Mahalliy tarmoq – bir tashkilot yoki ishlab chiqarish birlashmasi doirasida kompyuterlarni o’zida mujassam-lashtirgan tarmoq.
Ma’lumotlar bazasi (MB) – obyektlarning muayyan sinflarini tavsiflovchi axborot massivlarining majmui;kompyuterning uzoq, muddatli xotirasida saqlanayotgan berilganlar va ular ustida aniq, amallarni bajarishga imkon beradigan ma’lumotlar yig’indisi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – ma’lumotlar bazasini yaratish va uni dolzarb holatda saqlab turishni amalga oshiradigan, shuningdek, turli foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotlardan o’z maqsadlari uchun foydalanish imkoniyat-larini ta’minlaydigan dasturlar majmui;ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun maxsus yaratilgan dastur.
Ma’lumotlar bazasini boshqarishning relyasion tizimi – ma’lumotlarning relyasion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.
Malumotlar bazasini boshqarishning iyerarxik tizimi – ma’lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.
Malumotlar bazasini boshqarishning tarmoqli tizimi – ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.
Ma’lumotlar banki – ma’lumotlar bazasi, MBBT, shuningdek, ma’lumotlar bazasida amalga oshirilgan texnik vositalar majmui.
Malumotlarmodeli – axborotlarni ifodalovchi vositalar majmui.
Ma’lumotlarni kiritish – ma’lumotni qayta ishlash yoki masalani yechish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni va dasturni kompyuter xotirasiga kiritish.
Ma’lumotlarni kodlash – cheklangan to’plam elementlaridan belgilangan tartib bo’yicha ma’lumotlarni tuzish jarayoni.
Ma’lumotlarni tartiblash – ma’lumotlar qiymati va formatini foydalanish uchun qulay holatga keltirish jarayoni.