Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/169
tarix20.05.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#118313
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   169
boshladi. 
Manufaktura - italyancha «qo„l mahsuloti» degani, mehnat taqsimoti, qo„l 
hunarmandchiligi va yollanma mehnatga asoslangan oddiy kapitalistik 
kooperasiyadan keyingi ikkinchi bosqich. XVI asrning o„rtalarida paydo bo„ldi, 
sanoat to„ntarilishiga, ya‟ni fabrikaga zamin tayyorladi. A.Smit tomonidan yeng 
mukammal korxona turi deb hisoblangan. 
Petti Vilyam (1623-1687) - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi, 
merkantilizmni inkor yetgan, boylikning asosi ishlab chiqarishda, degan fikrni 
ilgari surgan, «mehnat boylikning otasi, yer yesa uning onasidir» degan iborani 
qo„llagan. Kapitalistik tuzumni tabiiy va abadiy deb hisoblagan. Tovarning 
almashuv qiymatini tan olgan. Statistika («Siyosiy arifmetika») faniga asos solgan. 
Aholiga boylik yaratuvchi sifatida qaradi. 


248 
Buagilber Per (1646-1714) - Fransiya klassik iqtisodiy maktabining 
asoschisi. Agrar sohaning rivojiga ye‟tibor berdi, kolbertizmga qarshi kurashdi, 
soliq tizimni isloh qilishni taklif yetdi. Pulga «buyuk yovuzlik» deb qaradi. 
Qiymatning iste‟mol shaklini tan oldi, savdo va sanoatni to„g„ri baholamadi. 
Yerkin savdo, proporsional baholar tarafdori bo„ldi va yerkin raqobatni qo„llab-
quvvatladi. 
Fiziokratlar - Yunoncha «tabiat» va «hokimiyat» so„zlaridan tashkil topgan 
bo„lib Fransiyadagi klassik siyosiy iqtisod namoyandalari F.Kene, A.R.Tyurgo va 
boshqalar fiziokratizmga asos soldilar. Tadqiqot mavzuini muomala sohasidan 
(merkantilizm) ishlab chiqarish sohasiga ko„chirdilar; yerkin savdo tarafdorlari 
yedilar. Fermerlar, qishloq xo„jaligi mamlakat ravnaqining asosi deb hisoblanadi. 
Kene Fransua (1694-1774) - fransiyalik fiziokratizm oqimining asoschisi, 
«Tabiiy tartib konsepsiyasi», «Sof mahsulot» «Unumli mehnat» to„g„risidagi 
ta‟limotni yaratdi. O„zining «Iqtisodiy jadval»ida takror ishlab chiqarishni va 
sinflarni tahlil yetdi, kapitalga (doimiy va aylanma) izoh berdi. Almashuv 
yekvivalentligi ta‟limotini ilgari surdi, unda boylik yaratilmasligini isbotladi. 
Boylik yaratishda tabiatning ishtirokini tan oldi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin