253
raqobat inkor yetiladi; qat‟iy baholar qo„llanadi. Hayot bozorning bu turini inkor
yetmoqda.
«Harbiy kommunizm» siyosati (1918-1920) - Sovet davlatida qo„llanilgan,
tovar-pul
munosabatlari inkor yetilgan, qat‟iy taqsimot va to„la milliylashtirish
hamda oziq-ovqat razverstkasi amalga oshirilgan, bir
qancha sosial sohalar tekin
bo„lgan (transport, yelektr yenergiyasi, kommunal xizmatlar). X.k. davrida
mamlakat og„ir inqirozga uchradi.
«Yangi iqtisodiy siyosat» (Novaya
yekonomicheskaya politika, «NEP») -
Sovet davlatida 1921 yilda joriy yetilgan. Tovar-pul munosabatlariga keng o„rin
berilgan, denasionalizasiya amalga oshirilgan, xususiy ishlab chiqarish va savdoga
keng o„rin berilgan va yagona oziq-ovqat solig„i joriy yetilgan. Ya.i.s.dagi
kapitalistik munosabatlar iqtisodiyotni tez tiklash va rivojlantirishga imkon berdi.
Faqat og„ir sanoat, bank, temir yo„l, tashqi savdogina davlat monopoliyasida
bo„lgan. Moliya tizimi pul islohoti orqali kuchaytirilgan. 1928 yildan boshlab
inkor yetilib, ma‟muriy-buyruqbozlikka o„tildi.
Chayanov Aleksandr Vasilevich (1888-1937) - taniqli iqtisodchi, Rossiyada
tashkiliy ishlab chiqarish
maktabining asoschisi, dehqonni mehnat xo„jaligining
asosi deb, oilaviy mehnat yacheykasini tashkil yetgan (kollektivizasiyaga qarshi);
kooperasiya va agrar sohalarda 200 ga yaqin asar yozgan, bosh asari
«Xo„jalikning nokapitalistik sistemalari nazariyasi»dir. Ch. 1937 yilda repressiya
qilinib, qatl yetilgan. Ilmiy g„oyalari hozirda ham
ilmiy-amaliy ahamiyat kasb
yetadi.
Monopoliya - ishlab chiqarish va banklarning yiriklashuvi va markazlashuvi,
sof raqobat yo„qoladi (nomukammal raqobat), monopol baho, foyda yuzaga
keladi.
Marjinalizm - fransuzcha «chegaraviy» ma‟nosidagi so„zdan olingan, XIX
asrning 70-yillari Jevons, Menger, Valraslar tomonidan
ochilgan iqtisodiyotning
metodologik prinsiplaridan biri, iqtisodiy hodisalarni tahlil yetishda yeng chekka
ko„rsatkichlarga suyanadi. Iste‟molni ishlab chiqarishdan ustun qo„yadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi inkor yetiladi.
Avstriya maktabi vakillari
tomonidan qo„llanilgan. XIX asrning o„rtalarida fransuz iqtisodchisi Kurno (1821-
1877), nemis iqtisodchilari Tyunen (1783-1850), Gossen (1810-1858) birinchi
bo„lib marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga joriy yetishga uringan. Uning
kategoriyalari: qimmat,
yeng yuqori, chegaralangan naf, noyoblik,
ishlab
chiqarishning yeng yuqori unumdorligi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: