Tizimli dasturiy ta’minot – bu operasion tizimlar, servis dasturlar, dasturlashtirish tillari translyatorlari, texnik xizmat dasturlari bo’lib,kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi.
Tizimni boshqarish – tizimni tashkil etuvchi element-larga nisbatan amalga oshiriladigan maqsadga yo’nalti-rilgan ta’sir.
Tizimni himoyalash – tizim dasturlari va ma’lumotlari-ga ruxsatsiz kirishdan yoki uning ishiga tasodifan ara-lashishdan saqlovchi chora–tadbirlarni o’tkazish jarayoni.
Trafik – tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimi.
Uzoqlashgan terminal – markaziy kompyuterdan uni bevosita ulash imkoniyatini istisno etadigan masofada uzoqda joylashgan kiritish-chiqarish qurilmasi.
Uskunaviy dastur vositalari – ma’lum bir yo’nalish-dagi masalalarni yechishga mo’ljallangan dastur qobiqlari.
Fag — zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlab, faylna oldingi holatiga qataruvchi dastur.
Fayl – xotira qurilmalarida saqlanuvchi ma’lumotlar-ning bir qismi, boshqacha aytganda, ma’lum bir ma’lumot saqlanuvchi diskning nomlangan sohasi.
Fayl viruslar — *.com, *.exe kengaytmali fayllarni zararlovchi virus.
Faksimil aloqa – muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining, ularning geografik joylashuvidan qat’iy nazar, faks apparatlaridan foydalangan holda hujjatlarni o’qish va uning tasvirini kommunikasiya kanalining ikkinchi uchida qayta tiklab olish hisobiga qarorlar qabul qilishi.
Faktografik tizim – sodda va qo’yilgan masalalarga yagona hamda aniq yechimni ko’rsata oladigan tizim.
Fizik model – tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxa-dagidek bo’lib, miqdor jihatdan undan farq qiladigan model.
Filtr — viruslarnikiga xos harakatlarni topuvchi dastur.
Filtr dasturlar yoki rezident dasturlar – viruslar tomonidan zararni ko’paytirish va ziyon yetkazish mahsadida operasion tizimga qilinayotgan murojaatlarni ushlab qolish va ular haqida foydalanuvchiga ma’lum qilish vazifasini bajaruvchi virusga qarshi dasturlar.