Kommunikatsion tizimlar – tarmoqdagi kompyuterlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog’lanishlarni kommutasiya qilish vazifasini bajaradigan tizimlar.
Kompleks himoya tizimi — huquqiy, tashkiliy, muhandis – texnik va dasturiy – matematik elementlari mavjud bo’lgan himoya tizimi
Kompyuter (ingl. Computer)– hisoblovchi, uning tur-lari: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan; uning guruhlari: super kompyuter-lar (Super Computer); katta kompyuterlar (Manframe Computer); mini kompyuterlar (Minicomputer); shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal Computer); bloknot kompyuterlar (Notebook). Kompyuter virusi – bu o’lchami katta bo’lmagan dastur yoki dastur kodidan iborat bo’lib, kompyuterda turli noxush amallarni bajarishga, masalan, boshqa dastur, hujjat yoki axborot tashish vositasining ma’lum bir qismiga o’rna-shib olib, ruxsat berilmagan o’zgartirishni amalga oshi-rishga mo’ljallab yozilgan dastur; uning asosiy turlari: dastur viruslari; yuklanuvchi viruslar; makroviruslar.
Kompyuter dasturi – kompyuter instruksiyalarining ketma-ketligi.
Kompyuter grafikasi– bu EHM yordamida obyektlar modellari va ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlash demakdir.
Kompyuter tarmoqlari – kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkoniyatini beruvchi qurilmalar majmui.
Kompyuterli modellashtirish – hodisa va jarayonlarning modelini kompyuterda ko’rish va o’rganish.
Konfidensial axborot – maxfiy axborot darajasiga ega bo’lgan yopiq axborot.
Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.
Kreker – kompyuter tizimlariga mualliflashtirilmagan holda kiruvchi foydalanuvchi.
Kriptografiya – maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni maxsus algoritm bo’yicha o’zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo’li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to’siq qo’yish usuli bo’lib, ma’lumot-larni himoyalashning maxfiylik va yaxlitlilik muammo-larini hal qilishga yo’naltirilgan.