Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   169
CLOSSARIY 
 
Miloddan avvalgi (m.a.) IV ming yillik - Sharqdagi dastlabki quldorlik 
davlatlari paydo bo„ldi, ilk iqtisodiy qarashlar shakllandi. 
Xammurapi (m.a. 1792-1750 yy.) - Bobil (Vavilon) podshosi toshga o„yib 
yozilgan o„z qonunlarida quldorlik tuzumining xarakterli belgilarini aks yettirgan 
(282 ta). Bu yodgorlik Parijda Luvr muzeyida saqlanmoqda. 
Zardushtiylik 
(Zoroastrizm, 
otashparastlik) 

islomgacha 
O„rta 
Osiyo,Ozarbayjon va Yeron xalqlarining dini. Bunda ayniqsa tabiatni va hayvonot 
dunyosini asrash va boshqa iqtisodiy masalalarga alohida urg„u berilgan. 
«Avesto» - Zardushtiylikning muqaddas to„plami, oromiy yozuvida bitilgan. 
m.a. VII asrda Markaziy Osiyoda qadimgi davrdagi iqtisodiy hayot aks yetgan. 
Mehnatga, chorvachilikka alohida ye‟tibor berilgan. Ko„p qismi yo„q bo„lgan, 
to„liq yemas. Rus va o„zbek tillariga tarjima qilingan. Bu kitob 2700 yil avval 
yozilgan bo„lib, unda «yezgu fikr, yezgu so„z va yezgu amal» prinsiplari ilgari 
suriladi. 
«Artxashastra» - m.a. IV-III asrlarda Hindistondagi siyosiy va iqtisodiy 
hayotni aks yettirgan. Ish haqi tushunchasi ish vaqti bilan ifodalangan. 
Konfusiy (Kun-Szi, m.a. 551-479 yy.) - Xitoydagi konfusiychilik iqtisodiy 
ta‟limotining asoschisi. «Lunyu» suhbatlar va mulohazalar to„plamini yaratgan. 
«Xalqlar otasi» iborasining muallifi. Oz iste‟mol qilib, ko„proq ishlashni targ„ib 
yetgan. Odat bo„yicha boshqarish tarafdori (ota-bola; podsho-xalq, oila kabi 
bo„lishi kerak) 
Legistlar - Xitoydagi (m.a.VI-III asrlar) iqtisodiy oqim. Konfusiylikka 
qarshi. Boshqaruv qonunlar asosida bo„lish tarafdori. Don masalasini hal qilish 
bosh vazifa deb qaraladi. Dehqonlarni ro„yxat qilish, soliq tizimini tartibga solish 
tarafdorlari. 
«Guan-Szi» (m.a.IV asr) - Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar, unda xo„jalikni 
davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal berilgan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin