Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


davrdagi iqtisodiy g„oyalar tovar-pul munosabatlarining rivoji bilan bog„liq



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   169
davrdagi iqtisodiy g„oyalar tovar-pul munosabatlarining rivoji bilan bog„liq. 
Islom - VII asrda (hijriy 622 yil) dastlab Arabistonda tarqalgan so„nggi 
muqaddas din. Islomning muqaddas kitobi Qur’oni karimda (arabchada o‘qish, 
qiroat degani) Alloh taolo tarafidan shaxsiy mulk muqaddas deb ye‟lon qilingan, 
unga ko„z olaytirish katta gunoh deyilgan va sudxo„rlik harom qilingan, ortiqcha 
sarf-harajatlar qoralangan, ayniqsa «yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, lekin isrof 
qilmang» degan oyatlar bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir. 
Forobiy Abu Nasr ibn Muhammad (870-950) - qomusiy olim, Arastuning 
izdotshi (Arastudan keyin ikkinchi muallim nomini olgan), xayoliy sosializmning 
asoschilaridan, 160 dan ortiq asar yozgan, donishmand (ayni vaqtda diniy 
jamoaning boshlig„i bo„lgan), hukmdor, tasarruf yetuvchi, «sahovatli yurt» 
haqidagi ta‟limotni rivojlantirdi (fozil davlat tarafdori). 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) - qomusiy olim, 280 dan ortiq asar yozgan, 
«Uy xo„jaligi», «Ruhshunoslik» va boshqa kitoblarda iqtisodiy qarashlari aks 
yetgan. 
Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973-1048) - qomusiy olim, 
150 dan ortiq asarlari mavjud, lekin iqtisodiy qarashlari to„liq o„rganilmagan. 
Mehnat boylikning asosi yekanligi to„g„risidagi fikrlari mavjud. 
Yusuf Xos Hojib Bolasog„uniy (~1016-1018-?) - turk tilidagi ilk «Qutadg„u 
bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim», 1069-70) asarida ajoyib iqtisodiy g„oyalarni 
bayon yetgan (1990 yilda chop yetildi). Ayniqsa, hunar-kasb o„rganish, savdo-
sotiqning ahamiyatiga ye‟tibor berilgan. Kitobda «san‟at, hunar - kishiga chiroy, 
turli-tuman hunarlarni o„rganmaslik tubanlik belgisi» (64-bet) yekanligi haqida 
fikrlar va mehnat taqsimoti g„oyalari bor. Davlat va iqtisodiyot masalalaridagi 
bog„lanishni yaxshi tushungan. 


246 
Nizomulmulk 
(1018-1092) 

Saljuqiylar 
davlati 
vaziri 
sifatida 
«Siyosatnoma» asarini yozdi, unda soliq , davlat mablag„larining hisob-kitobi
iqto„ (chek yer) to„g„risida qimmatli g„oyalar berilgan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin