6. MAVZU: Tarix o`qitishning ko`rgaztmali uslubiyoti.
Kirish.
1. Ko`rsatmali qurollar tarixiy bilimlarning muhim manbai va uni aniqlashtirish vositasi.
2. Tarix o`qitishda qo`llaniladigan ko`rsatmali qurollarning klassifikatsiyasi.
3. Ko`rsatmali qurollardan foydalanishni uslubi.
4. Tarix darsida xarita bilan ishlash.
5. Tarix darslarida ta`limining texnika vositalaridan foydalanish.
Xulosa
Dars o’tish jarayonida yangi pedtexnologiyalardan ( “Munozara” ) foydalaniladi.
Adabiyotlar va manbalar.
1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008
2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.
3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.
4. Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..
5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.
6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993
Ko`rsatmalilik deganda avvalo o’qitish va o’rganishning ko`rsatmali usuli, o`qituvchi bayonining ko`rsatmali bo’lishi, uning o’quchilardagi tayyor bilimlarga suyana bilishi, dars mavzusini bayon qilish vaqtida ko`rsatmali qurollardan foydalanish va ko`rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va xodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari tushiniladi.
Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o`qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa,ko`rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham qo’shiladi.Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi.
Tarix o`qitishning ko`rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Avvalo, ko`rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Ko`rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va xodisalarning tashqi ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi.
Ko`rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy xodisalarni, tarixiy tushunchalarning ma‘nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi.Ko`rsatmali qurollar tarixiy tushunchalarni shakllantirishga,ularning nazariy xulosalar va umumlashgan yakunlarni, ijtimoiy rivojlanishning ob‘ektiv qonuniyatlarini o’zaro aloqalarini yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
Shu tariqa ko`rsatmalilikni ahamiyati tarixiy faktlarni,xodisalarni ko’
rish organlari ishtirokida mushohada etishga va ular haqida tasavvur
hosil qilishga yordam beradi.
Shunday qilib, ko`rsatmalilik metodi:
1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi;
2) o’quv materialining ta‘lim tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi;
3)o`qituvchi bayonining aniq obrazli va emotsional bo’lishiga yordam beradi;
4) o`quvchilarning o`quv materialini o`rganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini faollashtiradi;
5) o`qituvchining bayonini va uning darsda qo`llagan boshqa o`quv usullarini o`quvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi;
6) o`quvchilar fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o’stiradi;
7) o`quvchilar bilimning aniq, chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga yordam beradi.
Ko`rsatmali qurollar o’zining mazmuni, tarixiy obrazlarning xarakteri, ularni tayyorlash texnikasi va foydalanish usullariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1)Predmetli ko`rsatmalar: tarixiy yodgorliklar, estalik joylari, arxitektura yodgorliklari, qurol-yarog’lar, ro`zg’or buyumlari, shu jumladan arxeologik topilmalar.
2)Tasviriy ko`rsatmalar: o`qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy kartinalar va albomlar,san’at asarlari,portretlar,rasmlar,fotohujjatar va fotokopiyalar,darsliklardagi illyustratsiyalar, o`quv filimlar va kinofilmlar, maketlar, har xil modellar va boshqalar.
3) Shartli ko`rsatmalar: qurollar, tarixiy va kontur kartalar, tarixiy atlaslar, sxemalar,grafika,diagramma va kartogrammalar,appilikatsiyalar va pedagogik rasmlar.
Predmet ko`rsatmalilik ta‘limda alohida kasb etadi. Fizika, ximiya yoki botanika o`qitucvchilari o`rganilayotgan mavzuni o`quvchilarga formula, shakl va boshqalarni ko’rsatib tushuntirsalar tarix o`qituvchisi unday imkoniyatdan mahrumligiga sabab, masalan o`quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va faoliyatining aynan o’zini ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi. Ko`rsatsa faqat ibtidoiy kishi ishlatgan qurollarni, yashagan joylarini yoki aytaylik feodallarning o’zaro urushlarini emas, urushda ishlatilgan qurollarni boshqa ba‘zi buyumlarni,masalan Jaloliddin Manguberdining janglarda ko’rsatgan jasorati va qahramonliklarni emas,balki ular to’g’risida rassomlar chizgan ayrim rasm,kartinalarni ko’rsatishi mumkin xolos.Lekin har xolda kishilarning o’tmishidan qolgan yodgorliklari tarixiy voqealar to’g’risida real tasavvur qilishga so`zsiz yordam beradi. O`quvchilar oradan bir necha asrlar hatto necha-necha ming yillar o’tib ketgan zamonlardagi voqealar to’g’risida ma‘lumot beruvchi haqiqiy buyum va narsalarni juda qiziqish va hayajon bilan o`rganadilar. Shuning uchun maktablarda tarixiy o’tmishni o`rganishning asosiy manbalaridan biri bo`lgan bu yodgorliklarni to’plash va ulardan foydalanishga juda katta e‘tibor beriladi.
Tasviriy ko`rsatmali qurollar maktab tajribasida hammadan ko’p qo’llaniladi. Tasviriy ko`rsatmalar bir necha xil bo’ladi.
a) o’tmishdan qolgan haqiqiy asl nusxa hujjatlar asosida yaratilgan tasviriy ko`rsatmalar,hujjatli foto suratlar va hujjatli kinofilimlar,predmet yodgorliklarining tasvirlari mehnat qurollari,madaniy yodgorliklarning tasvirlari va shakllari.
b) ilmiy jixatdan asoslab rekonstruktsiya qilingan arxitektura va boshqa
yodgorliklar, tasviri, ro`zg’or buyumlari yoki ularning tasviri.
v) rassomning ijodiy faoliyati bilan qilingan tasviriy ko`rsatmalar,
tarixiy san‘at asarlari,darsliklarda berilgan illyustratsiyalar,maketlar,modellar va boshqalar.
Ko`rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o`qituvchi quyida-gilarni e‘tiborga olishi lozim:
1. O`quvchilarning yoshi, bilimi va malakalari o’sib borgan sari ularning
predmet va tasviriy ko`rsatmalarga qiziqishi ortib boradi.
Masalan sinf o`quvchilarini ko’proq o’tmishdagi voqea-xodisalarning yaxlit manzaralari tasvirlangan kartinalar, maketlar va modellari qiziqtiradi. Yuqori sinflardagi o`quvchilarni esa yodgorliklarining aynan o’zi va shartli ko`rsatmalar qiziqtiradi.
2. Har bir dars uchun tanlangan ko`rsatmali qurol mazmuni, g’oyaviyligi ilmiyligi jihatidan talabga javob beradigan bo’lishi,sinf o`quvchilariga mos
bo’lishi,soni ko`paytirib yuborilmasligi lozim.Agarda ko`rsatmali qurollar
ko’payib ketsa, o`qituvchi va o`quvchilar ish qurollari bilan ovora bo’lib qolib,
o`quvchilarning dars materialini o`zlashtirishlariga xalaqit berishi mumkin.
3. O`quvchilarning ko`rsatmali qurollarni ongli ravishda puxta o`zlashtirib olishlariga erishish kerak.
4. Ko`rsatmali qurollar o`qituvchining bayoni jarayonida ko`rsatib boriladi.
Tarix o`qitishda qo`llaniladigan tasviriy ko`rsatmali vositalar ichida o`quv kartinalari muhim o`rin tutadi. Kartinalar o`rganilayotgan voqealar va xodisalar haqida o`quvchilarda yorqin tasavvur hosil bo`lishiga yordam beradi. Tarixiy temalarga bag`ishlangan kartinalar syujeti va xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo`linadi.
1.Voqealik kartinalari. Ularda muhim voqealar ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar, harbiy harakatlar,voqealar yoritiladi. Bu kartinada o`qituvchidan voqeani yorqin hikoya qilib berishni, voqeaning rivojlanishi va undagi dramatizmni ochib berishni, o`quvchilarga axloqiy va g`oyaviy-siyosiy ta‘sir etishi mumkin.
2. O`rganilayotgan davr uchun tipik bo`lgan voqealarni aks ettiruvchi kartinalar. Kartinaning bu turi katta bir voqeani yoki uning bir ko`rinishini o`rganish bilan bog`lik bo`lgan hamma savollarga javob beradi. Ular ustida o`quvchilarning faol mustaqil ishlarini tashkil etishi ham mumkin.
3. Qadimgi shaharlar, qurilishlar, arxetektura yodgorliklari yoki ularning ansambli tasvirlangan tarixiy kartinalar. Kartinalarning bu turini o`qituvchi o`quvchilarga mufassal tasvirlab tushuntirib beradi. Masalan: o`quvchilarning “Oqsaroyga” xayolan ekskursiya qildirish.
4. Tarixiy portretlar. Ular ustida o`quvchilar mustaqil ish olib boradigan bo`lsa, ular tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyagini og`zaki va yozma ravishda hikoya qilib beradi.
Shu tariqa kartinalardan foydalanish va ular ustida ishlash metodlari, ularning mazmuni va xarakteri bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtdagi maktab tarix kursining deyarli hamma bo`limlari yuzasidan o`quv kartinalar yaratilgan.Keyingi yillarda ularning soni yanada ko`paydi. Madaniyat va san‘atning ajoyib durdonalari yoritilgan albomlar ,claydlar,video mahsulotlari yaratildi.
Kartinalar bilan ishlash. Kartinalardan unumli foydalanishi ularning o`qitishdagi roli va o`rnini yaxshi tushunib olinishiga bog`liq.Kartinalar ko`rsatmali qurollarning hamma turlari singari o`quvchilar uchun bilim olish manbai xizmat qiladi.Yuqori sinflarda kartinaning xarakteri va ularning vazifasi quyi sinflardagidan ko`ra bir muncha o`zgaradi. Kartina yuzasidan hikoya qilish usuli kamdan kam qo`llaniladigan bo`lib qoladi. Endi o`qituvchi kartinalardan bayon qilingan nazariy materialni kursning murakkab masalalarini tushuntirib berish uchun foydalanadi.
O`quv materiali bayon qilingandan keyin shu voqeaga doir kartinadan foydalanishda o`quvchilar o`zlaridagi mavjud bilimlarni ishga soladilar. Darsda olgan bilimlariga suyanib kartina mazmuni yu`zasidan o`qituvchi bergan savollarga javob beradilar.
Shunday qilib kartinalar:
1. O`quvchilarni yangi mavzuni faol o`zlashtirishga tayyorlaydi, oladigan bilimlarining manbai bo`lib xizmat qiladi, yangi materialni puxta o`zlashtirish uchun mavjud bilimlarni ishga solish vositasi va kirish suhbatini o`tkazish uchun ko`rsatmali material vositasini o`taydi.
2. Tarixiy voqeaning "jonli idrok" etilishini, o`rganilayotgan materialning aniq va tushunarli bo`lishini ta‘minlaydi.
3. O`qituvchi bayonining emotsionalligini va ta’sirini kuchaytiradi, o`rganilayotgan materialning axloqiy ta‘sirini oshiradi.
4. Darsda kartinaning mazmuni tarixiy materialni taxlil qilish va umumlashtirish ob‘ekti bo`lib xizmat qiladi, o`quvchilarning aniq obrazlardan tarixiy xodisalarni, ularning moxiyatini va qonuniyatlarini tushunib olishlarnga yordam beradi.
5. O`quvchilar ongiga ta‘sir ko`rsatadi, tarixiy materialning va ulardan kelib chiqadigan xulosa va umumlashmalarning ko`ngillarida jo bo`lishi darsning yakunlovchi qismida foydalangan kartina esa, o`rganilganni mustaxkamlash va o`zlashtirish darajasini "tekshirish” vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Kartinalar ustida mustaqil ishlay olish uchun o`quvchilar:
a) kartinani to`g`ri taxlil qilishlari va tushunishlari;
6) undan tarixiy bilim ola bilishlari:
v) so`zlaganda kartinadan foydalanish va kartinaga qarab hikoya qila bilishlari;
g) kartinani ham tarixiy manba, ham san‘at asari sifatida tushuna bilishlari lozim.
Shu shartlarni o`zlashtirish o`quvchilarning nutqi, e‘tibori, kuzatuvchanligi, ijodiy tasavvur etish qobiliyati, tarixiy tafakkuri o`sishida aqliy va estetik tarbiyasida, ularda muhim amaliy malaka va iqtidor hosil bo`lishida ham muhim o`rin tutadi.
. Illyutratsiyalarning sodda va murakkabligiga qarab o`qituvchi ularning mazmunini o`quvchilarga mufassal tushuntirib beradi yoki qisqacha hikoya qilish bilan chegaralanadi.
O`quvchilarni illyustratspyalar ustida aktiv ishlay olishga mazmunini mustaqil ravishda chaqib ola va so`zlab bera bilishga o`rgatish lozim.
Illkyutratsiya mazmunining murakkabligi, xarakteri o`quvchilarning tayyorgarligiga qarab suxbat yo’li bilan tahlil qilinishi mumkin, o`qituvchi o`quvchilarga mustaqil taxlil qilishni ham topshirishi mumkin.
Illyustrativ materiallar quyidagi turlarga bo`linadi:
1. O’tmishdagi buyum yodgorliklarining tasvirlari:
a) Ayrim buyumlar yoki ularning parchalari, ro`zg’or ashyolari, urush qurollari, mexnat qurollari;
b)Arxitektura yodgorliklari va san‘at asarlari tasviri. Ular ichida bu-
yum va arxitektura yodgorliklarining tasvirlari asosiy o’rinni egallaydi. Bu
gruppaga kirgan illyustratsiyalar juda ham turli-tuman bo`lib ob‘ektni taxlil
qilish,taqqoslash va tegishli xulosalar chiqarish uchungina xizmat qilmasdan
o`quvchilarni estetik ruxda tarbiyalash va ularga emotsional ta‘sir ko`rsa-
tishning ham muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi.
2.Rassomlarning hayotdan olib yaratgan asarlari.
3.Portretlar.
4.Karikaturalar. Ular asosan XIX-XX asr voqealariga doir bo`lib ko`proq yangi va eng yangi tarix darsliklarida beriladi.Metodist olimlar karikaturalardan foydalanish tarixiy faktlarga, siyosiy arboblarga, ijtimoiy gruppalarga siyosiy xarakteristika berishga, ularga berilgan baholarni esa mustaxkam saqlab qolishga yordam beradi, o`quvchilar ongiga, g’oyaviy-siyosiy' tarbiyasiga kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Karikatura o`quvchilar oldiida tarixiy voqeaning moxiyatini ochib berish, tarixiy shaxsning faoliyatini fosh etishning ajoyib vositasi bo`lib xizmat qiladi deb baho berishadi.Vaholanki bizhihg milliy xususiyatlarimiz,diniy qarashlarimiz,yrf –odatlarimizga karikaturalardan foydalanish unchalik ma’qul emas.
5.Hujjatlar, yozuvlar, yozuvli tekstlar, toshga o’yilgan yozuvlar, qo’lyozmalar, nashr etilgan yozmalar tasviri. Bu xildagi illyustratsiyalar o`quvchilarning davr ruxini tarixiy sharoitni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi.
6. Hujjatli fotosuratlar. Bu xildagi illyutratsiyalar, asosan XIX va XX asr voqealariga doir bo`lib yuqori sinflarda foydalaniladi.
Shunday qilib, illyutratsiyalar bilim manbalaridan biri bo`lib, tarix darslarida o`qituvchi bayonini aniqlashtirishda, uning g’oyaviy-siyosiy ta‘sirini kuchaytirishda, o`quvchilar bilimini mustahkamlash va mavjud bilimlarni ishga solishda ko`rsatmali material sifatida ham xizmat qiladi.
Tarixiy voqea ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum bir joyda sodir bo’ladi. O`quvchilarda voqea sodir bo`lgan joy haqida tasavvur yaratish ta‘limda muhim o’rin tutadi. Tarixiy karta bilan ishlash geografik muhitga xarakteristika berishning asosiy metodini tashkil etadi.
Geografik muhit jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo`lmasada tarixiy rivojlanish tezlashishi va sekinlashishiga jiddiy ta‘sir ko`rsatish mumkin.
Geografik muhitning jamnyat rivojlanishidagi roliga, ayniqsa qadimgi dunyo tarixi darsligida katta o’rin berilgan.
V-VI sinflarda o`quvchilarga geografik muhit bilan odamlarning mashg`uloti o`rtasidagi aloqani ochib berish, xalqlarning tarixiy rivojlanishiga geografik muhitning ta‘sirini ko`rsatish uchun katta imkoniyat bor.
Xarita yordamida biror mamlakatning tarixiy bosqichlaridagi ahvolni aniq tasvirlab berish o`quvchilarda birinchidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivolanishi haqida aniq tasavvur yaratishga ikkinchidan inson avlodlari mexnatining o`zgaruvchilik kuchini puxta tushunib anglab olishlariga yordam beradi. Binobarin, xarita bilan ishlash juda katta ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Darsda kartadan foydalanib tarixiy voqea sodir bo`lgan joyni ko`rsatish, o`quvchilarda geografik muhitning roli haqida tasavvur yaratish balki tarixiy voqealarning moxiyatini ularning qonuniyatlarini, o`zaro aloqalari, sabab-natijalarini ochib berishda ham muhim rol uynaydi. Xaritadan tarixiy voqeani tushuntirib berishdagina, emas balki uni taxlil qilishda va umumlashtirishda ham foydalaniladi.
Xarita yordamida tarixiy voqealarning sabab aloqalari ochib yuboriladi. Xarita darsning boshida o`rganilgan materialni taxlil qilish, umumlashtirish tarixiy rivojlantirishning qonuniyatlarini ochib berishga yordam ko`rsatadi. Xarita bir qator tarixiy voqea va xodisalarning natijalarini kuzatib o`rganishga imkon beradi.
Tarixiy xarita o`quv materialini mustaxkamlashda muhim rol uynaydi. O`qituvchi voqea bo`lib o`tgan joyini devorga osilgan kartadan ko`rsatgan vaqtda, o`quvchilarning o`sha joyni o`z xaritasi yoki atlasidan izlab topishi, o`qituvchi raxbarligida xaritaning taxlil qilinishi o`quvchilarning o`z daftarlaridagi eskizlar va darslikdagi xaritalar ustida uyda mustaqil ishlashi, navbatdagi darsda berilgan savollarga xaritadan foydalanib javob berishi, o`quv materialining puxta o`zlashtirilishiga va esda uzoq saqlanishiga yordam beradi.
Tarix o`qitish tajribasida tarixiy xaritalarning uch turidan foydalaniladi.
1. Umumiy xaritalar. Ular bir mamlakat yoki bir gruppa mamlakatdagi tarixiy voqealarni, ularning mavqeini, tarixiy rivojlanishning ma‘lum bosqichidagi ahvolini aks ettiradi. Masalan, XVIII asrning birinchi choragida Xiva xonligi, 1789 yilda Yevropa va boshqalar.
2. Obzor xaritalar. O`rganiladigan voqealar rivojlanishning izchilligini uzoq davr mobaynida territoriyaning o`zgarganini aks ettiradi. Masalan: “XIV-XV asrlarda Temuriylar davlatining kengayishi”, “Rim davlatining yuksalishi”.
3. Tematik xaritalar. Ma‘lum tarixiy voqealarga yoki tarixiy jarayonning ayrim tomonlariga bag`ishlanadi. Masalan, «Xonliklarning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli».
Tematik xaritalarda ijtimoiy hayotga doir masalalar chunonchi, iqtisodiy masalaga, sotsial harakatlarga, sinfiy kurash yoki harbiy o`tmishga doir masalalar to`laroq yoritiladi. Darslik va atlaslardagi xaritalarning ko`pchiligi tematik xaritalardir. O`qituvchi bosma yoki qo`lda tayyorlangan osma tematik kartalardan ham foydalanadi.
Sxematik xaritalar yoki xarita sxemalar ham, tematik xaritalarning bir turidir.
Tarix darslarida o`quvchilarni mamlakatimizning tabiiy sharoiti va iqtisodini rivojlanish tarixi bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tabiiy va iqtisodiy geografik xaritalardan ham foydalaniladi.
Birorta ham darsni xaritasiz tasavvur etish qiyin. Xarita tarix darsining eng zaruriy qo`llanmasi bo`lib hisoblanadi. Xarita avvalo o`rganiladigan temaga mos bo`lishi lozim.O`qituvchi voqealar rivoji davomini bayoni jarayonida xaritadan ko`rsatib borishi ayni vaqtda o`quvchilar o`qituvchi ko`rsatadigan joyni qo`llaridagi xarita yoki atlasdagi xaritadan izlab topishlari lozim. Har bir yangi xarita o`rgana boshlanganda unga qisqacha obzor berish unga o`rganilgan eski xarita bilan solishtirib o`quvchilarni yangi xaritadan o`zgarishlar bilan tanishtirish, ularning tarixiy rivojlanishining izchilligini har bir bosqichning o`ziga xos muhim xususiyatlarini anglab olishlariga yordam beradi. O`quvchilar ikki xaritani solishtirib mamlakat territoriyasi toraygan yoki kengayganini, shaharlarning o`sganligi va boshqa o`zgarishlar yuz berganligini tushunib oladilar.
O`qituvchi xarita yuzasidan savollar va topshiriqlar berish yo`li bilan o`quvchnlarni V-VI - sinfdan boshlab karta ustida ishlashga o`rgatib boradi. .
Tarix darslarida ta‘limning texnika vositalaridan foydalanishi darsning samaradorligini oshiradi.Ta‘limning texnika vositalari o`qitish va
o`rganish sifatini ko`tarishga, o`quvchilarning o`quv materialini qiziqib o`rganish, puxta o`zlashtirishga xizmat qiladi.
Tarix o`qitish tajribasiga ko`ra maktabda ta‘limning quyidagi texnika
vositalardan foydalanilmoqda.
1.Oddiy texnika qurilmalari:Xarita va o`quv kartinalari ilinadigan
yog`ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar,sinf doskasi, sinf devoriga ilinib ikki yoqlama ochiladigan doska.
2. Ovozli apparatlar, proigrovatel, magnitafon, radiopriemniklar .
Badiiy asarlar yozilgan plastinka va magnit lentalar ham bor.
Buyuk davlat va jamoat arboblarining birinchi navbatda Prezident I.A.Karimovning nutqlari yozilgan kassetalardan,slaydlardan foydalanishi mumkin.
Maktab tajribasida bu manbalardan foydalanishda quyidagi usullar qo`llaniladi:
1) yozuv materiallari yuzasidan o`quvchilarga savollar berish bilan bu
yozuvlar materialiga qo`shimcha qilinadi.
2)Avvalo slaydlar namoyish etiladi,so`ngra suhbat yordamida tahlil qilinadi.
3) Qadimgi yozuvlar asosida o`quvchilarning musqaqil ishlari tashkil etiladi.
Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O`qituvchi o`quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo`yicha tarixdan beriladigan eshittirishlarni tashknl etadi. Hozirgi vaqtda bunday eshittirishlar ko`pincha magnit lentalarga yozib olingan bo’ladi.
4) Har xil ko`rsatuv asboblari va qurilmalar ta‘lim texnika vositalarining uchinchi guruhini tashkil etadi. Ular epidiaskop, diopozitivlar, diafilmlar va o`quv kinofilmlardan iborat.
Tarix darslarida bunday texnika vositalaridan foydalanish uchun maktabda zarur texnik sharoit mavjud bo`lgan kabineti yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus tarix kabineti bo`lishi kerak.
a) Kabinetda juda katta doska bo`lishi kerakki, uning bir qismi ekran
bilan band bo`lsa, bir qismi yozish uchun bo’sh bo`lsin;
b) xarita va kartinalar ilinadigan maxsus moslama bo`lsin;
d) Zarur texnika vositalari va ularni ko`rsagadigan apparatlar kabinetda
mavjud bo`lishi bilan birga ular tuzuk, ishga yaroqli holda saqlansin. Bunday maxsus kabinet bo`lmagan taqdirda, sinfni ham, uni texnika vositalaridan foydalanadigan qilib jixozlasa bo’ladi. .
4. O`quv kinofilmlari ham ta‘limning ko`rsatmali vositalari jumlasidandir.
Tarix o`qitishda o`quv kinofilmlari eng ta‘sirchan va samarali ko`rsatmali vositasidir. Kinofilm o`quvchilar ko`z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini to`liq harakatda gavdalantiradi.
O`quvchilar boshqa ko`rgazmalardan ko`ra, kinofilmlar vositasida tarixiy o`tmishni jonlliroq idrok etadilar.
Tarixiy temalarga bag`ishlangan badiiy filmlar o`zining mazmuni va
tarixiy voqealarning jonli qilib ko`rsatishi jixatdan tarixiy badiiy asarlarga o`xshab ketadi. Hujjatli xronikal filmlar esa, o`sha davrning ko`rsatmali hujjati bo`lib xizmat qiladi.
Kinofilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o`quvchilarga emotsional ta‘sir
ko`rsatish,estetik va ahloqiy tarbiya berish vositasi hamdir.Kinofilmlar
bilim olish vaqtini iqtisod qilishga ham yordam beradi. O`quvchilar oddiy
sharoit o`qituvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarga borib, soatlar sarf qilib oladigan bilimlarini 10-15 daqiqalik filmni ko`rib ham olishlari mumkin. Negaki o`quvchilar filmni tomosha qilib tarixiy obrazlarning butun qiyofasi, xarakteri, psixologiyasi, dunyoqarash va boshqa tomonlarini ham ko`z bilan ko`radi.
Kinofilmni o`quvchilarga ko`rsatishdan oldin, o`qituvchining o`zi uni sinchiklab ko`rib chiqishi va o`rganishi lozim. Bu bilan o`qituvchi filmning umumiy mazmuni bilan asosiy diqqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va diktor teksti bilan tanishadi. Shundan keyin film o`quvchilarga ko`rsatiladi, so`ngra film yuzasidan suhbat o`tkaziladi, eng muhimi kadrlar yuzasidan o`quvchilarga savollar beriladi. Filmni mazmuniga bog`lab uyga vazifa topshiriladi. Tarix o`qitish tajribasiga o`quv filmlaridan foydalanishning quyidagi asosiy usullari mavjud:
a) O`qituvchi o`z bayonini o`quv filmining eng muhim va yorqin kadrlarni ko`rsatish bilan bog`lab olib boradi. Tanlab olingan o`sha kadrlarni izohlaydi va tegishli xulosalar chiqaradi;
b) 10-15 minut qisqa o`quv filmlariga bag`ishlab dars o`tkaziladi;
v) maxsus kino darsi tashkil etiladi;
g) Darsdan tashqari vaqtda film tomosha qilinadi.
d) O`qishdan tashqari vaqtlardagi teleko`rsatuvlar, o`quvchilar bu eshittirishlarni uyda tomosha qiladi.
Darsda o`quv teleko`rsatuvlariching ikki xil turi qabul qilinadi:
a) 15 daqiqa teleko`rsatuv;
b) 30-40 daqiqa davom etadigan yangi materialni bayon qilishga bag`ishlangan tematik teledars yoki takrorlash darsi.
Teleko`rsatuvga yirik olimlarni, yozuvchilar, tajribali o`qituvchilar, yuristlarni hamda tarixiy voqealarning ishtirokchilarini jalb etish o`quv materialini ongining aktualligini va mazmundorligini oshiradi.
O`qituvchi teleeshittirishni qabul qilishga puxta tayyorgarlik ko`radi.
O`quvchilarning teleko`rsatuvlar mazmunini puxta o`zlashtirib olishlari uchun o`qituvchilarga eshittirish mazmuni yuzasidan savollar beradi yoki boshqa vazifalar topshiradi. Natijada o`quvchilar ko`rsatishni aktiv fikrlab o`zlashtiradilar O`qituvchi teledarsni qabul qilishni suhbat bilan yakunlaydi.
Shunday qilib, teleekran tarix o`qitishda ko`rsatmalilikning samaradorligini oshirib yuboradi.Tarix o`qitish tajribasi teledars g`oyaviy, tarbiyaviy didaktik jixatdan boshqa ko`rsatmali vositalardan ko`ra xiyla afzal ekanligini isbotladi.Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ko’rgazmali qurol dars samaradorligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |