Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   169
Predmet va uslub. Marks iqtisodiy nazariyasi tadqiqoti predmeti sifatida
mumtoz nazariya namoyandalari kabi ishlab chiqarish sohasi bo`lgan. Marks bu 
sohaga Shu qadar kuchli va birlamchi e`tiborni qaratar ediki, qolgan iqtisodiy 
munosabatlar ham uning uchun ishlab chiqarish munosabatlari edi. Uslub asosida, 
tarixiy materializm falsafiy nazariyasi yotgan. Jamoatchilik munosabatlariga 
nisbatan Marks tomonidan bildirilgan moddiy yondashuv quyidagilarda namoyon 
edi. 
Marks jamiyat munosabatlarining mo„ayyan umumiyligini jamiyat 
formatsiyasi deb atgan. Mazkur jamiyat munosabatlari bazisi sifatida, u 


73 
iqtisodiyotni tilga olib, iqtisodiyot birinchi navbatda texnika rivojlanish darajasi 
tomonidan belgilanadi (Ishlab chiqarish kuchlari). Iqtisodiyotga aloqasi bo`lmagan 
boshqa barcha jamiyat munosabatlari (siyosiy, madaniy va boshqalar), bazis 
poydevoriga asoslangan qurilmalardir. Shunday qilib, texnika (ishlab chiqarish 
kuchlari) iqtisodiyot tavsifini belgilaydi (ishlab chiqarish munosabatlari), 
iqtisodiyot esa barcha jamoatchilik munosabatlari uchun tavsiflidir. Shu bilan 
birgalikda, mo„ayyan jamoatchilik munosabatlarini (Shu jumladan iqtisodiy 
munosabatlar: kapitalistik, kichik tovar yoki sotsialistik) tabiiy deb hisoblagan 
mumtoz siyosiy iqtisodning boshqa namoyandalaridan farqli o`laroq, Marks tarixiy 
yondashuvni qo`llab, jamiyat formatsiyalari bir - birini faqatgina inqilobiy yo`l 
bilan o`rin almashishini isbotlagan, ammo nima bo`lganida ham, tabiiylik g`oyasi 
uning asarlarida baribir mavjud, Chunki kommunistik formatsiya o`z sxemasiga 
ko`ra oxirgi va to`laqonlidir. 
O`zining jamiyat formatsiyalari haqidagi nazariyasini Marks kapitalistik 
iqtisodiyotning tarixan o`zgaruvchan tavsifining isboti sifatida qo`llagan. Uning 
fikricha, mazkur iqtisodiyot baribir sotsialistik iqtisodiyotga o`z o`rnini bo`shatib 
beradi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin