8- MAVZU: Tarix o’qitishning amaliy uslubi.
REJA:
1. Tarix ta'limining amaliy uslubi haqida tushuncha.
2. O'quvchilar amaliy bilish faoliyatining turlari.
3. Vaqtli matbuot materiallari o'quvchilar amaliy faoliyatining asosiy manbai.
4. Sinfdan tashqari ishlarni ta'lim- tarbiyaviy vazifasi
Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan (“Bumerang”, “Klaster”,) foydalaniladi.
Adabiyotlar va manbalar.
1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008
2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.
3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.
4. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..
5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.
6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.
7.G’afforov,Ya.,G’afforova M.G.,O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996.
8.Toshpo’latov.T., G’afforov,Ya. Tarix o`qitish metodikasi. T., « Universitet » 2002.
9. httr: www.worldarthistory.com
10. httr: www.orexca.com/rus/uzbekistan.shtml
Tarix ta’limi uslubiyoti sistemasining tashkil etgan ko’rsatmalar, og’zaki matnlar vositasida o’qitish va amaliy uslublar bir-biri bilan chambarchasbog’lashga. Ular urtasida bog’lanish o’qitish usullari va ularga muvofiq ta’siriga asoslanadi. Ko’rsatmalik og’zaki uslubga og’zaki metod ko’rsatmali uslubga asoslanganidek, O`quvchilarning mustaqil fikrlash, amaliy faoliyatini ham o’qituvchining og’zaki va ko’rsatmali tasvirlariga suyanadi.O`quvchilarning o`quv amaliy faoliyati og’zaki va ko’rsatmali o’qitish usuli bilan bog’liq xar xil priborlar, instrument va mexanizmlar vositasida qiladigan ishlari, xar xil topshiriqlarni bajarishlari, ijodiy taqdqiqot ishlari va x.k dan iborat.
Ko’rsatmali va og’zaki usul uz navbatida amaliy metod bilan bog’langan Masalan, Ilk odamlarning O’zbekiston xududida odamlarning yashash joylari, mehnat qurollari, qurol-yarog’ aslaxalari, ro`zg’or buyumlari haqidagi tasavvurlari hamda “urigchilik munosabatlari” “Oila” Urug’ mulki” haqidagi tushunchalarga suyanadi.
Tarix ta’limining amaliy uslubi didaktik va metodik ahamiyatiga ega.Maktabda tarix o`qitish tajribasi ta’limining hamma bosqichlarida ham o`quvchilarning mustaqil ishlari mumkinligini ko’rsatadi.O’qitish uslublari o’qituvchining ish usullaridagina iborat bo`lmay,balki bu uslublar o`quvchilarning ish uslublarini ham o`z ichiga oladi.
Demak, ta’limning amaliy uslubi esa didaklik va uslubiy ayniqsa, yuqori sinflarda muhim rol uynaydi. Chunki, yuqori sinf O`quvchilarining yoshi muvaffaqiyatli foydalanishga imkon beradi.
Ta’limning amaliy uslubining asosiy yo`li O`quvchi yoshlarning hayotni o’ranish yo`lidir. Shuning uchun ham amaliy metod juda katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu uslub tarix o’qitishni hayot bilan mustaqillik qurilishi amaliyot bilan borishga yordam beradi, bilim O`quvchilarning ishonchi va e’tiqodiga ko`maklashadi, O`quvchi yoshlarning fuqarolik burchini tushunib, jamiyatda o`z mavqelarini topib olishlariga yordamlashadi.
O`quvchilarning amaliy bilish faoliyatiga ularning vaqtli matbuot bilan olib boradiga ishlari, ishlab chiqarish korxonalarining raxbarlari va ilg’orlari bilan, fermerlar bilan urush va mehnat veteranlari bilan suxbatlari, tarixiy ocherk yozish, foto-albomlar, maketlar yasash, rasmlar chizish va boshqalar kiradi. O`quvchilarning vaqtli matbuot bilan olib boradigan amaliy ishi o`quvchilarning bu ishi katta O`quv va tarbiyaviy ahamiyatiga ega. Mamlakatimizning ichki va xalqaro ahvoliga doir eng muhim voqealarni to`g`ri tushunishga ularga to`g`ri baho berishga o`rganadilar, vaqtli matbuot materiallarini tarix kursining muhim materiallarini chuqur o`zlashturishga yordam beradi. Maktab tajribasi shuni ko’rsatadiki O`quvchilar gazeta va jurnal materiallarini tarix kursining muhim materiallaroini chuqur o`zlashtirishga yordam beradi. Maktab tajribasi shuni ko`rsatadiki O`quvchilar gazeta va jurnal materiallarini o`rganishda individual vazifalarni bajarib mustaqil o`qish va amaliy faoliyati uchun zarur malakalarini hosil qiladilar. O`quvchilar vaqtli matbuotni o’qib ulardan o`zlariga zarur faktlarni raqamlarni tanlab olish voqealarini taxlil qilish ulardan tegishli xulosalar chiqara bilish va umumlashtira bilish, plan tuzish, matn yozish gazeta va jurnallardan kuchirma qilish, qo`shimcha adabiyotlardan foydalanishga o`rganadilar. Vaqtli o`quvchilarning darsda olgan bilimlarining chuqur va konkret bo`lishiga yordam beradi. Masalan, XI sinf o`quvchilari “Mustaqil yo`lidagi kurash” mavzusida uzbek xalqining ozodligi uchun kurashgan milliy qahramonlar 30-yilllar katog`onliklari, O`zbekistonning davlat mustaqilligi amalga yuqotilganligining vaqtli matbuotdan bilib oladilar. O`quvchilar o’qituvchi topshirig`i yoki o`z tashabbuslari bilan gazeta jurnallardan zarur materiallar to`playdilar. Har qaysisiga gazetaning nomi material qaysi gazeta yoki jurnaldan qirqib olinganligi qirqib olinganligi, yili, oyi, soni , beti, yozib quyiladi. Qirqilgan materiallar temalar bo’yicha maxsus papkalarga joylashtiriladi va kelgusida dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalaniladi.
O`quvchilar tomonidan to`plangan gazeta va jurnal materiallari asosida turli ko`rgazmalari qurollar diafilmlarga yaratish sohasida ham ba’zi tajribalar bor.
O`quvchilarning amaliy bilish faoliyati sinf mashg`ulotlari bilan bog’lab olib boriladi. Sinfdagi mashg`ulotlarda olingan bilim va malakalar O`quvchilarni sinfdan tashqaridagi amaliyot faoliyatida pastki sinflarda ota-onalar Maktablar, korxonalar, kolxoz va boshqa jamoalar ijtimoyi hayotining barcha sohalariga O`quvchilarni ayniqsa, yuqori sinf O`quvchilarini jalb etishda maktab katta tajribasida hosil qilgan. O`quvchilar ijtimoyi ishlaridagi aktiv ishtiroki, ularning g’oyaviy e’tiqodini shakllantirishga yordam beradi. Natijada o`zlarini urab turgan muhit haqidagi tasavvur va tushunchalar haqidagi tasavvur va tushunchalar kengayadi, chuqurlasadi va konkretlashadi.
Yuqori sinf o`quvchilari pastki sinflarda, ayniqsa axoli orasida ijtimoiy-siyosiy ishlarni leksiya va suhbatlarni olib borish jarayonida xar xil fikrlar qarama-qarshi nuqtay nazarlarga duch keladilar. Ba’zi kutilmagan xodisalar o`quvchilarni tang ahvolga solib quyadi. O`quvchilarni bunday sharoitda amaliy faoliyatga tayorlashda seminar mashg’ulotlari xar xil temalarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar, nazariy konferensiyalar o`quvchilar tayyorlagan doklad va referatlar muhokamasi.Siyosiy mavzulardagi suxbatlar va boshqa tadbirlar g’oyat muhim urin tutadi. Sinf va maktab miqiyosida o’tkaziladigan bu tadbirlar o`quvchilarga erkin fikr almashishiga pirovardida haqiqatni aniqlab olishga keng imkokoniyat yaratib beradi.
Maktab doirasida tashkil etiladigan mazkur tadbirlardan tashqari o`quvchilar ayniqsa ijtimoiy ishlarga tortilgan yoqori sinflarni o’qituvchilari o`zlarini siyosiy va nazariy bilim olish, jurnal va gazetalarini muntazam ravishda o’qib borishlarida xullas yoqori xar tomonlama bilimini oshirishga intilish kundalik hayotiy ehtiyojga aylanishi lozim.
Maktab o`quvchilarining bu sohadagi amaliy bilim faoliyati va malakalarini takomillashtirib borishda ularning rahbatini oshirishda tajribali lektorlar agitatorlar, propogandistlar, hamda jurnalistlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish o`zlariga tajriba almashishni uyushtirish , metodik rasvirlar ishlab chiqish va shu kabi ishlar juda katta foyda beradi.
Maktabda o’qitiladigan boshqa predmetlar qatori tarix o`qitishda o`quv-tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy shakli dars ekanligini yoqorida ko’rib o`tgan edik.
O`quvchilar o`quv materiallarining asosiy mazmunini sinfda dars davomida o`zlashtirib oladilar albatta biroq o`quvchilarning tarix programmasi yuzasida o’rganish zarur bo`lgan bilim va malakalarining hammasi ham sinf dars mashg`ulotlari doirasida sig`dirib maydi. Buning ustiga tarixiy bilimlar ilmiy va siyosiy informatsiyalar hajmi tez kengayib , muttasil oshib borayotgan sharoitda o`quvchilar ishlarni yaxshi yo`lga qo`yish g’oyat zarurdir. Tarix sevib o’qiladigan fandir uni o’rganish jarayonida o`quvchilarda o`tmishni puxta bilib olish tilagi ortib boradi, ulardagi bu istakni sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo`lga quyish yo’li bilangina bajo keltirish mumkin. Tarix predmetni yuzasidan sinfdan tashqari ishlarni mazmunan forma va metodlarni metodik adabiyotda turlicha klassifikatsiya qilinadi/ Metodist V. N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlar klassifikatsiyasiga bilish manbalarini asos qilib ularni quyidagi turlarga bo’ladi. Ma’lumki o`quvchilar faqat darslikni o’qish bilan chegaralanib qolsa, ularning bilim doirasi va o`tmish haqidagi tassavurlari tor bo’lib qoladi. Shuni e’tiborga olib V. N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlarni asosiy formasi sifatida qo`shimcha o’qishni tavsiya qiladi.
1 Qo`shimcha kitob o’qish . U tarixidagi o’qiladigan kitoblarni 3 gruppaga bo’ladi:
a) ilmiy- ommabop kitoblar
b) tarixiy billetristika
d) tarixiy davrga oid badiiy adabiyotlar
2 Qo`shimcha suratlar qurish
Jamoa bo`lib teatr va kinolarga borish va ularni birgalikda muhokama qilish.
tarixiy kechalar uyushtirish
tarixiy inssenerovkalar yoki p’esalar quyish
Maktab tarixiy ko’rgazmalarini tashkil etish
Olisdagi tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish
V. N. Bernadskiy va A. Sa’dievning fikricha o`quvchilar sinfdan tashqari qo`shimcha kitob o’qib, filmlar ko’rib va radioleksiyalar eshitish, olgan bilimlari va tasavvurlari ommaviy faoliyat bilan qo`shib olib borib hosil qilingan taqdirdagina ko’zlangan maqsadga erishadi mustaqillikni tashabbus va ijodiy ishlash qobiliyatini ustira oladi.
Keyingi 20-40 yil ichida, ayniqsa mustaqil davlat tashkil topgani maktabdan sung sinfdan tashqari ishlar qo`lamiki kengaydi mazmunan boyidi, ish formalari ko`paydi. Bu ishlarning nazariy tomonlari ham ishlab chiqildi. Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy jihatdan ommaviy va to`garak ishlariga bo`linadi
O`zining ilmiy tadqiqot asarlarida sinfdan tashqari ishlarning nazariy masalalarini ishlab chiqqan, maktab tajribasiga suyanib sinfdan tashqari ishlarning asosiy boshlang’ich formasi ommaviy ishlar ekanligi isbot qilib bergan. A. F. Rodin sinfdan tashqari ishlarning ommaviy formasiga ovoz chiqarib o`qish kinofilmlar, p’esalar kurish, ekskursiya va poxodlar uyushtirish, o`quv konferensiyalari, kechalar va utrenniklar , konkurslar tashkil qilish, olimpiadalarda ishtirok etish, o`lka burchagi va maktab ko’rgazmalarini tashkil etish. Mamlakatimizni va chet ellik do`stlar bilan xat yozishib turish va boshqalarni kiritadi.
N. F.Rodininig tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlar sohasida tadqiqotlarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, ularda sinfdan tashqari ishlarni o’qituvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati bilan maxalliy yodgorliklarni muxofaza qilish turish, aholi orasida turli xil temalarda ma’ruza va suxbatlar uyushtirish, gazeta va jurnallar o’qib berish va x.k bilan bog’lab olib borish zarurligi ta’qidlanadi.
Metodist M. N. Vagin tarix ta’limida sinfdan tashqari qilinadigan ish metodlari sohasida keyingi yillarda orttirilgan ilg’or tajribalarini umumlashtirib ularni 3 guruhga bo`ladi.
1. Og`zaki metod. Sinfdan tashqari ishlarning bu guruhiga o’qituvchining hikoya qilib berish, ovoz chiqarib o`qish, yuqori sinflarda esa o’qituvchining darsdan keyin bo`ladigan leksiyasi kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda o’qituvchining darsdan keyin bo`ladigan leksiyasi kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda o`quvchining darsdan aktivligi va mustaqilligini oshirish maqsadida foydalahadi. O`quvchilar to`garak yig’ilishlarida tarixiy kechalar, lektorlar va aholi orasida qisqacha axborotlar, doklad va referatlar bilan qatnashadilar, muhozalarda nazariy konferensiyalarda tarixiy materiallar muhokamasida ishtirok etadilar.
2. Yozma va bosma manbalar blan ishlash metodi. Sinfdan tashqari ishlarning bu turiga qo`shimcha kitob o’qish, tarixiy adabiy to`plamlar, xususiyatlar, arxivlardagi hujjatlar va boshqalarni o`rganish vaqtli matbuotni o`rganuvchilar to`garagi “barpo qilish” “Kitob va uning tarixi” degan temada kecha tashkil etish, o`lkaining o`tmishi va hozirgi hayotida doir har xil kitob va maqolalar qulyozmalarni o`rganish kabi ishlar kiradi.
3. Ko`rsatmali materiallar bilan ishlash metodi. (usuli)
Illyustratsiya o`rganish kabi darsda boshlangan ishlarni sinfdan tashqari ekskursiyalar, paxod va ekspedisiyalar davomida to`plangan materiallar nusxasini ko’paytirish , rasmga olish shu materiallar asosida modellar yasash va namoyish qilish ham shu guruhga doir ishlarda qaytariladi. Bu ishlar ham sinfdagi ishlar bilan bog’lab olib boriladi. Gap shundaki, o’qucvhilar dars jarayonida egallangan ko`nikma va malakalarni sinfdan tashqari ishlarda yanada rivojlantirib takomillashtirib boradilar.
O`quvchilarning yoshi, bilim va malakalari ularning individual mayilligiga va qiziqishlariga qarab tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlarning mazmuni forma va metodlari turlicha bo`ladi. Hozir maktabda sinfdan tashqari ishlarning quyidagi asosiy tashkiliy formalari mavjud.
1) Tarixiy to`garagi yoki tarixiy o`lkashunoslik, tarixiy siyosiy to`garak.
2)Tarix yoki tarixiy o`lkashunoslik jamiyati.
3)Sinfdan tashqari tarixiy yoki tarixiy o`lkashunoslik ekskursiyalari, jamoa teatr va kinoga borish, kul’poxodlar.
4) Uzoq joylarga tarixiy o`lkashunoslik ekskursiyalari.
5) Arxeologiya ekspedisiyasida qatnashish.
6) Tarixiy yoki o`lkashunoslik burchaklari muzeylari.
7) Tarixiy yoki tarixiy o`lkashunoslik, tematik kechalar yoki tarix jamiyati, to`garak ishi haqida, uzoq joylarga uyushtirilgan ekskursiya va arxeologik ishlar haqidagi xisobat kechalari.
8) Xisobat yoki tematik ko’rgazmalar.
9) Yuqori sinf o`quvchilari uchun maktab lektoriyasi, lektorlar buyurosi, propogandistlar uchun seminar, suxbatlar.
10) Tarixiy yoki tarixiy o`lkashunoslik konferensiyalar, munozara va muxokamalar.
11) Maktab o`quvchilarning tarixiy voqealarining qatnashuvchilari va shoxidlari, yozuvchilar va ijtimoiy arboblar bilan uchrashuvlari.
12) Tarixiy yoki tarixiy o`lkashunoslik o’yinlari.
13) Tarixiy byulletin, devoriy gazeta, qulyozma, jurnallar chiqarish.
14) Sinfdan tashqari o’qishlar.
Ko’rinib turibdiki sinfdan tashqari ishlarning formalari turli tuman mazmunga boy, xatto maktab tarix kursining tematikasidan chetga chiqish ham mumkin. Shuni aytish kerakki sinfdan tashqari ishlarning mazmuni qanchalik boy va turli tuman formalarda olib borilmasin, ular bir maqsadga ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Maktabda tashkil etillagan tarix to`garagi yoki tarixchilar jamiyati sinfdan tashqari qilinadigan barcha ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning eng izchil formasidir. Qo`shimcha ommaviy ishlarni uyushtirish markazi va uning izchil formasidir. Qo`shimcha o`qish sinfdan tashqari ishlarning muhim formasidir. Bu ish o`quvchilatga kitob o’qishni targ`ib qilish, uning ahamiyatini tushuntirib kitobga qiziqtirishdan boshlanadi. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etishda o`quvchilarning yoshi bilimi hamda malakalari e’tiborga olinishi lozim. O’qutuvchi o`quvchilarni avvalo darslikda ko’rsatilgan badiy va ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtiradi va ulardan foydalanish yo’llarini gapirib beradi, yangi chiqqan kitoblar haqida ularni xabardor qilib turadi va kitob o’qishni uyushtiradi. Maktab tajribasida V-VII sinf o`quvchilari kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ilg`or o’qituvchilar quyidagi usullardan foydalanadilar. O’qituvchi o`quvchilarga o’qishi kerak bo`lgan kitoblarni aytish bilan birga shu kitoblarni aytish bilan birga shu ktoblarni o`quvchilarga ko’rsatadi va xatto eng muhim maroqli joylarini o’qib beradi, biroq o’qishni cho`zib yuborish yaramaydi. 15-20 minutdan oshirib yubormaslik kerak. Qo`shimcha o’qishni tashkil etishda o`quvchilarrni kitobga qiziqtirish bilan birga mustaqil o’qishni tashkil qila bilish ham zarur. O`quvchilarning qo`shimcha o’qish zarur bo`lgan kitoblar o`z vaqtida tavsiya etiladi. Ba’zi metodik asarlarda ko’rsatilganidek hamma sinflardagi o`quvchilarni chorak ichida yoki o’qish yilining yarimida o’qishi uchun kitoblarning o`quvchilarni chorak ichida yoki o’qish yilning yarimida o’qishini uchun kitoblarning katta ro`yxatini birdaniga tavsiya etish to`g`ri bo`lmay, tajriba ham rad qildi. Bu masalada ham har bir sinf bolalarining yoshi, bilim darajasi va malakalarini nazoratga olib ish kurish lozim bo`ladi. Masalan V-VII sinflarda o`quvchilar mustaqil o’qishlari lozim bo`lgan kitoblarga doir tema darsda o`rganib bo`lingandan.
Keyin qanday kitob o’qishi kerakligi tavsiya qilinadi. .VII-VII sinfda temaga kirish darsida agar o’qishga tavsiya qilinadigan kitob programmasi katta bo`lsa temani o`rganishdan 2-3 xafta oldin IX sinflarga esa yil boshida qilingan hattoki eski yilning oxiridayoq tavsiya qilish ma’qul, negaki tavsiya qilingan kitoblardan ba’zilarini o`quvchilar yozgi kanikul vaqtida ham o’qishlari mumkin.
O`quvchilarning yozuvchilar bilan uchrashuvlari ularning kitobxonlik ishtiyoqini oshirishdan muhim rol o`ynadi. Tarixiy temalarga bag’ishlangan kecha va konferensiyalarni o`tkazish, o’qilgan kitoblarni muhokama qilish kabi tadbirlar ham muhim o`rin tutadi.
O`quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini, shu jumladan tavsiya qilingan kitoblardan qanday foydalanganliklarini o’qituvchi doim nazorat qilib turadi. Bu bilan o’qituvchi o`quvchilarda qo`shimcha adabiyot o’qishga rag’batni kuchaytiradi, kitoblarni tushunib o’qishga o`rgatadi, qo`shimcha kitoblar o’qib olgan bilimlarni darsda tarix to`garagida va ekskursiyalarda olgan bilimlari bilan bog’lay bilishga va ulardan foydalana bilishga o`rgatadi.
V-VII sinflardayoq o`quvchilar o’qigan narsalarni tushunib , ularga baho bera bilish va ulardan xulosa chiqarish malakasini bir qadar hosil qiladi.
O`quvchilarda mustaqil o’qish uchun tavsiya etilgan kitoblar ongli va to`g’ri munosabatni tarbiyalash uchun ularni o’qigan kitoblarini maxsus daftarga qayd qilib va har bir kitobga o`zlarining qisqacha taqrizlarini yozib borishga o`rganish kerak. Daftar quyida ko`rsatilgan formada olib boriladi.
№
|
Avtor
|
Kitobning nomi
|
Kitobga qisqacha taqriz, uning to`g`risidagi fikrlar
|
O`quvchilarni tarix o’qitishning dastlabki yillardanoq bir xil ro`yhatni to`zib borishga o`rgata boshlash va uning odat tusiga kiritish lozim.
Tabiiy V-VI sinflardagi o`quvchilarning o’qigan kitoblariga bergan baholari yuzaki bo`lsada, keyinchalik aytaylik VII-VII sinf o`quvchilarining bahosi mazmunan boyib boradi. IX-X sinflarda esa berilgan baholar mazmuni yanada chuqurlashadi.
Tarixiy temalarda o’tkaziladigan kechalar sinfda tashqari ishlarning muhim tashkiliy formasi bo`lib, ularning asosiy vazifasi har xil san’at vositalari badiiy o’qish muzika, ashula, inssirovkalar yordamida o`quvchilarga tarixiy faktlar, voqealar hamda xodisalarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini o’qtirishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda tarixiy temalardagi kecha va ertaliklar maktab tajribasida keng qo`llanilmoqda.
Tarixiy temalardagi kecha va ertaliklar oldida quyidagi talablar quyiladi.
Maktabda o’tkaziladigan kecha yoki ertaklar o`quvchilarni axloqiy baynalminalligi, xalqlar do`stligi, vatanparvarlik, mehnatsevarlik ijtimoiy mulkni qattiq quriqlash, kolliektivizm ruxida tarbiyalashga yordam berish lozim.
O’tkaziladigan har bir kecha va ertalik o`quvchilarning ommoviy bayramlarga aylansin, unda ishtirok etgan har bir o`quvchi qobiliyati va talantini namoyish qilsin.
Kechaning ko`ngilli erishish lozim. Uning maroqli o`tishi uchun harakteriga qarab, turli temalarda dokladlar tinglash she’rxonlik qilish, tarixiy voqealarning qatnashuvchilari bilan uchlarshuvlar tashkil qilish mumkin. Har bir kecha albatta badiy qism, ashula musiqa inssenirovka, vektorina o`yinlar, hazil toifadagi konkurslar va shu kabilar bilan yakunlanadi. Bunday kechalar o`quvchilar faolligini oshiradi, ularni tashqari ishlaridagi ishtiroki ijtimoiy foydali mehnatga o`rgatadi, jamoa oldidagi javobgarlik xissini oshiradi.
Tarixiy kechalar tematika jihatdan o`quv programmasining mazmuni bilan zamonamizning aktual masalalari va yubeley sanalari bilan bog’lab o’tkaziladi. Maktab tajribasida o`quv programmasi bilan bog’liq quyidagi temalarda o`tkazilgan kechalar diqqatiga sazovordir. V sinfda “Qadimgi Misr”, “Qadimgi Gretsiya madaniyati”, “Spartak etakchiligidagi qullar quzg’aloni”, VI sinfda “Qadimgi Rim madaniyati”, VII sinfda xalq qahramoni “Janna Dark”, “Ilm-fan kurashchilari” va boshqalar.
Tarixiy kechalar davrimizning ijtimoiy-siyosati xayotiga doir mavzular ham bag’ishlanadi. Masalan: Jahonga tinchlik “Chet ellik do`stlarini” “Mehnat va texnika tarixidan”, “Zamonamiz qahramonlari”, “Osiyo va Afrikaning ozodlik kurashidagi talablari” va boshqalar.
Yubeley sanalariga bag’ishlangan kechalar o’tkazish odat tusiga kirib qoldi. Maktab tajribasida shaharlar yubeleyiga bag’ishlangan kechalarni o’tkazish ham rasm bo`lib bormoqda. Maktab tajribasi o`lka tarixini o`rganishda tarixiy kechalarning roli borgan sari ortib borayotganini ko’rsatmoqda. Maktabda o`lka o’rganish bilan bog’liq hamma ishlarni tarixiy kech bilan yakunlash odat tusiga kirib qoldi. O`lkani o’rganishga bag’ishlangan kechalar o`quvchilar orasida emas, balki o`kla aholisi orasida ham tarixga qiziqish to`g’dirmoqda. Mustaqil mafkurasi tarixiy haqiqatni tiklash va uni yangicha tafakkur etish, respublikadagi g’oyaviy va siyosiy va ijtomoiy muhitni tubdan o’zgartirish uchun tarixni chuqurroq o’rganishga intilish kuchayib borayotgan sharoitda tarixiy kecha va konferensiyalar tashkil etishning ahamiyati yanada ortib boradi.
Maktabda o’tkaziladigan tematik kechalarning muhim turlaridan biri kitobxonlar konferensiyasidir. Konferensiyada o’qituvchi raxbarlarigida o’qilgan kitoblar muhokama quyilgan kitobning avtori ishtirok qilsa yana yaxshi bo`ladi. Shunday qilib tarixiy kecha va konferensiyalarning darsda olgan bilimlarini to`ldirish, ularning mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini ustirish, ijtimoiy faoliyatga tayyorlashning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Tarix ijtimoiy o`lkashonoslik tugaragi odatda bir xildagi sinf o`quvchilaridan tashkil topadi. Maktabda parallel sinflar bo`lmagan taqdirda boshqa sinf o`quvchilarini ham jalb etilishi mumkin Masalan V-VII yoki IX sinf o`quvchilarining birlashgan to’garaklarihi tashkil etsa bo`ladi.To’garak ishining mazmuni a’zolarining o’zi tashkil etsa bo`ladi.To’garak ishining mazmuni a’zolarining yoshiga bilim saviyalar va malakalariga qarab turlicha bo`ladi. V-VI sinf o`quvchilari uchun tashkil etilgan tarix tugaragining asosiy vazifasi o`quvchilarda tarixni o`rganishga paydo bo`la boshlagan qiziqishni rivojlantirish, ularni tarixiy materiallar ustida mustaqil va ijodiy ishlash boshlashga o`rgatishdan iboratdir.
VII-VII sinflarda ayniqsa IX sinflarda tashkil etilgan tugarak taktikasi uning mazmuni o`quvchilarning o`sib borayotgan talablariga to`la javob beradigan bo`lishi kerak. Maktab tajribasida IX sinflardagi o`quvchilar uchun tashkil etilgan. Tugaraklarda mamlakat iqitisodiga oid masalalarni o`rganishga katta e’tiborga berilganini ko`ramiz. Tarix yoki tarixiy o`lkashunoslik tugaragida o`quvchilarning qiziqishlariga qarab xar xil masalalar, harbiy- tarixiy, revolyusion temalar ulug kishilar , tarixiy arboblar va mashxur qaxramonlarning biografiyasi , madaniy va san’ at tarixi, tarixiy o`lkashunoslik materiallari, Prezident asarlari, kundalik voqealar va boshqalar o’rganiladi. Tugarak o’quvchilarni tarixiy tadqiqotning ba’zi tomonlari bilan ham ma’lum darajada tanishtiradi. Masalan yosh arxeologlar, yosh arxivshunoslar tugaragida o’quvchilar arxiologiya ishlarini olib boorish, arxivda ishlash malakalarini egallaydilar. Tugarakda ma’ruza qilishda axborot berishga, kurgazmali qurollar tayyorlash va eskilarini qayta ko’rib chiqish ta’limining texnik vositalari bilan ishlashga o’rganadilar. Tarixiy o’lkashunoslik va kundalik siyosat tugaraklarining faoliyati ko’proq yuqori sinf o’quvchilarining kichik yoshdagi o’quvchilar va axoli orasida olib boriladigan tashviqot ishlari bilan bog’langan bo’ladi.
Tugarakda tarixiy biografik mavzularni o’rganish o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda va ularda istiqlol mafkurasi shakllantirishda muxim ahamiyatga ega.
Agarda o’rta yoshdagi o’quvchilar uchun kishilarning jangdagi qahramonligi, revalutsiyada ko’rsatgan jonbozligi, qiziqarli va tushunarli bo’lsa, yuqori sinflardagi o’quvchilarni olim, tadqiqotchi va revalutsion arbobning ichki dunyosi, yirik olim bo’lgunga qadar bosib o’tgan yo’li qiziqtiradi. Shu sababdan VII-VIII va IX-XI sinflardagi to’garaklar tematikasining asosiy mazmunini ko’pincha biografik xaraktertagi mavzular tashkil etadi. Masalan: Sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyatini o’rganish o’quvchilarni g’oyaviy jihatdan tarbiyalashda juda ham muhim rol o’ynaydi. Tugarakda xarbiy o’tmishni o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi.Masalan,V-VII sinf o’quvchilari to’garaklarda qadimgi dunyo, o’rta asrlardagi xarbiy texnikani o’rganishi mumkin.VII, VIII, IX, XI sinflardagi o’quvchilarning tugaraklarida urush va xarbiy san’at tarixining nazariy masalalari, urush haqidagi,ozodlik uchun kurash, mustaqillik, tarixiy qadriyatlar o’rganiladi.
Tarixiy revalyutsion temalar ham tugarak tematikasida salmoqli o`runni egallaydi. Bu temalarni o`rganish o`quvchilarning revolyutsion o`tmishimizga qiziqishni oshiradi. Ularni o`zbek xalqining milliy iftixori ruxida tarbiyalaydi, g`oyaviy-siyoviy va axloqiy jihatdan chiniqtiradi.Shunday qilib, sinfdan tashqari ishlarning muhim formasi bo`lgan tarix tugaragi ham o`quvchilarning tarixni o`rganishga qiziqishini oshiradi, olgan bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga hamda mustaqil ijodiy ishlay bilish soxasida malakalarni hosil qilishlariga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |