50
va gohida o`z oldiga qo`ymagan maqsadlariga ham erishadi. Shunday qilib,
Smitning ko`rinmas qo`li, bu ob`ektiv iqtisodiy qonuniyatlar bo`lib, bu
qonuniyatlar inson tafakkuri
va irodasidan tashqari erkin, mustaqil ravishda
harakat qiladi.
«Ko`rinmas qo`l» tushunchasini “iqtisodiy inson” bilan bog`lagan holda,
inson o`z shaxsiy manfaatlarini ko`zlagan holda, o`zi bilmay turib jamiyat uchun
xizmat qiladi, va bu holat, uning “ko`rinmas qo`l”
tomonidan boshqarilishi
paytidanda yaxshiroq bo`ladi.
Smit fikricha bu holat, ko`rinmas qo`l sharoitlarida inson bor - yo`g`i
shaxsiy manfaatini qondiradi, va Shu sababli yaxshi ishlaydi (avvalambor o`zi
uchun, ammo Shu bilan birgalikda jamiyat uchun ham). Davlatning ko`rinadigan
qo`li harakati sharoitlarida esa, inson shaxsiy manfaatiga zid bo`lishi
mumkin
bo`lgan buyruqni oladi va bajaradi, demakki, istar - istamas mehnat qiladi.
Shunday qilib, Smit, davlat iqtisodiyotga aralashishida erkinlik kontseptsiyasini
asoslab bergan. Bu kontseptsiya keyinchalik “iqtisodiy liberalizm” kontseptsiyasi
nomini oldi. Aynan mana Shu kontseptsiya
XIX asr boshida keng tarqalib, XX
asrning 30- yillari o`rtalarigacha davom etib, dastlab mumtoz, keyin esa
neomumtoz iqtisodiy nazariyada amal qildi.
Boylik. Smit fikricha boylik ishlab chiqarish
sohasida yaratilgan
mahsulotdir. Shu sababli boylikni oshishining asosiy omillari, ishchilar soni va
ishlab – chiqarish xajmini oshishidir. Birinchi omilni u juda muhim deb hisoblaydi.
Buning isboti sifatida axolisi ko`p ammo kambag`al mamlakatlarni misol keltirgan.
Shuni ham e`tiborga olish kerakki, Smit yashagan davrlarda ishlab chiqarish xajmi
faqatgina manufakturada mehnat taqsimoti hisobiga oshar edi.
Dostları ilə paylaş: