222
27. 2. “Tarqatma bilim” kontseptsiyasi
Iqtisodiy
harakatni tahlil etar ekan, Fridrix fon Xayek neoavstriya maktabi
ilg`or namoyandasi sifatida iqtisodiy axborot, ya`ni ishlab chiqarish faoliyati
imkoniyatlari haqidagi bilim va iste`molchilar ta`biga qarab, bilimlarga faqatgina
alohida individ, u ham bo`lsa faqatgina o`ziga nisbatan ega bo`ladi deb xulosa
qiladi. Biror - bir inson, boshqa insonning didi, yoki xo`jalik rejalari haqidagi aniq
axborotga ega bo`lmaydi.
Bundan
tashqari, bozorning xar bir ishtirokchisi ega bo`lgan axborot, to`la
ravishda formalizatsiya etilishi, va bozorning boshqa ishtirokchilariga adekvat
ravishda uzatilishi mumkin emas. Muammo Shundaki, mazkur individual
bilimlarning asosi sifatida,
rivojlantirilgan hissiyot, intuitsiya bo`lishi mumkin, u
tahlil etilib, talqin etilishi mumkin emas, demakki bunday tajribaga ega bo`lmagan
insonga uzatilishi imkoniyati ham yo`q.
Mazkur xulosalar asosida, F. Xayek xulosa qiladiki, iqtisodiyotda bilimlar
tarqatma tavsifga ega. Biror – bir shaxs, bozorning boshqa ishtirokchilari haqida
to`liq
axzborotga ega emas, demak sub`ekt o`zi haqidagi axborotni boshqalarga
to`liq ravishda uzata olmaydi, va bozorning boshqa iqtisodiy sub`ektlari uning
iqtisodiy ta`bi, biznesdagi muvaffaqiyati haqida axborotga ega bo`lmaydi.
27. 3. Fridrix Fon Xayekning “Bozor” kontseptsiyasi
Agarda axborot tarqatma bo`lsa, savol tug`iladi: individlar qay tarzda
faoliyat yuritishadi, harakat mo„ayyan variantini
tanlashda nimaga asoslanishadi,
ularning o`zlariga nisbatan ega bo`lgan qisman bilimlar muvaffaqiyatli iqtisodiy
harakat uchun etarli emas. F. Xayek fikriga bu holda ularga bozor munosabatlari
yordamga keladi. Bozor mexanizmi qurilma indikatorlar, ya`ni
narx
ko`rsatkichlariga ega. Bu ko`rsatkichlar, tanlov variantlari va bozor boshqa
ishtirokchilarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko`rsatadi. Narxlardagi
o`zgarish, ta`bdagi yuzaga kelgan o`zgarishlar, hamda
individlar imkoniyatini
ko`rsatadi. Bozor mavjud bo`lganda, tadbirkor, o`zining mahsulotiga nisbatan
xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlashi shart emas. Insonlarning maqsadlarini,
demakki ularning ratsional yo`l bilan harakatlarini oldindan bilish imkoniyati yo`q.
Bozor esa, amalga oshgan faoliyatlarni inobatga oladi, ya`ni xaridning oshishi,
tovarga nisbatan narxning avtomatik
ravishda oshishiga olib keladi, va aksincha,
mo„ayyan mahsulotga bo`lgan qiziqishni pasayishi, uning narxini tushiradi. Narx
signallarini o`rgangan tadbirkor, bozor kon`yunkturasi haqidagi zarur axborot olish
imkoniyatiga ega bo`ladi va axborot asosida o`z harakatini rejalashtiradi. Bozor
yana bir muhim vazifani bajaradi. Bozor, va faqatgina bozor, qanday iqtisodiy
223
harakat samarali va qaysi harakat samarasiz ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega.
F.
fon Xayek nuqtai nazarida, ratsional yo`l orqali mazkur masalaga ilmiy tahlil
uslubi vositasida javob berib bo`lmaydi. Faqatgina faoliyat natijalariga qarab,
mazkur harakat reallikka nisbatan adekvat bo`lganligi yoki bo`lmaganligi haqidagi
savolga javob berish mumkin. Agar, tadbirkor, daromad olib o`z biznesi
rivojlanishiga erishsa, u iqtisodiy nuqtai - nazardan to`g`ri harakatni tanlagan
bo`ladi, ya`ni uning harakatlari iqtisodiy jihatdan samaralidir.
Agarda zarar
ko`radigan bo`lsa, demak uning harakatlari iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`ladi.
Mazkur masala borasida, F. Xayek, alohida empirizm nuqtai nazarini bildirgan.
Uning g`oyasini asosida Shundaki, u yoki bu harakat samaradorligi darajasini
ratsional taklif asosida baholash mumkin emas. Faqatgina hayot va amaliyot
barcha narsalarga baho berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: