Tommazo Kampanella (1568-1639) - italyan iqtisodchisi, Italiyadagi og„ir
iqtisodiy ahvolni ko„rgan. «Oftob shahri» (1602 yilda yozilib, 1632 yilda chop
yetilgan) kitobida umumiy mulkchilik, mehnat asosida xayoliy sosializm g„oyalari
rivojlantirilgan.
Merkantilizm- italyancha so„z bo„lib, savdogar degani, feodalizmning
yemirilishi va ilk kapitalizm davridagi dastlabki bozor iqtisodiy maktabi; ilk
merkantilizm (monetarizm) va rivojlangan merkantilizm davrlariga bo„linadi;
boylikning asosi muomala (savdo)da yuzaga keladi, degan g„oya ilgari surilgan.
Antuan Monkreten(1565-1621) - fransiyalik iqtisodchi, birinchi bo„lib
«siyosiy iqtisod» tushunchasini kiritgan, merkantilizmni, savdo rivojini qo„llagan,
dvoryanlarning zeb-ziynatga berilishini qoralagan.
Jan Batist Kolber (1619-1683) - Fransiya qiroli Lyudovik XIV davrida
moliya vaziri bo„lgan, merkantilizmni jon-jahdi bilan qo„llagan, uning davrida
agrar sohaga ye‟tibor kamaygan, kolbertizm siyosatining muallifi. Bank, sanoat va
savdo rivojiga hissa qo„shgan.
Kameralistika - merkantilizmning Germaniyadagi shakli. Bu g„oya
tarafdorlari yirik feodallar xo„jaliklarini boshqarish masalasini yuqori qo„yadilar
va buni idora doirasida hal qiladilar.
Jon Lou (1671-1729) - asli shotlandiyalik, ammo ko„proq Fransiyada ijod
yetgan. Merkantilizmning bir oqimini, ya‟ni korxonalar va savdo haqiqiy
boylikdir, degan g„oyani ilgari surgan. Bank, aksiya, obligasiya va qimmatli
qog„ozlar sotish yo„lini tutgan. Hozirgi «piramida» usulining muallifi. Oxir-
oqibatda inqirozga uchradi (Moskvadagi «MMM» va boshqa shu kabi aksioner
jamiyatlarining ibtidotsi). Banklarning ijobiy tomonini ko„ra bildi.
XVII asrning o„rtalarida (1640-1660) Angliyada burjua inqilobi bo„lib o„tdi, feodalistik munosabatlar sinib, kapitalistik munosabatlar shakllana