Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Yangi klassik (neoklassik) yo„nalish



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Yangi klassik (neoklassik) yo„nalish - Farb iqtisodiy adabiyotida «Yangi 
klassik yekonomiks» deb ataladi va bu yo„nalish asosida marjinalizm g„oyalari 
yotadi. Buyuk ingliz iqtisodchisi A.Marshall (1842-1894) nomi bilan bog„liq. Shu 
davrda «Siyosiy iqtisod» o„rniga mafkurasiz «Yekonomiks» matni paydo bo„ldi. 
Unda sof yerkin bozor iqtisodiyoti targ„ib yetiladi, davlatning roli imkoni boricha 
kam bo„lmog„i kerak. Bu yo„nalishda liberalizm va neoliberalizm oqimlari 


256 
mavjud. Amerika monetarizmi - M.Fridman (1912, AQSh) o„zining «Kapitalizm 
va yerkinlik» (1960) kitobida «yerkin ishbilarmonlik»ni himoya qiladi. «Ozodlik 
yo„lida qurbon berish»ni va «tabiiy ishsizlik»ni qo„llab-quvvatlaydi, davlat 
tomonidan beriladigan yordamga qarshi chiqadi, iqtisodiyotni to„g„ri pul siyosati 
bilan (davlat kam aralashadi) tartibga solish tarafdori. Bu oqim g„oyalari Rossiya 
Federasiyasi iqtisodiyotida qo„llanilmoqda. 
«Marshall xochi» - talab va taklif yegri chiziqlarining kesishganligini 
ko„rsatadi; kesishgan nuqta ularning muvozanatini hamda turg„un bahoni 
ko„rsatadi.
Fridman Milton (1912, Nyu York) - iste’mol: pulning tarixi va nazariyasi 
sohalaridagi tadqiqotlari uchun 1976 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 
Uning pul to„g„risidagi g„oyalari (monetarizm) AQShda R.Reygan, Buyuk 
Britaniyada M.Tetcher iqtisodiy siyosatida qo„llanilgan. 
Samuyelson Pol (1915, AQSh) -ko„p marta qayta nashr yetilgan 
«Yekonomiks» (1948) darsligini yaratdi (rus tiliga ham ag„darilgan), 1970 yilda 
iqtisodiyot fanlarida ilmiy tahlil darajasini oshirishga qo„shgan hissasi uchun 
Nobel mukofotini olgan. Iqtisodiyotning barcha sohalariga oid ilmiy ishlari bor. 
«Aralash 
iqtisodiyot»ning 
nazariyotchisi. 
Neoklassik 
tahlil 
bo„ycha, 
taraqqiyotning «to„rt g„ildiragi» asoschisi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin