Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 4. Filips egri chizig`i atrofida munozaralar



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169
 
26. 4. Filips egri chizig`i atrofida munozaralar 
Ratsional kutish maktabi namoyandalari monetaristlar bilan bir vaqtda 
Filipsning inflyatsiya darajasi va ishsizlik darajasi orasidagi o`zaro bog`liqlik 
haqidagi kontseptsiyasini tanqid ostiga olishdi. M. Fridmen kabi, ular iqtisodiy 
agentlar real ko`rsatkichlar o`zgarishlarini hisobga olishadi, Shu sababli, 
inflyatsiya sharoitlarida ish haqini nominal o`sishi, ularni o`z harakatlarini 
o`zgarishtirishga majbur qila olmaydi va kutilayotgan yo`nalishda bandlik 
darajasini o`zgartirmasligiga asoslanishgan. 
Yangi mumtozlarning monetaristlardan pozitsiyalaridan farqi Shundaki, agar, 
monetaristlar Filipsning qisqa muddat egri chizig`i haqidagi ta`sirini tan olishsa, 
Yangi mumtozlarning fikricha, hattoki qisqa muddatli davrda ham egri chiziq 
vertikal tavsifga ega bo`ladi. Bunday qarama - qarshi fikrlarning sababi Shu ediki, 
monetaristlar adaptiv kutishlarga asoslanib, inson tomonidan olingan tajriba 
asosida shakllanishi haidagi fikrlarni bildirishgan. Shunday qilib, iqtisodiy 


219 
agentlar, ish haqi o`sishi shartliligini tushunib, faqatgina mo„ayyan muddatdan 
keyin buni anglashadi. 
Shunday qilib, iqtisodiy agentlar ish haqi o`sishi shartliligini faqatgina 
inflyatsiya natijasida narxlar o`sishi bilan to`qnashgach mo„ayyan muddatdan 
keyin tushunishadi. Yangi mumtozlar esa, ratsional kutish nazariyasidan kelib 
chiqib, bu holatda kelajakni hozirda olingan tajriba asosida emas, davlat harakatlari 
ratsional tahlili, va mazkur harakatlar natijalarini oldindan bilishdan kelib chiqgan 
holda modellashtirishadi. Demakki, Filips egri chizig`i bo`yicha iqtisodiyotning
yuqoriga harakati yo`nalishi siyosati davridayoq, iqtisodiy agentlar natijani 
prognozlashtirishadi, va o`z harakatlarini o`zgartirishmaydi. Buning natijasida 
mehnat bozoridagi talab va taklifni ta`siri natijasi saqlanib qolinadi va ishsizlik 
ko`rsatkichlari o`zgarmaydi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin