigan kommutatorlar portlari nomerlarining ketma-ketligidan iborat.
Virtual ulanish – axborotni uzatish uchun ikki yoki undan ortiq oxirgi qurilmalar o’rtasida muayyan tarzda tuzilgan muhit.