28. 2. Transaktsion xarajatlar nazariyasi
O.I. Uil`yamson «Yangi institutsional nazariya» nomi ostida birlashtirgan
transaktsion xarajatlar nazariyasi, transaktsion tahlilga asoslangan institutlar
tabiatini tahliliga nisbatan Yangicha yondashuvni taklif etishi bilan tavsiflanadi.
Transaktsion xarajatlar nazariyasi asoslari, ingliz iqtisodchisi Ronal`d Kouzning
«Firma tabiati» (1937) maqolasida keltirilgan, ammo Shunga qaramay tan olish
kerakki, bunga o`xshash g`oyalarni F. Naytning «Tavakkal, noaniqlik va daromad»
va Dj. Kommansning ilk marotaba transaktsiya atamasi qo`llanilganligi haqidagi
asarlarda ham topish mumkin. Kouz tomonidan taklif etilgan “keng rivojlangan”
kontseptsiyasi 1970-1980-yillarga kelib ommalashdi. 1991-yilda R. Kouz, firma
nazariyasi bo`yicha ishlanmasi uchun, Nobel` mukofotiga sazovor bo`lib, uning
nazariyasi Kouz teoremasi deb atala boshlandi.
«Firma tabiati» asarida R. Kouz bozorda nima sababdan firmalar yuzaga
kelishi masalasini ko`targan, uning yozishicha, individlarning o`zaro ta`siri bozor
printsiplari qator muammolar bilan bog`liq bo`lib, ular iqtisodiy faoliyat
xarajatlarini oshiradi. Bu xarajatlar tarkibiga kelishuvlarni amalga oshirish
bo`yicha xarajatlarni olib, bular sirasiga hamkor qidirish, kelishuvlarni yuritish,
228
shartnomalar imzolash, hamda aloqalarni o`rnatishni oladi. Mazkur turdagi barcha
xarajatlarni Kouz yagona tushuncha, ya`ni transaktsion xarajatlar tushunchasiga
birlashtirgan. Mazkur xarajatlarni kamaytirish maqsadida, insonlar firmalarga asos
solishadi, firmalar esa, mo„ayyan munosabatlar stabilizatsiyasi shaklidan o`zga
narsa bo`lmay o`zaro foydali mo``tadil aloqalarga aylanadi. Bularning barchasi
transaktsion xarajatlar miqdorini tushirish imkoniyatini beradi.
Nima sababdan barcha bozor kelishuvlari firma ichki kelishuvlariga
aylanmasligi borasidagi savolga javoban, Kouz - «firmani kengaytirish uchun,
firma ichki xarajatlarini oshirish kerak bo`lib, bunda birinchi navbatda
byurokratizatsiya xarajatlari, nazorat xarajatlari, hamda boshqarish xarajatlari
ilg`or nuqtalarga ko`tariladi» deb ta`riflaydi. Bundan muallif xulosa qiladiki,
firmani yaratish haqidagi qaror, transaktsion xarajatlar firmani tashkillashtirish
bo`yicha xarajatlar kattaligidan oshgan taqdirda qabul qilinadi.
Bozor aloqalarini yutish, va ularni firma doirasiga kiritish jarayoni, bozor
operatsiyalari xarajatlari bilan solishtirilmagan tashkilot ichki maksimal xarajatlari
davom etgunga qadar davom etadi. Bunda Kouz tomonidan tahlilning Yangi
varianti taklif etilib, uning asosida, xarajatlar ikki turini taqqoslash yotadi, ya`ni
transaktsion va firma ichki xarajatlarini taqqoslash yotadi. Bu holat esa, firma
hajmi samaradorligini aniqlash imkoniyatini ham, uning tarkibiga kiritilgan
kelishuvlar tuzilmasini ham baholash imkoniyatini berib, natija asosida, qaysi
operatsiyalarni bozorda, qaysilarini esa firma doirasida amalga oshirish foydaliroq
ekanligiga baho beriladi.
Mazkur Yangi uslub, keyingi davrlarda faol tarzda amerikalik iqtiisodchi
O.I. Uil`yamson tomonidan turli iqtisodiy tashkilotlarning turli ko`rinishlarini
qiyosiy tahlili usullarini ishlab chiqarish uchun qo`llanilgan («Vertikal bozor
tuzilmalarining»). Uil`yamson o`zining «Bozorlar va ierarxiya: antimonopoliya
nazorati uchun tahlil va xulosalar» (1975), «Kapitalizm iqtisodiy institutlari»
(1985), «Boshqaruv mexanizmlari» (1996) asarlarida, firma ichki kontraktatsiya va
bozor kontraktatsiyasi orasidagi qiyosiy ilg`orliklar tahlili usulini ishlab chiqadi. U
vertikal integratsiya hajmlari va mexanizmlarini ham, umumiqtisodiy isloxotlar va
hukumat antimonopoliya siyosati samaradorligini ham baholash imkoniyatini
beruvchi modellarni taklif etadi. O.I.Uil`yamson tomonidan iqtisodiy institutlar
turli kontraktatsiya ko`rinishlari sifatida taklif etadi, ya`ni ishlab chiqarish va
sotish zanjiri alohida bosqichlari bilan kelishgan holda kelishuvlarni amalga
oshirish va shartnomalarni imzolashning turli variantlari sifatida. Ularning
qiyoslanishi, shartnomaning qaysi turi samaraliroq ekanligi asosida amalga
oshirilib, bunda transaktsion xarajatlar tejalishi nuqtai - nazaridan kelib chiqiladi,
ya`ni tanlov bozor va firma ichki masalasi orasida amalga oshiriladi. Buning uchun
u qator aspektlarni ko`rib chiqib, bunda u yoki bu turdagi kelishuv samarasidan
229
kelib chiqadi. Ulardan birinchisi opportunistik harakat mavjudligidir. Аynan
opportunistik harakatning nazariyasi Uil`yamsonning iqtisodiy tahlilga qo`shgan
muhim hissasidir. U firma yuzaga kelish sabablari, va transaktsion xarajatlar
mavjudligini psixologik asoslarini ochilishiga imkoniyat yaratdi. Uning
nazariyasida, opportunizm ikki shaklga ega – ex-ante va ex - poste ega. Birinchisi,
shartnoma imzolash bosqichsida paydo bo`lib, axborot cheklovining mumtoz
shartidir. Ammo uning o`ziga xos farqli jihatiga ega. bunda axborot, shartnoma
taraflarida shaxsiy strategik manfaatni keltirib chiqarish uchun atayin
o`zgartiriladi. Kontragentning chalkashtirilishi, yoki xatolik uchun imkon yaratib
berishi, o`z strategik maqsadlariga erishish uchun amalga oshirilib, shartnomaning
bir tomonlama foydali ravishda imzolanishiga olib keladi. Ex-poste opportunistik
harakati esa shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortish, yoki kompensatsion
sug`urta to`lovlariga olib kelishi mumkin bo`lgan nomajburiy harakatlarni amalga
oshirishga qaratiladi. Bundan Uil`yamson axborot qay darajada to`liqsiz bo`lsa
yoki, opportunistik tavakkali qay darajada yuqori bo`lsa, mazkur turdagi
shartnoma ham firma ichki shartnomasiga aylanish imkoniyati yuqori bo`ladi deb
xulosa qiladi.
Imzolangan shartnoma tavsifini belgilovchi yana bir omil o`ziga xos
resurslarning mavjudligidir. O`ziga xos resurslar, bu resurslarning qaysi sohada
qo`llanilishiga bog`liq bo`lgan foydalilik darajasidir. Bunday resurslarga
investitsiya kiritish haqidagi qarorlar yuqori tavakkalchilik bilan uzviy bog`liq
bo`lib bu tavakkalchilik darajasi, yuqori darajadagi xavf bilan bog`liqdir. Standart
resurslarga investitsiyalar kiritishdan-da yuqoriroqdir, zero ularning o`ziga xos
belgilangan shartnoma doirasidan tashqarida qo`llanishi imkonsiz, yoki nihoyatda
daromadsizdir. Bu borada, shartnoma bekor qilinishidan kelib chiqadigan
xarajatlar juda yuqori bo`lib, mo`tadil shartnoma kafolatlari yuqoriroq darajadagi
qadriyatga ega bo`lib, ishbilarmon hamkorlarning bir - biriga yaqinligi
muvofiqligiga yaqin bo`ladi. Bu darajadagi yuqori mo`tadillik kafolatdagi
shartnomalar, firma ichki aloqalari sohasiga o`tadi.
Shartnoma munosabatlari turini belgilashdagi muhim rol`ni, o`ziga xos
resurslar bo`yicha amalga oshirilgan shartnomalar chastotasi ham o`ynaydi. Agar
shartnomalar doimiy bo`lmasa, ularning firmaning asosiy qismiga kamdan - kam
holatda aylanadi. Ammo, agarda shartnomalar doimiy tavsifga ega bo`lib, ularning
chastotasi yuqori bo`lsa, bu holat firma ichki tashkiliy tuzilmasi qismiga aylanadi.
Umuman olganda Uil`yamsonning ta`kidlashicha bozor sodda shartnomalar
nazorat etuvchi mexanizm bo`lib, firma murakkab shartnomalarni nazorat etadi, va
bu shartnomalar opportunistik harakat imkoniyati, hamda o`ziga xos resurslarni
boshqarish bilan bog`liqdir.
230
Bozor yoki firma ichki shartnomasi qiyosiy samaradorligini baholashdagi
yana bir muhim omil, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan
rag`batlarning qiyosiy tahlilidir. Raqobatchilik bozori harakati bilan bog`liq bozor
rag`batini Uil`yamson « yuqori kuchga ega rag`bat» deb atab, uni bozorning ilg`or
imkoniyatlari kiritadi. Firmalar tomonidan qo`llanilgan motivatsiya, kuchsiz
quvvat rag`batlari deb ataladi. Motivatsion omil, firma kengayishi uchun
cheklangan ahamiyatga ega bo`ladi.
«Kouz teoremasi» va mulkdorchilik huquqlari nazariyasi.
1960-yilda, R. Kouz «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» asarini nashr etib,
unda tashqi samara masalasiga e`tibor qaratdi.23 Mazkur masala mohiyati
Shundaki, bozor mo„ayyan ishtirokchisi harakatlari, boshqa iqtisodiy agentlarga
zarar ko`rsatishi, yoki aksincha foyda keltirishi, mumkin bo`lib, bunda ishlab
chiqarish xarajatlari tahlilida bu holat e`tiborga olinmaydi (yoki daromadlar).
Natijada, jamoatchilik noeffektiv resurslar taqsimlanishi masalasi yuzaga keladi,
ya`ni salbiy eksternaliyalarga ega bo`lgan tovarlarning keragidan ko`proq ishlab
chiqarilishi va ijobiy eksternaliyalarga ega tovarlarning etarli darajada ishlab
chiqarilmasligi yuzaga keladi. O`z asarida, Kouz XX asr boshida ingliz qtisodchisi
A. Pigu tomonidan taklif etilgan mazkur masala echimini Shubha ostiga oladi, zero
A. Pigu, tashqi samaraga ega bo`lgan tovarlar ishlab chiqarilish hajmining davlat
tomonidan nazorat etilishi zarurligi g`oyasini ilgari surgan (jarima, soliq va
subsidiyalar tizimi vositasida). R. Kouz ta`kidlashicha, tashqi samara yuzaga kelish
sabablari bozor qulashida emas, balki barcha resurslarga mulkdorlik himoyalangan
va aniq huquqlari mavjud emasligidadir. Tashqi samara hisobga olinmaganligi
sababli mulkdorlik hisobga olinmagan huquqlarining buzilishidadir. Aytaylik,
mo„ayyan zavod daryodagi suvni ifloslantiradi, bu holat yaqin masofadagi qishloq
aholisini iqtisodiy holatini yomonlashtiradi, zero qishloq aholisi baliqchilik
hisobidan kun kechiradi. A. Pigu nuqtai nazaridan xarajat va daromadlar
muvozanatini saqlab qolish uchun ekologik soliq kiritish lozim. R. Kouz
ta`kidlashicha esa, bunday harakatlar samaradorlik printsipiga muvofiq emas.
Birinchidan ular, majburiy tavsifga ega, ikkinchidan ular, eksternaliyalarning ham
ular bilan kurashishning ham simmetrik tabiatini hisobga olmaydi. baliqchilarni
himoya qilish maqsadida zavodga nisbatan kiritilgan cheklovlar faqatgina
ifloslanishdan baliqchilarning zararlarini hisobga olishadi, ammo bunday
cheklovlar natijasida korxona olishi mumkin bo`lgan zararlarni hisobga olmaydi.
Agar eksternaliyalar yuzaga kelishi iqtisodiy zararlarga olib keladigan bo`lsa,
eksternaliyalar likvidatsiyasi ham iqtisodiy zararlarga olib keladi. Shu sababli,
Kouz fikriga muvofiq, har ikkala zarar turlaridan jamiyat uchun qay biri kamroq
darajada zarar keltirishini hisobga olish lozim. Bunda ifloslanishdan olingan zarar,
231
mazkur ifloslanishni bartaraf etilishidan olingan zarardan ko`ra, kamroq bo`lishi
mumkin.
Xarajatlarni mazkur resurs bo`yicha har ikkala tomon erkin kelishuvlari
asosidagina taqqoslash mumkin. Buning uchun mazkur resurs har ikkala tomondan
birining mulki bo`lishi kerak. Kouz fikriga ko`ra, qaysi tomon mulkdorlik
huquqiga ega bo`lishi muhim emas. yuqoridagi masalamizda qishloq aholisi
daryodagi baliq miqdorini oshirish uchun zavod direktoriga ishlab chiqarish
hajmlari qisqartirilishi natijasida oladigan zarari miqdoridagi summani
kompensatsiya qilishlari lozim. Agar, zavod zararlari qishloq aholisi oladigan
daromaddan kamroq bo`lsa, shartnoma imzolanadi. Bundan tashqari, mazkur
kelishuvlarda xarajatlarni qisqartirishdan oladigan zavod maksimal xarajatlari,
qishloq aholisi baliq tutishdan oladigan maksimal daromadga teng bo`lganda
tugaydi. Mazkur kelishuvlar natijasida resurslarning optimal taqsimotiga erishiladi.
Agar, daryodan foydalanish huquqiga qishloq aholisi ega bo`lsa, mazkur
kelishuvlar natijasi zavod qo`shimcha daromad summasidan baliqchilarga
kompensatsiya qilishi kerak bo`ladi.
R.Kouz mulkchilik to`g`risida quyidagiga xulosani qiladi: «Agar,
mulkdorlik huquqlari aniq belgilansa, va transaktsion xarajatlar ularga teng bo`lsa,
resurslar allokatsiyasi (ishlab chiqarish tuzilishi) o`zgarishsiz qolib, mulkdorlik
huquqlari taqsimlanishi o`zgarishidan qat`iy nazar samarali bo`ladi». Kouz
teoremasining yana bir muhim xulosasi shuki, eksternaliyalar masalasini echish
uchun hukumat aralashuvi talab qilinmaydi. Teorema resurslarni samarali
taqsimlanish mexanizmi sifatidagi bozor reabilitatsiyasini amalga oshirdi.
R.Kouz g`oyalari, uning tashqi samaralar nazariyasida yanada kengroq
yoritilib, keyingi davrlarda Armen Alchian (1914-yilda tug`ilgan) va Xarol`d
Demsets (1930-yilda tug`ilgan) kabi amerikalik iqtisodchilar asarlarida
rivojlantirildi. Ularni ta`kidlashicha, bozorning samaradorligini ta`minlash hamda
uning faoliyatini barqarorligi uchun,birinchi navbatda mulkdorchilik huquqlarining
aniq xususiyatlarini, chegaralarinianiqlash zarur. Ammo, Alchian va Demsets real
hayotda nolga teng transaktsion xarajatlar mavjud emas, spetsifikatsiya jarayoni
esa mo„ayyan darajadagi xarajatlarni talab etadi deb hisoblashgan. Shu sababli
mulkdorlik huquqlari faqatgina daromxdlilik xususiyati spetsifikatsiyasi, xarajatlar
xususiyatlariga nisbatan yuqoriroq bo`lganda amalga oshadi. Aks holda mulk
huquqlari o`rtasidagi chegaralari yo`qoladi.
«Ishlab chiqarishning axborot xarajatlari va iqtisodiy tashkiliylik» nomi
(1972) maqolasida Alchian va Demsetslar iqtisodiy tashkiliylik holati bo`yicha o`z
nazariyasini taklif etishdi. Bu nazariya mulkdorlik huquqlari kontseptsiyasiga
asoslangan. Mazkur nazariyaga muvofiq mulk bir tomonlama tushuncha emas. U
o`z tarkibiga egalik qilish, ishlatish, u yoki bu resursni mulkni uchinchi shaxsga
232
berish bo`yicha huquqlar to`plamidir. Demak resursga nisbatan turli huquqlar, turli
iqtisodiy agentlar orasida bo`linishi mumkin. Mazkur huquqlar almashinuvi,
iqtisodiy operatsiyalar mazmunini tashkil etadi. masalan, tovarning bozordagi
sotilishi, mazkur tovarga nisbatan huquq mo„ayyan to`plami sotilishi sifatida
interpretatsiya etilishi mumkin. Xususan, litsenziyalashtirilgan disk yoki kassetalar
sotilishi, mazkur tovar bilan foydalanish huquqi sotilishi sifatida talqin etilib,
bunda mazkur qo`llashdan olinadigan daromad huquqi, istisno bo`ladi.
Har bir iqtisodiy institut, mulkdorlikning mo„ayyan shakli sifatida baholanib, u
o`zida huquqlarning mo„ayyan to`plamiga egaligidan kelib chiqib Alchian va
Demsetslar tomonidan turli iqtisodiy tuzilmalar sub`ektlarining qiyosiy tahlili
amalga oshirilgan (xususiy firma, aktsionerlik jamiyati, hukumat korxonasi).
Dostları ilə paylaş: |