Adabiyotlar va manbalar.
1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008
2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.
3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.
4. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..
5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.
6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.
7.G’afforov,Ya., G’afforova M.G., O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.
8.Toshpo’latov.T., G’afforov,Ya. Tarix o`qitish metodikasi.T.,«Universitet » 2002.
9. httr: www.worldarthistory.com
Maktabda tarix o`qitishning asosiy vazifasi o`quvchilarga tarix fanidan puxta bilim va shu bilimlarni amaliyotda qo`llash ko`nikmalari va mahoratini hosil qilishdan iborat. Tarixni o`rgatish yoshlarni g`oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirish va ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni hozirgi zamon taraqqiyotining asosiy tushunchalari va ziddiyatlarining muhim shartidir.
Tarixni o`rganish kishilik ahamiyatning tarixiy rivojlanishini, taraqqiyotining asosi bo`lmish ishlab chiqarshi usulining jamiyat xayotida belgilovchi roli haqida, tarixning ijodkorlari bo`lgan xalq ommasining roli hamda tarixda shaxsning ahamiyati to`g`risida ma‘lumotlar beradi. Mazkur tushuncha va qonuniyatlar o`quvchilar ilmiy dunyoqarashining asosini tashikl qilib, ularning ijtimoiy xayotga munosabatini belgilovchi e‘tiqodga aylanmog`i kerak. Chunki ilmiy dunyoqarash jamiyat hamda inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini chuqur va puxta o`rganitish asosida yo`zaga keladi, bilimi mustaxkam ishonchga aylangan istiqlol e‘tiqodiga va ilmiy dunyoqarashga ega bo`lgan kishigina o`zini urab turgan muhit va olamni tushunadi, ijtimoiy xayotdagi voqealarga to`g`ri baho beradi.
Tarixiy faktlarni o`zlashtirish ta’lim tarbiya jihatdan har qancha muhim bo`lsa ham faktlarni bilishning o`zi o`quvchilariing tarixini bilish jarayonidagi birinchi bosqichidir.
Tarixni o`rganib bilib olishning ancha yukoriroq bosqichi tarixiy faktlarning o`rtasidagi muhim bog``lanish va munosabatlarini bilib olish, ularni amalda tadbiq eta bilish o`quvchi1arni saviyasiga yarasha tarixiy jarayonni tushuna olishdan iborat. Masalan V-VII sinflarda qadimgi Dunyo va o`rta asrlar tarixi (jahon tarixidan) taraqqiyotning qonuniyligi haqidagi tushuncha ta‘riflab berilmasada o`quvchilarda tarixiy xodisalar o`rtasidagi bir qancha sabab natijali bog`lanishlarning barqarorligi va zarurligi haqidagi tushuncha hosil bo`lmay qolmaydi.
O`quvchilar bir xildagi sabablar bir xildagi xodisalar bilan eziluvchilarga bo`linishi albatta davlatning vujudga kelishini, sinflar mavjudligi esa muqarrar ravishda sinfiy kurashni keltirib chiqarishni bilib olishadi.
Ibtidoiy jamoa quldorlik va feodal ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi tushunchalar sinflarda o`zlashtirilishi kerak bo`lgan tarixiy bilimlar sistemasining asosini tashkil etadi. VI-VII sinflarda "Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar" tushunchasi ta‘riflab berilmaydi. Biroq o`quvchilar dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning o`ziga xos asosiy xususiyatlarini hamda jamiyatning xar qaysi formatsiyadan o`ta borishi progressiv ahamiyatga ega ekanligini bemalol tushunib olishlari mumkin. Bu bilimlar yuqori sinflarda tarixiy jarayonni yaxlit bir xolda tushunilishi uchun zamin yaratadi. Bu uch formatsiyadan xar biri hozirgi vaktda mavjud bo`lgan va umumiy krizisni boshidan kechirayotgan to`rtinchi formatsiya kapitalistik formatsiyadan farq qilib paydo bo`lish, rivojlanish tushkunlikka ketish va xalok bo`lishdan iborat bosqichlarni o`z boshidan kechiradi.
Ana shu qonuniyatlarni o`zlashtirish keyinchalik yuqori sinf o`quvchilarining kapitalistik formatsiya ham tarixan kelib chiqqanligini uning tushkunlikka ketishi va krizisi qonuniy xal ekanligini tushunib olishlariga yordam beradi.
Tarixiy tasavvur bilan tushunchalar biri - biri bilan o`zviy bog`langan. O`quvchilarda xodisalar, tarixiy jarayonlar haqida yetarli darajada tulik va konkret tasavvurlar mavjud bo`lgandagina tushunchalar hosil bo`la oladi. Tarix o`qitish jarayonida o`quvchilarniig tasavvurlari chuqurlashib borishi natijasida tushunchalarni shakllantirish uchun zamin yaratiladi.
Tushunchalar o`z navbatida tasavvurlarni mazmunan boyitib konkretlashib borishiga yordam beradi. Tasavvur va tushunchalarni hosil qilish metodik usullari ham ko`pchilik xollarda bir-biriga o`xshab ketadi.
Tarix o`qitishda o`quvchilarning ko`z ungida o`tmishdagi ijtimoiy xayotning yaxlit manzalarini shakllantirishda jonli va yorqin obrazlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Shunga erishish kerakki, bayon qilingan xar bir tarixiy fakt, geografik nom va shaxs faoliyati obrazli bo`lsin. Obrazlilik-o`quvchilarning tarixda oladigan bilimlarini ilmiy va puxta bo`lishning zarur sharoitlaridan biri, tarixiy voqealarni molernazariya qilishning oldini olish, tarixga qiziqishni uyg`otadi hamda tarixiy faktlarni taxlil qilish va umumlashtirish uchun zarur bo`lgan shart sharoitlarni yaratishning muhim vositasidir. Tasavvurlarni shakllantirishda tarixiy xodisalar obrazlarini o`quvchilar aktiv suratda idrok etishga qaratilgan usullardan foydalaniladi. O`qituvchi xikoyasining mazmunan ko`rgazmali va obrazli bo`lishi, darslik tekstidagi, tarixiy hujjatlardagi voqea va tasviriy elementlar, badiiy adabiyotlar asarlari o`quvchilarda tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning asosiy manbai bo`lib xizmat qiladi. O`qituvchi materialni bayon qilayotganda, tarixiy hujjatlardan, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyot asarlaridan olingan erkin tafsilotlarga hamda o`quvchilardagi mavjud tasavvurlarga suyangan holda ish to`tadi. O`quvchilarning tarixga qiziqishini ortishi, ularning muhim tafsilotlarini ajratib olish va esda saqlab qolishlariga yordam beradi.
Biroq o`quvchilarda aniq va puxta tasavvur hosil qilish uchun o`qituvchi bayonning jonli va emotsional bo`lishini o`zi kifoya qilmaydi. O`qituvchi o`quvchilarning aktiv fikrlashini tashkil qilish va unga raxbarlik qilishi lozim. O`qituvchi ko`rgazmali qurolni shudaygina ko`rsatib, uning mazmunini tushuntirib, hujjatlarni o`qib quya qolay, balki xikoyadagi eng muhim joylarni alohida intonatsiya bilan ta’kidlash ko`rgazmali qurollarni, tekstlarni o`quvchilarning aktiv ishtirokida taxlil qilib undagi eng muhim elementlarni ajratib chiqish o`rganilgan xujjatlardagi u yoki bu jihatlarga ular diqqatini jalb qilish lozim.
Tarix bo`yicha xar bir sinf dasturlarining oxirida asosiy tushunchalar mazmuni belgilab berilgan. Bu tushunchalar kursning ilmiy mazmunini, g`oyaviy-nazariy asoslarini aniqlab, olish konkret tarixiy materiallarni taxlil qilish va umumlashtirish bo`yicha ish usullarini belgilab olishga yordam beradi. Tarixiy tushunchalarni hosil qilish deganda o`quvchilarnning tarixiy faktlarning eng muhim belgilarini ikkinchi darajali belgilaridan ajrata bilish, ularni gruppalarga bo`la olishni, tarixiy voqea va xodisalar o`rtasidagi bog`lanish va munosabatlarni chuqur anglab, tushunib olish ko`zda tutiladi. Ana shu taxlitda shakllangan mukammal tarixiy tuchunchalar ilmiy bilimlar sistemasini vujudga kelishida bamisoli zanjir vazifasini o`taydi.
M.M.Rozental, D.N. Bokevlenskiy, N.N.Menchenskaya va boshqa psixologlarning tadqiqotlarida tushunchaga ta‘rif beriladi. Tushunchalarni shakllantirish jarayonida o`quvchilarnin takrlorash qobiliyatini o`sib, to`liq bo`lmagan va sistemaga kirmagan bilimlar sistemasiga tushib, chuqurlashib, murakkab bo`lmagan tushunchalar murakkablashib borishini ko`rsatadi. Ularda o`quvchilarning tushunchalarini o`zlashtirishda tipik kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo`llari ham ko`rsatib berilgan.,
Tarix o`qitish jarayonda tushunchalarni shakllaitnrishning metodik usullari va vositalari tushunchalarni klassifikatsiyalash muammolari I.V. Gittes, V.G. Kartsov, G.M. Donskoy, N.V. Andrevskaya, N.N.Vagin va boshqa tarixchi olim va metodistlarning asarlarida o`z ifodasini topgan. Tarixiy tasavvurlarni hosil qilish va tushunchalarni shakllantirish bosqichlarini belgilashda A.A.Vagin va A.Sadievlar katta xissa qo`shgan.
O`qituvchining tarixiy tushunchalarni shakllanib borishi ustidan rahbarligini samarali bo`lishi uchun tushunchalarni klasifikatsiya qilinishini yaxshi bilish kerak. Darsda o`rganiladigan materiallarning mazmuniga qarab tushunchalar bir-biridan farq qiladi va ular quyidagi turlarga bo`linadi:
-Iqtisodiy tushunchalar, turli davrlardagi mehnat qurollari va xo`jalik xayoti, iqtisodiy jarayonlar (masalan Butun Rossiya bozorining tashkil topishi, feodal krepostnoylik sistemasining krizisi, imperializm monopolistik kapitalistik, ilmiy texnika revolyutsiyasi va boshqalar)ni o`z ichiga oladi.
-Sotsial siyosiy tushunchalar Davlatlar o`rtasidagi sotsial munosabatlar va siyosiy tuzilishi.
Feodal jamiyatining asosiy sinflari, imperiya, respublika, burjua davlati va uning sinfiy xarakteri, burjua demokratiyasi, xuquqiy demokratik davlat va boshqalarga doir.
- jamiyatda sinfiy kurashning ahvoli va uning rivojlanib borishini ifodalovchi tushunchalar (dehqonlar urushlari, proletariatning sinfiy kurashlari);
-tarixiy madaniy tushunchalar (uyg`onish davrining gumanistik madaniyati, moddiy va ma‘naviy madaniyat va boshqalar);
-ideologik din, utopik sotsializm, ilmiy kommunizm, fashizm, ourjua ideologiyasining krizisi tushunchalar. Metodik adabiyotlarda tarixiy tushunchalar umumlashganlik darajasiga qarab quyidagi uch gruppaga: xususiy, tarixiy (sfinks, smerdlar, boryalar), umumtarixiy va sotsiologik tushunchalarga ham bo`linadi.
Tarix o`qitish jarayonida tarixiy tasavvurlar bilan tushunchalarni shakllantirish o`zviy bog`langan bo`lib, bir vaqtning o`zida amalga oshadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, tarixiy tushuchalarni shakllantirishda o`quvchilarning fikrlash faoliyatlarini rag`batlantirish va unga rahbarlik qilish muhim rol uynaydi.
O`qituvchi raxbarligida o`quvchilar xodisani fikran bir necha qismga bo`lib, uning muhim belgilarini ajratib olib muhim bo`lmagan belgilaridan ayiradilar hamda bir turdagi xodisalarning eng muhim belgilarni umumlashtiradilar. O`quvchilarda tarixiy tushunchalar hosil bo`lishiga olib keladigan bu mantiqiy faoliyat ko`pincha tarixni o`qitish davomida tarixiy tasavvurlar hosil qilish uchun xizmat qiladigan, yangi materiallarni idrok etish bilan qo`shilib ketadi. O`qituvchi rasmni yoki darslikdagi suratlarni taxlil qilib, ularning mazmunini analiz va siptez qilganda, o`quvchilarda o`rganiladigan xodisalarning muhim belgilarini aks ettiruvchi yorqin aniq tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan ish olib borish bilan birga xodisalarning o`sha belgilarini umumlashtiruvchi tushunchalar hosil qilishga qaratilgan ish o`quvchilar tomonidan xatto ilgariroq o`zlashtirib olingan material asosida olib borilayotgan taqdirda ham bu ish o`quvchilardagi mavjud tasavvurlarni konkretlashtirish va boyitishga imkon beradi. O`sha tasavvurlarni aktuallashtirib xodisa bilan birinchi tor tanishilgan paytda ularning payqalmay qolgan yoki ajratib olinmagan belgilarini ko`ra bilishga va ajratib olishga yordam beradi. Xodisalar o`rtasidagi bog`lanish va munosabatlar qanchalik ko`proq, xar tomonlama etib berilib, ularning ma‘nosini qanchalik chuqurroq tushunib yetilgan sari, umuman, tarix bilimlari shunchalik yuqoriroq darajada sistemalashib, xar bir xodisaning tarixiy jarayonidagi o`rni va roli shunchalik aniqroq anglab olina boradi.
Tarix o`qitishda tushunchalarni shakllantirishning usul va vositalari xilma xil bo`lib, avvalo u tushunchalarning mazmuni murakkabligiga bog`lik. Masalan, moddiy buyumlar (garkun, omoch, kema) to`g`risida tushunchalar hosil qilish uchun bir yoki bir necha soat dars kifoya qilsa, sotsialogik tushunchalar) ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari, sinfiy kurash, deologiya va boshqalar) o`quvchilarning yoshlik xususiyaglarini xisobga olgan xolda barcha tarix kurslarini o`rganish davomida o`zlashtirilishi, asosan o`qituvchining o`quvchilar fikrlash faoliyatini qanchalik uyg`ota olishi va unga qay daraja rahbarlik qila bilishiga bog`lik. Tarixiy tushunchalar hosil qilishda o`quvchilarning voqea va xodisalarni analiz sintez qila olish fikrlash faoliyatini kuchaytirishda ta‘limning aktiv metodlari: problemali ta‘lim, evristik suxbat metodlaridan foydalanish, o`quvchilarning ko`rsatmali qurollar ta‘limnin texnika vositalari, tarixiy hujjatlar bilan ishlashlarini uyushtirish ularga tarixni chuqur o`rganish bilan bog`lik bo`lgan turli amaliy xarakterdagi ishlarni topshirish alohida ahamiyatga ega.
Bu turlagi voqea va xodisalar tarixiy jarayonlar hamda sabab oqibat bog`lanishlar mazmunini taqqoslab o`rganish jamiyat taraqqiyotining ayrim va ba‘zi bir umumiy qonuniyatlaripi tushunib olish imkonini sabab va oqibatlari o`rtasidagn aloqa hamda bog`lanishlarni, ko`pincha dastlab bir mamlakat tarixini o`rganish vaqtida ochib beradi. Boshqa mamlakat tarixini o`rganish paytida ilgari o`rganilgan xodisalarni o`xshash xodisalarga duch kelgan paytda o`qituvchi o`quvchilarga bir biri bilan o`xshash sabab natijali bog`lanishlar to`g`risidagi bilim va malakalarini o`rgatilayotgan xodisalarni izohlab berishga, deduktiv suratda (o`rganilayotgan xossalarni izohlab berishga) tatbiq etishlariga umumiyliklarni aniqlab olishlariga yordam beradi. Turli mamlakatlar tarixiy taraqqiyotdagi bir xil sabab va natijalarni muntazam suratda taqqoslab borish o`quvchilarni xodisalar o`rtasidagi bog`lanishlar tasodifiy bo`lmay balki barqaror va zaruriy qonuniyat ekanligi to`g`risida xulosa chiqarishga olib keladi. V-VII sinflar qadimgi dunyo va o`rta asrlar tarixini o`rganish jarayonida qonun termini qo`llanilmasada, o`quvchilarni qonuniyat nimaligini tushunishga olib kelinadi. Qadimgi dunyo tarixida "Qadimgi Misr" temasi materiali asosida o`quvchilar mehnat qurollarining takomillashishi, mehnat unumdorligining oshirish va ortiqcha mahsulotni ishlab chiqish, kishini kishi tomonidan eksplutatsiya qilish uchun imkoniyat yaratilganligi sinflarni va davlatni paydo bo`lishga sabab bo`lganligiga tushunib oladilar. "Qadimgi zamonda old Osiyo" va Qadimgi Gretsiya" temalarida davlatning vujudga kelishini o`rganishda huddi shunday xodisalar o`rtasidagi sabab natijali bog`lanishlar takrorlanadi. Har bir faktning sabablari undan oldingi faktlarda mavjud bo`ladi va bu faktning o`zi ham o`z navbatida keyingi faktlarning sababi bo`lmog`i mumkin. Har bir yirik tarixiy fakt ijtimoiy xayotning ko`pincha turli soxalarda mavjud bo`lgan bir qancha sabablar natijasida vujudga keladi, tarixiy rivojlannshning qonunlarini chuqur o`rganishda taqqoslashning ahamiyati kattadir. Masalan, o`qituvchi Qadimgi dunyo tarixini oxirlarida "Qadimgi Xindiston" yoki "Qadimgi Xitoy" mavzularini o`tayotganda o`quvchilarga qadimtgi Xindiston yoki qadimgi Xitoyda davlatlarning paydo bo`lishini o`zlaridagi xuddi shu haqidagi bilimlar bilan o`rganishga tavsiya qiladi. O`quvchilar oddiy tarixiy tushunchalar bilan murakkab tarixiy tushunchalarini ham ma‘nosini anglab oladilar. O`quvchilarni bu tushunchalar o`rtasidagi o`zaro aloqa va bog`lanishlarni chuqur tushunib olishi, burjua revolyutsiyasining qonuniyatlarini o`zlashtirib olishga yordam beradi.
Misp. Ikki daryo oraligi, Hindiston va Sharqiy Xitoyning geografik o`rni iqlimi, tuprog`i va o`simliklari, aholisining mashg`ulotlarini taqqoslab o`rganish bu mamlakatlarning xammasi iqlimi issiq, hosildor yerlarda, katta-katta daryolarning vodiylarda joylashgani, ularda dehqonchilik va chorvachilik erta rivojlanishiga sabab bo`lganligi to`g`risida xulosa chiqarishga, g`oyat qulay tabiiy sharoit tufayli odamlar ibtidoiy mehnat qurollaridan foydalanganiga qaramay, ortiqcha mahsulot ishlab chiqarilgani, ba‘zi odamlarni boshqalar hisobiga yashashi uchun imkoniyat tug`ilganini aniqlab olishlariga yordam beradi.
Qadimgi Sharq mamlakatlaridagi dehqonchilik sistemasini taqqoslab o`rganish ulardagi umumiy xususiyatlarni, ya‘ni sun‘iy sug`orish va yerlarning suvini ko`chirish yo`li bilan mo`l hosil olish mumkinligini mehnat unumdorligini oshishi va ortiqcha mahsulotning paydo bo`lishning natijasi ularoq, ekspluatatsiya, sinflar va davlat vujudga kelganligi tushunib olish imkoniyatini beradi. Tabiat bilan jamiyatni o`zaro bog`likligi, inson tabiatni o`ziga buysundirish bilan birga uni avaylab saqlashi, atrof muhitni muxofaza qilishi zarurligi haqidagi xulosaga olib kelinadi.
Jamiyat taraqqiyotining ma‘lum davrlardagi xodisa va jarayonlarning birin-ketin yoki bir vaqtda sodir bo`lganligini aniqlab olishga yordam beradigan vaqtli o`zaro, aloqa va bog`lanishlar ham nomayon bo`ladi. Masalan feodalizm taraqqiyotning ma‘lum bosqichidagi feodal davlatlarning vujudga kelishi qonuniyatlarni.
Metonik adabiyotlarda qonunlar uch gruppaga bo`linadi.
1. Airim ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga xos qonunlar (masalan: krizis - kapitalizmning muqarrar yo`ldoshi).
2. Qarama-qarshi sinflarga bo`lingan formatsiyalarga taaluqli qonunlar (masalan: sinfiy kurash antogonestik jamiyatlar taraqqiyotining xarakatlantiruvchi kuchi).
3. Barcha formatsiyalarga xos qonunlar (masalan: ishlab chikarish munosabatlarinin: xarakteri va ishlab chikarish kuchlari rivojlanishi darajasiga mos bo`lishi qonuni).
Tarixiy bilimlar sistemasini puxta o`zlashtirish asosidagina ijtimoiy rivojlanish qonunlarini tushunib olish mumkin. Masalan, qarama-qarshi sinflarga bo`lingan antogonestik jamiyatlardagi sinfiy kurashlar va ularning bosqichlarini puxta o`zlashtirish asosidagina, sinfiy kurash shu jamiyatlar rivojlanishining xarakatlanuvchi kuchi ekanligi to`g`risidagi qonuniyatni chuqur anglab olish va shu haqda qat’iy xulosaga kelish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |